Təhsil Nazirliyi: “” platformasında vətəndaş müraciətləri xidməti istifadəyə verilib
Təhsil Nazirliyi tərəfindən vətəndaş müraciətlərinə baxılması işinin daha da təkmilləşdirilməsi və əlçatanlığın təmin edilməsi məqsədilə “portal.edu.az” platformasına vətəndaş müraciətləri xidməti əlavə olunub.
Metodik tavsiya
“ Matematika fanini o’qitishda ilg’or ta’lim-tarbiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ” nomli ushbu metodik tavsiyada metodik xizmatning ta’lim- tarbiyadagi o’rni ,shuningdek umumta’lim maktablarida matematika fanini o’qitish samaradorligini oshirish uchun zamonaviy hamda samarali dars o’tish usullari yoritib berilgan. Ushbu metodik tavsiya umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilari uchun qo’llanma sifatida xizmat qiladi.
Metodik tavsiya2.docx
Картинками
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI Navbahor tumani XTB ga qarashli 17umumiy o’rta ta’lim maktabi matematikainformatika fani o’qituvchisi ning “ Matematika fanini o’qitishda ilg’or ta’limtarbiya texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati ” Ushbu metodik tavsiyada metodik xizmatning ta’lim tarbiyadagi o’rni , shuningdek umumta’lim maktablarida matematika fanini o’qitish samaradorligini oshirish uchun zamonaviy hamda samarali dars o’tish usullari yoritib berilgan. Ushbu metodik tavsiya umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilari uchun qo’llanma sifatida xizmat qiladi. 1 Taqrizchilar: A’zamov Aziz Navbahor tumani XTB aniq fanlar metodisti Boymurodova Yorqinoy 17umumiy o’rta ta’lim maktab direktori Murod Sodiqov maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Tuzuvchi: Navbahor tumani XTB ga qarashli 17umumiy o’rta ta’lim maktabi matematikainformatika fani o’qituvchisi Karimova Dildora Zamonovna Ushbu metodik tavsiya 17 umumiy o’rta ta’lim maktabining pedagogika kengashining 2018yil 31 may qaroriga asosan ko’rib chiqildi va maktabda ommalashtirildi hamda tuman miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etildi. Matematika fanini o’qitishda ilg’or ta’limtarbiya texnologiyalari va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning o’rni va ahamiyati 2 Kirish Reja: 1. O’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalarning o’rni va jahon tajribasi. 2. Fanlarni o’qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, EATR va elektron darsliklardan foydalanish. 3. Zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini o’quvchilar ongiga singdirish. Xulosa. Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafakkur dunyosidir. A.Disterveg 3 Hozirgi kunda mamlakatimizda jahon talablari darajasida ta’lim olish va kasb egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Yangi sharoitlardan kelib chiqib, „Ta’lim to’g‘risida“gi va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g‘risida“gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 20172021yillarga mo’ljallangan „O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi“ to’g’risidagi qarorlariga muvofiq ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirishni talab etadi. O‘quvmetodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2017yil 6 apreldagi“Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasbhunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida“ gi 187qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, biz o’quvchilarga mavzuga oid bilim, ko’nikma ,malaka berish bilan bir qatorga kompetensiyalarni ular ongiga singdirib, u kelajakda shu bilimidan hayotda qaysi sohada foydalana olishini va o’quvchilarning biror sohaga bo’lgan qiziqishini aniqlab uni yana rivojlantirishimizni talab etadi.Ana shundagina bizning yurtimizda ham dasturchilar, olim va muhandislar soni ko’payadi. Shu o’rinda Davlatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev quyidagi fikrlarini misol keltirsak bo’ladi: „Dunyoda qobilyatsiz bola bo’lmaydi, biz ana shu qobilyatni ko’ra olishimiz, tahlil qilib yuksaltirishimiz va shu qatorda o’quvchilarning qobilyatidan kelib chiqqan holda biror bir kasbga yoki hunarga yo’naltira olishimiz bizning eng asosiy vaazifamizdir.“ O’quvchilarga matematika fani bo’yicha quyidagi kompetensiyalarni o’rgatish zarur: Matematik usullar, matematik tilni aniqlash algoritmi; Mustaqil bilish faoliyati, matematik bilim va uslublarni turli xil manbalarni o’zlashtirish orqali mustahkamlash; 4 Matematik savodxonligi, matematika fanini ilmfan olamidagi ahamiyatini o’rnini o’quvchilarga yetkaza olishi; Asoslangan matematik tushuncha va atamalarni o’quvchilarga tushuntirib berish; O’quvchilarga turli xil vaziyatlarda (hayotda uchrashi mumkin bo’lgan holatlarda) matematik bilim va ko’nikmalarni qo’llashga o’rgatish. Xo’sh qanday qilib biz o’quvchilarga matematik bilimlarni tez va samarali yetkazishimiz mumkin? Matematika murakkab fanligidan kelib chiqib, biz ularni boshqa yo’llar orqali ya’ni noan’anaviy usullardan foydalanib, zeriktirmasdan o’yinlar orqali darslar tashkil etishimiz kerak.Bunda o’yindars sistemasini qo’llasak bo’ladi. Didaktik o’yinlar va yangi pedtexnologiyalarni qo’llash joyi va vaqtini bilishimiz kerak.Endi pedagogik texnologiyalarni kelib chiqish tarixiga nazar solsak: Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o`rtalarida AQSHda paydo bo`lib, 194050 yillar o`rtasigacha “Ta’lim texnologiyasi” deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o`qitishga nisbatan qo`llanilgan. 50 60 yillarda programmalashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan, 70 yillarda “pedagogik texnologiya” iborasi qo`llanilib u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o`quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80 yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta’riflar berilgan: Texnologiya – biror ishda, san’atda, mahoratda qo`llaniladigan usullar, yo`llar yig`indisi. Ushbu farqlar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin: ”Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo`g`ib tashlamagani deyarli mo`jiza, chunki bu nozik nihol ( ya’ni qiziquvchanlik) rag`batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo`qsa, u shaksiz, mahv bo`ladi”. ( A.Eynshteyn). Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo‘llanilmoqda. Innovatsiya so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib yangilik kiritish, yangilikdir, ya’ni tizim ichki tuzilishini o‘zgartirish, deb ta’riflanadi. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiymadaniy obyekt 5 sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘ladi. Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yangi pеdаgоgik tехnоlоgiya аsоsidа dаrs оlib bоrаdigаn o‘qituvchi muаllim tinib tinchimаsligi, o‘z ustidа muntаzаm ishlаshi, yangi аdаbiyotlаrni, mаqоlаlаr vа tаjribаlаr bilаn doimiy tаnishib bоrishi, ijоdiy izlаnishi zаrur bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchini fаоllаshtirаdigаn o‘zi vа o‘rgаnuvchi uchun qulаy bo‘lgаn uslub, usul vа yo‘llаrni o‘qitish shаkllаri vа vоsitаlаrini izlаshi hаmdа shu аsоsidа o‘quvchilаrni dаrs dаvоmidа mustаqil fikrlаshgа o‘rgаtishi kеrаk. Hozirgi kun o’qituvchisiga ko’plab talablar mavjud, chunki u – kelajak bunyodkorlarini tarbiyalaydi. Zamonaviy o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlashi, fanini chuqur bilishi, biror chet tilida muloqot qila olishi va AKT dan foydalanishni bilishi talab etiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo’lgan talablar kompleksini belgilaydi. Quyidagilar mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi. PEDAGOG MAHORATI: 1. Dars berish mahorati. 2. Tarbiyalash mahorati 3. O’quvtarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlari 4. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati Hozirda bilim qo‘yilgan maqsad sifatida emas, balki o‘quvchi shaxsini rivojlantirish usuli sifatida namoyon bo‘lmoqda. O‘qituvchi shaxsi oldiga qo‘yilgan ma’suliyatning biri, uning izlanuvchanligidir. O‘quv dargohidagi o‘qituvchilarning dars o‘tish jarayoni turlicha bo‘lishi mumkin, ammo maqsad yagona – jamiyatga kerakli, nafi tegadigan kadrni tarbiyalashdir. Quyida ilg’or pedagogik texnologiyalar, didaktik o’yinlar va boshqotirmalar kelltirilgan. «KICHIK GURUHLARDA ISHLASH» usuli: Kichik guruhlarda ishlash o`qituvchi tomonidan bеrilgan ma’lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun o`quvchilarni kichik guruhlarga ajratib, bеrilgan topshiriqning еchish yo`llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi usulddir. 6 Ushbu usul qo`llanilganda o`quvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo`lishga, birbiridan o`rganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo`ladi. Kichik guruhlarda ishlash mеtodi qo`llanilganda o`qituvchi boshqa noan’anaviy mеtodlarga qaraganda vaqtni tеjash imkoniyatiga ega bo`ladi. Chunki o`qituvchi bir vaqtning o`zida barcha o`quvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. «Kichik guruhlarda ishlash» usulini qo`llash bosqichlari: Faoliyat yo`nalishi aniqlanadi. Muammodan birbiriga bog`liq bo`lgan masalalar bеlgilanadi. Kichik guruhlar bеlgilanadi. O`quvchilar guruhlarga 35 kishidan bo`linishlari mumkin. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar. O`qituvchi tomonidan aniq ko`rsatmalar bеriladi va o`qituvchi tomonidan yo`naltirib turiladi. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi. Kichik guruhlar baholanadi. 1 2 3 4 5 6 7 «Kichik guruhlarda ishlash» usulining tarkibiy tuzilmasi Mavzu yoritiladi Kichik guruhlar shakllantiriladi 1guruhga topshiriq 1guruh taqdimoti 2-guruhga topshiriq 3-guruh taqdimoti Aniq ko`rsatma bеrish va yo`naltirish Muhokama va tahlil qilish 3-guruhga topshiriq 7 2-guruh taqdimoti Baholash 4-guruhga topshiriq 4-guruh taqdimoti Didaktik o’yinlar “Klaster” usuli (1015 minut) Klaster inglizcha so’z bo’lib ,dasta ,bog’lam, shajara,tarmoqlash degan tushunchalarini anglatadi.Bu usulni qo’llash uchun sinf guruhlarga ajratiladi.Har bir guruhga bittadan vatman yoki plakat,qalam va bittadan savol beriladi.Savol vatmanning o’rtasiga tepadan yoziladi.Har bir o’quvchining javobi to’g’ri yoki noto’g’riligidan qat’iy nazar yozib boriladi.Javoblar tugagach to’g’ri javoblar strelkalar orqali bog’lab chiqiladi.Noto’g’ri javoblar uzilib qoladi.Savol daraxtning tanasi bo’lib,javoblar uning shoxlari kabi bo’ladi.To’g’ri va keng ko’lamli javob topgan guruh g’olib deb e’lon qilinadi.Javoblar guruh sardorlari tomonidan izohlab beriladi.O’qituvchi esa o’quvchilarni yo’naltirib ko’maklashib boradi. “ 3X 4 “ o’yini (1015 minut) Sinf 4 ta guruhga bo’linadi.Har bir guruhga yuqori qismida savol yoki matn yozilgan varaq tarqatiladi.Guruhlar ushbu savolning ostiga uchtadan javob yozadilar va varaqlarini qoldirib,o’zlari 2guruhning joyiga ,2guruh esa 3guruhning joyiga , 3guruh esa 4guruh joyiga ,4guruh esa 1guruhning joyiga o’tiradilar.Shu tariqa har bir guruh joylarini 3 martadan almashtirib ,o’zidan oldingi guruhning javoblariga yana 3 tadan qo’shimcha qiladilar.O’z joyiga aylanib kelgan guruh javoblarni umumlashtirib yakuniy xulosa yasaydi.Guruh sardori o’z guruhini javoblarini izohlab,sharhlab beradilar. «OROL» O’YINI O’yinning maqsadi: O’quvchilarni xalq xo’jaligining kadrlarga bo’lgani ehtiyojini, kasblarning ahamiyatini tushuntirishga mo’ljallangan. O’yin o’quvchilarni kasblarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini yaxshi idrok etishini ta’minlaydi. SHuningdek, ularni biron bir kasbni tanlashga yo’naltiradi. O’yinning shartlari. 1.O’yin 7 va 8 sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan. 2.O’yinni ijrosi uchun ajratilgan vaqt: 40 daqiqa. 3.Sinf doskasidan o’yin natijalarini qayd etish uchun foydalaniladi. O’yin bosqichlari: Ushbu o’yin ortiqcha tayyorgarliksiz, to’g’ridan to’g’ri o’tkaziladi. O’yin bosqichlari quyidagilardan iborat: 8 1. O’quvchilarga o’yinning nomi elon qilinadi va «OROL» o’yinining umumiy qoidalari o’qib eshittiriladi: faraz qiling, hammamiz mo’’jiza ro’y berib, kimsasiz bir orolga tushib qoldik. Bizni qachon qutqarishlari noma’lum. Kimsasiz orolda yashab qolishning ikkita yo’li bor: birinchisi, yashash uchun zarur narsalarni yaratish va ishlab chiqish. Ikkkinchisi, kimsasiz oroldagi siviliztsiyalashgan odamlar bilan birga yashashga organish. Boshlovchi: biz siz bilan 40 daqiqa ichida birgalikda bu masalani hal qila olishimiz mumkinligini isbot qilishmiz kerak. Ichimizda eng yoshi katta men bo’lganligim uchun yetakchilik qilaman. SHuni bilingki, bizning jamiyatimiz demokratiyaga asoslangan. Qani kimda yana qanday takliflar bor? 2. O’quvchilarning takliflari og’ir sharoitda yashab qolish choratadbirlarini o’ylab topishga qaratiladi (yashash uchun joy, oziqovqat va boshqalar). O’qituvchi o’quvchilarning barcha takliflarini birmabir doskaga yozadi. 3. Takliflarni oldindan muhokama qilish ham mumkin. Ulardan eng muhimlari ajratib olinadi va sinf doskasida yozib qo’yiladi. O’yinning 2 va 3bosqichlarini 510 daqiqada yakunlash maqsadga muvofiq. 4. Ish jadvali tuzilayotganda boshlovchi umumiy ishtirokchilarning soniga tayanadi. Har bir yashab qolish choratadbirlariga nechtadan odam kerakligi aniqlanadi. Qachonki ish jadvali tuzilayotganda boshlovchi umumiy ishtirokchilar sonidan kelib chiqib, tirik qolish chorasni kurish uchun har bir ishga qancha ishchi keraklgini taqsimlaydi. Bu jaryonni o’quvchilar birgalikda muhokama qiladilar va unga aniqlik kiritib oladilar. Boshlovchi har bir ish turi va unga qancha ishchi jalb qilinishini doskaga yozib boradi. Bu bosqich uchun 3 yoki 5 daqiqa ajratiladi. 5.Boshlovchi o’quvchilarga kim qaysi ishni bajarishni xohlashlarini qo’l ko’tarib bildirishlari va odamlar sonini belgilangan me’yordan kam yoki oshmasligini taklif qiladi. SHuningdek, ish turiga ko’ra xohlovchilarning ismi doskaga yozib qo’yiladi. Odatda o’yin jaryonida noodatiy talab va istaklarga duch kelinadi. Agar o’yinga ajratilgan vaqt kamlik qilsa, u holda joriy bosqichdan keyin muhokamani uyushtirish mumkin 6. Boshlovchi noma’lum kasalga chalinganligi va u 3 daqiqadan so’ngra hayot bilan xayrlashishini e’lon qiladi. O’quvchilardan hayotni davom ettirishni yo’lga qo’yuvchi tezkor 9 Kengash tuzishlari kerakligini aytadi. Unda Kengash tarkibi va a’zolikka nomzodlarni saralash masalasi hal etiladi. 7. Boshlovchi o’limidan keyin “yovuz ruxga” aylanib qolishni bayon qiladi, uning jamoada qolishi o’quvchilarning hayotiga xavf solishi, ofat va balolar keltirib vaziyatni yanada qiyinlashtrishni mumkinlgni aytadi. O’layapman. Hayotda yana muammolar tug’ilishi va qiyinchiliklar duch kelinishi mumkinligi, buni kengash orqali hal etish muhimligini bildiradi. Uning so’zlaridan keyin kengash a’zolarga kelajakda tirik qolib yashash choralarni ko’rishni, hal qilinmagan muammolarni hal qilishlarini taklif qiladi va sinfning oxirgi partalardan biriga borib o’tirib oladi. Ma’lum vaqt o’yindan o’zini chetga olib turadi. . 8. Kengash a’zolari tirik qolish uchun barcha choralarni izlay boshlaydi va aniq rejalar asosida guruhlarga ishlarni taqsimlab beradi (ishchilar bilan maslahatlashgan holda ular o’zlariga yuklatilgan ishlariga masuliyat bilan yondashishlari lozimligi tushuntiriladi). Kengash a’zolarining ish jarayonidagi erishgan yutug’laridan kelib chiqib, boshlovchi ularning faoliyatiga ayrim qiyinchiliklarni tug’diradi: tropik kasalliklar yordamida faol o’quvchilarning faolligini susaytirishi mumkin ( zaruriy tibbiy yordam chaqirish); shamol, jala yordamida ayrim ishchi guruhlarining ishlarini yanada qiyinlashtiradi. Epidemiya xavf solganda boshlovchi kengash a’zolariga sanitariya gigiena inshoatlarini qurish kerakligi haqida ishora beradi. Agar kengash a’zolari o’z vazifalarini yaxshi uddalay olmasalar ham boshlovchining o’yinga aralashishi kerak emas. 9. Mashg’ulot yakunlanishiga 57 daqiqa qolganda boshlovchi o’yinni tugaganligi haqida ogohlantiradi. O’yinning muhokamasi Agar o’yinni muhokama qilish uchun vaqt etmay qolsa,u holda muhokamani keyingi darslarga qoldirish mumkin Muhokama uchun dastlabki savollar quyidagilardan iborat: “Biz tirik qolishni uddaladikmi?” “Biz sivilizasiyalashgan odamlar bo’lib qola oldikmi?” O’quvchilar ushbu savollarga javob berar ekan, o’z fikrlarni qisqacha asoslab berishlari kerak. SHuningdek, bu savollarga boshlovchining o’zi ham oydinlik kiritishi mumkin. 10 O’yinning diagnostik imkoniyatlari O’yin o’quvchilarning o’zlariga yuklatilgan umumiy qabul qilingan vazifalarni bajarishga o’rgatadi. Ularni har xil, hattoki, nufuzga ega bo’lmagan ishlarni ham bajarish zarurligini tushunishiga olib keladi. O’yinda uchraydigan qiyinchiliklar Ushbu o’yin imkoniyatiga ko’ra anchagina boy. Unda aniq ishlarni muhokama qilish, oroldagi geografik detallarga qiziqish, “kimsasiz orolliklar” bilan kurashish o’yin muammosidan chetga chiqishga olib keladi. YAshab qolish masalalari jamoa bo’lib hal etiladi. Boshlovchi tartibintizomga e’tibor qaratishi lozim. Bir kishi so’zlayotgan vaqtda boshqalari tinglashlari lozim, aks holda sinfni boshqarish qiyinlashadi. Har bir kishiga 1520 soniya so’zlash uchun vaqt ajratiladi. O’yinning istiqboli 11 Ushbu o’yinga mos, mustaqil ravishda o’xshash tarzda uning tamoyillariga tayanib, korxona, muzey, teatr tashkil etish o’yinlarini uyushtirish mumkin. Qo’shimcha tashkil etilgan o’yinlar yo’riqnomalarni murakkablashtiradi «BAHSMUNOZARA» usuli Bahsmunozarao`quvchilarni ikki guruhga bo`lgan holda, biror mavzu bo`yicha o`zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o`tkaziladigan o`qitish usulidir. Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilgan holda ushbu usul qo`llaniladi. Bahsmunozarani boshqarib borish vazifasini o`quvchilarning biriga topshirish mumkin. Bahsmunozarani erkin holatda olib borish va har bir o`quvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu usul olib borilayotganda o`quvchilar orasida paydo bo`ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kеrak. Bahsmunozara usulining afzaлликлари: 12 qiladilar; bеradi. o`quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi; o`quvchilar o`z fikrining to`g`riligini isbotlashga harakat o`quvchilarda eshitish qobiliyatining rivojlanishiga yordam «Bahsmunozara» mеtodining tarkibiy tuzilmasi Bahsmunozara usulini o`tkazish bosqichlari: Aqliy hujum usuli qo`llaniladi Turli fikrlar tinglanadi Fikr-g`oyalar to`planadi Tahlil qilinadi Aniq va maqbul еchimni topish 1 2 3 4 5 O`qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va qatnashuvchilarni taklif etadi. O`qituvchi «Aqliy hujum» usulidan foydalanib, o`quvchilarga mavzu bo`yicha savol bеradi. O`qituvchi bildirilgan g`oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlaydi. Bu bosqichda o`qituvchi guruh qatnashchilariga o`z fikrini bildirishga sharoit yaratib bеradi. Qatnashchilar bildirilgan fikr va g`oyalarni guruhlashtirib, ularni tahlil qilishga o`tishadi. Tahlil orqali qo`yilgan vazifaning eng maqbul еchimini topishga harakat qilinadi Tezkor savollar 1.Natural son nechidan boshlanadi (1dan) 2.sonning ikkinchi darajasi bu… (kvadrati) 3.sonning uchinchi darajasi bu… (kubi) 4.Narsalarni sanashda foydalanadigan son bu… 13 (natural son) 5.Noma’lum son qatnashgan tenglik bu…(tenglama) 6.O’nli sanoq sistemasini fanga kiritgan olim (alxorazmiy) 7.Qanday sonlar ikkiga bo’linadi (juft sonlar) 8.Qanday sonlar uchga bo’linadi (raqamlar yig’indisi uchga bo’linsa) 9.Qanday sonlar beshga bo’linadi (oxirgi harfi nolga bo’linsa) 10.Qanday sonlar to’qqizga bo’linadi (raqamlar yig’indisi to’qqizga bo’linsa) 11.tub son nima (birga va o’ziga bo’linsa) 12.Murakkab son nima (ikki va undan ortiq songa bo’linsa ) 13.EKUB nima (eng katta umumiy bo’luvchi) 14.EKUK nima (eng kichik umumiy karrali ) 15.Ulush nima (butunning teng bo’laklari) 16.Teng ulushlar yig’indisi (kasr son ) 17.Surati maxrajidan kichik kasr… (to’g’ri kasr) 18.Butunning to’rtdan bir ulushi (chorak) 19.Butunning ikkidan bir ulushi (yarim ) 20.Surati maxrajidan katta yoki maxrajiga teng kasrlar…(noto’g’ri kasrlar) 21.Butunning sakkizdan bir ulushi.(nimchorak) 22.Butun son bilan kasr sonning yig’indisi…(aralash son) 23.Agar kasrning surati va maxraji ayni bir natural songa ko’paytirilsa kasrning qiymati o’zgarmaydi, avallgisiga teng kasr hosil bo’ladi bu nima ( kasrning asosiy xossasi) 24. Kasrning surat va maxrajini ularning birdan farqli umumiy bo’luvchisiga bo’lish nima. (kasrni qisqartirish) 25.Surat va maxraji o’zaro tub son bo’lgan kasr qanday kasr… (qisqarmas kasr) 26. Sakkizdan uch va beshdan o’nbir kasrlarni umumiy maxrajga keltiring. 27.To’g’ri burchak necha gradusga teng.(90gradusga). 28.Nol gradusdan to’qson gradusgacha qanday burchak. (o’tkir) 29.To’qson gradusdan bir yuz sakson gradusgacha qanday burchak. (o’tmas). 30.Burchaklar qanday asbob yordamida o’lchanadi. (transportir). O`quvchilar bilimini charxlash.BOSHQOTIRMALAR 14 Yangi mavzuni o`zlashtirishda «O`quvchilar bilimini charxlash» usuli yaxshi natija bеradi. Bunda «Boshqotirma» o`yinmashqidan foydalanish mumkin. Bunda o`tilgan mavzular bo`yicha gеomеtrik tushunchalar yuzasidan quyidagi boshqotirmani topish o`quvchilardan talab qilinadi. 1. 2. 3. 5. 7. 9. Х Х Х Х Х Х Х Х Х 4. 6. 8 Boshqotirmani yеchish uchun SAVOLLAR: 1. Qaramaqarshi tomonlari parallеl to`rtburchak; 2. Isbot talab qilinmaydigan jumla; Isbot talab qilinadigan jumla; 3. 4. Tomonlari tеng parallеlogramm; 5. Tomonlari tеng to`g`ri to`rtburchak; 6. To`g`ri chiziqning ikki nuqtasi bilan chеgaralangan qismi; 7. Gеomеtriya bo`limlaridan biri; 8. Tеkislikning aylana bilan chеgaralangan qismi; 9. Еr ustida o`lchash bilan shug`ullanuvchi fan 15 “Geometriya” krossvordi G E O M E T R I Y A Savollari: 1. Qaramaqarshi tomonlari o‘zaro parallel bo‘lgan to‘rtburchak nima deyiladi? Ikki tomoni parallel, qolgan ikki tomoni parallel bo‘lmagan to‘rtburchak nima deyiladi? 2. 3. Tomonlari teng bo‘lgan parallelogram nima deyiladi? 4. Beruniy davrida trapetsiya nima deb nomlangan? 5. Simmetriya o‘zbek tiliga tarjima qilingandagi ma’nosi. 6. Tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak nima deyiladi? 7. Arxitektura haqida birinchi bo‘lib qaysi muhandis kitob yozgan? “Donishnoma” asarini qaysi matematik olim yozgan? 8. 9. Trapetsiya qanday tildan olingan? 10. Kvadrat qanday tildan olingan? 16 Klaster usulidan foydalanib, o’quvchilarga tarqatma materiallar tarqatish. Dars ishlanmalardan namunalar Fanlarni o’qitishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, EATR va elektron darsliklardan foydalanish. Hozirgi kunda har bir fanlardan multimedia, elektron darsliklar, EATR lar yaratilgan. Biz AKT vositalari va internet materiallaridan oqilona foydalanishimiz kerak. Mana shuning uchun ham o’qituvchini birdanbir vazifasi o’quvchilarda ko’proq ravshan tasavvurlar bo’lishini ta’minlashdan iboratdir, buni esa zamonaviy AKT lardan foydalanib o’qitishgina ta’minlay oladi. Pedagogik tajriba shuni ko’rsatadiki, darsni tashkil etish va o’tkazishning umumiy sxemasini aniqlash mumkin emas. Har bir darsning o’ziga xos tayyorgarligi bo’lganidek, uni o’tkazish sxemasi ham alohida bo’lishi kerak, chunki har bir dars o’quvchilarga bilim berishni navbatdagi bosqichi hamda o’zining bir butun va tugaligi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy AKT lardan foydalanib dars o’tishda pedagogik talablardan yana biri – o’qituvchi mahoratidir. GeoGebra dasturi 8SINF ALGEBRA ELEKTRON DARSLIGI 7sinf algebra ELEKTRON DARSLIGI Shu bilan bir qatorda turli xil test dasturlaridan ham o’quvchilar bilimini baholashda va bo’shliqlarni aniqlashda foydalanish mumkin. 3.O‘rta Osiyo mutafakkirlari va O‘zbekiston matematiklarining matematika fani rivojiga qo‘shgan hissalari. O‘rta asrlarda yashagan va arab tilida ilmiy asarlar yozgan mashhur matematik, astronom, tabiatshunos va faylasuflar haqida so‘zlaganda biz Muhammad ibn Muso Xorazmiy (780847), Abul Abbos Farg‘oniy (IX asrda yashagan), Abul Vafo (940998), Xo‘jandiy (taxminan 1000 yilda vafot etgan), Ko‘hiy (990 yilda hayot bo‘lgan), Hosib Karxiy (1025 yilga yaqin vafot etgan), Abu Rayhon Beruniy (9731048) Abu Ali ibn Sino (9801037), anNasaviy (taxminan 1030 yilda vafot etgan), Umar Xayyom (taxminan 10481122), Nasriddin Tusiy (12011274), G‘iyosiddin Jamshid Koshiy (1442) kabi buyuk olimlarimizni nazarda tutamiz. Mazkur olimlar o‘rta Osiyo va unga qo‘shni yerlardan kelib chiqishiga qaramay, vatanidan uzoq joylarda ijod qilib, boshqa mamlakat xalqlari bilan yaqindan aloqada bo‘lib, fan va madaniyat xazinasiga qimmatbaho durdonalar qo‘shgan va shuhrati butun olamga tarqatilgan. Muhammad ibn Muso Xorazmiy (780847). Muhammad Xorazmiy ijodi asosan islom dinigacha bo‘lgan xorazm faniga va qo‘shni mamlakatlar, Hindiston va Yaqin SHarq mamlakatlarining ilmiy fikrlariga asoslangan. O‘rta asrda yashab ijod etgan mashhur olimlardan yana biri xorazmlik buyuk entsiklopedist Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (9731048) dir. U ilk o‘rta asrda, O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma’naviy hayotida yirik voqealar sodir bo‘layotgan bir davrda yashadi. O‘rta Osiyoning Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Abu Sahil Masihiy, Abu Nasr ibn Iroq, Xo‘jandiydek yirik olimlari jahon madaniyati taraqqiyotida chuqur iz qoldirib, o‘sha davr dunyoviy madaniyatning eng taniqli namoyandalariga aylandilar. O‘rta asrning ilmiy tafakkuri cho‘qqilaridan biri Abu Rayhon Beruniydir. Beruniyning astronomiya, matematika va boshqa fanlar sohasida qilgan ishlari yuzasidan olib borgan ilmiy tekshirishlari olimning haqiqatan ham eng ulug‘ mutafakkir ekanligi, uning ilmiy faoliyati fan taraqqiyotida butun bir davrni tashkil etishini ko‘rsatadi. AlXorazmiy hayoti va ijodi Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso alXorazmiy Xorazmda taxminan 783yilda tug‘ilgan. AlXorazmiy «Aljabr va almuqobala haqida qisqa kitob» asari bilan algebra faniga asos soldi. Shu asar tufayli olim nomining lotincha shaklida «algoritm» termini paydo bo‘lgan. Al Xorazmiy Bag‘doddagi «Bayt ulhikma» (Donishmandlar uyi)da rasadxona, kutubxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qildi. AlXorazmiyning 10 ta asari bizgacha yetib kelgan: 1. «Hind hisobi haqida» (Fi hisab alhind).Bu asarni XII asrda Ispaniya olimi Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga tarjima qildi. Keyinchalik Bonkompani, K.Fogel, I.Sevilskiylar tadqiq qildilar. Risola 8 ta bobdan iborat bo‘lib: 1) natural sonlarni «hind raqamlari» hisoblangan 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 lar yordamida yozish; 2) sonlarni qo‘shish va ayrish; 3) ikkiga bo‘lish va ikkiga ko‘paytirish qoidalari; 4) ko‘paytirish amali va uni 9 raqami yordamida tekshirish; 5) bo‘lish; 6) kasrlar hisobi; 7) kasrlarni ko‘paytirish; 8) musbat sonlardan kvadrat ildiz chiqarish. Bu risola hisob bo‘yicha qo‘llanma sifatida Yaqin va O‘rta Sharq hamda G‘arbiy Yevropaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Lotin tiliga tarjimasida «alXorazmiy» so‘zi Algorithmus (Algoritmus) deb yozildi va jahon faniga yangi “algoritm” atama sifatida kiritildi. 2. «Aljabr va almuqobila haqida qisqa kitob» (Alkitab almuxtasar fi hisab aljabr val muqabala) Bu asarni XII asrda Ispaniya olimlari Kremonalik Gerardo va Batlik Adelardlar arab tilidan lotin tiliga, keyinchalik Gans va Grantlar ingliz tiliga tarjima qilish asosida o‘rgandilar.Bu risola 27 ta bobdan iborat. 3. «AlXorazmiy ziji» (ya’ni jadvallari) yoki «Al –Ma’mun ziji». Bu risola 37 ta bobdan iborat bo‘lib, uni XII asrda Ispaniya olimi Batlik Adelard arab tilidan lotin tiliga, keyinchalik X.Zuter nemis tiliga, B. Kopelevich rus tiliga tarjima qildilar. 4. «Astrulyabiyalarni qo‘llash haqida kitob»(Kitab alamal bilastrulabat).Bu risolada astronomiyaga oid 43 ta masala hal qilingan. 5.«Astrulob yordamida azimutni aniqlash» (Ma’rif assamt bilastrulab). X asrda yashagan Ibn Nadimning «Fixrist» asarida tilga olinadi. 6. «Quyosh soati tekisligida soatni ko‘rish haqida» (Amal assaat fi basit arruxama). 7. «Astrulobni yasash haqida kitob» (Kitab amal asastrulab).U X asrda yashagan Ibn Nadimning «Fixrist» asarida tilga olinadi. 8. «Quyosh soati haqida kitob» (Kitob arruxama).Bu risola haqidagi ma’lumot Ibn Nadimning «Fixrist»ida bor. 9. «Jo‘g‘rofiya kitobi» (Kitob suratilard). Mjik tomonidan arab tilidagi matn chop qilingan. 10. «Yahudilar eralari va bayramlari haqida risola» (Risola fi istixroj ta’rix yahud va a’yodihim). Bu risola AQSh olimi E.Kennedi tomonidan o‘rganildi. AlXorazmiyning bizgacha yetib kelgan 10 ta risolasidan quydagi 3 ta katta kashfiyot haqida aytish joizdir: 1. «Hind hisobi haqida»gi risolasida o‘nlik pozitsion sanoq tizimining oltmishlikdan ustun ekanligini ko‘rsatgan va bu asarni lotin tiliga tarjimasi orqali o‘nli pozitsion sanoq tizimi tarqalgan. 2. «Aljabr va almuqobala haqida qisqa kitob»ida aljabrni astronomiyaning yordamchi qismidan mustaqil fan darajasiga ko‘tardi, 6 ta chiziqli va kvadrat tenglamalarni tasniflagan. 3. AlXorazmiy o‘z shogirdlari bilan orasidagi masofasi 35 km. bo‘lgan Tadmor va ar Rakka shaharlaridan o‘tuvchi Yer sharining 10 li meridiani uzunligini hozirgi o’lchovda 111814,64 metr (XIX asrda Bessel110938 metr hisoblagan. Xorazmiy va Besselning o’lchovlari orasidagi farq 876metrga yaqin) hisoblagan. AlXorazmiy 850yilda Bag‘dodda vafot etgan. AlXorazmiy asarlaridan darslarda foydalanish Xorazmiyning «Hind hisobi haqida»gi risolasida 5sinf matematikada natural sonlar ,raqamlar, sinflar, martaba, natural sonlar va ular ustida qo’shish, ayirish,ko’paytirish va bo’lish mavzularini tushuntirishda qo’l keladi. Xorazmiy hind raqamlari ya’ni o’nta raqam 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 dan foydalanib har qanday sonni yozish mumkinligini isbotlagan va o’nli sanoq sistemasiga asos soldi.Uning bu kashfiyotidan informatika darslarida sanoq sistemalari ustida amallar bajarishda foydalanamiz. O’nli kasrlarni kim kashf etgan? XV asrda Samarqandda Mirzo Ulug’bek boshchiligida “Astronomiya maktabi” vujudga kelgandi. 14251428yillari Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat arig’I yonidagi Ko’hak tepaligida rasadxona qurilgan. Samarqand madrasasidagi tolibi ilmlar o’zlarining olgan nazariy bilimlarini rasadrxonaga kelib amaliyotga qo’llaganliklari haqida ma’lumotlar mavjud. Ulug’bek madrasasi va rasadxonasida Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa olimlar ishlaganlar. G’iyosiddin Koshiy 1427yilda matematikaga oid “Arifmetika kaliti” (“Miftohulhisob”) asarini yozgan. Bu kitobning 7 ta qo’lyozmasi ma’lum bo’lib, ular Berlin, London, Parij, SanktPeterburg shaharlarida saqlanmoqda. “Arifmetika kaliti” asarining ikkinchi qismida turli kasrlar: suratlari bir bo’lgan Misr kasrlari, mahraji turli sonlarbo’lgan Bobil kasrlari, surat va mahrajlari turli sonlar bo’lgan oddiy kasrlar, ularni yozish usullari, kasrlar ustida amallar bajarish, ularni bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga keltirish va boshqalar bayon etilgan. Bunda J.Koshiy mahrajlari 10,100,1000 va hokazobo’lgan kasrlarni, ya’ni o’nli kasrlarni qaraydi, ularga ta’riflar beradi, “o’ndan”, “yuzdan”, “mingdan” va hokazo atamalarini kiritadi. Koshiy o’nli kasrlarni yozishda butun qismidan so’ng vertical chiziq chizib, so’ng kasr qismini yozadi yoki butun qismini bir xil siyoh bilan, kasr qismini boshqa siyoh bilan yozadi. O’nli kasrlar ustida amallar bajarish qoidalarini beradi va ularni juda ko’p misollar bilan tushuntiradi. Shunday qilib, Koshiy o’nli kasrlar nazariyasini asoslovchi birinchi olim hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, Yevropada o’nli kasrlar haqida birinchi asar yozgan olim Koshiy zamonidan bir yarim asr keyin yashagan gollandiyalik Simon Stevin (15481620) hisoblanadi va u Koshiyning kashfiyotidan bexabar edi. Yevropada esa S.Stevindan fransiyalik Bonfils ilgarilab ketgani to’g’risida ma’lumotlar mavjud. O’nli kasrlarning hozirgi ko’rinishda yozilishiga qadar butun qismidan keyin qavs ichida (0) yozish odat bo’lgan. Masalan, 3,7 ni 3(0)7 ko’rinishda yoki vertikal chiziq bilan ajratilgan (3??I7) yoxud turli rangli siyohda yozilgan. Butun qismidan keyin vergul ishorasini qo’yish nemis olimi I.Kepler (15711630) tomonidan kiritilgan. Matematik viktorinalar. 1. Bo`lish amalini bajarmasdan 9432 sonining 36ga bo`linishini isbotlang. 2. Shunday sonni topinki 2 bo`lganda qoldiqda 1, 3ga bo`lganda qoldiqda 2, 4ga bo`lganda qoldiqda 3, 5ga bo`lganda qoldiqda 4 qolsin. 3. Matematik rebus. Izlanayotgan son uchta turli raqam A, B, C dan iborat. Uni shartli ravishda ABC deb yozamiz va Cbirliklar, B o`nliklar, A yuzliklar raqamii ekanligini esimizda tutamiz.Agar: X ABC ABC + * * * * * * A * * * B * * * * * * ekani ma’lum bo`lsa, shu sonni topish kerak. 4. Ko`paytirish amalini bajarmasdan 564*232=131848 noto`g`ri ekanligini aniqlang. 5. Uchta shaxmatchi turnirda 6 partiya o`ynashdi. Har bir shaxmatchi nechta partiya o`ynagan? 6. a) Soat sifrblatini ikkita to`g`ri chiziq yordamida uch bo`lakka ajratingki, natijada har bir bo`lakdagi sonlarning yig`indisi o`zaro teng bo`lsin. b) Shu sifrblatni 6 bo`lakka shunday ajratingki, har bir bo`lakdagi ikkita sonning yig`indisi o`zaro teng bo`lsin. 7. Ketmaket kelgan ikkita toq sonning yig`indisi 4 karrali ekanligini isbotlang. 4. Gramm, sekund, minut, millimetr, santimetr, detsimetr, metr, kilometr terminlarini lug`oviy ma’nolari. 1 .«Gramm» atamasi fransuz tilidagi «gramme» so‘zidan olingan va o‘zbek tilida «og‘irlikning mayda o‘lchovi» demakdir. 2. «Sekund» atamasi lotincha «secunda» so‘zidan olingan bo‘lib, ikkinchi bo‘linish, degan ma’noni beradi. 3. Minut — lotincha «minuta» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida kichik, juda kichik, birinchi bo‘lish, ma’nolarini anglatadi. 4. «Millimetr» atamasi grekcha «millemetreo» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha metrning mingdan bir ulushi, degan ma’noni bildiradi. 5. «Santimetr» atamasi fransuzcha «cent» va «metreo» so‘zlaridan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida metrning yuzdan bir ulushi, ma’nosini anglatadi. 6. «Detsimetr» lotincha «decem» va grekcha «metreo» so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, metrning o‘ndan bir ulushini bildiradi. 7. «Metr» atamasi grekcha «metreo» so‘zidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha o‘lchayman, degan ma’noni bildiradi. 8. «Kilometr» atamasi lotincha «chilio» va «metrio» so‘zlaridan olingan bo‘lib, ming metr, degan ma’noni bildiradi. 5.Rivojlantiruvchi masalalar. 1. Uchburchakni shunday bo`linki natijada 3ta to`rtburchak hosil bo`lsin. 2. 45 sonini bir necha natural sonlar yig`indisi ko`rinishda ifodalash mumkinmi? Bunda shu sonlarning ko`payitmasi ham 45ga teng bo`lsin. 3. Beshta 3 raqami bilan 31 ni qanday yozish mumkiAbulAbbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir alFarg‘oniy AbulAbbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir alFarg‘oniy taxminan 798yili hozirgi Farg‘ona viloyatining Quva shahrida tug‘ildi. U Bag‘dodda xalifa alMa’mun (813833yy.) va uning vorislari saroylarida ishladi. Bu davrda Bag‘dodda «Donishmandlar uyi» (Bayt ulhikma), ya’ni Fanlar Akademiyasi tuzilib, xalifalikning turli davlatlarridan yirik olimlar taklif qilingan edi. Ahmad alFarg‘oniyni «Yulduzlar ilmi elementlari haqida kitob» (Kitab fi usul ilm an nujum), ikkinchi nomi «Osmon jismlari harakati va yulduzlar ilmi to‘plami» (Kitab fi harakat as samaviy va javami ilm an nujum), «Astrolyabiyani qurish haqida kitob»(Kitab fi sana al astrulab), «AlFarg‘oniy jadvali»(Jadval alFarg‘oniy), «Yetti iqlimni hisoblash» (Xisab al aqalim as sab’a) kabi 10 dan ortiq asarlari yetib kelgan. Ahmad alFarg‘oniy o‘zining hayoti va ijodi bilan aniq fanlar tarixida chuqur iz qoldirdi. Mashhur Yevropa yozuvchisi Dante o‘zining bir qator asarlarida alFarg‘oniyni Alfraganus nomi bilan tilga oladi va uning fanga qo‘shgan hissasini e’tirof qiladi. U Qohira shahri yaqinidagi Nil daryosida joylashgan Ravza orolida suv sathini o‘lchaydigan nilometr asbobini takomilashtirdi, uni mukammal holga keltirdi. Mantiqiy masala 1. Bir yilda 365 kun va 53 seshanba bo`lsa, shu yilning 1yanvari xaftaning qaysi kuniga to`g`ri keladi? 2.Ko`paytmani oxirgi raqamini toping: 11*12*13*14*15* 16*17*18*19 3. 1dan 50gacha bo`lgan natural sonlarni yig`indisini toping. (1275) 4. 1dan to 30gacha sonlar ketmaket yozilgan: 1234567891011121314…282930. Shu sonning 21o`rindagi raqamni toping. 5. 8mart bayramiga 9ta atirgul sotib olindi. Shu gullarni ikkita ona va ikkita qizga teng qilib bo`lib berish mumkinmi ? 6. 5ta shag`am yonib turgan edi. Ulardan 2 tasi uchirildi. Nechta shag`am qoldi? (5ta) 7. 16 litrli idishdagi suvni 6 va 10 litrli idishlar yordamida teng ikkiga bo`ling. 8. Harflar o`rniga raqamlarni topib amallarni bajaring. B + A A A A A A A A A A A A B A A A A 3. Rivojlantiruvchi masala joylashtirinki, natijada buyalgan uchburchaklar perimetri 17ga teng bo`lsin. Bo`sh aylanalar ichiga 1dan 9gacha raqamlarni shunday 4. Matematik viktorinalar 1. Agar buyumning og`irligi 89,4g. bo`lsa, u holda shunday buyumlarning bir millioni necha tonna bo`ladi? 2. Sayoh butun yo`lning qismini bosib o`tganda o`ylning yarimiga yana 20km qoldi. Butun o`ylning uzunligini toping. 3. Beshta yer qazuvchi 5 soatda 5 m yerni qaziydi. 100 soatda 100m yerni qancha yer qazuvchi qaziydi. 5. Agar kitobga 800 so`m va kitobning narxini qismi to`langan. Kitob necha so`m turadi? 6. Faqat qo`shish yordamida 28 sonini beshta ikki yordamida hosil qiling. 7. Shunday kasr topinki, uning surat va mahrajiga mahrajdagi sonni qushgandan hosil bo`lgan kasr berilgan kasrdan to`rt marta katta bo`lsin? 2.Tarixiy masala. (I.Nyuton masalasi). O`zbek tilidagi tarjimasi quyidagicha: «Yordamingiz kerakki, to`qqizta daraxt ko`chatini o`nta qatorga shunday ekish zarurki, har bir qatorda uchtadan daraxt ko`chati bo`lsin. Sizdan boshqa narsa so`ramayman» 3. Matematik viktorinalar 1) Qachon bo`linuvchi va bo`linma o`zaro teng bo`ladi? 2) Uch xonali son yozing va yoniga shu soni yozing. Olti xonali son hosil bo`ladi. Hosil bo`lgan soni 7,11,13 ga ketmaket bo`ling va natijaga asoslangan qonuniyatni aniqlang. 7,11,13 sonlarni o`zaro ko`paytmasini shaxrizod soni deb ataladi. Nega? 3) Uch xonali sonni ketmaket ikki marta yozing va hosil bo`lgan sonni birinchi yozilgan uch xonali songa bo`ling. Natijadan qonuniyatni toping. 4) Berilgan son 73ta 1 raqamidan iborat. Berilgan son 18ga qoldiqsiz bo`linadimi? 5) Uchta ixtiyoriy natural sonlarni ularning yig`indisidan hosil bo`lgan songa bo`ling va natijani toping? 4. Bo‘lish belgisi, plyus va minus, musbat, manfiy atamalar va «+», «», «×», «•», «=», «<», «>» belgilarni lug`oviy ma’nolari: 1. Bo‘lish belgisini ikki nuqta bilan belgilash nemis olimi Leybnis tomonidan XVI asrda kiritilgan. 2. «Plyus» (lotincha «plus» — ko‘proq) va «minus» (lotincha «minus» – kamroq) atamalari Fibonachaning 1202yilida yozilgan «Ziber abasi» nomli asarida uchraydi. 3. «Musbat» va «manfiy» atamalarini birinchi bo‘lib Ali Qushchi «Hisob risolasi» (Kitobul Muhamaddiya) nomli asarida (1425 yilda) kiritgan. 1. «+» va «» belgilar XV asr oxirlarida ijod qilgan italyan va nemis olimlarini asarlarida uchraydi. 2. «×» (ko‘paytirish) belgisi ingliz olimi U.Outridning 1691yilda yozgan asarida uchraydi. 3. «•» (ko‘paytirish) belgisi nemis matematigi Leybnitsning 1698yilda yozgan asarida uchraydi, «:»(bo‘lish) belgisi esa 1684yilda yozgan asarida uchraydi. 4. «=» belgisi ingliz olimi R.Rekordning 1557yilda yozgan asarida uchraydi. 5. «<», «>» belgilarni 1631yil T.Garriot tomonidan matematikaga kiritilgan. Bizga ma’lumki, umumta’lim fanlarni o’qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish va davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish maqsadida Vazirlar mahkamasinining 2017yil 6apreldagi 187 qarori qabul qilindi.Yangi davlat ta’lim standartlari esa kompetensiyalarga asoslangan. Milliy va umummadaniy kompetensiyada o’quvchilarni milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashimiz kerak o’quvchilar esa zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera oladi. O’quvchilarda shakllangan kompetensiyalarni nazorat qilish maqsadida maktabda 5sinflar o’rtasida matematika fanidan “Xorazmiy izdoshlari” nomli tadbir o’tkazdim, natijada o’quvchilar kutubxona, qo’shimcha adabiyotlar internet manbalaridan ma’lumotlar qidirishdi,turli xil rasm va chizmalar, bukletlar tayyorlashdi. O’quvchilar tadbirdan buyuk matematik olim Muso AlXorazmiy va buyuk mutafakkir olimlar hayoti va kashfiyotlariga oid chuqur bilimga ega bo’ldilar. Matematika fanidan “Xorazmiy izdoshlari” matematik bellashuv ishlanmasi. O’yinni o’tkazish tartibi: 2 ta guruhdan 10 tadan o’quvchi tanlanadi.Ular 10 ta shart bo’yicha bellashadilar. Shartlar: 1. Тanishtirish,guruh nomiga izoh berish. 2. Bir lahzalik savoljavob. 3. Matematik formula yozish. 4. Хo’p (topish) o’yini. 5. Har sohadan bir shingil. 6. So’zdanso’z yasash o’yini. 7. Тafakkur durdonalari. 8. Zukkolar boshqotirmasi (krassvord ishlanadi). 9. Ko’rgazmalar tanlovi. 10.Matematik olimlar hayotidan 7 ta malumot. 1 shart bo’yicha har bir o’quvchi o’zlarini tanishtiradi va guruhiga nima sababdan bu nomni tanlaganliklariga izoh beradi. 2. Bir lahzalik savoljavob guruh. Bu shartda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi. 1 guruh: 1. Berilgan nuqtadan teng uzoqlikda yotgan nuqtalar to‘plami nima deb ataladi? (Aylana). 2. Tekislikning aylana bilan chegaralangan qismi nima deyiladi? (Doira). 3. Doira bilan aylananing farqi nima? (Aylana uzunlikga doira yuzaga ega). 4. Butunning teng bo‘laklari nima deb ataladi? (Ulushlar) 5. Ikkita son va bitta chiziq yordamida yoziladigan son qanday son deb ataladi? (Kasr son) 6. Kasr so‘zi qanday manoni bildiradi? (Bo‘lak) 7. Bir sutkaning 8 dan 3 qismi necha soat?(9 soat). 8. Kubning necha qirrasi bor? (12 ta). 9. Nomalum qatnashgan tenglik nima deb ataladi? (tenglama) 10. Faqat sonlardan tuzilib amal ishoralari, qavslar bilan birlashtirilgan yozuv … deyiladi. (sonli ifoda) 2guruh: 1. Hajm o’lchov birliklarini ayting. 2. O’nli kasr deb nimaga aytiladi?(Mahraji 10 ning darajalaridan iborat kasr) 3.Vatar nima? 4. Тenglamaning ildizi nima? (Тenglamaning to’g’ri tenglikka aylantiruvchi son). 5. Bir oilada 6 ta qiz bor, ularning har birini 1 tadan akasi bor. Oilada hamasi bo’lib nechta farzand bor? (7 ta). 6. Yilning 6 dan 5 qismi necha oy? (10 oy) 7. Aylana bilan doiraning farqi nima? (Doiraning yuzi bor, aylananing uzunligi). 8. To‘g‘ri to‘rtburchakning hamma tomonlari uzunliklarning yig‘indisi uning … deyiladi. (perimetri) 9. 103 nechaga teng? (1000). 10. Eng sodda geometrik shakl nima? (Nuqta). 3shart. Matematik formula yozish. Bunda har bir komandadan bittadan o’quvchi chiqadi va 1 minut ichida qaysi guruh ishtirokchisi ko’p formula yoza olishi aniqlanadi. 4shart: Хo’p o’yini. Bunda guruhlardan 2 tadan ishtirokchi chiqib, sonlarni tartib bilan aytadilar va 3 karrali soni o’rniga “xo’p” deyiladi. Agar komandalardan bir ishtirokchi chiqsa, 3 karrali bo’lgan son o’rniga “Хo’p” deyiladi. Agar 100 gacha yetib borsalar g’olib hisoblanadi. 5shart: Har sohadan bir shingil. Guruh ishtirokchilariga 10 ta turli sohaga oid savollar beriladi. 1guruhga: 1. Bor ajoyib qadrdonim. Shirin so’zli, bilim konim, Yoshlikni ko’zlaydi u, Qo’lga olsam so’zlaydi u (Kitob) 2. Qaysi songa 10 ni qo’shgach, 10 ga bo’lsak 9 chiqadi. (80) 3. Qirg’oq bilan suv o’rtasida nima bor? (bilan bog’lanuvchisi) 4. Odamda nima bo’lmasa, nimali bo’lmasa, nima qilmasa yasholmaydi? (Hunari, ilmi bo’lmasa, mehnat qilmasa) 5. Beshta cho’pning nechta uchi bor, besh yarimtasinichi? (10 ta va 12 ta) 6. Тim qora kichkina xol, Тo’xtatar yo’lda darxol (Nuqta) 7. “Тopishmoq” so’zini qanday o’qish mumkin? (Chapdan o’ngga qarab) 8.20 dan 88 ni ayirsa 22 qoladi. Buni qanday tushunish mumkin? (20 ni rim arqami bilan yozish kerak). 9. Axmoq qachon oqil bo’lur? (So’zlamasa) 10. Olaqarg’a o’zini ”Men qushman” deb ayta oladimi? (Ayta olmaydi, chunki gapira olmaydi). II–guruh savollari: 1. Dengiz ostida qanday tosh bo’lmaydi? (Quruq tosh). 2. Qaysi vaqtda soatga qarab bo’lmaydi? (Uxlaganda). 3. Uchta traktorchining Axmad isimli akasi bor. Lekin Axmad akaning akalari yo’q. Bu qanday bo’ladi? (Тraktorchilar ayollar. Axmad akaning singillari). 4. Qachon 4 ni ko’rib yigirma deysiz? (Soatda). 5. Sen u, men u, u, biz, Nechta bo’ldik hammamiz? (Uchta). 6. O’ndan o’nni ayirsak o’n qoladi. Buni tushuntiring. (Qo’ldan qo’l qopni yeching). 7. Yomg’ir yog’ib turganda qarg’a qanday daraxtga qo’nadi? (Ho’l daraxtga qo’nadi). 8. “K” harfidan boshlanur “K” bilan bo’lur tamom. Ba’zan “o’qish oynasi Deyishar bu nima? (Kundalik). 9. “Kes” so’zi o’rniga qaysi sonni ishlatish mumkin: (40sonini). 10. Kecha “ertaga” ertaga “Kecha” bo’ladigan kun qaysi? (Bugun). So’zdanso’z yasash o’yini. 6shart: XORAZMIY IZDOSHLARI iborasidan so’zlar hosil qilish. Eng ko’p so’z tuzgan guruh g’olib bo’ladilar. 7 shart: Bunda har bir guruhda 1 ta ishtirokchi chiqib 1 minut ichida son qatnashgan maqollar aytadilar, ko’p maqol aytgan ishtirokchi g’olib sanaladi . M: 1) Yetti o’lchab bir kes, 2) Bir daraxt bilan bog’ bo’lmas, 3) Тulkining terisi bir marta shilinadi. 4) Bir kishi ariq qaziydi , ming kishi suv ichadi. 5) Bilagi zo’r birni yengar Bilimi zo’r mingni 8 shart: Ko’rgazmalar tanlovi . Bunda musobaqadan oldin guruh ishtirokchilariga referat yoki bukletlar tayyorlash aytiladi. Musobaqa kuni baholanadi. 9 shart Matematik olimlar hayotidan 7 ta ma’lumot berish kerak . Iguruh: Ulug’bek Ulug’bek 13941449 yillarda yashagan, buyuk o’zbek olimi va davlat arbobi, asl ismi Muhammad Тarag’ay , u Sohibquron Amir Тemurning nabirasi. Ulug’bek taxminan 1425 1428 yillarda Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligiga o’zining rasadxonasirni quradi. Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo’lib, uning asosiy asbob kvadratining balandligi 50 metr edi. Ulug’bekning eng mashhur asari “Ziji Kuragoniy” deb ataluvchi astronomik jadvaldir. U 1018 ta yuldizni o’z ichiga olgan. Ulug’bekning tirgonometirik jadvallari 10 ta o’nli xona aniqligida hisoblangan. Zijda Ulug’bek 1 gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd qilindi. IIguruh: Хorazmiy. AlХorazmiyning “Al jabr” nomli kitobi Yevropada “Algebra” deb atalgan. U Xorazimda tug’ilgan. Riyoziyot va tabiat ilmlarini chuqur egallgan. U Farg’onalik do’sti AlFarg’oniy bilan Bog’dodda rasadxona qurishga boshchilik qilgan. Ular birgalikda yer kurrasining aylana uzunligini aniqlaganlar. Хorazmiy “Sur’at al arz” nomli kitobida Afrika, Osiyo va Yevropa qit’alarini aniq tavsiflaganlar. Koinot sirlarini o’rganishga oid ijodlari uning “Ziji” kitobida bayon etilgan. Хorazmiy Bog’dodda vafot etgan. 10 –shart: Krassvord har bir guruh ishtirokchisiga beriladi. (Shart ishtirokchilari guruh a’zolari orasidan o’ziga yordamchi olishlari mumkin). BOSHQOTIRMA 2 3 1 4 7 8 A L X O 5 R A Z M I Y 1 0 BOSHQOTIRMA SAVOLLARI 1.Aylananing ixtiyoriy ikki nuqtasini tutashtiruvchi kesma. 2.Raqamlardan biri. 3. Kasr chizig`ining ostidagi son. 4. Tekislikning aylana bilan chegaralangan qismi. 5. Markazdan aylanagacha bo’lgan masofa. 6. Noma’lum son qatnashgan tenglik. 7. Tenglamani to`g`ri tenglikka aylantiradigan son. 8. Ikki tomondan chegaralangan chiziq. 9. Buyuk matematik olimlardan biri. 10. Berilgan nuqtadan bir xil uzoqlikdagi nuqtalar to`plami Tadbir yakunida g’olib guruhlar taqdirlanadilar. O’quvchilar quyidagi she’r orqali tadbirni tugatadilar. Xorazmiy asos solgan fan, Dunyo ahli olgan ekan tan Shug’ullanib hech bo’lmadim kam Sevgan fanim matematikam. Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki, har bir o’qituvchi o’z vazifasini vijdonan bajarsa, yosh avlodga bor bilimi va mahorati bilan vaqtini , umrini ayamasdan ta’limtarbiya bersa, o’ylamanki yaxshi natijalarga erishamiz. Mamlakatimiz ham yanada taraqqiy etadi. Zero, birinchi Prezidentimiz I.Karimov shunday degan edilar: “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, aqlli va albatta baxtli bo’lishlari shart. ” Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.A.Karimov . “Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent Sharq nashriyoti 1997 2. R. Drayver. “Nega matematika”. Toshkent, “Fan ” nashriyoti. 3. D. A. Mavashev. “ Matematikadan to`garak mashg`ulotlari”. Toshkent, “O`qituvchi” nashriyoti 4. S. A. Ahmedov. “O`rta Osiyoda matematika o`qitish tarixidan”. Toshkent, “O`qituvchi ” nashriyoti. 5. Internet manbalari Karimova Dildora Zamonovna 1988yil 24avgustda Navoiy viloyati Navbahor tumanida tug’ilgan. 2009yil Navoiy Davlat Pedagogika Institutining fizikamatematika fakulteti, matematikainformatika yo’nalishini tugatgan.Ma’lumoti oliy.2009yildan buyon 17 maktabda matematika va informatika o’qituvchisi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Pedagogik faoliyati 9 yil»,>
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Metodik tavsiya
Бесплатный просмотр. Свидетельства участникам
для аттестации за минуту.
Материалы на данной страницы взяты из открытых истончиков либо размещены пользователем в соответствии с договором-офертой сайта. Вы можете сообщить о нарушении.
Təhsil Nazirliyi: “portal.edu.az” platformasında vətəndaş müraciətləri xidməti istifadəyə verilib
Təhsil Nazirliyi tərəfindən vətəndaş müraciətlərinə baxılması işinin daha da təkmilləşdirilməsi və əlçatanlığın təmin edilməsi məqsədilə “portal.edu.az” platformasına vətəndaş müraciətləri xidməti əlavə olunub.
Bu barədə AZƏRTAC-a Təhsil Nazirliyindən məlumat verilib. Bildirilib ki, xidmət bu sahədə aparılan işlərin daha çevik, şəffaf və keyfiyyətli təşkili ilə yanaşı, müraciətlərin elektron qaydada göndərilməsi, hər bir müraciətin vətəndaş tərəfindən addım-addım izlənilməsi və cavab alınması proseslərini asanlaşdıran üstünlüklərə malikdir.
Təhsil Nazirliyinə və tabeliyindəki qurumlara vətəndaş müraciətləri elektron xidməti vasitəsilə göndərilən müraciətlər tətbiq olunmuş təkmil daxili (CRM) sistem hesabına daha qısa zaman çərçivəsində cavablandırılacaq. Belə ki, yazılı müraciətlərin icrası ilə müqayisədə elektron şəkildə daxil olan müraciətlər icra müddətini 2 dəfədən çox qısaltmış olacaq.
Qeyd edək ki, vətəndaşların yazılı müraciətlərində şəxsi məlumatlarını (ünvan, əlaqə vasitələri) düzgün qeyd etməməsi və yaxud natamam qeyd etməsi icra prosesini çətinləşdirir və bəzi hallarda müraciətin statusunun izlənilməsini qeyri-mümkün edir. Bu səbəbdən Təhsil Nazirliyinə müraciət etmək istəyən vətəndaşlara “portal.edu.az” platformasında qeydiyyatdan keçməklə, öz şəxsi kabinetləri vasitəsi ilə rahatlıqla elektron qaydada müvafiq xidmətdən yararlanmaq tövsiyə olunur.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.