GEOGRAFIYA DARSLARIDA FINLANDIYA TA’LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»
Bu metod o’quvchilarning mashg`ulotlar jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag`batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g`oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish, yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yechishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. «Fikriy hujum» metodi. A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg`ulot (bahs)ning xar bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag`batlantirishdan iboratdir. Bundan ko’zlangan maqsad ta’lim oluvchilarning mashg`ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog`liq bo’ladi. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog`ida ta’lim oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg`ulot bir soat tashkil etilishi mumkin.
Geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasi
ANNOTASIYA
Ushbu malaka ishida “Geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasi” yoritilgan bo’lib, kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati, ilovalardan iborat.
Malaka ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari yoritilgan. Asosiy qismda gеоgrafiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarining o‘rni va rоli, geografik o‘quv sayyohatlariga tayyorgarlik ko‘rish va geografik o‘quv sayyohati uchun zarur bo‘lgan jihozlar va vositalar, umumiy tabiiy gеografik o‘quv sayyohatlarni tashkil etish, maxsus tabiiy gеografik o‘quv sayyohatlari tashkil etish hamda o‘quvchilarda geografik tasavvurlarni shakllantirish metodlari yoritilgan.
Mavzu yuzasidan xulosa va tavsiyalar berilgan, foydalangan adabiyotlar ro’yxati va ilovalar taqdim etilgan.
Malaka ishining dolzarbligi. Tabiiy geografik о‘quv sayyohatlar-bu
o‘qitishning ko‘rinishini ta’minlaydigan sinfdan tashqari ishlarning bir shakli. O‘quvchilarning sinfda olgan nazariy bilimlarini amalda kuzatib mustahkamlash uchun muhim bosqich hisoblanadi. Shu boisdan o‘quv sayyohatni o‘quv jarayonining ajralmas qismi sifatida bilamiz. Uni yuqori sa’viyada o‘tkazish o‘quvchilarning tabiiy geografiyaning boshlang’ich kursi (5-sinf), materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf), O‘rta Osiyo va Ozbekistonning tabiiy geografiyasi (7-sinf)lar bo‘yicha fan haqidagi tushuncha va ko‘nikmalarining mukammalashtirish bilan teng, deya anglash mumkin.
O‘quv sayyohati o‘quvchilarning qiziqishini, diqqatini, ahloqiy va estetik munosabatlarini tarbiyalaydi. Bu esa insonning dunyoqarashini kengaytirib Vatanparvarlik, axloq va umuman shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning darslarda olgan bilim, malakalarini notanish vaziyatlarda qo‘llay olishi uchun kompitensiyalari shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-son qarori va 2017 yil 6 aprelida “ Ta’lim to‘g‘risida ”gi va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida ”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida qabul qilingan, “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g’risida” gi 187-son qarorlari bilan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan umumta’lim fanlari bo‘yicha “Davlat ta’lim standarti” tasdiqlandi.
- jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;
- o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.
Malaka ishining maqsadi: Umumta’lim maktablari geografiya darslarida tabiiy geografik o‘quv sayyohatlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar hamda metodikasini ishlab chiqish.
- mavzuga oid ilmiy-metodik adabiyotarni to`plash va tahlil qilish;
- geografiya darslarida tabiiy o‘quv sayyohatlarini tashkil etish orqali kompetensiyaviy yondashuv mohiyatini izohlash;
- geografiya darslarida tabiiy geografik о‘quv sayyohatlarni tashkil etish metodikasini o‘rganish va foydalanish.
O‘quv sayyohatlari umumta’lim maktablari ta’limiy-tarbiyaviyada katta o‘rin tutadi.
O‘quv sayyohatlarida yil davomida olingan bilimlar mustahkamlanadi va tabiatda va ishlab chiqarishda mustaqil tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalari shakillantiriladi.
O‘quv sayyohatlari maktablarda bahorda va kuzda olib o‘tkaziladi. Ularning asosiy qismi tabiatga 1-sayyohat ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriladi.
Geografiya darslarida o‘quv sayyohatlarini tashlik etishning asosiy maqsadi maktabda olingan gеografik bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash va maktabdan va sinfdan tashqari ishlarda kuzatishlar olib borish ko‘nikmalarini shakillantirishdir.
Mazkur maqsadlardan kеlib chiqqan holda o‘quv sayyohatlarining asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
1. Joyda rеja olish va xaritalar bilan ishlash bo‘yicha olingan bilimlarni yanada chuqurlashtirish va dala, ya’ni tabiiy sharoitda topografik va kartografik ishlarini olib borish ko‘nikmalarini shakillantirish.
2. Astranomik bilimlarni yanada chuqurlashtirish va osmon jismlari oy, sayyoralar va yulduzlarni (katta va kichik ayiq, qutb yulduzlarini aniqlash va ularga qarab mo‘ljal olish ko‘nikmalarini shakillantirish;)
3. Joyning rеlyеfini o‘rganish va rеlyеf to‘g’risidagi bilimlar va ko‘nikmalarni yanada chuqurlashtirish hamda dalada mustaqil ravishda relyefning asosiy turlarini o‘rganish ko‘nikmalari shakillantiriladi. Bundan tashqari relyef hosil qiluvchi omillarning o‘rganish usullari bilan tanishtiradi.
4. Joyning gеografik tizimini o‘rganish mеtodikasi bilan tanishtirish.
5. Ob-havoni kuzatish va suv havzalarini o‘rganish ko‘nikmalarini shakillantirish. O‘quvchilar ob-havo turlarini aniqlay olishlari lozim.
6. Joyning tuproq qoplamini o‘rganish va asosiy tuproq turlarini aniqlash ko‘nikmalarini shakillantirish
7. Joyning o‘simlik qoplamini o‘rganish usullari bilan tanishtirish. O‘simliklarni qavatlarga (yaruslarga) bo‘lib o‘rganish ko‘nikmasini shakillantirish.
8. Hayvonot dunyosini o‘rganish ko‘nikmalarini shakillantirish.
9. Landshaftlarni ajratish ko‘nikmalarini shakillantirish.
10. Korxonani o‘rganish ko‘nikmasini shakillantirish.
Dеmak mazkur vazifani bajarish davomida o‘quvchilarning olgan gеografik bilimlari va ko‘nikmalari yanada chuqurlashadi ularda tabiatni va tabiiy gеografik jarayonlarni o‘rganish va kuzatish tajribalariga va ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Bu esa kеyingi sinflardagi gеografik bilimlarni o‘zlashtirishda juda katta zamin yaratadi.
O‘quv sayyohatlari tabiiy gеografiya kurslari (5-7) bo‘yicha 4-marta uyushtiriladi, iqtisodiy va ijtimoiy gеografiya kursi bo‘yicha 1-marta ishlab chiqarish korxonasiga uyushtiriladi.
O‘quv sayyohatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
– tabiiy gеografik o‘quv sayyohatlari;
– iqtisodiy va ijtimoiy gеografik o‘quv sayyohatlari;
– o‘lkashunoslik o‘quv sayyohatlari;
– maxsus o‘quv sayyohatlari (gеografik, bеogеografik, mеtеorologik va h.k.
- jismoniy va geografik nuqtai nazardan xilma-xil bo’lishi;
- o‘rganish uchun qulay relyefga, tuproq va o’simlik qoplamining xilma-xilligiga va suv havzalarining mavjudligiga ega bo‘lishi kerak.
O‘lkashunoslik o‘quv sayyohatlari sifatida esa tarixiy ob’ektlarga , shaharning diqqatga sazovor joylariga amalga oshirilsa bo‘ladi.
O‘quv sayyohatlari turi va o‘tkazilish joyini gеografiya o‘qituvchisi tanlaydi.
Tabiiy gеografiya o‘quv sayyohatlarining asosiy maqsadi o‘quvchilarni maktabda olgan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Tabiiy gеografik kuzatishlar olib borish tajribasiga ega bo‘lishadi.
Iqtisodiy gеografik o‘quv sayyohatlaridavomida o‘quvchilar ishlab chiqarish jarayonini o‘rganishadi va sanoat gеografiyasi xaqida bilim va ko‘nikmalari kеngaytiriladi.
O‘lkashunoslik bo‘yichao‘quv sayyohatlari davomida o‘quvchlar o‘lkani tabiati, boyliklari, xo‘jaligi, madaniy-tarixiy yodgorliklarini o‘rganishadi va tеgishli ma’lumotlar yig’iladi.
2. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TABIIY GEOGRAFIK SAYYOHATLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
Ta’limni tashkil qilishning xilma-xil shakllari ichida sayyohatning ahamiyati katta. Ekskursiya lotincha-exsichcho-(ekskurro) so‘zidan olingan bo‘lib, yugurib chiqaman degan ma’noni anglatadi. O‘quv sayyohat ta’lim tarbiya ishlarining bir turi bo‘lib, o‘rganilayotgan ob’ektni uning turgan joyida bevosita ko‘rib,idrok etish asosida o‘tkaziladi.
O‘quv sayyohat quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
1. Ob’ektni bevosita ko‘z bilan ko‘rib o‘rganiladi va o‘zlashtiriladi
2. Maktab xududidan chiqib ketish talab qilinadi
3. O‘raganilayotgan buyum yoki ob’ektni uning turgan joyida tekshirish talab qilinadi
4. Bironta fan geografiyadek sayyohatga muhtoj emas
5. O‘quv sayyohatlariga olib borish geografik tasavvur va tushunchalar hosil qilishda eng muhim vosita hisoblanadi.
Maktabda o‘quv sayyohatini uyushtirishda talay muammolar mavjud. Bular:
1. Maktab qat’iy o‘quv jadvali asosida ishlaydi. Shu tufayli 40 minutlik dars jarayonida o‘quvchilarni sayyohatga olib chiqish ancha murakkablik qiladi. Shu tufayli o‘quv sayyohat uyushtirilishi oldindan rejalashtirilishi zarur.
2.O‘quv sayyohat darsga qaraganda murakkab bo‘lib, uni uyushtirish uchun aksariyat o‘qituvchida bilim va ko‘nikma yetishmaydi. O‘qituvchi dastlab o‘quv sayyohati qonun qoidalari bilan tanishgan va sayyohat bo‘yicha adabiyotlarni ko‘zda kechirishi kerak.
3. O‘quv sayyohati uyushtirish uchun zarur asbob-uskunalar yetishmaydi.
4. O‘quv sayyohati jarayonida tartib intizom saqlash sinfdagidan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi.
5. O‘quv sayyohatiga borish uchun havo ochiq kunlarini tanlash va h.k.
O‘quv sayyohatining quruq kitobxonlik va rasmiyatchilikni bartaraf qilishda ahamiyati cheksiz. O‘quv sayyohati o‘quvchilar faoliyatini kuchaytiradi, ularni tetik va xushchaqchaq qiladi. O‘quv sayyohat o‘qituvchi va o‘quvchini bir-biriga yaqinlashtiradi, do‘stlikni mustahkamlaydi. O‘quv sayyohati o‘quvchilarni turmushga yaqinlashtiradi. Real dunyoni, ob’ektiv hodisalarni aloqasi va o‘zaro bog’liqligini ilmiy ravishda tekshirishga o‘rgatib ko‘nikma va malakalar hosil qiladi. Eng muhimi o‘quv sayyohati o‘quvchilarni turmush kitobini o‘qishga o‘rgatadi. O‘quv sayyohati o‘quvchilarda mehnat, ekologik va iqtisodiy tarbiya asoslarini ham shakllantirishga yordam beradi. O‘quv sayyohati mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Ko‘rsatib borishni maqsad qilib boriladigan sayyohat. Bunda oby’ekt o‘quvchilarga tushuntiriladi. Masalan, ohak koniga, g’isht zavodiga sayyohat va h.k.
2. Tasviriy sayyohat. Sayyohatga borilgan joydagi ob’ekt tasvirlanadi. Masalan: daryolar, ko‘llar, botqoqliklar va h.k.
3. Tekshirish yoki tadqiqot sayyohati. Bunda o‘quvchilar tekshirish bilan bog‘liq masalalarni o‘quvchilar kuchlari yetguncha mustaqil ravishda bajaradilar. Masalan, ekologik muammolar, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi, tannarx, masalalari va hakozo.
O‘qituvchi o‘quv sayyohatiga tayyorlanishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak.
a) O‘quv sayyohati uyushtiriladigan ob’ektni tanlash.
b) O‘quv sayyohati mazmuni va marshrutini belgilash.
v) O‘quv sayyohatiga o‘quvchilarni tayyorlash.
Tabiiy va iqtisodiy geografiyada sayyohat uyushtirish bir-biriga o‘xshaydi. Har ikkala O‘quv sayyohatida ham uni uyushtirish rejasi quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1. Oy, kun, sinf. (26.03.2021 yil 8-9-sinflar)
2. O‘quv sayyohati mavzusi. Masalan:Mavzu Yengil sanoat
3. O‘quv sayyohati maqsadi. O‘zbekistonning yengill sanoat korxonalari bilan tanishish
4. O‘quv sayyohati o‘tkaziladigan joy va ko‘zdan kechiriladigan obektlar. Maktab atrofidagi xususiy tikuvchilik korxonasiga yoki Toshkent shahridagi To‘qimachilik Institutiga
5. O‘quv sayyohati uchun zarur asboblar. Daftar, ruchka, chizg’ich, o‘chirg’ich, yengil sanoat mahsulotlari
6 O‘quv sayyohatini o‘tkazilishi (borish, kelish ko‘zdan kechiriladi).
7. O‘quv sayyohatiga yig’ilgan materiallarni tartibga solish.
8. O‘lkani o‘rganish ekspozitsiyasini yig’ilgan materiallar bilan boyitish.
9. Devoriy gazeta uchun o‘quv sayyohati haqida maqola yozish.
O‘quv sayyohati mavzuni o‘rganishdan oldin ham, mavzuni o‘tib bo‘lgandan keyin ham uyushtirilishi mumkin. Agar o‘quv sayyohati mavzuni o‘rganishdan oldin amalga oshirilsa, uning asosiy maqsadi geografik tushunchalarni shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan tasavvurlarni hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Mavzu o‘rganib bo‘lgandan keyingi o‘quv sayyohatlarning maqsadi esa o‘quvchilarda egallagan bilimlarni yanada oydinlashtirish mustahkamlash va zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ammo tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, geografiya ta’limida ko‘proq aralash shakldagi o‘quv sayyohatlar qo‘llaniladi. Bunday o‘quv sayyohatlarda o‘qituvchilar takrorlash, mustahkamlash, tadqiqot ishlarini o‘tkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va zarur xollarda yangi bilimlarga ega bo‘ladilar.
O‘quv sayyohatlarini uyushtirish bir necha bosqichlardan.
Bular: Tayyorgarlik, o‘quv sayyohatini uyushtirish, sayyohatni yakunlash, yig’ilgan materiallarni kayta ishlash, yig’ilgan materiallardan darslarda foydalanish kabilardan iborat bo‘ladi.
O‘quvchilar bilan tog’ yonbag’riga o‘quv sayyohati davomida yurish tezligi o‘qituvchi (o‘qituvchilar) tomonidan manzilning uzoq-yaqinligiga mos ravishda belgilanadi. Qanday bo‘lganda ham safar davomida piyoda yurish iloji boricha bir xil tezlikda amalga oshirilmog’i lozim. Chunki bu tadbir nafas olish maromining buzilmasligini, yurak urish tezligining o‘zgarmasligini va pirovardida safar qatnashchilarining tezda toliqmasligini ta’minlaydi. Uncha baland bo‘lmagan tog’ yoki adirlar bo‘ylab yurish tezligi o‘rtacha holatda, ya’ni soatiga 2-3 km. ni tashkil qilmog’i lozim. Safar davomida qisqa muddatlarda dam olish yo‘lning tik yoki yotiq yonbag’ir bo‘ylab o‘tganligi, murakkab (qiya, jarlangan notekis yonbag’ir va h.k.) balki birmuncha sodda sharoit bilan bog’langanligiga bog’liq. Bunday holatlarda, hamda o‘quvchilarning yo‘lda yurish uchun lozim bo‘lgan jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, har 25-30 minut davomida 8-10 daqiqa dam olish maqsadga muvofiq.
Tik yonbag’ir bo‘ylab ko‘tarilayotganda esa odatda ma’lum manzilga yetgunga qadar dam olmasdan, bir me’yorda qadam tashlab, egri-bugri (ilon izi yoki zigzak usuli) yo‘l solib yurish erta toliqishning oldini oladi. Chunki dam olmasdan bir me’yorda qadam tashlash yurakning mo‘’tadil ishlashini ta’minlaydi va natijada organizm tez charchamaydi. Aksincha tez-tez dam olish esa yurakning bir me’yorda ishlash ritmini buzadi va organizm tez toliqadi.
So‘qmoqlar bo‘ylab yurishda ham ma’lum tartibni buzmasdan, shoshilmasdan qadam tashlash lozim bo‘ladi. Odatda so‘qmoq bo‘ylab bir qator hosil qilib, ya’ni tizilgan holda, har-bir o‘quvchi oralig’ida 2-3 m masofani qoldirib yurish havfsizlikni ta’minlaydi. Chunki yo‘l bo‘ylab uchrovchi tikanakli butalar, zaharli giyohlar, tosh to‘siqlarning uchrashi tog’ sharoitida odatiy hol. Bunday sharoitda kerakli 2-3 m masofani saqlamaslik ko‘ngilsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birgalikda safar qatnashchilari harakat davomida shovqin solmasliklari, ko‘p gapirmasliklari (ko‘p gapirish organizmni toliqtiradi), daraxt va buta shoxlarini sindirmasliklari, o‘tloqlarni payxon qilmasliklari, ko‘chib ketishi mumkin bo‘lgan toshlarga beparvo bo‘lmasliklari lozim. Chunki joyidan qo‘zg’algan kichik xarsang, quyida katta tosh ko‘chkilarining shakllanishiga sababchi bo‘ladi. Bu holat esa quyida o‘tlab yurgan chorva mollari, dam oluvchilar yoki aholi punktlariga katta zarar yetkazish, hatto fojia bilan tugallanishi mumkin. Ayniqsa o‘quvchilarning balandlikka tomon ko‘tarilishi, qiyaliklarda yoki, pasga qarab yurish davomida ushbu holatlarni keltirib chiqarmaslikka astoydil harakat qilish lozim bo‘ladi.
Harakatlanish mobaynida kichik va katta dam olishni tashkil etish mumkin. Kichik dam olishni yo‘lning sodda yoki murakkabligi, harakatlanishning yengil yoki og’irligiga ko‘ra o‘rtacha har 30-40 minut oralig’ida tashkil etish mumkin. Dam olish muddati 5-10 minut, bemololroq bo‘lsa 15-20 minut atrofida kechadi. Kichik dam olish mobaynida safar xaltalarni yechmasdan, o‘tirish uchun qulay, zax bo‘lmagan quruq joylar tanlanadi. Havo harakati baland bo‘lgan holatlarda soya-salqin joylarni tanlash mumkin. Katta dam olish muddati esa har 60-90 minut mobaynida qaytariladi va 20-25 minut davom etishi mumkin.
Har ikkala dam olish paytida ham ekskursiya qatnashchilari quyidagi holatlarga qat’iy amal qilmoqlari lozim bo‘ladi:
- dam olishni va dam olish nuqtasini rahbar o‘qituvchi rahbarligi ostida tashkillashtirish;
- to‘xtash haqida buyruq olgan o‘quvchining daraxt soyasida o‘tirish lozim bo‘lgan joyning holatini ko‘zdan kechirish, toki mo‘ljallangan joyning zah, zaxarli hashorat va jonivor (qoraqurt, biy, chayon, buzoqboshi, ilon va h.k.)lardan holi ekanligiga ishonch hosil qilish;
- harakatlanishdan keskin to‘xtagan vujudning birdan sovishiga yo‘l qo‘ymaslik ya’ni terlab turib yechinmaslik;
- yurishdan to‘xtagandan keyin ham, birmuncha (1-2 minut) muddat qo‘l oyoqlarni harakatlantirib keyin o‘tirish, toki yurak va o‘pka faoliyatini keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik, chunki bu holat vujudning tez toliqishi va zo‘riqishiga sabab bo‘lib, pirovardida kasallanishiga zamin yaratadi;
- juda toliqqan holatlarda esa oyoqni yuqoriga tomon uzatib va tananing bosh qismini quyiga tomon ushgan holda dam olish, tadbiri (o‘tirish, yotish) tanada qon aylanishning me’yoriy holatini tiklashga yordam beradi;
- qizib suv ichish, cho‘milish, hatto yuzni yuvish qat’iyan man qilinadi.
Sayyohatni o‘tkazish uchun qo‘llaniladigan metodlar .
Har bir fanning o‘ziga xos o‘rganish metodlari bo‘lganligi kabi, sayyohatni o‘tkazish jarayonida ham turli metodlardan foydalaniladi. Jumladan, stasionar, kuzatish, geografik nuqta yozish, marshrutlar uyushtirish orqali hududni o‘rganish metodi, taqqoslash, kartografik, aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish kabi metodlar o‘quv dala amaliyoti o‘tishning asosini tashkil etadi. Ushbu metodlarning qisqacha tavsifi quydagilardan iborat.
Stasionar metodi. Ushbu metodning asosini o‘quvchilar sayyohat rahbari sifatida ishtirok etuvchi o‘qituvchilari yordamida sayyohat o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan hududning tabiiy geografik xususiyatlari bo‘yicha muqaddam yozilgan ilmiy, o‘quv uslubiy adabiyotlar, internet ma’lumotlari asosida ma’lumot to‘plab, hududni statsionar holatda ilmiy o‘rganadilar.
Kuzatish metodi. O‘quvchilar guruh rahbari boshchiligida sayyohat o‘tilayotgan hududning geologik tuzilishi, geomorfologiyasi, iqlim xususiyatlari, ichki suvlari, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonat dunyosini bevosita kuzatishlar orqali idrok qiladilar.
Geologik kuzatishlar – Ular ixtisoslashgan ob’ektlarda (daryo vodiylari, soylarning tipi qirg’oqlari bo‘ylab, yoki antropogen komplekslarda yangi qazilgan ariqlar va chuqurlar) olib boriladi.
Geografik nuqta yozish metodi . Guruh rahbari ixtiyoriy ravishda hududning biron bir komponentini o‘rganish va o‘quvchilarga uning xususiyatlarini tushintirib berish uchun eng qiziqarli geografik nuqtani tanlaydi va uni tavsiflab beradi.
Marshrutlar uyushtirish metodi. sayyohatni o‘tash jarayonida sodda va murakkab turdagi marshrutlar uyushtirish va yo‘l-yo‘lakay kuzatish, geografik nuqta yozish metodlarini qo‘llash samarali natijalar beradi. Chunki o‘quvchilar kuzatish mumkin bo‘lgan barcha xarakterli tabiat komponentlari, tabiiy geografik jarayonlar aynan sayyohat atrofida emas, balki undan birmuncha yiroqda joylashgan bo‘lishi mumkin. Shunday holatlarda turli marshrutlar uyushtirish metodi qo‘l keladi va qimmatli ma’lumotlar to‘planadi.
Taqqoslash metodi. Eng qulay va keng qo‘llaniladigan metod bo‘lib buning asosini bir xil sharoitda sodir bo‘lgan tabiiy geografik jarayonlarni boshqa bir sharoitda rivojlanish xususiyatlariga nisbatan qiyoslab o‘rganiladi.
Kartografik metod. Sayyohat davrida o‘rganilgan barcha geografik nuqtalar va unda tavsiflangan ma’lumotlar hududning kartasiga tushiriladi. Ushbu to‘plangan ma’lumotlar asosida turli ilmiy farazlar, g’oyalar, qonuniyatlar olg’a suriladi.
Aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish metodi . O‘rganilayotgan hududning samaliyot (boshqa uchuvchi jismlar) yoki kosmik qurilmalar yordamida tushirilgan suratlarini tahlil qilish orqali ma’lumotlar to‘planadi, xulosalar chiqariladi, asliga taqqoslanadi. Aerokosmik ma’lumotlaresa o‘quv dala amaliyoti boshlanmasdan oldin maxsus buyurtmalar yoki muqaddam mavjud xujjatlar asosida avvaldan tayyorlab qo‘yiladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish metodi . Ushbu metodning asosini butun sayyohat jarayonida va turli ilmiy, ilmiy ommobop, internet ma’lumotlari asosida o‘rganilayotgan hudud bo‘yicha yig’ilgan statistik ma’lumotlar, ko‘rsatkichlarni tahlili tashkil etadi. Tahlil etish esa turli jadvallar, grafiklar, chizmalar va matn yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu raqamlar va ma’lumotlarning to‘planishida esa, barometr, termometr, metr, kompas, ruletka, chizg’ich kabi bir qancha asbob uskunalar qo‘llaniladi.
3. GEOGRAFIYA FANIDAN O‘QUV SAYYOHATLARIGA TAYYORGARLIK VA SAYYOHAT UCHUN ZARUR BO‘LGAN JIHOZLAR VA VOSITALAR
O‘quv sayyohatlariga chiqishdan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Tayyorgarlik ishlari quyidagi qismlarga bo‘linadi: nazariy, amaliy, tashkiliy.
Nazariy tayyorgarlik jarayonida o‘quv sayyohatida amalga oshiriladigan ishlar xususiyati va turiga ko‘ra o‘quvchilarni bilimlari mustahkamlanadi. O‘quv uskunalari tabiatga uyushtiriladigan sayyohatlarni olib borishdan avval sinf sharoitida tabiiy geografik bilimlar mustahkamlanadi, ya’ni reja olish, litosfera, gidrosfera, atmosfera. Biosfera haqidagi nazariy bililar qaytariladi va mustahkamlanadi.
Tanlagan mavzu yuzasidan o‘quvchilarga avvaldan maxsus topshiriqlar, savollar, muammolar berib borilgan bo‘ladi va uni o‘quv sayyohati davomida o‘quvchilar guruhlarga bo‘linib berilgan topshiriq yuzasidan fikrlari aniqlanadi va mavzu takrorlanib mustahkamlanadi.
Bunda o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi tayyorgarligi asosiy o‘rinni egallaydi. Ammo asosiy material o‘quvchi zimmasiga tushadi. O‘qituvchi tayyorgarlik jarayonida sayyohatga boriladigan ob’ekt uchun zarur bo‘ladigan adabiyotlarni, kartalarni va boshqa materiallarni tayyorlaydi.
Geografiya o‘qituvchisi avvalo sayyohat ob’ektini karta va adabiyotlar, hamda mahalliy aholi yordamida atroflicha o‘rganadi. Keyinchalik sayyohat marshruti (yo‘nalishi) belgilanadi. Tayyorgarlik jarayonida sayyohatda qanday masalalarni o‘rganish zarurligiga e’tibor qaratiladi. Sayyohatga boriladigan marshrutni avvalo o‘qituvchining o‘zi ko‘rib chiqishi o‘quvchilarning nimalarni ko‘rishi,nimalarni yozishi, chizishi, qaysi ob’ektni rasmga tushirishi, qanday amaliy ishlarni bajarishi kerakligini aniqlab oladi.
O‘qituvchi sayyohat ob’ektini dastlabki ko‘rib bo‘lganidan keyin uni uyushtirish rejasini tuzib chiqadi. Agar sayyohat ishlab chiqarish korxonasiga mo‘ljallangan, avvalo uning texnologik jarayonini o‘zi ko‘zdan kechirishi, korxona mutaxasislari, ishchilar, bilan uchrashishi kerak. Eng muhimi korxona mamuriyati bilan sayyohatni uyushtirish vaqtini, sayyohatni o‘tkazuvchi mutaxassisni aniqlab qo‘yish kerak. Sayyohat o‘tkazuvchini o‘quvchilar diqqatini nimalarga qaratish kerakligi, hamda sayyohatni maqsadi vazifalari, marshruti, rejasi, to‘xtash joylariga borishda mutaxassisni ogohlantiriladi. O‘quvchilarga mustaqil ravishda korxonaning qisqacha tarixi bilan tanishishi vazifalarini mustaqil aniqlash topshiriladi.
Ishlab chiqarish korxonalariga sayyohat uyushtirilganda o‘quvchilarni albatta texnika xavfsizligi masalalari bilan oldindan tanishtirish maqsadga muvofiq. Bunday korxonalarga sayyohat uyushtirishda qancha o‘quvchini olib borish ham oldindan belgilab olinishi kerak. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarish korxonalariga sayyohat uyushtirilganda o‘quvchilar soni
20-25 tadan oshmasligi maqsadga muvofiq. Shunda ta’lim samaradorligi yuqori bo‘ladi.
O‘quvchilarni o‘quv sayyohatga tayyorlash ham eng masuliyatli vazifalardan biri sanaladi. O‘quv sayyohatning maqsadi, vaziflarini o‘quvchilar mustahkam egallashi zarur. Eng muhim geografik bilimlar, tushunchalar bilan ularni o‘zi tanishtirish kerak. Kartalar yordamida sayyohat marshruti, ob’ektning geografik o‘rni uning qulay yoki noqulay tomonlari atrofligicha o‘rganilishi maqsadga muvofiq. Agar sayyohat qishloqdagi mashina traktor parkiga mo‘ljallangan, o‘qituvchi o‘quvchilarning bu ob’ekt haqidagi bilimlarini aniqlaydi. Ayrim o‘quvchilarning bu oby’ekt haqidagi butun sinf o‘quvchilariga hikoya qilib berishi uyushtiriladi. Bunday tadbirlarni barchasi o‘quvchilarning sayyohatga bo‘lgan havaslarini oshiradi.
Sayyohat uyushtirishdan oldin sinf o‘quvchilari guruhlarga bo‘linadi, har bir guruhga faol o‘quvchilardan rahbarlar belgilanadi. Har bir guruhga topshiriqlarni taqsimlanib chiqadi. Sayyohat uyushtirish uchun zarur bo‘lgan asbob uskuna va vositalar aniqlanadi. Guruhdagi barcha o‘quvchilar sayyohat jarayonida qanday vazifalarini bajarishlari nimalarni yig’ishlari ham aniqlab olinadi. O‘quvchilar yig’ilgan materiallarini qay tartibda joylashtirilishiga ham e’tibor berish kerak. Ma’lumki barcha o‘quv sayyohatlarning maqsadi jamiyat va tabiat haqidagi geografik tushunchalarni shakllantirishdan iborat. Masalan, iqtisodiy geografik sayyohatlarda hozirgi zamon sanoati va qishloq xo‘jaligi, ularning iqtisodiy geografik o‘rni ixtisoslashishi kooperatsiyasi, mehnat unumdorligi, bozor iqtisodiga moslashishi, bozor bilan bog’liq bo‘lgan o‘nlab tushunchalar va boshqalarni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.O‘quv sayyohati jarayonida o‘quvchilar xilma-xil kasblar bilan ham tanishadilar, ularda mehnatga nisbatan muhabbat xislatlari shakllanadi va tarbiyalanadi. Har bir sayyohatda sayyohatning marshrut davomidagi to‘xtash joylari (masalan relf shakllari, jarlar, daryo o‘zani, jinslarning yotishi va h.k.) albatta sayyohat rejasida o‘z aksini topishi kerak.
Sayyohat paytida o‘quvchilar faolligini oshirish masalalari ham o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi lozim. Ayniqsa yosh o‘qituvchilar sayyohat davomida o‘quvchilarga beriladigan savollardan oldindan tayyorlab qo‘yishlari maqsadga muvofiq.
Sayyohatda o‘quvchilarning mustaqil ishlariga ham alohida e’tibor berish zarur. Agar sayyohat ob’ekti unchalik katta bo‘lmasa, o‘qituvchi oldindan bo‘lingan guruhlarni korxona bo‘limlariga taqsimlaydi va yuboradi. Ularning bajaradigan mustaqil ishlariga rahbarlik qiladi. O‘quvchilar diqqatini nimalarga e’tibor qaratishlari o‘qituvchi tomonidan ogohlantiriladi.
Agar sayyohat ob’ekti katta o‘quvchilarni guruhlarga taqsimlamasdan sayyohat uyushtiriladi. Chunki bunday ob’ektlarda o‘quvchilarni boshqarish ancha mushkul bo‘lib qoladi.
Amaliy tayyorgarlik bosqichida o‘quvchilarga sayyohat davomida zarur bo‘ladigan ish usullari haqida bilim va ko‘nikmalar shakillantiriladi. Agar agar o‘quv sayyohati daryo vodiysi bo‘ylab o‘tkaziladigan bo‘lsa daryoni ko‘ndalang kesimini, suvni tozaligini va sarfini aniqlashni bilishlari va uddalay olishlari lozim. Agar o‘quv sayyohatida reja olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa turlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakillangan bo‘lmog’i lozim.
O‘qituvchi sayyohatni maqsadi va vazifalaridan kelibchiqqan holda jixozlar, priborlar va anjomlar ro‘yxatini tuzadi va ularni yig’adi. O‘quv sayyohatlarida quyidagi jixoz asboblar va uskunalar lozim bo‘lishi mumkin: kompas, termometr, reyka, arqon, xarita, banometr,va h.k.
O‘quv sayyohatlarini quyidagi hollarda o‘tkazish mumkin: ya’ni mavzuni o‘rganishdan oldin; qator mavzularni o‘rganib bo‘lgandan so‘ng.
O‘quv sayyohatlarini muvofaqiyatli o‘tkazish sayyohat o‘tkaziladigan joyni tanlashga bog’lik. Agar sayyohatni mavzusi relyef shakillarini o‘rganishga bag’ishlangan bo‘lsa iloji boricha relelefi xilma xil bo‘lgan joy tanlanishi lozim. Tog’ jinslariga bag’ishlangan sayyohatlarni o‘tkazishda geologik ochilmalar mavjud bo‘lgan joylar tanlanadi.
O‘quv sayyohatlari o‘tkaziladigan joylarni tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
– tanlangan joy o‘quv mavzulari va o‘quv o‘lkashunoslik maqsadi va vazifalariga mos kelishi zarur. Demak o‘lkashunoslik materiallari bilan bevosita bog’liq bo‘lgan mavzu va masalalarni o‘rganishda;
– o‘ziga xos o‘quv sayyohati obektlari bo‘yicha ma’lumotlar qo‘llash, o‘rganish, ularni tasvirlash va bevosita ko‘rish imkonini yaratmog’i lozim;
– o‘quv sayyohatlari davomida tarbiyaviy maqsad amalga oshirilmog’i lozim. Masalan, maktab joylashgan qishloq, tuman, shaharda noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonot dunyosining, noyob tabiat yodgorliklarini mavjudligi va h.k;
– o‘quv sayyohatlarida o‘quvchilarni yoshi bilan bog’lik bo‘lgan xususiyatlarni hisobga olish;
– geografiya va o‘lkashunoslik obektlarini o‘zgarishini o‘quvchilar tomonidan qabul qilinishini xissiy-emosional xususiyatlarini hisobga olish;
– ma’lum bir geografiya predmetlari bo‘yicha aniq mavzularning o‘quv tarbiyaviy talablarini hisobga olish;
– o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘quv sayyohatini o‘tkazishga tayyorgarlik darajasini hisobga olish;
– o‘quv sayyohatlarida ma’lumotlarni yig’ish, hisobga oshish. Mazkur ma’lumotlar qayta ishlangandan so‘ng ularni kitob shaklida nashr qilish mumkin.
4. GEOGRAFIYA DARSLARIDA UMUMIY VA MAXSUS TABIIY GЕOGRAFIK O‘QUV SAYYOHATLARNI TASHKIL ETISH
Umumta’lim maktablarida o‘quv sayyohatlarining katta qismi tabiiy geografiya kurslari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Shuning uchun tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari bo‘yicha juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan.
Tabiiy geografiya o‘quv sayyohatlarini ikkita yirik guruhga bo‘lishimiz mumkin.
– umumiy tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari. Bunda sayyohat davomida o‘quvchilar joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o‘rganish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi;
– maxsus tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari. Bunday sayyohatlarda tabiiy geografik sharoitlarni ayrim tarkiblari aloxida o‘rganiladi. Masalan, relyefi, tuproq, o‘simlik va h.k.
Umumiy tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari maktab tabiiy geografiya kurslarni ma’lum bir predmetlarni o‘rganib bo‘lingandan so‘ng uyushtiriladi.
Tabiiy geografik o‘quv sayyohatlari quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1. O‘quv sayyohatlariga tayyorgarlik ishlari. Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi: sayyohat o‘tkaziladigan joyni tanlash va uni haritasini toptsh yoki xomaki rejasini tuzish; sayyohatni vaqtini va davomiyligini aniqlash; sayyohat uchun zarur bo‘lgan jixozlar va priborlar ro‘yxatini tuzish va u ularni topish; o‘quvchilar bilan suxbat o‘tkazish va ularni ma’lum bir guruhlarga bo‘lish;
2. O‘quv sayyohatini o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ma’lum bir vaqtda o‘quvchilar yig’iladi. Ular bilan yana bir marta suxbat o‘tkaziladi. Unda o‘quv sayyohatining maqsadi va vazifalari tushuntiriladi.
Har bir to‘xtalgan joyda quyidagi ishlar bajariladi. Nuqtaning (joyning) geografik o‘rni aniqlanadi. Nuqtaning geografik o‘rni maktabga nisbatan, daryoga nisbatan, yo‘lga va boshqalarga nisbatan aniqlanishi mumkin.
Bundan tashqari agar topografik harita mavjud bo‘lsa nuqtaning materik matematik geografik o‘rni ham aniqlanadi. Shuning uchun nuqtaning umumiy tabiiy geografik o‘rganiladi. Avval nuqtaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, relyefi, gedrografik tarmoqlari, tuproqlari o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda landshaftlari o‘rganiladi. Demak, umumiy tabiiy geografik sayyohatlarda o‘quvchilarda har bir nuqtani yoki joyni umumiy tabiiy geografik sharoitini o‘rganish va baxolash ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi. Bu esa yil davomida olgan tabiiy geografik bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlashda va yanada chuqurlashtirishadi va kengayadi.
Quyida ekskursiya tartibida mahalliy daryolarni o`rganish rejasini keltiramiz:
1. Ko`prik orqali yoki qishda muzlagan paytida daryoning enini o`lchang.
2. Daryoning chuqurligini o`lchash,daryo o`zani taxminiy profilini chizish
3. Oqim tezligini aniqlash.
4. Burilib oqqan joylardagi oqim tezligini aniqlash.
5. Daryoning qirg`og`ida suv toshqini, surilma bo`lgan joylarni aniqlash.
6. Daryo yotqiziqlari to`planadigan joylarni topish, qayirlarni aniqlash.
7. Qanday irmoqlari bor.
8. Daryoning toshadigan paytlarini aniqlash.
9. Nivelir yordamida suvning eng ko`tarilgan va eng pasaygan davrlarini aniqlash.
10. Aholi punktlari daryo yoqasidan qancha uzoqlikda joylashganligi.
11. Qirg`oqlarida qanday qishloq xo`jalik ekinlari ekiladi, o`tloqlar mavjudligi.
12. Aholining suv bilan ta’minlanishi qanday yo`lga qo`yilgan?
13. Muzlash qalinligi.
14. Cho`miladigan joylar bormi, qaerlari cho‘milish uchun xafliligi.
15. Qanday baliq turlari yashashligi.
16. Yuk tashish ahamiyati qandayligi.
17. Paromlar, ko`piriklar borligi.
18. Daryo yoqasida qanday tuproq, o`simlik turlari va hayvonlar uchrashligi
va hakozolar o`rganilishi mumkin.
Joyning geologik tuzilishini o‘rganish iloji boricha ochilmalar mavjud bo‘lgan joyda olib boriladi. Birinchi navbatta ochilmada, qaysi davr yotqiziqlari va qanday tog’ jinslari ochilib qolganligi aniqlanadi. Tekislikda ko‘proq to‘rtlamchi davr yotqiziqlari keng tarqalgan bo‘ladi. Tog’ o‘lkalarda birinchi geologik davrlarga xos bo‘lgan ochilmalar bo‘lishi mumkin. Ochilmalarda qanday tog’ jinslari joylashganligi aniqlanadi. Ular matematik, guruhga mansubligi aniqlanadi. O‘quvchilarga ular qanday sharoitda xosil bo‘lganligi tushuntiriladi. Cho‘kindi jinslar ochilmasi o‘rganilayotgan ularni qotishmasimon joylashganligiga o‘quvchilar e’tibori qaratiladi va har qotishmadagi jinslarni xususiyatiga qarab ularni qanday sharoitda xosil bo‘lganligi tushuntiriladi. Masalan. Agar ochilmani tubida shag’al va xarssang toshlar qoplami, uning ustida qumlar, qumlarni ustida gillar qatlami joylashgan bo‘lsa demak dastlab kuchli oqim ta’sirida harsang toshlar oqizib kelingan, so‘ngra sekin oqim sharoitida qum qatlam xosil bo‘lgan. Dengiz yoki ko‘l sharoitida yoki sekin oqadigan ariq daryo sharoitida gillar qatlami vujudga kelgan.
Joyning foydali qazilmalari o‘rganilganda sayyohat davomida g’isht xom ashyosi, shag’allar, toshloq va qurilish matyeriallari o‘rganilishi mumkin.
Joyni relyefini o‘rganishda o‘quvchilar diqqatini relyef hosil qiluvchi omillar va asosiy relyef shakillarini ajratishga qaratilishi lozim. Bundan tashqari tashqi kuchlar va inson faoliyati ta’sirida hosil bo‘lgan relyef shakillari ham aloxida ajratib ko‘rsatilishi zarur.
Joydagi suv havzalari daryo, soy, ko‘l, buloq bo‘lishi mumkin. Shunining uchun o‘quvchilarga gidrografik sharoitni asosiy tarkibiy qismlari xaqida gapirib, mazkur tarkibiy qismlarni qaysi biri o‘rganilayotgan joyda mavjudligi aytib o‘tiladi va uni o‘rganiladigan o‘lchamlari ko‘rsatib beriladi.
Joydagi tuproqlar o‘rganilganda ularning asosiy turlarigae’tibor beriladi. O‘simliklar o‘rganilganda ular uchta qatlamga bo‘lib o‘rganiladi: daraxtlar, butalar, o‘tlar, hayvonlarni o‘rganishda ular ham guruhlarga bo‘lib yuboriladi: sudralib yuruvchilar, tuyoqlilar, qushlar.
Har bir nuqtada tarqalgan landshaftlarni o‘rganish. Ular kasbiy va antropogen landshaftlarni ajratish.
Maxsus tabiiy geografik sayyohatlariayrim mavzularni o‘tib bo‘lgandan so‘ng amaliy ko‘nikmalarni shakillantirish maqsadida o‘tkaziladi. Masalan, litosfera, gedrosfera, atmosfera va beosfera mavzularini o‘tib bo‘lgandan so‘ng uyushtirish mumkin.
Maxsus tabiiy geografik o‘quv sayyohatlarini o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: o‘quv sayyohatining maqsadi va vazifalari hamda o‘tkazish joyi, vaqti o‘qituvchi tomonidan ishlab chiqiladi. O‘quv sayyohati haqida va sayyohat o‘tkazish tartibi qoidalari haqida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi.
Maxsus o‘quv sayyohati quyidagi mavzularda olib borilishi mumkin: janubiy geoglogik tuzilishni o‘rganish; joyning relyefini o‘rganish; joynining ichki suvlarini o‘rganish; joyning tuprog’ini, o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish; joyning landshaftlarini o‘rganish;
Umumiy tabiiy geografik o‘quv sayyohatlaridan farq qilib maxsus tabiiy geografik sayyohatlarda tabiatni ayrim tarkibiy qitsmlarini juda chuqur va har tomaonlama o‘rganiladi. Masalan, joyning geologik tuzilishi ochilma mavjud bo‘lgan sharoitda quyidagicha o‘rganiladi (B. A. Chyernov, 1985)
1. Kundalikda ochilmaning tartib raqami va ochilmani o‘rganish vaqti yoziladi, ochilmani geografik o‘rni aniqlanadi va kundalikka yozib qo‘yiladi.
2. Ochilmani taqlamlarini joylanishi aniqlash. Har bir qatlamning qalinligi va tog’ jinslarining holatini o‘rganish.
3. Ochilmani kundalikda chizmasini chizish. Har bir qatlamni chizish davomida undagi tog’jinslarini tarkibiga e’tibor berish. Tarkibi nimalardan iborat, qo‘shilmalar bormi, bor bo‘lsa ularning o‘lchamlarini aniqlash. Qatlamlar chizmasida pastdan yuqoriga qarab xaritalar bilan belgilanadi.
4. Qatlamlardagi tog’ jinslarining rangi tarkibi, qo‘shilmalari, holati tavsifi tuziladi. Masalan, qizil rangli gil, tarkibida mayda shag’al toshlar mavjud, gilning namligi o‘rtacha. Gillar plastik holatda. Qatlamlarni yotish holati aniqlanadi: gorizantal yoki qiya yotish. Qatlam qiya yotgan bo‘lsa uning qiyaligi aniqlanadi. Agar foto aparat bo‘lsa ochilmani rasmga olish mumkin.
5. Tog’ jinslarini namunalari olinadi. Namunalar qopchalarga olinishi mumkin. Agarularning tarkibiy holati o‘zgarmagan holda olish lozim bo‘lsa o‘lchami 10x10x10 sm li monopolitlar olinib ular parafanlanadi. Buning uchun parafin (sham) eritilib, dokacha o‘ralgan monolit unga botiriladi. So‘ngra monolitga etikeika yopishtiriladi. Unda quyidagi ma’lumotlar yozilgan bo‘lishi lozim. Monolit olingan ochilmani tartib raqami, tog’ jinslarining nomi, olingan chuqurlik, monolit olingan yil, oy, kun.
O‘quvchilar ochilmalarni o‘rganish ko‘nikmasiga ega bo‘lganligidan so‘ng bunday ishlarni mustaqil ravishda bajarilishi mumkin.
Xuddi shunday taxlitda tabiat tarkiblarini boshqa qimslarini alohida o‘rganish mukin. Masalan, joydagi tuproq qoplamini o‘simlik va hayvonot dunyosini va landshaftlarni o‘rganish.
Joydagi landshaftlar quyidagi tartibda o‘rganish mumkin:
– tabiiy va antropogen landshaftlar ajratib olinadi va ular haritaga tushiriladi;
– tabiiy landshaftlarning asosiy turlari aniqlanadi (o‘rmonlar, butazorlar, qumloqlar va h.k.)
– antropogen landshaftlarning asosiy turlari aniqlanadi (seliteb agrogen, gidrogen, yo‘l, sa’noat va h.k)
Maktab geografiyasida landshaft bo‘yicha faqat juda umumiy va sodda bilimlar beriladi. Shuning uchun o‘quv sayyohatlari davomida ham landshaftlar to‘g’risida sodda va umumiy bilimlar berilmog’i lozim. Maktab tabiiy geografiya kurslarida landshaft, joy va fanlarga bo‘lib o‘rganilmaydi, shuning uchun sayyohat davromida ular mazkur birliklarga ajratilmaydi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Gеоgrafiya ta’limida fan sayyohatlardan tashqari, dasturdan tashqari (xоhlоvchi o‘quvchilar bilan) uyushtiriladigan sayyohatlar ham mavjud. Bunday sayyohat mazmunida maktab gеоgrafiyasidan tashqari bilimlar ham uchraydi.
Tabiiy yoki gеografik sayyohat o‘lka tabiatini, ya’ni o‘lkaning gеologik tuzilishi, foydali qazilmalari, rеlеfi, iqlimi, ichki suvlari, tuprog’i, o‘simligi va hayvonot dunyosi hamda landshaftlarini o‘rganadi.
Maktablarda kоmplеks sayyohatlar ham uyushtirish mumkin. Bunday sayyohatda biоlоgiya, fizika, kimyo, tariх, iqtisоd o`qituvchilari ham qatnashadilar. Kоmplеks sayyohatlarda bir nеcha sinf o`quvchilari ishtirоk qiladilar. Har bir fan o`qituvchisi sayyohat jarayonida o‘quvchilarga bеriladigan savоllarni оldindan tuzib quyishlari zarur. Kоmplеks sayyohatlarda yig’ilgan matеriallar qayta ishlanadi va kanfеrеnsiya bilan yakunlanadi.
Demak, tabiiy gеografiya o‘quv sayyohatlarining asosiy maqsadi, o‘quvchilarni maktabda olgan bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi. Tabiiy gеografik kuzatishlar olib borish tajribasiga ega bo‘lishadi.
Eng muhimi sayyohat o‘quvchilarni turmush kitobini o‘qishga o‘rgatadi. Sayyohat o‘quvchilarda mehnat, ekologik va iqtisodiy tarbiya asoslarini ham shakllantirishga yordam beradi. Sayyohat mazmunan quyidagi turlarga bo‘linadi.
Xulosa qilib quyidagi vazifalar amalga oshirildi: – sayyohatni o‘tash uchun tayyorlanish bosqichini aniq tashkil etish bo‘yicha takliflar berildi;
– o‘quvchilarni sayyohat va uning tartibi bilan tanishtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi;
– o‘quvchilarni tevarak atrofga xos tabiiy geografik sharoit bilan turli o‘rganish metodlarini tahlil qilindi;
– o‘quvchilarni to‘plangan ma’lumotlar asosida ilmiy xulosalar chiqarishga va hisobot yozishga ko‘rsatmalar berildi.
- Bugungi kundagi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yangi metodlarini o‘rganish, ularni saralash, sinab ko‘rish, va pedagogik amaliyotga joriy etish;
3. Geografiya darslarini tashkil etishda odatiy dars shaklidan tashqari o‘quv sayyohatlarini tashkil etishda zamonaviy pedagogik va shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni qo‘llagan yo‘lga qo‘yish, zaruriy o‘qitish vositalaridan samarali foydalanish;
4. Malaka ishida keltirilgan interfaol metodlar, yo`riqnomalardan geografiya darslarida qo`llash va boshqa ishlanmalar tayyorlashda foydalanish tavsiya etiladi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
- Alimqulov N., Abdullaev I., Xolmurodov Sh. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Amaliy geografiya. T.:2012
- Baratov P “O‘zbekiston tabiiy geografiyasi” Toshkent, “O‘qituvchi” 2002
- Vahobov X. va b. Malakaviy amaliyot dasturi. T. TDPU. 2012 y.
- Vahobov X. va b. Gegrafiya o‘qitish metodikasi., Namangan. 2016 y.
- Maksimov N.A. Tabiiy geografiyadan metodik qo‘llanma. T., “O‘qituvchi”. 2001 y.
- Tojiboyeva D. va boshq. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. “Aloqachi” T.2009 y, 566 b.
- Yo‘ldoshev J.G. “Yangi pedagogik texnologiyalar” (yo‘nalishlari, muam – molari, yechimlari) – “Boshl. ta’lim”, 1999 y, № 6, 2-5 betlar.
- Qosimov A.X., Xoliqova F. “Pedagogik maxorat va Pedagogik texnologiyalar” Toshkent, TATU 2004 y.
- Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat/-
Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A., Pedagogika. O‘quv qo‘llanma.-Toshkent: Fan, 2004.
- Maktab darsliklari: P. G’ulomov, R. Qurbonniyozov, H. Vahobov,
P. Baratov, M. Mamatqulov, P. Musayev, J. Musayev
Internet saytlari
GEOGRAFIYA DARSLARIDA FINLANDIYA TA’LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»
Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Odina Baxtiyor Qizi Berdiqulova
Mamlakat kelajagi uning ta’lim tizimi darajasi bilan belgilanadi. Geografiya inson hayotida muhim ahamyatga ega bo`lgan fanlardan sanaladi. O’quvchilarning geografiya fanini o’zlashtirishi, ko`nikma va malakaga ega bo’lishi, shuningdek, tarbiya jarayonlarida ta`lim tizimi rivojlangan davlatlardan biri Finlandiya ta’lim tizimini tahlil qilgan holda yo’lga qo’yish juda ahamyatlidir. Ushbu ilmiy ishda O’zbekiston maktablarida geografiya fanini o’qitish jarayonida Finlandiya ta`lim tiziminiga xos usullardan foydalanib darslarni tashkil qilishga e`tibor qaratiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по фундаментальной медицине , автор научной работы — Odina Baxtiyor Qizi Berdiqulova
MAKTABLARDA GEOGRAFIYA FANINI О‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QО‘LLASH
FINLANDIYA O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QITISHNI TAHLIL QILISH (MATEMATIKA FAN MISOLIDA)
TARIX FANINI ILG’OR INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O’QITISH
MAMLAKATIMIZ TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISH VA RAQAMLI DUNYODA O’QITISH VA O’RGANISHNING MAVJUD IMKONIYATLARI
FIZIKA FANINI О‘QITISHDA TA’LIM PRINSIPLARINING AHAMIYATI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «GEOGRAFIYA DARSLARIDA FINLANDIYA TA’LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI»
GEOGRAFIYA DARSLARIDA FINLANDIYA TA’LIM TEXNOLOGYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Odina Baxtiyor qizi Berdiqulova
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika Instituti Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi(Geografiya) bo’limi, 1-kurs magistr
Mamlakat kelajagi uning ta’lim tizimi darajasi bilan belgilanadi. Geografiya inson hayotida muhim ahamyatga ega bo’lgan fanlardan sanaladi. O’quvchilarning geografiya fanini o’zlashtirishi, ko’nikma va malakaga ega bo’lishi, shuningdek, tarbiya jarayonlarida ta’lim tizimi rivojlangan davlatlardan biri Finlandiya ta’lim tizimini tahlil qilgan holda yo’lga qo’yish juda ahamyatlidir. Ushbu ilmiy ishda O’zbekiston maktablarida geografiya fanini o’qitish jarayonida Finlandiya ta’lim tiziminiga xos usullardan foydalanib darslarni tashkil qilishga e’tibor qaratiladi.
Kalit so’zlar: ta’lim , metod, pedagogik-psixologik metodlar, tatqiqot metodlar, taqqoslash metodlari, statistik tahlillar, sog’lom va erkin muhit.
Ta’limdagi samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talablariga javob berish bilan belgilanadi. Buning uchun jahon pedagogikasidagi, xususan, geografya ta’limidagi o’ziga xos jihatlarni keng o’qituvchilar ommasiga yetkazish katta ahamyatga ega. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimini yetarlicha tahlil qilish, mamlakatimizda xalq ta’limini jahon standartlari darajasiga olib chiqishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Ushbu maqolada Finlandiya davlati ta’lim tizimini O’zbekiston maktablarida qo’llash metodikasi afzallik taraflari haqida to’xtalib o’tilgan.
Asosiy qism: Davlat xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yilib, yoshlarning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb hunarlarini egallashi, ularni qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda tasdiqlangan “Ta’lim to’g’risidagi” qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Negaki , unga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy ,inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo’shma fakultet va o’quv markazlari tashkil qilishga ruxsat berilib, o’qituvchilarga mualliflik dasturi va o’qitish uslublarini joriy qilish, zamonaviy pedagogik shakllar, o’qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Bugungi kunda ta’lim tizimidagi yutuqlar bilan birga qatorda kamchiliklarini ham sanab o’tish mumkin. Masalan ,o’qituvchilar ta’lim berish jarayonida o’quvchilar qobilyatini yetarli darajada aniqlash darajasining pastligi, aksaryat maktab bitiruvchilarning bilim va ko’nikmalari yetarli darajada emasligi va kelajakda ular tanlagan kasbning yetuk mutaxasisi bo’lishlariga to’sqinlik qilmoqda.
Ma’lumki, so’nggi paytlarda Finlandiya ta’lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizim hisoblanib kelinmoqda. Xo’sh, Finlandiya ta’lim tizimi bunday muvaffaqiyatga qanday erishdi? Zero, aksaryat hollarda fin talabalari AQSH va Buyuk Britaniya talabalaridan yuqoriroq natijalarini qayd etishadi.
Finlandiyada majburiy ta’lim to’qqiz yil davom etadi, o’quvchilar 16 yoshdan maktabni tark etishlari mumkin. Ushbu g’oya Finlandiya talabalarini haqiqiy hayotga tayyorlashga qaratilgan. Finlandiyadagi maktablar hech qanday tartibda joylashmagan, maktablar, mintaqalar, o’qituvchilar va hatto o’quvchilar o’rtasida taqqoslashlar mavjud emas. Ular raqobat emas, hamkorlikk muffaqiyat kalitidir deb hisoblashadi. Fin o’qituvchilari dunyodagi eng malakali o’qituvchilardir. Finlandiyada o’qituvchlikka bo’lgan talab juda yuqori.
Finlandiya ta’lim tizimi test natijalarini ko’paytirish matematika, tabiiy fanlar va ingliz tillariga ustuvorlik berish o’rniga, o’qish uchun sog’lom va uyg’un muhit yaratishga etibor beriladi. Bunda ta’lim “Ijtimoiy tengsizlikni muvozanatlash vositasi bolishi kerak”, degan mafkuraga ega. O’qituvchilar odatda kuniga 4 soatdan amaliy mashg’ulot o’tkazishadi va har hafta ularga kasbiy rivojlanish uchun 2 soat vaqt ajratildi. Bu esa o’z navbatida o’qituvchilarga tushadigan stressni kamaytiradi.
Finlandiya ta’lim tizimida o’quvchi ruhiyati, uni bilish faoliyatini o’rganishga katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limi tadqiqotlari psixologlar ishtiroksiz deyarli amalga oshirilmaydi.
Geografiya ta’limida turli matnlar, o’yinlar, immitatsiya keng qo’llaniladi. Masalan, o’quvchi biror kompaniya prezidenti sifatida fikrlaydi, ish yuritadi, biror muammoni hal qiladi, o’zi xulosalar chiqaradi. Umuman , bunda ta’limning asosiy maqsadi o’quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan iborat.
Quyi sinflar qo’llanmalarida esa deyarli xarita yo’q, ular o’rnini xarita sxemalar egallagan. Tekstda raqamli sonlar deyarli uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo’lib, ular eng past, eng yuqori, eng kichik, eng baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan.
Mavzu yoki bo’limdan keyin qo’yiladigan savollar va topshiriqlar mavzu mazmunini aks ettirmasligi ham mumkin. Qo’yiladigan savollarning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o’yinlar tarzida berilgan. O’quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida kompyuterlar bilan ishlash
uchun maxsus savollar, qiziqarli topshiriqlar, matematik statistika usullari, turli o’yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng o’rin berilgan. Oquvchilar ularni mustaqil bajarish jarayonida tadqiqotchi rolini o’ynaydilar. Demak, geografiya darsligi kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limi metodikasida eng yetakchi o’rinni egallaydi.
Finlandiya ta’lim tizimida geografiya fanining o’rni va ta’lim samaradorligi bir jihati bo’lsa , yana bir tomondan mavzuning ba’zi muammolari, kelajakda rivojlanishiga tahdid solib turgan ayrim jihatlari ko’rib chiqiladi.
Finlandiya ta’lim tizimida geografiya, biologiya, fizika, kimyo tabiiy fanlari bir birlariga bog’liq holda bitta fan sifatida olib boriladi.
O’rta maktablarda geografiya ta’lim mazmuni bo’yicha aniqlangan mavzular quyidagilardan iborat:
– “Yer – insonning uy sayyorasi”,
– “Dunyo va Finlandiya”
Ushbu mavzular ro’yxatdagi muammolar bilan izohlandi. “Nima?” va “qanday?” o’quvchilar o’rganishi va hal qilishi mumkin bo’lgan savol namoyish etiladi. Bu turdagi olib boriladigan darslarning ijobiy jihatlari: “idrok etish”, “tan olish”, “tasvirlash”, “muayyan masalalarni tasvirlash”, “solishtirish”, “tahlil qilish va tushuntirish”, “geografik bilimlarni qo’llash” va “kichik tadqiqotlarni rejalashtirish va o’tkazish”. O’quvchilarni o’z bilim tajribalari va bilim ko’nikmalaridan kelib chiqan holda bajarishadi.[2]
O’zbekiston maktablarida ijtimoiy-iqtisodiy geografiyani o’rganish bosqichida o’quvchilar faqat darslikda keltirilgan nazariy bilim olishlari bilan chegaralanib qolishmoqda.
Hozirgi kunda bizning davlatda geografiya darslarini rivojlantirish orqali davlatni ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini rivojlatirish jahon talablariga javob bera oladigan darajaga olib chiqish bilan bir qatorda iqtisodiy sohalarimizdagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarni o’quvchilar e’tiboriga havola qilish, ularni erkin fikrlashga o’rgatish, har bir masala yuzasidan raqobat va munozarali jarayonlarni tashkillashrish bilan darslarni olib borish, o’quvchilarni kelajakda ishbilarmon yetuk shaxs sifatida shakillanishlari uchun sog’lom muhit yaratish maqsadga muvofiqdir. Darslarda asosan o’quvchilarni psixologik nuqtayi nazardan baholab borish, ularni geografik muhitni shakllantirish maqsadida turli xil metodlarni qo’llash ta’lim tizimini o’zgartirish orqali dars jarayonida faol bo’lishlarini ta’minlash lozim.
Masalan, Mamlakatimizda geografiya darslarini tashkillashtirishda quyidagi maqsad va vazifalarni ilgari sursak:
1. Dunyo xaritasi va mintaqalari:
• xaritaning asosiy tushunchalari
• turli dala xaritalari va tematik xaritalar
• dunyoni bir butun sifatida idrok etish
• O’zbekiston va dunyoning asosiy joy nomlarini o’rganish.
2. Hozirgi o’zgaruvchan dunyo
• so’nggi yangiliklarni kuzatib borish va ularni xaritada aniqlash
• geografik ko’nikmalar bilan tanishishi
3. Yerda hayotning asosiy shartlari:
• kun, mavsum va iqlimning o’zgarishi
• hayotning asosiy shartlarini, ularning paydo bo’lishi va barqaror ishlatilishini o’rganish
4. Landshaftlar va yashash muhitining o’zgarishi
• mahalliy va O’zbekiston landshaftlarining o’ziga xos xususiyatlarini kuzatish
• mahalliy sharoitda dala tadqiqotlarini o’tkazish
• xilma -xillikni saqlash, qulaylik va xavfsizlikni rejalashtirish va yaxshilashda ishtirok etish
•dunyoning turli hududlarining tabiiy va madaniy landshaftlarini o’rganish
5. Yer yuzidagi odamlar va madaniyatlar
• madaniyatlar, odamlarning turmush tarzi, O’zbekiston va dunyoning boshqa qismlar sanoati
• atrof -muhit, uy -joy va boshqa inson faoliyatiga ta’siri
• inson huquqlari va yaxshi hayot uchun zarur shart -sharoitlarni muhokama qilish, xususan, bolalar va yoshlarning nuqtayi nazarlari
6. Barqaror turmush tarzi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
• O’zbekistonda va dunyoning boshqa joylarida bioiqtisodiyot imkoniyatlari
• shaxsiy iste’molchi tanlovi va faolligini mas’uliyatli fuqaro sifatida ko’rib chiqish
• atrof -muhit o’zgarishi, ayniqsa, iqlim o’zgarishi va biologik xilma -xillikning yo’qolishi
• atrof -muhit holati va davlatlar aro hamkorlik qilish imkoniyatlari
• globallashuv ta’siri va mintaqaviy rivojlanish masalalari
Ushbu keltirilgan mavzular va tushunchalarni yana ko’plab keltirish mumkin. Ya’ni bu mavzular asosan o’quvchilarni pisixologik fikrlashlari, dunyoqarashlarini kengayishi, mamlakatimiz iqtisodiyotini o’rganish bilan bir qatorda dunyo mamlakatlariga nisbatan taqqoslash ishlarini olib borish, har xil munozarali o’yinlar tashkil qilish, keltirilgan biror bir muammoni hal qilishlari va yechim topishlariga zamin yaratadi va o’zlariga bo’lgan ishonchni ortishi bilan keyingi darsga qiziqishlarini yuqori darajaga olib chiqishlari mumkin. Bu esa o’z navbatida dars sifatini oshirib o’quvchilar o’zlarini kelajakdagi o’rnilarini topishda qanday sohada ish olib borishlari to’g’risida to’g’ri tushunchaga ega bo’lishga undaydi.
Kelajagimiz yoshlarimiz qo’lidadir. Bugun mamlakatimizni iqstisodiy-ijtimoiy jihatdan o’rganayotganda faqatgina sanoat korxonalari, xomashyo resurslar, ishlab chiqarish salohiyatini tanishish bilan cheklanmagan xolatda dars jarayonini tashkillashtirish, o’quvchilar olayotgan bilim va ko’nikmalarini rivojlangan kelajagi buyuk davlat bilan koprik sifatida mustahkamlash lozim. Geografiya darslariga qo’yilayotgan talab va vazifalar o’quvchilarni erkin fikirlashga, darslarga qiziqishlarini ortishiga asos boladigan darajada olib kelish uchun Finlandiya ta’lim texnalogiyalari asosida ta’lim tizimini olib borish va tashkillashtirish foydali bo’ladi.
Finlandiya maktablarida geografiya fanini o’qitishning o’ziga xos xuxusiyatlari, ya’ni darslarda geografiyaga oid faqat birgina obyekt emas balki bir qancha ob’ektlarni umumiylashgan holatda o’quvchilarni o’zlashtirishi oson va qizqarli dars jarayonini shakillantirishga alohida etibor qaratilgan.
O’quvchilarimizni ko’proq imtihonlarga, test sinovlariga tayyorlashdan ko’ra sog’lom hayotga tayyorlash, bolalar kimdandir yoki nimadandir qo’rqqanidan emas, balki o’zlari qiziqqanidan fanlarni o’zlashtirishi, dars davomida shakllangan yangi g’oya va fikrlarini erkin tadbiq etishlari va qo’llab quvvatlashlariga zamin yaratishimiz lozim.
3. S.A.Abduvohidov, Z.A.G’aniyev. “Geografiya ta’lim metodokasi” SamDU nashiryoti, 2021-328 b.
4. O.A.Mo’minov. “Geografiya ta’lim metodikasi” ,-T. O’qituvchi, 1986 y.
O`qitishning interfaol metodlarni bilasizmi?
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg`ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. «Aqliy xujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo’lgan g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg`ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:
1. Mashg`ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir ta’lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g`oyalar miqdori rag`batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag`batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g`oyalarning tug`ilishiga olib keladi.
3. Har bir ta’lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g`oyalariga asoslanishi hamda ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g`oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g`oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg`ulotlar jarayonida ta’lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g`oya)lari baholanib, boriladigan bo’lsa, ta’lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag`batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
Mashg`ulot jarayonida ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
1.Mashg`ulot ishtirokchilarining o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish.
2.G`oyalarni yozib berish uchun yozuv taxtasi yoki varaqalarni tayyorlab qo’yish.
3.Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash.
4.Mashg`ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo’lgan shartlarni belgilash. Shartlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
a) ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g`oya baholanmaydi;
b) ta’lim oluvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muxit yaratiladi;
v) g`oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;
g) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning ta’lim oluvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
5. Bildirilayotgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish.
6. Muayyan qog`oz varaqlari g`oya (yoki fikr)lar bilan to’lgandan so’ng ularni yozuv taxtasiga osib qo’yish.
7. Bildirilgan fikrlarni yangi g`oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash.
8. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g`oya) lar ustida kulish, ularga nisbatan kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
9.Ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g`oyalar bildirilishi davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g`ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.
Aqliy xujum metodi to’g`ri va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o’rgatadi.
«Fikriy hujum» metodi
Bu metod o’quvchilarning mashg`ulotlar jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag`batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g`oyalarni to’plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish, yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo’lgan fikrlarni yechishga o’rgatish uchun xizmat qiladi. «Fikriy hujum» metodi. A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo’lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg`ulot (bahs)ning xar bir ishtirokchisi tomonidan o’rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag`batlantirishdan iboratdir. Bundan ko’zlangan maqsad ta’lim oluvchilarning mashg`ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o’qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko’lamining kengligiga bog`liq bo’ladi. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog`ida ta’lim oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg`ulot bir soat tashkil etilishi mumkin.
«Fikrlarning shiddatli hujumi» metodi
Mazkur metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodining mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta’lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish hamda ta’lim oluvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga 2 qarshi g`oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.
Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg`ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:
1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan ta’lim oluvchilarni o’zida biriktirgan hamda son jihatdan teng bo’lgan kichik guruhlarni shakllantirish.
2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.
3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g`oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi).
4-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini muhokama etish, ularni to’g`ri hal etilganligiga ko’ra turkumlarga ajratish.
5-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularni to’g`rilik darajasi, yechimini topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash.
6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlar yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
Yuqorida mohiyati bayon etilgan «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodini ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo’nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida birdik muvaffaqiyatli qo’llash mumkin. Metodni qo’llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
1. O’quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish;
2. Vaqtni iqtisod qilish;
3. Har bir o’quvchini faollikka undash;
4. Ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
Ko’rinib turibdiki ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o’zlashtirilishiga erishish, vaqtni iqtisod qilish, har bir ta’lim oluvchini faollikka undash, ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirishga yordam beradi.
«Yalpi fikriy hujum» metodi
Mazkur metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uni bir necha o’n (20, 40 va 60) nafar ta’lim oluvchilardan iborat guruh (sinf)larda qo’llash mumkin. Ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g`oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar ta’lim oluvchilarni o’z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy xal etilishi lozim bo’lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy xal etilgach, bu haqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o’qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg`ulot yakunida o’qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o’ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg`ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko’ra baholab boriladi.
Arra metodi
(E.Aronson,1978)
Pedagogik amaliyotda mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o’quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o’rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o’quvchilar bajarilishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o’quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo’yicha «mutaxasis»ga aylanadi. So’ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassis» bo’lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o’zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o’rtoqlariga bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o’quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.
1986-yili R.Slavin «arra» metodini qisman o’zgartirib «arra-2» metodini yaratdi. Mazkur metodga ko’ra kichik guruh 4-5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari o’quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o’quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir o’quvchi o’ziga tegishli qismini puxta o’zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi.
O’quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o’tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to’plagan guruh g`olib sanaladi.
«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman»
Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so’zlar yoziladi.
So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo’yadi.
Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g`ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi).
Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi.
So’ngi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma’lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da’vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. i qismini puxta o’zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi.
O’quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o’tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to’plagan guruh g`olib sanaladi. Namuna sifatida quyidagi jadvalni keltiramiz:
B-B-B jadvali
| Bilaman | Bilmoqchiman | Bilib oldim |
Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 daqiqa) matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar.
«Bumerang» texnologiyasi
Bu texnologiya o’quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab bera olish, fikrini erkin xolda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o’quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
Maqsad: trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o’zlashtirib olishlari hamda o’zaro suhbat munozara orqali, turli savollar, tarqatma materiallar va undagi matnlar qay darajada o’zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida o’quvchi-talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.
- trening to’g`ridan-to’g`ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik, guruhlarga bo’lishdan boshlanadi;
- trener har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o’rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma tarqatma material beradi tarqatma materialda trener tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo’yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog`liq. Agar 4 ta kichik guruh bo’lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo’linib har bir guruhga beriladi;
- faoliyat samarali bo’lishi uchun har bir guruhga berilgan matindan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga ega, har bir tinglovchi esa o’z guruhiga tushgan matnga ega bo’ladi.
- guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida o’rganishlari, matinni eslab qolishlari, keyin kerak bo’lganda trenerga yoki boshqalarga gapirib berishlari, iloji boricha matnni o’zlashtirib olishlari kerakligini trener uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta-kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt beradi. O’zi esa guruh va tinglovchilarni ish faoliyatini kuzatadi.
- trener oldindan tayyorlab qo’yilgan raqamlar yozilgan kichik qog`ozlar bilan har bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog`ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so’raydi (qog`ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog`liq, masalan: guruhda 5 kishi bo’lsa, qog`ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi, agar 4ta bo’lsa 1 dan 4 gacha va h.) guruhlardagi barcha tinglovchilar raqamlar yozilgan qog`ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo’lsa, shuncha guruh a’zolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog`ozlar tayyorlanadi.
- trener raqamlar bo’yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so’raydi. Masalan: hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruh, 3 raqamlilar uchinchi guruhni, 4 raqamlilar 4 chi guruhni, 5 raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so’raydi. Guruh a’zolari yangi guruhga o’tishlarida o’zlari bilan o’rgangan matnlarini oladilar.
- raqamlar bo’yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o’z-o’zidan to’planib qoladi, ya’ni 4 ta guruhda 4 xil matn o’rganilgan bo’lsa bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to’planadi, umumiy mavzu bo’yicha 4 tinglovchi va 4 xil matn to’planadi.
6-bosqich.
Guruhdagilar bir-birlariga o’z matnlarini gapirib berib, barchalari ushbu matnlarni bilib olishgach, trener o’rganilgan material guruh a’zolari tomonidan qanchalik o’zlashtirib olinganini tekshirib ko’rish uchun har bir guruh a’zosi bir-birlariga o’z matnlaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida ichki nazorat savol-javob orqali o’tkaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga so’zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o’zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi.
7-bosqich.
Tinglovchilar yana avvalgi joylariga qaytishlari so’raladi, ya’ni yana hamma mashg`ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.
8-bosqich.
Trener auditoriyadagi tinglovchilarning barchasi hammaga tarqatilgan yozma materiallar bilan tanish ekanliklari, ular haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lganliklarini hisobga olgan holda auditoriyadagi har bir o’quvchidan xohlagan materialni so’rashi mumkinligini aytadi.
9-bosqich.
Tarqatilgan materiallarning tinglovchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligi darajasini aniqlash maqsadida o’qituvchi yoki mahsus guruh yoki opponent guruhi tomonidan berilgan nazorat savollariga javoblarni reyting ballari orqali baholanishi tushuntirladi, masalan: savollarga berilgan javoblar – agar to’liq javob bo’lsa-3 ball, qo’shimcha qilinsa-2 ball, o’tirgan joyida luqma tashlasa-1 ball, javob berilmasa-0 ball qo’yilishi belgilanadi.
Baho sistemasida-to’liq javob uchun-5 baho, qo’shimcha uchun 4-baho, luqma tashlansa-3 baho, javob bermasa-2 baho, umuman ishtirok etmasa-1 baho qo’yishni belgilash mumkin.
Guruh a’zolarining javoblarini yuqorida ko’rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo’yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o’ziga guruh qatnashchilaridan birini «hisobchi» etib tayinlashi mumkin («hisobchi» ham davrada bo’layotgan savol javoblar muloqotida ishtirok etadi).
10-bosqich.
Bu bosqichda trener tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5-6 ta) bilan o’quvchilarga murojat qiladi (savollar iloji boricha hamma matnlarga tegishli bo’lgani ma’qul, shuningdek trener auditoriyadagi barcha o’quvchilarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi). Berilgan savollarga javob berish tugagach, trener doskaga guruhlar tomonidan to’plangan ballarni yozadi va mashg`ulotning keyingi bosqichiga o’tadi.
11-bosqich.
Trener har bir guruhni o’z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi.
12-bosqich.
Guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi «hisobchilar» guruh a’zolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to’g`ri bo’lsa, savol bergan guruh javobni to’ldirmaydi.
13-bosqich.
Trener guruh a’zolari to’plagan ballarni yana bir marotaba doskaga yozadi va to’plangan ballar (baholar)ning umumiy sonini aniqlaydi. To’plangan ballar (baholar)ni umumiy sonini guruh a’zolariga teppa-teng bo’ladi (yuqorida keltirilganlik asosida).
Izoh: agar to’plangan ballarni guruh a’zolariga teppa-teng bo’lishda o’quvchilar tomonidan norozilik bo’lsa, ya’ni ba’zi guruh a’zolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib, umumiy jamoaviy faoliyatda passiv bo’lgan bo’lishsa, yoki umuman ishtirok etmagan, qiziqmagan bo’lishsa, bunday holatda vaziyatni yechishni guruh a’zolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi to’g`ri hisoblanadi, yoki trener-o’qituvchi o’z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o’quvchilarning javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib boradi.
Agar o’quvchi faollik ko’rsatmagan, yoki savol javoblarda ishtirok etmagan bo’lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani bilib olgani, eslab qolib o’zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin. Bu o’quvchini keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq bo’lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni yechimini har bir o’qituvchi sharoitga, faoliyatga qarab o’zi hal etishi yoki guruh, jamoaga tashlashi mumkin.
Ba’zi guruhning «hisobchilari» ballarni qo’yishda noaniqlik yoki qo’shib yozishlari mumkin, natijada, ba’zi guruhlarning umumiy to’plagan ballari boshqa guruhlarnikidan katta farq qilishi mumkin. O’quvchi talabalarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan «hisobchi»lariga bog`liq ekanligini o’qituvchi eslatib o’tadi. Agar umumiy to’plangan ballarni guruh a’zolariga taqsimlanganda shu mashg`ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo’lsa, u holda shu mashg`ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg`ulotlarga yoki yakuniy nazoratga o’tkazish mumkin.
- bugungi mashg`ulotdan nimalarni bilib oldingiz?
- nimalarni o’rgandingiz?
- nimalar siz uchun yangilik bo’ldi?
- yana nimalarni bilishni istar edingiz?
Yozma bahslar
O’quvchilarga sinfdoshlar bilan birgalikda hozirgi vaqtda jamoatchilik fikrini to’lqinlantirayotgan mavzularda dialoglar rejalashtirish imkonini berish kerak. Yozma bahslar metodikasi yozma shakldagi bunday dialoglarni sinfdagi barcha o’quvchilar ishtirokida o’tkazish imkonini beradi. Metod o’quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoitini yaratadi. Munozara madaniyatini o’rgatish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi.
- debatlar-ikki tomon o’rtasidagi yozma muloqot shaklidir;
- debatlar ikki o’quvchi yoki o’quvchilar guruhlari o’rtasida o’zaro olib borilishi mumkin;
- ushbu uslub bahsli, mavzularni muhokama qilganda ayniqsa foydalidir;
- munozara paytida o’quvchilar faqat o’z asosli dalillarini taqdim etadi, qolaversa boshqa tomonning asosli dalillariga javob beradi;
- texnika o’quvchilarning muhokama qilinayotgan muammolariga doir bilimlarni chuqurlashtiradi, munozara madaniyatini o’rgatadi, asoslab berish malakasini oshiradi;
- o’qituvchi qo’lga kiritgan ajoyib material baholash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
4-bosqich. Mashq yakunlanganidan so’ng debatlarni birinchi tugatgan guruhlar vakillaridan plakatlarni o’qishni iltimos qiling (biron-bir sharhsiz). Agar ihtiyoringizda vaqt qolsa, boshqa guruhlardan ham o’z plakatlarini o’qib berishni iltimos qilish mumkin.
Mavzu: (O’qituvchi tanlaydi) __________________________________
Ha
Sizning eng kuchli asosli dalillaringiz?____________________________
Yo’q
Boshqa tomonning asosli daliliga javob qaytaring? Sizning eng kuchli asosli dalillaringiz?
Javob
Asosli dalil___________________________________________________
Javob
Asosli dalil ___________________________________________________
Javob
Asosli dalil ___________________________________________________
Javob
Yakun: ______________________________________________________
«Zigzag» strategiyasi metodi
Sinf o’quvchilari 7 ta guruhga bo’linadilar va guruh nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O’quvchilar matnlarni diqqat bilan o’rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to’ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o’quvchilari o’zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so’zlab berganlaridan so’ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o’rganib chiqilgach o’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o’zaro mantiqiy bog`liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g`oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So’ngra o’zlashtirilgan bilimlar asosida o’quvchilarning o’zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
«Insert» strategiyasi metodi
Sinf o’quvchilari guruhlarga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. O’qituvchi har bir guruh o’quvchilaridan mavzuga oid ikkitadan fikr bildirishlarini so’raydi. Guruhlar navbati bilan (ushbu jarayonda guruhning barcha a’zolari faol ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadga muvofiq) fikr bildiradilar. Bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi. Faoliyat yakunlangach, o’qituvchi mavzular mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi matnni o’quvchilarga tarqatadi. So’ngra shunday topshiriq beriladi:
a) matn bilan tanishib chiqing;
b) matnning har bir qatoriga quyidagi belgilarni qo’yib chiqing:
Z-matnda guruhda tomonidan bildirilgan fikr o’z aksini topgan bo’lsa;
S-matnda guruxlar tomonidan bildirilmagan fikr yuritilgan bo’lsa;
D-matnda bir biriga zid fikrlar mavjud bo’lsa;
?-matn bilan tanishish jarayonida tushunmovchiliklar yuzaga kelsa.
So’ngra guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini o’zaro o’rtoqlashadilar, guruh bo’yicha belgilar soni umumlashtiriladi. Liderlar vositasida har bir belgining miqdori bayon etiladi va izohlanadi. O’qituvchi guruhlar tomonidan qayd etilgan sonlarni ularning nomlari yozilgan ustunga yozib boradi.
O’qituvchi har bir guruh lideri fikrini tugatgach, yuzaga kelgan qarama qarshilik va tushunmovchiliklarni o’quvchilar to’g`ri xal etishlariga va tushunib olishlariga yordam beradi.
Shundan so’ng guruhlar darslikda berilgan matn bilan tanishib chiqib, asosiy tushunchalarni ajratidalar ular o’rtasidagi mantiqiy munosabatlarni ochib berishga harakat qiladilar (modellashtiradilar). Guruhlar tomonidan ilgari surilgan fikrlar umumlashtirilib, liderlar tomonidan sinf jamoasida yetkaziladi.
«Klaster» metodi
Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo’lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o’ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o’rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob’ektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o’zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo’lishini ta’minlashga hizmat qiladi.
Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg`ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g`oyalarning majmui tarzida nomoyon bo’ladi.
Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g`oyalarni uyg`unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«Klaster» metodini o’tkazish texnologiyasi:
1-bosqich. Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizni sifati to’g`risida o’ylab o’tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g`oyani o’ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tyg`ilgunga qadar davom ettiring.
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko’proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik va bog`liqlikni ko’rsatishga harakat qiling. Foyalar yig`indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang.
Stil va stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi puxta o’ylangan strategiya bo’lib, undan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.
Kichik guruhlarni tashkil etish
Sinf guruhlarda ishlaydigan birinchi mashg`ulot hal qiluvchi mashg`ulot xisoblanadi. U keyinchalik guruhli ishlarga yo’nalish beradi. Shuning uchun mana shu birinchi martada qator shartlarga rioya qilish juda muhim.
Birinchi guruh uchun:
1. O’qituvchi guruhni belgilaydi.
2. Qat’iy rahbarlik qilishi mumkin bo’lgan eng faol yoki boshqa o’quvchilar haqida o’ylab ko’ring.
3. Eng zehnli yoki juda qobiliyatli o’quvchilardan tanlab har bir guruhga kiriting.
4. Zehni o’tkir bo’lmagan o’quvchilarni ham tanlab, har qaysi guruhga taqsimlang.
5. Guruhni 4 ishtirokchi bilan (nazaringizda bir-biriga munosib) to’ldiring.
6. Rahbarni guruh bilan oldindan uchrashtiring va ular vazifasini tushuntiring.
7. Mashg`ulotlarda guruh vazifasini va rahbar vazifasini tushuntiring.
8. Har bir guruh doira shaklida o’tirsin. Har bir ishtirokchi hammani ko’rmaguncha guruh ish boshlay olmaydi.
9. Ish vaqtida doimo hap bir guruh atrofida yuring.
Muhokama oxirida o’z kuzatuvlaringizni ayniqsa har bir guruhdagi yaxshi g`oyaga e’tiborni qaratib gapirib bering.
Kichik guruhlarda ishlash uchun maslahatlar:
1. O’quvchilar ishni bajarishi uchun bilim va malakaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
2. Guruhga aniq yo’riqlar ko’rsating. Gypuhlar 1 yoki 2 yo’riqdan (hatto) juda tushunarli bo’lsa ham) ko’piga rioya etishi amrimahol.
Z. Kichik guruh uchun berilgan vazifaning bajarilishiga yetarlicha vaqt bering. Boshqa gypuhlapga nisbatan vazifasini erta bajargan guruhni band qilish yo’llarini o’ylab ko’ring.
4. Murakkab dasturni ishlab chiqish kerak bo’lganda guruhni 2-5 kishidan tuzing. Kichik guruhda muhokama qilish uchun 5 kishi yetarli.
5. Kichik guruhdagi ishlarni sinf uchun me’yorga aylantiring.
6. Baholash va mukofotlash tizimingiz kichik guruhdagi ishlarga qanday ta’sir qilishi haqida o’ylab ko’ring. Muvaffaqiyatli guruhiy ish uchun guruhga mukofot tayyorlang.
7. Guruh ishi natijalarining qanday topshirilishini aniq tushuntiring. Guruh ishi haqida sinfga kimdir e’lon qilishi kerak bo’lsa, uni oldindan tanlab qo’ying.
8. Jamoa bo’lib o’rganish vaqtidagi shovqinga ko’nikish uchun tayyorgarlik ko’ring.
9. Guruh tashkil qilayotganda o’quvchilarga «tazyiq» ko’rsatmang. Odatda turli xil guruhlar maqsadga muvofiq.
10. Har qanday sharoitda ham guruh bilan samimiy munosabatda bo’ling, guruhda ro’y berayotganlarni kuzating va baholang.
«Komandada o’qitish» metodi
Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi.
Shundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish
Bu yondoshuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi
Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976-yili Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko’proq o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.
O’quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o’rganish lozim bo’lgan o’quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o’quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o’quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o’z xissasini qo’shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir o’quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanib, yangi bilimlarning o’zlashtirishiga bog`liq bo’ladi.
«Nuqtai nazaring bo’lsin» metodi
- o’quvchilar muayyan muammoga o’z nuqtai nazarini asosli dalillab, ximoya qilishga o’rganadilar;
- o’quvchiga muammo muhokamasi jarayonida o’z fikrini o’zgartirish imkonini berish;
- o’qituvchi barcha o’quvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o’quvchilar o’rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin.
- ularning fikricha eng ahamiyatli takidlovlarni yozib borish;
- o’yin jarayonida o’z o’rnini o’zgartirmagan o’quvchilarni yozib borish;
- eng asosli dalillab berilgan javoblarni yozib borish.
«Skarabey» texnologiyasi
- boshida-o’quv faoliyatini rag`batlantirish sifatida («aqliy hujum»);
- mavzuni o’rganish jarayonida-uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o’rganish, yangi jihatlarini ko’rsatish;
- oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. «Skarabey» texnologiyasi o’quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o’quvchilar tajribasidan foydalanishni ko’zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o’tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko’rsatish mumkin.
- o’zgalar fikriga hurmat;
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- faollik;
- xushmuomalalik;
- ishga ijodiy yondashish;
- imkoniyatlarini ko’rsatish ehtiyoji;
- o’z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
- «men»ligini ifodalashga imkon beradi;
- o’z faoliyati natijalariga ma’sullik va qiziqish uyg`otadi.
Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi
Hamkorlikda o’qitishning «Birgalikda o’qiymiz» metodi 1987-yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o’quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo’lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to’liq bajarilish natijasida o’quv materialining yaxlit o’zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari-komandani taqdirlash, o’quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish.
Erkin fikrlash darslari
- o’quvchilarning darsga qizg`in tayyorgarlik ko’rishiga;
- ular o’rtasida o’zaro hamkorlik, yordam uyushtirilishiga;
- o’quvchilarning o’z fikr-mulohazalarini to’liq bayon qilishi va mantiqan dalillashiga;
- o’quvchilarda boshqalarning fikrini sabot va chidam bilan tinglash ko’nikmalarining hosil qilinganligiga;
- o’qituvchining iqtidori, e’tiqodi, o’quvchilarning bilim faoliyatini faollashtira olish ko’nikma va malakalariga egallaganlik darajasiga bog`liq bo’ladi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.