Press "Enter" to skip to content

BADIIY TARJIMADA EKVIVALENTLIK VA ADEKVATLIK MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

THE ISSUE OF EQUIVALENCE AND ADEQUACY IN LITERARY

Ekvivalent funksiyalar

Ekvivalent funksiyalar
5.3-5.6 dagi -Grinning silliqlangan ochiq to‘plamini bildiradi.
dagi barcha manfiy bo‘lmagan funksiyalar to‘plamini bilan belgilaymiz.
5.3.1-Ta’rif: Agar va bo‘lsa, u holda dagi funksiyaning ekvivalent funksiyasi quyidagicha da aniqlanadi:

3.7.5-Teoremaga ko‘ra quyidan yarim uzluksiz da supergarmonik regularizatsiyasi ning barcha joyida deyarli bo‘ladi va ushbu

tenglik kelib chiqadi. ga dagi funksiyaning regularizatsiyalangan ekvivalent funksiyasi deyiladi.
da bo‘lganda, da va da ekanligi ko‘rishimiz mumkin.
Masalan 3.5.2 : , , va . Bu yerda bo‘lganda bo‘ladi.
Agar polyar to‘plam va bo‘lsa, u holda

bo‘ladi.
Agar va bo‘lsa, u holda

  1. polyar to‘plam;
  2. da bo‘lgan funksiyaning musbat subgarmonik funksiyasi mavjud;
  3. dagi har bir funksiya uchun .
  1. – Grinian;
  2. qutbsiz;
  3. funksiya da garmonik majarantaga ega;
  4. o‘zgarmas bo‘lmagan funksiyani o‘z ichiga oladi.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

BADIIY TARJIMADA EKVIVALENTLIK VA ADEKVATLIK MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nigina Elbek Qizi Pardayeva

Ushbu maqolada adekvatlik va ekvivalentlik terminlari va bu tushunchalarning badiiy tarjimada qo’llanish funksiyalari va masalalariga bag’ishlanadi. Bundan tashqari, maqolada badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida frazeologik ibora va birliklarning bir tildan ikkinchi tilga o’girishda tarjimaning adekvat usulidan qo’llagan holda mos ekvivaletlarini qo’llay bilish masalalari ba’zi misollar orqali aniq ifodalab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Nigina Elbek Qizi Pardayeva

Milliy so’zlarning tarjimada berilishi
INGLIZ TILIDAN TARJIMA JARAYONIDA METONIMIYANING QO’LLANILISHI
BADIIY ASARNING LINGVISTIK TAHLILI
RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI
Madaniyatlararo muloqotda tarjimonning ahamiyati
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY TARJIMADA EKVIVALENTLIK VA ADEKVATLIK MASALASI»

BADIIY TARJIMADA EKVIVALENTLIK VA ADEKVATLIK MASALASI

Nigina Elbek qizi Pardayeva Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada adekvatlik va ekvivalentlik terminlari va bu tushunchalarning badiiy tarjimada qo’llanish funksiyalari va masalalariga bag’ishlanadi. Bundan tashqari, maqolada badiiy asarlarni tarjima qilish jarayonida frazeologik ibora va birliklarning bir tildan ikkinchi tilga o’girishda tarjimaning adekvat usulidan qo’llagan holda mos ekvivaletlarini qo’llay bilish masalalari ba’zi misollar orqali aniq ifodalab berilgan.

Kalit so’zlar: Ekvivalent, adekvat, tarjima nazariyasi, tarjimachilik, frazeologik ibora, sinomik ibora, komponent, o’zbekcha va inglizcha so’zlar.

THE ISSUE OF EQUIVALENCE AND ADEQUACY IN LITERARY

Nigina Elbek qizi Pardayeva Tashkent State University of Uzbek Language and Literature

Abstract: This article deals with the terms adequacy and equivalence and the functions and issues of application of these concepts in literary translation. In addition, the article clearly illustrates the use of appropriate equivalents of phraseological expressions and units in the process of translating works of art from one language to another using an adequate method of translation.

Keywords: Equivalent, adequate, translation theory, translation, phraseological expression, synonymous phrase, component, Uzbek and English words.

Tarjima – millatlararo muloqotning eng muhim ko’rinishi bo’lib, bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi hisoblanadi.

Har bir sohaning o’zi tadqiq qiladigan yo’nalishi, o’rganadigan muammolar tizimi mavjud bo’ladi. Xuddi shunday tarjima sohasida ham bir qancha o’rganiladigan masalalar bo’lib, biz ko’rib chiqadigan masala»badiiy tarjimada ekvivalentlik va adekvatlik masalasi”dir.

Adekvat – (lot.»adequatues», «o’xshash», «to’la mos», «bir xil» degan ma’nolarni anglatadi) tarjima mukammal tarjima hisoblanadi. Adekvat tarjima tushunchasining mualliflari bo’lgan A.N.Feorov va Ya.L.Reskerning fikricha,»mukammal tarjima deganda, asl nusxani to’liq aks ettiruvchi, uning muvofiq va u bilan tenglashadigan tarjima adekvat tarjima deyiladi”.

Ekvivalent tarjima bu – badiiy matnni to’liq aks ettirib berish va asl nusxa matnining mazmunini saqlagan holda tarjima qilishdir.

Yirik tarjimashunos olimlar Ya.L.Resker, A.Shveytser, L.Barxudarov va V.Komissarovning lingvistik tarjima nazariyasiga oid bo’lgan adekvat va ekvivalent tarjima haqida quyidagi fikrlarni aytadilar :»Adekvat tarjima ekvivalentlikning oliy darajasi bo’lib, unda asliyatning janriy – stilistlik talablari, barcha lisoniy va g’ayrilisoniy (ekstralingvistik ) omillar hisobga olingan, maksimal darajada hissiyot va asliyat va asliyat ruhi saqlangan bo’ladi. Har bir adekvat tarjima, albatta, ekvivalent bo’ladi, ammo har bir ekvivalent tarjimani adekvat deb bo’lmaydi”.

Tarjimashunoslikda adekvat va ekvivalent tushunchalarini ko’plab uchratishimiz mumkin.

Odatda, badiiy tarjimada bir tildagi frazeologik iboralarni ikkinchi tilga ekvivaletlar yordamida tarjima qilish adekvat tarjima yaratishning eng samarali yo’li hisoblanadi. Chunki ekvivaletlar iboralar ma ‘ nolaridan tashqari ularning obrazli asoslari ham bir – biriga o’xshaydi. Bu esa ularning stilistlik funksiyasi jihatdan bir -biriga ko’proq mos bo’lishini ta’ minlaydi . Shuning uchun ham tarjibali tarjimonlar o’z ishlari davomida ko’proq bu usulni qo’llashga harakat qiladilar . Biroq ekvivalentlar yordamida tarjima qilinganda ham originaldagi tarjima tilidagi iboralar ma ‘ nolarini, ular o’tab kelayotgan stilistik funksiyalarni chuqur tushunmasdan qo’llash adekvatlikning yaralmay qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Buni quyidagi bir biriga ekvivalent bo’lgan inglizcha va o’zbekcha frazeologik iboralar orqali asoslab beramiz :

«Fish begins to stink at the head»//»Baliq boshidan sasiydi» «The dog bark, but the caravan goes on»//»It hurar – karvon o’tar» «Cut your coat according your cloth»//»Ko’rpangga qarab oyoq uzat» Bir tildagi iborada mavjud komponentlar ikkinchi tildagi iborada formal ravishda yo’q, ammo iborani talaffuz etganda o’sha yo’q komponentlar ham ko’zda tutiladi. Keltirilgan misollarda ko’rinib turibdiki, bu iboralarning o’zbekcha variantlari inglizcha variantlariga qaraganida qisqaroq ya’ ni, o’zbekcha variantlarda mavjud bo’lgan ba’zi komponentler tushirib qoldirilgan. Lekin o’zbek tilida ham iboralarni talaffuz qilganda o’sha tushirilib qoldirilgan komponentler nazarda tutiladi.

Aksincha, bir tildagi frazeologik iboralarni ikkinchi tilga muqobil variantlar yordamida tarjima qilish ham tarjimaning originaldagidek chiqishiga olib keladi. Bunda tarjimaning qiyinchiligi shundaki, u iborani tarjima qilish uchun tarjima tilida mavjud bo’lgan sinomik iboralardan eng mosini tanlay olishi zarur. Misol uchun: «Every dog is lion at home»// har kim o’z uyida bek».

Tarjimachilikda ayniqsa, badiiy tarjimada ekvivalentlik va adekvatlik masalasi muhim ahamiyatga ega . Chunki tarjimon asliymonand tarjimaga erishishi uchun ekvivalent va adekvat tarjimadan xabardor bo’lishi kerak. Tarjimon adekvatlik va

www.openscience.uz 319 | (“oe^^^bi

ekvivalentlikni tug’ri qo’llay bilishi va frazeologik ibora va birliklarning muqobillarini topib qo’yishi badiiy tarjimaning asosiy masalalaridan biridir. Chunki tarjimon mukammal va asliymonand tarjimaga erishish uchun har bir badiiy parchani, iborani xuddi o’zidek teng ekvivalentlarini qo’llash, nafaqat to’g’ri va mos muqobilini balki, o’sha matnning mazmun – maqsadini, aynan nimani ifodalayotganini ham ko’rsata bilishi lozim. Ana shundagina tarjimon haqiqiy tarjimaga erishadi. Bu haqida Irland olimi Jeyms Joys shunday deydi:

«Asliymonand tarjimaga erishish uchun asliyat badiiy – estetik qimmati, ikki til lisoniy vositalarining lug’aviy muvofiqliklari hamda asliyatga mansub bo’lgan xalqning moddiy, ma’ naviy, siyosiy va iqtisodiy hayoti bilan bog’liq omillar tarjimada to’laqonli aks ettirilishi lozim».

Shunday ekan, har bir tarjimon asliymonand, haqiqiy, badiiy estetik jihatdan tarjimaga erishish uchun adekvat va ekvivalent tarjima masalalarini o’rganishi va rivojlantirishi lozim. Ana shundagina, badiiy tarjima adabiyoti durdonalari yanada ko’payadi.

Demak, tarjima amaliyotini yanada jonlantirish, tarjima nazariyasini zamonaviy dunyo ilmi darajasiga ko’tarishga barchamiz ma’sulmiz.

1. Alekseeva .I.S.»Tarjima nazariyasining asoslari». S.Pb. 2000 yil.

2. Lvovskaya Z.D.»Tarjimaning nazariy muammolari . M : Ilm – fan, 1985.

3. Kazakova. T. A.»Tarjimaning amaliy asoslari”. S.Pb . 2001 yil.

4. Komissarov V.N.»Tarjima nazariyasi»M: Oliy shk.. 1990 yil

5. Xudayberdiyeva O’. K.»Tarjima pragmatikasining o’ziga xos xususiyatlari”.

1. Alekseeva .I.S.»Tarjima nazariyasining asoslari». S.Pb. 2000 yil.

2. Lvovskaya Z.D.»Tarjimaning nazariy muammolari . M : Ilm – fan, 1985.

3. Kazakova. T. A.»Tarjimaning amaliy asoslari”. S.Pb . 2001 yil.

4. Komissarov V.N.»Tarjima nazariyasi»M: Oliy shk.. 1990 yil

5. Xudayberdiyeva O’. K.»Tarjima pragmatikasining o’ziga xos xususiyatlari”.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.