Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib qayta saylandi
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 1990-yilda Respublika Oliy Soveti deputati etib saylanib, Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Oğuzname Kazan Nüshası
Oğuzname, insanoğlunun yaratıldığı günden itibaren bütün Türklerin uzak tarihini, atalarını, nesillerini, toplum yapısını, özellikle devlet yapısını, dilini, hukukunu, geleneklerini ve yaşayış tarzını daha çok rivayetlere dayanarak anlatan eserdir. Dolayısıyla Oğuzname, özellikle, Oğuz Türklerinin kimlik belgesidir.
Bu çalışma; Kazan Fenler Akademisine bağlı G. İbrahimov adına Dil, Edebiyat ve Sanat Enstitüsünün Elyazmalar ve Tekstoloji Mirashanesinde yer alan Oğuzname’ye dayanmaktadır. Kazan’da bulunmasından dolayı esere, Kazan Oğuznamesi adı verilmiştir. Eseri önemli kılan unsurlardan birisi, belki de en önemlisi içerisinde bulunan Oğuz boyları damgalarıdır. Bu eser, *Giriş*, *Dil İncelemesi*, *Metin*, *Dizin* ve *Tıpkıbasım* bölümlerinden oluşmaktadır. Giriş bölümünde, genel olarak Oğuznameler hakkında bilgi verilmiş, daha sonra da üzerinde araştırmalar ve incelemeler yaptığımız Kazan Oğuznamesi tanıtılmıştır. Dil İncelemesi bölümünde, metinde geçen bütün kelime ve ekler teker teker incelenmiş, özellik gösteren bütün kelimeler üzerinde durulmuştur. Metin bölümünde, Oğuzname’nin yeni yazıya aktarılmış biçimi bulunmaktadır. Dizin bölümünde, eserde bulunan bütün kelime ve eklerin yer aldığı bir dizin yapılmıştır.
Tıpkıbasım bölümünde ise eserin fotoğrafı verilmiştir.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib qayta saylandi
25-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston prezidenti saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda prezident saylovi 2021-yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bo‘ylab ochilgan 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari tong soat 8:00 dan kech soat 20:00 ga qadar saylovchilarni qabul qildi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev bergan ma’lumotga ko‘ra, saylovda jami ro‘yxatga olingan 20 158 907 nafar saylovchining 16 212 343 nafari, ya’ni saylovchilarning 80,4 foizi ovoz berdi. Saylov kodeksining 96-moddasiga muvofiq, agar saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 33 foizi ovoz berishda ishtirok etgan bo‘lsa saylov o‘tgan hisoblanadi.
- Bahrom Abduhalimov (“Adolat”) — 3,4 foiz;
- Narzullo Oblomurodov (Ekologik partiya) — 4,1 foiz;
- Alisher Qodirov (Milliy tiklanish) — 5,5 foiz;
- Maqsuda Vorisova (XDP) — 6,6 foiz;
- Shavkat Mirziyoyev (O‘zLiDeP) — 80,1 foiz ovoz to‘plagan;
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Ixtisosligi — muhandis-mexanik. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kichik ilmiy xodimlikdan boshlab, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 1990-yilda Respublika Oliy Soveti deputati etib saylanib, Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat yuritgan.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi, 1996—2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001—2003-yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida xizmat qilgan. Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995—2003-yillarda Oliy Majlis deputati sifatida qonunchilik jarayonida ham ishtirok etgan.
Shavkat Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston bosh vaziri etib tasdiqlanib, 2016-yilga qadar faoliyat yuritgan. 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston prezidenti etib saylangan. “Mehnat shuhrati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.
Oilali — ikki qizi, bir o‘g‘li, olti nafar nevarasi bor. Rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva “Zamin” fondi vasiylik kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qilgunga qadar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni telefon orqali prezidentlik saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklab, tabrik maktubi ham yo‘lladi. Rossiya prezidentidan so‘ng Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ham Shavkat Mirziyoyevga qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi va rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.