Press "Enter" to skip to content

Ingliz va o’zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar qiyosiy tahlili Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Kalit so’zlar: somatizm, ibora, frazeologizm, frazeologiya, frazeologik birlik, frazeologik birlashma va frazeologik chatishma.

Frazeologiyaning tilshunoslikda o‘rganilishi

Кучиев, М. (2022). Frazeologiyaning tilshunoslikda o‘rganilishi. Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков, (1), 119–121. https://doi.org/10.47689/linguistic-research-vol-iss1-pp119-121

  • APA
  • MLA

Аннотация

Frazeologiya tilshunoslikning alohida bir bo‘limi bo‘lib, unda ko‘chma ma’noga asoslangan turg‘un birikmalar, iboralar o‘rganiladi. “Frazeologiya”. termini grekcha “pharsis” fraza, ifoda “logos” ta’limot degan ma’nolarni anglatib, uning tadqiqot doirasiga faqat ko‘chma ma’noga asoslangan turg‘un birikmalar kiritiladi [Kunin 2005:7].

FRAZEOLOGIYANING TILSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI

M.A.Kuchiyev (SamDCHTI)

Frazeologiya tilshunoslikning alohida bir bo‘limi bo‘lib, unda ko‘chma ma’noga

asoslangan turg‘un birikmalar, iboralar o‘rganiladi. “Frazeologiya”. termini grekcha
“pharsis” fraza, ifoda “logos” ta’limot degan ma’nolarni anglatib, uning tadqiqot doirasiga
faqat ko‘chma ma’noga asoslangan turg‘un birikmalar kiritiladi [Kunin 2005:7].

Frazeologik birliklar barcha tillarning lingvistik imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi

vositalardan biridir. Frazeolgiya har bir tilning muhim qatlami hisoblanib, uning o‘ziga xos
hususiyatlarini yaqqol ko‘zga tashlanishida muhim rol o‘ynaydi. Frazeologizmlarning tilda
qanchalik ko‘p bo‘lishi til imkoniyatlarining shunchalik kengligini ko‘rsatadi.
Frazeologizmlar (maqol, matal va idiomalar) xalqning o‘tmishi, tarixi, an’analari, urf-odati,
va madaniyatini o‘zida yaqqol aks ettiradi. Shu bilan birga, frazeologizmlarda xalqning
yorqin milliy xususiyatlari mujassam bo‘ladi, ular chuqur va boy ma’noga ega bo‘lishi bilan
bir qatorda, nutqqa alohida ko‘rk va ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Frazeologiyani o‘rganish
o‘ziga xos uslubni talab etadi, shuningdek, boshqa bir qator tilshunoslik fanlari
leksikologiya, grammatika, stilistika, fonetika, tarix, mantiq va mamlakatshunoslik fanlari
ma’lumotlariga tayangan holda o‘rganishni taqozo etadi. Unig murakkabligi ham shundadir.
Frazeologiya fanini o‘rganishning o‘ziga xos ba’zi muammolari mavjud bo‘lib, bu borada
mutaxassislarning fikrlari turlichadir. Darhaqiqat, frazeologiya sohasida ilmiy izlanishlar
olib boruvchi tadqiqotchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri frazeologiya
sohasidagi nazariy va amaliy fikrlarni umumlashtirib, to‘g‘ri ilmiy- tadqiqotni amalga
oshirishdan iboratdir. Tilshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar
V.Flaysher, V.V.Vinogradov, E.D.Polivanov, B.A.Larin, A.V.Kunin, L.I.Royzenzon,
A.M.Bushuy, M.E.Umarxodjayev, A.A.Yaxshiyevlar ham frazeologiya va uning masalalari
borasida alohida tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirishgan va mazkur sohaning
taraqqiyotida ularning xizmatlari nihoyatda beqiyos bo‘lgan.

Frazeologiyaga mustaqil fan sifatida qarashni birinchi bo‘lib mashhur rus tilshunos

olimi E.D.Polivanov ilgari surdi hamda bu masalaga ko‘p marotaba qaytdi. Uning
ta’kidlashicha, yangi shakllanadigan frazeologiya sohasi leksikologiyaga nisbatan xuddi
sintaksis morfologiyaga nisbatan egallagan o‘rinda bo‘lishi lozim. “. Sintaksisga teng
keluvchi yangi sohaning shakllanishiga ehtiyoj sezilmoqda,- deb yozgan edi E.D.Polivanov,
– lekin sintaksis so‘z birikmalarining umumiy tiplarini, xususiyatlarini o‘rgansa, yangi
shakllanadigan soha leksemalarning o‘zaro munosabati asosida yuzaga keladigan
birikmalarning konkret, individual (leksik) ma’no xususiyatlari bilan shug‘ullanadi”. Yangi
shakllanadigan sohani E.D.Polivanov frazeologiya yoki idiomatika deb nomlagan edi
[Polivanov 1928:144].

Nemis tilida frazeologizmlar va badiiy tasvir vositalari ilovali elementlar sifatida

matnlar doirasida xilma-xil stilistik funksiyalarni bajarib keladi: umumiylikni
konkretlashtirish vositasi; biron-bir komponentning tushirib qoldirilishi; perifraz; takror
vositasi; antiteza; o‘xshatish, so‘z tartibi, sinonimiya va boshqalar [Jung 1996: 56].

Fan nuqtai nazaridan olib qaraganda, turg‘un so‘z birikmalari ya’ni, frazeologizmlar

mustahkam, o‘zgarmas so‘z gruppalari hisoblanadi va nutqda alohida so‘zlarning ma’nosiga
teng keladi. Turg‘un so‘z birikmalarining ikki xil shakli mavjud: qo‘shimcha ma’no
anglatadigan va qo‘shimcha ma’no anglatmaydigan. Ularning komponentlari o‘zaro
jamlanib, umumiy ma’no kasb etadi va o‘zgarmas tarzda qoladi.

Frazeologizmlar nemis tilshunosligida o‘rganila boshlagach, frazeologik birliklarni

tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko‘tarila boshlandi. Nemis tilshunos olimlari
frazeologizmlarni turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan,
M.D.Stepanova hamda I.I.Chernishyovalar frazeologizmlarning strukturaviy hamda
semantik jihatdan tasniflagan. Teo Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib
ko‘rsatgan, ya’ni frazeologik butunlik va turg‘un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U.Fiks
esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan taqqoslaganda, fe’llar ma’nosining mos kelishi yoki
mos kelmasligiga ko‘ra ikki turini farqlaydi. Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni
turli xil jihatlarini o‘rganishga urinishgan. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi frazeologiya ham
o‘zining o‘rganish obyektiga ega. Frazeologiyaning o‘rganish obyekti o‘z navbatida
shunday murakkab va o‘ziga xoski, uni o‘rganish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan
tilshunoslik fanlari rivojlanishiga yangi manbalar yaratadi.

Frazeologiya nemis tilshunosligida umuman olganda asosiy mavzu ekanligi

allaqachon isbotlab ko‘rsatib berilgan. Avvalambor, muhokamada tasniflash masalasi
turadi. Frazeologizmlarda so‘z yasalishidagidek struktur tiplari va yasalish elementlari
(affikslar) ning alohida sistemasi mavjud emas. Mavzu so‘z gruppalari va gaplar haqida
ketganligi tufayli so‘zlar uchun qo‘llanila oladigan tasniflash kriteriyalari frazeologizmlarda
to‘liq ko‘chirilmaydi. Bu erda qandaydir tur klassifikatsiyasi haqida gap ketayotgani yo‘q,
balki kamdan- kam uchraydigan hodisalar, ya’ni frazeologizmlarning funksiyasi va
mazmun- mohiyatidagi nuqtai- nazar, qarashlar, ularning turg‘unligi va boshqa til birliklari
bilan o‘zgaruvchanlik aloqalarini ko‘rib chiqish haqida ketmoqda.

Nemis frazeologiyasining birinchi mustaqil umumiy ifodasi avval ham aytib

o‘tilganidek, rus tilshunos olimi I.I.Chernyashevaga taalluqlidir. U “frazeologik birliklar”ni
(kamida bitta komponentning ma’nosi bilan) va frazeologik tipga xos bo‘lmagan “turg‘un
so‘z komponentlar”ini bir-biridan farqlab berdi. Frazeologizmlarga xos bo‘lmagan turg‘un
so‘z komlekslarini Chernyasheva “leksik birliklar” “frazeologiyalashgan yasalish” (jm.
einem Verhör/einer Prüfung unterziehen) va “modellashgan yasalish” (in Verlegenheit sein/
zur Kenntnis ringen/nehmen) kabilarga ajratgan. Ushbu klassifikatsiyadan I.I.Chernyasheva
u qadar qoniqmadi. U navbatdagi ishlarida frazeologiya masalalarin, predmetini aniqlash va
tasniflash bilan ochib berishga harakat qildi. Lekin keyingi ishlari tugallanmay qoldi. Uning
tugallanmay qolgan ishlari frazeologik birliklarning sinonimligi va ko‘p ma’noliligi,
umumiy qoidalar bo‘yicha frazeologik sistemaning rivojlanishi, frazeologik yangi
so‘zlarning paydo bo‘lishi kabi masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan.

Ma’lumki, frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq leksemadan tashkil topadi. Uning

komponentlari orasida o‘zaro sintaktik va semantik aloqa mavjud bo‘ladi. frazeologik
birliklar komponentlarining semantik mustaqil bo‘lgandagi farqlari avvaldan mavjud
bo‘lganlaridan frazeologizmlarning yasalishida ham muhim rol o‘ynaydi. Shunday qilib,
leksik komponent o‘zgarmas tarkibi bir frazeologizmning belgisi ekanligini keltirib
chiqaradi. Frazeologik birliklarning tarkibiy qismlari sifatida so‘zlar leksik- semantik
paradigmadan kelib chiqadi va leksik- semantik sistemaning birligi sifatida so‘zdan farq
qiladigan struktur funksiyaga ega bo‘ladi.

Masalan, sich auf den Weg machen yoki ins Kino gehen, zur Schule gehen, va

boshqalar. Bunday so‘z birikmalari so‘zlashuv jarayonida yaratiladi. Erkin so‘z birikmasi
qo‘llanish jarayonida o‘z ma’nosini yo‘qotishi va ko‘chma ma’no hisobiga turg‘un
birikmaga aylanishi mumkin. Masalan, Jemandem das Gesicht, die Hände, den Kopf,
waschen birikmalari o‘zining asl ma’nosida erkin sintaktik so‘z birikmasi sifatida uchraydi
va kimnidir yuzini, qo‘llarini, boshini yuvmoq deb tarjima qilinadi. Lekin Jemandem den
Kopf waschen birikmasi esa, ko‘chma ma’noda ibora sifatida ishlatiladi va kimnidir

koyimoq, tanbeh bermoq tarzida tarjima qilinadi. Yana bir misol: jemanden an die Wand
drücken” frazeologik iborasi “birovni devorga taqamoq, qismoq”dan tashqari “birovning
burnini artmoq” degan ma’nosi ham bor. Quyidagi so‘z birikmasiga Ein Faden ein Band um
den Finger wickeln ham alohida tarzda qaralganda, o‘zining asl ma’nosida, ya’ni ipni yoki
bantikni barmog‘iga o‘ramoq tarzida tarjima qilinadi. Lekin ushbu birikmalar jumlalar
tarkibida o‘z ma’nosini yo‘qotib, ko‘chma ma’no kasb etadi. Va turg‘un ibora sifatida
qo‘llanadi. Masalan, jemanden um den Finger wickeln birikmasi ko‘chma ma’noda kelgan
bo‘lib, kimnidir boshqarmoq, ba’zan esa, aldamoq ma’nosini anglatadi. Erkin so‘z
birikmasining rivojlanish jarayoni turg‘unlikda tadrijiy usulda amalga oshadi. Ba’zan uning
turg‘un birikma yoki erkin so‘z birikmasi ekanligini aniq aytish qiyin. Turg‘un so‘z
birikmalari tilda nutq jarayonida mustaqil ravishda so‘z tarkibining leksik elementi sifatida
mavjud bo‘ladi va qo‘llanilishida alohida so‘zlar ma’nosiga yaqin turadi. Ular nutq
jarayonida yaratilmaydi, balki tasvirlanadi. Masalan, Das Schwarze Meer, in Bewegung
bringen, dicke Luft va boshqalar. So‘z birikmalari ham so‘zlar kabi lug‘at boyligiga
kiritilgan va tilning boyishiga hizmat qiladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nemis tilshunosligida frazeologiyaning alohida soha

sifatida shakllanish jarayoni davom etmoqda va ushbu sohada ko‘plab yangiliklar olib
borilmoqda. Shunga qaramasdan frazeologiyaning yechilishi lozim bo‘lgan muammoli
qismlari, ushbu sohaning naqadar chuqur o‘rganish kerakligini yaqqol ko‘rsatib bermoqda.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка.

Ingliz va o’zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar qiyosiy tahlili Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Bolbekova Jaloliddinovna Ug’Iloy

Maqolada frazeologik birliklarning o’ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berilgan. Ingliz va o’zbek tillaridagi somatik frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili bir qancha misollar bilan tahlilga tortilgan. Nazariy ma’lumotlarga munosabat bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Bolbekova Jaloliddinovna Ug’Iloy

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA KOMPRATIV IBORALAR
FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TO‘QIMA FRAZEOLOGIZMLARNING CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI

FRANSUZ VA O‘ZBEK FRAZEOLOGIYASIDA“TARIXIY XOTIRA”NI IFODALASHDA TIL O‘YINLARINI O‘ZARO TA’SIRI (AHAMIYATI)

ROMAN-GERMAN VA O’ZBEK TILLARIDAGI JONZOD NOMLARI BILAN BOG’LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI
FRAZEOLOGIYADA GENDER MUAMMOSI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ingliz va o’zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar qiyosiy tahlili»

Ingliz va o’zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar qiyosiy

Bolbekova Jaloliddinovna Ug’iloy ugiloybolbekova@gmail .com SamDChTI

Annotatsiya: Maqolada frazeologik birliklarning o’ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berilgan. Ingliz va o’zbek tillaridagi somatik frazeologik birliklarning qiyosiy tahlili bir qancha misollar bilan tahlilga tortilgan. Nazariy ma’lumotlarga munosabat bildirilgan.

Kalit so’zlar: somatizm, ibora, frazeologizm, frazeologiya, frazeologik birlik, frazeologik birlashma va frazeologik chatishma.

Comparative analysis of somatic phraseology in English and

Bolbekova Jaloliddinovna Ugiloy ugiloybolbekova@gmail .com

Abstract: The article provides information on the specifics of phraseological units. A comparative analysis of somatic phraseological units in English and Uzbek is presented with a number of examples.Response to theoretical data.

Keywords: somatism, phrase, phraseology, phraseology, phraseological unit, phraseological combination and phraseological fusion.

Ingliz va o’zbek tillaridagi frazeologiya olami keng qamrovlidir.Uning har bir lavhasi jahon tilshunoslarining e’tiborini tortadi.Frazeologiya Nazariyasiga dastlab Fransuz tilshunosi Sh.Balli asos soldi. Keyinchalik Ferdinand de Sossyur o’z davrida frazeologizmlarni tildagi birliklar sifatida ta’kidlagan edi.

Amerikalik tilshunos olim Uolles L.Cheys frazeologik birliklar haqida, til taraqiyyotining ma’lum bosqichi yuzaga kelgan o’zgarishlar yangi ma’nolarni yaratadi, ularni ifodalashda alohida qoliplar shart bo’lmay, balki biror eski, ya’ni tilda avvaldan mavjud bo’lgan materiallardan foydalaniladi, degan edi.Frazeologiya sohasida rus tilshunoslarining o’rni kattadir.

A.Peshkoviskiy, V.Vinogradov, B.Larin, N.Shanskiy, A.Smirnitskiy, A.Kunin, V.Jukov, I.Arxangeliskiy, A.I.Molotkov kabilar frazeologizmlar haqida ish olib

WWW.OPENSCIENCE.UZ 139 | (“OE^^^BI

Turkiyshunoslar S.K.Kesenbayev, F.R.Ahmedjanova, R.E.Jaykasaova, R.M.Tayeva, G.A.Bayramova, Ch.G.Sayfullin, S.Navro’zboyeva va S.I.Muratov kabilar tomonidan frazeologizmlar haqida ma’lumot berilgan va tahlil qilingan.

O’zbek tilshunoslari Sh.Raxmatullayev, B.Yo’ldoshev, Y.D.Pinxasov, A.Shomaqsudov, M.Xusainovlar nomzodlik dessertatsiyalarida o’zbek frazelogiyalar haqida bayon qilingani va tahlil qilinganini kurishimiz mumkin. Frazeologiya yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “phrasis” – ibora, ifoda va “logiya” – o’rganaman. Frazeologiya ibora va ifodalarni o’rganaman degan ma’noni anglatadi. Ibora ikki va undan ortiq so’zdan tashkil topgan lug’aviy birlik bo’lib, so’z kabi lug’aviy ma’no anglatadi. So’z kabi yaxlit bir ma’noni anglatidigan til birligi frazeologik birlik deyiladi.

Ushbu maqolamizning asosiy maqsadi ingliz va o’zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar va ularning qiyosiy tahlilini ko’rib chiqishdir.

Somatizm grekcha so’zdan olingan bo’lib, “soma” – “tana” ma’nosini anglatadi. Frazeologik birliklarning insoniyat va uning hayotiy faoliyati va inson tana a’zolari bilan uzviy bog’liq va bunday tematik guruhlarga birikkan frazeologizmlarni somatik frazeologiyalar deyiladi. Jahondagi ko’pchilik tillar frazeologiyasining asosiy qismini somatik frazeologizmlar tashkil etadi.

Birinchi bo’lib eston tili frazeologizmlarni o’rgangan olim F.Vakk tomonidan somatik frazeologiyalar haqida ta’kidlagan.U somatik frazeologizmlarni faqat odamlarni tasvirlaydigan, odamlar va hayvonlarni tasvirlaydigan va faqat hayvonlarni tasvirlaydigan guruhlarga ajratgan.

Oxirgi yillarda somatik frazeologizmlar turli xil tillarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning bosh mavzusi bo’lib kelmoqda. Somatik frazeologizmlarda har bir xalqning turmush tarzi, tajribasi, madaniyati, ma’naviyati, urf-odatlari va an’analari o’z aksini topgan bo’ladi.

Jahon somatizmlar qatnashgan iboralarni o’rganishda qiyosiy tahlil usuli rivoj topgan bo’lib, bu yo’nalishdagi ishlar soni salmoqlidir.

Rus va fransuz tillaridagi somatizmlarni ishtirok etgan iboralarni qiyosiy tahlil qilgan I.B.Gorodeskaya “bosh”, “ko’z”, ‘oyoq”, “yurak”, “qo’l” somatizmlari ishtirok etgan iboralarni organish davomida “qo’l” somatizmi qatnashgan iboralar har ikki tilda eng keng tarqalgan iboralar ekanligi qayd etilgan.

Lenka Chiklova rus va chex tilidagi “qo’l” somatizmi ishtirok etgan iboralarni qiyosiy tahlil qiladi. Muallif “qo’l” somatizmi ishtirok etgan iboralarni 4 guruhga ajratadi: 1) ikki tilda ham mavjud ma’no jihatidan sinonim qo’l somatizmi qatnashgan iboralar; 2) faqat bir tilda qo’l somatizmi qatnashgan ibora ikkinchi tilda boshqa somatizm ishtirok etgan ibora bilan ma’nodosh; 3) bir tilda qo’l somantizmi qatnashgan ibora ikkinchi tilde boshqa usulda ifadalanishi; 4) bir tilda qo’l

somantizmi qatnashgan iboraning ikkinchi tilda yo’qligi.

T.S.Spirina maqolasida ingliz, rus va nemis tilidagi somatik frazeologizmlarni tahlil qilgan va “qo’l” leksemasiga alohida to’xtalib o’tilgan.

Italyan tilshunosi M.B.Papi ham ingliz va italyan tillarida “qo’l” leksemasining frazeologik va ko’chma ma’noda tahlil qilgan. Bunday frazeologik birliklar har ikkala tilda ham o’xshashligini va o’zi xos xususiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.

E.N.Tanasi maqolasida bir til doirasida ya’ni ingliz tilida “qo’l” va “oyoq” ishtirok etgan iboralarning AQSH va Buyuk Britaniya kompaniyalari reklamalarida qo’llanilishi tadqiq qilgan va o’zi xos xususiyatga ega ekanligini takidlagan.

L.Manerko maqolasida “idrok” va “tana” orasidagi aloqaning ingliz iboralarida o’z aksini topish masalasi ko’rib chiqilgan.

Ingliz va o’zbek tillarida ham somatik frazelogizmlar ko’plab ilmiy ishlar, maqollar bor.Ingliz va o’zbek tillaridagi tana a’zolari bilan bog’liq somatik frazeologizmlar muhim o’rin tutadi. Somatik frazeologizmlar ma’no anglatishiga ko’ra quyidagicha tasniflash mumkin.

Somonimik – ya’ni inson tana a’zolari bilan ifodalovchi iboralar(bosh , oyoq, qo’l, bo’yin)

Boshidan oyog’igacha-from head to foot Yelkama – yelka turib – stand shoulder to shoulder Yelkama yelka – Hand in hand

Osteonimik – inson organizmining skalet sistemalari bilan ifodalanuvchi frazeologizmlar. Skin and bones-qoq suyak

Angionimik – inson organizmining qon aylanish sistemasi bilan bog’liq so’zlar bilan ifodalanuvchi frazeologik birliklar. blue blood-oq suyak

Splanchnonimik – inson organizmning ichki organlari bilan bog’liq bo’lgan frazeologizmlar.

At the top of one’s lungs-ovozi boricha baqirmoq From the bottom of the heart- chin qalbdan

Sensonimik – inson organizmining sezish a’zolari bilan bog’liq bo’lgan frazeologik birliklar.

To be all ears – butun tanasi quloqqa aylanib Umumiy tana a’zolari bilan bog’liq frazeologizmlar In the flesh – tanada

put flesh on something-biror narsa ustiga og’irligini tashlamoq to press the flesh-etni bosmoq

“Heart” ya’ni “yurak” leksemasi turli xil ma’noda qo’llaniladi.

1. The heart is like an antanomic organ. Yurak antanomik organga o’xshaydi.

“heart attact” – “сердечный приступ”, “yurak xuruji”

“heart pumps blood” – “сердце перекачивает кровь”, “yurak qonni haydaydi”

2. The soul is like a spiritual component. Ruh ruhiy tarkibiy qismga o’xshaydi.

“in my heart I know that she is right” – “в душе я знаю что она права” Uning

haqligini yurakdan sezaman, bilaman

3. Courage, courage – like character traits.Jasorat, jasoratga o’xshash xarakterli xususiyatlar.

“dear heart” – “душа моя, – mening qalbim”, “сердце моё – yuragim”

4. Love, affection – as an emotional component.Sevgi, muhabbat-hissiy tarkibiy qism sifatida: “dear heart” – “душа моя-mening qalbim”, “сердце моё-yuragim”, “любовь моя-mening sevgim”

5. Center – from a geographical point of view. Markaz – geografik nuqtai nazardan: “in the heart of Empire” – “в сердце империи – imperiya yuragida”

6. Essence, basis. Mohiyat, asos: “the heart of the matter” – “суть дела”, “masalaning mohiyati”

7. The suit of cards is “worms” or a card game similar to whist. Kartalar kostyumi – bu “qurtlar” yoki hushtakka o’xshash karta o’yini: “queen of hearts” -“дама червей”, “qalblar xonimi”

“Heart” so’zi qadimgi ingliz tili “heorte” so’zidan kelib chiqqan. “heart” so’zi ishtirok etgan ko’plab iboralar, maqollar va aforizmlar bor.

“lose one’s heart” – “влюбиться”, “sevib qolish”

“steal somebody’s heart” – “завоевать чьё-либо сердце”, “birovning ko’nglini qoldirmoq”

“affair of the heart” – “дела сердечные – yurak masalalari”, “любовный роман – sevgi hikoyasi”

“The way to a man’s heart is through his stomach” – “путь к сердцу мужчины лежит через его желудok”, “Erkaklar yuragiga yo’l oshqozon orqali bo’ladi” (maqol)

“Don’t let your mind kill your heart and soul” – “Не позволяй своему разуму убить твое сердце и душу”, “Aqlingiz yuragingizni va qalbingizni o’ldirishga yo’l qo’ymang”

Somatik frazeologik birliklar sinonim, antonim va omonimlar sifatida ham keladi.Sinonim frazeologiyalar ma’nosi bir xil bo’lgan frazeologiyalar tushuniladi. Masalan:bir og’iz, bir chimdim, bir shingil. Ingliz tilida esa to be in a dead mouth, to be down in die mouth kabi somatik frazeologiyalar sinonim bo’la oladi.

Antonim somatik frazeologik birliklar ma’nosi bir-biriga qarama-qarshi frazeologiyalar deyiladi. Masalan: Yuragi keng-yuragi tor, ko’ngli joyiga tushdi-ko’ngliga g’ulg’ula tushdi. Ingliz tilida at first sight-on second thought.

Omonimik somatik frazeologiyalar ham muhim o’ringa ega. Masalan: I. Qo’l ko’tarmoq – qo’lini javob berish uchun ko’tarmoq, II. Qo’l ko’tarmoq – urmoq. I. Joni chiqdi – so’ngi nafasini chiqarmoq ya’ni vafot etdi. II. Joni chiqdi – g’azabi chiqdi.

Ingliz tilida I. to feel one’s oats va II. to feel one’s oats.

Ingliz va o’zbek tillarida somatik frazeologizmlar munim ahamiyatga ega. Jahon va o’zbek tilshunoslar somatic frazealogiyalar haqida fikr yuritgan va bular ustida ilmiy ishlar olib borgan.Somatik frazeologiklar yordamida har bir xalqning turmush tarzi, urf-odatlari va insonning ruhiy va jismoniy holatlarini namoyon qilish mumkin. Somatik frazeologizmlarni ifodalashda “bosh”, “qo’l”, “ko’z”, “oyoq” leksemalari alohida o’rin tutadi.

1. Abduramanova S.Processing of English idioms with body part compenents by native speakers of Turkish learning English with intermediate level of proficiency.Thesis for the Doctor of Philosophy Degree.Istanbul, 2012.142 pages.

2. Manerko L. From human body parts to the embodiment of spatial conceptualization in English idioms. The 4 th UK Cognitive Linguistics Conference.2014 , P. 195-213.

3. Papi M.B. Idiomatic and figurative uses of “hand”in English and “muno” in Italian: embodiment and cultural filters.Main Session Talks. Pisa, 2013.

4. Tanasi E.N. Arm and leg idioms in the BNC and Coca Corpora: views on the cultural differences between British and American society. International journal of Cognitive Research in Science, Engeineering, and Education. Vol.2, N 1, 2014. Page 77-85.

5. Исаев А. Соматическые фразеологизмы узбекского языка Дисс, , , канд фил наук -Т ., 1976. 146 с

6. Нассири М. Семантика фразеологическый единиц с соматическим парним компонентом нога-рука . Вестник РУДН , №2.2014.С . 67-71.

7. Спирина Т.С. Фразеологические единицы английского, русского и немецкого языков, характеризующие власть, с компонентами -соматизмами . Лингвистика и перевод. №3 (41), 2013. С. 133-139.

8. Усмонова Ш.Р. Узбек ва турк тилларида соматик фразеологизмлар..ф.ф. н. дисс. – Тошкент, 1998. 136 б.

9. Рахматуллаев Ш. Узбек фразеологизмларнинг изошли лугати.

1. Abduramanova S. Processing of English idioms with body part compenents by native speakers of Turkish learning English with intermediate level of proficiency.Thesis for the Doctor of Philosophy Degree.Istanbul, 2012,142 pages.

2. Manerko L. From human body parts to the embodiment of spatial conceptualization in English idioms. The 4 th UK Cognitive Linguistics Conference.

3. Papi M.B. Idiomatic and figurative uses of “hand” in English and “muno” in Italian: embodiment and cultural filters.Main Session Talks. Pisa, 2013.

4. Tanasi E.N. Arm and leg idioms in the BNC and Coca Corpora: views on the cultural differences between British and American society. International journal of Cognitive Research in Science, Engeineering, and Education. Vol.2, N 1, 2014. Page 77-85.

5. Isaev A. Somatic phraseological units of the Uzbek language Diss. Candidate of Science – T., 1976. 146 p.

6. Nassiri M. Semantics of phraseological units with a somatic pair of a leg-hand component. RUDN Bulletin, No. 2.2014, p. 67-71.

7. Spirina T.S. Phraseological units of the English, Russian and German languages, characterizing power, with components – somatisms. Linguistics and translation. No. 3 (41), 2013. S. 133-139.

8. Usmonova Sh.R. Somatic phraseology in Uzbek and Turkish languages..f.f. n. diss. – Tashkent, 1998. 136 p.

9. Raxmatullaev Sh. Annotated dictionary of Uzbek phraseology.

Əvəzlik (pronoun)

Şәхslәri, әşyаlаrı vә yа оnlаrа хаs оlаn әlаmәt vә kеyfiyyәtlәri аdlаndırmаdаn bildirәn nitq hissәsinә әvәzlik dеyilir.
Әvәzlik әsаs nitq hissәlәrindәn biri оlub, mаlik оlduğu lеksik-qrаmmаtik mənа bахımındаn digər nitq hissәlәrindәn fәrqlәnir: әvәzliklәrin bildirdiyi mənа, аdәtәn, nisbi оlur, оnlаrın әvәz еtdiklәri sözün mənаsındаn аsılı оlmur. Mәsәlәn, üçüncü şәхs tәk әvәzliyi it tәkdә оlаn müхtәlif isimlәri әvәz еdә bilir : a book—it, a table—it, a tree — it və s.
Bаşqа bir misаl. Еyni bir şәхs bir hаldа I (dаnışаn), digər hаldа you (dinlәyәn), üçüncü hаldа isә he (she) hаqqındа dаnışılаn әvәzliklәri ilә ifаdә еdilә bilir, yахud еyni bir әşyа bir hаldа this, digər hаldа that әvәzliyi ilә işаrә еdilir, göstərilir. Bunlаr göstərir ki, әvәzliklәr ümumi, nisbi mənаyа mаlikdir.
Әvәzliklәri digər nitq hissәlәrindәn fәrqlәndirәn хüsusiyyәtlәrdәn biri dә оnlаrın ümumilәşdirmә хаssәsinә mаlik оlmаsıdır. Fәrdi хüsusiyyәt vә kеyfiyyәtlәrinә bахmаyаrаq bütün dаnışаnlаr I, dinlәyәnlәr you, hаqqındа dаnışılаnlаr isә he (she, it) әvәzliyi ilә göstərilir.

Ümumilәşdirmә хаssәsi işаrә әvәzliklәrindә dаhа dәrinә kеdir: mаddi аlәmdә mövcud оlаn bütün şәхs, әşyа vә şеylәri, оnlаrа хаs оlаn әlаmәt vә kеyfiyyәtlәri işаrә etmәklә göstərmәk üçün әksәr dillәrdә, dеmәk оlаr ki, әsаsәn cәmi iki işаrә әvәzliyi vаrdır. Ingilis dilindә: this, that; Аzәrbаycаn dilindә: bu, о; rus dilindә: etоt, tоt; аlmаn dilindә: dieser, jener.

Müаsir ingilis dilindә әvәzliklәr ismi әvәzliklәr (noun pronouns) vә sifәti әvәzliklәr (adjective pronouns) dеyә iki qrupа bölünür. Şәхs әvәzliklәri ( I, you, he, she və s.) yiyәlik әvәzliyinin mütlәq fоrmаsı ( mine, yours, hers, ours, its vә s), qаyıdış әvәzliklәri ( myself, himself, themselves və s.) bir qаydа оlаrаq isim rоlundа işlәndiyi üçün ismi әvәzliklәr; yiyәlik әvәzliyinin isimlә işlәnәn fоrmаlаrı ( my, his, her, our və s.) hәmişә təyin funksiyаsındа işlәndiyi üçün оnlаrа sifәti әvәzliklәr dеyilir.
Müаsir ingilis dilindә еlә әvәzliklәr dә vаr ki, оnlаr cümlәdә hәm isim, hәm dә sifәt kimi çıхış еdә bilir. Bunа misal оlаrаq işаrә әvәzliklәrini ( this—these, that—those ), qeyri-müәyyәn әvәzliklәri ( some, any, other, all və s.) göstərmək оlаr.

Ismi әvәzliklәr, isim kimi, hаl vә kәmiyyәt kаtеqоriyаsınа mаlikdir. Lаkin әvәzliklәr hаl kаtеqоriyаsı bахımındаn isimlәrdәn fәrqlәnir: isimlәr (cаnlı) ümumi vә yiyәlik hаlа mаlik оlduğu hаldа, әvәzliklәrin bir qismi (şәхs vә who — suаl әvәzliklәri) аdlıq vә оbyеkt hаlа, digәrlәri ( each other, one another və s.) isә ümumi vә yiyәlik hаlа mаlikdir.

Müаsir ingilis dilindә әvәzliklәrin kәmiyyәt kаtеqоriyаsı müхtәlif üsul vә vаsitәlәrlә ifаdә оlunur: bir qisim әvәzliklәr cәmdә isim kimi -s (-es) şәkilçisi qәbul еdir, mәsәlәn: one-ones, other-others, yourself-yourselves vә s; bir qisim әvәzliklәr cәmdә хüsusi fоrmаyа mаlik оlur, mәsәlәn: this—these, that—those , digər qisim әvәzliklәr isә еyni fоrmаdа hәm cәm, hәm dә tәkdә işlәnir, mәsәlәn: all, any, some, who və s.

Müаsir ingilis dilindә еlә әvәzliklәr dә vаr ki, оnlаr аncаq tәkdә işlәnir, mәsәlәn: each, every, somebody, everybody, something, little və s. Şәхs әvәzliklәrindә kәmiyyәt supplеtiv yоllа, yəni müхtәlif sözlәrlә ifаdә еdilir. Müqаyisә еdin: I — we, he (she, it) — they .

Müаsir ingilis dilindә mövcud оlаn әvәzliklәr istәr mаlik оlduqlаrı lеksik-qrаmmаtik mənа, istәr sintаktik funksiyа, istәrsә dә mоrfоlоji kаtеqоriyа bахımındаn bir-birindәn fәrqlәnir. Bunа görә dә әvәzliklәr müхtәlif qruplarа аyrılır, tәsnif еdilir.

ӘVӘZLIKLӘRIN TƏSNİFATI (CLASSIFICATION OF PRONOUNS)

Müаsir ingilis dilindә әvәzliklәr аşаğıdаkı kimi təsnif оlunur:
1. Şәхs әvәzliklәri (personal pronouns).
2. Yiyәlik әvәzliklәri (possessive pronouns).
3. Qаyıdış әvәzliklәri (reflexive pronouns).
4. Qаrşılıq әvәzliklәri (reciprocal pronouns).
5 Işаrә әvәzliklәri (demonstrative pronouns).

6. Suаl әvәzliklәri (interrogative pronouns).
7. Nisbi әvәzliklәr (relative pronouns).
8. Bаğlаyıcı әvәzliklәr (conjunctive pronouns).
9. Təyin әvәzliklәri (defining pronouns).
10. Qеyri-müәyyәn әvәzliklәr (indefinite pronouns).
11. Inkаr әvәzliklәri (negative pronouns).

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.