Press "Enter" to skip to content

TARIX FANINI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Uchinchi asosiy tamoyil tarixiylik bo‘lib, har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu ko‘rinishda sodir bo‘lganligini, bu voqea-hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichiarni bosib o‘tganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho bermoqchi bo‘lsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‘ldi, ikkinchidan, u o‘z taraqqiyotida qanday bosqichiarni bosib o‘tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‘mi, mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur.

O’zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari.

O’zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari.

O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari. O‘zbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar yig‘indisi hisoblanadi.

O‘zbekiston tarixini yoritishda ilmiy nazariy-metodologik asoslarni o‘rganish katta ahamiyatga egadir. Ular asosan quyidagilardan iborat:

1. Tarixiy voqea, hodisalarni o‘rganish, tahlil qilish, yoritishda ularga holisona, haqqoniy, ilmiy yondoshuv asosiy metodologik tamoyildir. Bunda tahlil qilinayotgan har xil tarixiy voqea-hodisalami holis, haqqoniy voqea-hodisalar qanday sodir bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha yoritish ko‘zda tutiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, o‘zaro aloqada, deb o‘rganish lozim. Holislik talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, turli tarixiy davrlarda tarixiy-madaniy taraqqiyotni o‘rganish jarayonida bo‘lib o‘tgan, yoki shu taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan barcha voqea-hodisalarni hech bir o‘zgartirishlarsiz, qanday bo‘lsa, o‘sha holatda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosa chiqarib, yaxlit holga keltirish muhimdir.

Mustaqillik tarixni holisona yoritish imkoniyatini yaratdi. “O‘zbek olimlarining kuch-g‘ayrati bilan, — deb yozadi Prezidentimiz I.A.Karimov:- tariximizning ko‘pdan ko»p g‘oyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etiladi. Shuni esda tutish muhimki, o‘tmishimizni “oqlash” vazifasi umuman olganda bajarib boiindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir”.

O‘zbekiston tarixini o‘rganishning ikkinchi uslubiy tamoyili-bu voqea va hodisalarni dialektik asosda o‘rganishdir.

Dialektika-olam yagona va yaxlit, unda sodir bo‘ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o‘zaro bog‘lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo‘ladi, deb ta’lim beradi. Har bir voqea-hodisani, boshqa voqealar, hodisalar bilan bog‘lab o‘rganishdangina mazkur voqea-hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o‘rnini to‘g‘ri aniqlash, belgilash mumkin bo‘ladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq kerak.Chunki mavjud bo‘lgan har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursada, butun insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy aloqadorlikdadir.

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra haqiqatdan ham o‘zbek xalqining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining bir o‘zagi- qismidir. Eng qadimgi davrlardan boshlab yaqin o‘tmishga qadar Okrta Osiyo,

Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Eron, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar orasida yagona iqtisodiy, madaniy makon mavjud edi.

Uchinchi asosiy tamoyil tarixiylik bo‘lib, har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu ko‘rinishda sodir bo‘lganligini, bu voqea-hodisa o‘z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichiarni bosib o‘tganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho bermoqchi bo‘lsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo‘ldi, ikkinchidan, u o‘z taraqqiyotida qanday bosqichiarni bosib o‘tdi, uchinchidan, uning tarixiy o‘mi, mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur.

Tarixiylik uslubi xalqning o‘tmishiga, hozirgi zamoni va kelajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida o‘tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab etadi. O‘tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik mukammal o‘rgansak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni aniq tasavvur etamiz.

To‘rtinchi tamoyil ijtimoiy yondoshuv tarixiy jarayonlami aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda o‘rganishni taqozo etadi. Voqealami alohidja bir ijtimoiy tabaqa-kambag‘allar, yo‘qsillar yoki mulkdor boylar nuqtai-nazaridan turib tahlil etish, yoritish, bir tomonlama yondoshuv bo‘lib, bu tarixni soxtalashtiradi, noto‘g‘ri xulosalarga olib keladi.

Ijtimoiy yondoshuv tamoyili davlat arboblarining siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo‘lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko‘rsatgan ijobiy yoki salbiy ta’sirini, jamiyatning u yoki bu yo‘ldan rivojlantirishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga molikdir.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimiz tarixini o‘rganishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar, din, diniy ta’limotlar va ularning asoschilari faoliyatini yoritishda sivilizasion nuqtai-nazardan yondashmoq kerak.O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari.

TARIX FANINI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Oxunjonova Gulchehra Dilmurodovna

Annotatsiya. Tarix o’qitish maqsadlarini belgilashda, avvalo ta’lim va tarbiyaning uzviy birligini, o’qitish davomida o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy saviyasi mutassil o’sib borishini, ularda ko’nikma va malakalar hosil qilishni hamda ijodiy faoliyatga tayyorlanishlarini nazarda tutmoq kerak. Ta’limdan kuzatilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshmog’i uchun, ular ilmiy asosda belgilanmog’i lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Oxunjonova Gulchehra Dilmurodovna

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Tarixni o’qitish metodikasi rivojlanishi tarixidan
BOSHLANG’ICH MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI (“FIKRIY HUJUM” METODI)
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O’QITISH METODIKASI
TАRIX TА’LIMIDА KURSLАRАRO UZVIYLIKNI TА’MINLАSHNING PEDАGOGIK SHАRT-SHАROITLАRI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR»

WWW REANOPUB UZ

Go glc flHfleKC maifl

TARIX FANINI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR.

Farg’ona viloyati Beshariq tumani 2-son kasb-hunar maktabi

tarix fani o’qituvchisi Oxunjonova Gulchehra Dilmurodovna

Annotatsiya. Tarix o’qitish maqsadlarini belgilashda, avvalo ta’lim va tarbiyaning uzviy birligini, o’qitish davomida o’quvchilarning g’oyaviy-siyosiy saviyasi mutassil o’sib borishini, ularda ko’nikma va malakalar hosil qilishni hamda ijodiy faoliyatga tayyorlanishlarini nazarda tutmoq kerak. Ta’limdan kuzatilgan maqsadlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshmog’i uchun, ular ilmiy asosda belgilanmog’i lozim.

Kalit so’zlar. A.Vagin, V.G.Kartsev, xronologiya, fakt, A.I.Strajev, deduktsiya, sintez, tarixiy bilimlar, tarix predmeti, ko’nikma, aktivlashtirish, g’oyaviy-siyosiy, tarbiya, ta’lim.

O’qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida ta’lim mazmunini takomillashtirish, uning tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga, o’qitish metodlarini ham aktivlashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Endilikda, ta’lim mazmuni insoniyat to’plagan tayyor bilimlar, ko’nikma va malakalarni puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yur itish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining o’sishini ta’minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o’zida birlashtirmog’i lozim. Ta’limning rivojlanish printsiplariga ko’ra, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o’rgatish va ularda zarur ko’nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta’lim mazmuni bilan birga o’qitish metodlari ham muhim rol o’ynaydi. O’qitish metodlari

WWW REANOPUB UZ

murakkab muammo bo’lib, o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida oldiga qo’yilgan mas’uliyatli vazifalarning hal etilishi ko’p jihatdan uning to’g’ri hal qilinishiga bog’liqdir. Biroq, hozircha o’qitish metodikasining bu muhim problemasi, xususan tarix o’qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi. O’qitish metodikasida tarix ta’limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi. Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya’ni ularni o’qitish (ta’limning bir tomonini)ni ko’zda tutib, o’quvchilarning o’rganishi (ta’limning ikkinchi muhim tomonini)ni uyushtirish, unga rahbarlik qilish, bilish, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim momentlarni e’tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek, o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta’lim-tarbiya vazifalarini, o’quvchilarning bilimi va malakalarini e’tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi. Bu hol ma’lum darajada o’quvchilarning tarix predmetiga qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta’lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shu bilan birga, o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o’quvchilarni tarix predmeti vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar to’plandi va umumlashtirildi. Belgilab bergan muhim vazifa — tarixiy bilimlarning samaradorligi va sifatini oshirishning muhim sharti va vositalaridan biri bo’lgan bu ishlar tarix o’qitish metodlari sistemasini va metodik usullarini ham ilmiy asosda ishlab chiqish va amalda ulardan muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi. O’qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o’qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O’qitish metodlari klassifikatsiyasiga ba’zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o’qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O’qitish metodiga bu xil qarash, A.Vagin

WWW REANOPUB UZ

Go gle Яндекс maifl

ta’kidlaganidek, tarix o’qitish metodikasida tan olinmadi. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix o’qitish tajribasi shuni isbotladiki, yuqoridagi mantiqiy operatsiyalar o’qitish va o’rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil didaktik va metodik vazifalarni hal qilishda ishtirok etsada, mustaqil o’qitish metodlari bo’lib xizmat qila olmaydi. Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o’qitish metodi tarixiy material bo’yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi». O’qitish metodlarini ba’zan o’quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o’qitish metodlaridan ko’ra, ko’proq o’qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir. 60- yillarda tarix o’qitish metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha hal qilindi. Metodist A.I.Strajev «Tarix o’qitishning tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining ma’lum ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi»— deydi. Biroq, u ham o’qitishning asosiy metodlarini tarixiy jarayonning o’zini o’rganish metodidan iborat qilib qo’yib, masalada noaniqlikka yo’l qo’yadi. A.I.Strajev quyidagi o’qitish metodlarini tavsiya qiladi: 1) tarixiy faktlarni o’rganish metodlari; 2) xronologiyani o’rganish metodlari; 3) mahalliy tarixiy voqealarni o’rganish metodlari; 4) asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 5) sabab-natija aloqalarni o’rganish metodlari; 6) tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari. Ma’lumki, tarix o’qitish — o’qitish va o’rganishni tashkil etish jarayonidan iborat. Metodist A.Strajevning klassifikatsiyasidan ham ko’rinib turibdiki, u faqat o’qituvchining o’quvchilarni o’qitishini ko’zda tutadi, o’quvchilarning o’rganishini tashkil etish va ularning o’rganishiga o’qituvchining rahbarlik qilishini e’tiborga olmaydi. Ko’zga ko’ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo’l tutadi. U metodlar sistemasiga o’quv harakteriga ega bo’lgan belgilar («Bayon qilish metodi», «so’rash metodi») va umumiy didaktiv vazifalar («materialni o’rganish metodi», «mustahkamlash metodi», «bilimni tekshirish metodi» va boshqalar) ni emas, balki o’quvchilarning tarixiy voqealarni bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya’ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish tashkil etadi. Binobarin,— deb hisoblaydi V.G.Kartsev,— o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari haqidagi masala metodikaning markaziy masalasi

WWW REANOPUB UZ

Go glc flHfleKC maifl

bo’lishi keraq Shu asosda u, o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tushunchalami shakllantirishning 4 guruhi borligini aytadi: 1) tarixiy tasavvurlar va tushunchalami shakllantirkii metodlari; 2) umumiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 3) vaqt va fazoda tarixiy rivojlanish dialektikasini ochib berish metodlari; 4) tarixni zamonaviy voqealar bilan borlash metodlari; 5) tarixiy bilimlarning hayot va praktikada qo’llanilishi. 60-yillar pedagogikasida o’rganilayotgan fanni bilish manbalari (o’qituvchining jonli so’zi, ko’rsatmalilik va tekstlar) ni o’qitish metodlariga asos qilib olishga katta o’rin berildi. O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha klassifikatsiyalash masalasi Leningrad olimlarining 1966 yilda nashr qilingan asarlarida aniq ta’riflab berildi. 50-yillarning oxirlariga kelib tarix o’qitish metodikasida ham o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga o’quvchilarning bilish manbalari asos o’qilib olina boshladi. Metodist P.S.Leybengrub ta’lim manbalari, ya’ni bilish manbalari asosida o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida da tarix o’qitishning quyidagi metodlarini ko’rsatadi. 1) hikoya metodi va o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida lektsiyasi: 2) suhbat metodi; 3) ko’rsatmali metod; 4) darslik bilan ishlash metodi; 5) tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi; 6) badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi. P.S.Leybengrub nimagadir, og’zaki bayon qilish metodlarining hammasini hikoya va lektsiyadan iborat qilib qo’yadi. A.Vagin o’zining tarix o’qitish metodikasiga bag’ishlangan kitobida ana shu kamchilikni to’ldiradi. A.Vagin tarix o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim olish manbalari bilan birga, bilim olish usulini ham asos qilib olgan. U o’qitish metodlarini quyidagi uch gruppaga bo’ladi: 1) jonli so’z: hikoya, tavsiflash, harakteristika, problemali bayon; 2) ko’rsatmali metodlar: rasmlar va boshqa ko’rsatmali qurollar, doskaga chiziladigan grafik yozuvlar, texnika vositalari va boshqalar; 3) tekstlar bilan ishlash metodlari. A.Vagin o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim manbalari va bilish usullarini asos qilib olish bilan birga, bilish manbalari didaktik vazifalarga muvofiq o’qitish protsessining asosiy bosqichlarida qay tarifa konkret amalga oshirilishini jadval shaklida beradi. Bu jadval har bir darsda o’tiladigan materialning mazmuniga qarab o’qitishning turli xil metod va usullaridan foydalanish zarurligini aniq ko’rsatadi. Keyingi yillardagi o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida da tarix o’qitish tajribasi A. Vagin tavsiya etgan o’qitish metodlarining juda real ekanligini ko’rsatdi. Prof.

WWW REANOPUB UZ

Go glc flHfleKC maifl

P.V.Gora o’zining «Ta’lim metodlari va metodik usullari sistemasiga doir masala» nomli maqolasida pedagogikasi nazariyasi va praktikasidasida erishilgan yutuqlarga suyanib, o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi (bilish faoliyati) bilan o’zaro organik bog’langan metod va metodik usullarni tavsiya qiladi. O’qitish metodlarining shu taxlilda klassifikatsiya qilinishi o’qitishuvchilarni puxta bilim va zarur malakalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Shuningdeq o’qituvchini o’quv materialining mazmuni, o’quvchilarning bilimi, malakalari va qobiliyatlarini ham hisobga olish va rahbarlik qilishiga yordam beradi. P.V.Gora o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida da tarix o’qitish tajribasiga asoslanib, tarix o’qitish metodlarini klassifikatsiya qilishda masalaga faqat didaktik nuqtai nazardan qaramasdan, tarixiy-metodik nazardan ham yondashish, o’quv tarixiy materialning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini hamda uning mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlarni ham yetarli ravishda e’tiborga olish zarur ekanligini ko’rsatadi. P.V.Gora xuddi shu printsipga asoslanadi, unda o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunini, uni o’rganishning maqsadini asos qilib olish, masalaga tarixiy -metodik mezon bilan yondoshish va hal etish zarurligi ko’rsatiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1. Azizxojayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat. -T. : TDPU. 2003.

2. J.G\Yoldoshev, S.A.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari.-T.: Oqituvchi. 2004.

3. Sultonova, M. (2022). INNOVATIVE TECHNIQUES FOR EFFECTIVE TEACHING TO FOREIGN LANGUAGE LEARNERS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(3), 659-662.

4. Usmonova, D. (2022). TO STUDY THE IMPORTANCE OF TRANSPOSITION OF WORD CATEGORIES IN ENGLISH. O’ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(10), 128-131.

5. Shodieva, G. (2022). TO STUDY THE IMPORTANCE OF TRANSPOSITION OF WORD CATEGORIES IN ENGLISH. Science and innovation, 1(B5), 506-509.

6. Tuychiyev, A. I. (2022). O ‘ QUVCHILARD A INTIZOMIY KO ‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. Academic research in educational sciences, 3(2), 896-901.

WWW REANOPUB UZ

Go gle Яндекс maifl

7. Sidikova, G. S., & Ibrahimovich, T. A. (2021). FORMATION OF CHILDREN’S HEALTH CULTURE AS A SOCIAL AND PEDAGOGICAL

PROBLEM. Conferencea, 71-74.

8. Uzakova, L., & Usmonova, D. (2021). Comparative Study of Uzbek and English Speech Etiquette. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 1(12), 60-63.

9. Авазовна, Г. В. (2022). THE SOCIOLINGUISTIC NATURE OF THE ADDRESS. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 7(7), 81-86.

10.GIYOSOVA, V. (2019). Functioning of fairy-tale as one of the variety of folklore text in oral folk art. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 124126.

11.Mirzakarimovna, Rakhmonova Dildora. “ISSUES OF RENEWAL OF POETIC FORM AND CREATIVE STYLE IN THE WORK OF JADIDIST TAVALLO.” E Conference Zone. 2022.

12.Рахмонова, Д. М. (2022). ЖАДИД ИЖОДКОРИ ТАВАЛЛО АСАРЛАРИДА ПОЭТИК ШАКЛ ВА ИЖОДИЙ УСЛУБ ЯНГИЛАНИШИ МАСАЛАЛАРИ. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE, 1(2), 62-66.

13.Rahmonova, D. Prayerfully and Uzbek national satire. International Journal on Integrated Education, 3(1), 35-38.

14.TILEUBAEVNA, A. R., QUATBAEVISH, Q. A., & JAMEXATOVNA, S. L. The Role of Computer Science at School and Improvement of Teaching Methodology (Method). JournalNX, 6(11), 152-155.

15.GIYOSOVA, V. (2019). Functioning of fairy-tale as one of the variety of folklore text in oral folk art. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 124126.

16.Авазовна, Г. В. (2022). THE SOCIOLINGUISTIC NATURE OF THE ADDRESS. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 7(7), 81-86.

17. Авазовна, Г. В. (2021). Классификация сказок о животных по их структурносемантическому признаку. Преподавание языка и литературы, 1(8), 74-77.

18.kizi Giyosova, V. A., & Sabirov, N. K. FAIRY TALES OF THE RUSSIAN AND UZBEK PEOPLES (COMPARATIVE APPROACH).

19.Ismoilova, S. (2022). SO’ROQ GAPLARNI O’QITISH VA O’RGANISHNI METODIK TASHKILLASHTIRISH YUZASIDAN TAKLIFLAR VA MASALALAR. Science and innovation, 1(B5), 266-270.

O’qituvchilar uchun barcha fanlardan metodlar to’plami

Скачайте самый интересный набор методик для всех учителей естественных наук по разным дисциплинам.

Надеюсь, все файлы в формате docx на латинице и помогут вам.
технология 3х4
Аквариумный метод
Метод ментальной атаки
Метод ассоциаций
Метод дебатов
Метод рыбьего скелета
Мы читаем вместе
Технология блиц-запросов
Колесная техника
Экспресс-тесты
Метод идеологического колеса
да-нет упражнения
Импульсно-плакатный метод
Метод вставки
Парный метод связи
Классические пары «Классические триады
Технология подсолнечника
Метод проекта
Пошаговый метод
Метод отчетности
Математическая рыночная игра
Математическая игра дамино
Математическая игра в лото
Уроки математических игр
Использование метода «Мозговой штурм» на уроках математики
Кластерный метод на уроках математики
Головоломка на уроках математики («Посоли весь кусок») o
Метод синклинали (стихотворения из 5 строк) на уроках математики
Сокровищница задач по математике
Общие рекомендации по решению задач по математике
Мозаика (метод работы в команде)
Коммуникационные технологии
Музейные методы
Описание демонстрационного метода
Техника мышления
Метод панельной дискуссии
Метод масштабирования
технология СИНКВЭЙН
Технология скарабея
Метод словесного среза
Метод светофора
Исследовательские и проектные методы
Примерная копия раздаточного материала FSMU технологии
Инструкции по экспресс-тестам
Три неправильных метода один правильный
Диаграмма Венна
Эвристический метод обучения через инновации
Веерный метод
Уроки в форме интеллекта
Зигзагообразный метод
Пошаговая технология

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. Barcha fanlardan malaka oshirish kursi uchun testlar to’plami
  2. Barcha fanlardan bilimlar bellashuvi uchun testlar to’plami
  3. Barcha ustamaga davogar o’qituvchilar uchun hujjatlar to’plami
  4. Barcha fanlardan bilimlar bellashuvi uchun yozma ishlar to’plami
  5. Matematika faniga bag’ishlangan senariylar to’plami
  6. 5-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
  7. 6-sinflar uchun elektron darsliklar, kitoblar barcha fanlardan
  8. Barcha fanlardan tig’izlashtirilgan ish rejalar to’plami
  9. Matematika fanidan nazorat ishlari to’plami yechimi bilan
  10. Barcha fanlardan attestatsiya savollari to’plami javobi bilan

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.