Press "Enter" to skip to content

O’zbekiston konstitutsiyasi

Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.

Konstitutsiya-kuniga-slayd

31 – modda. Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e`tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e`tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi

  • Qonunnimg”Ta’lim tizimi va din” deb atalgan. 7-moddasida quyidagilar yozib qo’yilgan: “O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi dindan ajratilgan”.

Sen buyuk makonda ,

Hoxlagan diningga qilgil e’tiqod,

  • Singdirmay majbur Yo’l qo’yilmaydi,
  • Unutma zinhor

53- modda. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma – xil shakllardagi mulk tashkil etadi.Davlat iste`molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab – barovar muhofaza etilishini kafolatlaydi.

41-modda. Xar bir inson bilim olish huquqiga ega, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi

  • Sen buyuk davlatning
  • Buyuk farzandi
  • Bepul ta’lim olgin
  • O’qigin mag’rur
  • Sening kelajaging
  • O’ylagan insonga
  • Boshing yerga tekkuncha
  • Mudom qil ta’zim

O’zbekiston Respublikasi dunyo xaritasida o’z o’rniga ega.

Amir Temur hiyoboni

Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.

Al-Farg’oniy bog’i

8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.

Bu bayram bilan hammangizni TABRIKKLAYMIZ.

O’zbekiston konstitutsiyasi

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

Bajaruvchi: Ilhomov Jonibek Guruh: 1.02uz Fakultet: Ingliz tili-I

Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy huquqiy hujjat.

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
  • Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat.

Mundarija

  • Muqaddima
  • Konstitutsiya qabul qilish sabablari
  • Mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan vazifalar
  • Ikkinchi bo’lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari
  • Umumiy qoidalar
  • Fuqarolik
  • Shaxsiy huquq va erkinliklar
  • Siyosiy huquqlar
  • Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar
  • Fuqarolarning inson huquqlari va erkinliklari va majburiyatlarining kafolatlari

Bo’limda:

…bayon etilgan

Davlat hokimiyatining tashkil etilishi

O’zbekiston va Sovet Ittifoqi (SSSR) konstitutsiyalarning farqi

Ma’lumki, Sovet Ittifoqi davrida millatlar o’rtasidagi farqlarni o’chirish va yangi tarixiy “Sovet xalqi” jamiyatning shakllanishi tushunchasi hukmron edi.

Shu bilan bir qatorda, milliy urf-odatlar va milliy bayramlarni nishonlash taqiqlangan edi. Qomusimizda O’zbekiston fuqarosi bo’lgan barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari, milliy an’analarini hurmat qilish kafolatlangan.

1978 yilning Konstitutsiyasi Muqaddimasida “O’zbek SSR xalqi» atamasi butun sovet xalqining ajralmas qismi sifatida ishlatiladi. Muqaddimada O’zbekiston SSR Sovet Ittifoqi davlatlar orasida teng Respublika deb bildirilgan. Lekin shunga qaramay, “Sovet davlat”,”Sovet jamiyati” va “Sovet odamlar” tamoyillari ustuvor qo’yilgan. O’zbekiston SSR davlati ichki va tashqi siyosat boshqaruvidan mahrum qilingan edi. Mustaqillikimizning sharofati bilan konstitutsiyamizda barcha huquqlarimiz qonunan belgilab berildi.

1978 yilning Konstitutsiyasi Muqaddimasida “O’zbek SSR xalqi» atamasi butun sovet xalqining ajralmas qismi sifatida ishlatiladi. Muqaddimada O’zbekiston SSR Sovet Ittifoqi davlatlar orasida teng Respublika deb bildirilgan. Lekin shunga qaramay, “Sovet davlat”,”Sovet jamiyati” va “Sovet odamlar” tamoyillari ustuvor qo’yilgan. O’zbekiston SSR davlati ichki va tashqi siyosat boshqaruvidan mahrum qilingan edi. Mustaqillikimizning sharofati bilan konstitutsiyamizda barcha huquqlarimiz qonunan belgilab berildi.

1978 yil Konstitutsiyasining muqaddimasida hattoki inson huquqlarini himoya qilish ko’zda tutilmaganligini takidlab o’tish lozim. Konstitutsiyaning asosiy matnda VI bob «fundamental huquqlari, erkinliklari va fuqarolarning majburiyatlari” ham bor bo’lsa-da, u huquq va erkinliklar to’la-to’kis xalqaro inson huquqlari standartlarini aks ettirmas edi. Bu qonun ichida kamsitmaslik, qonun va sud oldida tenglik, qiynoq va zo’ravonlikdan himoya qilish, axborotni qidirish va tarqatish, xususiy mulk huquqi, bolalar va qariyalarning huquqlarini himoya qilish kabi asosiy inson huquqlari ko’rsatilmagan edi.

O’zbekiston insonparvar davlatdir, jamiyatga, ijtimoiy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida, davlatning iqtisodiy tizimini rivojlanishning evolyutsion yo’llari asosida, inson va jamiyat farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Misol sifatida oilaga bag’ishlangan XIV bob keltirilishi mumkin. Konstitutsiyada koʻrsatilishicha, otaonalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, shuningdek, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz otaonalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Bundan tashqari, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi.

Foydalanilgan sayt va adabiyotlar

http://constitution.uz/oz

https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Respublikasining_Konstitutsiyasi

https://www.lex.uz/docs/-20596

http://uza.uz/uz/documents/8-dekabr-o-zbekiston-respublikasi-konstitutsiyasi-qabul-qili-13-11-2018

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi

Oʻzbekiston Konstitutsiyasi — Oʻzbekiston Respublikasining asosiy qonuni, oliy yuridik kuchga ega boʻlgan siyosiy-huquqiy hujjat.

1992 yil 8-dekabrda 12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun (1991 yil 31 avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Oʻzbekistonning Konstitutsiyasinining yangi koʻrinishda yaratish gʻoyasi ilk bor 1990 yil 20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya birinchi Prezident I.A. Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10-sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib chiqib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama-modda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan. 2002 yil 27-yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qoʻshimchalar kiritilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi [ править | править код ]

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan vazifalar belgilangan. 1-boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari koʻrsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi.

“Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan 2-boʻlim inson huquqlarishtt Oʻzbekistonga xos yaxlit va keng tizimidir. Konstitutsiya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqaroliknp oʻrnatdi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari huquq normalariga muvofiq taʼminlanadi. Oʻzbekistonda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli, meros huquqi bilan kafolatlanadi. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha fuqarolar dam olish huquqiga ega boʻlib, ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir inson bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Konstitutsiyada har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish fuqarolar uchun majburiydir. Oʻzbekistonni himoya qilish — mamlakat har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.

Konstitutsiyaning 3-boʻlimi “Jamiyat va shaxs” deb ataladi. Bu boʻlimda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi kafolatlanishi bayon etilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi taʼkidlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi. Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taʼqiqlanadi. Konstitutsiyada koʻrsatilishicha, ota-onalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, shuningdek, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz ota-onalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Senzuraga yoʻl qoʻyilmasligi alohida taʼkidlanadi.

Konstitutsiyaning 4-boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishita bagʻishlangan.

5-boʻlim davlat hokimiyatining tashkil etilishi haqida boʻlib, unda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, Oʻzbekiston Respublikasi sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura, moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlikka oid alohida boblar bor.

Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi soʻnggi 6-boʻlimda oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida 2/3, qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8 dekabr umumxalq bayrami — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi (OʻzR qonuni, 1992 yil 8 dekabr).

2001 yil 4-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida” farmoyishi chiqdi. Farmoyish asosida barcha taʼlim turlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish yoʻlga qoʻyilgan.

Manbalar [ править | править код ]

Ушбу мақолани ёзишда Ўзбекистон миллий энциклопедияси (2000-2005) маълумотларидан фойдаланилган.

Ушбу мақола чаладир. Сиз уни таҳрирлаб, Энциклопедияга ўз хиссангизни қўшишингиз мумкин.

Бу шаблонни аниқроғига алмаштириш керак.

Похожие статьи

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.