Meralıq konstruksıyaları
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
Məmulatların konstruksiya edilməsi. Düzbucaqlı və müxtəlif formalı detalların çertyoju
Konstruksiyaetmə — məmulat hazırlanmasının ən vacib başlanğıc mərhələsidir (konstruksiya — latın dilindən tərcümədə «quruluş» deməkdir). Adətən, konstruksiyaetməni məmulatın xəyali təsəvvüründən başlayır, daha sonra onun eskizini, texniki rəsmini və çertyojunu işləyərək yaradıcı əmək sərf etməklə həmin xəyali təsəvvürləri gerçəkləşdirirlər.
Sonra lazımi materialları seçir və məmulatın təcrübi nümunəsini hazırlayırlar. Onun möhkəmliyini və ya işləmə qabiliyyətini yoxlayır, qüsurları aradan qaldırmaq şərtilə məmulatı mükəmməl nəticə alana qədər təkmilləşdirirlər.
Konstruktor (quruluşçu), adətən, məmulat üçün bir neçə variant düşünür. Konstruksiyaetmədə variantların çoxluğunu «variativlik» adlandırırlar. Variativlik məmulatın dizaynına, onun quruluşuna və xarici görünüşünə xas olan cəhətdir («dizayn» ingilis dilindən tərcümədə fikir, layihə, təsvir deməkdir).
Konstruksiya edilən məmulat möhkəm, etibarlı, az xərc aparan və texnoloji olmalıdır.
Hazırlanmasına mümkün qədər az vaxt, maddi vəsait, əmək və material sərf olunan məmulatlar texnoloji hesab olunur. Möhkəm məmulat dağılmadan ona verilən yükü qəbul edir. Müəyyən olunmuş istismar müddəti ərzində dayanmadan işləyən məmulat etibarlı hesab olunur. Qənaətli məmulat ucuz başa gəlir və istismar zamanı əlavə xərc tələb etmir.
Bütün bu vacib olan xüsusiyyətlər məmulatın keyfiyyətli olması deməkdir. Keyfiyyətli məmulat işlədilmədə etibarlı və rahatdır.
Oduncaq emalında ən geniş yayılmış detallar düzbucaqlı və en kəsiyi dairəvi (fırlanma oxu olan) silindr və konus şəklində olanlardır.
Stol və stulların oturacaqları, yeşiklərin divarları düzbucaqlı formadadır. Bellərin, taxta çəkiclərin, xəkəndazların və yeyələrin dəstəkləri, stol və stulların dairəvi ayaqları və s. detallar silindrik və konusşəkilli detallardır.
Bu məmulatların bir çoxunu məktəb emalatxanalarında hazırlamaq olar. Məmulatların hazırlanması üzrə işi eskizin, texniki rəsmin və çertyojun yerinə yetirilməsindən başlayırlar.
Nümunə kimi bucaqlığın yığma çertyojunu nəzərdən keçirək.
Bucaqlıq 90°-lik bucaq altında bir-birinə yapışqanla dəqiq yapışdırılmış tərpənməz dayaqdan və xətkeşdən ibarətdir. Bucaqlığın dayağının baş hissəsində yuva var və xətkeş həmin yuvaya geydirilib yapışdırılır.
Yığma çertyojunda məmulatın quruluşunu təyin edən görüntülər təsvir olunur.
Bucaqlığın yığma çertyoju üçün iki görüntünün olması kifayət edir: əsas (şəkil 3, a) və soldan görünüş (şəkil 3, b).
Yığma çertyojunun aşağı sağ küncündə əsas yazı yerləşdirilir (şəkil 3, c). Əsas yazıda məmulatın yığılması üçün lazım gələn ölçülər göstərilir. Bucaqlıq üçün qabarit ölçülər: 150, 200 və 30 mm-dir. 1 və 2 detallarının dəqiq 90°-lik bucaq altında birləşdirilməsinə nəzarət etmək lazımdır.
Əsas yazımn üst tərəfində və ya ayrı vərəqlərdə yığma çertyojun spesifikasiyası yerləşdirilir (şəkil 3, c). Onu cədvəl şəklində tərtib edirlər. Cədvəldə məmulatın bütün detalları sadalanır, detalların adları, sayı və materialı qeyd edilir. Yığma çertyojunun oxunması zamanı əvvəlcə əsas yazının məzmunu, məmulatın adı və təsvirinin miqyası, sonra isə məmulatın təyinatı və iş prinsipi öyrənilir.
Spesifikasiya üzrə detalların adı və onların hazırlandığı materiallar müəyyənləşdirilir. Detallar yığma çertyojunun bütün görüntülərində tapılır, məmulatın forma və konstruksiyası, həmçinin detalların birləşdirilmə üsulları və onların yığılma ardıcıllığı müəyyənləşdirilir.
Yığma çertyojunun oxunmasını əsas yazının və spesifikasiyanın məzmununun öyrənilməsindən başlayırlar.
Müəllif: Natiq Axundov, Hümeyir Əhmədov,Fəridə Şərifova, Xuraman Səlimova
Mənbə: Texnologiya 6 Ümumtəhsil məktəblərinin 6- cı sinfi üçün Texnologiya fənni üzrə Dərslik
- Teqlər:
- çertyoj
- , çertyojun oxunması
- , yığma çertyoj
1-Mavzu: Maxsus metall konstruksiyalarini loyihalashning asoslari. Ma’ruza rejasi
Metall konstruksiyalarni rivojlanishini tayyorlash texnologiyasiga va uni qaysi joyda ishlatilishiga ko’ra besh davrga bo’lishimiz mumkin.
1-davr 12-17 asrlarni o’z ichiga oladi. Bu vaqtlarda metall qurilmalarni noyob inshootlarni qurilishida (saroy, cherkov), masalan g’isht devorlarni mustahkamlashda va tom konstruksiyasini tortib qo’yishda ishlatishgan. Tortqichlarni temirga ishlov berib konstruksiyasini moslashtirib kesimini kvadrat shakli qilib tayyorlashgan. 1158 yilda Vladimir shahrida qurilgan Uspenskiy sobori, 1560 yili Moskvada qurilgan Pokrov sobori bunga misol bo’la oladi
2-davr 17 asr boshlaridan 18 asrni oxirigacha qamrab oladi. Bu davr metall qiya to’sinlarni va cherkovlarning fazoviy bosh gumbazlar konstruksiyalarini yaratilishi bilan bog’langan. Ko’taruvchi elementlarni maxsus shaklga keltirib bir-biriga bog’lanadigan qilib, asosiy qismini kesimini kvadrat yoki to’g’ri to’trburchak shaklli qilib tayyorlashgan.
Misol sifatida 1640 yilda katta Kreml saroyi tomining yopilishi, 1603 yil qurilgan Ulug’ Ivan qo’ng’iroqxonasi va 1805y. Sankt-Peterburgdagi oralig’i 15m bo’lgan Qozon soborini gumbazlarini sinchlarini keltirishimiz mumkin.
3-davr 18 asrdan 19 asrning yarmigacha davom etib kelgan. Bu davr cho’yan elementlarini qo’yish va ulardan qurilmalar yaratish bilan tanilgan.
Cho’yan elementlarining bir-biriga biriktirilishi, qulf va boltli birikma orqali bajarilgan.
Birinchilar qatorida bu qurilmalardan foydalanib 1725 yilda Uraldagi Nevyan minorasining tomini yopishgan. 1784 yil Sankt-Peterburgdagi cho’yan ko’prigi qurilgan, sakkiz oraliqli 33-47m gacha, dunyoda eng katta cho’yan ko’prigidir. 19 asrning 40 yillarida qurilgan unikal binoning Isaakiy sobor gumbazi yaratilishida maxsus cho’yan elementlaridan foydalanishgan. 1827-32y. Sankt-Peterburgdagi Aleksandr teatrining tomini yopishda tayanch oralig’i 30metr bo’lgan cho’yan ravoqlardan foydalanishgan. Bu davrning oxirlarida fermalardan foydalanish boshlangan. Fermalarning siqilishga ishlayotgan elementlarini cho’yandan, cho’zilishga ishlayotgan elementlarni temirdan tayyorlashgan.
4-davr 19 asr 30 yillaridan 20 asrning 20 yillarigacha davom etgan. Bu yillar texnikaning hamma sohalarni tez rivojlanishini shu jumladan metallshunoslik va metallni qayta ishlash sohasida ham katta rivojlanishni o’z ichiga oladi.
1
856 yili Bessemer, 1864 yili Marten va 1878 yilda Tomas po’lat quyish usullari ishlab chiqilishi va o’zlashtirilishi natijasida cho’yan konstruksiyalar o’rniga po’lat konstruksiyalarini ishlata boshlandi, chunki po’lat materiali sifatliroq va mexanik xususiyatlari yaxshiroq bo’lganligi tufayli 40 yillarda po’latli prokatli sortamenti va varaqsimon prokatning texnologiyalari o’zlashtirilishi natijasida qurilish konstruksiyalar rivojlanishiga va ularni noyob binolarda ishlatilishiga katta imkoniyatlar yaratdi.
Rasm 1.1. Qiya to’sinlar va cherkovlarning fazoviy bosh gumbazlari.
19 asr oxiriga kelib panjarasimon sinchlar, o’rniga rama-ravoqli sinchlar ishlata boshlandi. Eni kengroq bo’lgan binolarni qurildi. Bularga misol qilib, Peterburgda (1884 yilda qurilgan Senniy bozorni va 1890 yili qurilgan Gatchino vokzali), Moskvada 1913-14 yillarda qurilgan binolarni keltirish mumkin.
19 asrning ikkinchi yarmida temir yo’llarning qurilishi keng tarqalgan edi. Temir yo’l ko’priklari qurilishi bilan ko’priklarning qulay konstruktiv shakllari ham rivoj topdi. Ko’priklarning joylashtirilishi va hisoblash nazariyasi mukammallashdi. Metall qurilmalarni loyihalashga, hisoblashga va qurilish uslublarini rivojlanishiga rus olimlaridan S.V.Kerbedz, N.A.Belelyubskiy, L.D.Proskuryakovlar hissa qo’shishgan.
S.V.Kerbedz (1810-1899y.y.) Rossiyada birinchi bo’lib panjarali fermalarni qo’llash bilan temir yo’l ko’priklarini qurdirgan, Peterburgdagi cho’yan ko’prikni ham Kerbedz loyihalashtirgan va qurilishida ishtirok etgan.
N.A.Belelyubskiy (1848-1922y.y.) ko’prik qurish bo’yicha mutaxassis, birinchi bo’lib tirgakli fermani ko’prik qurilishida qo’lladi. U prokat sortamentini ishlab chiqdi.
L.D.Proskuryakov (1858-1926y.y.) ko’prik fermalariga uchburchak va xovon panjarasini qo’llash usulini kiritdi va fermalarning qulay shaklining nazariyasini ishlab chiqdi.
19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida metalldan bo’lgan qurilishlarni rivojlanishiga olimlardan F.S. Yasinskiy, V.G.Shuxov va I.P.Prokofev katta xissa qo’shdilar.
F.S.Yasinskiy (1858-1899y.y.) birinchi bo’lib ko’p oraliqli sanoat binolarining ichki oraliqdagi ustunlarni metaldan qilishni tavsiya etdi va tayanch oralig’i katta bo’lgan binolarni buklanuvchan va ravoqli konstruksiyalar bilan yopishni ishlab chiqdi. Ustunlarni nomarkaziy ta’sir etayotgan kuchga hisoblash usullarini rivojlantirdi va aniqliklar kiritdi.
S.G.Shuxov (1853-1939y.y) birinchi bo’lib dunyo miqyosida fazoviy panjara konstruksiyalar orqali tomlarni yopish usullarini va taram-taram yuzali konstruksiyalar orqali turli xil minoralarga o’xshash qurilmalarni ishlab chiqdi va qurilishda ishtirok etdi. Yangi konstruktiv rezervuar shakllarini, ularni hisoblash va oqilona o’lchamlarini topish usullarni ishlab chiqdi.
I.P.Prokofev (1877-1958y.y) oldingi tajribalarni e’tiborga olib metall ko’priklarini konstruksiyasini tayyorlanishi va yig’ilishi haqida kitob yozdi. O’sha davr bo’yicha noyob ko’priklar konstruksiyalarini ishlab chiqdi va o’zi ham qurilishda ishtirok etdi.
5- davr 20-yillardan boshlab davom etib kelmoqda. Metallshunoslik 30-yillarda rivojlanishi sababli metall konstruksiyalarida mustahkamliroq po’latlarni ishlatish boshlandi. Har xil mustahkamga ega bo’lgan po’latlarning turi ko’payib ketdi va metall konstruksiyalarning konstruktiv shakllari rivoj topdi. Metall konstruksiyalarining keng va turli xil rivojlanish masalalarida loyiha, ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarining xissasi katta bo’ldi. «Proektstalkonstruksiya», «Promstroyproekt» va «TsNIISK»lar yangi konstruktiv shakllarni yaratish va ularni hisoblash usullarini tavsiya etish bilan shug’ullanishadi. «VNIPIPromstalkonstruksiya» loyihalashtirish va yig’ish ishlari bilan shug’ullanadi.
VNIKTISK metall konstruksiyalarini loyihalash va ishlab chiqarish texnologiyasini yangilash bo’yicha izlanishlar olib bordi.
30-yillarda metallshunoslik va mashinasozlik rivojlanishi bilan juda ko’p sanoat inshootlari metall sinchli kilib qurila boshlandi. Sanoat binolari qurilishida metall sinchi asosiy qism bo’ldi va ularning rivojlanishida muhim rol o’ynadi.
50-70-yillarda metall konstruksiyalarning rivojlanish asoslari o’zgarmasdan va ularning asosi – tejamkorlik, konstruksiyalarni yaratish texnologiyasi oddiy, yig’ish ishlar tez bajariladigan bo’lib, shu asosda metall konstruksiyalar rivoj topdi.
Shu zamon bo’yicha noyob bo’lgan sanoat binolari qurilgan tayanch oralig’i 120m kranning yuk ko’tarish qobiliyati 30t va u fermaga osilgan holatda ishlaydi binoning balandligi 57m va ikki oraliqli sanoat binosi kranlarning yuk ko’tarish qobiliyati 1200t va 600t.
Metall konstruksiyalarning yangi original shakllari yaratildi, ayniqsa, xalqlararo ko’rgazma binolarni qurilishida 1958 yil Bryusselda 1967 yil Monrealda, VDNHdagi kosmos pavilioni, Lujnikidagi sport saroyi va 80-yildagi olimpiyada uchun qurilgan sport inshootlarini misol qilib keltirish mumkin.
1980 – yilda yozgi olimpiyadaga tayanch oralig’i katta bo’lgan o’zining konstruktiv shakli bilan bir – biridan tubdan farq qiladigan bir necha original sport majmualari qurilgandi.
Konstruktiv shakli mukammallanishi bilan metall konstruksiyalarni hisoblash usuli ham takomillashdi. 1950 yilgacha qurilish konstruksiyalari mumkin bo’lgan kuchlanish bo’yicha hisoblashar edi, 1950 qurilish konstruksiyalarni chegaraviy holat bo’yicha hisoblashga o’tishdi. Hozirgi qurilish me’yor va qonunlarida shu usul bo’yicha hisoblash talab yetiladi.
EHM ishlatilganda loyihalash sifatini tubdan oshiradi va tezlatadi. Mashina o’zi avtomatik ravishda loyihani chizib beradi. 1920-2000 yillar davrida metall konstruksiyalarning rivojlanishiga ilmiy tadqiqot loyiha institutlari o’zining ijodiy ishi (SAPR) bilan ko’p hissa qo’shdi. Metall qurilmalari rivojlanishiga olimlardan N.S.Streletskiy (1885-1967y.) E.O.Paton (1870-1953y.), N.P.Melnikov va boshqalar katta hissa qo’shdilar.
N.S.Streletskiy o’z faoliyatining boshlarida ko’prik quruvchilar davomchisi bo’lib boshlagan, keyinchalik qurilish fani va quruvchi muhandislarni tayyorlashda juda katta hissa qo’shgan va birinchi bo’lib konstruksiyalarni statik hisoblash usulini qo’llagan, elastik chegaradan o’tgan materiallarning ishlashi to’g’risida tajriba ishlarini olib borgan va nazariy tajriba asosida konstruktiv shaklning rivojlanish yo’lini ko’rsatgan. E.O.Paton metall ko’prik qurilish sohasiga o’z hissasini qo’shgan. Elektryoy bilan payvandlash usulini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasiga etkazishda katta hissa qo’shgan. N.P.Melnikov ham metall konstruksiyalarni rivojlantirishga ko’p hissa qo’shgan. «TsNIIProektstalkonstruksiya» institutiga ko’p yillar mobaynida rahbarlik qilgan.
Nazorat savollari.
1. Metall konstruksiyalarning rivojlanishi necha davrga bo’linadi?
2. Qaysi olimlar metall konstruksiyalarning rivojlanishiga hissa qo’shishgan?
3. Qaysi ilmiy tekshirish institutlar metall konstruksiyalarning rivojlanishiga hissa qo’shishgan?
1.2 – rasm. Chorsu bozorini qurilishi.
1 .3 – rasm. O’zbekiston mexmonxonasi.
QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQARISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — No‘Manova, Soxiba Ergashboyevna
Maqolada qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, materiallarning turlari, qurilish materiallari kelib chiqishi , materiallarning mineral tarkibi haqida yoritilgan
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — No‘Manova, Soxiba Ergashboyevna
QORA METALLURGIYADA HOSIL BO’LGAN CHANGLARDAN RANGLI METALLARNI AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYALARINI O’RGANISH VA TAHLIL QILISH
YUQORI HARORATGA CHIDAMLI LAK BO’YOQLAR
BAZALT TOLASINI ISHLAB CHIQARISHDA XOM-ASHYONING YAROQLILIK DARAJASINI MOS FORMULALAR BILAN ANIQLASH
NEFT XOMASHYOSINING KOKS HOSIL QILISH TEXNOLOGIYASINI TADQIQ QILISH
IKKILAMCHI MAHSULOTLAR KROTON ALDEGID, KARBAMID VA ORTOFOSFAT KISLOTA ASOSIDA SAMARALI OLIGOMER KORROZIYA INGIBITORINING (IKF-1) OLINISHI VA XOSSALARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
MANUFACTURE OF BUILDING MATERIALS, PRODUCTS AND STRUCTURES
The article describes the production of building materials , products and structures, types of materials, the origin of building materials , the mineral composition of materials.
Текст научной работы на тему «QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQARISH»
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
QURILISH MATERIALLARI, BUYUMLARI VA KONSTRUKSIYALARINI ISHLAB CHIQARISH
No’manova Soxiba Ergashboyevna
Namangan muxandislik qurilish instituti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi o’qituvchisi
Maqolada qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, materiallarning turlari, qurilish materiallari kelib chiqishi, materiallarning mineral tarkibi haqida yoritilgan.
Kalit so’zlar: qurilish materiallar, tarkibi, kelib chiqishi, texnik talablar, cho’yan, po’lat
The article describes the production of building materials, products and structures, types of materials, the origin of building materials, the mineral composition of materials.
Keywords: building materials, composition, origin, technical requirements, cast iron, steel
В статье описаны производство строительных материалов, изделий и конструкций, виды материалов, происхождение строительных материалов, минеральный состав материалов.
Ключевые слова: строительные материалы, состав, происхождение, технические требования, чугун, сталь.
Qurilish materiallarining har bir turi o’ziga xos fizik, mexanikaviy, kimyoviy va maxsus xossalarga (radiatsiyaga munosabat, texnologik ishlov) ega bo’ladi. Materiallarning tarkibi, strukturasi fizik-kimyoviy va texnologik jarayonlar ta’ sirida o’zgarishi bilan ularning barcha xossa va xususiyatlari o’zgaradi. Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko’ra tabiiy va sun’iy bo’ladi. Ular xossalariga nisbatan plastik (bitum, giltuproq) elastik (yog’och, po’lat, rezina), mo’rt (sopol, shisha, beton, cho’yan), material mustahkamligiga qarab- mustahkamligi yuqori (po’lat, granit, shisha, shishaplast, sitall, beton-polimer), mustahkam (beton, yog’och, polimerbeton, pishiq g’isht) va mustahkamligi kichik (gips, ohaktosh, xom g’isht, ko’pikbeton, gazbeton) turlarga bo’linadi. Materiallarning ishlatilish sharoitiga ko’ra konstruktiv
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
(tabiiy tosh materiallari, beton, qorishma, sopol, yog’och, polimerbeton, plastmassa va h.k.) va maxsus (issiqlik va tovush izolyatsiyasi, gidroizolyatsiya, bezak, korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, radiatsiyadan ximoyalovchi, biologik muhitga chidamli va h.k.) turlarga bo’linadi. qurilish materiallari xossalarini raqamlar bilan baholash maqsadida Respublika standarti (RSt), Tarmoq standarti (TSt), Korxona standarti (KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. qurilish materiallari standartlari Davlat standarti qo’mitasi bilan O’zR Davlat arxitekt qurilish tomonidan tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar; texnik talablar; buyum turlari va o’lchamlari; qabul qilish qoidalari;
tamg’alash, o’rash va tashish qoidalari va h.k. MUHOKAMA VA NATIJALAR
Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganini bildiradi. Giltuproq, oxaktosh, gips toshi va h.k. larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik materiallar xavoiy va mineral bog’lovchilarning mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi. Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo’lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil bo’lgan kovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, material kovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq kovaklardagi havo materialga issiq-sovuq dan, tovushdan izolyatsiyalovchi xususiyat beradi. Material strukturasini uch darajada tushunish zarur molekulyar-ion, mikrostruktura va makrostruktura. Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan xosil bo’lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o’rganish differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron mikroskopik, infra qizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi. Zamonaviy qurilishni metall materiallarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Metallar bino va inshootlarning konstruktiv qismlarida-poydevor, devor, tom, karkas va sh.k. kuchaytirishda, yuk ko’taradigan konstruksiyalar, temirbeton tayyorlashda, qoplama materiallar, binolarni ichki va tashqi tomondan bezashda ishlatiladi. Metallar boshqa materiallarga nisbatan yuqori mustaxkamligi, plastikligi, termik va kimyoviy ishlov berish imkoniyati bilan ajralib turadi. Metallar yuqori plastiklik, yetarli bo’lmagan musta^kamlik va qattiqlikka ega bo’lmagani uchun toza xolda ishlatilmaydi. Metallar asosan boshqa metallar va
nometallar bilan qotishma xolda ishlatiladi. Metallar qora va rangli metallarga
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
bo’linadi. qora metallar po’lat va cho’yan temir va uglerodning qotishmasidir. Agar temir tarkibiga uglerod 2% gacha kiritilsa po’lat, 2% ko’p kiritilsa cho’yan xosil bo’ladi. Rangli metallarga mis, alyuminiy, magniy, titan, nikel, rux, kalay va boshqalar kiradi. Rangli metallar yer yuzida kam uchraydi va metall ishlab chiqarishni 5% tashkil etadi. Qurilishda rangli metall va qotishmalardan yengil va kimyoviy muxitlarga chidamli konstruksion elementlar, bezak buyumlari va boshqa materiallar va qismlar tayyorlanadi. qora metallar olishda xomashyo sifatida magnetit, gematit, pirolyuzit, xromit kabi temir rudasi ishlatiladi. qora metallar tarkibida ugleroddan tashqari oz miqdorda kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor va h.k. bo’ladi. Qora metallar tarkibiga xrom, nikel, molibden, alyuminiy, mis kabi legirlovchi moddalar qo’shib, ularning xossalarini o’zgartirish mumkin. Qora metallar tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab cho’yanlar va po’latlarga bo’linadi.
Cho’yan. Cho’yan temir oksidlaridan temirni domna jarayonlari natijasida qaytarib olinadi. Uning tarkibida 93% temir, uglerod 5% gacha va oz miqdorda qo’shimchalar bo’ladi. Cho’yan oq, kulrang va maxsus cho’yan turlariga bo’linadi. Oq cho’yan qattiq va mo’rt bo’lib, ularni qayta ishlash va quyish qiyin bo’ladi. Cho’yan po’lat va maxsus cho’yan ishlab chiqarishda ishlatiladi. Kulrang cho’yanlar yumshoq, oquvchan, qayta ishlanuvchan, yedirilishga, chidamli va quyma buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Cho’yanning maxsus turlari kulrang cho’yanlarning bir xili bo’lib, cho’yanni uzoq muddat (80 soat) yuqori xaroratda termik ishlov berib olinadi. Cho’yanlar tarkibiga marganes, kremniy, fosfor va legirlovchi qo’shimchalar qo’shib ularning mustaxkamligini oshirish mumkin.
Po’lat. Po’lat cho’yan tarkibidan ortiqcha uglerod va qo’shimchalarni maxsus texnologik usullar vositasida chiqarib yuborib hosil qilinadi. Po’lat asosan konvertor, marten va elektr toki bilan eritish usullarida olinadi. Po’lat tarkibida uglerod 2% gacha bo’ladi. Po’latlar kimyoviy tarkibiga ko’ra uglerodli va legirlangan bo’ladi. Uglerodli po’latlar temir va uglerod ^amda marganes, kremniy, oltingugurt va fosfor aralashmalari asosidagi qotishmadir. Ular qotishiga ko’ra sokin, yarim sokin va qaynaydigan po’lat turlariga bo’linadi.
Xulosa qilib aytganda, po’lat tarkibiga nikel, xrom, volfram, mis, alyuminiy, molibden va boshqa rangli metallar kiritilib legirlangan po’latlar olinadi. Po’latlar kam legirlangan (2,5% gacha), o’rtacha legirlangan (2,5-10%) va ko’p legirlangan (10% dan ortiq) bo’ladi. Po’latlar ishlatilish soxasiga ko’ra konstruksion, maxsus asbobsozlik po’latlarga bo’linadi. Konstruksion po’latlardan qurilish konstruksiyalari,
armaturalar, maxsus po’latlardan esa olovbardosh va korroziyaga chidamli buyumlar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
va konstruksiyalar tayyorlanadi. Tabiiy kauchukni oltingugurt bilan aralashtirilib, qizdirish (sintez) usulida (XIX asrda) rezina olindi. 1972 yilda nitrotsellyulozani kamfara bilan qayta ishlab selluloid, ya’ni plastmassaning sellyuloza asosidagi birinchi turi tayyorlandi. Shu davrda oqsillar (kazein) asosida sintez qilib galalit plastmassasi olindi.
XX asr boshida organik xom ashyolarni sintez qilish natijasida yuqori molekulali moddalar-polimerlar olindi. Keyinchalik karbamid-formaldegid, fenol-formaldegid, poliefir va shu kabi polimerlar sintez qilindi. o’ttizinchi yillardan boshlab polimerlanish jarayonining ko’p jixatlari ochildi va polivinilasetat, polivinilxlorid, polistirol, polimetilmetakrilat va boshqa polimerlar sintez qilindi.
1. Айрапетов Д.П. Архитектурное материаловедение. -М., 1983.-310 с.
2. Баженов Ю.М. Технология бетона. -М., 1978.-455 с.
3. Боженов П.И. Комплексное исползование минералного суря и экология.-М.,
4. Буглай Б.М., Гончаров Н.А. Технология изделий из древесины.-М.:Строиздат, 1985
5. Горчаков Г.И. Баженов Ю.М, Строительные материалы.-М., 1986. 687 с.
6. Домокеев А.Г. Строительные материалы.-М., 1981.-383 с.
7. Комар А.Г. Строительные материалы и изделия.-М., 1983.-487 с.
8. Косимов э. Курилиш материаллари.-Тошкент “У;итувчи”-1982.-294 б.
9. Неназашвили И.Х. Строительные материалы, изделия и конструкции: Справочник.-М, : Высшая школа, 1990.
10. Попов Л.Н.Строительные материалы и детали.-М.Строиздат,1986.
11. Попов. Л.Н. Курилиш материаллари ва деталлари.-Тошкент “У;итувчи”, 1991.-341 б.
12. Рыбьев И.А. Асфальтобетон.-М.,1994.
13. Рыбьев И.А. Строительное материаловедение:-М, Высщая школа , 2002,701 с.
14. Строителные материалы /Под ред. В.Г. Микулского.-М, 1996.-488 с.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.