O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qis-qaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir.
Orfoepiya -info-
1. find something interesting >>> 2. press / click on some picture >>> 3. play jigsaw puzzle game 🙂 . 1. find something interesting >>> 2. press / click on some picture >>> 3. play jigsaw puzzle game 🙂 .
. Orfoepiya —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ul.
Orfoepiya (orto. yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillash-tiradi. “O.” tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — fa-sat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. O. koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shunda-ki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga fakat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.
Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik meʼyor bilan kridalashtirilgan meʼyor oʻzaro farqlanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon boʻla-digan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bogʻliq; bunda meʼyor — muay-yan tilning aniq bir soʻzlovchilar ja-moasida tegishli davr orasida mavjud boʻlishi bilan bogʻliq bir qancha ijtimo-iy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud boʻlgan meʼyorning turli lugʻatlar, maʼ-lumotnomalar va qoʻllanmalarda qoida va koʻrsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qoʻllash uchun toʻfi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan meʼyor koʻpincha amalda mavjud boʻlgan meʼyordan orqada qoladi.
O. milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, ogʻzaki nuqtning taʼsir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo boʻladi. Orfoepik meʼyorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Masalan, hozirgi oʻzbek adabiy talaffuzi meʼyorlarining dastlabki ildizlari oʻtgan asrning 20—30-yillarida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqi-qotlar oʻtkazilib, orfoepik lugʻatlar nashr etilgan boʻlsada, oʻzbek talaffuz meʼyorlari toʻliq shakllangan deb boʻlmaydi.
Orfoepik meʼyor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi boʻlgan hollarda yuzaga keladi. Meʼyorda ayni paytda til tizimida mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi koʻzda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo boʻlishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar taʼsirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida meʼyor oʻzgarishi mumkin. Meʼyorning oʻzgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor meʼyorlarning ayni bir paytda mavjud boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt oʻtishi bilan vari-antlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qoʻllanib, isteʼmoldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til ta-raqqiyotidagi obyektiv qonunlarga mu-vofiq kelishi, keng tarqalganligi, moʻʼtabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar taʼsir koʻrsatadi. O. rivojida namunali adabiy talaffuzni targʻib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televideniye katta rol oʻynagan. Sahna nutqi koʻpchilik tillarda orfoepik meʼyorlarning asosi hisoblanadi.
Nutqning harakteriga koʻra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: toʻliq talaffuz; qisqargan talaffuz; maʼruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi toʻliq talaffuzni aks ettira-di, chunki bunda har bir soʻz, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, donadona talaffuz qilinadi.
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qis-qaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir.
Oʻzbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, soʻz birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra umumiy orfoepik meʼyorlar belgilanadi. Orfoepik meʼyorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi.
O. orfografiya bilan zich bogʻlangan. Biroq soʻzning yoki soʻz shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng boʻlavermaydi. Jumladan, yozuvda bor baʼzi tovushlar talaffuzda sezilmaydi: biroq, bilan, tuhmachchi, adabiyochchi kabi; yozuvda berilgan tovushlar talaffuzda tushib qoladi: badbax, ayol-man, abstrak, Samarqan kabi; yozuvda ifodalangan tovush talaffuzda bosh-qasi bilan almashtiriladi: obod-obot, kitob-kitop, peshvoz-peshvos kabi. Talaffuzdagi ana shu murakkab to-monlarni hisobga olgan holda yago-na orfoepik qoidalar yaratish lozim boʻladi.
Ubaydullo Neʼmatov,Mahammadiyev Erkin . [1]
Manbalar
- ↑OʻzME(b) . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari.
O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari.
O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari. Orfografiya (grek. Orthos- «to`g`ri» + grapho- «yozaman») yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo`lib, u to`g`ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi. Orfografiya grafikadan quyidagi belgilari bilan farqlanadi: grafika qoidalari grafemalarning mazmun planini kodlashtirishga, orfografiya qoidalari esa ma’lum prinsiplar asosida orfogrammalarni tanlashga asoslanadi.
Chunonchi, odam so`zida «d» ning yozilishi «d» grafemasining grafikada kodlashtirilgan fonemasiga mos, shu sababli bu so`zning yozilishi grafik prinsipga tayanadi. Savod so`zida esa boshqacharoq holatga duch kelinadi: so`z oxiridagi «d» jarangsiz «t»ga o`tadi (savot tarzida talaffuz qilinadi), demak, uni ikki xil yozish mumkin: savod (fonematik prinsip asosida) – savot (fonetik prinsip asosida). Bu ikki holatdan birini imlo uchun me’yor (orfogramma) qilib tanlash orfografiya zimmasiga tushadi.
Hozirgi o`zbek orfografiyasida savod deb yozish qoidalashtirilgan. Bundan tashqari, orfografiyada qo`shma so`z komponentlarining qo`shilib yoki ajratib yozilishini, so`z qismlarining satrdan satrga ko`chirilishini, bosh va kichik harflarning qo`llanishini belgilab beradigan qoidalar ham borki, ular yozuvning grafikaga aloqador bo`lmagan jihatlarini tartibga solish va boshqarish imkonini beradi.
Orfografiya prinsiplari – orfografiya qoidalarining tuzilishiga asos bo`lgan tamoyillar. Ularning quyidagi turlari bor:
1.Fonetik prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so`z yoki so`z shakllarining talaffuzi va yozilishini (imlosini) bir-biriga yaqinlashtiradi. Masalan, tojik tilidagi tanur so`zining o`zbek tilida tandir deb, ruscha щетка so`zining esa cho`tka deb yozilishi shu so`zlarning o`zbek tilidagi talaffuz me’yorlariga (fonetik prinsipga) asoslanadi. Shuningdek, tog`+ga, bog`+ga, ek+gan, ek+guncha kabi so`z shakllari ham amaldagi
(kirillcha) o`zbek yozuvi imlo qoidalariga ko`ra toqqa, boqqa, ekkan, ekkuncha deb (talaffuziga mos tarzda) yoziladi.
Quyidagi holatlarda ham fonetik prinsipga amal qilinadi:
- ayrim otlarga egalik affiksi qo`shilganda: burun>burni, ko`ngil>ko`nglim,
og`iz>og`zing, o`g`il>o`g`lim kabi;
- ayrim sifatlardan fe’l yasalganda: ulug`>ulg`aymoq, sariq>sarg`aymoq kabi;
- v) qotmoq, achimoq, isimoq fe’llaridan sifat yasalganda: qot(moq)>qattiq,
achi(moq)>achchiq, isi(moq)>issiq kabi;
- g) son, ot, yosh, ong so`zlaridan fe’l yasalganda: son>sana, ot>atamoq,
yosh>yashamoq, ong>anglamoq kabi;
- ikki, yetti sonlariga «-ov» affiksi qo`shilganda: ikki>ikkov, yetti>yettov kabi;
- «-a» yoki «-ya» bilan tugagan fe’llarga «-v» yoki «-q» qo`shilib ot yasalganda: tanla>tanlov, sana>sanov, so`ra>so`roq, bo`ya>bo`yoq, sayla>saylov
Orfografiyaning fonetik pirinsipi yozuv bilan talaffuzni bir-biriga yaqinlashtiradi va imlo qoidalarining o`zlashtirilishini ham osonlashtiradi.
- Fonematik prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko`ra harflar (yoki grafemalar) so`z tarkibidagi fonemalarga moslab tanlanadi. Chunonchi, kitob, omad so`zlarining oxiridagi «b» va «d» fonemalari jarangsiz «p» (kitop) va jarangsiz «t» (omat) tarzida talaffuz qilinsa-da, fonemaning asosiy ottenkasiga mos ravishda «b» (kitob) va «d» (omad) harflari bilan yoziladi.
- Morfologik pinsip. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so`zning ma’noli qismlarini (o`zak va affiksal morfemalarni) ular qanday talaffuz qilinishidan qat’iy nazar, asliga mos ravishda yozishni talab qiladi. Chunonchi, «g» bilan boshlangan «-ga», «-gan», «gani», «-guncha» qo`shimchalari «sh»,»t»,»p», «s» kabi jarangsiz undoshlar bilan tugagan o`zaklarga qo`shilganda «-ka», «-kan», «kani», «-kuncha» shakllarida talaffuz qilinsa-da, morfemalarning asl shakllariga mos ravishda «-ga», «-gan», «-gani», «-guncha» yoziladi. Qiyos qiling: ishga (yozuvda) – ishka (talaffuzda), ketgan (yozuvda) – ketkan (talaffuzda), ketguncha (yozuvda) – ketkuncha (talaffuzda), topgan (yozuvda) – topkan (talaffuzda), misga (yozuvda) – miska (talaffuzda)
Eslatma: «q»,»k»,»g»,»g`» bilan tugagan so`zlarga «g» bilan boshlangan affikslarning qo`shilishida bu qoidaga amal qilinmaydi: ular kirillcha o`zbek yozuvida talaffuziga ko`ra (fonetik prinsip asosida) yoziladi. Qiyos qiling: oq+gan(asl shakli)-oqqan (talaffuzda)– oqqan (ad.-orf.yozuvda), ek+gan (asl shakli)–ekkan (talaffuzda)–ekkan (ad.-orf.yozuvda), tug`+gan (asl shakli)–tuqqan(talaffuzda)–tuqqan (ad.-orf.yozuvda), sog`+gan (asl shakli)– soqqan (talaffuzda)–soqqan(ad.-orf.yozuvda) kabi.
4.Grafik prinsip. Bu prinsip, aslida, orfografiya qoidalarini emas, grafika qoidalarini belgilaydi–grafemalarning grafikada kodlashtirilgan fonemalarini ifodalashga asoslanadi. Chunonchi, sirg`aluvchi «j» bilan qorishiq «j» ning yozuvda bitta J grafemasi orqali ifodalanishi, «n» fonemasining esa ng digrafi bilan ifodalanishi grafikada kodlashtirilgan. Yozuvda bu me’yorga amal qilinadi, xolos: jemper (sirg`aluvchi «j»), jang (qorishiq «j» va sayoz til orqa «n») kabi.
- Tarixiy-an’anaviy prinsip. Bu prinsipga asoslangan imlo qoidalari so`zlarning yoki so`z shakllarining qadimdan odat bo`lib qolgan formada yozilishini hozirgi imlo uchun me’yor tarzida belgilaydi. Chunonchi, hurriyat so`zi tarkibida ikkita «r»ning mavjudligi hozirgi o`zbek tili uchun me’yor sanaladi, ammo shu so`z ishtirokida yasalgan jumhuriyat so`zida esa bir «r» yoziladi, chunki bu so`zni bir «r» bilan yozish qadimdan odat bo`lib qolgan.
Tarixiy-an’anaviy prinsip so`zning yoki so`z shakllarining haqiqiy tarkibi (fonema yoki morfemalari) yetarli aniqlanmagan holatlarga nisbatan ham qo`llanadi. Masalan, taqozo so`zining oxirgi bo`g`inidagi unli ba’zan «o», ba’zan «a» holida (taqozo-taqoza kabi) talaffuz qilinadi, shulardan qaysi biri to`g`ri ekanligi hozircha aniq emas. Biroq shu narsa ma’lumki, yozuvda taqozo shakli aktivroq qo`llanib kelgan, bu omil hozirgi o`zbek yozuvi imlosiga ham asos bo`lgan. Hozirgi o`zbek imlosida «ulush, buyuk buyum, yulduz kabi hamda yutuq, uchqun, turg`un, butun, yumuq, tuzum, uyum, turmush, tugun, turkum, gumbur-gumbur, g`ovur-g`uvur kabi birinchi bo`g`inida u(yu) kelgan so`zlarning ikkinchi bo`g`inida, aytilishiga muvofiq, u(yu) yoziladi», – degan qoida bor. (Q. «o`zbek orfografiyasining asosiy qoidalari», 2-paragrafning 3-bandi.) Shu qoidaga amal qilinsa, quyidagi so`zlarning ikkinchi bo`g`inida «u» yozilishi kerak: muqum, murud, munus, muhut kabi. Ammo bu so`zlar barcha imlo lug`atlarida muqim, murid, munis tarzida (ikkinchi bo`g`inida «i» bilan) berilgan, demak, ularning imlosiga ham tarixiy-an’anaviy prinsip asos qilib olingan.
Tarixiy-an’anaviy prinsipga amal qilish holatlari hozirgi paytda yaratilayotgan ayrim badiiy asarlar tilida ham uchrab turadi: klassik adabiyot tiliga taqlid tarzida so`zlarning eski o`zbek tiliga xos shakllari ishlatiladi. Masalan:
Gul fasli sanam Gullar ichida
Sayr ila gulshanda bo`libdur. Shohi o`zim der edi lola,
G`uncha ko`z ochib Mag`rurligidan
Gul yuzida xanda bo`libdur. Ul o`zi sharmanda bo`libdur (E.V.)
(Eski o`zbek tiliga xos birliklar – ila, ul, «-dur».)
6.Differensiatsiya prinsipi (simvolik prinsip). Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalariga ko`ra, shakli bir xil bo`lgan so`zlar (omonimlar) yozuvda signalizatorlar (ishora belgilari) vositasida farqlanadi: atlas (mato) – atlas (geografik atlas), Yangi (sifat) – Yangi (ravish), tana (gavda) – ta’na (minnat)kabi. Keltirilgan so`zlarda urg`u va tutuq belgilari orfografiyaning differensiatsiya prinsipi talabiga ko`ra qo`llangan.
7.Shakliy-an’anaviy yozuv. Bu prinsip so`z boshida yoki oxirida ikki undosh qatorlashib kelgan leksik birliklarning imlosini qoidalashtirishga asos bo`ladi. Ma’lumki, o`tmishda turkiy tillarda so`z boshida ikki undosh qatorlashib kelmagan. Shuning uchun boshqa tillardan o`zlashtirilgan ayrim so`zlarning boshida ikki undoshning yonma-yon qo`llanishi uchrasa, ulardan oldin yoki shu ikki undosh orasida bir unlini orttirish odati bo`lgan. Bu odat hozirgi jonli so`zlashuvda ham uchrab turadi: shkaf>ishkop, staj>istaj, drap>dirap, plan>pilon kabi. Ba’zan so`z oxirida ham ikki undosh orasida bir unli orttiriladi yoki undoshlardan biri (so`nggisi) tushirib qoldiriladi: sabr>sabir, nasr>nasir, nashr>nashir, go`sht>go`sh, g`isht>g`ish kabi. Shakliy-an’anaviy yozuv prinsipiga ko`ra bunday paytlarda so`zlar talaffuzi asosida emas, o`zlarining asl shaklini saqlagan holda yoziladi: shkaf, staj, drap, plan, sabr, nasr, nashr, g`isht, go`sht kabi.
8.Semantik-uslubiy prinsip: a) semantik prinsip turdosh va atoqli otlarning imlosini qoidalashtiradi: turdosh otlar kichik harf bilan, atoqli otlar bosh harf bilan boshlanadi. Masalan, lola, po`lat (turdosh otlar) – Lola, Po`lat (atoqli otlar) kabi; b) uslubiy prinsipasosida tuzilgan qoidalar alohida hurmat-ehtirom kabi uslubiy semalarni ifodalash maqsadida Vatan, Ona, Siz, o`zingiz kabi so`zlarning ayrim kontekstda bosh harf bilan boshlanishini belgilab beradi.
Amaldagi (kirillcha) o`zbek yozuvi imlo qoidalarining shakllantirilishida fonetik, fonematik va morfologik prinsiplarga ko`proq amal qilingan.
O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.