Press "Enter" to skip to content

Elektrotexnika rəhimova

Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13-noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan.

Elektrotexnika rəhimova

Информация о характеристиках, комплекте поставки, внешнем виде и цвете книжной продукции носит справочный характер и основывается на последних доступных к моменту публикации сведениях.

Электронная книга
Перед покупкой рекомендуем ознакомиться с разделом “Как читать купленную книгу”!

Чтобы оформить заказ, Вы должны быть авторизованы.

Поделиться с друзьями в соцсетях

  • Аннотация
  • Комментарии и отзывы

Darslikda nazariy elektrotexnikaga tegishli bo’lgan tayanch tushunchalar, atamalar, o’zgarmas va bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari, induktiv bo’g’langan zanjirlar, to’rtqutbliklar, elektr filtrlari, uch fazali zanjirlar, nosinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlari, chiziqli elektr zanjirlaridagi o’tkinchi jarayonlar, tarqoq parametric zanjirlar, passiv ikki qutbliklar va to’rtqutbliklar sintezi, o’zgarmas tok nochiziq elektr va magnit zanjirlari, o’zgaruvchan tok nochiziq elektr zanjirlari, elektrostatik maydon, o’zgarmas tokning elektr va magnit maydonlari va o’zgaruvchan elektromagnit maydonni hisoblash usullariga oid tegishli bakalavriat yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun yetarli darajada bo’lgan ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, har bir bob tegishli masalalar va nazorat savollari bilan to’ldirilgan.
Darslik 5310200, 5310600, 5310700, 5310800, 5311000, 5311100, 5430200 ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan professor-o’qituvchilar, ishlab chiqarish sohalarining mutaxassislari, muhandislar, magistrantlar va ilmiy-texnik xodimlar hamda malaka oshirish kurslarining tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin.

Elektrotexnika

2016 yil “___” _______________ dagi ____ -sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.

Fizika, matematika va axborot

mudiri, t.f.d. S.Yo.Inog’omov

O’quv uslubiy majmua MUKda ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.

“___” _______________ 2016 yil ____ – sonli bayonnomasi.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

TOShKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI

FIZIKA, MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI KAFEDRASI
Ro’yxatga olindi “Tasdiqlayman”

№___________________ O’quv ishlari bo’yicha

2016 y. «___» ________ prorektor f.f.n.,

____________________“____” ______2016 yil

ELEKTROTEXNIKA ”

fanidan
I Sh Ch I D A S T U R

Bilim sohasi: 500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

Ta’lim sohasi: 510000 Sog’liqni saqlash
Ta’lim yo’nalishi: 5320500 – Biotexnologiya (Farmatsevtik biotexnologiya)

5510600– Sanoat farmasiyasi (turlari bo’yicha)

Inog’omov S. Yo. Fizika, matematika va axborot texnologiyalari

kafedrasi dosenti, t.f.d.
Taqrizchilar:

S. Amirov – TTYMI Elektrotexnika asoslari

kafedrasining mudiri, t.f.d., prof.

F.X. Tuxtaev – Biotexnologiya kafedrasining dotsenti, f. f. n.

Ishchi dastur namunaviy dastur asosida ishlab chiqildi va kafedraning 2016 yil “——”———————dagi ——– – sonli majlisida muxokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari kafedrasining

Sanoat farmatsiyasi ilmiy kengashi 2016 yil “—————————dagi ——– – sonli majlisida muxokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.
Sanoat farmatsiya fakulteti ilmiy

kengashi raisi, dotsent X.Sh.Ilxomov

“___” _______ 2016yil

Ishchi dastur MUKning 2016 yil “__”________ dagi ___-sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlandi.

MUK raisi, f.f.n. S.U Aliyev
“___” ___________2016 yil

Hozirgi vaqtda mahalliy xom ashyo asosida arzon va talabga javob beradigan dori vositalari olish dolzarb masala hisoblanadi. Bu masalani hal qilishda chuqur nazariy va amaliy malakaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlash kerak.

Elektrotexnika asoslari fani sanoat farmasiyasi yo’nalishi bo’yicha taxsil olayotgan bo’lg’usi mutaxassislar uchun assosiy fanlardan hisoblanadai. Chunki sanoat miqyosida dori vositalari ishlab chiqaruvchi mutaxassislar yangi texnologiya va texnikadan foydalana bilishi, ularni boshqara olish hamda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni bilishlari kerak. Bu esa dori vositalari tayyorlash bo’yicha injener-texnologlar uchun elektrotexnika asoslari fanining ahamiyati naqadar katta ekanligini ko’rsatadi.

Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13-noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan.

Elektrotexnika asoslari fanining asosiy maqsadi va vazifalari:

– Elektrotexnika asoslari va elektr o’lchashlarning asosiy qonunlari;

– o’zgarmas tok zanjirlarini tuzish va hisoblash;

– o’zgaruvchan tok zanjirlarni analiz qilish va qonunlar asosida hisoblab chiqish;

– turli o’lchov asboblari (ampermetr, voltmetr va boshqalar) yordamida o’lchashlarni bajarish;

– sanoat farmasiyasi va biotexnologiyada qullaniladigan elektrotexnika qurilmalari va asboblarni ishlash prinsiplarni o’rganish;

– to’g’irlagichlarni tuzilishi , ishlash prinsipi vaigsh faoliyatida ulardan foydalana bilash.

– Fizik va elektrotexnika apparatlari bilan ishlashda o’lchov talablarini, texnika xavfsizligi qoidalarini bilish kerak.

  • fan bo’yicha o’tilayotgan temalarni to’liq o’zlashtirishlari.
  • Egallagan bilimlarini ishlab chiqarishga tatbiq qilishlari
  • o’zgarmas tok zanjirlarini tuzish
  • o’zgaruvchan tok zanjirlarini analiz qilish
  • elektrotexnik o’lchov apparatlari bilan ishlashda o’lchov talablari
  • texnika xavfsizligi qoidalari.
  • elektrotexnika va biotexnologik qurilmalarni ishlata olish
  • o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlarini yi\ish
  • laboratoriya ishlarini mustaqil bajarish.
  • o’lchov asboblari (ampermetr, voltmetr va boshqalar) parametrlarini щisoblab chiqarish va ular yordamida o’lchashlarni bajarish.
  • Fizika va elektrotexnika apparatlarini ishlata olish;
  • Olgan nazariy va amaliy bilimlarini ishlab chiqarishga tatbiq qila olishga ega bo’lishlari kerak.

1.3.Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi va

uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

Elektrotexnika asoslari fanini umumiy fizika kursining uzviy bog’langan tarmog’i sifatida qarash mumkin. Shuning uchun elektrotexnika asoslari fani fizika bilan bog’langan xolda undagi nazariy bilimlarni elektrotexnika asoslari fanida ishlab chiqarishga tatbiq qilgan xolda olib boriladi.

Shu bilan birga elektrotexnika asoslari fani avtomatika asoslari, oliy va hisoblash matematikasi, robototexnika asoslari hamda biotexnologiya mutaxassisligi bo’yicha o’qitilayotgan fanlar bilan uzviy bog’langan xolda olib boriladi.

1.4. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

Fan va texnikaning to’xtovsiz rivojlanib borishi dorishunoslik soxasidagi biotexnolog, injener-texnolog kabi mutaxassislarni yuqori bilimga ega bo’lishini taqozo etmoqda.Tayyorlanayotgan mutaxassislarni chuqur bilimli, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassis bo’lib chiqishi uchun “Elektrotexnika asoslari” fani bo’yicha nazariyani amaliyot bilan bog’lagan xolda olib borish katta ahamiyatga ega.

“Elektrotexnika asoslari” fani – elektr toki va elektromagnit xodisalarini sanoat ishlab chiqarishi va turmush ehtiyojlari uchun texnik maqsadlarda foydalanishni o’rganadigan fan bo’lib, ishlab chiqarishning asosiy negizi hisoblanadi.

1.5. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot

va pedagogik texnologiyalar

Elektrotexnika asoslari fanini o’qitishda talabalar o’tilayotgan mavzularni yaxshi o’zlashtirishi uchun ko’rgazma qurollaridan keng foydalangan xolda olib bariladi.

Talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan hamda yangi pedagogik texnologiyalardan (aqliy xujum, 3*4 texnologiyasi,bumerang, FSMU texnologiyasi, charxpalak, muammo, muloqot, baxslashuv va boshqalar) foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.

O’zgarmas tok zanjirlarini hisoblash

O’zgarmas tok zanjirlari. Dorishunoslik sohasidagi muhandislar uchun elektrotexnikaning ahamiyati. O’zgarmas tok zanjirlarining ta’rifi, sxemasi va uning sxematik belgilari. Tok manbalari va elektr qarshiliklarni o’zaro ketma-ket, parallel va aralash ulash.

Elektr o’tkazuvchanlik. Om, Joul-Lens, Kirxgof qonunlari. Elektr tokining energiyasi va quvvati. O’zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Tarmoqlangan oddiy tok zanjirlarini hisoblash.

2 – Mavzu: Magnit maydoni va uni

xarakterlovchi asosiy kattaliklar

Magnit maydoni va uning asosiy ko’rsatgichlari (magnit induksiyasi, magnit singdiruvchanlik, magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi, magnit kuchlanish, magnit yurituvchi kuchlar). To’la tok qonuni. Magnitlanish egri chizig’i. Magnit zanjiri va uning Om qonuni. Magnit zanjirini hisoblash. Amper (elektromagnit kuchlar) qonuni. Chap qo’l qoidasi.

3 – Mavzu: Bir fazali va uch fazali tok zanjirlari

Bir fazali sinusoidal kattaliklar. Bir fazali sinusoidal kattaliklar va ularning ifodasi hamda asosiy ko’rsatkichlari (davri T, chastotasi w, fazasi ( wt*) boshlang’ich fazasi, amplituda, oniy va ta’sir etuvchi qiymatlari. Sinusoidal tok zanjirlari va ularning fizik parametrlari (aktiv qarshilik, sig’im elementli zanjirdagi tok va kuchlanishlarning vektor tasvirlari).

Sinusoidal tok zanjirlari va ularni hisoblash.

Uch fazali tok zanjirlari. Uch fazali generator va iste’mol-chilarning yulduz va uchburchak sxemasi bo’yicha ulanishi.

4 – Mavzu: Elektr o’lchashlar va

elektr o’lchov asboblari

Elektr o’lchov asboblari. Ularning asosiy elementlari. Magnitoelektr sistema asboblari. Elektromagnit sistema asboblari. Elektrodinamik sistema asboblari. Elektr o’lchashlar. Elektr o’lchashlar tushunchasi. Elektr kattaliklarni o’lchash. O’lchash xatoliklari va aniqlik klassi. Elektr kattaliklarni elektr usulida o’lchash. O’lchash usullari. Noelektrik kattaliklarni elektr usulida o’lchash. O’zgarmas tok zan-jirlarida qarshilikni, kuchlanishni va tok kuchini o’lchash. Ommetrlar. Shuntlar va qo’shimcha rezistorlar. Avometr.

5 – Mavzu: Transformatorlar.

Transformatorlar va ularning vazifalari. Bir fazali transformatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipi. Transformasiyalash keffisienti va foydali ish koeffisienti (F.I.K.). Transformatorlarning salt ishlashi, qisqa tutashtirish tajribalari va maqsadlari. Uch fazali transformatorlar.

6 – Mavzu: O’zgarmas tok mashinalari

O’zgarmas tok mashinalarining tuzilishi va ishlash prinsipi. O’zgarmas tok mashinalarining konstruksiyasi. Ularni xalq xo’jaligida va sanoatda ishlatilishi. O’zgarmas tok generatorlari. O’zgarmas tok generatorlarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Generatorlarning turlari va tav-siflari. Uyg’otish qutblari. Mustaqil uyg’otishli va parallel uyg’otishli o’zgarmas tok generatorlari. O’zgarmas tok dvigatellari. O’zgarmas tok dvigatellarining tuzi-lishi, ishlash prinsipi. O’zgarmas tok dvigatellarining turlari, ulanish sxemalari va ishlatilishi. Mustaqil uyg’otishli va parallel uyg’otishli o’zgarmas tok dvigatellari.

7 – Mavzu: Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish

Elektr stansiyalar. Elektr energiyasini ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish turlari GES, GRES, KES, TES, AES.

Energetik sistemalar. Transformatorlar podstansiyalari va ularning turlari. Elektr uzatish simlarining ko’ndalang kesimini tanlashga oid asosiy mezonlar. Elektr tarmoqlari va sistemalari va ularning vazifalari. Korxonalarning quvvat koeffisienti uning texnika-iqtisodiy ahamiyati.

Elektrovakuum priborlarining xususiyatlari. Elektron emissiya: termoelektron, fotoelektron, elektrostatistik (avtoelektron) emissiyalar.

Diodning tuzilishi, ishlash prinsipi va xarakteristikalari. Uch elektrodli lampa-triod. Triodning tuzilishi, xarakteristikalari va parametrlari. Ko’p elektrodli lampalar. Elektron nur trubkasi. Ion priborlar. Elektrovakuum fotoelementlar
9 – Mavzu: Yarim o’tkazgichli priborlar.

Yarim o’tkazgichli diod, triod va tiristorlarning

elektrotexnik qurilmalarda ishlatilishi va ahamiyati

Elektronika asoslari. Elektronika asboblari ularning tuzilishi, ishlash prinsipi va qo’llanilishi. Yarim o’tkazgichli diod. Uning tuzilishi va xarakteristikalari. Yarim o’tkazgichli tranzistorlar. Ularning tuzilishi, ishlash prinsipi, shartli belgilari, parametr va tavsiflari.

Yarim o’tkazgichli diod, triod va tiristorlarning elektrotexnik qurilmalarda ishlatilishi va ahamiyati. Yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlar, to’g’rilagichlarning vazifasi va sxemalari. Elektron kuchaytirgichlarning umumiy ishlash prinsipi va klassifikasiyasi.

Yarim o’tkazgichli kuchaytirgichlar va ularning avtomatik nazorat va boshqarish sistemalarida qo’llanilishi. Yarim o’tkazgichli mikrointegral sxemalar va ularning qo’llanilishiga doir tushunchalar

3. AMALIY MAShG’ULOTLARNING NOMI

O’lchashlar xaqida umumiy tushunchalar.

Laoratoriya qurilmasi 1.1.-1.2.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.