Buludxan xəlilov morfologiya
3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘ғrisidagi nazariyalar
morfologiya
Morfologik va sintaktik xususiyatlari [ tahrirlash ]
mor-fo-lo-gi-ya
Aytilishi [ tahrirlash ]
Etimologiyasi [ tahrirlash ]
yun. morphe — shakl + logos — taʼlimot
Maʼnoviy xususiyatlari [ tahrirlash ]
Maʼnosi [ tahrirlash ]
1 Odam, hayvonlar va oʻsimliklar organizmining shakli va tu-zilishini oʻrganadigan fanlar majmui. Eksperimenta,g ◆ morfologiya . Odam morfolo-giyasi. Usimlik poyasining morfologiya si. Bakteriya morfologiya si.
2 tlsh. Til tizimining bir soʻz doira-sida grammatik maʼnolarni ifodalash vo-sitalarini qamrab oluvchi qismi.
3 tlsh. Grammatikaning soʻz tuzilishi (tarkibi)ni, soʻz doirasida fammatik maʼ-nolarning ifodalanishini, soʻz oʻzgarti-ruvchi shakllarni, shuningdek, soʻzlarning soʻz turkumlari boʻyicha guruhlanishini oʻrganuvchi boʻlimi; soʻz shakllari haqidagi taʼlimot. ◆ Uzbek tili morfologiya si. Feʼl morfologiya si.
Buludxan xəlilov morfologiya
1.So‘zning morfologik strukturasi.
3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘ғrisidagi nazariyalar
Tayanch iboralar: morfologiya, so‘z turkumlari, mustaqil so‘zlar, yordamchi so‘zlar, ko‘makchilar, bo ғ lovchi, artikl’, predlog, yuklamalar, so‘zlarning analitik shakli, grammatik kategoriyalar, sintetik vositalar, analitik vositalar, agglyutinatsiya, xususiy ma`nolar, birlik va ko‘plik, sintetik grammatik kategoriyalar, analitik grammatik kategoriyalar, aralash grammatik kategoriyalar, kelishik kategoriyasi, egalik kategoriyasi, grammatik jins (rod) kategoriyasi, feminin turlar, maksulin turlar, neytral turlar, sintaktik vazifa, kelishik kategoriyasi, fe`l kategoriyalari, so‘z turkumlari, so‘z turkumlarining kategorial belgilari, strukturalistlar, so‘zlar distributsiyasi, so‘z tartibi, so‘zlarning gapdagi o‘rni, so‘z turkumlarining semantik, morfologik, sintaktik va so‘z yasalish belgilari, so‘zlarning analitik shakli, nominativ va ob`ektiv kelishik,so‘z nomlar .
1.So‘zning morfologik strukturasi.
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z turkumlari nazariyasi haqidagi ta`limdir. So‘zlarni so‘z turkumlariga ajratish nazariyasining printsiplari quyidagilar:
1. So‘z turkumlarining kategorial belgilari
2. So‘zlarini turkumlarga ajratish printsiplari
3. Turli tillarda so‘z turkumlari
Turkumlarga va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash orqali amalga oshiriladi.
Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holcha o‘rganib bo‘lmaydi. Tilshunoslik fanining rivojlanib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan.
Narsa, predmet va hodisalarni turkumlarga ajratish uchun ma`lum o‘lchovlar, shartlar, mezonlarga asoslanish kerak.
Bu muammoni echish tarixini hozirgi vaqtga kelib shartli ravishda uch asosiy etapga ajratish mumkin:
1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr
2. Strukturalizm davri
3. Strukturalizmdan keyingi, ya`ni hozirgi davr.
Birinchisi uch belgiga asoslanagan:
– so‘zlarning leksik ma`nosi
– so‘zlarning morfologik belgilari, ya`ni so‘zning grammatik shakli
– so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi.
Strukturalistlar esa so‘zlarni distributsiyasini asosga oldilar. So‘zning distributsiyasi deganda so‘zning chap va o‘ng tomondan aloqaga kirishi mumkin bo‘lgan hamma imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Amerika strukturalistlari ana shu qarashni-so‘zlar distributsiyasini tavsiya qildilar. Mas., CHarlz Frizning fikricha, ingliz tilida so‘zning ma`nosini bilmasdan, bu so‘zni gapda tutgan o‘rniga qarab, qaysi so‘z turkumiga kirishini aniq aytish mumkin. Bunda u ingliz tilidagi gaplarda so‘z tartibining qat`iy ekanligiga asoslanadi.
SHu tarzda u to‘rt mustaqil so‘z turkumini va o‘n beshta yordamchi so‘z turkumini aniqlaydi. Mana shu asosda CHarlz Friz ingliz tilida so‘z turkumi so‘zlarning gapda tutgan o‘rniga bo ғ liq, degan xulosaga keladi.
Bu tavsiyaning ma`lum qiyinchiliklari mavjud:
1.U hamma tillar uchun universal bo‘la olmaydi.
2.Mazmun inkor etiladi. Binobarin forma va mazmun dialektikasi buziladi.
So‘z turkumlarining kategorial belgilari quyidagilar:
1.So‘z turkumlarining semantik belgisi.
2.So‘z turkumlarining morfologik belgisi.
3.So‘z turkumlarining sintaktik belgisi.
4.So‘z yasalish belgisi.
So‘z turkumlarining semantik belgisi deganda, so‘zlarning konkret ma`nolari emas, balki uning umumlashgan ma`nosi nazarda tutiladi. Mas., uy, mars, yalpiz, do‘stlik, quyosh. Ularning har biri garchi konkret ma`nolarni anglatsa-da, bu printsipda umumiy ma`no, ularning predmetlik ma`nosi nazarda tutiladi. CHekmoq, o‘qimoq, yozmoq, turmoq so‘zlarining konkret ma`nolari har xil. Hammasiga xos bo‘lgan umumiy ma`no ish-harakatdir.
So‘z turkumlarining morfologik belgisi yoki morfologik xususiyati deganda, u yoki bu so‘zga xos bo‘lgan grammatik kategoriyalar, mazkur so‘zlarga xos forma yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi affiksal morfemalar tushuniladi (forma yasovchi-so‘z formalarini hosil qiluvchilar -lar, fe`l-yap; so‘z o‘zgartiruvchi-forma yasovchilarning sintaktik munosabat ifodalaydigan turi tushiniladi: s., kelishik affikslari, shaxs-son affikslari. Mas., qizil, katta, ishlamoq, etmoq, uy, daraxt so‘zlarini olamiz va ularga quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shib ko‘ramiz:
Hamma so‘z turkumlari gapda birday vazifa va miqdorda ishlatilmaydi. Otlar gapda barcha gap bo‘lagi vazifasida kelishi mumkin. Sifatlarning sintaktik vazifasi chegaralangan.
So‘zlarning gapda boshqa so‘zlar bilan birika olish imkoniyati ham sintaktik belgi hisoblanadi. Bunda semantik belgi asosiy rol o‘ynaydi.Mas., predmet, narsa-belgi-sifat–harakat-fe`l singari. Ana shularga qarab so‘zlar turkumlarga ajratiladi.
Har bir so‘z turkumining o‘ziga xos yasovchilari bor.
So‘z turkumlarining yuqorida qayd etilgan kategorial belgilari so‘z turkumlari nazariyasining birinchi printsiplarini tashkil qiladi. Misollar: rus tilida semantik belgi bilan bir qatorda morfologik belgi ham etakchidir. Xitoy tillari oilasiga kiruvchi tillarda, masalan, xitoy, vetnam tillarida affikslar yo‘q. O‘zbek tilida morfologik va semantik belgilardan keyin sintaktik belgilar hisobga olinadi.
2.Morfemika. So‘z yasalishining grammatika bilan boғliqligi (morfologiyada: ayniqsa, affiksatsiya yo‘li bilan yasalish; kategorial ko‘chish; sintaksisda: qo‘shma so‘z bilan so‘z birikmasi orasidagi munosabat va b.) uning tabiatidagi etakchi xususiyatlaridandir. Uzak va affikslarning analizi morfologiyada ham, so‘z yasalishida ham uchraydi, lekin bu ikki sohaning analizi-hodisaga qanday nuqtai nazardan yondashishi—har xil, shunday bo‘lsa ham, bari bir, har ikki soha uchun umumiy bo‘lgan hodisalar ham bor. SHunga ko‘ra, keyingi vaqtlarda bularni yoritishning yangi sxemalari paydo bo‘ldi: dastlab morfemalariing har ikki sohaga aloqador bo‘lgan tomonlari ayrim beriladi, bu ayrim qism morfemika deb ataladi, keyin so‘z yasalishi, undan keyin morfologiya bayon qilinadi. Bu yangi tartib ilmiy jihatdan puxta asoslangan bo‘lib, praktik tomondan ham afzalliklarga ega.
Morfemika so‘zning eng kichik ma`noli qismlari haqidagi ta`-limotdir. By kichik kismlar morfemalardir. Bu morfemalar turli ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. Masalan, ishla so‘zadagi -la elementi hayda so‘zida -da formasida kelgan (lekin hay-hayla fe`lida yana -la tusida qo‘llangan), hozir ajralmaydigan unda so‘zida ham aslda shu -da affiksi bor (un—ovoz). Bu -la va -da ko‘rinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir ko‘rinishi esa morf sanaladi. Demak, morfema morflarning yiғindisidir. Bu turli ko‘rinishdagi qismlar, morflar, bir-biriga nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol o‘zak morfemalarda ham uchraydi: tash-qi so‘zidagi tash elementi tish tusida ham uchraydi (chiq so‘zining kelib chiqishini eslang: tishiq — chiq). YAna: yuvmoq — yumoq (u ko‘ylakni yuvgan-yugan), to‘zғi-to‘zi (-ғi va -i), qo‘zғa va to‘zғi (-ғa va ғi), to‘zidi—to‘zғidi—to‘zғoq (to‘zi va to‘z, qo‘zi va qo‘z, qazi va qaz: qaziғan—qazgan), -gancha va -guncha (Bu formalar keyinroq differentsiatsiyaga uchragan), kuchuk uvladi—Bo‘ri ulidi (uv va u, -la va -li). Anglashiladiki, morfema deganimizda (o‘zak morfema ham, affiksal morfema ham), yuqoridagi kabi yaqin — o‘xshash morflarning yiғindisini ko‘zda tutamiz, shu har xil ko‘rinishlarning umumiy atalishini anglaymiz (lekin ma`lum morfologik modelga ko‘ra regulyar takrorlanadigan variantlar morf sanalmaydi). Morfema sostaviga ko‘ra, ko‘pincha, umumlashtirib aytganda, fonemalar kompleksidan, ba`zan bir fonemadan iborat bo‘ladi (har bir konkret ko‘rinishga nisbatan aytganimizda morf fonemadan iborat bo‘ladi), bir qancha so‘zlarda takrorlanadi, (bir xil ma`noda), muntazamlik xarakteriga ega bo‘ladi. Morflarning bir morfema sanalishi (-la va -da affikslarini eslang) ularning ma`no jihatidangina emas, balki formal tomondan (material-tovush tomonidan) ham yaqin-o‘xshash bo‘lishiga asoslanadi. Masalan, islamok va iskamoq fe`llaridagi -la va -ka yasovchi affikslarining semantik funktsiyasi bir xil, lekin bular orasida material yaqinlik-o‘xshashlik yo‘q, demak, bular sinonim affikslardir.
Morfemalar funktsiyasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqador. Affikslarning so‘z yasovchi affikslar (derivatsion affikslar. Bunday so‘z yasash derivatologiya deyiladi) va so‘z o‘zgartuvchilar (relyatsion affikslar) tusidagi klassifikatsiyasi shu holatga asoslanadi. Bu hodisa so‘z yasalishi (affiksal) bilan paradigmatika orasida formal o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi. Masalan, temir + chi (affiks orqali so‘z yasash)—temir+-ni (affiks orqali forma yasash: bir so‘zning formasini (keng ma`noda) hosil qilish). Ko‘rinadiki, «yasash» so‘zi har ikki ma`noda ham, umuman, hosil qilish (bir-biridan hosil qilish) ma`nosida umumiy nom bo‘lib qo‘llanadi. Bu so‘z: 1.uzum—uzum + ni, uzum+ga kabi hollarda so‘zning formasini hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Har bir so‘z ma`lum bir formada bo‘ladi (uzum—nol’ forma, uzumni—tushum kelishigi formasi va b.), u shu hamma formalarning jamini o‘z ichiga olgan, umumlashtirgan birlik sanaladi. Uning hamma ko‘rinishlari bir so‘zning turli formalari sanaladi. Bundagi affikslar (-ni, -ga, -dan kabi) sintaktik funktsiyani bajaradi: so‘zlarni bir-biriga boғlaydi, so‘zning qo‘shilmadagi—gapdagi va so‘z birikmasidagi—sintaktik vazifasini ko‘rsatadi. Demak, bu formalar orasidagi har xillik grammatik farqdir. Bundagi ma`no grammatik bo‘lib, so‘zning leksik ma`nosi o‘zgarmagan. 2. Uzum—uzum + chi, uzum+zor kabi hollarda yangi so‘z hosil qilish ma`nosida qo‘llanadi. Bunda affiks leksik funktsiyani bajaradi: yangi leksik birlik hosil qiladi. Bunda juft (affiks qo‘shilmagan holat bilan affiks qo‘shilgan holat: uzum—uzumchi) orasidagi farq semantik plandagi farqdir. Demak, bu o‘rinda affiksatsiya orqali tuғilgan ikki hodisani ko‘ramiz: 1. Affiks—yangi so‘z yasash vositasi (uzum + chi). 2. Affiks—so‘z formasi hosil qilish vositasi. «YAsash, yasama» so‘zlari bu hodisalarning hammasi uchun ham—«hosil qilish, tuғdirish, yaratish» kabi ma`nolarda qo‘llanadi, lekin termin sifatida yangi so‘z yaratish ma`nosi uchun xoslangan: yasama so‘z (yasama so‘zi —sifat), yasalma (yasalish natijasida hosil bo‘lgan so‘z — yasalma so‘z, yasalma termini — ot).
Har bir tilning yasama so‘zlari shu tildag i so‘z yasash modellari asosida yaratiladi. Masalan, bajaruvchi shaxs otlarining yasalish modellari: ot (o‘zak-iegiz) +chi affiksi (kran+chi), ot + soz (samolyotsoz); sifatning ma`lum turlarini yasashning modellarn: ot+li (bolali), fe`l + q (ochiq); qo‘shma otlarning yasalish modellari: ot + ot (non jiyda, qo‘l arra, qo‘l soat), sifat+ot (ko‘k qar-ғa); abstrakt ma`noli otlarning yasalish modellari: sifat + lik (yaxshilik, kattalik), ravish + lik (tezlik); natija otlarining yasalish modellari: fe`l+m (to‘plam, boғlam), fe`l + n (tugun, bo‘ғin) va b.
So‘z yasash modellari, umuman, hosil qilish, yaratish sxemasi — andazasi ma`nosidagi umumlashgan, abstrakt hodisadir. Buning ayrim xususiyatlari: 1) yasalish modeli bir xil bo‘lgan so‘zlar struktura va ma`no tomonidan o‘xshash bo‘ladi; 2) so‘z yasash modellarining unumli yo unumsiz bo‘lishi uning—shu strukturadagi mo delning yangi yasalma hosil qilish yo hosil qilmasligidandir. Masalan, qo‘shma so‘zning sifat+ot, ot+ot modellari unumli, uning izofa bilan hosil bo‘lishi (fasli bahor tusida) unumsiz: ko‘shma so‘z hosil qilmaydi; 3) model’ so‘zi abstrakt tushunchani bildiradi, lekin juda umumiylik va nisbatan umumiylik holatlariga qarab, uning sostavidagi elementlar ham turli tusga kiradi. Masalan, yasama so‘z hosil qilishning modellari: o‘zak+ suffiks, prefiks+o‘zak, lekin buning nisbatan aniq turlari haqida gapirganimizda, modelning qismlari ham shunga mos nomlardan bo‘ladi; ish otlari yasashning modellari: fe`l+q (suvoq, chopiq), fe`l+m (terim, o‘rim); qo‘shma so‘z hosil qilishning modeli: so‘z+so‘z, qo‘shma otlarning modellari: ot+ot, sifat+ot, son+ot va b. Qo‘shma so‘zning modellari so‘z birikmasining modellariga o‘xshaydi, lekin ularning hamma turi ham o‘xshash bo‘la bermaydi. Ko‘rinadiki, so‘z yasash modeli yasama so‘zning tuzilishi sxemasi, demak, bu sxema so‘z yasash sxemasidir. U so‘zning yasalish strukturasini tekshirishning umumlashtirilishidan tuғilgan: so‘zning yasalish strukturasini aniqlash bilan umumlashtirish natijasida so‘z yasash modellari belgilanadi, bu modellar tilning so‘z yasalish sistemasini tashkil qiladi.
Har bir yasalmaning asosida boshqa so‘z yotadi («falon so‘z falon so‘zdan yasalgan») va bu yasalish ma`lum modelga ko‘ra biror yo‘l, usul bilan yuzaga kelgan bo‘ladi. Demak, har bir yasalishda ikki elementning munosabati bor: yasashga asos bo‘lgan so‘z va yasalib chiqqan so‘z (yasashga asos bo‘lgan element mustaqil holida ayrim so‘z, lekin yasalmaga asos bo‘lgach – undan yangi so‘z yasalgach— so‘zning qismi: o‘zak yoki negiz). YAsalmadagi bu ikki element tashqi va ichki tomonlardan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu munosabatning xususiyatlari:
So‘z yasalishining, yasama so‘zning, binarlik (ikki qismdan iborat bo‘lish) holati, binar oppozitsiya tusida bo‘lishi, unda ikki elementning aloqador ekanligini ko‘rsatadi: yasama so‘z (mahsul) va uning yasovchisi (yasalishiga asos bo‘lgan element). Masalan, sutchi (sutchi so‘zi sut so‘zidan yasalgan, -chi morfemasi yasovchi affiksi bo‘lib, yasashning vositasi bo‘lib kelgan). Binar konstruktsiyadagi bu qismlar bir xil o‘zakli — bir o‘zakdan bo‘ladi. Demak, o‘zak o‘sha elementlarning umumiy qismi sanaladi: qiyoslanayotgan elementlarning (yasama so‘zning yoki qarindosh so‘zlarning) umumiy — o‘xshash qismi. YAsalmadagi ikki element semantik jihatdan ham, formal (tashqi) jihatdan ham aloqador: shu tomonlar yasalganlikning ko‘rsatkichidir (busiz yasalmalik munosabati bo‘lmaydi): a) so‘zning formal strukturasi murakkablashadi (kengayadi: yasovchi element yasalmaga nisbatan sodda bo‘ladi: ish — ishchi): bu yasalganlikning tashqi tomoni; b) ma`nosi ham murakkablashadi. Masalan, o‘roq, yasalmasi o‘z yasovchi so‘ziga («o‘r»ga) nisbatan ikki tomonlama murakkabdir. Lekin konversiyada formal murakkablashish ma`lum bir tashqi — material ko‘rsatkich orqali kengayish — uzayish tusida emas, balki kategorial o‘zgarish tusida bo‘ladi.
Ko‘rinadiki, yasalgan so‘z bilan yasovchi so‘z o‘zaro yasalmalik munosabati bilan boғlangan bo‘ladi: bularning aloqasi so‘z yasash munosabati sanaladi. Bu elementlar orasidagi semantik aloqa sezilmas holga kelsa, orada so‘z yasash munosabati bo‘lmaydi, yasama so‘z tub so‘zga aylanadi (soddalanish hodisasi). So‘z yasalish strukturasi deganda, shu ikki element orasidagi formal va semantik munosabatlarning birgaligini, yiғindisini tushunamiz. YAsama so‘zning ma`nosi yasovchi so‘zning ma`nosiga asoslanadi: yasalma o‘zakning ma`nosini rivojlantiradi, o‘shandan kelib chiqadi: O‘roq yasalmasining ma`nosi o‘rish harakati bilan asoslanadi (motivlanadi). SHunga ko‘ra: birinchi element asoslovchi (motivlovchi), ikkinchi element asoslanuvchi (motivlanuvchi), ikkala elementning orasidagi munosabat motivatsiya (motivlash, asoslash) munosabati sanaladi. Demak, «motivlangan» so‘zi «yasalgan» degan ma`noni talqin qiladi. «Motivlovchi» esa «shunga asos bo‘lgan, shuni yaratuvchi» degan ma`nodir. SHuning uchun ham yasama so‘zning ma`nosi, kelib chiqishi aniq sezilib turadi (motivlovchi orqali: ko‘chgan ma`nodagi so‘zning asl ma`nodagi so‘z orqali sezilib turgani kabi. Masalan, «mard» ma`nosidagi xo‘roz so‘zi «petux» ma`nosidagi xo‘roz so‘zidan— (shuning yasalmasi), lekin tub so‘zning ma`nosi bunda.y emas: yasama so‘zlardagi motiv — sostavidagi qismlarni va qarindosh so‘zlarni choғishtirib aniqlash — bunda yo‘q. SHuning uchun tub so‘zlarning juda kami genetik jihatdan (tarixiy-etimologik tekshirishlar orqali) aniqlangan bo‘ladi: yasamaligi belgilanadi.
«So‘zning ma`nosi uning sostavidagi qismlarning semantik xususiyatlari bilan boғliq» degan fikr hamma vaqt ham shu qismlarning ma`nosi yiғilib, o‘sha so‘zning ma`nosini hosil qiladi, shunga teng bo‘ladi, degan mazmunpi anglata bermaydi. Bunda ikki-holat bor: 1. YAsalmaning ma`nosi ko‘pincha, qismlarining ma`nosidan tuғiladi (suvoq, suvoqchi, suvoqchilik kabi). 2. YAsalmanint ma`nosi, ba`zan, qismlardan anglashilgan ma`nolarning yiғindisidan boshqacha bo‘ladi. Masalan, andavalamoq (andava+la) so‘zining xas-po‘shlash ma`nosi qismlarning asl ma`nosidan boshqa: bunda ideomativlik bor (bu hodisa yasovchi so‘zda yo‘q). YAna: qo‘lqop (choғishtiring: shakar qop), temirchi (ezma ma`nosida), ninachi (juda «mayda» odam: «ikir-chikir»larigacha e`tibor beradigan odam). YAna: o‘q ilon, it uzum, it qovun. Bu misollar yasalmaning, asl so‘z yasalish ma`nosini saqlash bilan birga, yana boshqacha – o‘zakda bo‘lmagan mazmunga ham ega bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Ba`zan buning aksiga o‘xshaganroq holni ko‘ramiz: yasovchi so‘z ko‘p ma`noli bo‘lganda, yasalmada, odatda, uning o‘sha holati, hamma ma`nosi saqlanmaydi. Masalan, ko‘p formasidagi element a) fe`l ko‘pmoq: xamir ko‘pdi, bo‘rtib chiqmoq, b) ruscha «mnogo» ma`nosidagi so‘z. Bundan -chi affiksi orqali so‘z yasaganimizda (ko‘pchimoq), uning «mnogo» ma`nosi saqlangan.
Tub so‘z motivga ega bo‘lmaganligidan, u predmet, hodisa va boshqalarni bevosita anglatadi, yasama so‘z motivlangan so‘z bo‘lib, u vosita orqali anglatadi. Misollar: tuz, suv, taramoq, oq — tuzluq (tuz orqali anglanadi), suvchi (suv orqali), taroq (tarash harakati orqali), oqarmoq (rang-tus orqali). Demak, biror so‘zni yasama sanash uchun semantik k o rrelyatsiya bo‘lishi shart.
Taroqchi so‘zi taroq so‘zidan yasalga n , bunda yasovchi so‘zning o‘zi ham aslda yasama (taroq elementi — nisbiy: yakka holda — yasama so‘z, taroqchi so‘zining sostavida — yasovchi so‘z). Demak, bunday so‘zlarda derivatsiya (yasalganlik) darajali — bosqichli bo‘ladi: birinchi derivatsiya (taroq), ikkinchi derivatsiya (taroqchi); uchinchi derivatsiya (taroqchilik). Bularning birinchisi — tub so‘zdan (o‘zakdan) yasash, ikkinchisi — yasama so‘zdan (negizdan) yasash, uchinchisi — ikkinchi yasalmadan (negizdan hosil bo‘lgan negizdan) yasash. Bunda: taroqchi — birinchi («birlamchi») negizdan yasash, taroqchilik — ikkinchi («ikkilamchi») negizdan yasash. So‘zning yasamaligini belgilashda eng keyingi yasalish hisobga olinadi: bichiqchi.shk (bichiqchi so‘zidan yasalgan: bichiqchi+lik), bichiqchi (bichiq so‘zidan yasalgan: bichiq+chi), bichiq (bich so‘zidan yasalgan: bich+iq), bich (yasalmagan: tub so‘z, o‘zak so‘z). Demak, har gal — bir harakat, bir yasalish: har gal — bir munosabat (yasovchi va yasalma orasidagi munosabat — so‘z yasash munosabati). Bu yasalish tizmasi o‘z qonuniyatlariga, izchillikka ega («bichiqchilik so‘zi bich so‘zidan yasalgan» deb bo‘lmaydi). Lekin bunday yasalish tizmasida ham dastlabki elementning (tub so‘zning) ma`nosi (taramoq, bichmoq) oxirgacha sezilib — boғlanib borishi shart. Qaerda bu boғlanish uzilsa (sezilmas holga kelgan bo‘lsa), o‘sha erda so‘z yasalish aloqasi ham yo‘qoladi.
«Bu so‘z qanday yasalgan?» degan so‘roq har gal bir butun, yaxlit so‘zni, bir protsessni ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘qimachi so‘zidan yasalgan: to‘qimachi+lik»), «bu so‘z qanday morfemalardan iborat?» so‘roғi esa, so‘z yasash analizini emas, balki morfematik analizni ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘rt morfemadan iborat: to‘qi+ma+chi+lik: to‘qi — o‘zak morfema, qolganlari — affiksal morfemalar»).
So‘zning morfologik qismlarga bo‘linishi so‘z yasashga ham, so‘zning formasini yasashga ham aloqador: ikkalasida ham hosil qilish yo‘li (affiksatsiya) va vositasi bir xil. Lekin so‘zning strukturasini o‘rganish —uni qismlarga bo‘lish ikki xil: morfologik analiz va so‘z yasash analizi. Morfologik analiz (morfematik analiz deb ham yuritiladi) so‘zning morfologik strukturasini — morfema sostavini aniqlaydi, shunga ko‘ra u morfema analizi deb ham yuritiladi. Bundagi ikki qismga bo‘linish xususiyati «o‘zak va affiks» tusidagi grammatik zidlik holatidir. So‘z yasash analizi so‘zning yasalish strukturasini — yasama so‘zning strukturasini aniqlaydi. Bunda: yasovchi va yasalma, bu ikki qism orasidagi semantik-morfologik munosabat belgilanadi. Masalan, yaxshilik (yaxshi — yasovchi so‘z, yaxshilik — yasalma). Bu affiks orqali, affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. Demak, bu so‘z o‘zak va affiksning munosabatga kirishishi bilan hosil bo‘lgan. Bunday yasashni derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+affiks: no-tinchlik. Bunda affiks derivator sanaladi.
3.So‘z turkumlarining tasnifi va ular to‘ғrisidagi nazariyalar. So‘z turkumlari nazariyasining ikkinchi printsipi so‘zlarni turkumlarga ajratish printsipidir. Bu ham birinchi printsipga asoslanadi. So‘z turkumlari dastlab ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlar.
Mustaqil so‘zlar ma`lum tushuncha ifoda qilib, biror predmet, belgi, harakat nomini ataydi, gapda biror gap bo‘lagi bo‘lib keladi. YOrdamchi so‘zlar tushuncha ifoda etmaydi, ular faqat grammatik ma`no ifoda qilib, gapda so‘zning o‘zaro munosabatini o‘rganishga xizmat qiladi. Bularning ba`zilari so‘zlarning analitik formasini hosil qiladi. (mas., uyga qadar, ukam uchun, aytib ko‘r).
Mustaqil so‘zlar ichida olmoshlar bir qancha xususiyati bilan farq qiladi.Ular narsa va predmetlarni bevosita atamay, bilvosita anglatadi. Ularni odatda faqat vazifasiga qarab turkumlaydi.
So‘zlarni turkumlarga ajratishda eng avvalo so‘z – nomlar ko‘zda tutiladi. Ot va fe`l asosiy so‘z turkumlaridir.
Ot semantik jihatdan predmetlik tushunchasini ifoda qiladi. Morfologik jihatdan egalik, kelishik, son kategoriyalariga, kichraytirish, erkalash, hurmat kabi formalarga ega. Sintaktik jihatdan gapda ega, kesim va ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lib kela oladi. So‘z yasalishi jihatdan turli tip va modellarga ega. Fe`l semantik belgisiga ko‘ra ish-harakat va holatni ifoda qiladi. Morfologik jihatdan zamon, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, shaxs-son kabi grammatik kategoriyalarga ega. Sintaktik jihatdan fe`l – kesim uchun eng mos turkum. So‘z yasalishiga ko‘ra turli so‘z yasalish tiplari va modellari mavjud.
So‘z-nomlarga sifat, son, ravishlar ham kiradi. Bular semantik, morfologik, sintaktik so‘z yasalish belgilariga ko‘ra o‘zaro farq qiladi.
YOrdamchi so‘zlarga ko‘makchi, predlog, bo ғ lovchi, artikllar kiradi. Bulardan tashqari modal va taqlid so‘zlar ham ajratiladi.
Mustaqil so‘zlar: ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish; yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, predlog, bo ғ lovchi, artekl’ kabilar.
Turli tillarda so‘z turkumlarining mavjudligi ularning universal ekanligidan dalolat beradi.
So‘z turkumlari turli tillarda umumiylikdan tashqari, har bir tilda o‘ziga xos grammatik formalarga ega bo‘ladi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.