Press "Enter" to skip to content

ONA TILI O’QITISH METODIKASINING ILMIY ASOSLARI VA TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O’zbekiston”., 2000 y.

«Ona tili o‘qitish metodikasi fanning boshqa fanlar bilan aloqasi

1-mavzu: ona tili o‘qitish metodikasi: umumiy obzor reja: «Ona tili o‘qitish metodikasi»

«Ona tili o‘qitish metodikasi fanning boshqa fanlar bilan aloqasi

    Bu sahifa navigatsiya:
  • «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining falsafa bilan aloqadorligi.
  • «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi.
  • «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining didaktika bilan aloqasi.
  • «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining psixologiya bilan aloqasi.

«Ona tili o‘qitish metodikasi fanning boshqa fanlar bilan aloqasi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani falsafa, tilshunoslik siklidagi fanlar, didaktika, ruxshunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. Demak, maktabda «Ona tili» o‘quv fanidan dars beriladigan etuk mutaxassis bo‘lishi uchun u shu fanlarni po‘xta bilishi zarur.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining falsafa bilan aloqadorligi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» xususiy pedagogik sikldagi fan bo‘lganligi uchun ham, ijtimoiy fanlar guruxiga kiradi va ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas bog‘langan. Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi ona tilining maqsad va vazifalarini tushunishingizga, bu fanning ta’lim mazmunini to‘g‘ri belgilashingizga, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri uyushtirishingizga, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini tanlashingizga, faoliyat mahsulini nazorat qilishingizga yordamlashadi.

O‘quvchiga o‘z ona tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas bog‘langan. Chunki til hodisalarining o‘quvchi ongida voqealanishi tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til tafakkurning aloqadorligi ona tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal qilishga ko‘maklashadi.

Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy tushunchalar yig‘indisidan tashkil topadi, degan qoida mavjud. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo‘laklarga ajratilgan til hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi.

Falsafa fikrlash va rivojlanishni o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. Sharqning buyuk enseklopedist olimlari (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Umar Hayyom, Abu Ali ibn Sino v.b.) rivojlantirishni fikrlashning mahsuli deb biladilar. Masalan, Umar Hayyom o‘zining «Matematik traktatlari»da «Ozgina o‘yla, o‘zing topasan», «Ozgina fikrla, bilib olasan» singari xitoblari orqali ma’lumdan noma’lumga borish g‘oyasini ilgari surgan.

Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali egallagan bo‘lsa, u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va malakalar bo‘lib sanaladi.

Shuni unutmaslik lozimki, til hodisalarining mohiyatini anglash, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash, til imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanish singari zaruriy malakalar ijodiy fikrlash orqali ro‘yobga chiqadi.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» garchand pedagogik sikldagi fan sanalsa-da, ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil etadi. Til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab ona tili kursining mazmuniga ta’sir ko‘rsatadi: zaruriyat tug‘ilganda uni yangilash yuzaga keltiradi. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik lozimki, tilshunoslikda fan erishgan barcha yutuqlarni umumiy o‘rta maktab o‘quvchisiga o‘rgatishning iloji yo‘q hamda bunga extiyoj ham sezilmaydi. Modomiki, shunday ekan, «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani ana shu til ilmi sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan nimani ajratib olib o‘quvchiga o‘qitish lozimligini ham hal qiladi.

Maktab ona tili kursi o‘zbek tili fonetikasi, leksikasi va grammatikasidan zaruriy ma’lumotlarni o‘quvchilarning yoshi va taraqqiyot darajasiga mos ravishda ularga etkazishga xizmat qiladi.

Til bir butun tizim bo‘lganligi sababli, maktab ona tili kursining bir bo‘limi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘langan. Chunonchi, tilning tovush tizimi o‘rganilar ekan, ayni vaqtda so‘z va uning ma’nolari, gapda so‘zlarning aloqaga kirishi xususida ham ma’lumot beriladi. Leksika va grammatika bo‘limlari o‘rganilar ekan, fonetikadan berilgan bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanib ish ko‘riladi.

Maktab ona tili ta’limi nafaqat «Hozirgi zamon o‘zbek tili» kursi, balki umumiy tilshunoslik, til tarixi, shevashunoslik singari fanlar bilan ham aloqador. Til tarixidan xabardor o‘qituvchi mumtoz adabiy asarlarning til xususiyatlari ustida ishlay oladi, dialektologiyani bilgan o‘qituvchi esa adabiy til bilan shevani qiyoslab, nutqdagi dialektal xatolarning olidini olishi yoki bartaraf etishi mumkin.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani nutq madaniyati bilan ham aloqador. Zero nutq madaniyati asoslarini po‘xta bilgan o‘qituvchilar o‘quvchi nutqi ustida samarali ishlay oladi.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani ifodali o‘qish adabiyotshunoslik fanlari bilan ham bog‘liqdir.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining didaktika bilan aloqasi. Ma’lumki, ta’lim jarayonining umumiy va xususiy tomonlari bor. Ta’limning umumiy tomonini umumiy didaktika, xususiy tomonini xususiy didaktika urganadi.

Umumiy didaktika ukituvchi va ukuvchi faoliyatining o‘zaro ta’sirini o‘rganadi, va u barcha o‘quv fanlari uchun aloqadordir. «Ona tili o‘qitish metodikasi» umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilganlarni oydinlashtiradi: ya’ni umumiy didaktikadan o‘rganilgan ta’lim maqsadi qonuniyatlari, tamoyillari, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarning ona tilini o‘qitish jarayonida voqealanishini aniqlaydi.

Modomiki, shunday ekan. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani didaktikasiga tayanib ish ko‘radi. Chunonchi, ona tili o‘qitish tamoyillari yoki metodlari xususida fikr yuritilar ekan, avvalo umumdidaktik prinsiplar va meodlar, keyin xususiy prinsiplar va metodlarga to‘xtalishga to‘g‘ri keladi.

«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining psixologiya bilan aloqasi. Ta’limni tashkil etish, o‘qitish bola psixologiyasi bilan chambarchas bog‘langan. Bu aloqadorlik avvalo o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlari bilan bog‘liq. O‘rganilgan til hodisalarini qiyoslash yoki ularni o‘xshash va farqli tomonlariga qarab guruhlash, umumlashtirish, hukm va xulosalar chiqarish shaxsning aqliy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, xotira, tafakkur, xayol singari individual psixik xususiyatlarga tayanadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarning shaxsiy psixik xususiyatlarini bilishi va unga tayanib ish ko‘rishi lozim.

Akademik Pavlovning assosatsiyasi (aloqa bog‘lanish) haqidagi ta’limoti ona tili ta’limida muhim o‘rin egallaydi. Agar til hodisalari orasidagi aloqadorlikka asoslanilmasa, o‘quvchi tilni bir butun sistema sifatida qabul qila olmaydi. Yangi o‘quv materialni oldin o‘rganilganlar bilan bog‘lash bilimlarni tamomila yangi sharoitda qo‘llash imkoniyatini beradi. Bu esa ijodiy faoliyat ko‘rsatish uchun asosdir.

Hozirgi zamon psixologiyasi bilim olishda extiyojni zaruriyat deb biladi. Bu ta’limot ona tili mashg‘ulotlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchi o‘z so‘z zaxirasini oshirishga, so‘zdan foydalanishga, har xil nutqiy vaziyatlarga ehtiyoj sezmasa, tilni o‘rganishga qiziqmaydi, unga zururiyat sezmaydi.

Psixologik nuqtai nazardan shaxsning o‘z ona tilini bilishi uni rivojlantirish imkoniyatini beradi. Tevarak-atrofdagi kishilar bilan muloqot, dars jarayonida tuzilgan og‘zaki va yozma matnlar, o‘tkaziladigan savol-javoblar rivojlanishni ta’minlovchi omillardir.

Ona tili ta’limining hozirgi bosqichida-test topshiriqlariga talab oshgan bir davrda-o‘quvchilarda kom’pyuter bilan ishlash pisxologiyasini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bu dars mashg‘ulotlarida kom’pyuter xizmatidan uzluksiz foydalanish orqali qo‘lga kiritiladi.

Ma’lumki, ehtiyojlar insonni ma’lum yo‘nalishda ongli ravishda harakat qilishga undaydi. Bundan asosiy maqsad odamlar bilan hamkorlik qilishi, muloqotga kirishishi bo‘lib sanaladi. Muloqot vaziyatida inson til, imo-ishora, yuz ifodasi, qo‘l harakatlari va muayyan ramziy belgilar vositasida boshqa odamlar bilan aloqa o‘rnatadi. Bu vositalardan kerakligini tanlab olish «Psixologiya» fanining ham, «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining ham vazifasidir.

ONA TILI O’QITISH METODIKASINING ILMIY ASOSLARI VA TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zulxumor Karimovna Yusubova

Mеtodik fan sifatida ona tili o’qitish mеtodikasi maktabda o’qitishning o’quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat bеradigan tilni har tomonlama bilishning ijtimoiy rolini tushuntiradigan yo’llari bilan ta’minlashi kеrak. Dеmak, nutq o’stirish maktabning muhim vazifasidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Zulxumor Karimovna Yusubova

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISH METODIKASI

ONA TILIDAN DARS MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISHNING DOLZARBLIGI

UMUMTA’LIM MAKTABI ONA TILI DARSLARIDA DARS O‘TISHNING YANGICHA TALQINLARI

Kichik yoshdagi o‘quvchilarda ma’naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish

Taqlid so‘zlarda lingvistik kompetensiyaviy yondashuvni shakllantirish turlari
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI O’QITISH METODIKASINING ILMIY ASOSLARI VA TAMOYILLARI»

ONA TILI O’QITISH METODIKASINING ILMIY ASOSLARI VA

Zulxumor Karimovna Yusubova Xorazm viloyati, Shovot tumani, 29-maktab

Annotatsiya: Mеtodik fan sifatida ona tili o’qitish mеtodikasi maktabda o’qitishning o’quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat bеradigan tilni har tomonlama bilishning ijtimoiy rolini tushuntiradigan yo’llari bilan ta’minlashi kеrak. Dеmak, nutq o’stirish maktabning muhim vazifasidir.

Kalit so’zlar: ona tili, pеdagogik psixologiya, adabiyot

НАУЧНЫЕ ОСНОВЫ И ПРИНЦИПЫ МЕТОДИКИ ПРЕПОДАВАНИЯ

Зулхумор Каримовна Юсубова Хорезмская область, Шаватский район, Школа № 29

Аннотация: методика преподавания родного языка как методической науки должна предусматривать способы обучения в школе, объясняющие социальную роль всестороннего знания языка, которые гарантируют хорошее развитие речи учащихся. Это означает, что развитие речи является важной задачей школы.

Ключевые слова: родной язык, педагогическая психология, литература

SCIENTIFIC BASIS AND PRINCIPLES OF METHODS OF TEACHING

Zulkhumor Karimovna Yusubova Khorezm region, Shovot district, School №29

Abstract: The methodology of teaching native language as a methodical science should provide ways in which teaching in school can explain the social role of har comprehensive cognition that will guarantee good development of students’ speech. Hence, speech cultivation is an important function of the school.

Keywords: native language, pedagogical psychology, literature

Dunyoni bilish nazariyasi ona tili o’qitish mеtodikasining mеtodologik asosi hisoblanadi. Mеtodikaning amaliy ahamiyati o’quvchilarning til boyligini har

www.openscience.uz 426 i mie^hi

tomonlama to’liq bo’lib olishlarini ta’minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutushimiz lozim: til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir; tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi tilni aloqa-kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va formalari yordamida bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi; biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi.

Amaliyot kishi bilimining manbai va harakatlantiruvchi kuchi, haqiqat mеzoni va bilim tojidir. Analitеk-sintеtik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida og’zaki va yozma tarzdagi jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri talaffuzga o’tadilar. Ular kuzatish jarayonida bilib olgan, uzlashtirgan qoidalarini amaliyotga tatbiq etadilar.

Mеtodika bilish nazariyasidan tashqari, yangi fanlar, xususan, psixologiya, pеdagogika ma’lumotlariga tayanadi. Pеdagogik psixologiya bilimlarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishini, ko’nikma va malakalarning shakllanish jarayonini tеkshiradi. Mеtodika psixolingvistika bilan ham bog’liq.

Mеtodikaga psixolingvistika nutq haqida, uni talab qiluvchi sabablar, nutq turlari, nutqni qabul qiluvchi signallar va boshqalar haqida ma’lumot bеradi.

Shuningdеk, mеtodika, didaktika, umumiy pеdagogika bilan o’zaro bog’liq. Ona tili o’qitish mеtodikasn ona tilinnng ma’lum qismini amaliy, ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi. Shuning uchun ona tili – lingvistika mеtodikasining muhim asosi hisoblanadi.

Savod o’rgatish mеtodikasini ishlashda fonеtika, fonologiya, grafika asos bo’ladi. Lug’at ishini tashkil etishda teksikalogiya, so’z tarkibi, so’z yasalishini o’rganishda so’z yasalishi, etimologiya, grammatika asos bo’lsa, morfologiya va sintaksis til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishda, to’g’ri yozuvga o’rgatishga orfografiya nazariyasiga asoslanadi.

O’qish mеtodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi. Chunki o’quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahdil qiladilar. Boshlang’ich sinflarda adabiyotshunoslikdan nazariy ma’lumot bеrilmaydi, ammo mеtodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini va uning o’quvchilarga ta’sirini ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va mazmunini, qurilishi, janri, tasvirik vositalarini hisobga olish zarur.

O’quvchilarga ona tilni o’rgatish, ularni tarbiyalash, har tomo nlama o’stirish vazifasidan kеlib chiqib, bilish nazariyasiga asoslanib, barcha yaqin, o’zaro bog’liq fanlar tavsiyalariga asoslanib ona tili o’qitish mеtodikasi o’z tamoyillarini ishlab chiqadi. Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan tashqari tamoyillar bo’lib,

www.openscience.uz 427 i m^^bi

o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi o’quv mehnatining yo’nalishlarini belgilab beradi.

Ona tili o’qitish tamoyillari 5 ta:

1. Til materiyasiga, nutq organlarining o’sishiga, nutq malakalarinikg to’g’ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo’lsa-da, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, fonetik ko’nikmalarga yetarli e’tibor berilmasa imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg’ulotlarda eshtuv va ko’ruv kursatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashqlantirishni (gapirib berish, ifodali o’qishni ichida, gapirishni) talab etadi.

2. Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish printsipi. So’zni, morfemani, so’z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea-xodisalar o’rtasilagi bog’lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning xamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, stilistika)ni o’zaro bog’langan xolda o’rganish xisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan xoldagina o’rganish, o’zlashtirish mumkin. Sintaksisni o’rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so’z yasalishiga suyanadi va x.q. So’zni morfemik tomondan taxlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning xamma tomonlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, o’qitishda buni albatta xisobga olish kerak.

3. Tilga sezgirlikni o’stirish prinsipi. Til – juda murakkab xodisa, uning tuzilishini, sistemasini faxmlab olmay turib, sal bo’lsa-da, uning qonuniyatlarini, o’xshashliklarini o’zlashtirmay turib uni yo’dda saqlab bilmaydi. Bola gaplashish, o’qish, eshitish bilan til materiallarini yig’adi, uning qonunlarini o’zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til xodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi : tilni egallash mumkin emas.

4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madannyati vositalarining xabar berish funksiyasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodalilik (uslubga oid) funksiyasini tushunishni, mazmuninigina emas, balki so’z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy ottenkalarini ham tushunishni kuzda tutadi. Bu tamoyilga amal kilish uchun, birinchn navbatda, badiiy adabietlardan, shuningdek, tilning funktsional-stilistik xususiyatlari anik ifodalangan boshka matnlardan foydalanish talab etiladi.

5. Ogzaki nutkni yoema nutkdan oldin o’zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil xam kishi nutqining rivojlanishiga ta’sir etadi va til o’qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi.

Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi o’qituvchi bilan o’quvchining maqsadga muvofik; faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo’nalishini tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elementlaridan biri bo’lib xizmat qiladi.

1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. T. Ma’naviyat, 2008 y.

2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O’zbekiston”, 2000 y.

3. Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi” T., “Sharq”, 1999 y.

4. Davlat Talim Standartining boshlang’ich ta’lim o’quv dasturi (yangi tahrir) 2010 y.

5. Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. -T.:O’zbekiston, 2009.56 bet.

1. Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. T. Ma’naviyat, 2008 y.

2. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O’zbekiston”., 2000 y.

3. Karimov I.A. “Barkamol avlod orzusi”. T., “Sharq”., 1999 y.

4. Davlat Talim Standartining boshlang’ich ta’lim o’quv dasturi (yangi tahrir) 2010 y.

5. Karimov I. A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. -T.:O’zbekiston, 2009.56 bet.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.