1991-yil 19—21-avgustda Moskvada G
O‘zbekiston Kompartiyasi MK Plenumi Prezidentlik lavozimini tashkil etishni respublika Oliy Kengashi sessiyasiga taklif qildi.
1990-yil 24-martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti etib sayladi.
Конвертер JPG в PDF
Сконвертируйте ваши jpg-файлы в pdf онлайн и бесплатно
Выберите файлы
Выберите файлы
Перетащите файлы сюда. 100 MB максимальный размер файла или Регистрация
- Image
- Document
- Ebook
- Audio
- Archive
- Video
- Presentation
- Font
- Vector
- CAD
- Image
- Document
- Ebook
- Audio
- Archive
- Video
- Presentation
- Font
- Vector
- CAD
Объединенная группа экспертов в области фотографии
Расширение JPG присвоено файлам изображений. Множество фотографии и веб-графика сохраняется в JPG. В целях сжатия растровые изображения сохраняются в .jpg, что облегчает передачу и загрузку этих файлов через Интернет. JPG-формат основан на 24-битной цветовой палитре. Чем больше уровень сжатия, применяемый при создании JPG-файла, тем хуже становится качество изображения при его распаковке.
больше информации
Портативный формат документов
PDF ― это формат электронных документов, разработанный Adobe Systems с использованием некоторых функций языка PostScript. Официальная программа для просмотра документов в этом формате ― это Adobe Reader. Чаще всего PDF-файл представляет собой сочетание текста с растровой и векторной графикой, текстовыми формами, скриптами, написанными на JavaScript, а также иными элементами.
1991-yil 19—21-avgustda Moskvada G
11 – sinf «O’zbekiston tarixi»
1991-yil 19—21-avgustda Moskvada G.Yanayev boshchiligida sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinish esa, ulug‘davlatchilik, shovinistik va zo‘ravonlik o‘tkazish siyosatini chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tuzumini o‘rnatishga intilish bu jarayonning yakuni bo‘ldi.
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek xalqi:
dunyoga kengroq va tiyrakroq nazar bilan qarashni;
bu ko‘hna olamda sho‘ro tuzumidan boshqa adolatli tuzumlar ham borligini;
boshqacha yashash ham mumkin ekanligini;
«kommunistik mafkura»dan bo‘lak ezgu g‘oyalar ham borligini;
inson qadru qimmatini himoya qiladigan mezonlar ham mavjudligini angladi.
Islom Karimov xalqning xohish-irodasini bajarib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish ishiga boshchilik qildi. 1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n birinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi.
90-yillarga kelib respublikalar suverenitetini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik boshqaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsata boshladi. Bunday holat sobiq SSSRda xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash borasidagi natijasiz qadamlarda ham o‘z ifodasini topdi.
1990-yil 6-avgustda mamlakat Prezidenti M.Gorbachevning «Yangi Ittifoq Shartnomasining asosi sifatida bozor iqtisodiyotiga
1990-yil 4-sentabrda SSSR Oliy Kengashining IV sessiyasida SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga o‘tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo‘jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» ma’ruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nisbatan ishonch yo‘qola borgan edi. Ayni chog‘da, Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yo‘ldan rivojlantirishni ko‘zda tutar edi.
Ayni paytda, 1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Sovetining II sessiyasi S.Shatalinning «500 kun» Dasturini qabul qildi. Dastur fuqarolarning mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin iste’mol bozori va unda erkin narxni joriy etishni, korxonalarga mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqini berishni, ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti, aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni ko‘zda tutar edi.
Shunga qaramasdan, SSSR Oliy Soveti 1990-yil 21-sentabrdagi IV sessiyasida har ikkala Dasturni ham qabul qilmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo‘jaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishni topshirdi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jahon amaliyotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo‘nalishiga ziyon yetkazmaydi», — deb xulosa berdi.
Birinchi kuchlar — N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo‘jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko‘proq markazda to‘plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo‘ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar — S.Shatalin guruhi a’zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o‘rnida suveren, mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo‘jaliklari tuzishni ko‘zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo‘lidan voz kechishni bildirar edi.
Uchinchi kuchlar — bu M.Gorbachev Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo‘lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma’muriy buyruqbozlik hokimiyatini yo‘qotmaslik g‘oyasini ilgari surar edilar. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo‘naltirilgan edi. Jumladan, Yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to‘g‘risidagi takliflar ham o‘rtaga tashlana boshladi.
1990-yil 29-oktabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi III sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi. Oliy Kengash sessiyasi vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo‘li — respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat, deb hisobladi.
Shuningdek, 1991-yilning 1-iyunigacha O‘zbekiston Oliy Kengashiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonalarini O‘zbekiston SSR mulkiga o‘tkazish bo‘yicha Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlar to‘g‘risida Qonun loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.
1990-yil 29-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «Ittifoqning Yangi Shartnomasi va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish Dasturining asosiy qoidalari va yo‘l-yo‘riqlariga nisbatan respublikaning tutgan o‘rni to‘g‘risida»gi masalani ko‘rib chiqib, bu borada shoshilmaslik joizligini yana bir bor ta’kidladi. Oliy Kengash Rayosati Ittifoqning Yangi Shartnomasini tuzish hamda boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish dasturi bo‘yicha tayyorlangan takliflarning birinchi turkumini chuqur o‘rganib chiqish va muhokama qilish uchun O‘zbekiston Oliy Kengashi, Kompartiya Markaziy Qo‘mitasi, O‘zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi va boshqa tashkilotlarga yubordi.
Masalan, 1989-yil 20-oktabrda o‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish» to‘g‘risidagi masala maxsus muhokama etildi. Sessiyada shu masala yuzasidan respublika Oliy Kengashi Raisi doklad qildi. Ma’ruzada O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun davlat mexanizmining hamma bo‘g‘inlari Oliy Kengashga bo‘ysunishini nazarda tutishi alohida ta’kidlandi.
Konstitutsiyaga kiritilgan bu o‘zgartirishlar respublika davlat hokimiyatining oliy idorasiga mustaqil davlat oliy idorasiga xos zarur vakolatlarni berdi. Ayni chog‘da, bu vakolatlar uning adolat buzilgan hamma joyda zudlik bilan adolatni tiklashi, jamiyat turmushida yuz berishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarning oldini olish imkoniyatini ham berdi.
Respublika rahbariyatining O‘zbekistonning siyosiy suverenitetini ta’minlashga qaratilgan qat’iy pozitsiyasi I.Karimov tomonidan 80-yillar oxiridan boshlab bir necha marta ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Jumladan:
O‘zbekiston rahbari KPSS MKning 1989-yil 20-sentabrdagi Plenumida dadil tarzda: «Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,— deb ta’kidladi.
O‘zbekiston KP MKning 1990-yil 23-martdagi Plenumida I.Karimov: «Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi muammolaridan ajralgan holda qarash mumkin emas. Bizda mustaqillik uchun shart-sharoit bor»,— degan fikrni bildirdi.
Darhaqiqat, 80-yillarning oxirlaridan boshlab respublikada iqtisodiy va siyosiy suverenitet uchun qadam-baqadam chora-tadbirlar ko‘rildi. Masalan, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 1989-yil 25-noyabrda bo‘lgan «O‘zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990-yilgi Davlat plani to‘g‘risida»gi masalani muhokama qilar ekan, respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi.
1990-yil 23-martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Plenumida O‘zbekiston SSRning siyosiy suvereniteti masalalariga oid muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e’tibor berildi.
Plenum respublika siyosiy tizimi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishni hayot taqozo qilayotganligini ko‘rsatib, real hokimiyat O‘zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha darajalaridagi komitetlaridan xalq deputatlari kengashlariga berilishi, yuzaga kelgan vaziyatda O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Prezident muassasasining joriy etilishi — respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi.
O‘zbekiston Kompartiyasi MK Plenumi Prezidentlik lavozimini tashkil etishni respublika Oliy Kengashi sessiyasiga taklif qildi.
1990-yil 24-martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining XII chaqiriq birinchi sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti etib sayladi.
1990-yil 18-iyunda o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Oliy Kengashining o‘n birinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasi O‘zbekistonning mustaqillikka erishishidagi navbatdagi muhim qadamni qo‘ydi. Mazkur sessiyada Oliy Kengash deputatlari faollik ko‘rsatdilar. 200 dan ortiq deputat sessiya boshlanishidayoq «Mustaqillik Dekloratsiyasi» muhokamasi masalasini kun tartibiga kiritish va kechiktirmasdan shu sessiyada uni qabul qilishni qat’iy talab qildilar.
Natijada «Mustaqillik Deklaratsiyasi» haqidagi masala sessiyaning kun tartibiga kiritildi. Sessiyaning uchinchi kunida «Mustaqillik Deklaratsiyasi» deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi, har bir millat taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi. Unda o‘zbek xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tarixiy tajribasi va an’analari hisobga olinishi uqtirildi.
Shunday qilib:
1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Dekleratsiyasi» qabul qilindi (1-ilova).
Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi.
O‘zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlari tayyorlash va qabul qilish ishlari ham dadil boshlab yuborildi. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oly Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi.
Respublika Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonunlar, O‘zbekiston Prezidenti Farmonlari, hukumat qarorlari katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular respublikaning iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil rivojlanish yo‘liga bevosita qaratila boshladi.
O‘zbekiston rahbariyati va xalqining mustaqillik sari dadil qadam qo‘yayotganligini 1991-yil 17-martda o‘tkazilgan SSSR umumxalq referendumini tashkil etish va uning yakunlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Shu maqsadda 1991-yil 20-fevraldagi O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati yig‘ilishida SSSR Oliy Soveti tomonidan referendum uchun belgilangan asosiy byulleten bilan birga «O‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo‘yilgan qo‘shimcha byulleten kiritishga qaror qilindi.
1991-yil 17-martda o‘tkazilgan umumxalq referendumida qo‘shimcha byulleten bo‘yicha 9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo‘lishini qo‘llab ovoz berdi.
Shunday qilib, bu referendumda O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligida O‘zbekistonni mustaqil respublika sifatida ko‘rish xohishi borligining o‘ziyoq respublika rahbariyatining bu boradagi dadil kuch-g‘ayratini qo‘llab-quvvatlash ifodasi edi.
1991-yil 22-iyulda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysinuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish» to‘g‘risida yana bir tarixiy ahamiyatga molik qaror qabul qildi
Mustaqillikka intilish g‘oyasi xalqimiz hayotida tarixan qanday rol o‘ynagan?
Mustaqillik nima? Davlat mustaqilligi-chi?
O‘zbekiston xalqlari hayotida mustamlakachilik qanday illatlar qoldirdi?
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning ahamiyati haqida so‘zlang.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning obyektiv zaruriyat ekanligini tushuntiring.
«Yangi Ittifoq Shartnomasi»ni tuzishdagi harakatlar qanday natija berdi?
Iqtisodiy mustaqillik uchun amaliy harakatlar natijalari haqida so‘zlab bering.
Iqtisodiy va siyosiy mustaqillikni ta’minlovchi huquqiy asoslarni yaratishda qanday choralar ko‘rildi?
«Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi, mohiyati va ahamiyati haqida so‘zlang.
O‘zbekistonda o‘tkazilgan birinchi umumxalq referendumida qo‘shimcha byulleten bo‘yicha qanday masala ovozga qo‘yildi? Referendum yakunining tarixiy ahamiyati nimadan iborat?
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.