Biotexnologiyanın sasları
Микробиологик Б. Микроорганизмлар ҳаёт фаолиятидаги жараёнларга асосланган бўлиб, бу соҳада ферментли препаратлар, антибиотиклар, аминокислоталар, гормонлар, оқсил моддалари ва халқ хўжалигининг турли тармоқлари учун зарур метаболитлар синтез қилинади. Масалан, Ўзбекистон ФА Микробиология ин-тида микробиологик биотехнология асосида ўсимлик чиқиндилари (ғўзапоя, чанғалоқ, сомон ва чиқиндиларни чорва моллари учун озуқа тайёрлашга эришилди; айрим мамлакатлар (Бразилия)да махсус микроблар воситасида целлюлозадан қанд ёки спирт олиш, мол суягидан метан гази олиш биотехнологияси (айниқса, Хитой, Бразилия ва Европа мамлакатларида) жуда юқори иқтисодий самара бермоқда.
Биотехнология
Биотехнология [био… ва юн. techne – маҳорат, санъат, logos – сўз, таълимот] – қишлоқ хўжалиги, саноат ва тиббиётнинг турли соҳаларида тирик организм ва биологик жараёнлардан фойдланадиган саноат усуллари мажмуи. Биология ва техника имкониятларини бирлаштирадиган илмий йўналиш. «Б.» атамасининг вужудга келишига Стэнфорд ун-ти (АҚШ; 1973) бир гуруҳ олимларининг ҳар хил хоссага эга ирсий молекулаларини бириктириб, рекомбинант ДНК (исталган организмдан ажратилган ДНКнинг икки ёки ундан ортиқ қисмларини in vitro шароитида бирикишидан вужудга келган ҳосила) олиши сабаб бўлди. Шундан кейин биология фани ютукларидан келиб чиқувчи, яъни тирик организмлар ҳаёт фаолиятида иштирок этадиган барча кимёвий, физикавий ва биологик жараёнларни ўрганиш натижалари татбиқ этилган технологик жараёнларни ифодалашда «Б.» атмасидан фойдаланила бошланди. Биотехнология микробиология, биокимё, биоорганик кимё, молекуляр биология, физиология, генетика, молекуляр генетика, генетик инженерия ва бошқа(лар) ютуғига асосланади. Биотехнологиянинг микробиологик, мембраналар, иммобиллашган ферментлар, ҳужайра, ген ва ҳужайра инженерияси биотехнологияси каби соҳалари мавжуд.
Микробиологик Б. Микроорганизмлар ҳаёт фаолиятидаги жараёнларга асосланган бўлиб, бу соҳада ферментли препаратлар, антибиотиклар, аминокислоталар, гормонлар, оқсил моддалари ва халқ хўжалигининг турли тармоқлари учун зарур метаболитлар синтез қилинади. Масалан, Ўзбекистон ФА Микробиология ин-тида микробиологик биотехнология асосида ўсимлик чиқиндилари (ғўзапоя, чанғалоқ, сомон ва чиқиндиларни чорва моллари учун озуқа тайёрлашга эришилди; айрим мамлакатлар (Бразилия)да махсус микроблар воситасида целлюлозадан қанд ёки спирт олиш, мол суягидан метан гази олиш биотехнологияси (айниқса, Хитой, Бразилия ва Европа мамлакатларида) жуда юқори иқтисодий самара бермоқда.
Мембраналар ва иммобиллаган ферментлар биотехнологияси воситасида хима-хил жараёнларни ўлчаш ва назорат қилиш ускуналари и. ч. мумкин. Шунингдек, ферментлар имобиллашганда (бирор бир сатҳга кимёвий бириктирилганда) уларнинг фаоллиги ортиб, функционал ҳолати бир қадар муддатга узаяди. Бундан фойдаланиб биотехнологик жараёнлар (масалан, мембраналар ўтказувчанлигини бошқариш усули, ферментларни мобиллаш ва бошқа(лар)) яратилган.
Ҳужайра биотехнологияси ўсимлик, ҳайвон ва одам ҳужайраларининг сунъий шароитда ўсиши ҳамда кўпайиши микроорганизмларникига ўхшашлигига асосланган. Одам ва ҳайвон ҳужайраларини сунъий ўстириш нодир биологик дори воситалар, антителалар ва оқсил гармонларини саноат миқёсида и. ч. имконини берди. Ўсимлик, ҳайвон ва одам касалликларини аниқлаш учун моноклонал антителалар (бошланғич биргина ҳужайра авлодлари ишлаб чиқарадиган антителалар) асосида ўта сезувчан ташхис воситалари и. ч. йўлга қўйилди. Жумладан, Ўзбекистон ФА Ядро физикаси ин-ти қошидаги «Радиопрепарат» корхонасида ва ЎзР Соғликни сақлаш вазирлигининг Онкология ва радиология ин-тида рак касаллигининг айрим турларини олдиндан аниқлайдиган биотехнологик воситалар ишлаб чиқарилмоқда. Физиологик фаол иккиламчи бирикмаларни синтез қилиш фақат ўсимлик ҳужайраларига хос хусусиятдир. Бундай моддаларга тиббиётда ва саноатнинг турли соҳаларида ишлатиладиган алкалоидлар, гликозидлар, жумладан, стероидли сапонинлар, стероидли гомонал препаратлар олишда ишлатиладиган моддалар, эфир ёғлар, полисахаридлар, фитогормонлар ва ҳ. к. киради.
Ген ва ҳужайра инженерияси биотехнологияси генетик инженерия ҳамда ҳужайра иженериясининг синтезидан вужудга келди. Биотехнологиянинг бу соҳаси ёрдамида мавжудотнинг мақсадга мувофиқ фойдали хоссага эга микроб штаммлари, ҳужайра хиллари, ўсимлик навлри ва ҳайвон зотларини яратиш мумкин. Гён ва ҳужайра инженерияси биотехнологияси инженерлик усули билан тирик мавжудотларнинг ўзгартирилган ирсияти молекуляр генетикасини мукаммал ўрганиш, фойдали генларни излаб топиш ва керакли миқдорда ажратиб олиш, бегона генларни ҳужайра ичига киритиб, ирсиятга улаш, уланган генларни янги ирсиятда фаол фаолиятини таъминлаб берувчи вектор молекула (таркибида рестриктаза учун фақат биргина энг қулай кесилиш жойига эга, трансформация бўлган ҳужайраларни саралашни осонлаштирувчи маркер ген сақловчи ва мақсадга мувофиқ гений хўжайин ирсиятига улаб, унинг мустақил ишлашини таъминловчи молекуляр конструкция) яратиш, ирсияти ўзгартирилган ҳужайрадан дори-дармон, озуқа моддалар, ташхис воситалари ажратиб олиш бўйича талайгина муваффақиятларга эришди.
Gen injeneriyasi va biotexnologiya
1. Biotexnologiya va hujayra injeneriyasi.
2. Tabiatda uchraydigan gen injenerligi.
3. Gen injeneriyasining vazifasi va uslublari.
4. Gen injeneriyasi yutuqlari va uning qishloq xo`jaligidagi ahamiyati.
Molekulyar biologiya va genetika hozirgi vaqtda organizm irsiyatni maqsadga muvofiq o`zgartirish va sun`iy usulda yangi shakllar yaratish davriga kirdi. Shuning uchun bu yo`nalish medisina, qishloq xo`jaligi va sanoatda katta ahamiyatga ega.
Hujayra injeneriyasi alohida ajratib olingan hujayralar, to`qima va protoplastlardan foydalanishga asoslanadi. Hozirgi davrda o`simlik to`qimalarini sun`iy muhitda ustirish alohida ahamiyat kasb etmoqda, chunki ulardan biotexnologiyada foydalanish mumkin. Bu usulni biotexnologiyadagi ahamiyati uch yo`nalishda boradi:
1. Birinchi yo`nalish ajratib olingan o`simlik hujayralarini sun`iy muhitda (in vitro) o`stirilganda medisina, parfyumeriya va boshqa sanoat yo`nalishlari uchun zarur moddalar sintezlashda ishlatiladi: alkaloidlar, steroidlar, glyukozidlar, garmonlar, efir moylar, insektisidlar va h.k. Masalan: shu maqsadda jenshenni hujayralardan ko`paytirish (R.G.Butenko), tamaki hujayralarini o`stirib nikotin kislotasini sintezlashga Yaponiyada erishildi.
2.Ikkinchi yo`nalish sun`iy muhitda o`stirilgan to`qimalaridan klonal mikroo`simliklar va ekish uchun toza (virus va boshqa zararkunandalardan tozalangan) ko`chat etishtirish. Bu klonal mikroo`simlik etishtirish usuli yordamida bir meristemadan yil davomida, tashqi muhit ta`siridan qat`iy nazar millionlab o`simliklar – mahsulot etishtirish mumkin.
3. Ajratib olingan hujayralardan seleksiya maqsadida foydalanish turlicha tarkibga ega sun`iy muhitda o`stirilgan hujayralarning genetik jihatdan har xil bo`lishi xususiyatidan foydalanib: hujayralar orasidan, qurg`g`oqchilikka, sho`rlanishga, past temperaturaga, fitopatogenlarga va yuqori mahsulot beruvchi shakllarini tanlab olish imkoniyati tug`ildi. Har xil protoplastlarni biriktirib jinssiz usulda (somatik) duragaylar olib yangi o`simliklar yaratish ham mumkin, bu uslub uzoq duragaylashga ham yo`l ochib beradi. Shu yo`l bilan ajratilgan protoplastlarga yangi genlarni olib kirish, bu esa mutloq yangi irsiy xususiyatga ega o`simlik turlarini yaratishga imkon beradi. Yuqorida ko`rsatilgan usul – yangi hujayra texnologiyasi amaliy genetika va seleksiya ishida yangi yo`nalish – hujayra injeneriyasi bo`lib qoldi. Qishloq xo`jalik biotexnologiyasida hujayradan foydalanish usulida ayrim qiyinchiliklar ham mavjud:
1) Ajratib olingan o`simlik hujayrasini qanday qilib bo`linishga majbur qilish?
2) Qanday usulda ko`paytirilgan bir guruh (aralash) hujayralar kallusidan bir butun o`simlik olish mumkin?
Bu muammolarni birinchisi hal qilinmoqda, lekin ikkinchisi hamma vaqt ham amalga oshmayapti. Boshoqli don ekinlarida 1 hujayradan o`simlik olish qiyin amalga oshmoqda. Inson uchun zarur bo`lgan moddalarni hujayra injenerligi va biotexnologik usullar yordamida keng miqyosida ishlab chiqarish biotexnologiya deyiladi.
2) Gen injeneriyasining maqsadi rekombinant DNК yaratish va shu asosda organizm uchun foydali yangi belgilarni va xususiyatlar hosil qilishdir. Tabiatni o`zida ham bu kabi rekombinasiya yuz berishi kuzatiladi. Viruslar, faglar, bakteriyalar o`zidagi genetik moddani boshqa organizmlarga o`tkazish xususiyatiga ega. Genlarni yangi kombinasiyasini hosil qilish – rekombinasiya tabiatdagi barcha tirik mavjudot vakillarida yuz beradi. Bakteriofaglar mikroorganizmlar dunyosida genlarni tashuvchi hisoblanadi. Amerika olimlari Liderberg va Tatum 1946 yilda bakteriyalarda jinsiy ko`payish borligini aniqladilar. Bakteriyalarning ayrimlari erkak, ba`zilar urg`ochi bo`lib, erkak jinsdagilari urg`ochilariga o`zining genlarini maxsus genetik qurulma – plazmidalar orqali o`tkazadi. Faglarda boshqa mikroblarga genlarni o`tkazish va jinsiy ko`payish usuli mikroorganizmlar dunyosida almashinishni va ularni yashab qolishini ta`minlaydi.
Ayrim plazmidalar bakteriyalarga dori-dormonlarga (kasalliklarga) chidamlilik genini o`tkazib, insonlar uchun xavfli kasalliklar tarqatishi mumkin. Agar dori-dormonlarga chidamli bakteriya yaratilsa inson uchun o`ta xavfli antibiotiklar ham ta`sir qilmaydigan kasallik vujudga kelishi mumkin.
3) Gen injeneriyasi fan sifatida 1972 yili O.Stenford universitetida Djekson, Simons va Berg maymun virusi DNК si va ichak tayoqchasi bakteriyasi DNК sidan iborat duragay molekula yaratishgandan so`ng paydo bo`ldi. Tabiatdagi bir avlodga kiruvchi qarindosh organizmlar rekombinant DNК sini hosil qilish qulay hisoblanadi. Gen injeneriyasining vazifasi esa, qarindosh bo`lmagan uzoq turlar rekombinant DNК sini hosil qilish hisoblanadi. Bu ish ancha qiyin bo`lib, agar begona DNК bakteriya hujayrasiga kirib qolsa, uning tarkibidagi ferment – restriktaza ta`sirida tezda parchalab tashlanadi.
Irsiy moddani (gen, xromosomalar) bir organizmdan ikkinchisiga o`tkazish yo`li bilan tirik organizmlarni o`zgartirish texnologiyasi gen injeneriyasi deyiladi. Bir turning genlarini ik-kinchi turga o`tkazish, DNК molekulasining barcha tirik mavjudodlarda – mikroorganizmlardan odamgacha bir xil tuzilganligiga asoslanadi. Gen injeneriyasida quyidagi usullardan foydalaniladi:
1. Genlarni ajratib olish yoki yangi genni sun`iy sintezlash.
2. Duragay DNК olish.
3. Yangi DNК ni ko`paytirish va boshqa organizmga o`tkazish.
1. Genlarni ajratib olish.Organizmga yangi genni yoki bir gruppa genlarni kiritish (transgenoz), ular shu organizmda ishlashi, ya`ni oqsilni sintez qilishi uchun “toza gen”larni alohida ajratib olish zarur. Toza genlarni ajratib olishni bir necha usullari ma`lum:
a) Ximiyaviy sintez usuli.
b) M-RNК asosida DNК ni sintezlash.
v) DNК moddasini fermentlar yordamida kesish (restriktaza) va tikish (ligaza).
2) Duragay DNК olish uchun plazmida va begona – ikkinchi yana bir organizm DNК moddasi olinadi. Ular avval “Restriktaza” fermenti yordamida kesib bir necha bo`laklarga bo`linadi. Кeyin ular aralashtirilib ligaza fermenti ta`sir qilinadi. Ligaza ta`sirida bu ikkita DNК aralashmasi qayta birlashadi va yangi rekombinat DNК hosil bo`ladi. Yangi rekombinat DNК ni ishga tushirish uchun uni yana boshqa bakteriya tarkibiga kiritiladi.
Plazmida tarkibidagi yangi DNК ni bakteriyaga oson o`tkazish mumkin. Yangi genlarni ishga tushirishni bakteriyalarda oson amalga oshirish mumkin. Chunki bakteriya tez ko`payadi. Masalan: ichak tayokchasi bakteriyasi (E.Кoli) 20 minutda 2 hujayraga ajralib, 2 sutkada 129 generasiya beradi.
3) Кaliforniya medisina maktabi laboratoriyasida 1977 yil Boyer odam organizmida ishlab chiqiladigan garmon-somatotropin va insulin genni bakteriyalar yordamida sintezlashga erishdi. Avval bunday gen ximiyaviy usulda sintezlandi. Кeyin bu gen ichak tayoqchasi bakteriyalaridan olingan – plazmidaga o`tkazildi va yana bakteriyaga qaytarildi. Sintezlangan gen mikrob hujayrasida ishlay boshladi va odam oqsili garmonlarni sintezlay boshladi.
Olingan “samototropin” o`sishi sekinlashgan yosh bolalarni davolashda insulin esa qand kasalligini davolashda ishlatila boshlandi.
4) Hozirgi vaqtda gen injeneriyasi usullari yordamida insoniyat tirik organizmlar irsiyatning o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`lmoqda. Genlarni bir organizmdan ikkinchiga o`tkazish, shu yo`l bilan esa yangi shakllar yaratish, inson salomatligi uchun zarur dori-darmonlarni sanoat asosida ko`plab ishlab chiqarish usullariga ega bo`ldik. Gen injeneriyasi erishgan yutuqlar yordamida genlarni bakteriya hujayrasiga o`tkazib, fermentlar, garmonlar, dori-darmonlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.
Adabiyotlar:
1. T.E.Ostonaqulov, I.T.Ergashev, К.Q.Shermuhamedov, B.A.Normatov «Genetika asoslari» Toshkent 2003 y.
2. M.N.Aberqulov, К.К. Shermuhamedov Genetikadan amaliy mashg`ulotlar. Toshkent 2004 y.
3. К.К. Shermuhamedov, M.N.Aberqulov. «Genetika» ma`ruza matnlari 2000 yil.
4. Gershenzon M.N. Osnovo` sovremennoy genetiki. Кiev, «Urojay», 1979.
5. Gulyaev G.V. Genetika. M., «Кolos», 1984.
6. Dubinin N.P. Obshaya genetika. M., «Nauka», 1970.
7. Maqsudov Z.Yu. Umumiy genetika. T., «O`qituvchi», 1980.
8. Morozov E.M.,Tarasevich E.I.Anoxina V.S.Genetika v voprosax i otvetax. Minsk, 1989.
9. www.ziyonet.uz
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Biotexnolog: kasbning ijobiy va salbiy tomonlari
O’tgan asr kosmik kashfiyotni ortda qoldirdi. Hozirgi kunda yangi texnologiyalar jadal rivojlanmoqda, ixtirolar kundalik hayotga tatbiq etilmoqda. Va yaqinda zamonaviy texnologiyalar ilmiy fantast yozuvchilarning oddiy ixtirosi bo’lganga o’xshaydi. Hozir yangi texnologiyalar va imkoniyatlar davri.
Voyaga etish eshiklari oldida turgan yoshlar kelajak kasblariga tobora ko’proq e’tibor berishadi. Bunday istiqbolli mutaxassisliklar biotexnologiya fanini o’z ichiga oladi. U nimani o’qiydi, bunday g’ayrioddiy kasbni tanlagan mutaxassis nima qiladi?
Tarix ma’lumotnomasi
Biotexnolog – bu yangi kasb va hamma uchun ma’lum emas. Ilmning nomi yunoncha uchta so’zdan iborat: “bio” – hayot, “tekne” – san’at “,” logos “- bu fan.
Va “biotexnologiya” atamasi birinchi bo’lib venger muhandisi Karl Ereki tomonidan 1917 yilda kiritilgan.
Biotexnologiya – bu biologik, kimyoviy va texnik fanlarni birlashtirgan kasb. Kashfiyotlarning asoslari mikrobiologiya, genetika, kimyo, molekulyar va hujayra biologiyasi, embriologiya sohalaridir. Ushbu fanni rivojlantirishda muhandislik yo’nalishlari katta ahamiyatga ega, ya’ni: robototexnika, axborot texnologiyalari.
Mashhur biotexnologlar
Biotexnologiya sohasidagi eng taniqli olimlardan biri Yu A. A. Ovchinnikovdir.
U membranalar biologiyasi sohasidagi etakchi olimdir. Yuriy Anatolyevich 500 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi. Rossiya biotexnologlar jamiyati uning nomi bilan atalgan.
Biotexnolog: kasb. Tavsif
Ushbu fan bo’yicha mutaxassislar genetik muhandislikning ilmiy usulini qo’llash uchun tirik biologik organizmlardan, tizimlardan, ularning jarayonidan foydalanadilar. Oddiy qilib aytganda, ushbu mutaxassislarning mehnati tufayli yangi turdagi mahsulotlar, o’simliklar, vitaminlar va dorilar turlari yaratilmoqda. Tabiiyki, o’simlik va hayvonot muhitining mavjud turlarining xususiyatlari yaxshilanadi.
Biotexnologiya tibbiyot sohasida muhim rol o’ynaydi. Biotexnologik kashfiyotlar tufayli yangi turdagi dorilar va dorilar yaratilmoqda. Ularning yordami bilan hatto eng murakkab kasallikni ham dastlabki bosqichda aniqlash mumkin.
Talab haqida
Biotexnolog kasbiga talab bormi? Shubhasiz. Boshqa ilm-fan singari, biotexnologiya ham jadal rivojlanib, aqlga sig’maydigan tuyulgan cho’qqilarga erishmoqda. So’nggi o’n yil ichida fan yangi bosqichga – klonlashtirish darajasiga ko’tarildi. Ko’plab muhim inson a’zolarini (jigar, buyraklar) klonlash davolanish va to’liq tiklanish uchun katta imkoniyat beradi. Tibbiyot sohasidagi ushbu kashfiyot tufayli bir nechta inson hayoti saqlanib qoldi.
Biotexnologiya hujayra va molekulyar biologiya, genetika, biokimyo va bioorganik kimyo bilan chegaradosh.
21-asrda biotexnologiyaning fan sifatida rivojlanishining asosiy xususiyati uning amaliy fan shaklida tez o’sishidir. U allaqachon hayotning deyarli barcha sohalariga kirib borgan va ko’plab iqtisodiy tarmoqlarning rivojlanishiga hissa qo’shgan. Xulosa qilib aytganda, biotexnologiya mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan samarali o’sishiga yordam beradi.
Biotexnologiya yutuqlarini oqilona rejalashtirish va boshqarish bilan Rossiya uchun global muammolarni hal qilish mumkin, ya’ni: bo’sh hududlarni rivojlantirish va shu bilan birga aholini ish bilan ta’minlash. Agar davlat ilm-fanni qishloq joylarida kichik sanoat tarmoqlarini yaratib, sanoatlashtirish vositasi sifatida foydalansa, ushbu muammoning echimi mavjud bo’ladi.
Butun insoniyat taraqqiyoti biotexnologiyaning rivojlanishiga bog’liq. Va agar biz genetik modifikatsiyalangan mahsulotlarning tarqalishiga yo’l qo’ysak, unda bu tabiatdagi biologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Natijada – inson salomatligiga tahdid.
Biotexnologning vazifalari
Biotexnologning funktsional vazifalari asosan ular ishlaydigan sohaga bog’liq.
Agar biotexnolog farmatsevtika sohasida ishlasa, u quyidagilarni bajarishi shart:
- dori vositalari va oziq-ovqat qo’shimchalarini ishlab chiqarish tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqish;
- yangi texnologik uskunalarni joriy etishda qatnashish;
- yangi ochiq texnologiyalarni ishlab chiqarishda sinovdan o’tkazish;
- ilgari ishlab chiqilgan texnologiyalarni takomillashtirish;
- yangi texnologiyalarni yaratish uchun uskunalar, materiallar, xomashyo tanlashda ishtirok etish;
- texnologik qo’shimcha operatsiyalarning to’g’riligini nazorat qilish;
- dori vositalarining TEP (texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari) ni ishlab chiqish;
- individual komponentlar almashtirilganda yoki ishlab chiqarish texnologiyasini o’zgartirganda, TEPni qayta ko’rib chiqish va ularga o’zgartirishlar kiritish;
- zarur hisobot va hujjatlarni saqlash.
Agar biotexnolog tadqiqot sohasida ishlasa, u tadqiqotlarda, genetik va hujayra muhandisligi kashfiyotlarida qatnashishi, shuningdek uslubiy ishlanmalar yaratishi kerak.
Biotexnolog mutaxassisligi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida zarurdir. Bunday holda, ish quyidagi majburiyatlarni bajarishni o’z ichiga oladi:
- chiqindi suvlarni va ifloslanishi ko’paygan joylarni biologik tozalashni amalga oshirish;
- maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini yo’q qilish.
Ta’lim muassasasida ishlash talabalarni biologik va turdosh fanlarga o’rgatishni o’z ichiga oladi.
“Biotexnolog” mutaxassisligi ijodiy, izlanuvchan, qiziqarli va jamiyat uchun o’ta zarurdir.
Biotexnologiya kasbi: ijobiy va salbiy tomonlari
Ushbu ixtisosga bugungi kunda talab katta. Kelajakda unga talab katta bo’ladi, chunki biotexnologiya kelajak kasbidir. Bu tez rivojlanadi. Agar biotexnolog shu qadar talab qilinadigan bo’lsa, kasb haqidagi sharhlar ijobiymi yoki unchalik yaxshi emasmi?
Ushbu sohada ish bilan band bo’lganlar kasbning obro’si va noaniqligini aniq afzalliklar deb hisoblashadi. Tegishli mutaxassisliklar bo’yicha va turli tashkilotlarda ish topish imkoniyati mavjud. Siz genetik biomühendis, bioprocess muhandisi, lipid biotexnologi, oqsil, farmatsevtika, hujayralar va to’qimalarning o’rnini xavfsiz egallashingiz mumkin.
Biotexnologiya istiqbolli kasb. Biotexnologiya mutaxassislari chet eldagi tadqiqot institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilishadi. Rossiyadan kelgan olimlarga katta talab mavjud. Shuning uchun chet elda martaba qurish uchun eshiklar ochiq.
Kasb – biotexnolog: ijobiy va salbiy tomonlari. Sharhlar, albatta, nafaqat ijobiydir. Kasbning kamchiliklari orasida boshqalarning va ma’lum bir ilmiy jamoatchilikning gen muhandisligi ishlab chiqilgan mahsulotlariga salbiy munosabati mavjud.
Kim biotexnolog bo’lishi mumkin?
Mutaxassis analitik aqlga, keng bilimga, qiziquvchanlikka va nostandart fikrlashga ega bo’lishi kerak. Kelajakdagi biotexnolog farishtalik sabr-toqati, burch va sadoqatni his qilishi kerak.
Biotexnologiya – bu normal daromadga ega bo’lgan kasb. Moskvada yuqori sifatli mutaxassis oyiga 35000 rubldan 75000 rublgacha pul ishlab topishi mumkin. Rossiya Federatsiyasi hududi uchun o’rtacha: 21000 rubldan 45000 rublgacha.
Qaerda ishlash kerak?
Biotexnologiya faniga 20 dan ortiq boshqa tegishli mutaxassisliklar kiradi. Ushbu kasbni egallagan universitetlarning bitiruvchilari keng mutaxassislardir. Ular quyidagi yo’nalishlarda ishlashlari mumkin:
- Sanoat biotexnologiyasi inson hayoti uchun muhim bo’lgan qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarishda mikroorganizmlarni, o’simliklarni, hayvonlarni ishlatishni o’z ichiga oladi. Farmatsevtika, oziq-ovqat biotexnologiyasi, parfyumeriya sanoatning asosiy yo’nalishlari hisoblanadi.
- Molekulyar biotexnologiya umumiy biologik, muhandislik va kompyuterning ilg’or texnologiyalarini nazarda tutadi.Ushbu sohadagi mutaxassislar nanotexnologiya, tibbiy diagnostika va hujayra muhandisligi sohasidagi tadqiqotchilar. Bitiruvchilarni sertifikatlashtirish markazlari, biotexnologik korxonalar, analitik laboratoriyalar, farmatsevtika va qishloq xo’jaligi kutmoqda.
- Ekologiya va energetika sohasida universitet bitiruvchisi mamlakatga tabiiy energiya manbalari: neft, gaz zaxiralari bilan bog’liq muammolarni hal qilishda yordam berishi mumkin. Siz chiqindilarni qayta ishlash texnologi sifatida ishlashingiz, suvni tozalashning yangi usullarini yaratishingiz, tozalash inshootlari va biologik reaktorlarni loyihalashingiz mumkin. Ko’pgina mutaxassislar o’zlarini gen muhandisligida topdilar.
Qozog’istonda biotexnologiya kasbi hali etarlicha rivojlanmagan. Shu bilan birga, Qozog’iston Respublikasi universitetining ushbu ixtisosligini bitirganlarning ko’pchiligi o’z mamlakatida va chet elda bosh aylantiradigan martaba haqidagi hikoyalari bilan o’rtoqlashadi. Eng muhimi, kasb rivojlanib bormoqda. Bu shuni anglatadiki, har yili ish bilan ta’minlaydigan yangi sanoat markazlari ochilmoqda.
Kasbiy salohiyat va ushbu sohada rivojlanish istagi har bir mutaxassisga martaba qurish va o’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga yordam beradi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.