TƏHSİL KOMPASI
Fizik Kimyo bilan chambarmas bogʻliq boʻlgan kolloid Kimyo ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov (30-yillar), urush davridan boshlab esa akad. K. Ahmedov boshchiligida olib borildi. Oʻsha davrlarda giltuproq, tabiiy mineral boʻyoqlar, loyqa suvlar va shahrik. boshqa dispers sistemalar; gidrolizlar, kolloid choʻkmalar hisoblangan koagulyantlar, koagel, kserogellar oʻrganildi. 50-yillardan boshlab esa polimerlar fizik kimyosi va termokimyosiga oid tabiiy gazlar hamda gaz kondensatlaridan sirt-faol moddalar olish, suvda eruvchan yuqori molekulali birikmalar sintez qilish, ularning xossalarini oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Liofob gidrozollar, liofill polimerlarning kolloid xossalarini oʻrganish, ularning tuzilishini boshqarish va zarur xususiyatlarni singdirish, tabiiy mineral sorbentlardan amaliyotda foydalanishga doyr anchagina ishlar diqqatga sazovordir. K. Axmedov oʻz shogirdlari (E. Oripov va boshqalar) bilan hamkorlikda “K-4”, “K-9”, “PAA-1” kabi preparatlarni kashf qilib sanoatga tadbiq etdi. Endilikda bunday preparatlardan burgʻilashda, qishloq xoʻjaligida, yoʻl qurilishi va choʻllardagi uchuvchan qumlarni muqim holatga oʻtkazish ishlarida foydalaniladi. Mana shunday ishlar natijasi oʻlaroq choʻl zonalarida ekinzorlar barpo qilish, shahar va qishloqlar qurish ishi osonlashdi, sirt-faol moddalardan foydalanish turli sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirishga, ishlab chiqarish hajmini oshirishga olib keldi.
Kimyo tarixi – o’zbekcha
Kimyo , ximiya — moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Odamlar qadimda rudalardan metallarni ajratib olish, turli xil qotishmalar tayyorlash va qoʻllash, jumladan, shisha tayyorlash va undan turli maqsadlarda foydalanishni bilganlar. Miloddan avvalgi Misrda kimyoviy jarayonlarga asoslangan hunarmandchilik rivojlanganligi maʼlum. Pishiq charm tayyorlash, uni boʻyash, rangli shisha olish, oʻsimliklardan dori-darmon va xushboʻy hidli moddalar tayyorlash, sopol buyumlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Oʻsha davrlarda kimyoviy mahsulotlar Hindiston, Xitoy va Oʻrta Osiyoda ham ishlab chiqarilgan. “Kimyoi hunar” sohibi boʻlgan kimyogar bir moddadan ikkinchi mahsulotni tayyorlash ishi bilan shugʻullangan. Oʻzbekistondan oʻtgan Buyuk ipak yoʻli orqali miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmidan boshlab, mamlakatga savdo-sotiq bilan birga hunarmandchilik ham kirib keldi. Topilgan juda koʻp tarixiy buyum va yodgorliklar Oʻzbekiston hududida yashagan aholining kimyo hunaridan qadimdan boxabar ekanligidan darak beradi. Buxoro yaqinidagi Poykend manzilgohidan 8-asrga taalluqli kimyo lab. topilgan. Lab. jihozlari ichida turli idishlar, shisha asboblar, bolalar sumagi uchraydi.
Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bogʻlashadi. Savdo-sotiq, xunarmandchilik va maaaniy alokalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy qarashlar, sanoat va qishloq xoʻjaligi yaxshi rivoj topali. Nil boʻyidagi Iskandariya shahrida 1-asrda yozilgan traktatlarda koʻpgina kimyoviy maʼlumotlar, jumladan, kimyoviy ji-hozlarning koʻrinishlari, kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa usullar haqida maʼlumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish gʻoyasi ham ilgari surilgan boʻlib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga maʼlum darajada toʻsqinlik qildi, olimlar fikrini boshka — amalga oshmaydigan yoʻnalishga burib yubordi. Iskandariya traktatlari maʼlumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar “al” qoʻshimchasini qoʻshib mashhur “Alkimyo”ga asos soldilar. Natijada koʻpgina ilmiy asarlar, kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo boʻldi. Keyinchalik bu soʻz Yevropa mamlakatlarida “Ximiya” nomi bilan ommalashdi. Muhammad Xorazmiy 10-asrda “Kimyo” soʻzi arabcha “kamoyakmi”, yaʼni “yashirmoq”, “berkitmoq” ni anglatadi, deydi. Turk olimi Toshkoʻpir-zodaning fikriga koʻra, mazkur soʻz yahudiycha “kimyax” dan olingan. Baʼzi olimlar “Kimyo” soʻzi Misrning qad. nomi “Xem” yoki “Hame”dan olingan degan fikrni ilgari surishadi. Bu soʻz “qora” yoki “qoramtir” maʼnosini anglatib, manbalarda “Kimyo” “Misr fani” degan maʼnoda keladi. Boshqa bir guruh olimlar esa “Kimyo” soʻzi yunoncha “kimyo” iborasidan kelib chiqqan boʻlib, “suyuqlik”, “eritilgan metall”ni anglatishiga ishora qiladilar. Ammo, qanday boʻlishidan qatʼi nazar, mazkur fanning Sharq mamlakatlarida bir kator rivojlanganligi, bu borada oʻrta osiyolik olimlarning xizmati katta ekanligi tarixiy manbalardan maʼlum.
“Alkimyo” asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo boʻlishidagi oltingugurt-simob nazariyasini olgʻa surgan, yaʼni yer qaʼrida quruq bogʻlanishdan oltingugurt (“metallar otasi”), nam bugʻlanishdan esa simob (“metallar onasi”) paydo boʻladi degan fikrni aytadi. Ularning turli xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qoʻrgʻoshin, shisha hosil boʻladi. Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga oʻtkazish haqida maʼlumotlar beriladi. “Element” tushunchasiga koʻra, oltingugurt — yonuvchanlik, simob — uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni bildiradi. Shoʻnga koʻra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr boʻldi. Olimning izdoshlaridan boʻlgan Abu Nasr Forobiy oʻzining “Us todi Soniy” asarida alkimyo ilmining yoʻnalishini maʼqullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ap-Roziy “Sirlar kitobi”da alkimyo maʼlum boʻlgan moddalarni oʻrganish, asbob-uskunalarni yigʻish va foydalanish hamda tajribalar oʻtkazishni keltiradi. Roziy oʻz asarida oʻngacha maʼlum boʻlgan moddalarni tasniflab, asbob va tajribalarni maʼlum bir tizimga solgan. Abu Abdullo al-Xorazmiyning “Bilimlar kaliti” kitobida Kimyoga alohida boʻlim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar toʻgʻrisida mukammal maʼlumotlar keltirilgan. Abul Hakim al-Xorazmiy esa alkimyo fani tajribalarida qoʻllanilgan taroziga ahamiyat beradi. Al-Haziniy tomonidan 1125 yilda yozilgan “Dono tarozu haqida kitob”da turli koʻrinish va tuzilishdagi tarozilarda tortish usullari bayon qilinganligi manbalardan maʼlum. Abu Ali ibn Sino “Al-qonun” kitobida oʻsimlik, hayvonot, minerallar, tuzlar, kislotalar, ishqorlar, metallar, oksidlar va boshqa birikmalarning 750 dan ortiq turini yozadi. Ularning nomi, xossalari, ishlatilishini tula ifo-dalaydi. Uning “taboshir kulchalari”dan (Indoneziyada oʻsadigan bambukdan olib kulchaga qoʻshib oyoq-qoʻli singan bemorlarga beriladigan kremniy oksidi — inson organizmida tez erib singadigan modda) qanchadan-qancha odamlar shifo topgan. Ibn Sino Jo-birdan farqli ravishda metallarning xususiyatini chuqur va mukammal oʻrgan-di, uning xatolarini tuzatdi. Ibn Sino nafaqat Jobirning , balki barcha alkimyogarlarning xatolarini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U oddiy metallardan nodir metallar, jumladan, oltin olib boʻlmasligini birinchi boʻlib amalda isbot etdi. Fransuz olimi M. Bertlo, rus olimi B. Menshutkin, akad. O. Soimovlarning fikricha, Abu Ali ibn Sino asarlarida hozirgi zamon anorganiq kimyo fanining ilk kurtaklari namoyon boʻlgan. Abu Rayhon Beruniyning “Mineralogiya”sida moddalarning moddalik xususiyatlari uz aksini topgan. Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida mineralogiyaga oid 18 ta, Kimyoga oid 31 ta qulyozma mavjud. Bular arab, fors, eski oʻzbek (turk) tillarida bitilgan “Hunarlar javohiri” kitobidagi marvarid, boʻyoqlar, sir, zaharga qarshi ishlatiladigan dorilar, upa-elik tayyorlash usullarini oʻz ichiga olgan manbalardir.
8-asrdan 17-asr oʻrtalarigacha davom etgan alkimyo bir tomondan fanni rivojlantirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan uning tez qadamlar bilan oʻsishiga toʻsqinlik qildi. Ingliz kimyogari R. Boyl Kimyoni oʻrganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar yordamida olingan maʼlumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, Kimyoning maqsadi jismlar tuzilishini aniqlash, shundan soʻng uni elementlarga ajratib, tahlilga oʻtishdan iborat boʻlishi kerak. Bunday ilgor ilmiy fikrlar paydo boʻlishiga qaramay Kimyoning haqiqiy yoʻlga tushishiga yana bir asr kerak boʻldi. Nemis kimyogari G.E. Shtal (1659—1734)ning flogiston nazariyasiga qarshi oʻlaroq, M. V. Lomonosov 1756 yilda yonish, yaʼni oksidlanish — oksidlovchi moddaning havo bilan birikishidan iborat ekanligini miqdoriy tajribalar asosida koʻrsatib berdi. Fransuz kimyogari A. Lavuazye esa 1772—77-yillarda turli moddalar ustida tajribalar oʻtkazib, ular yonganida kislorod bilan birikishini koʻrsatdi hamda kimyoviy reaksiyalarda moddalar ogʻirligining saqlanish qonunini isbotladi. Mazkur qonun tasdiqlangach, Kimyo sifat-tavsif ilmidan miqdoriy bilimga aylandi. Endilikda massaning saqlanish qonuni deb ataluvchi mazkur qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Bir qancha gazlar kashf qilinishi natijasida pnevmatik kimyoga asos solindi. Flogiston nazariyasi tamomila rad etildi, kislorodli yonish nazariyasi oʻz tasdigʻini topdi. Natijada koʻpgina nazariy tasavvurlar oʻzgardi, yaʼni kimyoviy nomenklatura ishlab chiqildi. Mana shu davrda kimyoning analitik tahlil yoʻli shakllandi.
19-asr Kimyo fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri boʻldi. Natijada ato m – molekulyar taʼlimot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803 i. moddaning atom tuzilishi haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar oʻtkazdi. Elementlarning muayyan bir miqdorda reaksiyaga kirishuvini ularning ayrim zarrachalardan, yaʼni boshqacha aytganda atomlardan tashkil topganligidan deb bildi. Karrali nisbatlar qonuni deb atalmish fikri asosida kimyoviy elementlarning bir-biri bilan maʼ-lum ogʻirlik nisbatlarida birikishini koʻrsatib, atom ogʻirliklariga alohida ahamiyat berdi. Nisbiy atom ogʻirlik tushunchasini fanga kiritib, eng yengil element sifatida vodorod atomi ogʻirligini birga teng deb qabul qildi va uni birlik sifatida taklif etdi. Dalton elementning atom ogʻirligi sifatida mazkur element atom ogʻirligining vodorod atomiga boʻlgan nisbatini oldi. Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini aniqlab berdi. U moddaning kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi esa atom deb taʼrifladi. Pekin uning bu fikri faqat oradan ancha vaqt oʻtgach, tan olindi. Gep-Lyussakning hajmiy nisbatlar qonuni (q. Gey-Lyussak qonunlari ) eʼtirof etilgach, Avogadroning bir xil temperatura va bosimda olingan ixtiyoriy gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni teng boʻlishi haqidagi qonuni (gipotezasi) amaliyotga kiritildi. Fransuz fizigi J. B. Perren (1870—1942) tajribalari asosida hisoblab topilgan 6,022SH23 soni Avogadro soni deb ataldi.
1852 yilda ingliz kimyogari E. Franklend fanga valentlik tushunchasini kiritdi. A. M. Butlerov tomonidan 1861 yil eʼlon qilingan tuzilish nazariyasi Kimyoning rivojida muhim bosqich boʻldi. Mazkur nazariya asosida organiq moddalarning molekulalardagi atomlar valentliklariga muvofiq bir-biri bilan birikishi, moddalarning xossalari kimyoviy tuzilishi (tarkibi)ga bogʻliqligi, atomlar bir-biri bilan qanday ketma-ketlikda birikkanligini aniqlash, kimyoviy tuzilish formulasi birikma xossasini ifodalashi, molekuladagi oʻzaro birikkan va birikmagan atomlarning bir-biriga boʻlgan taʼsirining borligi yotadi. Nazariya yangi moddalar sintez qilishni, ularning xossalarini oldindan aytib berishni va nazariy jihatdan muhim boʻlgan izomeriya hodisasini ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berdi.
19-asrda fandagi tarixiy kashfiyotlardan biri 1869 yil D. I. Mendeleyev tomonidan ochilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi boʻldi. Mendeleyev elementlarni ilmiy asosda sinflarga ajratdi, ular orasidagi ichki bogʻlanish qonuniyatlarini topdi, hali nomaʼlum boʻlgan elementlar mavjudligini oldindan bashorat qildi. Uch nomaʼlum elementning xossalarini oldindan aytib berib, ularga “ekabor”, “ekaalyuminiy” va “ekasilitsiy” degan shartli nomlar berdi. Oradan 15 yil oʻtar-oʻtmas uning ba-shorati amalda tasdikdandi. Bu elementlar fransiyalik Lekok de Buabodran, shvetsiyalik Nilson va germaniyalik Vinklerlar tomonidan kashf etildi. Ekaalyuminiyga Fransiyaning eski nomi Galliyadan olinib “galliy” nomi, ekaborga “skandiy” (Skandinaviya nomidan) va ekasilitsiyga “germaniy” degan nomlar berildi. Mendeleyevning maʼlumotlari boshqa olimlar maʼlumotlariga juda yaqinligi bilan ilmiy tasdigʻini topdi. Uning yana 11 elementning tez orada ochilishini nazarda tutib boʻsh kataklar qoʻyganligi qonun va uning grafik ifodasi boʻlgan davriy sistemaning katta ilmiy gʻalabasi boʻldi. Sistemada davrlar va guruhdar shunday joylashtirildiki, bunda valentlik, atom massalari, atom radiuslarining oʻzgarishi va shahrik. xossalar oʻz ifodasini topdi. Natijada ilgari tasdikdanmagan kimyoviy elementlar sistemalaridagi xatolik va kamchiliklarga barham berildi, atom massalariga tuzatishlar kiritildi, nodir elementlar va asl gazlar xossalari toʻgʻri talqin qilindi. Davriy qonun nafaqat Kimyo uchun, balki boshqa tabiiy fanlar, falsafadagi miqdorning sifatga oʻtish qonuniyatlarini aks ettiruvchi tabiatning fundamental qonuni boʻlib qoldi. Buning isboti sifatida davriy qonun va sistema asosida kimyo qonunlari va tabiatning yuzlab boshqa qonunlari, jumladan, radioaktiv elementlarning kashf qilinishi, ingliz fizigi E. Rezerfordning atom tuzilishi modelini taklif qilishi, Daniya fizigi N.Borningatomlarda elektron qobiqlari va qobiqchalari ketma-ket joylashuvini topishi, atom energiyasining nihoyatda ulkan kuchidan foydalanish qabilarni koʻrsatish mumkin. Ayni vaqtda Kimyo fani Mendeleyev davriy qonuni va sistemasi asosida oʻqitiladi.
19-asr ning 70-yillaridan boshlab organiq kimyo tez rivojlana boshladi. Uglevodorodlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalari, galogenlar, nitrobirikmalarning muhim hosilalari olindi, xossalari oʻrganildi va bularning maʼlum qismi sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshladi. 80-yillarda toʻyinmagan uglevodorodlar asosidagi sintezlarga asos solindi, purin moddalari, qandlar, tabiiy pigment va oqsillar oʻrganila boshlandi. Natijada stereokimyo tasavvurlari rivojlandi. Bu davrda elektrokimyoviy (M. Faradey) va termokimyoviy jarayonlar (G. I. Gess, M. Bertlo), elektrolitik dissotsiatsiya (S. Arrenius), kimyoviy reaksiyalar tezligi (Ya. Vant-Goff) oʻrganildi. Buning natijasida kimyoviy termodinamika faniga asos solindi.
19-asr oxiri va 20-asr boshlari fizikada atom tuzilishining oʻrganilishi, radioaktivlik hodisasining ochilishi, elektronning amaliyotdagi ahamiyati oʻrganilishi va kvant kimyosinit chuqur nazariy yutuqlaridan foydalanish Kimyo fanining olamshumul yutuqlaridan boʻldi. Mac, tabiiy hodisa — Adriatika dengizining fosforessensiyalanishini 1835 yildayoq fransuz fizigi A. [[ Bekkerel sezganligi maʼlum. Ammo oradan 60 yil dan ortiqroq vaqt oʻtib uning nabirasi Anri [[ Bekkerel 1896 yilning 1 martida uran hosilalari, bir oz keyinroq esa uranning oʻzi ham shunday xossaga egaligini aniq-ladi (q. [[ Bekkerel ). 1895 yili V. Rentgen tomonidan kashf etilgan nurlar ham shunday xossalarga ega ekanligini [[ Bekkerel koʻrsatib oʻtgan edi. ʼL.Skladovskaya-Kyuri bu nurlarni radioaktiv nurlar, nurlanish hodisasini esa radioaktivlik hodisasi deb atadi. U bu hodisani shaxsan oʻzi toriy elementida uchratdi. U P. Kyuri bilan birgalikda uran minerallaridan 2 ta yangi radioaktiv element — poloniy va radiyni ajratib olishga muvaffaq boʻddi. Yangi elementlarning biri M. Skladovskaya-Kyurining vatani boʻlmish Polshaning eski nomi sharafiga poloniy deb nomlanadi. Shunday keyin aktinoidlar qatori tuzildi. Radioaktiv elementlarning yarim yemirilish davri, yaʼni har bir radioaktiv moddaning yarmisi parchalanishi uchun ketgan vaqtni belgiladilar. E. Rezerford, ingliz olimi F. Soddi, keyinroq Iren va Jolio-Kyurilar radioaktivlikni chukur oʻrganishdi, Kyurilar sunʼiy radioaktivlik hodisasini tadqiq qilishdi. Yadro reaksiyalari yordamida davriy sistemadagi barcha kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini olish mumkinligi ishlar koʻlamini fizika bilan bir qatorda Kimyoga ham olib kirdi. Natijada Kimyoning zanjir reaksiyalari mukammal oʻrganildi va amaliy ahamiyat kasb etdi. Pozitron chiqishi yoki (3+-yemirilish va K-zabt etish (yadroning yaqinida turgan K-qobiqchadagi elektronni yutishi) turli elementlar radioizotoplarini oʻrganishga yordam berdi. Hozirgigacha bunday radioaktiv izotoplardan 1500 dan ortigʻi olingan. Sunʼiy radioizotoplarni oʻrganish aylanishlarning yangi xillarini topishga imkon berdi. Radioaktiv moddalarning xossalarini oʻrganadigan, ularni ajratib olish, yigʻish va tozalash usullarini ishlab chiqadigan fan radiokimyo nomini oldi.
Kimyoning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida elektron va u haqsagi tushunchalar aniqlanib, kvant kimyosi hamda sunʼiy sintez qilingan transuran elementlar kimyosi shakllandi. Oqsillar kimyosida misli koʻrilmagan yangiliklar ochildi. Million atmosfera bosimda olib boriladigan kimyoviy jarayonlar oʻrganildi, sunʼiy olmos olishning nazariy yoʻllari koʻrsatildi, xilma-xil polimerlar sintez qilindi.
18-asr oxiri va 19-asr oʻrtalarida Gʻarb mamlakatlarida rivoj topa boshlagan Kimyo Rossiya orqali Oʻzbekistonga ham kirib keldi. Toshkentda 1869 yil kimyo lab. tashkil etildi. Keyin shu yerda koʻmirni gazlashtiruvchi moslama koʻrib ishga tushiriladi, lab.dagi xonalar gazlashtiriladi. Lab. xodimlari tomonidan mahalliy va olib kelinuvchi portlovchi moddalar tarkibi tekshiriladi. Qoʻqon xonligi va Buxoro amirligida zarb qilingan tangalar oʻrganiladi. Turli oʻsimliklardan alizarin boʻyogʻini ajratib olish, chigitni tozalash, tolani presslash, suv va tuproqni analiz qilish, oʻlkada sanoatni rivojlantirishga zarur boʻlgan togʻ jinslarini tadqiq qilish, sabzavot ekinlari tarkibidagi shakar miqdorini aniqlash, shisha uchun kerakli giltuproq va qumtuproq tarkibi hamda sifatini aniqlash, uzumni bijgʻitib spirt tayyorlash, anor poʻstlogʻidan oshlovchi moddalar tayyorlash, sement eritmalari va toshqol olish, don va dukkakli oʻsimliklardagi kraxmalni aniqlash, qamish, gʻoʻzapoya va daraxtlarning oʻtinlaridagi yonilgʻi birliklarini hisoblash kabi i.t. ishlari olib boriladi. 1913 yil yanv.gacha ishlab turgan mazkur lab. bajargan ishlari asosida Oʻzbekistonda bir necha sanoat tarmoqlarini tashkil qilish mumkin degan xulosaga kelinadi, lekin bu ishlarga amaliy yondoshilmaydi.
1918 yil Toshkentda Turkiston untining tashkil etilishi va uning tarkibida kimyo f-tining ochilishi Oʻzbekistonda Kimyo fanining rivojida yangi bosqich boʻldi.
Kimyo va uning sanoatiga yondosh boʻlgan qurilish, oziq-ovqat, neft, suv va boshqa tarmoqlar rivojlanishi bu ishlarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Mahalliy aholi orasidan A. Shamsiyev, 3. Saidnosirova, M. Hakimov, M. Niyozov, M. Azizov kabi dastlabki kimyogarlar yetishib chiqsi. Ular yosh kadrlarni tayyorlashga katta hissa qoʻshdilar.
1920 yil Turkiston Respublikasi Markaziy xalq xoʻjaligi kengashida sanoat bilan bogʻlangan Kimyo boʻlimi tashkil qilinib, unda lab. ochiladi. Lab. Respublika xalq xoʻjaligining turli tarmoklari uchun zarur boʻlgan ilmiy muammolar bilan shugʻullana boshlaydi. 1921 yil esa i.t. institutlari Kengashi tashkil etilib, oʻnga prof. S.N. Naumov rais qilib tayinlanadi. Dorivor preparatlar tayyorlab, analitik tahlillar olib boriladi. Ishlar natijasi Xilkovo (hozirgi Bekobod) sement z-di va Ashxobod shisha z-dining ishga tushirilishida qoʻl keladi. Tez orada un-tda texnik kimyo kafedrasi ochiladi. Bu yerda N. L. Karavayev, M. S. Elgort, D. A. Alekseyev, Ye. I. Poznerlar tomonidan anorganiq va fizik Kimyo boʻyicha i.t. ishlari olib boriladi. V. A. Novikov bilan B. G. Zapromyotovlar ilmiy ishlar qatorida mahalliy kadrlar tayyorlash bilan ham shugʻullanadilar. 1927 yil Oʻzbekiston sanoat-iqtisod i.t. instituta (keyinroq Oʻzbekiston mahalliy sanoat i.t. instituta) tashkil qilinadi. In-t lab.larida keramika, bogʻlovchi materiallar, sellyuloza-qogʻoz va yoqilgʻi sektorlari ochiladi.
30-yillarda fanning rivojiga S. N. Naumov, M. I. Usanovich, A. P. Rostovskiy, S. M. Muqimov, I. S. Kansepolskiylar katta hissa qoʻshdilar. 1933 yil un-tning kimyo fti qoshida Kimyo tadqiqot instituti tashkil qilinadi. In-t lab.larida diketoefirlar kimyosi, gaz reaksiyalari kimyosi, elektr kimyosi, aralashmaydigan suyuqliklar kimyosi, tabiiy va sintetik kolloid sistemalar, alkillash reaksiyalari, kislota-ishqor nazariyasi, soz tuproq asosida keramik materiallar ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi, chigitdan yogʻ olish kabi muhim i.t. ishlarini rivojlantirishda tadqiqotchilar sanoat bilan hamkorlikda ishladilar.
30- yil larda un-tning kimyo f-tida S. Yunusov, O. Sodiqov, K. Axmedov, Sh. Tolipov, H. Usmonov, A. Sultonov, H. Rustamov, Y. Toshpoʻlatov, A. Abdu-rasulova, F. Tojiyev, A. Murtazoyev, H. Rahimov kabi isteʼdodli yoshlar yetishib chikdi. 2-jahon urushi yillarida sharoit ogʻir boʻlishiga qaramay fan rivojiga ahamiyat berildi, tadqiqotlar kamroq boʻlsada davom ettirildi. 40-yillar boshida Ittifoq FA ning Oʻzbekiston filiali tashkil qilinib, uning tarkibiga A. S. Shamsiyev rahbarlik qilayotgan Kimyo in-ti ham kiritildi. S. Muqimov, F. Xoʻjayev va frontdan qaytgan S. Yunusov, K. Ahmedov, Sh. Tolipov, A. Sultonov, H. Rustamov, I. S. Kansepolskiy va boshqa olib borilayotgan i.t. ishlariga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar. Ular Oʻzbekiston FAning i.t. institutlari tarkib topishi va rivojida ham ishtirok etishdi. Urush davrida Chirchiq elektr kimyo k-tining bosh muxandisi lavozimida ishlagan M. Nabiyev kimyo sanoatining rivojiga katta hissa qoʻshdi, keyinroq u mineral oʻgʻitlar kimyosi yoʻnalishining bosh mutaxassisi sifatida koʻp yillar faoliyat koʻrsatdi. Xalq xoʻjaligining eng asosiy tarmogʻi boʻlgan paxtachilik rivojlantirildi, oʻgʻitlar va mikroelementlarning yangi xillari topildi.
Umumiy va anorganiq Kimyoda tuzlar kimyosi, gidrolizi va eruvchanligi sohasidagi muammolar hal qilinib, yerga solinadigan oʻgʻitlar hamda ularning kimyosi chuqur oʻrganildi. Ekinga solinadigan mikroelementlar kimyosi M. Azizov tomonidan rivojlantirildi, ularning anchagina kompleks birikmalari sintez qilindi, bulardan dori-darmon tayyorlashda foydalanish ham oʻrganildi. Prof. H. Rahimov nodir va rangli metallarning kompleks birikmalari kimyosi ustida ish olib bordi. Polimetalli xom ashyolar kimyosi rivojlantirildi, ogʻir metallarning geterotsiklik birikmalari, ularning N-oksidlari, kompleksonlari aniqlandi. Suv-tuz sistemasi chuqur tahlil qilindi, ekstraksiya jarayonlari yaxshilandi. Kompleks birikmalar va kompleksonlar kimyosi chuqur oʻrganildi hamda xalq xoʻjaligining turli jabhalaridan keng oʻrin oldi.
Akad. N. Parpiyevning nodir va oʻtkinchi metallar kompleks birikmalari xossalarini oʻrganish, yangilarini sintez qilish va amaliyotda qoʻllash boʻyicha ishlari diqqatga sazovordir. Kremniy, germaniy, titan, sirkoniy, gafniy, molibden va vanadiy ftoridlarning vodorod ftorid kislo-tasi bilan taʼsiri oʻrganildi. Yuqori molekulali ftorli kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari topildi, anion almashishining mexanizmi tahlil qilindi. Qator komplekslarning IQ-spektrlari, termografiyasi, elektr oʻtkazuvchanligi, rentgen-fazaviy tahlili amalga oshirildi. Volfram ajratib olish ishi yoʻlga qoʻyildi. Yangi kompleks birikmalardan qishloq xoʻjaligida, tibbiyot va farmatsev-tikada foydalanish boʻyicha amaliy ishlar qilindi.
Analitik Kimyodagi dastlabki ishlar akad. Sh. Tolipov rahbarligida olib borildi. U shogirdlari bilan birga ftorli birikmalar kimyosini chuqur oʻrgandi, natijada qator elementlarni aniqlashning ogʻirlik, hajmiy va amperometrik usullari ishlab chiqildi. Bu ishlar “boʻysunmagan element” boʻlgan ftorning sanoat miqyosida ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishda muhim omillardan boʻldi. Anorganiq moddalarning lyuminessent tahlili boʻyicha R. Jiyanboyeva olib borgan ishlar oʻz vaqtida butifosning zararli xossalarini aniqlashda rol oʻynadi.
Kimyo fanining shon-shuhratini jahon miqyosiga olib chiqishda akad. S. Yunusovning alkaloidlar kimyosini rivojlantirishga oid ishlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. 4000 dan ortiq oʻsimlik alkaloidlari tadqiq qilinib, ulardan 600 dan ziyod muhim alkaloidlar ajratib olindi, ularning tarkibiy qismlari, tuzilishi va xossalari chuqur oʻrganildi. 50 dan ortigʻi tibbiyotga joriy etildi, olingan oqsillar qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati uchun taklif etildi. Vilt kasalligiga qarshi qoʻllaniladigan preparatlar kashf qilindi. Prof. F. Qoʻchqorov va uning shogirdlari tomonidan atsetilen kimyosi rivojlantirildi. Akad. I. P. Sukervaniq, A. Abdurasuleva va boshqa alkillash reaksiyalarini oʻrganib, fan rivojiga hissa qoʻshdilar. Dekarbonillash boʻyicha Yo. Aliyev tadqiqotlari u rahbarlik qilgan Kimyo in-tida karboksillash reaksiyalarini oʻrganishda qoʻl keldi.
Organiq kataliz neftni kayta ishlash in-ti (hozirgi A. Sultonov nomidagi Kataliz in-ti)da rivoj topdi. Intda koʻpgina yangi katalizatorlar kashf qilindi, aromatik uglevodorodlar kimyosi, qishloq xoʻjaligi va ipakchilikning rivojlanishi uchun amaliy ishlar olib borildi.
Akad. O. Sodiqov tomonidan bioorganiq kimyo faniga asos solindi. Olim tashkil etgan Bioorganiq kimyo in-tida (1973 yil) oʻsimliklarning ikkilamchi metaboliti, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi uchun zarur preparatlarni olish usullari, hayvonlar va oʻsimliklardagi oqsil tabiatli zaharlarning taʼsir mexanizmi oʻrganildi. Ilon, chayon va boshqa zaharining sunʼiy analoglari olindi, taqribiy qismlari hamda xossalari tadqiq qilindi. N-oksidlar, anabazin, dipiridil, paxikarpin, morfin, sitazin va boshqa kimyosi chuqur oʻrganildi. Stereokimyo, konformatsion analiz, tabiiy birikmalarning elektron tuzilishi va reaksiyaga boʻlgan xususiyatlari tadqiq qilindi. Gossipol kimyosi oʻrganildi, gʻoʻzapoyadan turli mahsulotlar olish kimyosi va texnologiyasi ishlab chiqildi, viltga qarshi ishlatiladigan preparatlar kashf qilindi. Akad. A. Abduvahobov sintez qilgan feromonlar paxtachilik rivojiga muhim hissa qoʻshdi. Akad. Sh. Solihov rahbarligida olib borilayotgan i.t.lar, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika va biokimyo ehtiyojlarini qondirishga qaratildi.
Fizik Kimyo 20- yil lar oxirlarida D. Alekseyevning portlash jarayonlari kinetikasini oʻrganish bilan boshlandi. Keyinroq N. A. Kolosovskiy. M. I. Usanovich va V. V. Udovenkolarning termodinamika hamda fizik-kimyoviy tahlil masalalarini bajarish bilan davom ettirildi. Polimerlarning fizik-kimyoviy xossalarini tekshirish (H. Usmonov), kimyoviy reaksiyalar kinetika-sini oʻrganish (H. Rustamov), elektr kimyoviy jarayonlarni tadqiq qilish (A. Murtazoyev) ustidagi ishlar kengaytirildi. Olimlar suyuq eritmalarning elektr oʻtkazuvchanligini oʻlchash, rangli va nodir elementlar hamda ular qotishmalarini elektr kimyoviy usulda choʻktirib ajratish, elektr kapillyar hodisalari oʻlchamini bilish bilan shugʻullandilar. Kislota-asos katalizatorlari ishtirokida oʻtadigan qator reaksiyalarning kinetik qonuniyatlari va mexanizmi oʻrganildi, ionitlardan foydalanish ishlari olib borildi. Koʻp atomli spirtlardan erituvchi sifatida foydalangan holda koʻpgina reaksiyalar kinetikasi va mexanizmi ravonlantirildi.
Fizik Kimyo bilan chambarmas bogʻliq boʻlgan kolloid Kimyo ustidagi tadqiqotlar B. G. Zapromyotov (30-yillar), urush davridan boshlab esa akad. K. Ahmedov boshchiligida olib borildi. Oʻsha davrlarda giltuproq, tabiiy mineral boʻyoqlar, loyqa suvlar va shahrik. boshqa dispers sistemalar; gidrolizlar, kolloid choʻkmalar hisoblangan koagulyantlar, koagel, kserogellar oʻrganildi. 50-yillardan boshlab esa polimerlar fizik kimyosi va termokimyosiga oid tabiiy gazlar hamda gaz kondensatlaridan sirt-faol moddalar olish, suvda eruvchan yuqori molekulali birikmalar sintez qilish, ularning xossalarini oʻrganish ishlari amalga oshirildi. Liofob gidrozollar, liofill polimerlarning kolloid xossalarini oʻrganish, ularning tuzilishini boshqarish va zarur xususiyatlarni singdirish, tabiiy mineral sorbentlardan amaliyotda foydalanishga doyr anchagina ishlar diqqatga sazovordir. K. Axmedov oʻz shogirdlari (E. Oripov va boshqalar) bilan hamkorlikda “K-4”, “K-9”, “PAA-1” kabi preparatlarni kashf qilib sanoatga tadbiq etdi. Endilikda bunday preparatlardan burgʻilashda, qishloq xoʻjaligida, yoʻl qurilishi va choʻllardagi uchuvchan qumlarni muqim holatga oʻtkazish ishlarida foydalaniladi. Mana shunday ishlar natijasi oʻlaroq choʻl zonalarida ekinzorlar barpo qilish, shahar va qishloqlar qurish ishi osonlashdi, sirt-faol moddalardan foydalanish turli sanoat korxonalari faoliyatini jadallashtirishga, ishlab chiqarish hajmini oshirishga olib keldi.
Yuqori molekula(polimer)li birikmalar kimyosi urushdan keyingi yillarda rivojlandi. 1946 yildan boshlab paxta sellyulozasi va uning turli efirlari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Yangi monomerlar sintez qilish, ularni polimerlash, tola choʻzish kabi ishlar yoʻlga qoʻyildi.
H. Usmonov boshchiligida vinil monomerlari u-nurlari taʼsirida qator polimerlarga payvandlandi, ularning xossalari tadqiq qilindi, olingan birikmalarda fiziologik faollik borligi aniqlandi. Bu ishlarning natijalari olingan polimerlardan tibbiyotda foydalanishga yoʻl ochdi. Vinilftorid va shahrik. boshqa ftorid monomerlarini polimerlab olingan yangi xossalarga ega boʻlgan yuqori molekulali birikmalar sintez qilindi. Olingan sunʼiy tolalardan kord, polinoz tolalar, fortizanlar, sunʼiy ipak, yonmaydigan, chirimaydigan, oson boʻyaladigan hamda elektr tokini yaxshi oʻtkazadigan polimerlar olindi. Itakon kislotasi, uning qator hosilalari, ionitlar, polielektrolitlar va shahrik. moddalar akad. M. Asqarov tomonidan oʻrganildi. Polimerlarning stabillashuv jarayonlari chuqur tadqiq qilindi, sopolimerlar sintezining yangi usullari, ionlanuvchi polimerlar va sopolimerlar xususiyatlari tadqiqotlari nihoyasiga yetkazildi. Natijada qator stabilizatorlar, toʻldirgichlar, qotiruvchi moddalar va plyonkalar sanoatga tadbiq etildi. Armirlangan plyonkalardan ipak qurti boqishda foydalanish katta samara berdi.
Paxta va yogʻoch sellyulozasi kimyosi akad. T. Mirkomilov tomonidan rivojlantirildi. Sellyulozani modifikatsiyalab, olingan mahsulotlarning nurga chidamliligini oshirish, oʻtga chidamli qilish, ezilib mijgilanmaydigan boʻlishini taʼminlash, mexaniq jihatdan pishiq, chirimaydigan, kirishmaydigan va shahri k. boshka ijobiy xossalarni oʻzida mujassamlashtirgan mahsulotlar olish ustida tadqiqotlar olib borildi.
Respublikamizda kompozitsion materiallar kimyosi akad. S. Neʼmatov rahbardigida rivojlantirildi. Yangi xossalarga ega boʻlgan qoplama materiallar, sirlar, kremniy organiq suyuqliklar keramik materiallar ishlab chiqarishga tatbiq etildi. Bu materiallardan yoʻl qurilishlarida, avtomobil, qishloq xoʻjaligi mashinalari, turli beton plitalari ishlab chiqarish va boshqa sohalarda keng foydalaniladi.
Silikatlar Kimyosi va texnologiyasi sohasida I. S. Kansepolskiy tomonidan tabiiy kuygan tuproq (gliyej)larni portladsementga qoʻshimcha sifatida qoʻllash, sement korrozitsiyasi va oʻnga qarshi kurash choralarini izlashga doir tadqiqotlar olib borildi. Fosfogipsning kalsiy alyuminatlari bilan reaksiyalari oʻrganildi, mahalliy xom ashyolar asosida sulfoalyuminatbelitli sement olindi, kam energiya sarflab sement olish texnologiyasi ishlab chiqildi (T. A. Otaqoʻziyev). Ishqoriy-yer metallari silikatlari va alyumosilikatlari hamda ularning galliy va germaniyli analoglarining yuqori temperaturalarda oʻzaro birikishi, turli sharoitlarda bir-birida erish qonuniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Sanoat chiqindilari va ikkilamchi xom ashyolardan foydalanib, xalq xoʻjaligi uchun zarur shisha va keramik buyumlar tayyorlash texnologiyalari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi (N. A. Sirojiddinov, A. P. Erkaxoʻjayeva). S. S. Qosimova va uning shogirdlari tomonidan yangi tarkibli, rangli, boʻgʻiq hamda maxsus optik shishalar olindi va ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Akad. S. Rashidova va uning shogirdlari tomonidan erkin radikallarni yutib, stabillash xususiyatiga ega boʻlgan funksional guruqchalarni oʻz ichiga olgan monomerlarning polimerlanish reaksiyalari oʻrganildi. Chigitning unib chiqishini boshqaradigan ishda qoʻl keladigan polimer qoplamalar kashf qilinib, qishloq xoʻjaligiga tatbiq etildi.
Kimyo texnologiyasining jarayon va uskunalari fani akad. 3. Salimoye va uning shogirdlari tomonidan oʻrganildi. Chigitni quritish, undan yogʻ olishni intensifikatsiyalash, ekstraksiya, gazlar adsorbsiyasi va shahrik. muhim jarayonlarni tadqiq qilishda yangi maʼlumotlar olindi. Bu maʼlumotlar asosida bir qancha korxonalar (Yangiyoʻl, Uchqoʻrgʻon yogʻ z-di) ishlari yaxshilandi.
Respublikamizda Kimyo fanining rivojlanishida Oʻzbekiston FA tarkibida hamda turli vazirliklar tarmoq intlari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan i.t. va loyiha in-tlari xizmati ham salmoqlidir. Kimyo in-ti (hozirgi Umumiy va noorganiq kimyo instituti), Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti, Polimerlar fizikasi va kimyosi instituti, Kataliz instituti, OʻzMU, ToshTU, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari kimyo lab.larida olib borilayotgan i.t. ishlari mamlakatimizda Kimyo fanini yuqori pogʻonalarga koʻtarishda muhim omillardan boʻldi.
TƏHSİL KOMPASI
CƏHƏTİNİZİ BİZİMLƏ MÜƏYYƏN EDİN , TƏHSİLƏ AİD REKLAM BLOGU VƏ ONLAYN KİTABLAR , DƏRSLİKLƏR , KURİKULUM TESTLƏRİ , MƏNTİQ TESTLƏRİ , İNFOMATİKA TESTLƏRİ , ABİTURİENT , blogreklamedu , HAZIRLIQ KURSLARI , 2017-2020
SON YAZILAR
Post Top Ad
- AZƏRBAYCAN DİLİ
- BİOLOGİYA
- COĞRAFİYA
- FİZİKA
- İBTİDAİ SİNİF
- İNFORMATİKA
- İNGİLİS DİLİ
- KİMYA
- RİYAZİYYAT
- TARİX
- MƏNTİQ
- KURİKULUM
- DÖVLƏT QULLUĞU
- MÜƏLLİMLƏRİN İŞƏ QƏBULU
- HAZIRLIQ KURSLARI
- REPİTİTORLAR
- DƏRSLİKLƏR
- BƏDİİ ƏDƏBİYYAT -PDF
- BƏDİİ ƏDƏBİYYAT PDF 2
- HÜQUQ ƏDƏBİYYATI -PDF, Yüklə
- ONLAYN KİTABLAR VƏ DƏRSLİKLƏR – YÜKLƏ – PDF
- KİTAB GÖNDƏR
- XƏBƏR
- ARAŞDIRMA
- MARAQLI
- BLOG YAZILARI
- DÜNYA TƏHSİLİ
- SƏNƏDLİ FİLMLƏR
- FORUM
- Haqqımızda
- KSQ , BSQ , TESTLƏR
11-Cİ SİNİF KURİKULUM ÜMUMİ TARİX – PDF -YÜKLƏ
11-ci sinif kurikulum Ümumi Tarix kitabını PDF formatda yükləyin.
Share This
Online pdf kitablar
Hiç yorum yok:
Yorum Gönder
Post Top Ad
BLOGREKLAMEDU 2017 -2018 -BÜTÜN HUQUQLARI QORUNUR.. Blogger tarafından desteklenmektedir.
SON YAZILAR
Populyar
Zülfiyyə Veysova “Kurikulum” kitabı. KİTABI YÜKLƏMƏK ÜÇÜN SAĞDA KÜNCDƏKİ OX İŞARƏSİNƏ KLİK EDİN VƏ YENİ AÇILMIŞ PƏNCƏRƏDƏN YÜKLƏY.
Mübariz Namazov 4 – cü sinif riyaziyyat kitabı ( çalışmalar ) MÜBARİZ NAMAZOV 4- sinif- YÜKLƏ
Kimya testləri pdf formatda cavablı və cavabsız testlər .
İzahlı kurikulum və pedaqogika pdf variantda yükləyin. Fayl 1 Fayl 2
KURİKULUMA AİD TEST SUALLARI VƏ CAVABLARI KURİKULUM TESTLƏRİ. KURİKULUMA AİD 54 TEST SUALI CAVABLARI İLƏ BİRLİKDƏ.TƏHSİLƏ AİD REKLAM VƏ E.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.