Press "Enter" to skip to content

Internet texnologiyalari innovatsiyalar. Sun’iy intelektni rivojlantirish Текст научной статьи по специальности «История и археология»

Do’stlaringiz bilan baham:

Internet-texnologiyalar turlari va it-aloqa innovatsiyasi

Internet-texnologiyalar turlari va IT-aloqa innovatsiyasi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini aktiv ilmiy va innovatsion faoliyatsiz rivojlantirish mumkin emas. Ma’lumki, aloqa-axborotlashtirish muammolarini o‘rganish, axborotni uzatish, unga ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqarish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «UNICON.UZ» markazi sohaning yetakchi tashkiloti sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va telekommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi, radioaloqa va elektromagnit moslashuvchanlik, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi kabi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqaradi.
Sohaning normativ bazasini rivojlantirish va mukammallashtirish maqsadida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar takliflari asosida har yili Standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkiloti Aloqa va axborotlashtirish sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqarish (qayta ko‘rib chiqish) rejasini tuzadi
Markaz tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlar aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankida saqlanadi. «UNICON.UZ» markazi ilmiy kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratadi. Markaz xodimlari tomonidan har chorakda nashr qilinadigan «Axborotkommunikatsiyalar: tarmoqlar, texnologiyalar, yechimlar» jurnalida va va boshqa ilmiy nashrlarda muntazam e’lon qilinadigan bir qator ilmiy maqolalar tayyorlangan.
Soha korxonalarini faol ilmiy va innovatsion faoliyatisiz rivojlantirish mumkin emas. Bu sohaning ilmiy darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi. Ma’lumki, axborotlashtirish muammolarini tadqiq qilish, axborotni uzatish, ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi
Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali ITmutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda
Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda
Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Axborot texnologiyalarining o‘qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo‘lgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida
Hozirgi kunga kelib zamon talabi bo’layotgan suniy intelektni rivojlantirihs sohasiga ham juda ham katta e’tib qaratil bu soha uchun turli investorlarni jalb qilib asosiy invistitsiyalar kiritish davom etmoqda.
Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma’lumotlarni yig’ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida hozirda yurtimizda ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, mazkur yo’nalishdagi ilmiy-loyihalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Sun’iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi. Bundan tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyortadqiqotchilikka 14 ta qabul kvotasi ajratildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo’nalishi bo’yicha saralab olingan 10 nafar yosh olim 2021-2022 yillarda etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriladi.
Sun’iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo’llabquvvatlash doirasida umumiy qiymati 15,1 mlrd. so’m bo’lgan, davomiyligi 2021 – 2024 yillarga mo’ljallangan 9 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan har yili o’tkaziladigan Xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi “Innoweek.uz-2021” doirasida esa joriy yilning 24 noyabrida “Sun’iy intellekt – texnologik rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazilishi rejalashtirilgan.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

Internet texnologiyalari innovatsiyalar. Sun’iy intelektni rivojlantirish Текст научной статьи по специальности «История и археология»

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yuldashev Axrorjon, Sobirova Madinaxon, Muhammadaliyeva Umida, Muxtorov Alijon

Annotatsiya Quyidagi maqolada Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bu sohani qanaqa yo’llar orqali rivojlantirhs va Innovatsiyalar vazirligi tomonidan ajrtailgan sarmoyalar va qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tilgan. Va bu maqolani asosiy qismi “Suniy intelekt ”ni rivojlantirish sohasidagi ishlar haqida Suniy intelekt tarixi haqida yozib bildirib o’tilgan va suniy intelektda qilingan yanggi tajribalar haqida ham fikrlar bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Yuldashev Axrorjon, Sobirova Madinaxon, Muhammadaliyeva Umida, Muxtorov Alijon

MAMLAKATIMIZ TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLASHTIRISH VA RAQAMLI DUNYODA O’QITISH VA O’RGANISHNING MAVJUD IMKONIYATLARI

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy tajriba va innovatsiya
OʻZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING MUHIMLIGI
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY TAJRIBA VA INNOVATSIYA
RAQAMLI IQTISODIYOT TUSHUNCHASI, AFZALLIKLARI AMALIY AHAMIYATI VA XORIJIY TAJRIBA
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Internet texnologiyalari innovatsiyalar. Sun’iy intelektni rivojlantirish»

Internet texnologiyalari innovatsiyalar. Sun’iy intelektni rivojlantirish

Qo’qon universiteti Iqtisodiyot va ta’lim fakulteti Raqamli texnologiyalar Kafedrasi assisenti

Yuldashev Axrorjon Qo’qon universiteti talabasi Sobirova Madinaxon Muhammadaliyeva Umida Muxtorov Alijon

Quyidagi maqolada Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bu sohani qanaqa yo’llar orqali rivojlantirhs va Innovatsiyalar vazirligi tomonidan ajrtailgan sarmoyalar va qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tilgan. Va bu maqolani asosiy qismi “Suniy intelekt”ni rivojlantirish sohasidagi ishlar haqida Suniy intelekt tarixi haqida yozib bildirib o’tilgan va suniy intelektda qilingan yanggi tajribalar haqida ham fikrlar bayon etilgan

Kalit so’zlar; Axborot, Komunikatsiya, intelekt,subyekt, internet, texnologiya, kadrlar, standartlash

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasini aktiv ilmiy va innovatsion faoliyatsiz rivojlantirish mumkin emas. Ma’lumki, aloqa-axborotlashtirish muammolarini o’rganish, axborotni uzatish, unga ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqarish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «UNICON.UZ» markazi sohaning yetakchi tashkiloti sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va telekommunikatsiyalar, axborot xavfsizligi, radioaloqa va elektromagnit moslashuvchanlik, elektron raqamli imzo va elektron hujjat aylanishi kabi va boshqa yo’nalishlar bo’yicha normativ hujjatlar ishlab chiqaradi. Sohaning normativ bazasini rivojlantirish va mukammallashtirish maqsadida aloqa va axborotlashtirish sohasidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar takliflari asosida har yili Standartlashtirish bo’yicha tayanch tashkiloti Aloqa va axborotlashtirish sohasida normativ hujjatlar ishlab chiqarish (qayta ko’rib chiqish) rejasini tuzadi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlar aloqa va axborotlashtirish sohasi normativ hujjatlarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bankida saqlanadi. «UNICON.UZ» markazi ilmiy kadrlar tayyorlash masalasiga katta e’tibor qaratadi. Markaz xodimlari tomonidan har chorakda nashr qilinadigan «Axborotkommunikatsiyalar: tarmoqlar, texnologiyalar, yechimlar» jurnalida va va boshqa ilmiy nashrlarda muntazam e’lon qilinadigan bir qator ilmiy maqolalar tayyorlangan.

Soha korxonalarini faol ilmiy va innovatsion faoliyatisiz rivojlantirish mumkin emas. Bu sohaning ilmiy darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi. Ma’lumki, axborotlashtirish muammolarini tadqiq qilish, axborotni uzatish, ishlov berish va muhofaza qilish texnologiyalarini ishlab chiqish, intellektual tizimlarni yaratish fan va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Markaz tomonidan ishlab chiqilgan meyoriy hujjatlar Aloqa va axborotlashtirish,

telekommunikatsiya sohasi me’yoriy hujjatlarining avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasida saqlanadi.

Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish “Raqamli O’zbekiston — 2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta’minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo’yicha ko’rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratmoqda. Xususan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo’nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo’lga qo’yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o’qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda. Shu bilan birga, respublikaning mehnat bozorida malakali kadrlar yetishmovchiligi axborot texnologiyalari sohasidagi o’quv dasturlari va uslublarini takomillashtirish, ta’lim muassasalarining IT-kompaniyalar bilan o’zaro hamkorligini kuchaytirishni taqozo etmoqda. Axborot texnologiyalarining o’qitilishini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, mehnat bozorining malakali IT-mutaxassislarga bo’lgan talabini qoniqtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida136

Hozirgi kunga kelib zamon talabi bo’layotgan suniy intelektni rivojlantirihs sohasiga ham juda ham katta e’tib qaratil bu soha uchun turli investorlarni jalb qilib asosiy invistitsiyalar kiritish davom etmoqda.

Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, raqamli ma’lumotlarni yig’ish, saqlash va qayta ishlash tizimini takomillashtirish maqsadida hozirda yurtimizda ushbu sohada malakali kadrlarni tayyorlash, mazkur yo’nalishdagi ilmiy-loyihalarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O’z navbatida sun’iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o’z kasbining ustasi bo’lgan mutaxassislar barcha

136 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.10.2020 yildagi PQ-4851-son

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA TA’LIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH, ILMIY TADQIQOTLARNI RIVOJLANTIRISH VA ULARNI IT-INDUSTRIYA BILAN INTEGRATSIYA QILISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

jabhalarga sun’iy intellekt kirib borishida asosiy omil bo’ladi. Hozirda yurtimizda shu yo’nalish bo’yicha “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” ixtisosligi oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassisliklar nomenklaturasiga kiritildi va uning pasporti yaratildi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ixtisosligi” bo’yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti ochildi. Sun’iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka jami 28 ta maqsadli kvotalar ajratildi. Bundan tayanch doktoranturaga 14 ta, stajyor-tadqiqotchilikka 14 ta qabul kvotasi ajratildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo’nalishi bo’yicha saralab olingan 10 nafar yosh olim 2021-2022 yillarda etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuboriladi. Sun’iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo’llab-quvvatlash doirasida umumiy qiymati 15,1 mlrd. so’m bo’lgan, davomiyligi 2021 – 2024 yillarga mo’ljallangan 9 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan har yili o’tkaziladigan Xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi “Innoweek.uz-2021” doirasida esa joriy yilning 24 noyabrida “Sun’iy intellekt – texnologik rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Sun’iy intellekt hayotimizga kirib kelmoqda, ammo uning o’zi nima degan savol tug’ilishi tabiiy. Shu bois sun’iy intellekt haqida ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. Sun’iy intellekt format ham, funksiya ham emas

Qisqa qilib aytganda, sun’iy intellekt muayyan vazifalarni bajarishda inson xatti-harakatiga taqlid qilishga qodir bo’lgan tizim yoki texnologiya bo’lib, olingan ma’lumotlardan foydalanib asta-sekin mukammallashib boradi. Umuman olganda sun’iy intellekt format ham, funksiya ham emas, balki bu jarayon bo’lib, ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish kabilarni o’z ichiga oladi.

Sun’iy intellekt haqida so’z borar ekan, uning biznesdagi va axborot texnologiyalardagi o’rnini tahlil qilish lozim. Sun’iy intellektning ushbu yo’nalishlarga sekin-astalik bilan kirib borishi, sun’iy intellekt vositalarining soni oshishini ta’minlaydi. “Sun’iy intellekt” deganda ko’pchilik robotlarning turli sohalarga jalb qilinishini tushunadi. Ammo sun’iy intellekt atamasi robotlarning inson bilan o’rin almashishini anglatmaydi. Uning asosiy maqsadi inson qobiliyatlari va imkoniyatlarining chegaralarini kengaytirishdir. Shuning uchun bu kabi texnologiyalar qimmatli biznes resursi hisoblanadi.

Avvallari “sun’iy intellekt” atamasi faqat odamlar bajarishi mumkin bo’lgan, masalan, mijozlarga xizmat ko’rsatish yoki shaxmat o’ynash vazifalarni bajarish uchun qo’llanilgan. Shuningdek, kompyuter texnologiyalarini chuqur o’rganishga ham sun’iy intellekt sifatida qaralgan. Lekin mijozlarga xizmat ko’rsatish, turli onlayn o’yinlar va komp yuter texnologiyalarini chuqur o’rganish kabilar sun’iy intellekt texnologiyalarining kichik

qismi hisoblanadi. To’g’ri, sun’iy intellekt texnologiyalari odamlar bajaradigan vazifalarni avtomatlashtirish orqali samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Biroq endilikda uning qamrovi kengaymoqda, hozirda sun’iy intellekt bilan odamlarning xarakterini, o’quvchilarning qobiliyatlarini, xodimning ishga bo’lgan qarashlarini aniqlab olish mumkin. Tarixga nazar

Sun’iy intellekt sohasida o’tgan asrning o’rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1912-1954) mazkur yo’nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi.

Xususan, 1950 yili texnologiyalar imkoniyatlari insonlarni aql jihatdan ortda qoldirishi haqida savollarga asoslangan maqola chop etilgan. Uning muallifi Alan Tyuring edi. Keyinchalik olim o’zining nomi bilan atalgan “Tyuring testi” tartibini ishlab chiqdi. Maqola chop etilganidan so’ng sun’iy intellekt sohasida yangidan-yangi tadqiqotlar amalga oshirildi. Ushbu davr mobaynida olim qarashlarini o’zgartirmagan holda fikrlashda insondan farq qilmaydigan mashinalar haqida ham turli fikrlar bildira boshlagan.

Sun’iy intellekt sohasida dastlabki ishlar

“Sun’iy intellekt” atamasi 1956 yilga kelib paydo bo’ldi. Shu yilning yozida AQSHning Dartmut universitetida sun’iy tafakkur masalalari bo’yicha anjuman bo’lib o’tdi. Unda Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti) kabi olimlar ishtirok etgan. Ushbu anjumanda ma’ruza qilgan amerikalik informatika sohasidagi olim Jon Makkarti (1927-2011) “Artificial Intelligence” (“Sun’iy tafakkur”) atamasi muallifi sifatida tarixga nom qoldirdi.

XX asrning 80-yillari sun’iy intellekt – kashfiyot deya e’tirof etila boshladi. Olimlar ushbu yo’nalishda darsliklar ishlab chiqa boshladilar.

Shuningdek, 1997 yilda shaxmat bo’yicha Jahon chempioni Garri Kasparovni mag’lubiyatga uchratgan mashhur shaxmat dasturi – “Deep Blue” yaratildi. Shu yillarda Yaponiyada neyron tarmoqlari asosida 6-avlod kompyuter loyihasi ishlab chiqilayotgan edi.

Shundan so’ng sun’iy intellektga e’tibor kuchaydi. Yirik kompaniyalardan tortib to harbiy muassasalargacha mazkur sohani moliyalashtira boshladi. Natijada yangi texnologiyalar soni oshib, raqobat kuchaydi, sun’iy intellekt vositalari mukammallashib bordi. Sun’iy intellektning keng qo’llanilishiga uchta sabab

Hozirda sun’iy intellektning sohalarga joriy etilishi uchun turli sabablar keltirilmoqda, ulardan uchta eng asosiysini keltirib o’tamiz. Birinchisi, arzon narxlardagi yuqori samarali hisoblash resurslari. Ikkinchisi, ta’lim uchun katta hajmdagi ma’lumotlarning mavjudligi. Sun’iy intellekt mahsulining aniq prognozlarni amalga oshirishi uchun u katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashi kerak. Ushbu omil sabab turli vositalar, xususan,

ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashning oddiy hamda arzon vositalari, turli xil algoritmlar yaratildi.

Uchinchisi, sun’iy intellekt mahsulotlari raqobatbardoshlikni mustahkamlaydi. U kompaniyalar xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatini kengaytirishi hamda boshqa foydali omillar uchun ko’plab vositalarni taklif qila oladi. Natijada sun’iy intellekt joriy etilgan kompaniyalar raqobatga anchayin chidamli bo’ladi.

Ammo barcha sohalarda bo’lgani kabi ushbu turdagi innovatsiyalarni joriy etishda ham qator qiyinchiliklar mavjud. Xususan, malakali kadrlarning etishmasligi hamda uni joriy etish uchun ma’lumotlarning kamligi. Sababi ma’lumotlar qanchalik ko’p bo’lsa, sun’iy intellekt bashoratlarining aniqligi shunchalik yuqori bo’ladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanish bosqichida

Sun’iy intellekt infratuzilmani monitoring qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash, texnik hamda tibbiy diagnostika tizimlari, shaxsiy ta’lim traektoriyalarini yaratish, xulq-atvor tahlillari qilishga imkon beradi. Sun’iy intellekt bu changyutgichlardan kosmik stantsiyalarga qadar bo’lgan echimlarning butun spektridir.

Joriy yilda “Gartner” analitik kompaniyasi sun’iy intellekt texnologiyalari hali ham rivojlanish bosqichida ekani va to’liq rivojlangan bozor hali uzoq shakllanishi haqidagi tadqiqotni chop etdi.

Kompaniya mutaxassislarining fikriga ko’ra, ko’plab korxona va tashkilotlar sun’iy intellektning sohaviy muammolarni hal qilishda ko’mak berishini xohlashadi. Ushbu kompaniyalar sun’iy intellekt vositalarini kengaytirib, xavflarni oldindan bilish va barcha jarayonlarni prognozlarga asoslangan holda boshqarishni istaydi.

Endilikda tadqiqotchilar oldida yanada murakkab vazifalar turibdi. Xususan, internet taraqqiyoti, texnologik muammolarni bartaraf etish, raqamli iqtisodiyot uchun yangi vositalar yaratish lozim. Shuningdek, o’zbekistonlik tadqiqotchilarning eng asosiy vazifalaridan biri esa sun’iy intellektning ilm-fanga joriy etilishida yaqindan ko’mak berishidir.137

Xulosa qilib shuni aytamanki, hozirgi kunda internet texnologiyalar asosiy pog’onalarni egallamoqda, hayotimizni butun bir qismini egallab bo’ldi desak ham mubolag’a bo’lmaydi chunki bu internet sohasi hayotimiz har jabhasida ko’zga tashlanadi qo’limizdagi oddiy telefondan tortib uyimizdagi smart telivizorlar smart avtomobillar smart soatlar barcha mayishiy texnika vositalariga sunniy intelekt o’rnatilmoqda va bu orqali ularni yanada insonlarning ishlarini yengillashtirsh uchun ishlamoqda Foydalanilgan internet manbalar.

Nazokat Abduqunduzova, Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati rahbari

Internet Technologies

This work is aimed at people already familiar with using the Internet, who want to know how and why it works. When we say technology we don’t just mean the software and hardware, but also the human components which are an integral part of the overall system of the Internet.

Contents [ edit | edit source ]

A printable version of Internet Technologies is available. (edit it)

Related books [ edit | edit source ]

  • The World of Peer-to-Peer (P2P)
  • HyperText Markup Language
  • Cascading Style Sheets
  • GET
  • PHP Programming
  • PHP and MySQL Programming

Retrieved from “https://en.wikibooks.org/w/index.php?title=Internet_Technologies&oldid=3545774”

  • Book:Internet Technologies
  • Shelf:Internet
  • Books with print version
  • Books with PDF version
  • Alphabetical/I
  • Subject:Internet
  • Subject:Internet/all books
  • Subject:Computing/all books
  • Subject:Books by subject/all books
  • Book:Wikibooks Stacks/Books
  • Shelf:Internet/all books
  • Department:Computing/all books
  • Partly developed books
  • Books by completion status/all books

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.