Pedagogika fanining ilmiy – tadqiqot metodlari
11 слайд Olimlar fikricha har qanday eski tuzilma yangisi bilan almashar ekan, dastlab beqarorlik kuzatiladi, yaʼni tizimdagi unsurlar barqarorligiga putur yetadi. Ana shunday holatda oddiy tasodif, kichkina uzgarish xam narsa va hodisa rivojida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Sinergetika metodiga ko’ra olamdagi narsa, hodisa, jarayonlar o’zini-o’zi tashkil etish, o’z-o’,ini boshqarish xususiyatiga ega. Uz-uzini boshqarish deganda tartibdan tartibsizlikka, chiziqlililikdan chiziqsizlikka, barkarorlikdan beqarorlikka utish nazarda tutiladi.
Презентация по предмету “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” на тему “ILMIY TADQIQOT VA SINERGETIKA”
В настоящий момент дополнительные накопительные скидки (от 2% до 25%) предоставляются 56.188 образовательным учреждениям . Чтобы узнать, какая скидка действует для всех сотрудников Вашего образовательного учреждения, войдите в свой личный кабинет “Инфоурок”.
Курс профессиональной переподготовки
Организация деятельности библиотекаря в профессиональном образовании
Библиотекарь
от 6800 руб. от 3400 руб.
Базовая скидка для всех: 40%
Дополнительная скидка: 10% ( только до 15 марта )
К данной скидке мы можем добавить скидку Вашего образовательного учреждения (она зависит от того, сколько Ваших коллег прошло курсы “Инфоурок”)
В настоящий момент дополнительные накопительные скидки (от 2% до 25%) предоставляются 56.188 образовательным учреждениям . Чтобы узнать, какая скидка действует для всех сотрудников Вашего образовательного учреждения, войдите в свой личный кабинет “Инфоурок”.
- Сейчас обучается 266 человек из 64 регионов
Курс профессиональной переподготовки
Руководство электронной службой архивов, библиотек и информационно-библиотечных центров
Начальник отдела (заведующий отделом) архива
8200 руб. 4100 руб.
Базовая скидка для всех: 40%
Дополнительная скидка: 10% ( только до 15 марта )
К данной скидке мы можем добавить скидку Вашего образовательного учреждения (она зависит от того, сколько Ваших коллег прошло курсы “Инфоурок”)
В настоящий момент дополнительные накопительные скидки (от 2% до 25%) предоставляются 56.188 образовательным учреждениям . Чтобы узнать, какая скидка действует для всех сотрудников Вашего образовательного учреждения, войдите в свой личный кабинет “Инфоурок”.
Карманные деньги как эффективный способ развития финансовой грамотности ребёнка
240 руб. 120 руб.
Описание презентации по отдельным слайдам:
1 слайд ILMIY TADQIQOT VA SINERGETIKA
1
Saparova Nurjamal Begaydarovna
ILMIY TADQIQOT TUSHUNCHASI
ILMIY TADQIQOT TURLARI
SINERGETIKA TUSHUNCHASI
XULOSA
REJA
2
3 слайд 1,ilmiy tadqiqot
3
Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiyem — tajriba va na-zariyadan iborat.
4 слайд
4
Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba oʻtkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan.
5
Ilmiy tadqiqot (izlanish) uchta tarkibiy qism:insonning maqsadli faoliyati, ilmiy mehnat predmeti va ilmiy mehnat vositalaridan iboratdir. Insonning maqsadli ilmiy faoliyati tadqiqot obyekti haqida (bo‘yicha) yangi bilimlarga yoki obyekt haqidagi (bo‘yicha) mavjud bilimlarni to‘ldirishga erishishda anglab yetishni bilishning aniq usullaridan va ilmiy uskunalardan (o‘lchov, hisoblash texnikalari) mehnat vositalaridan foydalanishga tayanadi.
6 слайд
6
Ilmiy mehnat predmeti tadqiqotining faoliyati yo‘naltirilgan tadqiqot obyekti va u haqidagi (oldingi) bugungacha bo‘lgan bilimlar. Tadqiqot obyektiga moddiy dunyoning har qanday materiali (elektrotexnik uskunalar, elektrlashtirilgan qurilmalar, mashina va mexanizmlar), jarayonlar (texnologik, energetik, agrotexnik, elektromagnit, moddiy materiallar elementlari va h.k.lar) kiradi.
Ilmiy tadqiqotlar, ko‘zlangan maqsadi, tabiat yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liqlik darajasi, ilmiy ishning xarakteri va chuqurligiga (qamroviga) qarab fundamental, amaliy va ishlanmalarga bo‘linadi.
7
Fundamental tadqiqotlar prinsipial yangi bilimlarni (yaratish) barpo etish va oldinda mavjud bilimlar sistemasini rivojlantirishga qaratiladi va undan maqsad tabiatning yangi qonunlarini yaratish (kashf etish) voqeliklar orasidagi bog‘liqliklarni ochib berish va yangi nazoratlar yaratishdir. (Masalan, elektromagnit maydon nazariyasi agroinjeneriyada resurslar tejamkorligi ilmiy – metodologiyasini yaratish, energiyani muhitda harakatlanishi qonunini va h.k.lar).
ILMIY TADQIQOT TURLARI
LOYIHALASH
ISHLAB CHIQARISH
O’ZLASHTIRISH
Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. Ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) – obyektiv borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog‘liqlikni anglab yetish –bilish jarayonidir.
9 слайд Ilmiy muammoni shakllantirishga tadqiqot olib borilayotgan muammo yoki masalaga o‘xshash masalalarning yechimlarini texnik va nazariy usullari va vositalari, hamda turdosh sohalardagi tadqiqot natijalari haqida ma’lumotlar yig‘ish va tahlil etish kabi muhim ilmlar kiradi.
Ilmiy muammoni yechishning birlamchi gipotezasini ilgari surish va asoslash aksariyat hollarda ilmiy tadqiqotning birinchi bosqichida belgilangan ilmiy masalalar va tadqiqot mavzusiga oid to‘plangan axborotlarning tahlili asosida shakllantiriladi. Muammoni yoki ilmiy masalani yechishga erishish bo‘yicha shakllantirilgan bir necha birlamchi gipotezalar orasida eng maqbuli tanlab olinadi.
10 слайд SINERGETIKA — oʻz-oʻzini boshqarish, nochiziqli hodisalarni oʻrganish, oʻz-oʻzidan tashkil boʻlish nazyasi. Olamni yangicha izohlashga qaratilgan, murakkablikni oʻrganadigan, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning tabiatini bilishga qaratilgan ilmiy yoʻnalish, tafakkur uslubi. S. ilmiy yoʻnalish sifatida 20-a.ning 60-70-y.larida shakllandi.
Sinergetika barqarorlik va xaos ning uzaro munosabatlarini o’rganadi.
11 слайд Olimlar fikricha har qanday eski tuzilma yangisi bilan almashar ekan, dastlab beqarorlik kuzatiladi, yaʼni tizimdagi unsurlar barqarorligiga putur yetadi. Ana shunday holatda oddiy tasodif, kichkina uzgarish xam narsa va hodisa rivojida muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Sinergetika metodiga ko’ra olamdagi narsa, hodisa, jarayonlar o’zini-o’zi tashkil etish, o’z-o’,ini boshqarish xususiyatiga ega. Uz-uzini boshqarish deganda tartibdan tartibsizlikka, chiziqlililikdan chiziqsizlikka, barkarorlikdan beqarorlikka utish nazarda tutiladi.
12 слайд Sinergetika – jonsiz tabiatda o‘z-o‘zidan harakatlanish, oddiy tizimlardan nisbatan murakkab tizimlarni barpo qilish prinsipini shakllantiradi. Sinergetika bilan fizikaga evolyutsion yondoshuv kirib keldi. Sinergetika makroskopik darajaga tasodifiylikni tadbiq etdi. Sinergetika nisbiylik nazariyasining modda va energiyaning o‘zaro bir-biriga aylanish to‘g‘risidagi xulosasini va moddalarni hosil bo‘lishini tushuntirib beradi. Sinergetika biz turmush kechirayotgan barcha makrotizimlar qanday vujudga kelganligi to‘g‘risida savolga javob berishga harakat qilmoqda.
13 слайд Sinergetika metodiga ko’ra olamdagi narsa, hodisa, jarayonlar o’zini-o’zi tashkil etish, o’z-o’,ini boshqarish xususiyatiga ega. Uz-uzini boshqarish deganda tartibdan tartibsizlikka, chiziqlililikdan chiziqsizlikka, barkarorlikdan beqarorlikka utish nazarda tutiladi. Sinergetikaning asosiy g’oyasi: olamdagi narsa va hodisalar muayyan tizimlardan iborat. Bu tizimda 2 holat muvozanat va muvozanatsizlikdan (tanglik, beqarorlik, chiziqsizlik) holatlari kuzatiladi
Лучшее для учеников, педагогов и родителей
Опытные
онлайн-репетиторы
Pedagogika fanining ilmiy – tadqiqot metodlari
Har qanday fan o`zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi.
Hayotda va ob`ektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o`rgatish va qanday o`rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib, ular o`zaro bog’liqdir.
Nima qilish kerak va qanday amalga oshirish lozim degan muammolar o`rtasida dialektik birlik mavjuddir.
Pedagogika o`z mazmunini boyitish va yangilash maqsadida mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan metodlari bilan o`rganadi. Shu ma`noda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari deganimizda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o`qitishning real jarayonlariga xos bo`lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish metodlari, uslublari va vositalari majmuini tushunamiz.
Pedagogika o`qitish, bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatini quyidagicha o`rganish-bilishni nazarda tutadi:
- ularning umumiy aloqasi, bir-birini taqozo etishi va o`zaro ta`sir jarayonida bolalarni o`qitish va tarbiyalash, fan, madaniyat, ahloq va san`at, ta`lim va tarbiyaning qayerda amalga oshirilishidan qat`iy nazar uzviy aloqada bo`lishi;
- ularning to`xtovsiz harakati, o`zgarishi va taraqqiy etish jarayonida vujudga keladigan o`qitish va tarbiyalash vazifalari, metodlarining o`zgarishi, hamma bolalarni bir xil andozada o`qitish va tarbiyalash mumkin emasligi;
- bolalarning o`sishida ularning o`ziga xos hususiyatlarini hisobga olish, aqliy va hulqiy faoliyat, so`z va ish birligi mezonlariga tayanish;
- bolalar kamolotiga ta`sir etuvchi an`ana, urf-odatlar, ular o`rtasidagi tafovutlarni bilish, aniqlash asosida yaxshi bilan yomon, eskilik bilan yangilik, o`rtasida yuz beradigan nizolarni hisobga olish, o`zaro tanqid va hokazo;
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to`g’ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.
Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga tayanib fikr yuritsa bo`ladi: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini o`rganish metodi; 4) test, so`rovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi;
Kuzatish metodi
Pedagogikaning kuzatish metodi ta`lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig’ish imkonini tug’diradi. Bu metodni qo`llanish jarayoni ancha murakkab bo`lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo`llaniladi.
Tajribalarning ko`rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma`lum reja asosida yig’ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali bo`ladi.
Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Odatda pedagogik kuzatish orqali o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o`zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko`rsatish yo`llarini belgilash uchun qo`llaniladi.
Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o`quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug’diradi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmuninining boyishiga sabab bo`ladi.
Suhbat metodi
Ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to`g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo`llaniladi. Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish yo`llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yo`naltira olishni bilishi, suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtira bilishi g’oyat muhimdir.
- suhbat uchun oldindan savol tuzish;
- vaqti va o`tkazish joyini belgilash;
- suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo`lishi;
- suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish;
- mahmadona va bachkana bo`lmaslik;
6)suhbatdoshning kimligini, harakter hususiyatini esdan chiqarmaslik;
7) suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, lozim bo`lsa qo`shimchalar kiritish va maktab hayotiga tadbiq etish pedagogik jihatdan qimmatlidir.
Bolalar ijodini o`rganish metodi
Pedagogik tadqiqot metodlari ichida bolalar ijodini tabiiy holatda o`rganish va ilmiy xulosalar chiqarish metodi mavjud. Bunda maktab o`quvchilarning o`ziga xos individual tartibdagi faoliyatlariga doir ma`lumotlar tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi. Maqsad O`zbekiston yoshlarining tipik obrazlari va ularda ijobiy xislatlarni shakllantirishdir. Shu sababli yoshlarning turli yozma daftarlari, tutgan kundaliklari, yozgan xatlari, she`r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, turli yozma hisobotlari bolalar ijodini o`rganish uchun manba bo`lib xizmat qiladi.
Oqibatda, maktab o`quvchilari orasidan etishib chiqayotgan qobiliyatli, iste`dodli yoshlarni ertaroq aniqlash, ularning iste`dodlarining namoyon bo`lishi uchun reja va sharoitlar yaratish imkoni yaratiladi. Odatda, bolalar ijodini o`rganish manbai ko`p bo`lib, ular: fan olimpiadalari, mavzular bo`yicha konkurslar, maktablar bo`yicha ko`rgazmalar, musobaqalar, ekskursiyalar va sayllar va hokazo.
Test, so`rovnomalar metodi
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari ichida yetakchi metod so`rovnoma va test savollardan foydalanishdir. So`rovnoma-anketa (fransuzcha “tekshirish” ma`nosini bildiradi) metodi qo`llanilganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o`quvchilarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.
O`zbekiston, ta`bir joiz bo`lsa Markaziy Osiyoda birinchi bo`lib test metodini maktab, oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimiga tadbiq etdi. Test sinovlaridan ko`zlangan maqsad oz vaqt ichida o`quvchilarning bilimlarini yoppasiga aniqlash, baholashdir.
Bunda test savollarini qanchalik aniqlik va aql bilan, fikrlash jarayoniga zarar tegmaydigan qilib tuzish ahamiyatli ekanligini nazarda tutish lozim. Test savollarining o`rni va ularni mazmunan rang-barang qilib tuzilishi, o`quvchilarning mustaqil fikrlarini o`stiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi
Respublikamiz rahbariyatining xalq ta`limi yuzasidan qabul qilingan qaror va yo`l-yo`riqlari asosida maktabda bajarilgan va bajarilayotgan ta`limtarbiya ishlarini yuritilgan hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.
Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o`qituvchilar va o`quvchilar jamoasi, ularning pedagogik faoliyati haqida aniq ma`lumotlar olinadi.
Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o`qituvchi va o`quvchilarning soni va sifati; o`quvchilarning shaxsiy hujjatlari, sinf jurnallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar tushuniladi.
Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o`quvchilarning umumiy miqdori, uning o`sishi yoki kamayish sabablari tavsifi, o`quvchilarning fanlar bo`yicha o`zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning oldini olish, rag’batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktabning moddiy bazasiga e`tibor beriladi.
Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko`zdan kechirish, to`g’ri yoki noto`g’riligini aniqlash, o`quvchilar faolliklarining o`sishi bilan taqqoslash,ilg’or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishi va nihoyat, o`qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora, tadbirlar belgilash maqsadida o`tkaziladi.
Eksperiment-tajriba sinov metodi
“Eksperiment”so`zi lotincha “sinab ko`rish”, “tajriba qilib ko`rish” ma`nosini anglatadi.
Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor beriladi.
O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim-tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi.
Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o`tkaziladi:
1) tabiiy eksperiment; 2) laboratoriya eksperimenti; 3) amaliy tajriba.
Pedagogik eksperiment o`z mazmuniga ko`ra didaktik, tarbiyaviy, maktabshunoslik muammolari yuzasidan o`tkaziladi.
Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o`tkazishda quyidagi talablar mavjud:
- ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va kutilishi lozim bo`lgan natija uchun reja belgilash lozim.
- ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq ob`ekt belgilash, amalga oshirish borasida qo`shimcha metodlarni aniqlash.
- tajriba ishi o`tkazish vaqtini va muddatini belgilash.
- tajriba uchun lozim bo`lgan asbob-uskuna va boshqa hokazolarning tayyor turishi;
4) eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli xulosa chiqarish va tavsiyalar berish kerak.
Statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi
Pedagogik tadqiqot statistika ma`lumotlarisiz, ularning tahlilisiz o`zligini namoyon eta olmaydi. Chunki nafaqat ilmiy izlanishlar borasidagi, balki xalq ta`limi sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag’larning oshirilishi, xalq ta`limi muassasalarinng doimo o`sib borishi, darslik va o`quv qo`llanmalari, xo`jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag’larni statistika metodi orqali aniqlanadi.
Respublikamizning deyarli barcha ta`lim-tarbiya muassasalari statistika ma`lumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish rejalariga ega.
Respublikamizning mustaqil bo`lguniga qadar statistika sohasidagi chalkashliklar, atayin ortirib, qo`shib yozishlar xalq ta`limi tizimida ham mavjud edi. Ularning nazorati bo`shligi va ob`ektiv emasligi xalq ta`limi sohasidagi chuqur islohot o`tkazilishiga olib keldi. Demak, statistik ma`lumot aniq, hayotiy bo`lsa bajarilayotgan ta`lim-tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori bo`ladi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.