Korrupsiyanın mənşəyini necə izləyə bilərik
Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda.
Korrupsiyaning tarixiy o`zaklari qaerdan kelib chiqqanini bilasizmi?
Insonni qiyin ahvolga tushiradigan, ruhan ezadigan holatlar ichida eng og`iri adolatsizlik hisoblanadi, deyish mumkin. Uning bir ildizi korrupsiya bilan bog`liq bo`lib, bu shaxsning o`z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o`zga shaxslarning manfaatlarini ko`zlab moddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishida ifodalanadi.
Korrupsiya bu jamiyatni turli yo`llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to`sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta`kidlab o`tish joizki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag`al bo`lishidan qat`iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo`yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo`lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Korrupsiyaning tarixiy o`zaklari juda-juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma`lum mavqega ega bo`lish uchun qabila sardorlariga sovg`alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O`sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to`siq ekanligini ko`rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo`rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma`lum. Chunki bu holat davlatning obro`siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo`rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg`alarni qabul qilma, chunki sovg`a ko`rni ko`radigan qiladi va haqiqatni o`zgartiradi” deyilgan bo`lsa, Qu`roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo`l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo`lgan narsalarni olish uchun o`z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga tobora ko`proq ta`sir ko`rsata boshladi. Bu o`sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o`z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitusiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo`lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko`rsatib o`tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o`rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Davlat apparati tizimida mansab suiiste`molchiligi, poraxo`rlik, uyushgan yoki korrupsion jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi aynan shu tizim buzilishiga yoki zararlanishiga sabab bo`ladi. Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur etkazadi. Korrupsiya jinoyatchiligini mansabdorlik jinoyatlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Mansabni suiiste`mol qilish orqali mulkni talon-taroj qilish yoki poraxo`rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli ko`rinishlari bo`lib hisoblanadi.
Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta`minlash muhim jarayon bo`lib, bu jarayondagi asosiy vazifalardan biri korrupsiya bilan bog`liq holatlarning oldini olish, unga yo`l qo`ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdir.
Aytish joizki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk davrdayoq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsiyadan tozalash bo`yicha izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda. O`zbekiston Respublikasining ko`pgina huquqni muhofaza qiluvchi organlari tarkibida korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi alohida tuzilma va bo`limlar shakllantirildi.
Hozirda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, fosh etish va unga qarshi kurashish borasida tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirilib, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmi yaratildi.
Xususan, 2017 yil 4 yanvardan O`zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo`ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi. Bu davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabat qaror topadi. 34 moddadan iborat qonunda, avvalo, korrupsiya bilan bog`liq tushunchalar berilgan. Korrupsiya shaxsning o`z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o`zga shaxslarning manfaatlarini ko`zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo`nalishlari mustahkamlangan. Unga ko`ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi, qorrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari sirasiga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o`z vaqtida aniqlash, ularga chek qo`yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta`minlash ham shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, davlatimiz Rahbarining 2019 yil 27 maydagi “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5729-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro`-e`tiborini oshirishga qaratilgan.
Farmon bilan 2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilindi va Senat raisi Nig`matulla Yo`ldoshev boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etiladi. Ular joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagiishlarning holatini kompleks o`rganish, joylarda korrupsiya ko`rinishlari namoyon bo`lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to`g`risida O`zbekiston Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo`yicha qo`mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib boradi.
- sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta`sir o`tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
- davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko`tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag`batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro`yxatini belgilash;
- davlat xizmatchilari daromadlarini deklarasiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi etarli darajada bo`lishini ta`minlash, shuningdek, davlat xizmatini o`tashda manfaatlar to`qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- korrupsiya bilan bog`liq huquqbuzarliklar to`g`risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;
- davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;
- fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta`minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o`tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish.
Idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to`qnashuvining oldi olinishini ta`minlash bo`yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo`qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.
Qo`shimcha ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo`llashga yo`naltirilgan “Yo`l xaritasi” loyihasi ishlab chiqiladi. Unda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirish, qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etish ko`zda tutilgan.
Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta`lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta`lim va tarbiya masalalari Qonunning 16, 17, 18-moddalarida o`z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo`lgan va huquqiy ta`lim va tarbiya jihatdan etuk bo`lgan insonlar salbiy illat bo`lmish korrupsiyaga yo`l qo`ymaydilar.
Shunday ekan, o`zimizga xulosa qilishimiz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o`zimizni o`zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyanining har qanday ko`rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Qabul qilingan Qonun esa davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta`sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.
F.Turaxodjaev, jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudi sudyasi
Korrupsiyanın mənşəyini necə izləyə bilərik
Korrupsiyaya qarşı mübarizənin gücləndirilməsi ilə əlaqədar aparılan genişmiqyaslı tədbirlər çərçivəsində vətəndaşların korrupsiya hüquqpozmaları barədə müraciətlərinin qəbulu işinin təkmilləşdirilməsi üçün zəruri tədbirlər davam etdirilir. Vətəndaşların müraciətlərinin təxirə salınmadan qəbulu və onlara operativ baxılmasının təmin edilməsi məqsədi ilə Baş prokuror yanında Korrupsiyaya qarşı Mübarizə İdarəsində martın 3-dən 161 nömrəli “Qaynar xətt” əlaqə mərkəzi fəaliyyətə başlamışdır.
Fəaliyyətə başladığı vaxtdan ötən müddət ərzində mərkəzə korrupsiya hüquqpozmalarına dair 747 müraciət daxil olmuş, 1500-dən artıq şəxsə isə hüquqları barədə izahlar verilmişdir.
Təhlillər göstərir ki, müraciətlər əsasən əhalinin sosial müdafiəsi, mülkiyyət hüquqlarının qeydə alınması, dövlət və bələdiyyə torpaqlarının qanunsuz olaraq satılması, bələdiyyə, yerli icra orqanları, səhiyyə, təhsil, gömrük, nəqliyyat, polis, məhkəmə hakimiyyəti orqanları və digər sahələrlə əlaqədar olmuşdur.
Qeydiyyata alınmış müraciətlərdən 493-ü və yaxud 66 faizi “Vətəndaşların müraciətlərinə baxılması qaydası haqqında” Qanunun tələblərinə müvafiq olaraq aidiyyəti üzrə baxılması, eyni zamanda, cinayət xarakterli pozuntular aşkar edildiyi təqdirdə toplanmış materialların prokurorluğa göndərilməsi üçün müvafiq nazirlik, komitə və yerli icra hakimiyyəti orqanlarına göndərilmişdir.
Müraciətlərin 58-i, yaxud 7,8 faizi nəticəsi Baş prokuror yanında Korrupsiyaya qarşı Mübarizə İdarəsinə bildirilməklə baxılaraq müvafiq tədbir görülməsi üçün ərazi aidiyyəti üzrə rayon və şəhər prokurorluqlarına göndərilmişdir.
Vətəndaşları ciddi narahat edən korrupsiya cinayətlərinin və hüquqpozmalarının daha geniş yayıldığı idarəçilik və xidmət sahələrinin aşkar edilməsi, təqsirli şəxslərin ifşa olunması, korrupsiya hüquqpozmalarından əziyyət çəkənlərin hüquqlarının bərpası məqsədi ilə “Qaynar xətt” əlaqə mərkəzinə daxil olmuş bir sıra müraciətlər üzrə təxirəsalınmaz istintaq-əməliyyat tədbirləri həyata keçirilmişdir.
Bununla əlaqədar “Qaynar xətt” əlaqə mərkəzinə sosial müdafiə sahəsində korrupsiya hüquqpozmaları barədə daxil olmuş məlumatlardan 2-si üzrə artıq cinayət işləri başlanmışdır.
Belə ki, Əmək və Əhalinin Sosial Müdafiəsi Nazirliyinin Sabirabad və Kürdəmir rayon mərkəzlərinin işçiləri tərəfindən vəzifə səlahiyyətlərindən sui-istifadəyə yol verilməsi nəticəsində vətəndaşların qanunla qorunan mənafelərinə mühüm zərər vurulması faktları üzrə Cinayət Məcəlləsinin müvafiq maddələri ilə cinayət işi başlanmış, törətdiyi cinayət əməllərinə görə həmin qurumların vəzifəli şəxsləri təqsirləndirilən şəxs qismində cəlb edilərək barələrində məhkəmənin qərarı ilə həbs qətimkan tədbiri seçilmişdir.
“Qaynar xətt” əlaqə mərkəzinə daxil olmuş müraciətlər üzrə aparılmış ümumiləşdirmə zamanı Əmək və Əhalinin Sosial Müdafiəsi Nazirliyinin tabeliyindəki qurumların fəaliyyəti ilə bağlı şikayətlərin artdığı müşahidə edilmişdir. Bu qəbildən olan şikayətlərin əksəriyyəti Sabirabad, Kürdəmir, Quba, Ağcabədi, Ağdaş, İsmayıllı, Ağdam, Laçın, Gəncə şəhəri, Bakı şəhərinin Nizami rayon əhalinin sosial müdafiəsi mərkəzlərinin fəaliyyəti ilə əlaqədar olmuşdur. Müəyyən edilmişdir ki, vətəndaşlara hesablanmış ünvanlı sosial yardımın 4-6 ayının pulları rayon mərkəzlərinin vəzifəli şəxsləri tərəfindən mənimsənilmiş, həmçinin yardımın təyin edilməsi üçün onun müəyyən hissəsinin gələcəkdə vəzifəli şəxslərə veriləcəyi şərti ilə yardım təyin edilmişdir.
Aparılmış təhlil göstərir ki, bir çox hallarda ünvanlı sosial yardımın alınması ilə əlaqədar müraciət etmiş buna hüququ olmayan şəxslər rayon sosial müdafiə mərkəzlərinin əməkdaşları ilə qabaqcadan cinayət əlaqəsinə girməklə alınmış yardımı öz aralarında bölmüşlər.
Əmək və Əhalinin Sosial Müdafiəsi Nazirliyi tərəfindən yerli rayon (şəhər) əhalinin sosial müdafiəsi mərkəzlərinin fəaliyyəti üzərində nəzarətin lazımi səviyyədə həyata keçirilməməsi nəticəsində ünvanlı dövlət sosial yardımlarının təyin edilməsi və ödənilməsi sahəsində kobud qanun pozuntularına yol verilmişdir. Həmin nöqsanların aradan qaldırılması və digər zəruri təşkilati tədbirlərin görülməsi məqsədi ilə Azərbaycan Respublikasının Korrupsiyaya Qarşı Mübarizə üzrə Komissiyasına müraciət edilmişdir.
“Qaynar xətt” əlaqə mərkəzinə daxil olan müraciətlərə dövlət qulluğunda, o cümlədən hüquq mühafizə, habelə yerli özünüidarə orqanlarında, həmçinin kommersiya və qeyri-kommersiya təşkilatlarında tutduqları mövqedən asılı olmayaraq, korrupsiya cinayətləri və ya hüquqpozmaları törətmiş bütün vəzifəli şəxslərin məsuliyyət məsələləri qanunçuluq prinsipi əsas tutulmaqla araşdırılır.
Eyni zamanda, mənfi hərəkətləri ilə prokurorluq orqanlarının nüfuzuna xələl gətirən şəxslərlə mübarizə və kadr korpusunun sağlamlaşdırılması prokurorluq orqanlarının daim diqqət mərkəzində saxlanılmaqla bu istiqamətdə ən qəti tədbirlərin görülməsi davam etdirilir.
Belə ki, Ağdaş Rayon Prokurorluğunun müstəntiqi Fəxrəddin Əliyevin qulluq mövqeyindən istifadə edərək 8 il müddətinə azadlıqdan məhrum olunmuş Təvəkkül Əliyevin cəzasını yüngülləşdirəcəyini vəd edərək onun həyat yoldaşı Tamilə Əliyevadan 7400 ABŞ dolları alaraq mənimsəməsi faktına görə sonuncunun bu barədə 161 “Qaynar xətt” əlaqə mərkəzinə daxil olmuş müraciəti üzrə cinayət işi başlanmış və Fəxrəddin Əliyev Cinayət Məcəlləsinin müvafiq maddələri ilə təqsirləndirilərək barəsində məhkəmənin qərarı ilə həbs qətimkan tədbiri seçilmişdir.
İdarədə araşdırılan 196 müraciətdən 60-ı üzrə vətəndaşlar idarədə qəbul edilməklə onların ərizə və izahatları alınmış, əsasən bölgələrin sakinləri olan 136 müraciət müəllifləri isə müxtəlif səbəblərdən idarəyə gələ bilmədiklərindən onların qəbul olunaraq ərizə və izahatlarının alınması müvafiq ərazi prokurorluqlarına həvalə edilmişdir. Həmin müraciət müəlliflərindən 78-nin ərizə və izahatları rayon (şəhər) prokurorluqlarında alınaraq Baş prokuror yanında Korrupsiyaya qarşı Mübarizə İdarəsinə təqdim olunmuşdur.
İdarədə araşdırılan müraciətlərdən 38-i üzrə vətəndaşların şikayətləri araşdırma zamanı təmin olunmuşdur.
“Qaynar xətt” əlaqə mərkəzinə daxil olmuş bütün müraciətlər üzrə qanunvericiliklə müəyyən edilmiş qaydada və müddətlərdə hərtərəfli, tam və obyektiv araşdırmaların aparılması, mərkəzə daxil olan müraciətlər üzrə görülmüş tədbirlər barədə ictimaiyyətin mütəmadi məlumatlandırılması təmin ediləcəkdir.
Korrupsiya nimadan boshlanadi?
Xalq tilida soddagina qilib – poraxo‘rlik, keng ma’noda korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, ushbu maqolada uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini tahlil etamiz.
Korrupsiya nima o‘zi?
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. Atama, eng avvalo, siyosiy apparat xodimlariga nisbatan foydalanishi odatiy tusga kirgan.
Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va h.k.
Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi qayerda?
Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»ga sharoit yaratmoqda?
Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».
Bu yerda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. Ya’ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda?
Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda.
Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va’da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas.
Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar.
Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «obektivka» orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy yetukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining sudlanganligi» kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma’lumotnomani olish kichik korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar» zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin.
Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashdagi asosiy vazifasi ijtimoiy kayfiyatni yoritish: cho‘qqining o‘tkir nuqtasiga yetib kelganimizni eslatib turishdan iborat.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.