Press "Enter" to skip to content

Meş ekologiyası faiq mirov

O‘tgan asrning oxiri va asrimizning boshlarida Rossiyadagi tuproqshunoslikka va botanikaga doir tadqiqotlar faqat fitotsenologiyaning kelib chiqishiga emas, balki P.A.Kostichev, A.A.Izmailskiy, V.Dokuchaevlarning o‘simliklar bilan tuproqning o‘zaro aloqasi haqidagi ekologik g‘oyalarining shakllanishiga ham yordam berdi. Ayniqsa V.V.Dokuchaev va xodimlarining ishlari tufayli tarixiy, xozirgi iqlim va tuproq sharoitiga bog‘liq holda o‘simliklarning tarqalishi va guruhlarga bo‘linishi konuniyatlariga aniqlik kiritildi.

Bioekologiya fanidan o’quv materiallari ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni 1-qism O’simliklar ekologiyasi

“Ekologiya” so’zi yunonchadan olingan bo’lib, “oikos” – uy, makon, “logos” – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Ushbu termin nemis biologi Ernst Gekkel (E.Haeckel) tomonidan 1866 yilda fanga kiritilgan. U o’z asarida “Ekologiya deganda biz tabiat iqtisodiyoti bilan bog’liq bilimlar majmuasini, yani, tirik organizmlarning o’zaro va noorganik tabiat bilan, ayniqsa, do’stona va qarama-qarshi xolatdagi bevosita va bilbosita munosabatlarini o’rganishni tushunamiz” – deb yozgan edi.

Bioekologiya – ekologiyaning dastlabki ma’noda, tirik organizmlarning, yani, individlar, populyatsiyalar, biosenozlar va boshqalarning o’zaro va atrof-muxit bilan munosabatlarini o’rganuvchi biologik qismi hisoblanadi. Shu bilan birga u zamonaviy ekologiyaning biologik negizi hamdir. Zamonaviy ekologiyada bioekologiya quyidagi tuzilishga ega:

Bioekologiyaning taraqqiyoti va tuzilishi quyida keltirilgan sxemada tasvirlangan:

Tizimli ekologiya

Endoekologiya:

hujayra va to’qimalar

Ekzoekologiya:

Sistematik guruhlar ekologiyasi

Mikroorganizmlar ekologiyasi (Prokariotlar ekologiyasi, Zamburug’lar ekologiyasi)

Evolyutsion ekologiya

Paleoekologiya

O’simliklar ekologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari. O’simliklar ekologiyasi fani ekologiya fani tizimidagi qadimiy fan soxalaridan biridir.

O’simliklar ekologiyasi – o’simlik individlari va jamoalarining atrof-muxit omillari bilan munosabatlarini o’rganuvchi fan hisoblanadi.O’simliklar ekologiyasi fanining predmeti bo’lib, o’simliklarning o’zaro bir-biri bilan va ular yashab turgan muxitning sharoitlari bilan munosabatlarining yig’indisi yoki strukturasi tushuniladi.

Fanning rivojlanishi va unga xissa qo’shgan olimlar. Tirik organizmlarning atrof-muhitga munosabati qadim zamonlarda ham ma’lum bo‘lgan. Chunonchi, o‘simliklarning yashash sharoitiga munosabati haqidagi ma’lumotlarni eramizgacha bo‘lgan 372-278-yillarda Teofrast va yangi eraning 23-79-yillarida Katta Pliniy keltirib o‘tgan edi. Teofrast Aleksandr Make­donskiy bilan birgalikdagi yurishlarida yiqqan materiallarini ishlab chiqib, Osiyo, Afrika va Yevropa o‘simliklarini o‘zaro taqqosladi, keyin o‘simliklarning shakli va o‘sishi iqlim, tuproq sharoitiga hamda o‘stirish usullariga bog‘liqligini qayd qilib o‘tdi. O‘simliklarning ekologik klassifikatsiyasini taklif etdi. U keyinchalik, XIII asrda Albert Velikiy ekolo­gik masalalarga to‘xtalib, o‘simliklar qishki tinim davrining sabablari, ular oziqlanish, tuproq sharoiti­ga, quyosh issiqligiga bog‘liq xolda o‘sishi va ko‘payishi to‘g‘risidagi fikrlarini bayon qildi. Uyg‘onish davrida geografiya sohasida erishilgan yutuqlar ham biologiyada katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ular tabiiy fanlarning rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi». Keyinroq, XVI-XVIII asrlarda o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan botaniklaridan bo‘lgan Chezalnino, Turnefor, Djon Rey, K. Linney va boshqalarning ishlarida ekologiyaga doir ko‘plab ma’lumotlarni uchratish mumkin. XVIII-XIX asrlarda ulug‘ rus olimlari-akademiklar S.V.Krasheninnikov (1711-1755), I. Gmelin (1709-1755), P. S. Pallas (1741-1811) ham o‘z ishlarida ko‘plab ekologik ma’lumotlarni keltirganlar. Akademik I. I. Lepexin (1740-1802) mo‘’tadil iqlim zonalari, tropik va cho‘llar landshafti o‘simliklarini ta’riflagan, shuningdek, o‘simliklarning tarqalishi iqlimga bog‘liqligini va baland tog‘ hamda tundra o‘simliklarining o‘xshashligini ko‘rsatib o‘tgan. Agro­nom A. G. Bolotov (1738-1833) mevali daraxtlarning urug‘ko‘chatiga ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqdi va o‘simliklar hayotida mineral tuzlarning rolini ko‘rsatdi. Shuningdek, u o‘sim liklarning yashash joyidagi klassifikatsiyasini yaratdi; o‘z ishlarida o‘simliklarning o‘zaro munosabati masalalari ustida ham to‘xtalib o‘tdi.

XIX asrning boshlariga kelib, o‘simliklar geografiyasi fanining dunyoga kelishida A. Gumboldtning xizmati katta bo‘ldi (1769-1859). U «Idei o geogra­fii rasteniy» (1807) asarida o‘simliklarning tarqalishida temperaturaning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi va ekologik harakterdagi bir qator botanik-geografik ishlardan foydalandi. O‘simliklar ekologiyasining keyingi rivojlanishi Yer yuzasida o‘simliklar koplamini o‘rganishda, o‘simlikshunoslikning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda va o‘simliklar fiziologiyasi ta’siri ostida ro‘y beradigan bir qator o‘zgarishlarni kuzatishda asos bo‘ldi. O‘simliklar geografiyasi sohasida ulug‘ fransuz botanigi Ogyust Piram Dekandolning ishlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi (1778-1841). U o‘zining «Ocherki nachalnoy geografii rasteniy» deb nomlangan kitobida «yashash joyi» va «turar joy» tushunchalariga aniqlik kiritdi (1820). Shuningdek, u «epirreologiya» (hozirgi tushunchada autekologiya) deb nomlangan yangi fanga asos soldi. Shundan keyin muhitga o‘simliklarga ta’sir etadigan sharoitlar yig‘indisi deb nomlagan bo‘ldi. Uning o‘g‘li Alfons De­kandol o‘zning «Geografiya rasteniy» deb nomlangan kitobida temperatura, yorug‘lik, namlik, tuproq kabi tashqi muhit omillariga asoslangan klassifikatsiya­ni bayon etdi. U ham A. Gumboldt singari o‘simliklar­ning tarqalishi iqlim omillari (asosan temperatu­ra) bilangina cheklanadi, deb qaragan. Shunday qilib, A. Dekandolni o‘simliklar ekologiyasini fan sifatida tanigan asoschilardan biri desa bo‘ladi.

Darvin evolyutsion ta’limotining g‘alabasi 1859 yildan keyin ekologiya tarixida yangi bosqich bo‘ldi. Botanik geografiya asosida vujudga kelgan ekologiya mustaqil fanga, ya’ni o‘simliklarning muhit omillariga moslanishi, adaptatsiyasi haqidagi fanga aylandi. Rossiyada o‘simliklar ekologiyasining rivojlanishida rus olimi Ch. Darvinning izdoshi, rus botanik geografiyasining asoschisi bo‘lgan A. N. Beketovning (1825-1902) ishla­ri katta rol o‘ynadi. U «Geografiya rasteniy» deb nomlangan asarida (1896) tarixiy rivojlanishda o‘simliklarning tashqi sharoitlar yig‘indisiga moslashuvi, ya’ni biologik kompleks haqidagi tushunchani shakllantirdi. Beketov ekologiya maqsadlarida olib borilgan tadqiqotlarning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdi va o‘simliklarning ekologik-fiziologik klassifikatsiyasini taklif etdi. U iqlim omiliga, ayniqsa, yorug‘likning forma hosil qiluvchi xususiyatiga e’tibor berdi va turlarning ekologik tarqalishi haqidagi masalani o‘rtaga tashladi.

Taxminan 1877 yilda K. Mebius «biotsenoz» terminini taklif etdi. U ushbu termin ostida tur va zotlarning ko‘payishi tufayli ular egallab turgan territoriyani «jamoa» deb tushundi. Keyinchalik bu haqiqiy ekologik tushuncha fanga kiritildi. Skou o‘z ishlari­da (1821) issiqlik, namlik va yorug‘lik kabi omillarni o‘rganib, o‘simliklarni yashash joyiga qarab cho‘l, botqoqlik, toshloq o‘simlnklariga bo’ldi va ana shu klassifikatsiyani taklif etdi.

XIX asrning boshlarida o‘simliklarning tarqalishida iqlim omillariga (issiqlik, yog‘ingarchilikka) asosiy e’tibor berilgan. Lekin o‘xshash bo’lgan alohida regionlarni o‘rganishda edafik omil katta ahamiyatga ega bo’lgan. O’tgan asrning o‘rtalarida o‘simliklar hayotida tuproqning fizik xususiyatimi yoki ximiyaviy xususiyatimi ahamiyatga ega ekanligi haqida keng_munozara boshlangan. Shunda ekologlar asta-sekin tuproqning sho‘rlanishiga, qop qatlamining qalinligi, doimiy muzliklar, tuproq aeratsiyasi, tuproq suvi kabi omillarga e’tibor bera boshladilar.

O‘tgan asrning oxiriga kelib, ekologiya soxasida ikkita yunalishi yuzaga keldi. 1895 yilda daniyalik olim Ye. Varmingning «Plantesamfund» nomli kitobi nashr etildi. Uning bu asari rus tiliga ikki marta-1901 va 1902 yillarda tarjima qilindi. «O‘simliklarning tashqi muhitga bog‘liq xolda tarqalishi» (O‘simliklarning ekologik geografiyasi) deb nomlangan nashri G. I. Tanfilevning Rossiya o‘simliklari hakidagi maqolasi bilan bosilib chikdi. Ye. Varming «geografik yunalish»ni davom ettirib, ekologiya masalalariga aniqliklar kiritdi, «ekologik geografiya»ni «flora geografiyasi»dan ajratdi. 1910 yilda Bryus- selda III xalqaro botanika kongressida ekologiya botanikaning mustakil sohasi deb rasmiy ravishda e’lon kilingan bo‘lsa-da, Ye. Varming o‘simliklar ekologiyasining otasi hisoblanadi. U, ayniqsa o‘simliklarning hayoti birgalikda (guruh-guruh bo‘lib) o‘tadi va ularning o‘zi muhitga ta’sir ko‘rsatadi, deb takidlaydi. Ye. Varmingning kitobi ekologiyaning rivojlanishi uchun kuchli turtki bo‘ldi. Shundan keyin ekologiyada aloxida «morfologik-biologik» yunalish tarkib topdi va u keyinchalik hayot formalari xaqidagi ta’limotga qo‘shimcha bo‘ldi. Nemis botanigi O. Drudening (1913) «Ekologiya rasteniy» nomli kitobi bu yunalishning davomi bo‘ldi.

Ana shu yillarda ekologiya sohasida yana bir yuna­lish, ya’ni fiziologik protsesslardan kelib chiqqan holda morfologik-anatomik belgilarni tushuntirishga urinib ko‘rildi. Masalan, 1898 yilda A.Shimperning «Geografiya rasteniy na fiziologicheskoy osnove» degan kitobi nashr etildi. Bu asosli axborot ekologiyani eksperimental fanlarga, asosan, o‘simliklar fiziologiyasiga yaqinlashtirdi. Ushbu fiziologik yo‘nalish, masalan, Klebsning «O proizvolnom izmenenii rasti­telnыx form» 1905) va G. Lyundegordning «Vliyanie klimata i pochvы na jizn rasteniy» nomli (1925) ishlarida o‘z aksini topdi.

XX asrda ekologik tadqiqot metodlarining yanada takomillashishi yangi ekologik omillarga, ya’ni yorug‘lik davrining uzunligi, yorug‘lik spektrining tarkibi, tuproq eritmasining reaksiyasi, mikroelementlarning ta’siri, eruvchan alyuminiy, azot va boshqalarga murojaat etishga imkon berdi. Insonning muhitga ta’sirining kuchayishi havoning sanoat chiqindilari, radiatsiya nurlari bilan ifloslanishini o‘rganish zaruratini keltirib chiqardi. Bu hozirda ham muhim masala bo‘lib qolmoqda.

O‘sha davrda AQShda ekologiyada aloxida yo‘nalish paydo bo‘ldi, u ham bo‘lsa «indikator turlar xaqidagi ta’limot», ya’ni tuproqning (karbonatli, yuqumli, gipsli, sho‘rlangan va boshqa tuproqlarning) har xil xossalarini «ko‘rsatkich-o‘simliklar» xaqidagi ta’limot keng tarqaldi. Keyinchalik (1929) tuproq; tarkibida ma’lum miqdorda bo‘ladigan ximiyaviy elementlar indikatori to‘g‘risida gap bordi. Klementsning «Rasteniya-in­dikatorы» (1920), shuningdek, Uiver va Klementsning «Ekologiya rasteniy» deb nomlangan asarlari tufayli o‘simliklarning o‘sish sharoitini indikatsiyalashda (aniqlashda) tabiiy o‘simliklardan foydalanishga asoslanildi. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, amerikalik olimlar ekologiyani juda keng ma’noda talqin etganlar va unga fitotsenologiyani ham kiritganlar. Bu ko‘p jihatdan hozirgi chet el ekologiyasi uchun ham xosdir.

Rossiyada ekologiya o‘ziga xos yo‘nalishda rivojlanib bordi. 1868 yilda N. F. Levakovskiy ildizning shakliga tashqi muhitning ta’siri haqida dissertatsiya yozdi, shundan so‘ng o‘simliklarning shakli, tuzilishi va rivojlanishiga muhit turli elementlarining ta’siri haqida bir qancha ishlarni nashr qildirdi. U birinchi rus ekologi va tasvirlovchisigina emas, balki eksperimental tadqiqotchisi ham edi. K. A. Timiryazevning fiziologiyaga doir, asosan, fotosintez ustidagi ishlari faqat fiziologiyada emas, balki ekologiyada ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘tgan asrning oxiri va asrimizning boshlarida Rossiyadagi tuproqshunoslikka va botanikaga doir tadqiqotlar faqat fitotsenologiyaning kelib chiqishiga emas, balki P.A.Kostichev, A.A.Izmailskiy, V.Dokuchaevlarning o‘simliklar bilan tuproqning o‘zaro aloqasi haqidagi ekologik g‘oyalarining shakllanishiga ham yordam berdi. Ayniqsa V.V.Dokuchaev va xodimlarining ishlari tufayli tarixiy, xozirgi iqlim va tuproq sharoitiga bog‘liq holda o‘simliklarning tarqalishi va guruhlarga bo‘linishi konuniyatlariga aniqlik kiritildi.

Akademik B. A. Keller sovet ekologiyasining ri­vojlanishiga katta hissa qo‘shdi. U o‘simliklarni o‘rganishning ekologik metodlarini bayon etdi. Bu bilan u geobotanikaga ekologik qatorlar metodini, sistematikaga ekologik-geografik metodlarning asoslarini kiritdi. U qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli o‘simliklar ustida olib borgan tadqiqotlarida fiziologik va anatomik-morfologik metodlarga tayandi. Keller evolyutsiyaning konkret yo‘llarini ekologik tushuntirish muhimligini qunt bilan ko‘rsatdi. U ekologiyada alohida yo‘nalish-«dinamik ekologiya»ga asos soldi. Bu yunalishga ko‘ra, o‘simliklarning ekologik tiplarini muvozanat holatda emas, balki harakatda o‘rganishni taklif qildi.

Keyinchalik ekologik fiziologiya L.A.Ivanov (yorug‘likning ta’siri), N.A.Maksimov (qurg‘oqchilikka chidamlilik), V.I.Lyubimenko, A.A.Nichiporovich, O.V.Zalenskiy, V.A.Voznesenskiy (fotosintez eko­logiyasi), I.I.Tumanov (sovuqa chidamlilik), P.A.Genkel (sho‘rga chidamlilik) ishlarida rivojlantirildi. V.I.Sukachyovning klassik asarlarida fitotsenologiya va biogeotsenologiyadagi ekologik yo‘nalish rivojlantirildi, bunga avval G.F. Morozovning “Uchenie o lese” nomli asarida va boshqa ajoyib ishlarda asos solingan edi. L.G.Ramenskiy va A.P.Shennikov ekologiyani, ayniqsa, o‘tloq o‘simliklari ekologiyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Keyingi yillarda deyarli barcha mamlakatlarda ekologik tadqiqotlar avj olib rivojlandi.

Keyinchalik ekologik fiziologiya L.A.Ivanov (yorug‘likning ta’siri), N.A.Maksimov (qurg‘oqchilikka chidamlilik), V.I.Lyubimenko, A.A.Nichiporovich, O.V.Zalenskiy, V.A.Voznesenskiy (fotosintez eko­logiyasi), I.I.Tumanov (sovuqa chidamlilik), P.A.Genkel (sho‘rga chidamlilik) ishlarida rivojlantirildi. V.I.Sukachyovning klassik asarlarida fitotsenologiya va biogeotsenologiyadagi ekologik yo‘nalish rivojlantirildi, bunga avval G.F. Morozovning “Uchenie o lese” nomli asarida va boshqa ajoyib ishlarda asos solingan edi. L.G.Ramenskiy va A.P.Shennikov ekologiyani, ayniqsa, o‘tloq o‘simliklari ekologiyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Keyingi yillarda deyarli barcha mamlakatlarda ekologik tadqiqotlar avj olib rivojlandi.

60-yillarda asosiy masalalar bo‘yicha turli maktab
va yunalishlar ekologlarining fikri birlashdi, tushuncha va terminlar unifikatsiyasi boshland. 1968 yildan boshlab Xalqaro biologik programma va k e ying i yillarda yangi Xalqaro “Inson va biosfera” progorammasi bunga imkon tug‘dirdi. Oxirgi 20 yillar ichida ish masshtablari o‘sdi, murakkab asbob uskunalar bilan ta’minlangan yangi ekologiya paydo bo‘ldi. Hozir ham miqdoriy ekologiya (statistika, klassifiya, ordinadiya) ekosistema ekologiyasi (unumdorlik oziq zanjiri), bioenergetika, modellashtirish, sistematik analiz va autekologiya, fiziologik ekolo­giya genekologiyasi, populyatsiya ekologiyasi, tropik ekologiya, inson ekologiyasi va boshqa ekologiyalar mavjud. Lekinyangi va eski ekologiyaning strukturasi asosan o‘xshash, faqat foydalaniladigan metodlari farq qiladi.

Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Ekologlar ayrim omillarni, ya’ni temperatura, yorug‘lik, namlik va boshqalarni o‘rganish uchun tegishli metodlardan foydalanishi kerak; buning uchun esa ular hamma vaqt fizika, ximiya, meteorologiya klima­tologiya tuproqshunoslik bilan bog‘liq holda ish ko‘rishlarga to‘g‘ri keladi. Keyingi vaqtlarda matema­tika va EHM dan foydalanish ham kuchayib bormoqda.

O‘simliklar ekologiyasi biologiya fanlaridan fi z i o logi ya bilan chambarchas bog‘liq. Lekin Fiziologiya sohasidagi tadqiqotlar qatiy nazorat qilinadigan sharoitda o‘tkaziladi, ekologlar esa doimiy ravishda o‘zgarib turadigan tabiiy sharoit bilan bog‘liq holda ish olib boradilar. O‘simliklarni tabiiy sharoitda boshqa organizmlardan yakkalab qo‘yib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ekolog hamma vaqt o‘rganilayotgan tur bilan konkurentlik qiladigan boshqa turlarning o‘zaro bog‘liqligini hisobga olishi kerak. Bu esa kuzatish olib borishni ancha murakkablashtirib yuboradi, chunki mazkur turning hayot kechirishi uchun o‘rganilayotgan muhit omillariga qaraganda senozda qatnashayotgan boshqa vakillar katta rol o‘ynaydi. Fiziologlar yaratgan qonuniyatlar tabiatda boshqacha namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ekologiya, aynqsa amaliy ekologiya xalq xo‘jaligi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu bilan bir vaqtda ko‘pchilik fiziologlar (L. A. Ivanov, V. N. Lyubimenko, N. A. Maksimov, G. Lyundegord va boshqalar) bevosita tabiatda kuzatish olib borganlar.

Ekologiyaning biogeografiya bilan bog‘liqligi aniq chunki o‘simliklar ekologiyasining o‘zi fitogeografiyadan kelib chiqqan, lekin turning muhit bilan o‘zaro muno­sabati ekologlar uchun muhim hisoblanadi. Agar fito­geografni turlar tanlab olingan ikkita joy orasidagi farq qiziqtirsa, ekologlar yashash joyining o‘zidagi farqlar sababini o‘rganadi. Agar fitogeograf, odatda sistematik (taksonomik) birliklar bilan ish olib borsa, ekolog o‘simliklarninghayotiy shaklllari, ekobiomorflar, ekotiplarga e’tibor beradi. Yana eko­logik turning evolyutsiyasi, tarixiy dinamikasi masalalari qiziqtirganidan ekologiya paleontologiya va paleoekologiya bilan ham bog‘liqligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Geobotaniklar o‘simliklarni o‘rganishda ekologik masalalarni priborlar yordamida o‘rganishga katta ahamiyat bera boshladilar. Keyingi o‘n yilliklarda o‘simliklarning ekologik anatomiyasi va ekologik morfologiyasi yuzaga keldi. Sistematika, odatda, statika bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ekologiya esa fiziologik protsesslarga asoslangan dinamika qiziqtiradi. Lekin ekolog hamma vaqt o‘rganilayotgan ob’ektning filogene­tik sistemadagi holatini aniq bilishi kerak. Ikkinchi tomondan, ekologiya sistematikaga juda katta ta’sir ko‘rsatadi.

Fanning o’rganish metodlari. Ekologiyaning asosiy metodi dala sharoitida o‘tkaziladigan qiyosiy ekologik-geografik metod hisoblanadi. Bunda eksperiment ham juda muhim. Lekin shuni esda tutish kerakki, har qanday eksperimentda tabiiy holatni buzishga to‘g‘ri keladi, bu esa har doim tegishli tuzatish kiritishni talab qiladi.

Ekologiya qishloq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Bu sohadagi deyarli barcha masalalar ekologiya bilan uzviy birlashib ketadi. Keyingi yillarda esa atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ham, inson hayotining ko‘pchilik problemalari ham ekologiya bilan chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladigan bo‘ldi.

Barcha tabiiy fanlar tizimida bo’lgani singari o’simliklar ekologiyasi fanini o’rganishda bir qancha tadqiqot usul (metod) laridan foydalaniladi. Bu tadqiqot metodlariga kuzatish, dala, tajriba (eksperiment), matematik modellashtirish kabilarni kiritish mumkin. Ulardan tashqari hozirda zamonaviy molekulyar darajadagi metodlardan ham keng foydalanilmoqda.

2-ma’ruza: O’simliklar va yashash muhitlari. Muxit va ekologik omillar. Abiotik va biotik

omillar, o’simliklar hayotida kardinal nuqtalarning ahamiyati

  1. Yashash muxitlari haqida tushuncha
  2. Muxit va moslanish. Ekologik omillar
  3. Abiotik omillar
  4. Biotik omillar

Biosfera geografik kenglikka, joy rel’efiga, iqlimning mavsumiy o‘zgarishiga bog‘liq tabiiy shart-sharoitlarning xilma-xilligi bilan xarakterlanadi. Biroq biosfera xilma-xilligining asosiy manbai, bu – tirik organizmlarning o‘zining faoliyatidir.

Organizmlar va ularni o‘rab turgan notirik tabiat o‘rtasida uzluksiz ravishda modda almashinuv sodir bo‘ladi va shuning uchun xam har qaysi daqiqada quruqlik va dengizning turli qismlari bir-birlaridan fizikaviy xamda kimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiladi.

Biosferada ikki milliondan ortiq tirik organizmlar turi mavjuddir. Ko‘plab turlar o‘ziga fazoda ma’lum tarzda taqsimlangan millionlab organizmlarni o‘z ichiga oladi. Har bir tur atrof-muhit bilan o‘z tarziga ta’sirlashadi. Tirik organizmlar faoliyati bizning tevarak-atrofimizdagi tabiatning juda ajoyib xilma-xilligini yaratadi. Xuddi ana shu xilma-xillik Yerdagi hayotni saqlashning kafolatidir.

Biosfera doirasida to‘rtta asosiy yashash muhitini ko‘rsatib o‘tish mumkin: suv, yer usti-havo, tuproq va tirik organizmlarning o‘zlari ‘osil qilgan muhit.

Suv muhiti. Suv juda ko‘plab organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi. Ular suv muhitidan hayoti uchun zarur bo‘lgan moddalar oladi: oziqlar, suv, gaz. Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobintlar deb ataladi. Organizmlar suv qatlamida yoki uning tubida yashaydilar. Suv qatlamidagilar plankton ekologik guru’ini, suv tubida yashovchilar esa bentos ekologik guru’ni tashkil etadi.

Suvda yashaydigan organizmlar o‘zlarining harakatlanishi, nafas olish, oziqlanish va ko‘payish usullar bo‘yicha suv muhitining asosiy xususiyatlariga moslashgan.

Suv muhiti quyidagi yashash joylari sifatida uchraydi: chuchuk va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayyoz, iliq va sovuq va xakazo.

Ayniqsa, okean-dengizlarda ko‘plab xayvonlar yashaydi. Okean-dengiz suvi bosimi undagi hayotni belgilaydi. Suvning sho‘rlanishi darajasi xam katta axamiyatga ega. Suv harorati, yorug‘lik xam organizmlar uchun muxim hayotiy omildir. Yorug‘lik kuchi va tarkibi okean tubiga qarab o‘zgaradi.

Meş ekologiyası faiq mirov

(+994 12) 493 30 77

  • Fəlsəfə
  • Tarix
  • Azərbaycan tarixi
  • Sosiologiya
  • Etnoqrafiya
  • İqtisadiyyat
  • Dövlət və hüquq
  • Siyasət. Siyasi elmlər
  • Elm və təhsil
  • Mədəniyyət
  • Kitabxana işi
  • Psixologiya
  • Dilçilik
  • Ədəbiyyatşünaslıq
  • Folklor
  • Bədii ədəbiyyat
  • İncəsənət
  • Kütləvi informasiya vasitələri

Meşə ekologiyası

Abunə

Lokal şəbəkədə oxucuların istifadəsinə “Rusiya Federasiyasının Qanunvericilik Bazası” təqdim olunur.

Lokal şəbəkədə oxucuların istifadəsinə bütün elm sahələri üzrə 5 000 e-kitabdan ibarət elektron kitabxana – Elektron Kitabxana Sistemi İPR Books təqdim olunur.

Polpred.com Medianin İcmalı. Hər gün minlərlə xəbərlər, Rus dilində tam mətn, son 15 ilin informasiya agentliklərinin və işgüzar nəşrlərin ən yaxşı milyon mövzusu.

Bannerlər

Əlaqə

Ünvan: AZ1005, Azərbaycan Respublikası, Bakı şəhəri,
Nizami küçəsi 58

Tel.: (+99412) 596-26-13

İş vaxtı:
Bazar ertəsi – Cumə: 9:00-18:00
Fasilə: 13:00-14:00
İstirahət günləri: Şənbə, Bazar

Copyright © 2013 Prezident Kitabxanası. Bütün hüquqlar qorunur.
Məlumatlardan istifadə zamanı istinad vacibdir.

EKOLOGIYA BUZILISHINING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ra’No Parpiyevna Rustamova

Maqolada ekologiya , tabiat tushunchasi, u buzilishining inson salomatligiga ko`rsatadigan ta`siri, bugungi kundagi statistik ko`rsatkichlar, olib borilayotgan ishlar, rejalar xususida so`z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Ra’No Parpiyevna Rustamova

ATROF-MUHITNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI

TEXNOGEN HUDUDLARDAGI CHORVA MOLLAR ORGANIZMIDA TO‘PLANGAN KSENOBIOTIKLARNI KORREKSIYALASH VA MAHSULDORLIGINI OSHIRISHNING ELEMENTAR USULLARI (XLORELLA)DAN FOYDALANISH

Fan va texnikaning atrof-muhitga ta’siri
Quruqlik va suv ekotizimlarida ifloslanishni aniqlashning biologik ko’rsatkichlari
O’RTA OSIYODA CHO’L MINTAQASINING EKOLOGIK OQIBATLARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIYA BUZILISHINING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI»

EKOLOGIYA BUZILISHINING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI

Ra’no Parpiyevna Rustamova

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti v.b dotsenti

Maqolada ekologiya, tabiat tushunchasi, u buzilishining inson salomatligiga ko’rsatadigan tasiri, bugungi kundagi statistik ko’rsatkichlar, olib borilayotgan ishlar, rejalar xususida so’z boradi.

Kalit so’zlar: Ekologiya, salomatlik, tabiat, chang, zarar.

Inson hech qachon tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas qismi hisoblanadi. Biz yashab turgan va bizni o’rab turgan olam xuddi onamiz kabi mehribon va jonkuyar. Quyoshning har zarrasida, tuproqning har jismida tabiatninng bizga bo’lgan onadek mehribon taftini his qilamiz. O’zining har bir jabhasida inson uchun zarur bo’lgan minglab unsurlarni mujassam etgan. Ana shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunga kelib qay ahvolga tushmoqda? Bunga kimlar sababchi? Buni qanday oldini olish mumkin?[1-10] Degan savollar bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Ming afsuski inson tabiatga misli ko’rilmagan miqdorda tasir ko’rsatadi. Inson aql-zakovati orqali, mehnat faoliyati tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Aniqroq aytadigan bo’lsak mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa, shunday foydalanib, unga sezilarsiz tasirini o’tkazadi. Insoniyat uni o’rab turgan barcha shart-sharoitlarga moslasha oladi, moslasha olmas, uni o’zi istaklariga moslashtiradi, natijada tabiat muvozanati buziladi, buzilgan muvozanat esa katta ta’lofatlarga olib keladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tirik mavjudotlarni o’rab turgan ekologik muxit, asosan, insoniyat tomonidan salbiy tomonga o’zgartirib yuborildi, buning asosiy sababi zavod-fabrikalar, transportlar va ulardan chiqayotgan chiqindilar [2-11].

Bu o’zgarishlar atrof-muhitni shu darajada o’zgartirdiki, barcha tirik mavjudotlar qatori inson salomatligiga ham o’z tasirini o’tkazdi.

XXI asr insoniyat faoliyatining har bir sohasida, ayniqsa, tibbiyotda buyuk kashfiyotlar qilib, milliardlab mablag’lar

sarflanishiga qaramay, insonlar arganizmiga kasalliklar xavf solishi va hoyotda bevaqt ko’z yumushlar ko’p uchraydi.

Biz atrof-muhitga va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazadigan atrof-muhitga ta’sirini tavsiflash bilan boshlaymiz. Bu yerda biz nafaqat o’simliklar va hayvonlarga yetkazilgan zarar haqida gapiramiz, balki bu ta’sirlar odamlarga ham ta’sir qiladi. Odatda, qabul qilinadigan qarorlar atrof muhitga salbiy ta’sirlarni kamaytirish, tabiiy muhitni himoya qilishdan ko’ra, inson salomatligini himoya qilish uchun ko’proq ahamiyatga ega.

Ushbu ta’sirlarning asosiy oqibatlari umuman sayyoramizning ifloslanishidir. Biz suv, tuproq, havoning ifloslanishini, ekotizimlarning yo’q qilinishini, yashash joylarining parchalanishini va boshqalarni ko’rishimiz mumkin. Bularning barchasi kasalliklarning ko’payishiga, biologik xilma-xillikning yo’qolishiga va o’simlik va hayvonot dunyosida ham, odamlarda ham sog’liq muammolariga olib keladi [5-8].

Buyuk mutafakir bobomiz Abu ali ibn Sinoning hozirda ekologiya deb yuritilayotgan atrof-muhitning deyarli barcha omillari, ularga insonning, jonizotlarning ta’siri va nihoyat, bu omillarning inson va jonizotlarga aks ta’siri to’g’risidagi mashhur iboralarning krltirishning o’zi kifoya. “Chang bo’lmaganda inson 1000 yil yashagan bo’lar edi”, yoki: “Havo toki muvozanatlangan va toza bo’lsa, uning(pnevmaga) begona qo’shimchalar qo’shilmasa, u salomatlik garovi bo’ladi, aks holda turli kasalliklarga sabab bo’ladi” [6-9]. Yashash joyi muhiti borasida esa “Tib qonunlari”da alohida ta’kidlab, shunday deyilgan: “Turar joy tanaga turlicha ta’sir qilishi mumkin: balan yoki past joyligi, tuproq tarkibi hamda xususiyati, suvning serobligi yoki kamyobligi, darxtlarning mo’lligi, qabriston yoki konlarga yaqinligi va boshqalar yashash joyi tanlanganda muhim ahamyatga ega”. Bu fikrlar muhit to’grisida bo’lib, tibbiy ekologiyada tegishli ekanligi guvohi bo’lamiz.

Jahon statistik ma’lumotlarga ko’ra, aholining 10% qarilikdan, 20% baxtsiz hodisalar va janglardan, 70% esa kasalliklardan o’lmoqda. Shuningdek, bizning sog’lig’imizning atigi 10%i tibbiyotga, qolgan 90% asa o’zimizga va atrof muhit hodisalarga bog’liq.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi kunga kelib ekologik muammolar inson salomatligiga jiddiy tahdid tug’dirayotir. Global gumanitar forum ma’lumotiga ko’ra, sayyoramizda ro’y berayotgan iqlim o’zgarishi yiliga uch yuz ming insonning umriga zomin bo’lmoqda. Uch yuz million aholi uning salbiy ta’siri

ostida hayot kechirmoqda. Bundan iqtisodiyotga ham jiddiy zarar

yetayotír. Bunday global muammolar Markaziy Osiyo mintaqasi taraqqiyotiga ham o’z salbiy ta’sirini o’tkazmoqda. Orol bo’yidagi noxush ekologik vaziyat, buning ta’sirida kelib chiqayotgan tabiiy tangliklar, cho’llanish muammosi bunga misoldir. Bundan tashqari yer yuzini ifloslanishning eng mudhish omillaridan biri bu nurlanishdir. Uni na ko’rib, na eshtib bo’ladi, na ta’mi, na hidi bor. Biroq uning ta’sirida inson organizimdagi sistrmalarning o’zaro bog’liqligi buzilib, tanani aqil va idrok bilan boshqaruvchi generator-miya esa so’z bilan tushuntirib bo’lmaydigan o’zgarishlarga duch kelmoqda. Natijada bu kichik miqdordagi nurlanishdan aholining ma’lum guruhlari va ayniqsa homilador ayollar homilasiga, o’sish va rivojlanish jarayoni kechayotgan bolalar, immunizim susaygan qariyalar va sog’lig’i zaif insonlar aziyat chekmoqda. Nurlanish bizning organizimizga qon va suyaklarga turli yo’llar (ovqat, suv va havo) bilan kirib butun inson organizmini shikaslantirib, uni bevaqt o’limiga sabab bo’lmoqda.

Nurlanishdan tashqari sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli chiqindilar, nitratlar va qishloq xo’jaligida ko’plab ishlatiladigan har xil zaharli qottilar (pestitsid) va mineral o’g’itlardi. Bu zarali moddalar ozuqa mahsulotlari orqali odam organizmiga tushib har xil kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ma’lumki bir mintaqada kasaliklarning tarqalishi shu joyda yashovchi aholi bilan atrof-muhit o’rtasidagi munosabatlarga bog’liq. Masalan, ko’lmak suvlar to’planib qolgan joylarda bezgak chivinining yashashi uchun qulay sharoit yaratiladi va shu shu joylarda bezgak kasalligining paydo bo’lish ehtimoli yuzaga krladi. Afrika uyqu kasaligining paydo bo’lishi uchun esa o’tloqzorlar bo’lishi kerak. Opistroxoz kasalligi daryo yoqalarida yashovchi kishilarda ko’p uchraydi, chunki bu kasallikni keltirib chiqaradigan chuvalchangning oraliq xo’jayini baliq bo’lib, kasallik odamga baliq go’shti orqali yuqadi. Bundan tashqari aholi orasida ko’p uchraydigan allrgik kasalliklarni ham misol qilib olishimiz mumkin [6-8].

Ko’plab epidemiologik kuzatuvlar atrof-muhitning kimyoviy ifloslanishi va aholining reproduktiv funktsiyasining buzilishi o’rtasidagi bevosita sabab-oqibat bog’liqligini ko’rsatadi. Bu mehnat sharoitida ham – metallurgiya zavodlari ishchilarida, to’qimachilik sanoati, gaz va neftni qayta ishlash korxonalarida, laborantlar va jarroh ayollarda ham, atmosferasi, suv manbalari va tuprog’i bilan ifloslangan aholi punktlarida ham aniqlandi. kimyoviy birikmalar. Birinchi va ikkinchi holatda reproduktiv funktsiyaning buzilishi homiladorlikni to’xtatish, o’z-o’zidan tushish, homiladorlik va tug’ish paytida asoratlar, tug’ma deformatsiyalar xavfining ortishi bilan namoyon bo’ldi [8-11]. Bir

qator hollarda oltingugurt dioksidi, fosforik angidrid, qo’rg’oshin,

nikel, temir va boshqalarning ko’payishi bilan homiladorlik patologiyasi o’rtasida ishonchli bog’liqlik o’rnatildi. atmosfera havosida [9-11].

Hozirgi kunda yurtimizda sanitariya-epidemiologiya muhitini barqarorlashtirish, tabiatga salbiy ta’sirlarni kamaytirish, ekologiya va gigiyena tadbirlarini uzviy ravishda tashkil etish tizimi shakllangani inson salomatligini asrash va yuqumli kasalliklar bo’yicha barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Yangi ekologik sharoitlarning mavjudligi inson organizmida millonlab moslanish jaroyonlarni keltirib chiqarmoqda, demak inson organizmi har qanday tabiiy sharoitda o’zini tiklash sog’aytirishi va moslashish qobilyatiga ega. Bizning vazifamiz esa o’zini o’zi sozlovchi va tiklovchi biosistemaga turli kasalliklardan o’zini himoya qilish uchun shar-sharoit yaratib berishdir. Aholi salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish, ba’zi ekologik vaziyat o’ta tang ahvolda bo’lgan hududlarda tabbiy nazoratni yanada kuchaytirishimiz zarur.

Hozirgi vaqtda turli zavod va fabrikalarda 45 ming turga yaqin kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va aholiga sotilmoqda, jahonbo’yicha 300 mln. tonnaga yaqin organik moddalar ishlabchiqarilib, ular yordamida milliondan ortiq buyumlartayyorlanmoqda. Lekin ishlab chiqarishda foydalanilayotgan ushbu kimyoviy moddalar ma’lum miqdorda havo,suv va oziq-ovqatlar orqali inson tanasiga ham kelib tushmoqdaki, buning natijasida turli xil yuqumli kasalliklar yuzaga kelmoqda. Chunki ayrim kimyoviy moddalar zaharlilik xususiyatiga ega bo’lsa, ayrimlari allergenlik,konserogenlik (rak kasalligini keltirib chiqarish xususiyati),mutagenlik (naslga ta’sir etish xususiyati) va teratogenlik(chala yoki mayib-majruh tug’ilishni yuzaga keltirishxususiyati), fibrogenlik (tanadagi to’qimalar birikmasining ajralishi) xususiyatlariga egadir. Bunday kimyoviymoddalarga, ayniqsa, og’ir metallar (qo’rg’oshin, kadmiy,simob), noorganik gazlar (oltingugurt ikki oksidi, is gazi,azot oksidi, ozon), kremniy ikki oksidi (DDT, xlorli vinil vaboshqalar) misol bo’lishi mumkin. Ushbu kimyoviymoddalar alohida holda ham, aralashma holda ham insonsog’lig’i uchun juda xavfli hisoblanadi. Keyingi yillarda saraton kasalligining ko’payishi, turli xil kasalliklarning yangi turlarini vujudga kelishi, asosan, kimyoning ta’siridandir.

Texnikaviy taraqqiyot davrida atmosfera havosining ifloslanishi Respublikamizning Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona va Navoiy viloyatlarida, ayniqsa sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyati misolida oladigan bo’lsak, atmosfera havosining yuqori

darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin.Ikki yuz mingga yaqin

aholisi bo’lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko’plab sanoat korxonalari mavjud. Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida har yili 637,6 ming tonna zararli moddalar hosil bo’lib, shundan 97,2% i ushlab qolinadi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo’ladigan azot oksidlarini tozalash inshootlarini loyilash ko’zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning me’yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda ekologik muvozanatni birlashtirish maqsadida “Navoiy viloyatining 2016-2022 yillarga mo’ljallangan atrof- muhitni muhofaza qilish” dasturi ishlab chiqilgan. Sanoat korxonalari bilan birga shaharda avtotransport vositalarining ko’payishi ham shahar havosiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Xulosa qilib aytganda,sanoat korxonalari chiqindilarini kamaytirish uchun avvalambor hozirgi zamon talabiga mos keladigan ilg’or texnologiyalardan foydalanilgan holda chiqindisiz texnologiyadan foydalanishni keng yo’lga qo’yishimiz lozim.. Zero,chiqindilar masalasi ekologiyadagi muhim muammolardan bin bo’lib, ularni qayta ishlash yoki gigiyenik talablar bo’yicha ishlov berilsa nafaqat iqtisodiy jihatdan foyda ko’ramiz, balki yerni, havoni suvni, oziq – ovqat mahsulotlarining ifloslanishi oldi olinardi, kishilar sog’lig’ini muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega bo’ladi va kelajak avlod uchun ham tabiatimizni oz musaffoligini saqlagan holda yetkazib bergan bolamiz.

1. Biology (textbook for academic lyceums and professional colleges)

2. Zhumaeva, Sh., B. (2022). Эколого-флористический анализ альгофлоры водных объектов бухарской области. Международный междисциплинарный исследовательский журнал Galaxy (431-435ст).

3. Nazarov, A. (2021). Challenges to uzbekistan’s secure and stable political development in the context of globalization. Journal on International Social Science, 1(1), 26-31.

4. Nazarov, A. (2021). Healthy Generation-The Basis Of A Healthy Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 409-413

5. Nazarov, A. (2021). The impact of the chemical industry on the environment. Eurasian journal of academic research 1(8), 145-148

6. Nazarov, A. (2018). The globalizing world: the conditions and

prerequisites for political development through innovative politics

and preventive democracy. Theoretical & Applied Science, (4), 9-12.

7. Kholliyev, A., Nazarova, F., & Norboyeva, N. (2021). Cotton resistance indicators in the conditions of water deficiency. 36ipHrn наукових праць SCIENTIA.

8. Nazarova, F. (2021). The use of phenological observations in the determination of the main phases of the development of thin-fiber goose varieties in the conditions of bukhara region. Theoretical & applied SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (9), 523-526.

9. Аминжонова, Ч. А., & Мавлянова, Д. А. (2020). Методика преподавания предмета “биология” в системе высшего медицинского образования. In методологические и организационные подходы в психологии и педагогике (pp. 8- 11).

10. Худойкулова, Н. И. (2018). Пути воспитания толерантности у молодежи. Наука, техника и образование, (11 (52)).

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.