FRAZEOLOGIZM-TILSHUNOSLIKNING MUHIM BIR BO’LIMI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Bu frazeologik birlik «Izohli lug‘at»da «nihoyatda intizorlik bilan kutdi»
Referat mavzu: frazeologizmlarning uslubiy tavsifi
stilistika shug‘ullanishi lozimligini ta’kidlagan edi.
«Lingvistik stilistika muammolari» mavzusida o‘tkazilgan ilmiy anjuman
(1969) da A.V.Kunin «Frazeologik stilistikaning asosiy tushunchalari» degan
ma’ruza bilan chiqish qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, frazeologik uslubiyat
umumiy uslubiyatning tarkibiy qismi bo‘lib, frazemalarning uslubiy xususiyatlarini
o‘rganadi. Frazemalarning uslubiy tavsifi frazeologiyaning ham ob’ekti sanaladi.
Frazeologiyaning bu yangi bo‘limi, ko‘pgina olimlarning fikricha
xususiyatlarini, frazemalarning uzual va okkazional funksiyalarini frazeologik
frazeologiyaning adabiy til normasi va nutq madaniyati bilan bog‘liq
muammolarini tadqiq etish lozim. Frazeologik uslubiyatning qayd etilgan bunday
muammolaridan olimlar diqqati ko‘proq badiiy matnlarda frazeologik birliklarni
individual-ijodiy qo‘llanish usullarini aniqlashga qaratilgan edi. Bu sohada o‘zbek
tilshunosligida ham I.Qo‘chqortoyev, E.A.Umarov, A.Mamatov, O.Abdunazarov,
H.Qahhorova, A.Mamatov kabi olimlarning ishlari e’tiborga loyiq.
Jahon tilshunosligida frazemalarning uslubiy tavsifi muammosi hozirgi
kunga qadar bir xil yechimga ega bo‘lganicha yo‘q, bu masala o‘zbek
tilshunosligida maxsus o‘rganilmagan. Hozircha lug‘atlarda berilayotgan
frazemalar uchun uslubiy havolalar qo‘yishning yagona tamoyillari ham ishlab
chiqilmagan, o‘zbek tilidagi frazemalarni uslubiy tavsiflash mezonlari ham
aniqlanmagan. O‘z vaqtida L.I.Royzenzon tomonidan aytilgan quyidagi fikr hozir
ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda: «frazeologik birlik larni uslubiy jihatdan
tavsiflash leksemalarni uslubiy tavsiflash nisbatan ancha qiyinroq. Bu sohada aniq
mezonlar bizda ham, chet elda ham ishlab chiqilmagan».
Frazemalarning uslubiy tarmoqlanishi masalalarini o‘rganish til strukturasini
chuqurroq tushunish uchungina xizmat qilib qolmay, oliy va o‘rta maktablarda til
o‘qitish, leksikografik va frazeografik amaliyot uchun ham muhim ahamiyat kasb
«O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da frazeologik birliklarga izohli uslubiy
havolalar ko‘pincha berilmagan. Bundan o‘zbek tilidagi barcha frazemalar neytral,
uslublararo qo‘llanish imkoniga ega, degan noto‘g‘ri xulosa kelib chiqadi. «O‘zbek
tilining izohli lug‘ati» kabi normativ lug‘atlarda frazemalarni uslubiy jihatdan
baholash elementlarining bo‘lmasligi bu lug‘atning nutq madaniyatiga oid
spravochnik sifatidagi qimmatini biroz pasaytiradi.
Shuningdek, o‘zbek tilshunosligida frazemalarning uslubiy funksiyalari,
ularning so‘z, birikma va gaplar bilan semantik hamda uslubiy munosabati,
iboralarning qo‘llanish darajasi kabi qator masalalar ham o‘zining tugal, asosli
echimiga ega bo‘lmagan.
Frazemalardan badiiy, publitsistik va og‘zaki so‘zlashuv nutqida ijodiy
foydalanish masalalari, yuqorida ta’kidlanganidek, faqat muayyan yozuvchi yoki
badiiy asar til misolida o‘rganilgan, xolos. Lekin frazeologik birliklardan ijobiy
foydalanish usullari muammosi tizim holda umumlashtirilmagan.
O‘zbek tilshunosligida frazeologik me’yor, frazema qo‘llash va nutq
madaniyati, frazema va imlo, ibora va punktuatsiya kabi masalalar ham hali
chuqur o‘rganilmagan. Umuman olganda, «Frazema va me’yor» muammosi til
haqidagi fanning ikki sohasi – frazeologiya va nutq madaniyati o‘rtasida turuvchi
muammolardan biri sanaladi, chunki bu muammo, bir tomondan, frazemalardan
uslubiy maqsadda foydalanish masalalarining bevosita davomi bo‘lsa, ikkinchi
tomondan bu muammo o‘zbek tilshunosligida shakllanish bosqichida turgan nutq
madaniyatining asosiy muammolari qatoriga kiradi.
Mazkur monografiyaning keyingi boblarida frazeologik uslubiyatning
yuqorida ta’kidlangan ana shu to‘rt masalasini imkoniyatlarimiz darajasida tadqiq
etishga harakat qilamiz. Bu masalalarni o‘rganish o‘zbek tilining ilmiy
frazeologiyasi va umumiy uslubiyatini shakllantirish uchungina emas, balki
muammolarini hal etish uchun ham zarur, deb hisoblaymiz.
Frazeologik birlik yoki ibora deyilganda tuzilishi jihatidan so‘z birikmasi
yoki gapga teng, umumlashgan ma’no anglatuvchi, komponentlari qisman yoki
to‘lasincha ko‘chma ma’no ifodalovchi turg‘un leksik-semantik birliklar
Yuqorida ta’kidlaganidek, frazeologik birliklar stilistik ma’nosining ikkinchi
komponenti uning funksional-uslubiy bo‘yog‘idir. Funksional-uslubiy bo‘yoq,
frazeologik birlikning qo‘llanishini muayyan nutqiy doirlarda, uslublarda
chegaralaydi. Ko‘pincha frazeologik birlik u yoki – bu realiyani, hodisani ifodalab,
baholabgina qolmay, muayyan nutq uslubi haqida signal beradi.
Funksional-uslubiy komponent frazeologik birlikning ekspressiv-baho
komponentiga nisbatan frazeologik ma’no strukturasiga kamroq daxldordir. U
frazeologik birlikning ma’no doirasidan tashqari turadi. Frazeologik birlik
tasnifiga, sharhiga funksional-uslubiy komponent kam o‘rinlardagina kiritiladi.
Ma’lumki, lug‘atlarda leksik birlik (so‘z)larga berilgan izohlar, so‘zning
funksional yo‘nalishidan qat’iy nazar, neytral uslubda beriladi. Lekin frazeologik
birliklar izohi uchun bunday leksikografik qoida hamma vaqt ham to‘g‘ri
bo‘lavermaydi, chunki frazeologik birlikning ijobiy yoki salbiy baho ifodalash
holati og‘zaki-so‘zlashuv uslubi yoki boshqa nutq uslubiga xosligi uning tasnifi,
izohida ham o‘z ifodasini topishi kerak. Masalan: «ikki qo‘lini burniga tiqib»
iborasining ma’nosini agar uning ekspressiv-baho va funksional-stilistik bo‘yog‘ini
hisobga olmaganda, neytral uslubga xos so‘zlar bilan «hech narsasiz, quruq
qaytmoq» tarzida izohlash mumkin edi. «Izohli lug‘at»da bu frazeologik birlikning
izohi xuddi shunday «quruq, hech narsasiz» sifatida qayd qilingan ham lekin bu
frazeologik birlikning mazmuniga og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar
qo‘shilgan quyidagi izoh ko‘proq mos keladi: «hech vaqosiz qaytmoq». Bu
jihatdan mazkur iboraning Sh.Rahmatullayev lug‘atida «quruqdan-quruq, evaziga
hech narsa ololmay» tarzida izohlanishi o‘rinlidir. «Uyg‘ur tilining frazeologik
lug‘ati»da «hech nemisiz dak yerda oltirip kalmak» deb izohlanishi uning
funksional-uslubiy tabiatiga biroz yaqinlashadi.
Frazeologik birliklarning funksional yo‘nalishini, ayniqsa, frazeologik
sinonimlar izohida hisobga olish zarur, chunki funksional-uslubiy, ekspressiv
jihatdan bir xil o‘lchovga ega emas. Misollar: «Boshi qotdi» iborasi «o‘ylab-o‘ylab
o‘yiga yetolmaslik» iborasi bilan sinonimik munosabatdadir. Lekin bu iboralarning
biri («boshi qotdi») uslubiy jihatdan neytral bo‘lsa, og‘zaki so‘zlashuvda ham,
kitobiy uslublarda ham baravar qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lsa, keyingisi
ko‘proq kitobiy uslublarga xoslangan. Lekin Sh.Rahmatullayev lug‘atida bu ikki
ibora keltirilib, «uzoq o‘ylab ham aniq bir fikrga kela olmaslik», «uzoq o‘ylab,
aniq bir fikrga kela olmaslik» tarzida bir xil izohlangan. Tilshunos
frazeologik birliklarning funksional-uslubiy bo‘linishi (tarmoqlanishi) haqida gap
ketganda ko‘pincha ularni leksik birlik – so‘zlar singari uslublararo, kitobiy,
so‘zlashuv va oddiy so‘zlashuv tiplariga ajratadilar. Bunda frazeologik
birliklarning so‘zlardan farqli holatdagi qo‘llanish xususiyatlari to‘la hisobga
«Uy», «suv», «non» kabi umumiste’moldagi so‘zlar nol uslubiy bo‘yoqqa
ega, ular ma’lum bir tushunchanigina ifodalab, qo‘shimcha emotsional-ekspressiv
bo‘yoqqa ega bo‘lmagani uchun intellektual leksika deyiladi. Ular uslubiy,
ekspressiv-bo‘yoqdorlik jihatidan neytral, funksional tomondan esa umumuslubiy
yoki uslublararo xarakterga ega, chunki ular tilning barcha funksional uslublarida
qo‘llanilishi mumkin, bunday umumiste’molga oid so‘zlarni kitobiy, rasmiy
uslublarda ham uchratish mumkin. Frazeologik birliklar orasida faqat ayrimlari
(«ochiq xat», «ochiq ko‘ngil», «oq yo‘l bo‘lsin», «orasi buzilmoq», «oraga
tushmoq», «oila qurmoq», «oila tebratmoq», «olam guliston» kabilar) barcha
uslublarda erkin qo‘llanish imkoniyatiga ega. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli, chunki
V.D.Devkin to‘g‘ri ta’kidlaganidek, frazeologiya sohasida sof neytrallikning
bo‘lishi mumkin emas.
Bizningcha, frazeologik birliklarni funksional-stilistik bo‘yoqdorligi
jihatidan quyidagicha ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir:
a) muayyan uslubga qo‘llanish jihatidan bog‘liq bo‘lgan frazeologik birliklar
«qo‘l ko‘tarmoq», «domiga tushmoq», «rol o‘ynamoq», «o‘lik jon bo‘lmoq»,
«javlon urmoq», «yoqasini chok etmoq», «oyog‘idan olmoq», «maydonga
tushmoq», «yetti uxlab tushiga kirmaslik», «xamirdan qil sug‘urganday», «qo‘li
yengil», «kapalagi uchdi», «oyoq uchi bilan ko‘rsatmoq» kabilar;
b) funksional jihatdan muayyan uslubga bog‘liq bo‘lmagan frazeologik
birliklar: «ikki gapning birida», «jon olib jon bermoq», «oyog‘i osmondan
kelmoq», «popug‘i pasayib qolmoq», «do‘konidan el o‘tmagan», «nog‘orasiga
o‘ynamoq» kabilar.
Birinchi guruhdagi frazeologik birliklarni o‘z navbatida kitobiy, so‘zlashuv
va oddiy so‘zlashuv tiplariga ajratish mumkin.
1.1. Frazemalarning uslubiy ma’nosi va ma’no komponentlari
Ma’lumki, tildagi barcha elementlar nominativ-mantiqiy ma’no ifodalash
bilan birga uslubiy bo‘yoqdorlikka ham ega. Ular o‘ziga xos «ekspressiv-atmosfera
bilan o‘ralgan» bo‘ladi. Bu holat tilshunoslikda hozirga qadar turli xil nomlanib
kelmoqda. Til elementlariga ironiya, tantanavorlik, hazil-mutoyiba, ishonmaslik,
shubha kabi uslubiy nozikliklarni yuklovchi hodisani nomlashda olimlar «uslubiy
bo‘yoq», «uslubiy tonallik», «konnotatsiya» atamalaridan foydalanmoqdalar.
Birgina «konnotatsiya» atamasining o‘zi ham tilshnunoslikda har xil
ta’riflanayotir. Jumladan, O.S.Axmanova, N.M.Shanskiy, M.Tikotsiy kabi olimlar
konnotativ element asosiy ma’noga qo‘shimcha tarzda yuklanadi, shunga ko‘ra, u
til birliklarining semantik strukturasiga kirmaydi, deb hisoblaydilar.
Tilshunoslikda frazeologik birliklarning ekspressiv-baholash va funksional-
uslubiy bo‘yoqdorligini uslubiy ma’no komponentlari sifatida tan olish; ular
A.I.Molotkovning fikricha, frazeologik birliklarning ekspressiv-emotsional
bo‘yog‘i ularning muayyan nutqiy uslublarda qo‘llanishi bilan bog‘liq emas:
«Frazeologizmning ekspressiv-emotsional bo‘yog‘i ularni muayyan funksional
uslubda qo‘llash hamda o‘zlaridagi uslubiy va tarixiy-zamonaviy tavsifi bilan
bog‘liq emas. Ibora og‘zaki so‘zlashuv, oddiy, eskirgan, dialektal kabi
xususiyatlaridan qat’iy nazar, u yoki bu ekspressiv-emotsional bo‘yoqni nutq
jarayonida, qo‘llanishda oladi».
Boshqa bir guruh olimlar esa bu ikki komponent bir-biri bilan uzviy bog‘liq,
ular bir butun holda frazeologik birlik semantik tuzilishida amal qiladi, deb
Avval qayd qilganimizdek, bu ikki komponent (ikki bo‘yoq) frazeologik
birlikdagi bir hodisaning turli tomonlaridir. Ba’zan frazeologik birlikning
ekspressiv-baho bo‘yog‘i uning funksional-uslubiy bo‘yog‘i bilan o‘zaro aloqada
bo‘lib, ular o‘rtasida sabab-oqibat munosabatlari yuzaga keladi, ya’ni biri
ikkinchisini taqozo etadi, keltirib chiqaradi. Frazeologik birlik qanchalik yorqin
ekspressiv-baho bo‘yog‘iga ega bo‘lsa, u funksional-uslubiy jihatdan shunchalik
chegaralangan bo‘ladi (masalan, qiyoslang: so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lgan «itday
aqillamoq», «itday talamoq», «go‘ringda to‘ng‘iz qo‘pqur», «tishining kirini
so‘rmoq» singari iboralar). Yoki salbiy baho ottenkasiga ega bo‘lgan «bozori
o‘tmadi», «o‘zini bozorga solmoq», «zahrini sochmoq» kabi frazeologik birliklar
ko‘proq so‘zlashuv uslubi uchun xarakterli bo‘lib qoladi.
Ko‘p hollarda ikki baho ottenkasining qo‘shilgan holati ko‘zga
tashlanmaydi, ular alohida-alohida, bir-birlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holda amal
qiladilar. Jumladan, ibora emotsional bo‘yoqqa yoki ijobiy baholash ottenkasiga
ega bo‘lsa ham, hammasi kitobiy bo‘lavermasligi mumkin, yoki aksincha, inkor,
salbiy bo‘yoqdorlikka ega bo‘lgan frazeologik birlikni hamma vaqt so‘zlashuv
uslubiga xos deyish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Funksional jihatdan muayyan uslubga bog‘liq bo‘lmagan frazeologik
birliklar uchun emotsionallik va baholash xususiyati nisbatan kamroq xarakterlidir,
lekin ularning ko‘pchiligi (keng ma’noda) ekspressiv xususiyatga ega. Masalan:
«oq yo‘l», «omon bo‘ling», «yaxshi boring», «yaxshi yotib turing» kabi
frazeologik birliklar ekspressivlik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu tipdagi
iboralardan, ya’ni so‘zlashuv nutqi iboralaridan ayrimlari yuqori (ko‘tarinki)
xarakterga ega bo‘lib, ma’qullash ottenkasini ifodalasa («yaxshi boring», «omon
bo‘ling» singari), qolganlari esa salbiy ottenkani ifoda etadi. Turli ekspressiv-
emotsional baho xususiyatiga ega bo‘lgan bunday frazeologik birliklar bir tipga,
ya’ni muayyan uslubga xos bo‘lmagan iboralar tipiga birlashadilar.
Ko‘rinadiki, iboralar uslubiy ma’nosining ikki komponenti o‘rtasidagi aloqa
xilma-xildir. Shunga ko‘ra, iboraning funksional uslubiy xoslanishini belgilashda
uning ekspressiv-baho bo‘yog‘i har doim ham asosiy mezon bo‘la olmaydi.
Frazemalarning emotsional-ekspressiv bo‘yoqdorligini aniqlashning eng
muhim yo‘li ularning semantik-stilistik va kontekstual metodlar asosida sinchiklab
o‘rganish, kontekstdagi ma’no qirralarini belgilashdir. Ammo «O‘zbek tilining
izohli lug‘ati»da, prof. Sh.Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati», «O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati», M.Sodiqovaning «Qisqacha
o‘zbekcha-ruscha frazeologik lug‘at» kabi asarlarida frazemalarning ma’no
doirasini aniqlash jarayonida unda qo‘shimcha uslubiy baho momentlari borligi
ko‘pincha hisobga olinmaydi. Masalan, «ko‘zi to‘rt bo‘ldi» iborasini olib ko‘raylik.
Bu frazeologik birlik «Izohli lug‘at»da «nihoyatda intizorlik bilan kutdi»
ma’nosiga ega ekanligi qayd qilingan. Sh.Rahmatullayev lug‘atida esa bu
frazeologik birlikning «ko‘zlari to‘rt bo‘ldi», «ko‘zi to‘rt bo‘lib», «ikki ko‘zi to‘rt»,
«to‘rt ko‘z bo‘lib» variantlariga ega ekanligi qayd qilingan hamda «intizor
bo‘lmoq» ma’nosini ifodalashi ta’kidlangan. M.Sodiqova lug‘atida esa bu
iboraning ruscha tarjimasi «vse glaza proglyadel; on jdal s neterpeniem; jdal ne
dojdalsya, v smatrival»
tarzida berilgan. Yuqoridagi uch leksikografik manbada bir
frazeologik birlikning izohi farqli tomonlarga ega. Bu jixatdan «Izohli lug‘at»da
qayd etilgan «nihoyatda» semasi o‘sha iboraning qo‘shimcha stilistik ma’nosi
sanaladi. Har uchala manbada ham o‘sha iboraning uslubiy xoslanishi, ya’ni qaysi
uslubda ko‘proq qo‘llanishi ham ta’kidlab ko‘rsatilishi lozim edi. Endi xuddi shu
iboraning ayrim turkiy tillardagi izohi bilan tanishaylik. «Qirg‘iz tilining
frazeologik lug‘ati» da «Ekki kozu tort boduu» («ikki ko‘zi to‘rt bo‘lmoq») iborasi
keltirilib, unga «qandaydir bir narsani jon dili bilan tilamoq, zoriqib kutmoq» deb
izoh berilgan. «Uyg‘ur tilining izohli frazeologik lug‘ati da «to‘rt ko‘zi bilan
(kutmoq)» iborasi keltirilib, unga «intizorlik bilan» tarzida izoh berilgan. «Tatar
tilining frazeologik so‘zligi»da «ko‘z durt bo‘lu» iborasiga «kutilmagan hol-
xabardan, ajablanuvdan ko‘zlar zo‘r bo‘lib ochiluv», deb izoh berilgan, turkman
tilida esa «ko‘zi to‘rt bo‘lmoq» iborasi «turmush qurmoq, uylanmoq» ma’nosini
Ko‘rinadiki, leksikografik va frazeografik manbalarda frazeologik birliklar
turlicha izohlanadi, frazeologik birliklarning uslubiy ma’nosi (konnotativ
xususiyati) qayd etilmaydi. Aslini olganda, frazeologik birliklarning uslubiy
tomoni ta’kidlanganda lug‘atlarda maxsus havolalar, belgilar qo‘llanilishi lozim.
Lekin turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili frazeologik birliklari izohli lug‘atida
hozirgi kunga qadar bunga ko‘pincha amal qilinmaydi.
Masalan, «Izohli lug‘at»da frazemalar rombik bilan berilgan, ularning
ayrimlari esa uslubiy (kitobiy, so‘zlashuv tili singari) havolalar bilan ta’minlangan.
Jumladan, «ko‘zi qattiq» iborasining «kishiga tikilib» qaraydigan, uyalmaydigan,
xayosiz» ma’nolari qayd qilingan, shu bilan birga, unga s.t. 9 so‘zlashuv tiliga xos)
degan havola ham qo‘yilgan. Sh.Rahmatullayev lug‘atida esa bu frazeologik birlik
qayd etilmagan. M.Sodiqova lug‘atida «ko‘zi qattiq» iborasi «u nego nagl e
glaza» deb tarjima qilingan va neodobr. (neodobritelno) degan belgi
Ba’zan frazeologik birliklarning emotsional-baho bo‘yog‘i lug‘atlarda ularni
izohlash tarkibiga kiritiladi (bu holat frazeologik birlikning uzual, lisoniy
sinonimlarining izohli lug‘ati»da «qazo qilmoq» iborasi oddiy so‘zlashuv, asosan
katta yoshdagi kishilarga nisbatan va vafot etish vaqtlarida, uni boshqalarga xabar
qilishda qo‘llanishi ta’kidlangan. «Nobud bo‘lmoq» iborasi ham qo‘llanish jihatdan
oddiy so‘zlashuvga xos, lekin u asosan go‘daklarga nisbatan qo‘llanadi. Endi bu
ikki iboraning «Izohli lug‘at» dagi izohi bilan tanishaylik: «Qazo qilmoq» –
o‘lmoq, vafot etmoq. «Nobud bo‘lmoq», «halok bo‘lmoq, o‘lmoq». Ko‘rinadiki,
«Izohli lug‘at»da har ikkala ibora izohida ularning qo‘llanish xususiyati, uslubiy
xoslanishi ochib berilmagan.
Shunisi muhimki, eng dastlabki nashr etilgan «O‘zbekcha-ruscha
lug‘at»larda ham frazeologik birliklar talqinida ularning uslubiy aspekti lisoniy
izoh tarkibiga kiritilgan edi.
Umuman olganda, so‘zda bo‘lgani singari, frazeologik birliklarda ham
mantiqiy nominativ ma’no bilan birga ekspressiv-stilistik bo‘yoqdorlik ham
muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi yillarda semasiologiyaga oid tadqiqotlarda «stilistik ma’no», «til
birliklaridagi umumiy-emotsional baho yoki ekspressiv ma’noning ifodalanishi»
kabi atamalar qo‘llanmoqda. T.G.Vinokur esa «stilistik konnotatsiya» atamasidan
foydalangan. D.N.Shmelev leksik va stilistik ma’nolarni o‘zaro qiyoslab,
indiivdual, sof leksik ma’noni grammatik va ekspressiv stilistik elementlar
ajratilgandan keyingi «qoldiq» deb hisoblaydi. T.G. Vinokur esa bu fikrni davom
ettirib, shunday yozadi: «Tadqiqotning semantik-uslubiy yo‘nalishida so‘z (so‘z
birikmasi, konstruktsiya)ning umumiy semantikasiga qo‘shiladigan stilistik
ma’noni «qoldiq», aniqrog‘i «qo‘shimcha» deb hisoblash mumkin.
Ko‘rinadiki, uslubiy ma’no inson ongining ekspressiv-baholash faoliyati
mahsuli bo‘lib, so‘z va frazeologik birlikning tushuncha ifodalash xususiyati bilan
uzviy bog‘liqdir. So‘z va iboraning denotativ hamda konnotativ ma’nolarga ega
ekanligi ularning badiiy tasvirida asosiy vositalardan biri sifatidagi rolini
Shunday qilib, bizningcha, konnotativ, uslubiy bo‘yoq, uslubiy ma’no
atamalari bir tushunchani, bir lisoniy hodisani ifodalaydi. Ularni ma’nodosh
atamalar sifatida qo‘llash mumkin. Lekin ayrim uslubshunoslar bu atamalardagi
farqli tomonlarni aniqlashga ham intilmoqdalar, bunday intilishlar hozircha yaxshi
natija berayotgani yo‘q.
Frazeologik birliklarning funksional yo‘nalishini, ayniqsa, frazeologik
sinonimlar izohida hisobga olish zarur, chunki ular funksional-uslubiy, ekspressiv
jihatdan bir xil o‘lchovga ega emas. Masalan: «boshi qotdi» iborasi «o‘ylab-
o‘ylab o‘yiga etolmaslik» iborasi bilan sinonimik munosabatdadir. Lekin bu
iboralarning biri («boshi qotdi») uslubiy jihatdan neytral bo‘lsa, og‘zaki so‘zlashuv
ham, kitobiy uslublarda ham baravar qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lsa, keyingisi
ko‘proq kitobiy uslublarga xoslangan.
Tilshunos olimlar frazeologik birliklarning funksional-uslubiy bo‘linishi
(tarmoqlanishi) haqida gap ketganda ko‘pincha ularni leksik birlik – so‘zlar singari
uslublararo, kitobiy, so‘zlashuv va oddiy so‘zlashuv tiplariga ajratadilar.
«Uy», «suv», «non» kabi umumiste’moldagi so‘zlar nol uslubiy bo‘yoqqa
ega, ular ma’lum bir tushunchanigina ifodalab, qo‘shimcha emotsional-ekspressiv
bo‘yoqqa ega bo‘lmagani uchun intellektual leksika deyiladi. Ular uslubiy,
umumuslubiy yoki uslublararo xarakterga ega, chunki ular tilning barcha
funksional uslublarida qo‘llanilishi mumkin. Bunday umumiste’molga oid
so‘zlarni kitobiy, rasmiy uslublarda ham uchratish mumkin.
Frazeologik birliklar orasida faqat ayrimlari («ochiq xat», «ochiq ko‘ngil»,
«oq yo‘l bo‘lsin», «orasi buzilmoq», «oraga tushmoq», «oila tebratmoq», «olam
guliston» kabilar) barcha uslublarda erkin qo‘llanish imkoniyatiga ega. Bu o‘z-
o‘zidan tushunarli, chunki V.D.Devkin to‘g‘ri ta’kidlanganidek, frazeologiya
sohasida sof neytrallikning bo‘lishi mumkin emas.
jihatidan quyidagicha ikki guruhga ajratish maqsadga muvofikdir:
a) muayyan uslubga qo‘llanish jihatidan bog‘liq bo‘lgan frazeologik
birliklar: «qo‘l ko‘tarmoq», «domiga tushmoq», «rol o‘ynamoq», «o‘lik jon
bo‘lmoq», «javlon urmoq», «yoqasini chok etmoq», «oyog‘idan olmoq»,
«maydonga tushmoq», «xamirdan qil sug‘urganday», «qo‘li engil», «kapalagi
uchdi», «oyoq uchi bilan ko‘rsatmoq» kabilar;
b) funksional jihatdan muayyan uslubga bog‘liq bo‘lmagan frazeologik
birliklar: «ikki gapning birida», «jon olib jon bermoq», «oyog‘i osmondan
kelmoq», «do‘konidan el o‘tmagan», «nog‘orasiga o‘ynamoq» kabilar.
Birinchi guruhdagi frazeologik birliklarni o‘z navbatida kitobiy, so‘zlashuv
va oddiy so‘zlashuv tiplariga ajratish mumkin.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
FRAZEOLOGIZM-TILSHUNOSLIKNING MUHIM BIR BO’LIMI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shakirova Nodiraxon
Ushbu maqola leksikologiyaning bir bo`limi frazeologiya sohasiga bag`ishlangan bo`lib, unda asosan tilshunosligidagi frazeologizmlar tasnif qilinadi. Tilshunos olimlarning fikrlari tahlil qilinadi. Ularga umumiy xulosalar beriladi
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Shakirova Nodiraxon
NEMIS VA O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLAR TASNIFI
NEMIS TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING O’RGANILISHI
O’zbek tilidagi iboralar tizimini o’rganishning nazariy muammolari
FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI (italyan tilidagi iboralar misolida)
FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR OBRAZLILIK VA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI ENG MUHIM VOSITA
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «FRAZEOLOGIZM-TILSHUNOSLIKNING MUHIM BIR BO’LIMI»
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
FRAZEOLOGIZM-TILSHUNOSLIKNING MUHIM BIR BO’LIMI
Andijon Davlat Universiteti Pedogogika Instituti 1-kurs magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7264501
Annotatsiya: Ushbu maqola leksikologiyaning bir bo’limi frazeologiya sohasiga bag’ishlangan bo’lib, unda asosan tilshunosligidagi frazeologizmlar tasnif qilinadi. Tilshunos olimlarning fikrlari tahlil qilinadi. Ularga umumiy xulosalar beriladi
Tayanch so’zlar: fraza, frazeologizm, leksema, morfema, sintaktik bog’lanish,lisoniy birlik.
Annotation: The article is devoted to the field of phraseology, which should be
rvna rv-r f nlavmAl Amr in n?nir>n nnrnfiQAlAmnol n-ni+p 1 n I .armon onn T TrvKaV l inm 11 ofi nn
one of the lexicology, in which phraseological units in German and Uzbek linguistics
are classified.. They are given general conclusions by analyzing the views of linguists Keywords: phrase, phraseology, lexeme, morpheme, syntactic connection, linguistic unit
; »1 > Tilshunoslikning bo’limi sifatida frazeologiyaning predmeti frazeologik
birliklarning kategorik belgilarini o’rganish bo’lib, ular asosida frazeologik
birliklarning asosiy belgilari aniqlanadi va frazeologik birliklarning tilning maxsus
birliklari sifatida mohiyati to’g’risidagi masala hal qilinadi. shuningdek, frazeologik
birliklarning nutqda ishlash qonuniyatlari va ularning shakllanish jarayonlarini
aniqlash. Biroq, bitta tadqiqot mavzusi mavjud bo’lganda va frazeologiyaning ko’plab
savollari batafsil ishlab chiqilganiga qaramay, rus tilining frazeologiyasi hajmida
bo’lgani kabi frazeologik birlik nima ekanligi to’g’risida hali ham turli nuqtai nazarlar
mavjud. Turli olimlar tomonidan taklif qilingan rus tilining frazeologik birliklari
ro’yxati bir-biridan shunchalik farq qiladiki, biz biron bir sababga ko’ra tadqiqot
mavzusi bo’yicha turli xil, ko’pincha qarama-qarshi, hatto bir-birini inkor etuvchi
qarashlar haqida gapirishimiz mumkin. tegishli tushunchalarni belgilash uchun J-jt
ishlatiladigan ilmiy terminologiya . Bu “frazeologiya” atamasining vazifalari,
maqsadlari va mohiyatini tushunishning noaniqligini, shuningdek, rus tilidagi
frazeologik burilishlarning semantik birlashishi nuqtai nazaridan etarlicha aniq
yagona tasnifi mavjud emasligini tushuntiradi. Garchi eng keng tarqalgan (aniqliklar
va qo’shimchalar bilan) V.V.Vinogradovning tasnifi. Shuning uchun, nihoyat, rus frazeologik tizimida ko’p narsa endigina o’rganila boshlandi.
Tilshunoslikda lug’at zahirasining boyib borishi uchun turli xil imkoniyatlar
____ • j , , A , i ‘ ‘_________t ,„ , „ -u___. T „1 „-1 J_____
mavjud. Tilning lug’at boyligi asosan so’zlardan iborat. Leksik birliklar deganda,
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
nafaqat alohida so’zlarni tushunamiz, balki turg’un so’z birikmalarini (fraza, turg’un
ibora, frazeologizmlar) ham tushunamiz. Frazeologiya (yun. phrasis – ifoda, ibora va . logiya) – 1) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi bo’limi; 2) muayyan tildagi frazeologizmlar majmui. “Frazeologiyani kengroq tariflash uchun uning nazariy va amaliy jihatlariga e’tabor berish kerak. Frazeologiya – bu til hodisalarining frazeologik jihatdan ifodalanishi uchun bugungi kunda turli xil baxs-munozaralarga sabab bolmoqda” Tilshunoslik bo’limi sifatidagi frazeologiyaning asosiy diqqat e’tibori
frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini o’rganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qo’llanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi.
Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (ya’ni avvaldan tayyor bo’lmagan) so’z birikmalaridan farqlab, ajratib olish va shu
asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Idioma frazeologizmlar, frazeologik birikmalar va barqaror jumlalar (maqol va matallar, gapga teng boshqa frazeologizmlar) o’rtasidagi muayyan tafovutlarga qarab ko’plab tadqiqotchilar
frazeologiyani 2 xil: tor va keng ma’noda tushunadilar. Uni keng ma’noda tushunilganda, frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, ba’zi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi.
Lekin bu masala, ya’ni frazeologiyani keng ma’noda tushunish masalasi hanuz munozarali bo’lib qolmoqda. Frazeologiyaning asosiy vazifalari yoki masalalari: frazeologik tarkibning izchilligini aniqlash va shu munosabat bilan frazeologizmning belgi(lik) xususiyatini o’rganish; frazeologizmlar omonimiyasi, sinonimiyasi, antonimiyasi, polisemiyasi va variantdorligini tavsiflash; frazeologizmlar tarkibida qo’llanuvchi so’zlar va ularga xos ma’nolarning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash; frazeologizmlarning so’z turkumlari bilan o’zaro munosabatlarini oydinlashtirish; ularning sintaktik rolini aniqlash; frazeologik birliklar tarkibida so’zlarning yangi ma’nolari hosil bo’lishini o’rganish va boshqa frazeologiya frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni o’rganish, tasniflash va lug’atlarda tavsiflash metodlarini ishlab chiqadi. Frazeologiyada ishlab chiqilgan o’ziga xos, xilma-xil metodlar asosida tilning frazeologik tarkibi turlicha: struktursemantik, grammatik, vazifaviy uslubiy asoslarga ko’ra tasnif etiladi. Struktursemantik tasnif prinsipi asosiy hisoblanadi.
Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmog’i sifatida 20-asrning 40-yillarida rus tilshunosligida paydo bo’lgan. Uning dastlabki shakllanishiga rus olimlari A.A.Potebnya, I.I.Sreznevskiy, A.A.Shaxmatov asarlarida asos solingan bo’lsa, barqaror (turg’un) so’z birikmalarini alohida tilshunoslik bo’limi – frazeologiyada
o’rganish masalasi 20-40-yillardagi o’quv-metodik adabiyotlarda – Ye.D.Polivanov, S.Abakumov, L.A.Bulaxovskiy asarlarida ko’tarib chiqilgan. G’arbiy Yevropa va Amerika tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida
Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5
Ushbu so’z birikmalarini chuqur tahlil qilishdan avval, so’z birikmasi
tushunchasiga alohida to’xtalib o’tsak. “So’zlar tilda odatda alohida tarzda emas, balki erkin sintaktik birikma tarzida mavjud bo’ladi. Erkin sintaktik birikmalar ikki
yoki undan ortiq so’zlarning grammatik birlashuvidir. Bunday sintaktik so’z
birikmalari semantik nuqtai nazardan ham analiz qilinishi mumkin. Chunki bunday so’z birikmasining har bir komponenti o’zining asl ma’nosida va ko’chma ma’noda bo’lishi mumkin. Barcha so’z birikmalarining umumiy ma’nosi ularning
komponentlari ma’nolarining birlashuvidan yuzaga keladi”3 .
Frazeologiya fan nuqtai nazari ikki ma’noli bo’lib, uning birinchi ma’nosi barcha ko’chma ma’nodagi turg’un so’z birikmalari (frazeologizmlar) ning umumlashmasi bo’lsa, ikkinchi ma’nosi esa, turg’un so’z birikmalari o’rganiladigan tilshunoslikning bir bo’limini anglatadi. Frazeologiyaning turli xil muammolari bilan ko’plab tilshunos olimlar shug’ullanib kelishmoqda. Ingliz tilidagi ko’plab ilmiy asarlar frazeologiyaning dolzarb muammolariga bag’ishlangan. U erda
тгптаАтт т-rnl ni* m о о n 1 n rr Kn+nroi I fnonnnono I о п тгп nlnmmrr Irai 1К л n 1 /1 ю n 1
frazeologizmlar ma’nolarining batafsil tushunchalari va ularning kelib chiqishi
haqida ko’plab muhim ma’lumotlarni topish mumkin. Lekin frazeologizmlarning nazariy izohlari mavjud emas. Ushbu asarlarda alohida tasvirlangan hususiyatlar mavjud bo’lib, ulardan asosiy ma’lumotlar olish uchun foydalanish mumkin.
Tilshunoslik fani taraqqiyotining hozirgi davrida frazeologik birliklarga xos bo’lgan muammolarni o’rganish hozirgi zamonda kun tartibidagi o’ta dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Til tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, frazeologiyaga bog’liq muammolar doimiy tarzda tilshunoslar diqqat markazida bo’lib kelgan. Frazeologizmlarni o’rganish tarixi ikki asrni o’z ichiga oladi. O’zbek tilshunosligida frazeologizmlarni sistemali ravishda o’rganish Sh.Rahmatullayev, Ya.Pinxasov, A.Shomaqsudov, M.Xusainov ishlarida boshlangan. “Ta’kidlash lozimki, ilmiy adabiyotlarda ushbu til birligi frazeologizm, frazeologik birlik kabi terminlar bilan ataladi, leksema, morfema terminlariga monand ravishda frazema deb atalishi ma’qul. Frazema lisoniy birlik sifatida miyaning til xotirasi qismida mavjud ramzga teng: frazemadan foydalanishda ana shu ramzdan nusxa olinadi. Frazema lisoniy birlik sifatida qismga teng bo’ladi, ma’lum grammatik belgi-xususiyatlar qo’shilgandan keyingina butunga aylanadi va nutqda ishlatiladi, keyingi holatida J-jt
——ЛА I 7~ t~\ +А1ЛГ» V\r» ‘1 ПГ11 Т7П rVr» ГТ /л m n 1-4 n 1 7~\ ri ЛТ ri I Г» Г1 1 “
frazema nutqiy birlikka teng bo’ladi va frazema shakl deyiladi”.
Lisoniy birlik sifatida frazeologizm ikki jihatning – ifoda jihatining va mazmun jihatining bir butunligidan iborat. Frazeologizmlarning ifoda jihati deb ularning asli
qanday til birliklardan tarkib topgani tushuniladi. Frazeologizm ikki va undan ortiq
leksemaning o’zaro semantik- sintaktik bog’lanib, umumlashma ko’chma ma’no kashf etishi bilan yuzaga keladi. Frazeologizmlarda birikmaning, gap shaklining
I4CIJ1 11 1/11.31 11 Ul I Cil I y Ll^Clg Cl I41/1CIU1 . 1 1 Cl^V^WI I II CllUCl Uli 1141 I ICI! 11 I Ig, gcip Л IC1I4I Illing
ma’lum bir qolipi doimiy tarkibiy qism sifatida leksemalar va morfemalar bilan
Фразеология русского языка
Фразеология — это раздел языкознания, который изучает устойчивые словосочетания в речи, а также их совокупность в языке отдельного автора или социальной группы.
Узнаем, что такое фразеология в русском языке, если сначала обратимся к значению этого термина. Это сложное слово образовано от греч. frasis, что буквально значит «выражение, оборот речи», и logos — «слово, понятие, учение».
Фразеология является неотъемлемой частью лексикологии, изучающей слово как основную единицу речи, а также весь словарный состав языка в его многообразии. С этой точки зрения лексический состав языка включает в себя не только отдельные самостоятельные слова, но и целые устойчивые выражения, образное значение которых идентично слову.
Понятие о фразеологизме
Фразеология близко связана с лексикологией, синтаксисом и отчасти со словообразованием, но в отличие от этих языковых дисциплин основополагающим для неё является понятие фразеологической единицы языка.
Чтобы понять, почему такие словосочетания не рассматриваются, например синтаксисом, напомним, что такое фразеологизм.
Определение
Фразеологизм — это устойчивое по составу и структуре образное выражение, состоящее из двух и более слов.
Семантика фразеологизма не связана со значениями его составляющих частей и равна одному слову. Понаблюдаем:
Фразеологизм | Значение |
полон рот | много |
сидеть сложа руки | бездельничать |
делать из мухи слона | преувеличивать |
сломя голову | быстро |
Что изучает фразеология?
Фразеологизмы — это связанные, исторически обусловленные единицы языка, то есть готовые сочетания слов, которые не образуются каждый раз заново, а воспроизводятся как уже объективно существующие лексические единицы. Объектом изучения фразеологии являются именно такие образные словосочетания, отличающиеся воспроизводимостью по желанию говорящего или пишущего. Фразеологизмы возникли в результате переосмысления значения оборота, состоящего из нескольких слов. С этой точки зрения фразеологию как науку об устойчивых выражениях интересуют в первую очередь следующие параметры словосочетаний:
- спаянность слов в обороте;
- многокомпонентность (два и более слов);
- воспроизводимость (готовая лексическая единица речи);
- переносное значение;
- синтаксическая функция (единый член предложения).
Фразеология исследует природу устойчивых словосочетаний, возникших как вторичное образование на основе уже существующих слов в результате их образного переосмысления. Эта лингвистическая наука исследует структурно-семантическую устойчивость, значение и функцию устойчивых словосочетаний, их экспрессивную окраску и стилистическое значимость в речи.
Фразеология — это наука, изучающая типы значений устойчивых оборотов. Большинство их имеют одно значение. Фразеология выявляет синонимичные и антонимичные отношения между устойчивыми оборотами речи:
- водить за нос — втирать очки (обманывать);
- капля в море (мало) — хоть пруд пруди (много).
Некоторые фонетически идентичные обороты речи обозначают совершенно разные понятия. В основе их семантики проявляются разные значения одного и того же явления. Так возникают омонимичные фразеологизмы:
- брать слово (выступить) — брать слово (взять обещание у кого-либо);
- ходить на цыпочках (тихо, красться) — ходить на цыпочках (угождать, заискивать).
Фразеология выявляет грамматические классы фразеологизмов и раскрывает их синтаксическую функцию в предложении. Этот раздел языкознания изучает экспрессивную окраску каждого устойчивого оборота речи и его стилистическую значимость. Наряду с нейтральными и книжными оборотами речи в русском языке существует множество фразеологизмов с разговорной или даже просторечной стилистической окраской:
- потерпеть фиаско (книжн.);
- почивать на лаврах (книжн.);
- стреляный воробей (разг.);
- как в аптеке (разг.);
- в ажуре (прост.);
- подбивать бабки (прост.).
Фразеология — одна из самых ярких, образных и «консервативных» систем языка. Как готовые лексические единицы, фразеологизмы связаны с различными реалиями русского быта, фактами истории, народными верованиями и обычаями. Фразеология русского языка мало подвержена изменениям, сохраняет в себе устаревшие слова, архаические формы и синтаксические конструкции.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.