Ispaniya ve sudiyy rbistan
Пять минут осталось играть командам.
Португалия – Испания, результаты матча
Приветствуем всех любителей спорта! Рады предложить вашему вниманию онлайн-трансляцию матча Португалия – Испания в рамках турнира Лига наций УЕФА, Лига A. Группа 2. 6-й тур. Начало встречи 27 сентября 2022 года запланировано на 21:45 по московскому времени и пройдет на стадионе Мунисипал-ди-Брага.
История личных встреч
Всего игр: 7 (+1=4-2), голов: 8:5
02.06.2022 | Лига наций УЕФА | Лига A. Группа 2. Тур 1 | 1 : 1 |
04.06.2021 | Товарищеские матчи (сборные) | Товарищеские матчи 1 | 0 : 0 |
07.10.2020 | Товарищеские матчи (сборные) | Товарищеские матчи 1 | 0 : 0 |
15.06.2018 | ЧМ-2018 – финальный раунд | Группа B. Тур 1 | 3 : 3 |
27.06.2012 | ЧЕ-2012 – финальный раунд | 1/2 финала | 0 : 0 2 : 4 |
17.11.2010 | Товарищеские матчи (сборные) | Ноябрь 2010 | 4 : 0 |
29.06.2010 | ЧМ-2010 – финальный раунд | 1/8 финала | 1 : 0 |
Выступление в турнире
Соотношение статистических данных команд
Португалия
Опасные атаки
Голевые моменты
Удары по воротам
Удары в створ
Штанги/перекладины
% владения мячом
Предупреждения
Актуальные материалы
Голы
Наказания
Составы команд
22 | вр Диогу Кошта | 4 |
5 | зщ Нуну Мендеш | |
13 | зщ Данилу Перейра | |
4 | зщ Рубен Диаш | |
20 | зщ Жоау Канселу | |
14 | пз Вильям Карвалью | 78′ |
18 | пз Рубен Невеш | 89′ |
8 | пз Бруну Фернандеш | |
21 | нп Диогу Жота | 79′ |
10 | нп Бернарду Силва | 73′ |
7 | нп Криштиану Роналду | |
17 | пз Жоау Мариу | 73′ |
15 | нп Рафаэл Леау | 78′ |
16 | пз Витинья | 79′ |
23 | нп Жоау Феликс | 89′ |
23 | вр Унай Симон | 4 |
14 | зщ Хосе Луис Гайя | |
4 | зщ Пау Торрес | |
12 | зщ Уго Гильямон | 46′ |
20 | зщ Даниэль Карвахаль | |
8 | пз Коке | 60′ |
16 | пз Родриго Эрнандес | |
19 | пз Карлос Солер | 60′ |
22 | нп Пабло Сарабия | 61′ |
7 | нп Альваро Мората | |
11 | нп Ферран Торрес | 73′ |
5 | пз Серхио Бускетс | 46′ |
9 | пз Гави | 60′ |
21 | пз Педри | 60′ |
15 | пз Йереми Пино | 61′ |
2 | нп Нико Уильямс | 73′ |
Запасные
12 | вр Жозе де Са |
1 | вр Руй Патрисиу |
2 | зщ Диогу Дало |
3 | зщ Тьягу Джало |
19 | зщ Мариу Руй |
6 | пз Жоау Пальинья |
11 | пз Матеус Нунес |
9 | нп Рикарду Орта |
1 | вр Роберт Санчес |
13 | вр Дэвид Райа |
18 | зщ Жорди Альба |
17 | зщ Диего Льоренте |
6 | пз Маркос Льоренте |
10 | нп Марко Асенсио |
3 | нп Борха Иглесиас |
Главные тренеры
Главные тренеры
Главные тренеры
Статистика
Португалия
78
152
31
Опасные атаки
74
1
Голевые моменты
1
9
Удары по воротам
10
4
Удары в створ
5
15
14
5
7
3
2
36
% владения мячом
64
16
Штрафные удары
17
1
Заблокированные удары
3
15
17
3
Предупреждения
2
0
0
И всё на этом, финальный свисток прозвучал. Если в первом тайме сборной Испании фактически не было на поле, то во втором она заиграла намного лучше и осмысленнее, особенно ближе к концовке, после серии замен. В итоге, кстати, вышедший на замену Нико Уильямс стал автором голевой передачи. Испанцы благодаря этой победе выходят в плей-офф Лиги наций, где сыграют также сборные Хорватии, Италии и Нидерландов. Австрия, Чехия, Англия и Уэльс вылетели из Лиги A в Лигу B, а в элитный дивизион поднимутся Шотландия, Израиль, Сербия и Босния и Герцеговина. А наша трансляция на этом завершена. Спасибо за внимание, ещё увидимся!
Феликс врезал Гайе по ногам на фланге, пытаясь отобрать мяч. Это жёлтая.
Мендеш закручивает мяч слева в штрафную — Симон уверенно ловит эту подачу в прыжке.
Роналду обработал мяч в штрафной после мягкого навеса справа и нанёс удар от линии вратарской — слишком близко к центру ворот получилось, и Симон спас команду!
Пять минут осталось играть командам.
Неожиданно оказалась Португалия в положении, когда нужно за несколько минут забить гол обязательно. Фернанду Сантуш выпускает Жоау Феликса вместо Рубена Невеша.
ГОЛ! Карвахаль классно навесил с правого фланга в дальнюю часть вратарской, где Уильямс головой сделал скидку вдоль ворот мимо Кошты на Морату, а тот с пары метров переправил мяч в пустой угол! Офсайда не было благодаря Канселу, который находился рядом с Уильямсом.
ISPANIYA
ISPANIYA (Espana), Ispaniya Qirolligi (Reino de Espana) — Yevropaning jan. gʻarbida, Pireney ya. o. da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o. lari, Afrikaning shim. qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya sh. lari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas o. lari ham Ispaniyaga qaraydi. Mayd. 504,75 ming km2. Aholisi 40,037 mln. kishi (2001). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid sh.
Davlat tuzumi. Ispaniya — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-y. 6 dek. dagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29 dek. dan kuchga kirgan; 1992-y. da unga tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1975-y. 22 noyab. dan Xuan Karlos 1), uning huquqi konstitutsiya boʻyicha cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Bosh korteslar (parlament) amalga oshiradi. Korteslar ikki palata — deputatlar kongressi va senatdan iborat. Ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini qirol siyosiy partiyalar va par-lamentning ikkala palatasi raislari bilan maslahatlashib tayinlaydi.
Tabiati. Ispaniya subtropik mintaqada. Qirgʻoq chizigʻining uzunligi orollar b-n birga 5 ming km dan koʻproq. Ispaniya hududining aksar qismi plato, oʻrtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogʻliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shim.-gʻarbda 800 — 1000 m, jan. sharqda 500—600 m. Ular oʻrtasida jan.-gʻarbdan shim. sharqqa yoʻnalgan Markaziy Kordilyera togʻ tizmalari bor. I. ning shim.-gʻarbida Galisiya massivi va Leon togʻlari, Biskay qoʻltigʻi sohilida Kantabriya togʻlari bor. Ular sharqda Pireney togʻlariga ulanib ketadi. Jan. va jan. sharqida Andalusiya togʻlari, jan.gʻar-bida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m) Ispaniya dagi eng baland togʻdir. Ispaniyada uran, mis, simob, qoʻrgʻoshin, temir, volfram, qalay, oltin, ku-mush, margimush, marganes konlari bor. Toshkoʻmir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.
Iqlimi shim. va shim.-gʻarbida moʻtadil okean iqlimi, qish yumshoq, yoz iliq. Yillik oʻrtacha yogʻin 1000—2000 mm. Sohilda yanv. ning oʻrtacha t-rasi 7 — 9°, iyulniki 18—20°. Mamlakatning qolgan qismida Oʻrta dengizga xos subtropik iqlim, yoz quruq, issiq, qish yumshoq, seryogin. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi Meseta platosida 4—5°, jan. da 12—13°, iyulniki 23—29°. I. ning markazi, sharqi va jan. sharqida yogʻin kam (300—500 mm).
Daryolari, asosan, yomgʻirdan toʻyinadi, yozda juda sayozlanib qoladi. Faqat shim. va shim. gʻarbidagi daryolar yil boʻyi sersuv. Yirik daryolari: Taxo, Ebro, Gvadalkvivir, Duero, Gvadiana va b. Ulardan energiya olishda va sugʻorishda foydalaniladi. Ispaniyaning shim. va shim.-gʻarbidagi togʻ-oʻrmon qoʻngʻir tuproqlarda qora qayin, dub, kashtan oʻrmonlari, tog yon bagʻirlaridagi togʻ podzol tuproqlarida qaragʻay oʻrmonlari bor. Pireney togʻlarida 2000 m dan balandda oʻtloq mintaqalari joylashgan. Ispaniyaning qolgan qismida doim yashil dublar, qaragʻay, sarv, kashtan, zarang, lipa va b. usadi. Ispaniyaning eng chekka jan. da palmazorlar uchraydi. Hayvonlardan tulki, suvsar, qoʻngʻir ayiq, boʻrsiq, tog echkisi, serna, viverra, quyon, tipratikan bor. Gibraltar atrofida makaka maymun (Yevropada faqat shu yerda) uchraydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi bor. Sudralib yuruvchilar koʻp. Tunes, sardina, treska baliklari va dengiz jonivorlari ovlanadi. Noyob hayvonlar va tabiiy landshaftni saqlash maqsadida bir necha milliy bogʻ va qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Ayguestortes-i-Lago-SanMaurisio, Kovadonza, Ordesa va b.
Aholisining 3/4 qismi ispanlar, qolganlari — katalonlar, galisiylar, basklar va b. Rasmiy til — ispan tili. Koʻpchilik dindorlar — katoliklar. Aholining 78,4% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Madrid, Barselona, Valensiya, Sevilya, Saragosa, Bilbao, Malaga.
Tarixi. Ispaniya hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha boʻlgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari koʻp topilgan. Mil. av. 7-a. dan Ispaniyaning jan. va sharqiy sohil boʻylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan oʻzlashtira boshlangan. Mil. av. 700—500-y. larda Oʻrta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo boʻldi. Mil. av. 5—3-a. larda Pireney ya. o. orkali kelgan kelpыarnmt iberlar bilan qoʻshilib ketishi natijasida kelыpiberlar shakllangan. Mil. av. 3-a. oxirlarida Ispaniya hududining koʻp qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Mil. av. 2-a. boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197-y. da Rim I. hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga boʻlib yubordi. Mil. 409-y. I. ga alanlar, svev va vandallar, 418-y. dan vestgotlar kirib kela boshladi. 711—718-y. larda Pireney ya. o. ning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756-y. mustaqil davlat — Kordova amirligini, 929-y. da esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031-y. xalifalik bir necha amirlikka boʻlindi. 8-a. dan boshlab mavrlar koʻl ostida boʻlgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (11-a). 12-a. da dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo boʻldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar.
1479-y. Aragon bilan Kastiliya oʻrtasida tuzilgan sulola ittifoqi (aragonlik Ferdinand bilan kastiliyalik Iza-bellaning 1469-y. gi nikohi) natijasida Ispaniya yagona davlatga aylandi. 1480-y. absolyutizm quroli hisoblangan inkvizitsiya joriy qilinib, mavr va yahudiylar (asosan, dehqonlar-, hunarmandlar, savdogarlar) mamlakatdan quvildi. 1504-y. I. ga Neapol qirolligi (Jan. Italiya) va Sitsiliya qoʻshib olindi. Ispaniya 1494— 1559-y. larda Italiyaga qarshi urushlarda Shim. va Oʻrta Italiyaning qator yerlarini bosib oldi. Karl I ning taxtga oʻtirishi (1516) bilan Ispaniyada Gabsburglar sulolasi hukm sura boshladi. Shu yili Ispaniyaga Niderlandiya qoʻshib olindi.
16-a. ning 1-yarmida I. Markaziy va Jan. Amerikaning kup qismini, Filipp II davrida Filippin o. lari (1563—73) ni bosib oldi va Portugaliya (1581)ni oʻziga qoʻshdi. Ispaniya qiroli Karl I Gabsburg «Muqaddas Rim im-periyasi»ning qiroli boʻlgach, Karl V nomini oldi. Bu paytda I. Yevropaning siyosiy reaksiya markaziga aylandi. Ispaniyaga qaram boʻlgan Niderlandiyada 1566-y. inqilobi boshlandi. 1581-y. Birlashgan viloyatlar respublikasining tashkil qilinishi bilan Shim. Niderlandiya Ispaniyadan ajralib chikdi. Ispaniya 16 — 17-a. larda Angliya bilan urushib, dengizdagi ma-vqeidan mahrum boʻldi («Yengilmas armada» — ispan flotining 1588-y. dagi halokati bunga yoʻl ochdi). Oʻttiz yillik urush (1618—48), Fransiya hamda Angliya b-n boʻlgan urushlar natijasida tuzilgan Vestfaliya (1648), Pireney (1659), Axen (1668) va Nimvegen (1678) sulxlariga binoan, I. Yevropada gegemonlik qilish huquqidan mah-rum boʻldi. Gabsburglarning soʻnggi vakili Karl II vafoti (1700) va ispan taxtining Burbonlarga oʻtishi munosabati bilan ispan merosi uchun Yevropada urush (1701 — 14) boshlandi. Natijada I. Italiya, Jan. Niderlandiya va Gibraltardagi yerlaridan ajraldi. Karl III davri (1759—88)da maʼrifatli absolyutizm ruhidagi islohot oʻtkazildi.
1808-y. Fransiya Ispaniyani bosib olishga kirishdi. Ispan xalqining bosqinchilarga qarshi milliy harakati birinchi ispan inqilobi bilan qoʻshilib ket-di (1808—14). Ispaniyada boshlangan milliy ozodlik urushlari Amerikadagi ispan mustamlakalarida ozodlik harakatining (1810—26) avj olishiga turtki boʻldi. Natijada bir qancha mustamla-kalar mustaqillikka erishdi. Napoleon I yengilgach, Burbonlar taxtni qay-ta egallab, absolyutizmni tikladi. 1820-y. qoʻzgʻolon koʻtarilib, u inqilobga aylandi. Inqilob 1823-y. Muqaddas ittifoq tomonidan bostirildi.
1834—43 y. larda ishchilar qarakati avj oldi va utopik sotsializm goyalari tarqala boshladi. 1868-y. boshlangan inqilob natijasida respublika oʻrnatildi (1873). Respublika tarafdorlari oʻrtasida hamjihatlik yoʻqligi oqibatida demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, Burbonlar sulolasi qayta tiklandi (1874). I.-Amerika urushi (1898)da Ispaniya magʻlubiyatga uchrab, Kuba, Puertoriko, Guam va Filippindan mahrum boʻldi, ispan monarxiyasi za-iflashdi. Respublika tarafdorlari faollashdi va ishchilar harakati avj oldi.
l-jahon urushi yillarida Ispaniya beta-raf turdi. 1921-y. ispan qoʻshinlari Marokashda magʻlu-biyatga uchragach, monarxiya inqirozi yanada kuchaydi. Choʻchib qolgan reaksiya 1923-y. sent. da harbiy toʻntarish qilib, general M. Primo de Rivera harbiy hokimiyatini oʻrnatdi.
1931-y. 14 sent. da boshlangan inqilob natijasida respublika eʼlon kilindi. 1936—39 y. lardagi milliy-inqilobiy urushda demokratik kuchlar magʻlubiyatga uchrab, respublika agdarilgach, general F. Frankoning fashist diktaturasi (1939—75) oʻrnatildi. Respublika davri qonunlari bekor qilindi, fashistlarning Ispaniya falangasi deb atalgan partiyasidan tashkari barcha siyosiy partiyalar tarkatib yuborildi, inqilobchilar qatagʻonga uchradi, sinfiy kasaba uyushmalari tugatildi. Yarim millionga yakin ispanlar chet elga qochdi.
2-jahon urushida Ispaniya betaraflik eʼlon qilgan boʻlsa ham, Germaniya va Italiyaga yordam berdi, frontga «zan-gori diviziyasi»ni yubordi. 1959-y. da Franko diktaturasiga qarshi tinch yoʻl bilan kurashish uchun Milliy antifashist fronti tuzila boshladi. Fashiz-mga qarshi kuchlar birlashdi. 1962-y. da Myunxen (GFR)da ispanlar umumdemok-ratik konferensiyasi oʻtkazildi, 26 viloyatda umumiy ish tashlashlar boʻldi, «vertikal sindikatlar»ga qaramaqarshi ishchi komissiyalari (kasaba uyushmalari) tuzildi. 1962—63 y. lardagi ijtimoiy tanglik diktaturami juzʼiy «erkinliklar berish» siyoʻsatiga oʻtishga majbur qildi, ammo u muxolifat kuchlarini bartaraf etolmadi. 1971-y. muxolifat kuchlari birgalikda harakat qilish haqida bitim imzoladilar. 1975-y. da F. Franko vafotidan soʻng qirol Xuan Karlos I davlat boshligʻi boʻldi. 1976-y. dan koʻpchilik siyosiy partiya va kasaba uyushmalri oshkora faoliyat koʻrsata boshladi. 1977-y. I. da 1936-y. dan keyingi birinchi parlament saylovi boʻldi. Unda 100 ta partiya va 18 ta koalitsiya qatnashdi.
Ispaniya 1956-y. da Shim. Marokash, 1968-y. da Ekvatorial Gvineya, 1976-y. da Gʻarbiy Sahroi Kabir kabi mustamlakalaridan mahrum boʻldi. 1982, 1986, 1989 va 1993-y. lardagi parlament saylovlarida so-sialistik ishchi partiyasi gʻalaba qozondi. 1996 va 2000-y. gi saylovda esa Xalq partiyasi nisbiy koʻpchilik ovoz olib, hukumatni tuzish huquqini qoʻlga kiritdi.
Ispaniya — 1955-y. dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 okt. — Ispan Millati Kuni (1492). OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-y. 17-martda oʻrnatgan.
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Ispaniyada 500 dan koʻproq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti roʻyxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989-y. yanv. gacha Xalq uyushmasi), 1976-y. da tuzilgan; I. sotsialistik ishchi partiyasi, 1879-y. da tuzilgan; I. kommunistik partiyasi, 1920-y. da tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993-y. da tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974-y. da asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888-y. da tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960-y. da asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956-y. da tuzilgan.
Xoʻjaligi. Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat i. ch. qajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, q. x. ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60 % dan ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.
Sanoatida ogʻir sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogʻi — toʻqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi i. ch. qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. extiyojining 10% ni krndiradi. Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtoz-dlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh. da, kora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va b. port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilgʻi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng mikyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo.
Qishloq xoʻjaligi. Asosiy tarmoq dehqonchilik, q. x. mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga toʻgʻri keladi. Mamlakat maydonining 71% da dehqonchilik qilinadi. Ispaniyada vino (dunyoda 3-oʻrin) tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili boʻyicha Yevropada 1-oʻrin, yiliga 3 mln. tonna), bugʻdoy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60—70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yogʻi i. ch. da dunyoda l-oʻrinda turadi (yiliga 400 ming t dan ziyod). Chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliq va dengiz joni-vorlari ovlash qamda qayta ishlashda dunyodagi oʻnlikka kiradi.
Ispaniyada t. y. larning umumiy uz. — 14378 km, avtomobil yoʻllari uz. — 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbao, Santa-Krusde-Tenerife. Madrid va Barselona sh. laridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirik aeroportlardir. Ispaniya chetga mashinasozlik (kema va avtomobillar), q. x. va oziq-ovqat sanoati maxsulotlari (sitrus mevalar, meva-sabzavot konservalari, vino, zaytun yogʻi) chiqaradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (import — 56%, eksport — 66%), AQSH (import — 8% va eksport 9,2%), Yaqin Sharq mamlakatlari (8,6% va 8,1%), Lotin Amerikasi mamlakatlari (6,1% va 4,2%). Chet el sayyohdigi — muqim daromad manbai. Har yili Ispaniyaga 52 mln. sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargacha daromad beradi (AQSH dan keyin 2-oʻrin). Sayyohlarga 6 mln. kishi xizmat qiladi. Pul birligi — peseta.
Tibbiy xizmati. Davlat davolash muassasalari bilan bir katorda xususiy shifoxonalar ham bor. Koʻpgina shifokorlar xususiy qabulxonalar ochishgan. Oliy oʻquv yurtlarining 19 f-ti shi-fokorlar tayyorlaydi. Mamlakatda, ayniqsa, uning dengiz sohillarida kurortlar kup. Ularning eng muhimlari San-Sebastyan, Valensiya, Barselonada.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. 6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 y. lik majburiy taʼlim joriy etilgan. 4 y. lik boshlangich, 7 y. lik oʻrta maktablar bor. Kuchaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari ishlaydi. Boshlanrich maktab oʻqituvchilari 3 y. lik ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari un-tlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat un-ti, 4 katolik un-t, 3 ta politexnika in-ti bor. Eng yiriklari: Salamanka (1218), Barselona (1430), Sevilya (1502), Madrid (1508) un-tlari, Sirtqi taʼlim unti (1972), Bilbao unti (1968), Va-lensiyadagi Politexnika un-ti, Santyago-dekompostela sh. dagi un-t. Mamlakatdagi i. t. ishlarini 1939-y. da tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengashi uyushtiradi va muvofiqlashtiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi (1713), Huquqshunoslik va qonunchilik rollik akademiyasi (1730), Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi (1732), Bar-selonadagi Fan va sanʼat qirollik akademiyasi (1764), Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi (1857). Bir qator ilmiy tadqiqot in-tlari mavjud. Ispaniyada 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona (1712) va un-t ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. Ispaniyada 90 muzey boʻlib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi (1819), Milliy arxeologiya muzeyi (1867), Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir.
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Ispaniyada 120 ga yaqin gaz. va 900 jur. nashr etiladi. Eng yiriklari: «Pays» («Mamlakat», kundalik gaz., 1976-y. dan), «Vanguardia» («Ilgor», kundalik gaz., 1981-y. dan), «Diario-16» («Gazeta-16», kundalik gaz., 1976-y. dan), «Levante» («Sharq», kundalik gaz., 1939-y. dan), «Kambio-16» (haftalik jur., 1972-y. dan), «Destino» («Tak,dir», haftalikjur., 1942-y. dan). Ispaniya ax-borot agentligi — EFE 1939-y. 3 noyab. da tashkil etilgan. Ispaniyada radioeshittirish 1919-y. dan, telekoʻrsatuvlar 1956-y. dan olib boriladi. Ispaniya radiosi va te-lekoʻrsatuvi hukumat hamda siyosiy partiyalar vakillaridan iborat kengash tomonidan boshqariladi, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Ispaniya milliy radiosi va Ispaniya telekoʻrsatuvi davlat mahkamasi mavjud.
Adabiyoti ispan, bask, katalon tillarida va portugal tilining galisiy shevasida.
Ispan adabiyoti oʻrta asrlarda xalq ijodi, yunon, Rim va arab mada-niyatlarining taʼsirida shakllangan. Xalq baxshilari (xuchlar)ning ogʻzaki ijodiyoti ispan adabiyotining debochasi boʻlgan. Uning dastlabki yirik na-munasi — «Sid haqida doston» (12-a.). Unda bosqinchilarga qarshi kurash qahramoni Rodrigo de Bikar (9-a.) jasorati madh etilgan. Bu davrda lo-tin, ispan tillaridagi diniy adabiyot alohida oʻrin oladi. 14-a. ispan adabiyotida «Apoloniya haqida kitob» (12 — 13-a. lar), «Aleksandr haqida kitob» (13-a. oxiri), «Ritsar Sifar» (13-a.) romanlari koʻzga tashlanadi. X. Manu-elning «Graf Lukanor» (1328 — 35) kitobidagi insonparvarlik ohanglari ispan adabiyotida sezilarli vokea boʻldi. X. Ruis oʻrta asrlar adabiyotining soʻnggi isteʼdodli shoiri va Uygʻonish davrining darakchisidir. Uning «Saodatli muhabbat madhi» kitobidagi realizm ruhi ispan adabiyoti keyingi taraqqiyotiga zoʻr taʼsir qildi. Bu davr adabiyoti italyan va fransuz Uygonish davri taʼsirida shakllandi, adabiyotning deyarli barcha asosiy janrlari rivojlandi. Lope de Vega xalqchil dra-malari bilan shuxrat qozondi. S. M. de Servantesning «Don Kixot» asari va umuman uning ijodi I. Uygʻonish davrining gultoji boʻldi.
16-a. da boshlangan iqtisodiy, siyosiy inqiroz adabiyotga ham taʼsir etdi.
Fransuz klassitsizmiga taklidiy asarlar yaratildi. 18-a. da Yevropaning boshqa mamlakatlari kabi Ispaniyada ham maʼrifatparvarlik harakati avj oldi (B. Fleyxoo, G. M. de Xovelyanos va b.).
Napoleon istilosiga qarshi kurash inqilobiy romantizm oqimining rivoj topishiga, shoir X. de Espronseda ijodining shakllanishiga olib keldi. U sheʼr va dostonlarida burjua tuzumini har taraflama tanqid qildi. Re-aksion romantiklar (X. Sorrilya-i-Moral) monarxiya va feodal tuzumini koʻklarga koʻtarishga urindilar. Ispan tanqidiy realizmi 19-a. oʻrtalarida shakllandi. Uning yirik vakili — B. Peres Galdos (1843—1920)ning tarixiy romanlar turkumi («Milliy epi-zodlar») vatanparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan. Naturalizmning nazariyotchisi va yirik vakili E. Pardo Basan (1852—1921) birinchi boʻlib «Xalq qizi» romanida ishchilar hayotini tasvirladi.
20-a. I. tarixi va ispan madaniyati tarixidagi eng dramatik va sermahsul davrdir. Bu davrdagi soʻz sanʼatining ravnaqi prozaik va dramaturglar Xose Echegaray-i-Eysagirre, Migel de Unamuno, Ramon Mariya del Vals-Inklan, Pio Baroxii-Nesa, Xasinto Benaventei-Martines, shoirlar Anto-nio Machado, Xuan Ramon Ximenes, Federiko Garsia Lorka nomlari bilan bogʻliq. 30-y. larda inqilobiy adabiyot yaratildi. S. M. Arkonada, X. Arderius va b. adiblar ishchilar manfaatini himoya qilib, reaksiyani fosh etuvchi asarlar yaratdilar. Bu davrda shoirlar koʻproq romans janrida ijod etdilar.
Mamlakatda fashist rejimi oʻrnatilgach, ispan adabiyoti tushkunlikka uchradi, koʻp adiblar chet elga ketib krldilar. Kamillo Xose Selaning romanlari oʻsha davrning nisbatan yaxshi asarlaridir. Uning birinchi «Pasku-al Duartening oilasi» (1942) romani 40—50-y. lardagi ispan adabiyoti uchun xarakterli boʻlgan tremendizm (isp. tremendo — dahshatli) oqimini boshlab berdi. Tremendist-yozuvchilar insonning du-nyoda chinakam yolgizligini, oʻlim, zoʻravonlik inson hayotining muqarrar bir qismi ekanini nazarda tutdilar. Yirik zamonaviy ispan prozaigi Migel Delibes ham ijodining boshlangʻich davrida shu oqim taʼsirida boʻlgan. Keyingi yillardaD. Medio, A. Matute hayotni haqqoniy tasvirlash b-n birga inson ruhiyatining nozik jihatlarini ochib berdilar. V. Aleyksandre oʻzining falsafiy lirikasida insonparvarlik gʻoyalarini qaror toptirishga intiladi.
Bask adabiyoti ning dastlabki namunasi B. Dechepare yozgan «Bask tilining ibtidosi» (1545) nomli diniy va ishqiy sheʼrlar toʻplamidir. 17-a. da diniy (P. De Ashular va b.), 18-a. da maʼrifatchilik gʻoyalari (M. de Larramendi va b.) ilgari surildi. 19-a. ning oʻrtalaridan romantizm yetakchi oqimga aylandi. Ayni vaqtda realistik asarlar ham paydo boʻldi (D. Agirrening «Dengiz suvlari», «Qirqquloq» romanlari). Hokimiyatga fashistlarning kelishi (1939) bask milliy madaniyati rivojiga jiddiy toʻsiq boʻldi. N. de Ormaecheaning vatanparvarlik ruxidagi «Bask» dostoni, X. Echayde va X. A. Irasustaning realistik romanlari diqqatga sazovor.
Katalon adabiyoti Kataloniya va Valensiyada, Balear o. larida katalon tilida va uning shevalarida 9 — 13-a. larda ogʻzaki xalq sheʼriyati shaklida, 12-a. oxiridan esa yozma diniy adabiyot tarzida rivojlandi. Jaume I, B. Desklot va R. Muntaner proza janrida ijod qildilar. Raymund Lulliyning «Blankern haqida kitob» asari katalon tilidagi birinchi roman edi. A. de Vilanov, F. Eshimenis kabi yozuvchilar didaktik asarlar yaratdilar. 15-a. boshidan katalon adabiyotida Uygonish davri goyalari aks etdi. A. Febrer, Sh. Fogassot, J. de Sant-Jorji Italiya poeziyasi taʼsirida asarlar yaratdilar. Shoir A. Mark (1397—1459) katalon adabiy tilining otasi hisoblanadi. 16—19-a. lardagi yozuvchilar orasida J. Roys, J. Gazul, A. Turmeda, A. Pineda, F. Garsia, A. Blaklar bor. 20-a. da shoirlardan S. Espriu, J. Sarsadenes, J. Serda, yozuvchilardan J. Es-pinas, B. Porsel, E. Torreslar mashhur.
Galisiy adabiyoti Pireney ya. o. ning shim.-gʻarbida yashovchi milliy ozchilikning portugal tili galisiy lahjasidagi adabiyotidir. 8—11-a. larda bu lahjada rang-barang xalq laparlari toʻqilgan. 15-a. oxiridan 19-a. boshlarigacha galisiy adabiyotida ogʻzaki anʼanalar ustunlik qildi. F. Anyon-i-Pas, X. M. Pintos, aka-uka Antonio kabi shoirlar yozma adabiyotni rivojlantirdilar. 20-a. da V. Matines Risko, A. Rodriges Kastelao, X. Vidal kabi yozuvchi va shoirlar ijtimoiy muammolarni koʻtarib chiqdilar. 1939-y. da Franko diktaturasi oʻrnatilgach, galisiy adabiyoti taqiqlandi. 1950-y. dagina yana bu tilda kitoblar nashr etila boshladi. S. E. Ferreyro, U. Novoneyra, M. Mariya, K. Kasaresning vatanparvarlik ruhidagi sheʼr va romanlari bosilib chikdi. S. M. de Servantes, G. Lorka va b. yozuvchilarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Meʼmorligi — qad. Ispaniya hududida paleolit va neolit davrlariga oid madaniyat yodgorliklari, rimliklar hukmronligi davriga mansub teatr binolari, ehrom, koʻpriklar saqlangan. Arablar madaniyat yodgorliklaridan hashamatli masjidlar, saroylar qolgan (Kordovadagi masjid, 8-a., Granadadagi Alhumro saroyi, 13—14-a. lar). Ispan qirolligi vujudga kelgach, Asturiyada San-Migel de Linyo, Santa-Kristina de Lena va b. cherkovlar kurildi (9-a.). Jan. da qalʼa shaklidagi devorlar bunyod etildi. Avila sh. ning devorlari (11-a.), Toledodagi «Quyosh darvozasi» (12-a.) shu davr meʼmorligining namunalaridan. Bu binolarda arab meʼmoriy uslubining taʼsiri koʻzga tashlanadi. 11-a. ning 2-yarmidan meʼmorlik, asosan, roman uslubiyan (Santyagode-K. ompostela sh. dagi sobor), keyinroq Uygʻonish ruhida (Sa-ragosadagi La Seo sobori) rivojlandi. 13-a. dan shaharlar taraqqiy etishi munosabati bilan gotika uslubi ravnaq topdi (16-a. boshlarigacha). Burgos, Toledo, Leon sh. larida eng yaxshi gotika soborlari qurildi. Ispaniya oʻrta asr meʼmorligida mavritan meʼmorligi va «mu-dexar uslubi» oʻziga xosdir. «Mudexar» uslubida gotika va arab uslublarining eng yaxshi tomonlari mujassamlantirilgan. Bu yerda sirlangan pishiq gʻishtdan qurilish va badiiy bezak ashyosi sifatida foydalanib, gilamsimon naqshlar yaratildi. Ganchkori oʻyma naq-shlar keng qoʻllanildi. 16-a. 1-yarmi Ispaniya meʼmorligi italyan Uygʻonish davri meʼmorligi taʼsiri ostida boʻldi (Granadada Karl V saroyi, 1526-y. boshlangan, meʼmor P. Machuka). Bu davrda Amerikani bosib olgan ispanlar yuborib turgan asil metallar bilan asilzodalarning saroyini bezatish urf boʻldi. Hashamdor «plateresko uslubi» ispan Uygʻonish davrining milliy meʼmoriy uslubiga aylandi. Cherkovlar ichini badiiy hunarmandchilik buyumlari bilan bezashga zoʻr berildi. Bino atroflari tilla suvi yugurtirilgan jimjimador panjaralar bilan oʻraldi. Oddiy turar joylarni esa odmigina qilib qurish davom etdi. 17—18-a. larda barokko uslubi rivojlandi (meʼmor X. B. de Churrigera va b.). 18-a. ning 2-yarmida fransuz va italyan sanʼati taʼsirida klassitsizm tarqaldi (meʼ-morlardan V. Rodriges, X. de Vilyanue-va). 19-a. meʼmorligida eklektika va modern uslubi ustun boʻldi. 20-a. da esa funksionalizm keng tarqaddi (Madriddagi un-t shaharchasi, ippodrom va b.).
Tasviriy sanʼatga oid qad. yodgorliklar Ispaniyada anchagina saklangan. Bular Altamira va b. gʻorlarning devorlariga chizilgan hayvonlar tasvirlari (paleolit davriga oid), mamlakat sharqidagi gʻorlardan topilgan kulollik buyumlari va ov, urush manzaralari tasvirlari (neolit davriga oid), shuningdek, keltiberlarning haykallari, vestgotlarning zargarlik buyumlari va b. 8 — 9-a. lardan ispan tasviriy sanʼati shakllandi. Qoʻlyozmalar uchun miniatyuralar, naqshlangan yogʻoch haykalchalar va sh. k. yaratildi. Roman va gotika uslublariga xos rasmlarda xalq ijodining taʼsiri namoyon boʻldi. 15-a. oʻrtalarida rassomlik (P. Berrugete, A. Fernandes) va haykaltaroshlik (X. de Siloe, D. Forment) oʻrta asr qoliplaridan chi-qib, haqqoniy timsollar bilan boyidi. 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida realistik tamoyillar kuchaydi. F. Ribalta, F. Errera, D. el-Greko kabi rassomlar, A. Kano, P. de Mena, X. Martines Montanyes kabi haykaltaroshlar qirol saroyidan olisda yashab ijod qildilar va anʼanani yanada rivojlantirdilar. 17-a. da Ribera, F. Surbaran, D. Velaskes kabi buyuk rassomlarning ijodi tufayli ispan milliy rassomligi oʻzining yuqori choʻqqisiga koʻtarildi. F. Goyya asarlarida milliy realistik sanʼat, X. Madraso, X. Alvares ijodida ispan xalqining ozodlik uchun kurashi yorqin aks etdi. 19-a. da va 20-a. boshlarida realistik tamoyillar avj ola boshladi. 20-a. 1-yarmida for-malistik oqimlar (kubizm, syurrealizm va b.) tarqaldi (haykaltarosh P. Gorgalyo, rassom S. Dali va b.). Ispan xalqining 1936—39 y. lardagi ozodlik kurashi koʻpgina rassom va haykaltaroshlarni fashizmga karshi birlashtirdi. Bu kurashda P. Pikasso xam ishtirok etdi. Urush yillarida grafika va plakat tasviriy sanʼatda yetakchi oʻrinni egalladi. Zamonaviy ispan sanʼatida manzara janri keng tarqalgan. B. Palensiya, X. Vakero, A. Delgado kabi rassomlar va ularning izdoshlari ona yurt tabiatining nafis va real manzaralarini, uning mehnatkash kishilarining goʻzal qiyofalarini yaratdilar. Tasviriy sanʼatda demokratik tamoyillar kuchayib borayotir.
Musiqa uslublari koʻp va rang-barang. Xalq musiqasida asosiy 5 ta mahalliy uslub ajratiladi: bask, galisiy, katalon, kastil va andalusiy. Ispan raqslari ohangdorligi, taʼsirchanligi, shaklining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bolero, xota, fandango, segidilya, kachucha kabi xalq raqslari mashhur. Cholgʻu asboblari: gitara, skripka kabi torli, tamburin, tun-tun va pandereta, kastenyeta kabi urma sozlar, flyuviol fleytasi va b. 6—7-a. larda diniy madhiya (gimn) janri rivoj topdi. 8-a. dan boshlab Ispaniyada arab musiqasi anʼanalariga asoslangan yangi uslub taraqqiy etdi (Ziryob mak-tabi, 9-a.). 12-a. da romans janri yuzaga keldi. 14-a. da trubadur (sayyor shoir, qoʻshiqchi)lar musiqasi ravnaq topdi — kantiga, albada, pastural, retroen-sa janrlari maromiga yetkazildi. Mu-siqali teatrning dunyoviy shakllari vujudga keldi. 15—16-a. larda milliy sanʼat ravnaq topdi. B. Ramos de Pare-xa, F. Salinas va b. musiqa nazariyasi va estetikasiga oid asarlar yaratdilar. 17-a. da Ispaniyaga xos opera janri — sarsuela, 18-a. da lirik musiqali komediya — tonadilya janri shakllanib, milliy ilgʻor gʻoyalar targʻib qilindi. 19-a. 1-yarmida Madrid va Barselonada konservatoriya, opera teatrlari ochildi. 19-a. oxiridan F. Pedrel va uning izdoshlari I. Albenis, E. Granados, M. de Falya yangi milliy musiqa maktabiga asos soldi. Ularning ijodi ispan mu-siqasining choʻqqisi, 20-a. Gʻarbiy Yevropa klassik musiqasining namunasiga aylandi. 20-a. da ijrochilik sanʼati yuksak pogʻonaga koʻtarildi. Milliy ozodlik urushi yillarida S. Bakari-se, E. K. Chapi, K. Palasioning ommaviy inqilobiy vatanparvarlik qoʻshiqlari keng tarqaldi. Franko rejimi oʻrnatilgach, koʻp musiqachilar chet ellarga ketishga majbur boʻldi. Zamonaviy kompozitorlar — O. Espla Triay, E. va K. Alfterlar, G. Pitaluga, P. Sorosabal va b.
Teatri qadim zamonlardan Ispaniya xalqi turmushining, urf-odati va karnavallarining tarkibiy qismi boʻlgan. Oʻrta asrlarda u boshqa mamlakatlardagi singari diniy va xalq teatri yoʻnalishida rivojlandi. 14—15-a. larda birinchi saroy teatrlari yuzaga keldi. 16-a. da professional va yarim professional truppalar tashkil topdi. Dramaturg va aktyor Lope de Rueda bu ishga boshchilik qildi. 16-a. 2-yarmidan Madrid, Sevilya, Valensiya, Barselona, Granada va b. yirik shaharlarda doimiy xalq teatrlari — korralilar ochildi. Ularda S. M. Servantes, Lope de Vega, Tirso de Molina va b. dramaturglarningasarlari sahnalashtirildi. 17-a. da A. de Sisneros, N. de los Rios, A. de Vilyegas va b. rahbarligidagi truppalar shuxrat qozondi. 18-a. da fransuz klassitsizmi, estetikasini meros qilib olgan saroy teatrlarida musiqali spektakllar mashhur boʻldi. 1708-y. «Kinyos del Peral» nomli opera teatri tashkil boʻldi. Sarsuela, say-net, tonadilya kabi kichik janrlarda klassik davr anʼanalari saqlanib qoldi. 19-a. da romantik dramaturgiya va realistik komediya rivojlandi. 1849-y. Madridda «Espanyol» teatri ochildi, 1847-y. Barselonada «Liseo» opera teatri ish boshladi. 20-a. boshlarida tan-K. IDIY realizm karor topdi. 1931-y. dan soʻng teatrda ilgʻor islohotlar oʻtkazildi. G. Lorka va A. Kasoni Ispaniya teatrini demokratlashtirishga harakat qildi.
Hokimiyat Franko qoʻliga oʻtgach, ilgʻor islohrtlar bekor qilindi, sahnada koʻngilochar spektakllar qoʻyildi. 50-y. lardan yirik shaharlarda yana klassik asarlar sahnalashtirila boshladi. Ispaniya teatrlarining keyingi yillardagi repertuaridan B. Brext, J. B. Pristli, A. Miller, G. Lorka va b. dramaturglarning oʻtkir ijtimoiytanqidiy pye-salari oʻrin oldi. Madridda 20 dan ortiq teatr bor. Aktyorlar Madrid va Barselona konservatoriyalarining sahna maqorati boʻlimlarida hamda Mad-riddagi drama sanʼati maktabida tayyorlanadi.
Kinosi. Birinchi kinofilm 1896-y. namoyish etilgan. Keyinchalik «Qahvaxonadagi janjal» (1898), «Doroteya» (1898), «Tekin pivo» (1906) kabi fil-mlar ishlandi. 1905-y. I. da A. Kuesto suratga olgan birinchi badiiy film yuzaga keldi. 1906-y. da Barselonada birinchi kinofirma — «Ispano films» ga asos solindi. Birinchi ovozli film («Tuproqdagi suv») 1934-y. yaratildi. Ispaniya dagi milliy inqilobiy urushni aks ettiruvchi badiiy va hujjatli fil-mlar orasida «Gʻallasiz yer» kinosi ijtimoiy masalaga bagʻishlangan. Ispaniyada Franko rejimi davrida koʻngil ochar filmlar ishlab chiqarila boshladi. 50-y. larda «Xush kelibsiz, janob Marshal!» (1953), «Velosipedchining oʻli-mi» (1955), «Shoh koʻcha» (1956), «Jallod» (1963), «Ov» (1965), «Qargʻalarni bok» (1975), «Yanvarda yetti kun» (1979), «Milliy boylik» (1981) kabi ijti-moiytanqidiy ruxdagi filmlar yaratildi. L. Byunyuelning «Viridiana» (1961) kinofilmi butun dunyoga tanildi. X. L. Lopes Vaskes, F. Rey, A. Ferrandis, A. Molina, A. Landa, X. Mistral, F. Rabal va b. I. kinosining mashhur aktyorlari, M. Pikaso, L. Byunyuel, X. Kamino, M. Aragon kabilar yetakchi rej. laridir. Ispaniyada Milliy kinematografiya in-ti va Milliy filmoteka bor. San-Sebastyan, Val-yadolid va Barselonada Xalqaro kinofestival oʻtkazib turiladi. Yiliga 100 dan ortiq film ishlab chikariladi.
Oʻzbekiston — I. munosabatlari. Oʻzbekiston — I. oʻrtasida 15-a. dayoq aloqa oʻrnatilgani, 1404-y. da Kastiliya qirolining elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga kelgani va Amir Temur saltanati haqida esdaliklar yozgani tarixdan maʼlum.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Ispaniya bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalarda hamkorlik yoʻlga qoʻyila boshladi. Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining oʻzaro tashriflari chogʻida hamkorlikning shartnomaviyhuquqiy negizini yaratuvchi bir qancha hujjatlar kelishib olindi.
Ikkala mamlakatning savdoiqtisodiy aloqalari Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari doi-rasida rivojlanayotir. Oʻzaro tovar aylanmasi 2000-y. da 1999-y. ga nisbatan 1,9 baravar oshdi. Jumladan, OʻzRning Ispaniyaga eksporti 20,1 mln., importi 5,8 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston Ispaniyaga paxta tolasi, gazla-ma, kalava ip eksport qilsa, undan elektrotexnika va mexanika asbob-uskunalari, dori-darmon, qora metallar, plastmassa, keramika mahsulotlari sotib oladi.
Ispaniya kompaniya va firmalari bilan hamkorlik sohasida Buxoro viloyati suv taʼminoti tizimini takomillashtirishga kirishildi. 15 mln. yevro qiyma-tiga ega boʻlgan bu loyiha I. hukumatining imtiyozli va tijorat krediti hisobidan amalga oshiriladi. «Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding» kompaniyasi bilan «Altiyeri Vinikola» firmasi Oʻzbekistonda vino ishlab chiqaradigan «YANIS» qoʻshma korxonasini barpo etdi. «Oʻzfarmsanoat» konserni bilan Ispaniyaning «Krupak» kompaniyasi bint va jarrohlik dokasi ishlab chikaradigan korxona barpo etish uchun 7,9 mln. yevro mikdorida pul sarfladi. OʻzRda Ispaniya sar-moyasi ishtirokidagi 11 korxona tashkil etilgan.
Oʻzbekiston FA in-tlari bilan I. Milliy tadqiqot kengashi oʻrtasida quyosh energiyasini fotoelektr usulida oʻzgartirish, yarim oʻtkazgichli materialshunoslik sohalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. OʻzR Jahon tillari unti Ispaniyaning Granada, Madrid, Alkala de Enares va Malaga un-tlari bilan hamkorlik oʻrnatgan. Toshkentdagi shu un-tda ispan tili va madaniyati markazi ochilgan. Granada va Buxoro un-tlarining hamkorlik qilishi haqida keli-shib olingan.
Related Posts:
- ISPANIYA MEROSI
- ISPANIYA-AMERIKA URUSHI
- Eng ko’p Ispaniya La Ligasini yutgan klublar
- Ispaniya Qirolligi
- Ispaniya terma jamoasi
Ispaniya
Rasmiy nomi — Ispaniya Qirolligi. Poytaxti — Madrid. Hududi — 504,8 ming km.kv. Aholisi — 40,9 mln kishidan ortiq (2012-yil). Davlat tili — ispan. Dini — ko‘pchiligi katoliklar. Pul birligi — yexiro.
Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning Janubi g’arbida Pireney yarimorolida joylashgan О‘rta Yer dengizidagi Balear, Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirg‘og‘idagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Velesdele Gomera, Alu-Semas, Chafarinos orollari ham Ispaniyaga qarashli. G’arbda Portugaliya (chegara uzunligi — 1214 km), shimolda Fransiya (623 km) va Andorra (65 km), janubda Gibraltar (1,2 km) bilan chegaradosh.
Ispaniya subtropik mintaqada joylashgan. Hududi- ning aksar qismi yassitog‘lik, o’rtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogiiklar va pasttekisliklardan iborat. Syerra-Nevado tizmasidagi Mulasen tog‘i (3478 m) Ispaniyadagi eng baland tog’dir. Mamlakatning asosiy daryolari: Tixo, Ebro, Gvadalkvivir, Dyeero, Gvadiana va boshqalar. Ispaniyada uran, mis, simob, qo‘rg‘oshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganes konlari bor. Hududning 31% i ekin ekiladigan yerlar. 31% o‘rmonlar va butazorlar, 21% o‘tloq va yaylovlardan iborat.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Ma’muriy jihatdan 17 ta muxtor hududga, ular o‘z navbatida ellik ta viloyat (provinsiya)ga bo‘linadi. Milliy bayrami — 12-oktabr — Ispan millati kuni. 1492-yildan boshlab mustaqil davlat. Davlat boshlig‘i — qirol (1975-yil 22- noyabrdan Xuan Karlos I), uning huquqi konstitutsiya bilan chegaralangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni General Korteslar (parlament) amalga oshiradi. Korteslar ikki palata — Deputatlar Kongressi va Senatdan iborat. Ijroiya hokimiyatni hukumat amalga oshiradi. Hukumat raisini qirol parlamentning ikkala palatasi raislari bilan maslahatlashib tayinlaydi. Asosiy partiyalari: Ispaniya sotsialistik ishchi partiyasi (ISIP), Xalq partiyasi (XP), Ispaniya kommunistik partiyasi (IKP), Basklarning millatparvar partiyasi (BMP), Kataloniya demokratik konvergensiyasi (KDK), Valensiya Ittifoqi (VI).
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Ispaniya industrial-agrar mamlakat. YMMda sanoatning ulushi 23%, qishloq xo‘jaligining ulushi 35%, xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 60% dan ortadi. 2012-yil YIM miqdori 1351,1 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 30,1 AQSH doll.) tashkil etgan. Sanoatida og‘ir sanoat yetakchi o‘rinda turadi. Mashinasozlik, avtomobilsozlik, kemasozlik, elektrotexnika, dastgohsozlik, kimyo sanoati rivojlangan. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i dehqonchilik.
Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 14378 km. Avtomobil yo‘llari uzunligi — 324 ming km. Portlari: Kartaxena, Alxesiras, Barselona, Bilbao, Santa-Krus-de- Tenerife, Vigo, Kadis, La-Коrunya, Malaga, Santaner, Tarragona, Valensiya, Xixon, Alekante, Almeriya.
Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari, AQSH.
Tarixi. М.a.VII asrdan Ispaniyaning janubiy va sharqiy sohilbo‘ylari flnikiyaliklar va yunonlar tomonidan o‘zlashtirila boshlangan. M.a. 7000-5000-yillarda 0‘rtayer dengizi sohilida iberlar madaniyati paydo bo‘ldi. М. a. Ill asr oxirlarida Ispaniya hududining ko‘p qismi Karfagen qo‘l ostiga o‘tdi. М. a. II asr boshlariga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardilar. Mavrlar 711-718-yillarda Pireney yarimorollarining ko‘p qismini bosib oldilar va bu qismlar Damashq xalifaligi qo‘l ostiga o‘tdi. 756-yil mustaqil davlat — Qurdoba amirligi, 929-yilda esa Qurdoba xalifaligi tuzildi. X-XI asrlarda musulmonlar Ispaniyasi bir necha mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi. 1212-yilda mavrlarga qarshi hujum (Rekonkista) natijasida Aragoniya, Kastilya va boshqa ispan qirolliklari vujudga keldi. Kastilya va Aragoniya bitta qirollikka birlashib (1469-yil), mamlakatni 1492-yilda mavrlardan ozod qildi. Ispaniya qirolligi XVI asrda gullab-yashnadi, Janubiy va Markaziy Amerikada mustamlakalarini kengaytirdi, 1580-yilda Portugaliyani zabt etdi, lekin XVII asrda ko‘p hududlaridan ajraldi. 1640-yil Portugaliya, 1648-yil Niderlandiya, 1649-yilda esa Artua va Rusilon provinsiyalarini Fransiyaga boy berdi. XIX asr boshlarida mamlakat Napoleon qo‘shinlaridan ozod qilindi. 0‘sha paytda ispanlar Janubiy va Markaziy Amerikadagi deyarli barcha mustamlakalaridan ajraldi. XIX asrda Ispaniyada absolyut hokimiyat tarafdorlari va liberallar o‘rtasida kurash bo‘lib o‘tdi. 1923-yilda davlat to‘ntarishi natijasida mamlakatda diktatura o’rnatildi. 1931-yilda Ispaniya Respublika deb e’lon qilindi. Qirol Alfons XIII taxtdan voz kechmay mamlakatni tark etdi. 1936-yilda Xalq fronti hokimiyat tepasiga kelgach, fuqarolar urushi avj oldi va 1939-yil mamlakatda Franko fashistik rejimining o‘matilishi bilan tugallandi. 1975-yilda Franko vafotidan keyin Ispaniyada Konstitutsion monarxiya o‘matildi. 1976-yilda mamlakatda parlament tizimi joriy etildi,1978-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. 1986-yildan Ispaniya YI a’zosi. 2004-yil mart oyida hokimiyat Sotsialistik partiya qo‘liga o‘tganidan so‘ng ispan qo‘shinlari Iroqdan olib chiqildi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.