Press "Enter" to skip to content

Biznes tsikli: nazariya, bosqichlar, sabablar, turlar, misol

Bu siz boshlashingiz mumkin bo’lgan minimal sarmoyali g’oyalarining bir nechtasi. Har bir tadbirkor o’z xohishiga ko’ra ish topa oladi.

Biznesning qanday onlayn va offlayn turlari va shakllari mavjud va qaysi biri afzal

Juda ko’pchilik odamlar uchun o’zining shaxsiy biznesini ochish maqsadi birinchi o’rinda turadi. Ammo, noldan boshlab yaxshi daromad keltiradigan biznesni yo’lga qo’yish hammaning ham qo’lidan kelavermaydi.

Bugingi kunda, yaratilgan biznes turlari haddan ziyod ko’p, qolaversa taraqqiyot ham bir joyda qotib turavermaydi – har yili yangi- yangi bizneslar o’ylab topiladi va har kim o’ziga yoqqan biznes turi bilan shug’ullanishadi.

Ammo, mavjud barcha turlar bir-biri bilan o’zaro aloqada bo’lib, firma va istemolchi o’rtasida munosabatlar to’g’ri yo’lga qo’yilganmi? To’g’ri yo’l qanday bo’lishi kerak? Bugungi kunda qanaday turlari bor? Yangi boshlayotganlar ishni nimadan boshlashi kerak? Davlat idoralari bilan qanday munosabatda bo’lish kerak? Kabi ko’plab savollarga javob topshga harakat qilamiz, ya’ni shular haqida malumot beramiz.

Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )

  1. Biznes yuritishning asosiy tasnifi va shakllari
  2. Biznes turlarining qisqacha tavsifi
  3. Ishlab chiqarish biznesi.
  4. Tijorat tashkilotlari.
  5. Moliyaviy tashkilotlar.
  6. Konsalting firmalari.
  7. Kichik biznes turlari
  8. Minimal sarmoyali biznes
  9. Dunyoda paydo bo’lgan yangi biznes toifalari
  10. 2021 yilda eng foydali biznes turlari
  11. Siz qanday biznes turini ochishingiz mumkin?
  12. Uy sharoitida shug’ullanish mumkin bo’ladigan biznes turlari
  13. Internetdagi biznes turlari
  14. Xalqaro biznes turlari
  15. Passiv daromad biznes turlari
  16. Xizmat ko’rsatish sohasidagi biznes turlari
  17. Qanday qilib sevimli mashg’ulotingizni biznesga aylantirish mumkin?
  18. Startap uchun qaysi sohalar istiqbolli hisoblanadi?
  19. Xulosa

Biznes yuritishning asosiy tasnifi va shakllari

Har bir mavjud faoliyat turi maqsadli auditoriyaning muayyan ehtiyojlarini hal qilishga qaratilgan bo’lib, o’zining afzalliklari va kamchiliklariga ega.

Zamonaviy iqtisodiyot barcha biznesni 4 asosiy toifaga ajratadi:

  1. Bozorga turli xil tovarlar va xizmatlarni etkazib beradigan kompaniyalar.
  2. Tijorat faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan biznes.
  3. Moliya sohasiga yo’naltirilgan faoliyat.
  4. Konsalting kompaniyalari.

Tadbirkorlik shakllari qonun bilan belgilanadi. Ro’yxatdan o’tayotganda tanlangan g’oya uchun eng mos shakl tanlanadi. Ularni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:

  • Yakka tartibdagi tadbirkorlik.
  • Aksiyadorlik jamiyati – jamoat va nodavlat.
  • Mas’uliyati cheklangan jamiyat – MChJ.
  • Unitar tashkilot.
  • Ishlab chiqarish korxonasi.
  • Dehqon xo’jaligi.

Biznes turlarining qisqacha tavsifi

Ishlab chiqarish biznesi.

Ushbu turdagi tashkilot, maxsulotni o’zi ishlab chiqish va sotish orqali foyda ko’radi va bu butun biznesning rivojlanishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Bozorni to’g’ri tahlil qilib, reklama va marketing strategiyasini yaxshi yo’lga qo’ygan bunday kompaniya egasi inqiroz paytida yoki iqtisodiyotdagi boshqa o’zgarishlar paytida ham barqaror foyda oladi.

Tijorat tashkilotlari.

Bunday kompaniyalar biznes dunyosida vositachilar bo’lib, birjalar va mahsulot sotilishi mumkin bo’lgan boshqa platformalarda mahsulotlarni sotish bilan faoliyat yuritishadi. Iqtisodiyot barqaror bo’lgan sharoitda, bunday biznes egalari yuqori foyda olishadi, ammo ular har qanday o’zgarishlarda kasodga uchrashi mumkin. Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar bunday firmalarga ta’sir qiladi, chunki ular o’zlarining ishlab chiqarishlariga ega emaslar, ular faqat qayta sotish bilan shug’ullanadilar.

Moliyaviy tashkilotlar.

Banklar, auditorlik, lizing, sug’urta kompaniyalariga bo’linadi. Iqtisodiyotdagi har qanday o’zgarishlar, alohida bir tumandagi bunday kompaniyalarga katta ta’siri tufayli doimiy ravishda diversifikatsiyani talab qiladi. Boshqaruvga to’g’ri yondashishgina firmaning barqarorligiga va foyda olishiga olib kelishi mumkin.

Konsalting firmalari.

Ko’plab yangi boshlayotgan ishbilarmonlar qanday qilib biznesni yuritish, uni qanday qilib to’g’ri yo’lga qo’yish kerakligini tushunmaydilar. Bu yerda konsalting kompaniyalari yordam berishi mumkin, ular yuzaga keladigan barcha masalalarni hal qilishga yordam berishadi. Kompaniyaning muvaffaqiyati, bunday xizmatlarga muhtoj bo’lgan yangi mijozlarni doimiy izlashga bog’liq.

Kichik biznes turlari

Kichik biznes – faoliyati odatda tor sohalarga yo’naltirgan bo’lib, ishchilari soni 200 gacha bo’lgan kichik firma va korxonalardir. Kichik biznesni boshlash g’oyasini amalga oshirish uchun minimal ishchi kuchi, kam vaqt va pul mablag’lari talab etiladi.

Bozorda dolzarb deb hisoblangan ko’plab tadbirkorlik turlari mavjud. Shulardan eng muvaffaqiyatlilarini ko’rib chiqamiz.

Aholiga turli xil xizmatlar ko’rsatish, jumladan:

  • Ta’mirlash ishlari – poyabzal, kiyim-kechak, mebel, jihozlarni tuzatish.
  • Fitness markazlari – suzish havzalari, turli sport seksiyalari.
  • Sartarosh, vizajist xizmatlari – har qanday go’zallik salonlari, doimiy makiyaj, solyarilar.
  • Qurilish va ta’mirlash kompaniyalari – santexnika o’rnatish, eshik va derazalar almashtirish.
  • Yuridik xizmatlar.
  • Dizaynerlik xizmatlari (interyer dizayni, landshaft dizayni), fotograf (fotosessiyalar, tadbirlarni suratga olish).
  • Transport kompaniyalari – taksilar, yuk tashish.

Ishlab chiqarish sohasi:

  • Bolalar va kattalar uchun poyabzal, kiyim tikish.
  • O’yinchoqlar, jihozlar ishlab chiqarish.
  • Oziq-ovqat mahsulotlari – kolbasa sexi, sut mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, parrandachilik, novvoyxona.
  • Turli xil fermalar – ko’katlar, quyon etishtirish.
  • Qurilish biznesi – tortma shiftlar, penobloklar

Savdo sohasi – har qanday mahsulotni savdo rastasi yoki savdo do’koni orqali sotishni tashkil qilish. Eng oddiy va oson faoliyat turlaridan biri – tovarlarni sotib olish va aholiga qayta sotish.

Jamoat umumiy ovqatlanish biznesi:

  • Restoran, kafe.
  • Turli xil perashkalar, pitsalar, sushi barlari.
  • Fastfud – shaurma, xod-dog, burgerlar.

Ko’ngilochar sohalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Tungi klublar, barlar.
  • Bouling, billyard, karaoke klublari.
  • Bolalar markazlari.
  • Kinoteatrlar, turli bolalar oromgohlari.
  • Dam olish maskanini ochish, pulli turli o’yinlar tashkil etish.

Internetda biznes qurish:

  • Veb-studiya.
  • Marketing xizmatlari.
  • Web-saytlarni ishlab chiqish, rivojlantirish.
  • Internet-do’kon.

Biznesning har qanday turi uchun yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatarlarni hushyorlik bilan baholash, bozor va raqobatchilarni tahlil qilish muhimdir.

Minimal sarmoyali biznes

Sarmoyani deyarli talab qilmaydigan turli xil g’oyalar mavjud. Bunday g’oyalarni biznesga aylantirish uchun 1500 $ gacha bo’lgan mablag’ etarli. Bunday sarmoya bilan o’z biznesini boshlashga har qanday odam qodir. Odatda, bunday g’oyalarga kiritilgan sarmoyalar tez orada o’zini oqlaydi va bir necha oydan so’ng sof daromadga erishishga imkon beradi.

Minimal sarmoyali biznes g’oyalar turlari:

  • Avtoulov g’ildiraklari disklarini yaltiroq ranglarga bo’yash.
  • To’y va boshqa bayramlar uchun turli xil aksessuarlar tayyorlash.
  • Sotish uchun ko’katlar yetishtirish.
  • Gilam tozalaydigan kichik firma.
  • Kvass, mors sotish punktlarini tashkil etish.
  • Mevalarning stakanlar ko’rinishidagi tezkor ovqatlanish do’koni.
  • Issiqxonalar ishlab chiqarish va o’rnatish.
  • Go’sht va tuxum sotish uchun broylerlarni yoki tovuqlarni etishtirish.
  • Mevalardan chipsilar ishlab chiqarish.
  • O’zingizning uchastkangizda yoki issiqxonada qulupnay va malina etishtirish.
  • Sotish uchun baliq etishtirish.
  • Choyshablar ishlab chiqarish.
  • Kipriklarni kengaytirish, manikyur, bo’yanish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish.
  • Uyga etkazib berish xizmati.
  • Bayramlarni tashkil qilish bo’yicha kompaniya.
  • Mebel yasash – divanlar, kreslolar.
  • Printerda nusxa qilish kioski.
  • Fito-yostiq ishlab chiqarish.

Bu siz boshlashingiz mumkin bo’lgan minimal sarmoyali g’oyalarining bir nechtasi. Har bir tadbirkor o’z xohishiga ko’ra ish topa oladi.

Dunyoda paydo bo’lgan yangi biznes toifalari

Tadbirkorlik bir joyda to’xtamaydi, doimo rivojlanadi, odatiy bo’lmagan yo’nalishlar o’ylab topiladi va oqibatda ommalashib boradi.

Endi rivojlana boshlayotgan yoki O’zbekistonda umuman bo’lmagan yo’nalishlar:

  1. Poker-bar ochish – Bu yo’nalishda Gavaya oshxonasi hozir trendda, va bunday restoranlarning ochilishi ko’payib bormoqda.
  2. EMS Fitness-Studio – jismoniy mashqlar paytida mushaklarni elektr bilan stimulyatsiya qilish sport sanoatida katta yutuq bo’ldi.
  3. Xaltadan sovuq ichimliklar sotish – bu issiq havoda foydali ishdir, chunki siz doimo do’konga borishni xohlamaysiz yoki shunchaki yaqin o’rtada do’kon yo’q. Bu erda «ryukzakdan» ichimliklar yordam beradi, orqasida muzlatgich bo’lgan sotuvchi shunchaki ko’chada yurib, ichimliklar taklif qilishi mumkin.
  4. Xobbi-klubi – Sovet tuzumidagi madaniyat uylariga o’xshash faoliyat turi.
  5. Avtomobillarni ijaraga berish – bu O’zbekistonda deyarli raqobatchisi bo’lmagan tur bo’lib, chet elda keng tarqalgan biznes.
  6. Vending avtomat qurilmasi – Foydali va qiziqarli o’yinchoqlar, sovg’alar bilan to’ldiriladi va aholi gavjum joylarga o’rnatiladi. Agar siz shunga o’xshash qurilmani aeroportga yoki temir yo’l stantsiyasiga o’rnatsangiz yaxshi daromad olishingiz mumkin.
  7. Turli o’yinlarni targ’ib qilish uchun veb-sayt yaratish – videoo’yinlarning ommalashuvi davrida bu g’oya har qachongidan ham ko’proq foyda keltiradi.
  8. Kapsulli mehmonxona – Evropada mashhur sanoatdir, u katta sarmoyani talab qiladi, ammo u tezda o’z samarasini beradi.
  9. Glitserin tarkibidagi gullardan zargarlik buyumlari va sovg’alar ishlab chiqarish – AQShdagi eng dolzarb sovg’alardan biri.
  10. Mehmonlar o’zlari kokteyl tayyorlaydigan bar – bu Yaponiyaliklar g’oyasi.
  11. Gullar qurilmasi – qurilma sovutgich kamerasi bilan jihozlangan bo’lib, unga kichik-kichik gul buketlari joylashtiriladi.
  12. Salatni mijozning o’zi shakllantiradigan salat-bar – bu juda qiziqarli g’oya, Amerikadagi muassasalarda, bitta salatning o’rtacha narxi 15 dollardan oshadi, chunki odamlar o’zlari xohlagan narxda mahsulot tanlashadi.

2021 yilda eng foydali biznes turlari

Bozordagi ba’zi mahsulotlarning xaridorgirligi o’zgarishsiz qoladi. Kiyim-kechak, oziq-ovqat, maishiy texnika jihozlari savdosi bilan shug’ullanuvchi har qanday do’kon va supermarketlar doimo foydali bo’lib qoladi.

Ammo tobora kengayib borayotgan istemolchilar hisobiga vaxshi daromad keltiradigan yangi sohalar ham paydo bo’lmoqda:

  • Turli xil qahvaxonalar – oddiy va ko’chma kabinalar.
  • Vending Avtomat qurilmalari biznesi
  • Tozalash xizmatlarini ko’rsatuvchi kompaniyalar.
  • Do’konlardan, turli xil muassasalardan oziq-ovqat etkazib berish.
  • Kafe va restoranlarning nostandart variantlari.
  • Internet-biznes – veb-saytlar ochish, dizayn ishlab chiqish, saytlarni rivojlantirish. Internet-do’konlarni yaratish.

Siz qanday biznes turini ochishingiz mumkin?

Juda ko’pchilik o’zlarining sevimli mashg’ulotlari bilan bog’liq bo’lgan yo’nalishda biznes qilishni va passiv daromad olishni istashadi va bu to’g’ri yo’l deb hisoblayman. Keling hozir ishbilarmonlik faoliyatidagi eng mashhur biznes variantlarini ko’rib chiqamiz.

Uy sharoitida shug’ullanish mumkin bo’ladigan biznes turlari

Uyda o’tirib, pul ishlash yo’llarini topish mumkin. Bichish-tikish, qo’lda tayyorlangan turli xil pishiriq va taomalar. Freelanser xizmatalri.

Uy biznesining barcha turlari:

  1. Fyuzing – sotish uchun, rangli shishadan turli xil esdalik sovg’alarini ishlab chiqarish.
  2. Buyurtmaga pirojnilar tayyorlash – turli tadbirlar uchun tortlar, sovg’a uchun perojni va pechenelar
  3. Sovun, sham ishlab chiqarish.
  4. Yumshoq qo’g’irchoqlar tayyorlash
  5. Sotish uchun uy hayvonlarni yoki gullarni ko’paytirish.
  6. Uyda kipriklarni kengaytirish, massaj qilish, manikyur qilish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish.
  7. Uy sharoitida quyonlarni, tovuqlarni ko’paytirish.
  8. Sabzavot, meva etishtirish.
  9. Bolalar va kattalar uchun kiyim tikish, buyurtma asosida qo’lda to’qiladigan kiyimlar.

Internetdagi biznes turlari

Internetdagi biznes – bu dolzarb bo’lib kelayotgan keng tarqalgan tadbirkorlik faoliyati.

Internetda nima bilan shug’ullanish mumkin:

  • Onlayn do’kon ochish.
  • O’zingizning shaxsiy saytlaringizni yaratish, ularni kontent bilan to’ldirish va reklamadan foyda olish.
  • Dasturiy ta’minot va mobil ilovalarni ishlab chiqish.
  • Veb-saytlarni ishlab chiqish va rivojlantirish uchun veb-studiyani yaratish.
  • O’zingizning axborot mahsulotlaringizni sotish – kurslar, vebinarlar.
  • Onlayn murabbiy xizmatlari.
  • Provayder kompaniyasini yaratish.
  • Onlayn kazino, bukmeker idorasini ochish.
  • E’lonlar saytini yaratish.
  • Savdo maydonchasini yaratish.
  • Onlayn ravishda huquqiy, psixologik yordam ko’rsatish.
  • Dropshipping – ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasida vositachilik.
  • Sayt oldi-sotdisi bilan shug’ullanish – Telderi.
  • Ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarni yaratish va ularni keyinchalik qayta sotish.
  • Tizim ma’muri xizmatlarini taklif qiluvchi firma ochish.

Bular Internetdagi biznes g’oyalarning hammasi emas, kasb topish va u orqali pul topish qiyin emas – g’ayratli bo’lish va sabr bilan maqsad sari borish kifoya.

Xalqaro biznes turlari

Xalqaro biznesni yuritmoqchi bo’lgan kompaniya barcha tavakkalchiliklarni hisoblab chiqishi, o’z oldiga qo’yadigan maqsadlarini belgilashi, o’z resurslarini, faoliyati shartlarini baholashi kerak.

Quyidagi yo’nalishlar mavjud:

  1. Eksport – bu bir mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarni boshqa mamlakatda qayta mahsulot sifatida sotish.
  2. Import – boshqa mamlakat tovarlarini o’zlarida qayta sotish uchun sotib olish.
  3. Xalqaro xizmatlarga – bank operatsiyalari, turizmning turli sohalari, sug’urta, ijara uylari va transport kiradi.
  4. Savdo-vositachilik operatsiyalariga quyidagilar kiradi: vositachilik xizmati, komissiya, agentlik. Shuningdek, qayta sotish (olib sotish) operatsiyalari ham kiradi.
  5. Investitsiyaning turli shakllari ham xalqaro toifaga kiradi.
  6. Franchayzing – sotuvdan ajratilgan foizdan foyda ko’rish evaziga ochilgan kompaniya.

Passiv daromad biznes turlari

Mutlaqo passiv daromad bo’lmaydi. Har qanday biznesda dastlabki sarmoyalar albatta bo’ladi va shundan so’ng biznes passiv daromad unvoniga ega bo’lishi mumkin.

Ushbu yo’nalishdagi mashhur usullar:

  • Kvartira, garaj, ofislarni ijaraga berish.
  • Bank depoziti – bankga pulni foizga qo’yish.
  • O’z bilimlaringizni sotish – vebinarlar, elektron kitob yozish.
  • Onlayn do’kon yaratish.
  • YouTube tarmog’idagi kanalingizda o’zingizning maqsadli auditoriyangizni yaratish va reklamadan daromad olish.
  • Har xil investitsiya imkoniyatlari.
  • Savdo avtomatlarini o’rnatish.

Siz bunday biznesning bir turidan ko’p pul ishlay olmaysiz. Passiv daromadni bir nechta g’oyalarni birlashtirgan holda yaxshi daromad olish mumkin.

Xizmat ko’rsatish sohasidagi biznes turlari

Xizmat ko’rsatish sohasi biznesdagi eng maqbul sohalardan biri hisoblanadi, chunki siz o’z mahoratingiz va bilimingizni sotishingiz mumkin.

Xizmat ko’rsatish sohasidagi biznes g’oyalar ro’yxati:

  • Qahva mashinalari.
  • Xususiy bolalar bog’chasi, maktab.
  • Piv-bar ochish.
  • Soch turmaklash, kipriklar, tirnoqlar.
  • Oyoq kiyim va kiyimlarni ta’mirlash.
  • Qurilish va tamirlash ishlari.
  • Gadjetlar va kichik maishiy texnikalarni ta’mirlash.
  • Fotosuratchilar xizmati.
  • Futbol, ​​ot minish, suzish, rasm chizish uchun maxsus bo’limlar ochish.
  • Detektivlik agentligi.
  • Buyurtma bo’yicha mebel ishlab chiqarish.
  • Hammom, sauna, solyari ochish.
  • Xususiy tadbirlarni tashkil etish.
  • Ko’chma kofe do’koni.
  • Ko’chmas mulkni sotish uchun veb-sayt yaratish.
  • Pochta xizmati – yetkazib berish.
  • Ovqat pishirish, ularni idoralarga etkazib berish.
  • Kvest xonalari, shahar kvestlari yaratish.

Xizmat ko’rsatish sohasida ko’plab yo’nalishlar mavjud. Odamlarga xizmat ko’rsatishga qaratilgan har qanday biznes, xizmat ko’rsatish sohasidir.

Qanday qilib sevimli mashg’ulotingizni biznesga aylantirish mumkin?

Bu ishning siri juda oddiy – tadbirkor o’z ishini chin dildan sevadi va unga butun qalbini bag’ishlaydi. Biznesning barcha toifalari egasidan, fidoyilikni, doimiy o’zini takomillashtirishni talab qiladi.

O’z sevimli mashg’ulotini biznesga aylantirishga qaror qilgan tadbirkor, o’zini, har qanday ishni mukammal bajarishga bag’ishlashi kerak.

Xobbini foydali biznesga aylantirishga yordam beradigan 4 ta oddiy qoidalar:

  1. O’zingizning sevimli mashg’ulotingizga jiddiy baho bering. Biznesni qurishni boshlashdan oldin, sizning mahsulotingiz yoki xizmatingiz aholiga kerakmi yoki yo’qmi va ularning nima uchun bunga muhtojligini aniqlashingiz kerak. Shuningdek, siz o’zingizni har doim sevimli mashg’ulotingizga bag’ishlashingiz, o’zingizning kuchli tomonlaringizni baholashingiz va bunga qodir bo’lishingiz kerak.
  2. Yo’nalishni tanlashga shoshilmang. Biznesning ko’p turlari bor, lekin siz, aynan o’zingiz uchun to’g’ri keladigan biznesni diqqat bilan tanlashingiz kerak. Dastlab siz o’zingizning veb-saytingizni ochishingiz kerak, bu sizga yo’nalishning butun mohiyatini tushunishga yordam beradi.
  3. Boshlang’ich mablag’ni belgilash. E’tiborsiz qoldirib bo’lmaydigan muhim nuqta. Biznesning yo’nalishi aynan mablag’ bilan bog’liq.
  4. O’zingizning sevimli mashg’ulotingiz bilan jiddiy masala sifatida shug’ullanishingiz kerak. Barcha xatarlarni baholash, maqsadli auditoriyani va raqobatchilarni o’rganish, belgilangan maqsadlarni rejalashtirish va amalga oshirishga mas’uliyatli yondashishingiz kerak.

Faoliyat yo’nalishini belgilashda, xarakteringizning barcha xususiyatlarini hisobga olish muhimdir, chunki bu, biznesga bevosita ta’sir qiladi. Nimalarga qodirligingizni anglash uchun, o’zingizning kamchiliklaringizga va ijobiy tomonlaringizga begona odamning qarashlari bilan qarang.

O’z biznesini boshlashga intilayotgan odamlar juda ko’p, lekin ularga motivatsiya, sabr-toqat, o’ziga ishonch etishmaydi – oxir-oqibat ularning harakatlaridan hech qanday natija chiqmaydi.

Startap uchun qaysi sohalar istiqbolli hisoblanadi?

Iste’molchilarni chuqur tahlil qilish va mavjud turli qarashlar, startaplar uchun istiqbolli biznes turlarini aniqladi:

  • Auditorlik kompaniyalari.
  • Qo’lda davolashga ixtisoslashgan shifokorlar (manual terapiya).
  • Stomatologiya, ginekologiya – aniq bir muammoni hal qilishga qaratilgan tibbiy markazlar.
  • Xususiy buxgalter xizmatlarini ko’rsatish.
  • Advokat maslahati.
  • Banklar, lombardlar.
  • Moliyaviy menejment bo’yicha mutaxassislar.
  • Sarmoya kiritish.
  • Ko’chmas mulkni ijaraga berish.

Shaxsiy xizmatlar ham dolzarb bo’lib borayapdi, ammo mijozlar tobora yuqori sifatli xizmat taqdim etilayotgan xizmatlarni talab qilayapdi.

Turli xil biznes turlari, yo’nalishning dolzarbligini hisobga olgan holda biznesni ochish va yanada rivojlantirishning aniq kontseptsiyasini tuzib, mas’uliyatli yondashishni talab qiladi.

Biznesning muvaffaqiyati, tadbirkorlarning biznesni ochishga sarflagan mehnatiga bog’liq. Shu bilan birga, har qanday ishbilarmon, vaziyatni to’g’ri baholashi, sergakligi, o’ziga ishonishi, iqtisodiyotda yuzaga keladigan har qanday o’zgarishlarga teran munosabatda bo’lishi kerak.

Faoliyat sohasini tanlashda, kasbingizga bo’lgan muhabbatingizdan kelib chiqib, uning foydaliligi va sarmoyangiz qoplanishini boshqarishingiz kerak.

Yigirma birinchi asr – biznesning yangi yo’nalishlari paydo bo’lishi uchun ochiqdir.

Xulosa

«Harakat qilishni boshlash eng qiyin narsa, qolgani qat’iyatlilikka bog’liq», deydi Atlantika okeanini yakkaxon uchib o’tgan amerikalik birinchi uchuvchi ayol. Va keyin bu haqda bir nechta kitob ham yozgan.

Uning o’zi boy bo’lmagan. Va u yoshligidan erkaklar qilishi mumkin bo’lgan ishlarni qilishga qiziqishi kuchli bo’lganligi uchun uni ko’pchilik yomon ko’rgan va ish berishmagan. Oqibatda uning oilasi juda qashshoqlashdi. Ammo u o’rnidan turadi va harakat qila boshlaydi. Va u mohir uchuvchi bo’lib yetishadi, endi butun tarix uni eslaydi.

Siz ham yuqoridagi ishlar ro’yxatidan o’zingizga yoqqanini tanlang va hoziroq divandan turing va o’z ishingizni boshlang. Ehtimol siz ham tarixga kirarsiz.

Siz tarixga, men esa keying maqolada ko’rishguncha deb qolaman, xayr (((.

Biznes tsikli: nazariya, bosqichlar, sabablar, turlar, misol

The iqtisodiy tsikl bu iqtisodiy o’sishda tabiiy o’sish va büst mavjud bo’lgan vaqt davri. Bu davriy tebranishlarning takrorlanuvchi umumiy namunasidir, oldindan taxmin qilinadigan, milliy iqtisodiyotdagi yalpi milliy mahsulot bilan o’lchanadi.

Barcha bozor iqtisodiyoti ushbu tsiklni qayta-qayta o’tkazadi. Ushbu davr iqtisodiyotni tahlil qilish uchun foydali vosita bo’lib, sizga yaxshi moliyaviy qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Buni biznes tsikli deb ham atash mumkin.

Biznes sikli ketma-ket rivojlanish va turg’unlik davridan o’tganida to’liq bo’ladi. Ushbu ketma-ketlikni yakunlash vaqti biznes tsiklining davomiyligi deyiladi.

Gullash davri tez iqtisodiy o’sish davri bilan tavsiflanadi, turg’unlik esa turg’un iqtisodiy o’sish davri. Ular real yalpi ichki mahsulot (YaIM) o’sishi bilan o’lchanadi.

Tsiklni tahlil qilish

Iqtisodchilar keyingi o’tishni kutish uchun iqtisodiyot qaysi bosqichda ekanligini so’rashadi. Xususan, ular ishlab chiqarilgan barcha tovarlar va xizmatlar qiymatining yig’indisi bo’lgan YaIMni tahlil qiladi.

Shuningdek, ular ishsizlik darajasini, fond bozori qanday ish olib borayotganini va mahsulot va xizmatlarning o’rtacha narxi qanday o’zgarayotganini hisobga oladi, bu inflyatsiya deb ham ataladi.

Ushbu tsikllarning sabablarini tushuntirishga qaratilgan ko’plab urinishlarga qaramay, biron bir nazariya hamma tomonidan qabul qilinmaydi yoki qo’llanilmaydi.

Biznes tsikllari nazariyasi

Siyosiy nazariyalar

Ba’zi iqtisodchilar siyosiy rahbarlar saylov oldidan pul siyosatini farovonlikni ta’minlash vositasi sifatida yumshatishga intilishadi deb o’ylashadi.

Hatto soliq solinishi yoki importni cheklash ham iqtisodiyotga dinamik ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Psixologik nazariyalar

Odamlar, ular tegishli bo’lgan guruhlarning bayonotlari katta ta’sirga ega. Muayyan vaqtlarda umumiy kayfiyat nekbin, boshqalarda esa pessimistikdir.

Bu qimmatli qog’ozlar bozorining ko’tarilish va pasayishida, moliyaviy ko’tarilish va büstlarda va investorlarning xatti-harakatlarida omil.

Kam quvvat nazariyalari

Iqtisodiyot kengayganda, ishlab chiqarish iste’molga qaraganda tezroq o’sadi. Ushbu nomutanosiblik daromadlarni teng taqsimlanishidan kelib chiqadi.

Ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi bu nomutanosiblik, ishbilarmonlik tsikli haddan tashqari ishlab chiqarish yoki kam iste’mol qilish natijasida kelib chiqishini ko’rsatadi.

Texnologik nazariyalar

Neftga asoslangan energiya manbalarini rivojlantirish, elektr energiyasidan foydalanish, kompyuter ixtirosi va Internetni yaratish kabi jadal o’sish va texnologik sozlash tsikllari bo’lib o’tdi.

Agar ushbu o’zgarish to’lqinlarida bir maromni topish mumkin bo’lsa, bu ritm iqtisodiyotdagi tegishli harakatlar uchun javobgar bo’lishi mumkin.

Pul nazariyalari

Pul massasidagi o’zgarishlar har doim ham asosiy iqtisodiy o’zgarishlarga mos kelavermaydi.

Bank tizimi iqtisodiy kengayish sharoitida kredit taklifini kengaytirish va turg’unlik davrida kredit ta’minotini shartnoma tuzish qobiliyatiga ega bo’lib, farovonlik va tushkunlik davrlarida kichik iqtisodiy tebranishlarni kuchaytirishi mumkin.

Investitsiya nazariyalari

Jamg’arma yangi investitsiya imkoniyatlari bo’lmaganida to’planib qoladi. Yaxshi vaqtlarda ushbu tejamkorlik yangi sanoat loyihalariga sarmoyalanadi va investitsiyalar to’lqini paydo bo’ladi.

Bank krediti tarqaladi, shu bilan iste’mol va ishlab chiqarish o’rtasida nomuvofiqlik paydo bo’ladi. Ushbu muvozanatsizliklar yangi turg’unlik va tushkunlik davriga olib keladi.

Ishbilarmonlik tsiklining bosqichlari

Kengayish

Ushbu bosqichda iqtisodiyot o’sib bormoqda. Iqtisodiy ishlab chiqarishni o’lchaydigan YaIM o’sib bormoqda.

Masalan, YaIM o’sish sur’ati 2% dan 3% gacha bo’lishi mumkin. Inflyatsiya 2% atrofida. Qimmatli qog’ozlar bozori o’sib bormoqda. Ishsizlik darajasi 5% dan kam bo’lgan darajaga etadi. Agar iqtisodiyot yaxshi boshqarilsa, u ushbu bosqichda yillar davomida qolishi mumkin.

Iqtisodiyot haddan tashqari qizib ketganda, bu kengayish tugashini anglatadi. Investorlar o’zlarini “aqlga sig’maydigan” holatga tushirishadi. Shu nuqtada aktiv pufakchalari hosil bo’ladi.

Tepalik

Ushbu nuqtada kengayish qisqarishning keyingi bosqichiga o’tadi. Iqtisodiyot to’yish darajasiga etadi. Maksimal o’sish chegarasiga erishildi.

Iqtisodiy ko’rsatkichlar endi o’smaydi va eng yuqori nuqtada. Narxlar eng yuqori nuqtada. Iste’molchilar o’z byudjetini qayta tuzishga intilmoqda.

Qisqartirish

Ushbu bosqichda iqtisodiy o’sish zaiflashadi. Yalpi ichki mahsulotning o’sishi 2 foizdan kamni tashkil qiladi va salbiy tomonga burilish iqtisodchilar retsessiya deb ataydi.

Turg’unlik to’xtaganiga ishonch hosil qilmaguncha, kompaniyalar yangi xodimlarni yollamaydilar. Qimmatli qog’ozlar investorlar sotishni boshlaganda pasayib borayotgan bozorga kirishadi.

Depressiya

Ushbu bosqichda iqtisodiyotning pastki qismi iloji boricha pastroq bo’ladi. Bu iqtisodiyot uchun salbiy to’yinganlik nuqtasidir. Milliy daromad va xarajatlarda katta tükenme mavjud.

Qayta tiklash

Ushbu bosqichda iqtisodiyot o’zgaradi va salbiy o’sish sur’atlaridan tiklana boshlaydi.

Shunga qaramay, talablar past narxlar tufayli o’sishni boshlaydi va taklif reaksiyaga kirishadi. Iqtisodiyot bandlik va investitsiyalarga nisbatan yaxshiroq munosabatni namoyish etadi.

Banklarda to’plangan naqd pul mablag’lari tufayli kreditlar ishlab chiqarish jarayoniga yangi investitsiyalarni keltirib chiqaradigan ijobiy belgilarni ko’rsatmoqda. Iqtisodiyot barqaror o’sish darajasiga qaytguniga qadar tiklanish davom etadi.

Biznes tsiklining sabablari

Kengayish

Iste’molchilar kelajakda yaxshi ish joylaridan daromad olishlarini, shuningdek, uyning qiymatlari yuqori bo’lishini va aktsiyalarning narxi oshishini bilishlari sababli ishonchli. Shuning uchun ular hozirgi paytda sotib olishadi

Talab oshgani sayin, kompaniyalar yangi ishchilarni yollaydilar, bu esa talabni yanada rag’batlantiradi. Ushbu talab narxlar ko’tarilishidan oldin sotib olishga undash orqali sog’lom inflyatsiyani keltirib chiqarishi mumkin.

Biroq, sog’lom kengayish to’satdan xavfli cho’qqiga aylanishi mumkin. Bu juda oz miqdordagi tovarlarni qidirishda juda ko’p pul bo’lganda sodir bo’ladi. Bu inflyatsiyani kuchayishiga yoki aktivlar qabariqiga olib kelishi mumkin.

Tepalik

Agar talab taklifdan ustun bo’lsa, unda iqtisodiyot haddan tashqari qizib ketishi mumkin. Investorlar va kompaniyalar qo’shimcha daromad olish uchun ko’proq tavakkal qilib, bozorni yutish uchun raqobatlashadi.

Haddan tashqari talabning yuqori kombinatsiyasi va yuqori riskli hosilalarni yaratish xavfli aktivlar pufakchalarini yaratishi mumkin.

Qisqartirish

Hodisalarning uch turi qisqarishni keltirib chiqaradi. Bu foiz stavkalarining tez o’sishi, moliyaviy inqiroz yoki qochqin inflyatsiya.

Qo’rquv va vahima ishonchni almashtiradi. Investorlar aktsiyalarni sotishadi va obligatsiyalar, oltin va qattiq valyutalarni sotib olishadi. Iste’molchilar ish joylarini yo’qotadilar, uylarini sotadilar va oddiy ehtiyojlardan boshqa narsani sotib olishni to’xtatadilar. Kompaniyalar ishchilarni ishdan bo’shatmoqda.

Depressiya – tiklanish

Iqtisodiyot yangi kengayish bosqichiga o’tishidan oldin iste’molchilar ishonchni tiklashlari kerak.

Bu ko’pincha hukumatning moliya yoki pul-kredit siyosatiga aralashuvini talab qiladi.

Iqtisodiy tsikl turlari

Kichik tsikl

Ushbu tsikl 1923 yilda ingliz iqtisodchisi Kitchin tomonidan mashhurlikka erishdi. Shuning uchun u qisqa Kitchin tsikli deb ham ataladi.

Ushbu iqtisodchi tadqiqot olib borganidan so’ng, biznes tsikli taxminan har o’ttiz-qirq oyda sodir bo’ladi degan xulosaga keldi.

Asosiy tsikl

Frantsuz iqtisodchisi Yugler bonanza davrlari va qiyinchiliklar odatda to’qqiz yarim yil davomida sodir bo’lganligini aytdi. U shuningdek, uzoq Jugler tsikli sifatida ham tanilgan.

Unda ta’kidlanishicha, ishbilarmonlik tsikli – bu ketma-ket inqirozlar orasidagi ishbilarmonlik faoliyatining tebranishi.

Juda uzoq muddatli tsikl

Bu 1925 yilda rus iqtisodchisi Kondratieff tomonidan taklif qilingan. U Kondratieff sikli deb ham ataladi.

Uning fikriga ko’ra, ellik yildan ortiq davom etadigan to’lqinlar davrlari ancha uzun.

Kuznet tsikli

Ushbu turdagi biznes tsiklni amerikalik iqtisodchi Simon Kuznet taklif qilgan.

Ularning yondashuvi shundan iboratki, tsiklning an’anaviy o’zgarishi odatda 7 yoshdan 11 yoshgacha bo’ladi va shu davr ichida ta’sir ko’rsatilishi mumkin.

Qurilish davrlari

Ushbu tsikllar Uorren va Pirson ismli ikkita amerikalik iqtisodchilar bilan bog’liq. Ular 1937 yilda nashr etilgan “Dunyo narxlari” va “Qurilish sanoati” kitoblarida o’z fikrlarini bildirishgan.

Uning fikriga ko’ra, biznes tsikli o’rtacha 18 yilda sodir bo’ladi va ushbu tsiklning qiymati binolarni qurish va sanoatni rivojlantirishga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.

Misol

Qo’shma Shtatlardagi iqtisodiy inqiroz

2008 yilgi tanazzul juda yoqimsiz edi, chunki 2008 yilning birinchi choragida iqtisodiyot tezda 2,3 foizga qisqargan. Ikkinchi chorakda 2,1 foiz tiklanganda, hamma retsessiya tugadi deb o’ylardi.

Shu bilan birga, uchinchi chorakda u yana 2,1 foizga qisqargan, to’rtinchi chorakda u 8.4 foizga tushib ketgan.

Iqtisodiyot 2009 yilning birinchi choragida shafqatsiz 4,4 foizga tushganda yana bir zarba berdi. Ishsizlik darajasi yanvarda 5% dan dekabrda 7,3% gacha o’sdi.

Depressiya 2009 yilning ikkinchi choragida ro’y berdi. Yalpi ichki mahsulot 0,6 foizga qisqargan va ishsizlik 9,5 foizga o’sgan.

Kengayishni boshlash

Kengayish bosqichi 2009 yilning uchinchi choragida YaIM 1,5 foizga o’sganida boshlandi. Bu AQShni tiklash va qayta investitsiya qilish to’g’risidagi qonuni tomonidan rag’batlantirish xarajatlari tufayli sodir bo’ldi. Biroq, ishsizlik darajasi yomonlashishda davom etdi va oktyabr oyida 10% ga etdi.

Kengayish bosqichidan to’rt yil o’tib, ishsizlik darajasi hali ham eng yuqori darajadagi 7% edi. Buning sababi, qisqarish bosqichi juda qiyin bo’lgan.

2008 yildagi tanazzuldan oldin eng yuqori cho’qqisi 2007 yilning uchinchi choragiga to’g’ri keldi, bu erda yalpi ichki mahsulot o’sishi 2,2 foizni tashkil etdi.

Adabiyotlar

  1. Kimberly Amadeo (2019). Ish davrining sabablari. Balans. Olingan: thebalance.com.
  2. Kimberly Amadeo (2018). Biznes tsikli nima? Balans. Olingan: thebalance.com.
  3. Biznes lug’ati (2019). Iqtisodiy tsikl. Olingan: businessdictionary.com.
  4. CFI (2019). Biznes tsikli nima? Olingan: Corporatefinanceinstitute.com.
  5. Anri Gitton (2019). Biznes tsikli. Britannica entsiklopediyasi. Olingan: britannica.com.
  6. Saqib Shayx (2019). Iqtisodiyotda biznes yoki savdo tsikllari: ma’nosi, ta’rifi va turlari. Iqtisodiyot muhokamasi. Olingan: iqtisodiydiscussion.net.

O`zbekistonning Biznes portali

Biznes,daromad,pul ishlash,shaxsiy rivojlanish haqidagi eng sara va to`liq ma`lumotlar.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Biznes re`jalar

Hayotda qo`llash mumkin bo`lgan samarali biznes rejalar va loyihalar to`plami.

Internetda pul ishlash haqida!

Internetda pul ishlashning barcha usullari sayt ochib pul ishlash,forex va binar optsionlari,aksiyalar,investitsiya sarmoya, You Tube da ishlash,Frilanser saytlarda ishlash,Sport stavkalari Bukmereklik faoliyati,CPA saytlarda ishlash,Google Adsense va boshqa internetda pul ishlashning strategiyalari.

Maktabda o`rgatilmagan bilimlar!

Maktabda o`rgatilmagan bilimlar! Insonning shaxsiy rivojlanishi,Biznesni rivojlantirish,Foylali ma`lumotlar va bilimlar.

Biznes rejalar

Biznes rejalar – buni ko`pincha o`z biznesini boshlamoqchi bo`lagan odamlar qidirishadi. Axir biznesreja yo`qmi biznes ham yo`q degani! O`z ishini yangi boshlayotganlar ko`pincha yangi biznes reja yoki yangiz biznes turini qidirishadi ammo eng yaxshi biznesreja bu oldin hech kim qilmagan biznes emas, balki natija foyda va daromad keltiradigan biznesrejadir.

Kichik biznes uchun biznes rejalar, katta kompaniya uchun biznesrejalar, katta va kichik shaharlar uchun biznes rejalar,qishloq xo`jaligi uchun biznesrejalar,o`z ishini endi boshlamoqchi bo`laganlar hamda ishlab yurganlar uchun biznes rejalar hammasi haqida batafsil ma`lumotni bizning Realbiznes.uz saytimizdan topasiz!

Agar siz foyda keltiradigan biznesni boshlamoqchi bo`lsangiz, faqat qidirish emas balki baholash ham kerak,ayniqsa o`z biznesingizni noldan boshlamoqchi bo`lsangiz va yangi biznes bilan shug`ullanmoqchi bo`lsangiz. Faqatgina tekshirib o`qib ko`rib o`rganib siz o`z biznesingizni kelgusida foyda keltirishini bilib olasiz. Biznesrejalarni osonlik bilan topish va ularni analiz qilish uchun siz boshqa tadbirkorlarni tajribasini o`qib o`rganishiz va o`zingiz uchun ilhomlanish manbaalarini topishingiz kerak-buning uchun Realbiznes.uz portali sizga yordam beradi!

O`z biznesingizni tanlashda omad tilaymiz BIZNES REJALAR >>>

Bo’limlar

  • Biznes rejalar
  • Bo’limsiz
  • Internetda pul ishlash
  • Investitsiya (sarmoya) haqida
  • Ishbilarmonlar hayotidan
  • Madaniy hordiq
  • Rivojlanish foydali bilimlar

Xizmatlar

Yangi maqolalar

  • Play Scratch Cards Sportsontheside.net
  • диплом магистра гознак24
  • Yobit Birjasidan 30$ dan bonus 28 Yanvargacha Airdrop
  • Сизнинг ҳаётингизни ўзгартириши мумкин бўлан 30 сония
  • Ҳозироқ сотиб олишга мажбур қилувчи 25 та ибора

Guruhimizga marhamat! 🙂

Internetdagi 1000$ ishlagan pulni oldik!

Investitsiya qilish

9 MILLION SO`M PUL ISHLANDI

Biznes rejalar

Biznes rejalar – buni ko`pincha o`z biznesini boshlamoqchi bo`lagan odamlar qidirishadi. Axir biznesreja yo`qmi biznes ham yo`q degani! O`z ishini yangi boshlayotganlar ko`pincha yangi biznes reja yoki yangiz biznes turini […]

Investitsiya

O`ylab ko`rdingizmi,nima uchun insonlar moddiy boylik tomondan ikki toifaga bo`linadi ? Biri: Har doim pul yetishmaslikdan qisilishadi : Oylikdan oylikga yashashadi: O`z yashash sharoitini yaxshilash imkoni yo`q: Har doim hayotdan […]

Rivojlanish

Rivojlanish – bugungi kunda ushbu tushuncha inson hayoti uchun juda ham zarur jarayonga aylandi. Sababi bu hayotda liderlar qatorida bo`lish uchun hamda orqada qolmaslik uchun «rivojlanish» kabi jarayon muhimdir. Biz biznes […]

Sayt haqida

Watch this video on YouTube Assalomu aleykum hurmatli portalimiz o`quvchisi! Vaholanki siz ushbu saytda ekansiz demak sizni biznes,internetda pul ishlash,shaxsiy rivojlanish,biznes boshlash,muvoffaqiyatga erishish,investitsiya va shularga o`xshash mavzular qiziqtiradi. Bu saytni […]

Xizmatlar

Saytimiz o`quvchilari,tadbirkorlar,hamda bo`lg`usi tadbirkorlarga qulay bo`lishi uchun “Xizmatlar” bo`limi tashkil etildi. Ushbu bo`limimizdan tushgan barcha mablag`-saytimizni rivojlantirish hamda konkurslar o`tkazganimizda ishtirokchilarga qimmatbaho sovrinlar olish uchun ishlatiladi! Xizmatlar bo`limiga o`tish >>> [. ]

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.