Press "Enter" to skip to content

Niftali qocayev umumi fizika kursu 4 cild

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

-§. FIZIKA KURSINING TUZILISHI VA MAZMUNI

O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

-§. FIZIKA KURSINING TUZILISHI VA MAZMUNI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Fizika kursining strukturasi.
  • Sinf № Bobning mazmuni Ajratilgan vaqt IV SI NF
  • Jami: 68 VII S INF
  • Jami: 68 V I I I S I N F
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Kurs № Bobning mazmuni Ajratilgan vaqt
  • Jami: 84 IK K INCH I
  • Jami: 76 Hammasi: 160 Fizika kursining qurilishi.
  • Jami: 68 IX SI NF
  • IKKINCHI QISM 2.1-§. MEXANIKA BO‘LIMINING O‘QITISH USULLARI
  • D. V. Sivuxin Umumiy fizika kursi. Mexanika I.K.Kikoin. 9-sinf fizika darsligi
  • Mexanikaning asosiy masalalarini yechishning fizikaviy va uslubiy g‘oyalari.

1.4.-§. FIZIKA KURSINING TUZILISHI VA MAZMUNI
Majburiy va majburiy ixtiyoriy ta’lim tizimida fizika o‘qitishning ahamiyati shundan iboratki, bunda fizika-
jonsiz tabiat qonunlarini o‘rgatadigan asosiy-tabiiy fanlardan biridir. Olam doimiy o‘zaro ta’sirda va uzluksiz
harakatda bo‘lgan moddiy jismlar majmuasidan iborat. Tabiatda sodir bo‘luvchi barcha hodisalar muayyan qonunlar

bo‘yicha yuz beradi. Turli hodisalar orasidan qonuniy bog’lanishni ochish va o‘rganish har qanday fan tarmog’ining
bosh maqsadi hisoblanadi. Jismlarning harakati va o‘zaro ta’sir, issiqlik, elektromagnit hodisalar qonunlarining
tahlili fizikaga taalluqlidir.
Fizikada o‘rganiladigan hodisalar doirasini yoki bu fanning shartli chegarasini aniqlash juda qiyin. Faqat bir
narsani aytish mumkin: yangi kashfiyotlar, texnikaviy tadqiqotlarning yangi-yangi sohalari bu chegarani yildan-
yilga kengaytirmoqda. Keyingi vaqtda fizikaning plazma fizikasi, elementar zarralar fizikasi, yarim o‘tkazgichlar
fizikasi, biofizika, qattiq jismlar fizikasi, gaz va suyuqliklar dinamikasi kabi yangi bo‘limlari yaratilmoqda. Bular
maktab va o‘rta maxsus ta’limida fizikaning boshlang’ich tushunchalar kursida o‘zining aksini topgan. Maktab
fizika kursining asosiy maqsadi, oddiy fizika bilimlari bilan bir qatorda hozirgi zamon fizikasi bilimlarini
o‘quvchilar ongiga singdirishdir. Fizikaga oid asosiy qonunlar va hodisalarni o‘rganmay turib, jamiyat
rivojlanishini, taraqqiyotini tushunib yetish mumkin emas. Chunki tabiat hodisalari asosini fizik qonunlar egallaydi.
Ularni maktabda o‘rganish hamma pedagogik talablar asosida olib boriladi.
Maktab fizika kursining reformasi, undagi asosiy g‘oyalar.-1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to‘g‘risidagi qarorida e’lon
qilindi va O’zbekistonda ta’lim maz-munini, tarkibini isloh qilish bosh masala qilib belgilandi. Natijada, barcha
fanlar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
Fizika o’qitishning yangi standarti va dasturi ham 1999-2000-o‘quv yilidan boshlab ishlay boshladi.
Fizikaning yangi dasturi eski-laridagi mazmuni bilangina farq qilmaydi (bu jihatdan olganda u oldingilardan kam
farq qiladi). Uning asosiy farqi tuzilishda, o‘quv materialining joylashtirilishida, materialning ilmiy va o‘quv aha-
miyatini qayta baholashda, butun o‘quv materialining asosiy va ikkinchi darajasi materialga juda aniq ajratilishida
hamda ikkinchi darajali materiallarning ancha kamaytirilishidadir. Yangi dasturda jismlarning ichki tuzilishi va
undan kelib chiqadigan xossalari o‘rganiladigan bo‘limlar ancha kuchaytirilgan. Dasturdagi yangilik shundan
iboratki, maktab fizika kursini o‘rganish 7-sinfdan emas, balki, 6-sinfdan boshlanadi. Yangi darslik ham
oldingisidan jiddiy farq qiladi. Yangi darslikda “Kirish”dan sung, “Harakat va jism-larning o‘zaro ta’siri” mavzusi
bayon etiladi. Butun o‘quv materiali darsliklarda ikkiga; asosiy va qo‘shimcha qismlarga bo‘lingan.
Fizikaning o‘quvchilar o‘zlashtirib olishi lozim bo‘lgan muhim nazariy va amaliy masalalari standart va
dasturning asosiy qismiga kiritilgan. Qo‘shimcha qismga majburiy majmuadan chetdagi ayrim nazariy masalalar,
ko‘pincha texnik qurilmalarning tavsiflari, tarixiy materiallar kiritilgan. Bob oxirida o‘z-o‘zini tekshirish uchun
savollar, yechish uchun sifatiy va miqdoriy masalalar berilgan. Mustaqil ishlar uchun topshiriqlar, laboratoriya
matnlari kabi ma’lumotlar ham kiritilgan.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim maktablari fizika kursining ilmiy saviyasi. Umumta’lim va o‘rta
maxsus maktablarda fizikaviy ta’lim shunday fizikaviy bilimlar sistemasidirki, u fundamental ilmiy tushunchalarni
shakllantirish, asosiy fizikaviy qonun va nazariyalarni o‘zlashtirish, shuningdek, fizika metodlarini (eksperemental
va nazariy) tushunishni ta’minlaydi. Bu sistemada o‘quvchilar bevosita fizika fanining mazmunidan kelib
chiqadigan politexnikaviy tayyorgarlikka ega bo‘ladilar, yana bu sistema keng ko‘lamda tabiat va texnika
hodisalarini urganish va amaliy muhim masalalarni hal qilishda o‘z bilimlarini qo‘llash sohasida ekspe-remental
malaka va ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Fizikaviy bilimlar sistemasi o‘quvchilarning dialektik dunyoqarashlarni,
tafakkurini va ijodkorligini rivojlanishini nazarda tutadi. O‘qitish jarayonida vatan-parvarlik tarbiyasini amalga
oshiradi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining dasturida klassik fizika tushunchalarining ilmiyligi oshirilgan.
Masalan: “Mexanika” bo‘limini o‘qitishda qator fizikaviy kattaliklarning quyi-dagi shartlar yangi darsliklarda
hisobga olingan (tezlik, tezlanish, kuch, impuls) vektor harakat haqidagi tushunchalarga kengroq e’tibor berish;
molekulyar fizikada o‘quvchilarda statistik tasav-vurlarni shakllantirish; elektrodinamikada Lorents kuchi tushun-
chasi va induktsiyalangan elektr maydoni haqidagi tasavvurdan foydalanish, ferromagnit jismlarning doimiyligi
strukturasi va ularning magnitlanish jarayonini “Tebranish va to‘lqinlar” bo‘limi-da rezonans kabi masalalarni
to‘liqroq tushuntirish va hokazolarga alohida e’tibor berilgan.
Klassik fizika masalalarini umumiy qabul qilingan fizik qarashlarga muvofiq bayon etish, o‘rta ta’lim fizika
kursi ilmiy saviyasini oshirishning asosiy yo‘llaridan biri hisoblanadi. Shuning-dek, klassik fizika qonun va
nazariyalari, tushunchalarining (massaning doimiyligi, klassik mexanikada tezliklarni qo‘shish qonuni va shunga
o‘xshashlarning) qo‘llanish chegaralarini ko‘rsatish, ularning yangi fizika bilan bog‘lanishini ochish, klassik fizika
tushunchasi, qonunlari va hozirgi zamon fani yechib bergan yangi faktlar orasidagi qarama-qarshiliklarni ko‘rsatish
ham ko‘zda tutiladi. Shunday yo‘l bilan mexanika-nisbiylik nazariyaisga, optika-yorug‘likning foton nazariyaisga,
atom tuzilishi-atom energetik sathlarining diskret qiymatlarga ega ekanligi kabi ma’lumotlarga tutashgan holda
o‘rganiladi.
Fizikaning asosiy masalalaridan biri materiyaning tuzilishi haqidagi ta’limotdir. Fizika-materiyaning
xossalarini uning ikki modda va maydon ko‘rinishida o‘rganadi. Modda va maydon korpuskulyar-to’lqin xossalarga
egadir. Shuning uchun o‘quvchilar to‘la-to‘kis ma’noda atomistikani, tebranish va to‘lqin jarayonlar haqidagi
ta’limotni mustahkam o‘zlashtirishlari kerak.
Fizika faqat zarralar (atom, molekula, elektronlar, foton va boshqalar) ning xossalarigina emas, balki
shuningdek, zarralarning qattiq, suyuqlik, gaz, nurlanish holatlarini ham o‘rganadi. Ularning tabiatini tavsiflashda
statistik tasavvurlardan foydalaniladi. Demak, modda va maydonni o‘rganish uchun maktab kursiga atomistika,
to‘lqinlar haqida ta’limot, statistik tasavvurlarni va nisbiylik nazariyasidan ba’zi bir ma’lumotlarni kiritish kerak
bo’ladi.

Keltirilgan misollar o‘quvchilar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan o‘quv materialining hajmini genlashga intilishni
ko‘rsatadi. Yuqori sinflarda bayon qilishning deduktiv metodini kuchaytirish ham ko‘zda tutiladi. Umumta’lim
maktabi va akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida fizika tabiiy-ilmiy fan sifatida o‘qitiladi. Bunga ko‘ra fizika
kursi mantiqan izchil, ilmiy, to‘g‘ri va o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan bilimlar majmuasi eksperemental asosda
tuzilgan.
Fizika kursining strukturasi. Fazo, vaqt, tezlik, massa, energiya, elstiklik, tempratura, elektr
o‘tkazuvchanlik, jismlarning rangi va texnikada eng umumiy va “universal” hisoblanadi. Ularni o‘zlashtirish
murakkab jarayondir. Shuning uchun bu va boshqa fizikaviy tushunchalarni o‘zlashtirishni ilmiy rivojlantirish
uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Shu sababli fizika kursini ikki bosqichli qilib o‘qitish ko’zda tutilgan.
O‘rta umumiy ta’lim maktabida o‘zlashtirish uchun sodda bo‘lgan o‘quv materiali: tekis harakat mexanikasi,
gidro va aerostatistika, issiqlik va elektr hodisalari kiritilgan. Kursning bu bosqichida shakllanish va rivojlanish
uchun uzoq vaqt talab qiladigan-tezlik, massa, kuch, og‘irlik, energiya, ish, temperatura singari tushunchalar
o‘rganila boshlanadi. Shuningdek, fizika kursining asosiy qismiga bosimning, jism massasining (moddaning zichligi
va hajmiga ko‘ra), massasining (moddaning zichligi va hajmiga ko‘ra), jism og‘irligining (massasiga ko‘ra)
gidrostatik bosim Arximed kuchi, mexanizmning F.I.K., jismni isitish uchun kerak bo‘lgan issiqlik va fazoviy
o‘tishlar, oddiy elektr zanjirining qarshiligi, ish va quvvat (mexanik va elektr kuvvati) ning elementar hisoblari
kiritiladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining fizika kursiga murakkab masalalar kiritilgan. Chunki ularni
o‘zlashtirish uchun o‘quvchilar saviyasi yuqoriroq saviyada rivojlangan va matematik tayyorgarligi yaxshi bo‘lishi
kerak. Bu yerda tezlanish, elektr may-donining kuch va energetik xarakteristikalari, magnit induktsiyasi, E.Yu.K.,
Lorents kuchi, tebranish va to‘lqinga doir bir qator boshqa fizikaviy tushunchalar kiritildi. Boshlang’ich fizika
kursida shaklla-na boshlagan massaning gravitatsiya xossalari, og‘irlik, vaznsizlik va o‘ta yuklanish; tempraturani
molekulyar-kinetik tarzda (miqdo-riy) tushuntirish, ideal gaz parametrlarining o‘zgarishida ichki energiyasining
o‘zgaruvchanligi; turli xil moddalarning o‘tkazuv-chanlik mexanizmlari va ferromagnitlarning magnitlanishi kabi
tu-shunchalar rivojlantiriladi. Jismlarning harakat trayektoriyasi, birin-chi kosmik tezlik, induktsiya, E.Yu.K
kattaligi, elektr maydoni energiyasi kabi murakkab hisoblashlar bajariladi hisoblashdir. Niho-yat, kursning ikkinchi
bosqichida: Nyuton qonunlari, gazlar mole-kulyar-kinetik nazariyasi, elektromagnit maydon, fizikaviy optika,
nisbiylik nazariyasi asoslari, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi kabi kursning yangi bo‘limlari o‘rganiladi.
Shunday qilib, fizika o‘qitish maktabda, litsey va kasb-hunar kollejlarida bilimlar-ning bog‘lanishi va rivojlanishini
ta’minlovchi yagona kursni tashkil etadi.
Umumiy o‘rta ta’limda fizika kursini va shu bilan birga, fizi-ka kursining ikkinchi bosqichini ikki yil
muddatda o‘rganish uchun ajratilgan soatlarning sonida emas, balki hajmi yetarlicha katta bo‘l-gan o‘quv materialini
o‘rganish, fizikaviy tushunchalarning rivoj-lanishini va bu tushunchalarning turli hodisalarga qo‘llashni ta’min-lash
kerak bo‘lgan miqdorning ozligi bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shunga ko‘ra, o‘rta maktabda fizika va
astronomiya ta’limining mazmunini aniqlash hay’at a’zolari VI-IX sinflar uchun 272 soat, kasb-hunar kollejlar va
akademik-litseylar uchun 200 soat (astronomiya bilan birga) vaqt ajratdi.
O‘quv materiallarning sinflar bo‘yicha joylashtirilishi taqsimoti quyidagicha qilib belgilandi (jadval).
Sinf

Bobning mazmuni
Ajratilgan
vaqt
IV
SI
NF

1.
Kirish
2
2.
Harakat va jismlarning o‘zaro ta’siri
18
3.
Jismlarning
muvozanati.
Oddiy
mexanizmlar
8
4.
Modda tuzilishi
6
5.
Issiqlik hodisalari
8
6.
Issiqlik mashinalari
6
7.
Tovush hodisalari
6
8.
Yoruglik xodisalari
10
9.
Тakrorlash
2
10.
Ekskursiya
2
Jami: _68__V_I_I_I__S_I_N_F’>Jami: _68_VII__S_INF’>Jami:
68
VII
S
INF

1.
Kinematika asoslari
16
2.
Dinamika asoslari
22
3.
Saqlanish qonunlari
10
4.
Suyuqlik va gazlar mexanikasi asoslari
8
5.
Tebranish va to‘lqinlar
8
6.
Takrorlash
2
7.
Ekskursiya
2
Jami:
68

V
I
I
I

S
I
N
F

1.
Elektr zaryadlar. Elektr maydoni
8

Akademik litsey va kasb-hunar
kollejlarida

Kurs №
Bobning mazmuni
Ajratilgan
vaqt

Kirish
2
B
IR
INCH
I

B
O
SQ
ICH

1.
Kinematika asoslari
8
2.
Dinamika asoslari
6
3.
Mexanikada saqlanish qonunlari
2
4.
Tebranishlar va to‘lqinlar
4
5.
Takrorlash
2
6.
Molekulyar-kinetik nazariya asoslari
8
7.
Suyuqlikning xossalari
6
8.
Qattiq jismlarning xossalari
4
9.
Termodinamika asoslari
4
10
Takrorlash
2
11
Elektr maydoni
8
12
O‘zgarmas tok qonunlari
8
13
Turli muhitlarda elektr toki
12
14
Magnit maydoni
6
15
Takrorlash
2
Jami:
84
IK
K
INCH
I

B
O
SQ
ICH

16
Elektrmagnit induktsiya
4
17
Elektrmagnit tebranishlar
12
18
Elektrmagnit to‘lqinlar
6
19
Optika. Yorug‘lik to‘lqinlari
16
20
Nisbiylik nazariyasi elementlari
4
21
Takrorlash
2
22
Kvant optika elementlari
10
23
Atom va atom yadrosi
8
24
Yadro energetikasi
6
25
Takrorlash
2
26
Olamning zamonaviy fizik manzarasi
2
27
Umumiy takrorlash
4
Jami:
76
Hammasi:
160

Fizika kursining qurilishi. O‘zbekiston maktablarida fizika kursi ikki bosqichda o‘rganiladi. Kursning
bunday tuzilishi o‘rta maxsus ma’lumot berishga mos keladi va fizika asoslarining o‘quv fani sifatida o‘ziga xos
xususiyatlari bilan bog‘liq. Fizik tushunchalarning shakllanishi uzundan-uzoq jarayondir. Kuch, massa, ish,
energiya, molekula, elektr zaryad, maydon to‘g‘risidagi tushunchalar; fizikaning asosiy qonunlari-energiyaning
saqlanish va bir turdan boshqa turga aylanish qonuni, dinamika qonunlari, o‘zgarmas tok qonunlari; moddalarning
elementlik,
plastiklik,
murtlik,
mustahkamlik,
qovushqoqlik
(yopishqoqlik),
siqiluv-chanlik,
issiqlik
o‘tkazuvchanlik, elektr o‘tkazuvchanlik kabi va boshqa xossalari to‘g‘risidagi tasavvurlar kursning ayni bir joyda
2.
Elektr toki. Elektr zanjiri
24
3.
Magnit maydoni
9
4.
Elektrmagnit hodisalari
10
5.
Yarim o‘tkazgichlar
7
6.
Elektrmagnit tebranishlar va to‘lqinlar.
Radioaloqaning fizik asoslari
6
7.
Takrorlash
2
8.
Ekskursiya
2
Jami:
68
IX
SI
NF

1.
Molekulyar fizika va termodinamika
asoslari
22
2.
Optika
18
3.
Atom fizikasi
10
4.
Koinot fizikasi
10
5.
Olamning fizika manzarasi
2
6.
Takrorlash
2
7.
Ekskursiya
2

Jami:
68

Hammasi
272

tarkib topishi va puxta o‘zlashtirilishi mumkin emas. Bu tushuncha, qonun va xossalar o‘quv materialining
murakkablashib borgani sari, fizik kursining har xil qismlarida bir necha marta takrorlashda, hodisa va
munosabatlarni o‘rganish natijasida, uzoq muddat ichida sekin-asta o‘zlashtiriladi. Buning hammasi fizikani takror
o‘rganishni talab qiladi. Shularni hisobga olgan holda, fizikaning o‘rganishni umumiy o‘rta ta’limda to‘g‘ri, bir
tekis, ketma-ketlikda hajmi qismlarini o‘qish mo‘ljallangan bo‘lib, (kursning tugallangan formasi), akademik-litsey
va kasb-hunar kollejlarida fizika kursining murakkab materiallarini takror o‘qitish mo‘ljallangan.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursi ancha yuqori saviyada o‘rganiladi. O‘quvchilarning
o‘rta umumta’lim maktablarida olgan bilim va malakalari yanada rivojlantiriladi, kengaytiriladi va
chuqurlashtiriladi.
IKKINCHI QISM
2.1-§. MEXANIKA BO‘LIMINING O‘QITISH USULLARI
Mexanika fizikaning shunday bo‘limiki, u o‘zining qat’iy va mantiqiy tuzilishi bilan o‘quvchilar
tafakkurining rivojlanishiga katta yordam beradi. Fizika kursining boshqa bo‘limlarini muvaffaqiyatli o‘rganish
mexanikani qanday o‘zlashtirilganligiga bog‘liq. Chunki ularda mexanika tushunchalari (tezlik, tezlanish, massa,
kuch, ish, energiya va boshqalar) dan keng foydalaniladi. Ta’lim tizimida fizika kursining mazmuni va uni
o‘rganishni mexanikadan boshlanishini sababi: materiyaning barcha harakat formalari qatorida mexanik harakat
ko‘rgazmaliroq bo‘lishidan va klassik fizikada fizik hodisalarni modellashtirish ko‘pincha fizik sistemalar
strukturasi va ularda sodir bo‘ladigan jarayonlarning mexanik obrazini yaratish bilan bog‘liqdir.
Mexanika ham klassik fizikaning ham zamonaviy fizikaning tarkibiy qismidir. Zamonaviy fizikaning barcha
muhim sohalari deyarli klassik mexanika qonuniyatlariga asoslangan. O‘rta umumiy ta’limda mexanika kursning
o‘rganilishi ko‘pgina umumta’lim masalalarini hal etishga imkon beradi. Fizika kursida mexanika bo‘limining
ahamiyati shundan iboratki, uni o‘qitish orqali nazariyani oldindan aytib bera olish funksiyasini, ya’ni boshlangich
shart berilganda mexanika qonuni orqali jismning ixtiyoriy momentdagi vaziyatini aniq aytib berish mumkinligini
o‘quvchi-larga ko‘rsatilishidadir.
Aytilganlarga yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, maktab mexanika kursning bir qator joylari atayin
murakkablashtirilgan. Masalan, inertsiya qonuni oliy o‘quv yurtlari uchun D. V. Sivuxin yozgan “Umumiy fizika
kursi” darsligi va maktab darsligida quyidagicha ifodalangan:
Ko‘pchilik maktab fizika darsliklarida birinchi qonun sodda, I. Nyuton tarifiga yaqin qilib ifodalanar edi.
Xususan. “Har qanday jism o‘zining dastlabki holatini unga boshqa jismlar tasir qilmaguncha va bu holatdan
chiqarmaguncha tinch yoki to‘g‘ri chiziqli va tekis harakatini nisbatan saqlaydi”.

D. V. Sivuxin
Umumiy fizika kursi.
Mexanika

I.K.Kikoin. 9-sinf fizika darsligi
“Tashqi tasirlardan holi
jism yoki tinch turadi,
yoki to‘g‘ri chiziqli va
bir tekis harakatlanadi”.
“Shunday sanoq sistemalari mavjudki,
ularga nisbatan ilgarilanma harakat qi-
layotgan jism, unga boshqa jismlar tasir
qilmasa (yoki boshqa jismlarning tasiri
kompensatsiyalansa), o‘z tezligini o‘z-
garmas holda saqlaydi”.

D.V.Sivuxinning tarifi ham, avalgi darsliklarda keltirilgan tariflar ham o‘quvchilarga tushunarlidir, chunki
dastavval ularda bolani o‘rab turgan jismning holati haqida, ular o‘zi ko‘rgan, guvoh bo‘lgan holatlar haqida
gapiriladi. I.K.Kikoinning darsligida berilgan tarifning ko‘pchilik o‘quvchilarga tushunarli bo‘lmas-ligining asosiy
sababi, ular uchun mavhum bo‘lgan inersial tizim tushunchasi ularga tanish bo‘lgan, obrazlarning inikosi bilan
bog‘lanmaydi. Boz ustiga, qobiliyatli o‘quvchilar inersial siste-malar mavjud emas, bu ideallashtirish, uning vazifasi
ularga tushunarli emasligini aytadilar. Shuni aytib o‘tamizki, D. V. Sivuxin inertsiya qonunini bayon qilish
jarayonida I. Nyutonning tarifini tahlil qilishdan boshlab, keyin yuqorida keltirilgan tarifni beradi va faqat shundan
so‘ngina inersial sanoq sistemalar haqidagi tushunchani kiritadi.
O‘rta umumiy ta’lim dasturiga asosan klassik mexanika masalalari kiradi. Uni o‘rganishga hozirgi zamon
nuqtai nazaridan yondoshish bu bo‘limga ba’zi yangi masalalar, masalan, kosmik parvozlar mexanikasini
kiritishdan iborat bo‘lib qolmay, balki uning asosiy tushuncha va qonuniyatlarini zamonaviy tahlil qilish, ularni
qo‘llanilish chegarasini aniqlashdan iborat. Mexanika bo‘limining yangi o‘quv dasturi avvalgilaridan anchagina farq
qiladi. Unda to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarning kinematikasi ham, dinamikasi ham birga o‘rganilishi
kuzda tutilgan.
O‘quv materialni bunday sistemalashtirishda faqat vaqtni tejash kuzda to‘tilgan bo‘lmay, uning ma’lum
metodik ustunliklari mavjud. Mexanikada eng oddiy va mexanikaning asosini tashkil etadigan fizik tushunchalar:
tezlik, tezlanish, massa, ko‘chish, energiya kabi tushunchalar shakllanadi. Mexanika bo‘limini o‘rganishda kam
sonli fizika qonunlari yordamida birgina usul qo‘llanilib, jismlarning harakati va muvozanatiga doir ko‘pgina
masalalarni hal etish imkoniyati mavjud ekanligi ko‘rsatiladi. Bunda o‘quvchilar analiz va sintez, induktsiya va
diduktsiya kabi umumiy ilmiy metodlarni o‘zlashtiradilar.

Mexanikaning asosiy masalalarini yechishning fizikaviy va uslubiy g‘oyalari. Fizikadan o‘rta maktabda
o‘qitish uchun ajratilgan o‘quv materiali umumiy, ilmiy va metodik g‘oyalar bilan birlashtirilgan. Butun fizika
kursida jumladan mexanika bo‘limida fizikadan olinayotgan bilimning rivojlantira olish mantiqiga alohida
ahamiyat beriladi.
VII sinf fizika darsligida keltirilgan mexanikani o‘rga-nishdagi asosiy metodik g‘oyalardan biri-har bir
yangi kiritila-yotgan tushunchani shu fan hal qilishi kerak degan g‘oyani, ya’ni mexanikaning asosiy masalasini
yechishda zarurligi asoslab berilgan. Butun mexanika bo‘limining mazmuni uning asosiy masalasini yechish
asosida birlashtirilishi fizika kursining asosiy metodik g‘oyasini amalga oshirishga-o‘quv materialini shu fanning
printsiplari, nazariyasi, asosiy ilg‘or fikrlari atrofida mujassam-lashtirildi. Mexanikada kuchlarning uch turi
tortishish, elastiklik va ishqalanish kuchi bir yerda o‘rganiladi. Muvozanat sharti, dinamika qonunidan kelib
chiqadigan natija va uning xususiy holi singarilar qaraladi.
Hamma vaqt eksperimentni o‘tkazish mantiqini, natijani va undan chiqadigan xulosalarni tushuntirib berish
tavsiya qilinadi. O‘quvchilarda eksperiment asosida izlanayotgan yechim, fizik eksperiment-tabiatni o‘rganish
metodi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Mexanikadan o‘quv tajribasini ko‘rsatish uchun imkoniyat-lar katta.
Odatdagi asboblardan tashqari mexanik hodisa-larni o‘rganish uchun zamonaviy asboblardan harakatni stro-
boskopik yozish, mexanik kattaliklar (tezlik, tezlanish, kuch )ni o‘lchashni elektr usuli, mexanik hodisalar va
jarayonlar grafigini avtomatik ravishda yozishda foydalanish maqsadga muvofiq. Barcha texnik vositalar
mexanikani eksperimental asosda o‘rganishni ta’minlaydi.

Niftali qocayev umumi fizika kursu 4 cild

Powered by Phoca Download

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.

  • Bosh sahifa
  • Portal haqida
    • Portal tarixi
    • Sayt xaritasi
    • Muallif haqida
    • Tafakkur gulshani
    • Mumtoz faylasuflar hikmati
    • Ibratli hikoyatlar
    • Jahon xalqlari maqollari
    • Jadid matbuoti
    • Sovet davri matbuoti
    • Qayta qurish davri matbuoti
    • Mustaqillik matbuoti
    • Hozirgi davr matbuoti
    • Tarix
      • O‘zbekiston hukmdorlari
      • Temuriy malikalar
      • Yurt bo‘ynidagi qilich.
      • Qomusiy olimlar, sarkardalar
      • Reytinglar
      • O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
        • O‘zbek xalq maqollari
        • O‘zbek xalq ertaklari
        • O‘zbek xalq topishmoqlari
        • O‘zbek mumtoz adabiyoti
        • Zamonaviy o‘zbek she’riyati
        • Muxlislar ijodidan
        • Barcha kitoblar
        • Ziyouz jurnalxonasi
        • Ziyouz audiokutubxonasi
        • Mobil kutubxona
        • Maktab darsliklari
        • Oliy va OMTM darsliklari
        • Durdona to‘plamlar
        • Android uchun kitoblar
        • Videogalereya
        • Узбекская библиотека
        • Islomiy sahifamiz
        • Forum
        • Kross-shou
        • Foydali sahifalar
        • Saytdan qidirsh
        • Ziyouz viktorinasi arxivi

        Fizika, 7 synp, Habibullaýew P.K., Baýdedaýew A., Bahromow A.D., 2017

        Fizika, 7 synp, Habibullaýew P.K., Baýdedaýew A., Bahromow A.D., 2017.

        Учебник по физике для 7 класса на туркменском языке.

        Biz 6-njy synpda fiziki ululyklar, maddanyň gurluşy, mehaniki, ýylylyk, ýagtylyk, ses hadysalary barada ilkinji maglumatlary aldyk. Şeýdip fizika ylmy barada ilkinji düşünjä eýe bolduk. Indi fizikanyň her bir bölümini jikme-jigräk öwrenmäge başlarys. Şol sanda, 7-nji synpda «Mehanika» bölümini öwrenýäris.

        Jisimleriň Hereketi.
        Daş-töweregimizde welosipediň, awtomobilleriň we adamlaryň ýöreşine; asmanda guş, wertolýot, samolýot we raketalaryň uçuşyna (2-nji surat); suwda balyk, akula we delfinleriň ýüzüşine; Ýeriň Günüň daşynda, Aýyň bolsa Ýeriň daşynda aýlanyşyna syn etmek mümkin. Jisimiň hereketi mälim kadakanunlara boýun egýär. Meselem, alymlar gözegçilik netijeleri esasynda asman jisimleriniň haýsy wagtda giňişligiň haýsy ýerinde bolýandygyny anyklap bilýärler. Şol sanda, olar Aýyň we Günüň haçan tutuljakdygyny öňünden aýdyp berýärler.

        Islendik jisimiň mehaniki hereketi başga jisime görä bolýar. Meselem, awtomobil köçäniň boýundaky daragt ýa-da binalara görä, derýa suwy kenaryna görä, samolýot Ýerdäki bina, asmandaky bulutlara görä hereket edýär. Jisimiň hereketi gözegçiniň ýagdaýyna garap dürlüçe bolýar.

        MAZMUNY.
        Giriş.
        KINEMATIKANYŇ ESASLARY.
        I bap. Mehaniki hereket barada umumy maglumatlar.
        1-§. Jisimleriň hereketi.
        2-§. Giňişlik we wagt.
        3-§. Kinematikanyň esasy düşünjeleri.
        4-§. Skalýar we wektor ululyklar hem-de olaryň üstünde amallar.
        II bap. Gönüçyzykly hereket.
        5-§. Gönüçyzykly deňölçegli hereket barada düşünje.
        6-§. Gönüçyzykly deňölçegli hereket tizligi.
        7-§. Gönüçyzykly deňölçegli hereketiň grafigi.
        8-§. Deňölçegsiz hereketde tizlik.
        9-§. Deňüýtgeýän hereketde tizlenme.
        10-§. Deňüýtgeýän hereket tizligi.
        11-§. Deňüýtgeýän hereketde geçilen ýol.
        12-§. Deňtizlenýän hereketlenýän jisimiň tizlenmesini kesgitlemek (1-nji laboratoriýa işi).
        13-§. Jisimleriň erkin gaçmagy.
        14-§. Ýokary dik zyňlan jisimiň hereketi.
        III bap. Töwerek boýunça deňölçegli hereket.
        15-§. Jisimiň töwerek boýunça deňölçegli hereketi.
        16-§. Aýlanma hereketi häsiýetlendirýän ululyklaryň arasyndaky gatnaşyklar.
        17-§. Merkeze ymtylýan tizlenme.
        DINAMIKANYŇ ESASLARY.
        IV bap. Hereket kanunlary.
        18-§. Jisimleriň özara täsiri. Güýç.
        19-§. Nýutonyň birinji kanuny — inersiýa kanuny.
        20-§. Jisimiň massasy.
        21-§. Nýutonyň ikinji kanuny.
        22-§. Nýutonyň üçünji kanuny.
        23-§. Hereket kanunlarynyň aýlanma herekete ulanylyşy.
        24-§. Maýyşgaklyk güýji.
        25-§. Puržiniň gatylygyny kesgitlemek (2-nji laboratoriýa işi).
        V bap. Daşky güýçleriň täsirinde jisimleriň hereketi.
        26-§. Bütindünýä dartylma kanuny.
        27-§. Agyrlyk güýji.
        28-§. Jisimiň agyrlygy.
        29-§. Ýükleme we agramsyzlyk.
        30-§. Ýeriň dartyş güýjüniň täsirinde jisimleriň hereketi.
        31-§. Ýeriň emeli hemralary.
        32-§. Sürtülme güýji. Dynçlykdaky sürtülme.
        33-§. Typma sürtülme. Togalanma sürtülme.
        34-§. Typma sürtülme koeffisiýentini kesgitlemek (3-nji laboratoriýa işi).
        35-§. Tebigatda we tehnikada sürtülme.
        SAKLANMA KANUNLARY.
        VI bap. Impulsyň saklanma kanuny.
        36-§. Impuls.
        37-§. Impulsyň saklanma kanuny.
        38-§. Reaktiw hereket.
        VII bap. Iş we energiýa. Energiýanyň saklanma kanuny.
        39-§. Mehaniki iş.
        40-§. Jisimi göterende we şol aralyga gorizontal orun üýtgetmede edilen işi hasaplamak (4-nji laboratoriýa işi).
        41-§. Potensial energiýa.
        42-§. Kinetik energiýa.
        43-§. Mehaniki energiýanyň saklanma kanuny.
        44-§. Jisimiň kinetik energiýasynyň onuň tizligine we massasyna baglylygyny kesgitlemek (5-nji laboratoriýa işi).
        45-§. Kuwwat.
        46-§. Tebigatda energiýanyň saklanmagy. Peýdaly täsir koeffisiýenti.
        Goşmaça. Laboratoriýa işlerinde ölçeg ýalňyşlyklaryny hasaplamak.
        Gönükmeleriň jogaplary.
        Goşmaça gönükmeleriň jogaplary.

        Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
        Скачать книгу Fizika, 7 synp, Habibullaýew P.K., Baýdedaýew A., Bahromow A.D., 2017 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

        Скачать pdf
        Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.