Tarixni o qitish metodikasi rivojlanishi tarixidan Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
6-sinflar uchun tarix fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
Tarix o’qitishning metodlari va ularning klassifikatsiyasi reja
Ta’lim tizimida qo’llaniladigan metodlar, tarix o’qitish metodlarining metodistlar tomonidan klassifikatsiyalanishi, ko’rgazmali metodlardan foydalanishning ahamiyati. O’qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya’ni o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida ko’llaniladigan usullarni o’z ichiga oladi. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlarida ta’lim mazmunini takomillashtirish, uning tarbiyaviy yo’nalishini kuchaytirish bilan birga, o’qitish metodlarini ham aktivlashtirish asosiy vazifa qilib qo’yildi. Endilikda, ta’lim mazmuni insoniyat to’plagan tayyor bilimlar, ko’nikma va malakalarni puxta egallash bilan birga, o’quvchilarning mustaqil fikr yuritish, ijodiy ishlash qobiliyatlarining o’sishini ta’minlay oladigan ijodiy faoliyatni ham o’zida birlashtirmog’i lozim. Ta’limning rivojlanish printsiplariga ko’ra, o’quvchilarni mustaqil fikrlash va ijodiy ishlay bilishga o’rgatish va ularda zarur ko’nikma, malakalarni yuzaga keltirishda ta’lim mazmuni bilan birga o’qitish metodlari ham muhim rol o’ynaydi. O’qitish metodlari murakkab muammo bo’lib, o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida oldiga qo’yilgan mas’uliyatli vazifalarning hal etilishi ko’p jihatdan uning to’g’ri hal qilinishiga bog’liqdir. Biroq, hozircha o’qitish metodikasining bu muhim problemasi, xususan tarix o’qitish metodlari sistemasi yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Metodik adabiyotda metodistlar tomonidan «Metod», «Metodik usullar» tushunchasi turlicha talqin etiladi va klassifikatsiya qilinadi. O’qitish metodikasida tarix ta’limi metodlari tizimining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi va bu sohada yagona fikr bo’lmaganligi o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix o’qitish amaliyotida jiddiy kamchiliklarga olib keldi. Ko’p hollarda o’qituvchilar o’qitish metodlari va usullarini tanlashda dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarga faqat tayyor bilim berish, ya’ni ularni o’qitish (ta’limning bir tomonini)ni ko’zda tutib, o’quvchilarning o’rganishi (ta’limning ikkinchi muhim tomonini)ni uyushtirish, unga rahbarlik qilish, bilish, malaka va qobiliyatlarini sistemali ravishda o’stirib borish kabi muhim momentlarni e’tibordan chetda qoldiradilar. Shuningdek, o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunidagi o’ziga xosliklarni, uning ta’lim-tarbiya vazifalarini, o’quvchilarning bilimi va malakalarini e’tiborga ola bilmaslik hollari ham shunday jiddiy kamchiliklar jumlasidan edi. Bu hol ma’lum darajada o’quvchilarning tarix predmetiga qiziqishlari pasayishiga, umumiy ta’lim-tarbiya ishlarining natijasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Shu bilan birga, o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida amaliyotida, ayniqsa keyingi yillarda o’quvchilarni tarix predmeti vositasida tarbiyalashda, uni o’qitishni ilmiy asosda olib borish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish sohasida ko’pgina ilg’or tajribalar to’plandi va umumlashtirildi. Belgilab bergan muhim vazifa — tarixiy bilimlarning samaradorligi va sifatini oshirishning muhim sharti va vositalaridan biri bo’lgan bu ishlar tarix o’qitish metodlari sistemasini va metodik usullarini ham ilmiy asosda ishlab chiqish va amalda ulardan muvaffaqiyatli foydalanish imkoniyatini beradi. O’qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o’qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib kelindi. O’qitish metodlari klassifikatsiyasiga ba’zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o’qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida xarakterlanadi. O’qitish metodiga bu xil qarash, A.Vagin ta’kidlaganidek, tarix o’qitish metodikasida tan olinmadi. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix o’qitish tajribasi shuni isbotladiki, yuqoridagi mantiqiy operatsiyalar o’qitish va o’rganishning barcha bosqichlarida turli xarakterdagi xilma-xil didaktik va metodik vazifalarni hal qilishda ishtirok etsada, mustaqil o’qitish metodlari bo’lib xizmat qila olmaydi. Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o’qitish metodi tarixiy material bo’yicha qilinadigan ana shu mantiqiy operatsiyalardan tashkil topadi». O’qitish metodlarini ba’zan o’quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o’qitish metodlaridan ko’ra, ko’proq o’qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir. 60- yillarda tarix o’qitish metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha hal qilindi. Metodist A.I.Strajev «Tarix o’qitishning tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining ma’lum ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi»— deydi. Biroq, u ham o’qitishning asosiy metodlarini tarixiy jarayonning o’zini o’rganish metodidan iborat qilib qo’yib, masalada noaniqlikka yo’l qo’yadi. A.I.Strajev quyidagi o’qitish metodlarini tavsiya qiladi: 1) tarixiy faktlarni o’rganish metodlari; 2) xronologiyani o’rganish metodlari; 3) mahalliy tarixiy voqealarni o’rganish metodlari; 4) asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 5) sabab-natija aloqalarni o’rganish metodlari; 6) tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari. Ma’lumki, tarix o’qitish — o’qitish va o’rganishni tashkil etish jarayonidan iborat. Metodist A.Strajevning klassifikatsiyasidan ham ko’rinib turibdiki, u faqat o’qituvchining o’quvchilarni o’qitishini ko’zda tutadi, o’quvchilarning o’rganishini tashkil etish va ularning o’rganishiga o’qituvchining rahbarlik qilishini e’tiborga olmaydi. Ko’zga ko’ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo’l tutadi. U metodlar sistemasiga o’quv harakteriga ega bo’lgan belgilar («Bayon qilish metodi», «so’rash metodi») va umumiy didaktiv vazifalar («materialni o’rganish metodi», «mustahkamlash metodi», «bilimni tekshirish metodi» va boshqalar) ni emas, balki o’quvchilarning tarixiy voqealarni bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya’ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish tashkil etadi. Binobarin,— deb hisoblaydi V.G.Kartsev,— o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari haqidagi masala metodikaning markaziy masalasi bo’lishi keraq Shu asosda u, o’quvchilarda tarixiy tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning 4 guruhi borligini aytadi: 1) tarixiy tasavvurlar va tushunchalarni shakllantirkii metodlari; 2) umumiy tushunchalarni shakllantirish metodlari; 3) vaqt va fazoda tarixiy rivojlanish dialektikasini ochib berish metodlari; 4) tarixni zamonaviy voqealar bilan borlash metodlari; 5) tarixiy bilimlarning hayot va praktikada qo’llanilishi. 60-yillar pedagogikasida o’rganilayotgan fanni bilish manbalari (o’qituvchining jonli so’zi, ko’rsatmalilik va tekstlar) ni o’qitish metodlariga asos qilib olishga katta o’rin berildi. O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha klassifikatsiyalash masalasi Leningrad olimlarining 1966 yilda nashr qilingan asarlarida aniq ta’riflab berildi. 50-yillarning oxirlariga kelib tarix o’qitish metodikasida ham o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga o’quvchilarning bilish manbalari asos o’qilib olina boshladi. Metodist P.S.Leybengrub ta’lim manbalari, ya’ni bilish manbalari asosida o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida da tarix o’qitishning quyidagi metodlarini ko’rsatadi. 1) hikoya metodi va o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida lektsiyasi: 2) suhbat metodi; 3) ko’rsatmali metod; 4) darslik bilan ishlash metodi; 5) tarixiy hujjatlar bilan ishlash metodi; 6) badiiy adabiyotlardan foydalanish metodi. P.S.Leybengrub nimagadir, og’zaki bayon qilish metodlarining hammasini hikoya va lektsiyadan iborat qilib qo’yadi. A.Vagin o’zining tarix o’qitish metodikasiga bag’ishlangan kitobida ana shu kamchilikni to’ldiradi. A.Vagin tarix o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim olish manbalari bilan birga, bilim olish usulini ham asos qilib olgan. U o’qitish metodlarini quyidagi uch gruppaga bo’ladi: 1) jonli so’z: hikoya, tavsiflash, harakteristika, problemali bayon; 2) ko’rsatmali metodlar: rasmlar va boshqa ko’rsatmali qurollar, doskaga chiziladigan grafik yozuvlar, texnika vositalari va boshqalar; 3) tekstlar bilan ishlash metodlari. A.Vagin o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga bilim manbalari va bilish usullarini asos qilib olish bilan birga, bilish manbalari didaktik vazifalarga muvofiq o’qitish protsessining asosiy bosqichlarida qay tarifa konkret amalga oshirilishini jadval shaklida beradi. Bu jadval har bir darsda o’tiladigan materialning mazmuniga qarab o’qitishning turli xil metod va usullaridan foydalanish zarurligini aniq ko’rsatadi. Keyingi yillardagi o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida da tarix o’qitish tajribasi A. Vagin tavsiya etgan o’qitish metodlarining juda real ekanligini ko’rsatdi. Prof. P.V.Gora o’zining «Ta’lim metodlari va metodik usullari sistemasiga doir masala» nomli maqolasida pedagogikasi nazariyasi va praktikasidasida erishilgan yutuqlarga suyanib, o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi (bilish faoliyati) bilan o’zaro organik bog’langan metod va metodik usullarni tavsiya qiladi. O’qitish metodlarining shu taxlilda klassifikatsiya qilinishi o’qitishuvchilarni puxta bilim va zarur malakalar bilan qurollantirish imkoniyatini beradi. Shuningdeq o’qituvchini o’quv materialining mazmuni, o’quvchilarning bilimi, malakalari va qobiliyatlarini ham hisobga olish va rahbarlik qilishiga yordam beradi. P.V.Gora o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida da tarix o’qitish tajribasiga asoslanib, tarix o’qitish metodlarini klassifikatsiya qilishda masalaga faqat didaktik nuqtai nazardan qaramasdan, tarixiy-metodik nazardan ham yondashish, o’quv tarixiy materialning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini hamda uning mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlarni ham yetarli ravishda e’tiborga olish zarur ekanligini ko’rsatadi. P.V.Gora xuddi shu printsipga asoslanadi, unda o’qitishning metod va usullarini tanlashda o’quv materialining mazmunini, uni o’rganishning maqsadini asos qilib olish, masalaga tarixiy-metodik mezon bilan yondoshish va hal etish zarurligi ko’rsatiladi. O’qitishning metod va usullarini tanlashda shuni nazarda tutmoq kerakki, o’quvchilar esda saqlab qolishi zarur bo’lgan bilimlarni shunchaki bayon qilib qo’ya qolish bilan maqsadga erishib bo’lmaydi. O’qitish jarayonida o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish, ularni amaliy faoliyatga tayyorlash, o’rgatish ham lozim. Ularda mustaqil ijodiy izlanish, yangilikka intilishni kuchaytirish, hali jamiyatga ma’lum bo’lmagan bilish usullarini qidirib topish va amaliy faoliyatga joriy eta bilish qobiliyatini ham rivojlantirish keraq I.Ya.Lerner o’qitish metodlarini 5 guruhga bo’ladi. 1. Bayon — illyustratsiya metodi, 2. Reproduktiv metod, 3. Ilmiy-tadqiqot metodi, 4. Qisman izlanish yoki evristik metod, 5. Muammoli ta’lim yoki muammoli o’qitish. O’qitishning birinchi va ikkinchi usulida o’quvchilar o’rganiladigan materialni puxta esda saqlab qolishlari va uni qayta so’zlab berishlari mumkin. O’qituvchi tushuntirib beradigan tayyor bilimlarni tushunib olish qiyin emas, ularni faqat esda saqlab qola bilish keraq xolos. Bu usulni muhim tomoni shundaki, u nisbatan qisqa vaqt ichida katta ko’lamdagi tarixiy bilimlarni o’rganish va o’quvchilar dikdatining rivojlanishiga yordam beradi. Ammo bu usul o’quvchilarda, ayniqsa yuqori sinf o’quvchilarida tarixni o’rganishga qiziqish uyg’ota olmaydi, ularning tafakkuri, bilish, malaka va qobiliyatlari rivojlanishini ta’minlay olmaydi. Muammoli ta’lim yoki muammoli o’qitish usuli birinchi usuldan ko’ra samaralirokdir. O’qituvchi o’quv materialini bayon qila turib, o’quvchilar oldiga muammoli savollar qo’yadi, o’quvchilar bilan birga uni hal qilish yo’llarini topadi, boshqacha qilib aytganda, o’qituvchi o’quvchilarga tarixiy bilimlarni tushuntirish bilan birga, ularni shu bilimlar ustida o’ylashga majbur etadi, ularning fikrlash faoliyatini faollashtiradi, qiziqishlari ortadi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida muammoli va mantiqiy vazifalarni bajarish jarayonida mustaqil mulohaza qilish va mustaqil fikrlashga o’rganadi. Bularning hammasi o’quvchilarning tarixiy fikrlashiga, tadqiqot ishlarining dastlabki oddiy malakalarini egallab olishlariga yordam beradi. O’quv-tekshirish ishlari ham turli usullar yordamida amalga oshiriladi. O’qitish metodlariga ta’rif berganda birinchi navbatda u o’qituvchining o’qitishi va o’quvchilarning o’rganishi yoki bilish faoliyati usullaridan iborat ekanligini nazarda tutishi keraq Haqiqatan ham, o’qituvchi ko’rsatmali vositalar yordamida so’zlab berish yoki qandaydir amaliy harakatlarni ko’rsatish, ularni tushuntirib borish jarayonida o’zi faol fikrlash bilan birga, o’quvchilarning ham fikrlash faoliyatini qo’zg’atadi va o’quv materialining o’zlashtirilishiga rahbarlik qiladi, ularning bilim va malakalarni o’zlashtirib olishlariga yordam ko’rsatadi. Binobarin, o’qitish metodlariga o’qitish va o’rganish usullari va unga bog’lab o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur qilish faoliyati asos qilib olinadigan bo’lsa, uni quyidagicha ta’riflash mumkin. O’qitish metodlari — o’qituvchilarning aktiv fikrlash asosida o’quvchilarni o’qitishga, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi va amalda qo’llana bilishlariga, dunyoqarash va e’tiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko’nikma va malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari o’sishiga yordam berishni ta’minlovchi usullaridan iboratdir. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida ta’limi metodlari sistemasidan turli foydalanilgan taqdirdagina ta’lim-tarbiya ishlari sohasida yaxshi natijalarga erishish mumkin. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida ta’limi metodlari sistemasi deb eng muhim umumiy belgilari bilan o’zaro bog’langan, bir-biriga ta’sir ko’rsatadigan metodlar gruppasiga aytiladi. Bu metodlarning umumiy muhim belgilari o’qitish va o’rganish usullari hamda o’qituvchi va o’quvchilarning tafakkur faoliyatidan iboratdir. Bir-biri bilan bog’langan o’qitish metodlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) og’zaki o’qitish metodi, bu metod o’z navbatida ikki turga bo’linadi: a) og’zaki ta’lim metodi; b) bosma tekstlar yordamida o’qitish metodi; 2) ko’rsatmali ta’lim metodi; 3) ta’limning amaliy metodi. O’qitish usullari va o’quvchilar tafakkur faoliyatining turli formalari o’rtasidagi o’zaro aloqa va ularning bir-biriga ko’rsatadigan ta’siri asosida bir tizimdagi metodlarning o’zaro bog’liqligi yuzaga keladi. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimi tajribasida ko’rsatmali o’qitish deyarli hech qachon o’qituvchining bayonisiz qo’llanilmaydi, o’qituvchining bayoni ham doim ko’rsatmali vositalarga suyanadi. O’quvchilarning texnika vositalari, tekstlar va boshqalar ustidagi amaliy faoliyati ta’limning ko’rsatmali va og’zaki usullari bilan chambarchas borliq bo’ladi. Mazkur metodlar tizimi o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi barcha o’quv predmetlarini o’qitishda qo’llanilishi mumkin. Ammo ularning har qaysisi har bir o’quv predmeti, xususan tarix predmetining mazmunidagi o’ziga xos xususiyatlar, uning ta’lim-tarbiyaviy vazifalariga mos ravishda turli metodik usullarda foydalaniladi. O’qitish usullari va o’quvchilarning o’rganish (bilish faoliyati) usullari turli ko’rinishlarda bir-biri bilan qo’shilib o’qituvchi va o’quvchilar faol ishtirok etadigan o’quv-tarbiyaviy jarayonning yagona metodikani tashkil qiladi. Bu usullar guruhidan birortasini ham e’tibordan chetda qoldirib bo’lmaydi, aks holda ta’lim-tarbiya jarayonida, o’qitish metodlarini belgilashda yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi. O’qitish va o’rganish usullari ta’lim metodlarining tarkibiy qismi bo’lishi bilan birga, o’qituvchi va o’quvchilarning faol tafakkur qilish faoliyati va xarakteriga mos bo’lgan xuddi shunday usullarni ham o’z ichiga oladi. Ammo o’qitish usullari umumiy belgilar hamda muhim o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan holda ta’lim metodlari bilan bog’liq bo’ladi. Shu jihatdan o’qitish usullari barcha o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan didaktik metodlardan farq qiladi. Metodik usullar o’qitish predmeti tarix kursining mazmuni bilan bog’liq va unga faol ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, o’qituvchi darsga tayyorlanishida o’quv materialining mazmuniga muvofiq va bu materialning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni (o’qitish va o’rganish usullarini) to’g’ri tanlab olishi kerak. Ma’lumki, har bir darsga va darsdan tashqari mashg’ulotga tayyorlanish dars va mashg’ulot maqsadini, ularning ta’lim-tarbiya vazifalarini belgilashdan boshlanadi. O’quv materialining mazmuniga muvofiq uning ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga yordam beradigan metodik usullarni to’g’ri va ilmiy asosda tanlab olish o’qituvchining bu boradagi nazariy bilim darajasi va metodik usullar sistemasini qanchalik o’zlashtirib olganligiga bog’liqdir. Ma’lumki, o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix kursining mazmunini ayrim aniq va tipik voqealardan iborat faktlar tashkil etadi. Bu faktlar o’quvchilarga ijtimoiy hayotning barcha tomonlari, bu tomonlarning rivojlanishini va ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida bilim beradi, ularning aqli, o’yi, hayoli, sezgi va irodasiga ta’sir ko’rsatadi. Tarixiy faktlarning xarakterli xususiyati shundaki, ularni bevosita hissiy tasavvurlar asosida o’rganib bo’lmaydi. Shuning uchun o’tmishga doir eng muhim faktlarni obrazli tasavvur etishning ahamiyati g’oyat kattadir. Obrazli tasavvurlar o’quvchilarning tarixiy voqealar haqidagi faktlarni jonli idrok etishlariga yordam beradi. Shunday qilib, o’tmishning hayotiy voqealari haqidagi obrazli tasavvurlar o’quvchilar olgan tarixiy bilimlarining birinchi eng muhim tafakkur komponenti bo’lib xizmat qiladi. Ana shu asosda o’quvchilarda obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirishning metodik usullarini guruhlarga ajratish mumkin: o’qituvchining voqeani suratlab tavsiflashi, syujetli hikoya, badiiytarixiy matnlarni o’qib berishi va o’qitishning boshqa usullaridan foydalanishi, shuningdek uning obrazli bayoni va suratlar asosida o’quvchilarning ham hikoya qilib berishi, insho yozishi kabi o’rganish usullari bir guruhni hosil qiladi. O’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix kursida ta’lim-tarbiyaviy jihatdan juda muhim bo’lgan, keng va obrazli qilib yoritilgan faktlardan tashqari, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlashga yordam beradigan boshqa faktlar, voqeaning sodir bo’lgan yili, joyining nomi va statistik ma’lumotlar ham beriladi. Ular juda qisqa, ba’zan ma’lumotnoma shaklida bo’lsada, tarixiy jarayonni bir butun yaxlit tasavvur etish, tushunchalar tizimini va ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini to’liq o’zlashtirishga yordam beradi. Shunday qilib, o’quvchilar xotirasida saqlab qolinishi kerak bo’lgan tarixiy materiallar tarixiy bilimning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Tarix o’qitish amaliyotida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o’zlashtirishga yordam beradigan ko’pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o’qituvchi va o’quvchilarning o’quv materiali yuzasidan og’zaki va yozma reja, voqealar taqvimi va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafika yozuvlarini olib borishlari, diagrammalar chizish va aplikatsiyalardan foydalanishlari, yozuvsiz xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandir. O’quv materialini o’quvchilarning xotirasida mustahkam o’rnashishiga yordam beradigan bu va shunga o’xshash boshqa usullarni birinchi gruppaga kirgan usullar bilan o’zviy bog’langan ikkinchi gruppaga kiritish mumkin. Shuni aytish kerakki, obrazli-tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar, xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o’rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi, xolos. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi — tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir. Tushuncha o’quvchilarga konkret tarixiy faktlar va qonuniyatlarni, ularning muhim belgilari va xususiyatlarini umumlashtirib tushuntirish va ularni o’quvchilarning puxta tushunib olishi bilan yuzaga keladi. Tushunchani shakllantirish juda murakkab va serqirra jarayondir. O’qituvchi va o’quvchilar o’quv materiali ustida chuqur va faol fikr yuritib, uni tahlil qilishlari va umumlashtirishlari lozim. Tarixiy tushuncha o’quvchilardagi tarixiy bilimlarining uchinchi eng muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Tarixiy tushunchalarni o’zlashtirish juda katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tushunchalar o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularning tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o’stiradi. Keyingi yillarda, o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida amaliyotida o’quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish, tarixiy tushunchalarni, jumladan ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni chuqur o’zlashtirishni ta’minlaydigan o’qitish va o’rganishning samarali usullari ishlab chiqildi. Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar har kaysi tarix o’qitish metodiga metodik usullarni uchinchi guruhi bo’lib kirishi mumkin, ular birinchi navbatda o’qituvchining tushuntirib berishi, muammoli bayoni, o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning tarixiy hujjatlarni tahlil qilishi, mantiqiy vazifalarni yechishi va evristik suhbatdan iboratdir. Shunday qilib, mazmunning o’ziga xos xususiyatlari, ta’lim-tarbiya vazifalari, o’quv materialining mantiqiy tuzilishiga muvofiq ruhiy jarayonlarning, idrok qilish, xotirada saqlashning, tafakkur va tasavvur qilishning bir-biriga ta’sir ko’rsatishini e’tiborga olib, o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimida tarix ta’limining bir-biri bilan uzviy bog’langan quyidagi metodik usullar tizimini belgilash mumkin: 1. O’quvchilarda tarixiy faktlar haqida obrazli tasavvurlarni shakllantirish usullari. 2. O’quvchilar xotirasida tarixiy faktlar, xronologiya, mahalliy va statistik ma’lumotlarni mustahkamlash usullari. 3. Tarixiy materialni o’zlashtirish va o’quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirish usullari. Ta’lim-tarbiya jarayonida bu usullarning barchasi va bilimlarning barcha tarkibiy qismlari bir-biri bilan o’zaro bog’langan holda ishtirok etadi Metodik usullarni tanlash o’quv materialining xarakteri bilan bog’liqligini, u yoki bu tarixiy materialni o’rganishga qanday usullardan foydalanish kerakligini bilish bilan birga ularni o’quvchilarning bilimi va bilish malakalariga muvofiq tarzda qo’llash mahoratini ham egallash kerak Hozirgi kunda o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim tizimlari amaliyotida qo’llanib kelinayotgan, amaldagi o’qish metodlarini asosan uch guruhga bo’lib ko’rsatish mumkin: 1. Og’zaki bayon qilish metodi. 2. Ko’rgazmalilik metodi. 3. Amaliy metod.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Tarixni o’qitish metodikasi rivojlanishi tarixidan Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»
Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Joldasov Ixtiyor Suyundikovich
O’tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e’tibor markazida bo’lib kelgan. Mazkur maqolada tarix o’qitish metodikasining insoniyat taraqqiyoti bilan mos ravishda rivojlanish xususiyatlari mahalliy va xorijiy manba’lar asosida tahlil qilinadi..
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам об образовании , автор научной работы — Joldasov Ixtiyor Suyundikovich
Tarix fanini o’qitishnda zamonaviy yondashuvlar
Tarix fanini o’qitishda innovatsion usullar
Musiqa darslarini fanlararo aloqadorligida tashkil etish imkoniyatlari
Musiqa madaniyati darslariga pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasida interfaol metodlardan foydalanish
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
MODERN APPROACHES TO TEACHING HISTORY
Historical memory has been at the center of attention throughout human history . In this article analyzes the developmental characteristics of history teaching methods in line with human development on the basis of local and foreign sources..
Текст научной работы на тему «Tarixni o’qitish metodikasi rivojlanishi tarixidan»
TARIXNI O’QITISH METODIKASI RIVOJLANISHI TARIXIDAN
Joldasov Ixtiyor Suyundikovich Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Annatatsiya: O’tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e’tibor markazida bo’lib kelgan. Mazkur maqolada tarix o’qitish metodikasining insoniyat taraqqiyoti bilan mos ravishda rivojlanish xususiyatlari mahalliy va xorijiy manba’lar asosida tahlil qilinadi..
Kalit so’zlar: tarix, tarixshunoslik, tarix o’qitish metodikasi, tarixiy tafakkur
MODERN APPROACHES TO TEACHING HISTORY
Joldasov Ixtiyor Suyundikovich Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region
Abstract: Historical memory has been at the center of attention throughout human history. In this article analyzes the developmental characteristics of history teaching methods in line with human development on the basis of local and foreign sources..
Keywords: history, historiography, methods of teaching history, historical thinking
O’tmish va tarixiy xotira insoniyat tarixining barcha davrlarida e’tibor markazida bo’lib kelgan. Bu e’tibor natijasida ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar orqali tarixiy hodisalar, shaxslar va jarayonlar bilan bog’liq ko’plab savollarga javob izlangan. Ushbu jarayon inson o’tmishda nima sodir bo’lganligini yozishni boshlashi bilan va tarixshunoslikni paydo bo’lishiga asos bo’lgan.
Tarix o’qitish deganda, tarixiy material vositasida o’quvchilarga bilim berish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish zarur bo’lgan jarayon, o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy (ichki) hamda o’quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi.
Tarix kursining mazmuni deganda, birinchi galda tarix dasturida belgilab berilgan tarixiy bilimlar ko’lami, o’quv materiali: uning asl mazmuni, o’quvchilarning tarixiy materiallarni o’zlashtirish olgan bilimlaridan foydalana bilish sohasidagi o’quv usullari, ko’nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy shakllarini egallashlari ko’zda tutiladi. [1]
Tarix va tarixiy jarayonlar, siyosiy-tarixiy vaziyat ularning ro’y berishidagi asosiy sabab va xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda har tomonlama tahlil
qilish tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishida katta omil sanaladi. Ayniqsa, turli davrlarda yaratilgan tarixiy ilmiy asarlarda mualliflarning tadqiqot masalalariga turlicha yondashuvlari va fikrlari, xulosalarning turlichaligi, ularni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish va tarixiylik, ilmiylik hamda xolislikka asoslanilgan eng to’g’ri xulosalarni chiqarish bugungi kun tarixchi mutaxassislari oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Bugungi kunda tarix fani sohasida ta’lim olayotgan talabalar tarixga oid asarlardan foydalanish, ularni tahlil etish kabi о’zlashtirish uslublari, ulardan foydalanish samaradorligini bilish haqidagi tarixiy tadqiqot uslublari va ilmiy-tarixiy haqiqatga erishish yo’llarini anglashi lozim.[2]
XIX asrgacha moziy tarix ilmi sifatida ba’zan yozma ravishda, ba’zan og’zaki va asosan adabiy yo’nalishda yozilganligini ko’ramiz. Tabiiy fanlar sohasidagi ushbu asrda yuz bergan o’zgarishlar, shuningdek, sanoat inqilobini boshdan kechirgan mamlakatlarda tarixshunoslik va pozitivistik yondashuv o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ushbu davrda pozitivist tushuncha tufayli moddiy manbalarga asoslangan tarixiy ma’lumotlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Tahlillar natijasida tarix ilmini o’tmishdan to hozirgi kungacha juda ko’p turli maqsadlarda ishlatilganligini ko’rishimiz mumkin. Tarix ayniqsa o’tmishga qiziqish, o’yin-kulgi, axloqiy va diniy ta’lim, siyosiy va mafkuraviy qiziqishlarni oshirish uchun ishlatilgan. Tarix qiziqarli soha sifatida ko’rilgan va odamlarning e’tiborini jalb qilish uchun ishlatilgan. Ayniqsa, tarixiy suhbatlar har bir davrda odamlarning e’tiborini tortuvchi targ’ibot vositasi sifatida foydalanilgan.
Tarix, shuningdek, axloqiy va diniy bilimlarni va munosabatlarni yangi avlodlarga etkazish vositasi hisoblangan. Ushbu maqsadga erishish uchun, ayniqsa axloqiy va diniy matnlar ishlatilgan. Bundan tashqari, tarix bugungi kun kabi har bir davrda mafkuraviy va siyosiy maqsadlar uchun xizmat qilgan. Har bir davrda hokimiyatga kelish huquqini qonun tarafidan isbotlash uchun tarixiy manbalardan foydalanilgan. Shu bilan birga, tarix shaxsiyatni rivojlantirishning kuchli vositasi sifatida qaralgan. O’tmishda odamlarning xatti-harakatlarini tushunishga va izohlashga harakat qiladigan ilm-fan sohasi bo’lishdan tashqari, maktab va oliygohlarda dars sifatida ham o’qitilgan.[3]
XIX asrga kelib tarix fani vujudga kelgan majburiy va zamonaviy o’quv muassasalarining asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida namoyon bo’lgan. tarix bu xalqning umumiy xotirasi, o’tmish xotirasi, ammo o’tmish xotirasi endi so’zning ma’nosida o’tmish emas. Bu hozirgi zamon me’yorlariga muvofiq qayta tiklanadigan va qayta tiklanadigan, hozirgi zamonda odamlar hayotining qadriyatlari va ideallariga yo’naltirilgan o’tmishdir, chunki o’tmish biz uchun mavjud va shu tufayli rahmat. K. Jaspers bu g’oyani o’zicha ifoda etgan: “tarix biz bilan bevosita bog’liq . va bizni qiziqtiradigan hamma narsa, shu bilan inson uchun hozirgi zamon muammosidir.”[4] Yevropada majburiy ta’limning paydo bo’lishi sabablari quyidagicha izohlanadi.
• Armiya maqsadlariga xizmat qilish uchun itoatkor askarlarni o’rgatish.
• Sanoat uchun zarur bo’lgan minalarni qazib oladigan itoatkor ishchilarni tayyorlash.
• Hukumat buyruqlariga qat’iy rioya qiladigan davlat xizmatchilari sinfini yaratish.
• Sanoat institutlariga zarur bo’lgan davlat xizmatchilarini tayyorlash.
• Muhim masalalar va muammolarda bir-biriga parallel ravishda fikrlaydigan fuqarolarni tarbiyalash
Majburiy ta’limning vujudga kelish sabablari o’rganilganda, tarix darsi o’sha davrda ta’limga yuklangan vazifalarni bajarishda muhim rol o’ynaganini ko’rish mumkin. Armiya, davlat va sanoat institutlariga kerak bo’ladigan itoatkor va uyg’un fikrlaydigan shaxslarni tarbiyalashda tarix saboqlari muhim rol o’ynagan. Shu nuqtai nazardan, tarixni o’qitishning boshlanishini tizimli dars sifatida XIX asr boshlarida zamonaviy o’quv muassasalarida keng jamoatchilikka ta’lim berishni maqsadini amalga oshirish uchun o’qitilgan. Bu davrda tarix fanidan juda uzoq vaqt davomida asosan milliy o’ziga xoslikni rivojlantirish va itoatkor inson tarbiyalash maqsadda o’qitilgan.
Ikkinchi jahon urushigacha tarix saboqlari madaniyatni singdirish asosida, itoatkor va yaxshi fuqarolarni tarbiyalash maqsadida olib borilgan. Biroq, ushbu davrda ta’lim demokratlashtirish, inson huquqlari ahamiyatiga ega bo’lish va urushlarning oldini olishda rol o’ynashi mumkinligi haqidagi fikr tarixni o’qitish tushunchasini o’zgartirdi. Bundan tashqari, texnologik va iqtisodiy o’zgarishlar hayotni murakkablashtirdi va odamlar ega bo’lishi kerak bo’lgan ko’nikma va malakalar diversifikatsiya qilindi. Ushbu hodisalar an’anaviy tarix darsini qaytadan ko’rib chiqishni talab etdi.
1960 yillarning oxirida Angliyada tarix darsi nomlar, son va raqamlar, hamda elementlar asosida o’qitilishi tanqid qilindi. Debatlar shu qadar avj olib ketdiki, ba’zi odamlar tarix kursini o’quv dasturidan olib tashlash kerak, chunki u talabalarni o’sha kun sharoitida hayotga tayyorlay olmaydi degan mulohazalarni o’rtaga qo’ydi. 60-yillarning oxirida ayniqsa Angliyada tanqid natijasida tarixni o’qitishda ta’lim oluvchini tarixiy bilim va munosabatdan tashqari kundalik hayotga qanday tayyorlashi mumkinligi keng ko’lamda tadqiq qilindi. Ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida ta’lim oluvchilar tarix darslari orqali qanday ko’nikmalarni egallashlari mumkinligini aniqlandi. Boshqacha qilib aytganda, tadqiqot tarix darsini zamonaviy hayot bilan qanday bog’lash mumkinligini ko’rsatishda muhim rol o’ynadi. Angliyada tarix o’qitish sohasida olib borilgan tadqiqotlar 70-yillarda ham davom etdi. Angliyada “Maktablar assambleyasi tarixi” loyihasi amalga oshirildi va mazkur loyiha o’quvchilar orasida tarix darsida amaliy ko’nikma va malakalarni berish uchun ayniqsa muhim rol o’ynadi. Ushbu loyiha
orqali tarixni o’qitish tadqiqotga, so’roqqa, dalillarni baholashga va baholangan dalillar orqali xulosa chiqarishga asoslangan bo’lishi kerakligi isbotlandi. Maktablarda o’quvchilar so’ronomalar asosida tadqiqot olib borish va detektiv kabi dalillarni baholash orqali o’tmishni o’rganish samarali ekani ma’lum bo’ldi. Shunday qilib, talabalar ilmiy fikrlash va ularga berilgan ma’lumotlarning ilmiy asoslanganligini aniqlash, shuningdek o’tmishni o’rganish kabi asosiy ko’nikmalar ega bo’lishlariga erishildi.. Angliyada “Yangi tarixni o’qitish” deb nomlangan bu jarayon 1980 va 1990 yillarda tez sur’atlar bilan davom etdi. Tarix kursi talabalarni kundalik hayotga tayyorlashi kerakligini tushungan holda olib borilgan tadqiqotlar, ayniqsa so’nggi yillarda Kanada va AQShda davom etmoqda. Tarixiy hodisalarni his etgan holda birinchi manbalarga asoslangan holda o’rganishga bo’lgan harakatlar, “tarixiy fikrlash ko’nikmalari” ni kun tartibiga olib keldi. 2000 yillarga kelib tobora muhim ahamiyat kasb etadigan tarixiy fikrlash qobiliyatlari tarixni ta’sirchan, samarali va ijodiy o’rganish usullaridan biri sifatida qo’llanildi.
Tarixiy tafakkur ko’nikmalari tarixiy bilimlarni tadqiq qilish va uning mohiyatin tushunish asosida beshta kategoriyada jamlanadi.
• tarixiy tahlil va talqin
• tarixiy masalalar, tahlil va qarorlarni qabul qilish
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, XIX asrdan boshlab rasmiy ta’lim muassasalariga kirishni boshlagan tarix darslarining mazmuni va maqsadlarida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi.
Taniqli metodist A.I.Strajev aytganidek: «Tarix o’qitish metodi tarixiy material bo’yicha qilinadigan ana shu mantiqiy amaliyotlardan tashkil topadi». O’qitish metodlarini ba’zan o’quvchilarning bilish faoliyati, faollik darajasiga qarab klassifikatsiyalash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o’qitish metodlaridan ko’ra, ko’proq o’qitishning umumiy xarakteriga taalluqlidir. 60- yillarda tarix o’qitish metodlari va ularni klassifikatsiyalash turlicha hal qilindi. Metodist A.I.Strajev «Tarix o’qitishning tashkil etilishi, metodlari va vositalari tarix fanining ma’lum ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi»— deydi. Biroq, u ham o’qitishning asosiy metodlarini tarixiy jarayonning o’zini o’rganish metodidan iborat qilib qo’yib, masalada noaniqlikka yo’l qo’yadi. A.I.Strajev quyidagi o’qitish metodlarini tavsiya qiladi: [5]
• tarixiy faktlarni o’rganish metodlari;
• xronologiyani o’rganish metodlari;
• mahalliy tarixiy voqealarni o’rganish metodlari;
• asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari;
• sabab-natija aloqalarni o’rganish metodlari;
• tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish metodlari.
Ma’lumki, tarix o’qitish – o’qitish va o’rganishni tashkil etish jarayonidan iborat. Metodist A.Strajevning klassifikatsiyasidan ham ko’rinib turibdiki, u faqat o’qituvchining o’quvchilarni o’qitishini ko’zda tutadi, o’quvchilarning o’rganishini tashkil etish va ularning o’rganishiga o’qituvchining rahbarlik qilishini e’tiborga olmaydi. Ko’zga ko’ringan metodist V.G.Kartsev bu masalada boshqacha yo’l tutadi. U metodlar sistemasiga o’quv harakteriga ega bo’lgan belgilar («Bayon qilish metodi», «so’rash metodi») va umumiy didaktiv vazifalar («materialni o’rganish metodi», «mustahkamlash metodi», «bilimni tekshirish metodi» va boshqalar) ni emas, balki o’quvchilarning tarixiy voqealarni bilish qonuniyatlarini asos qilib oladi. Metodlar haqidagi nazariyaning metodologii asosini, ya’ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga o’tish tashkil etadi. [6]
Tarix mavzusiga kelsak, u ilgari sodir bo’lgan voqealar bilan shug’ullanadi. Tarix dasturidagi mavzular odatda o’quvchilarning kundalik hayoti va tajribalaridan uzoqda. Atrofimizdagi o’tmishdan hozirgi kungacha ko’plab tarixiy qoldiqlar va materiallar mavjud bo’lsa-da, tarix o’z mazmuni bo’yicha mavhum mavzu sifatida topilishi mumkin. Tarix darsining ushbu xususiyati tufayli, ayniqsa yosh o’quvchilar o’z vaqtlaridan ancha oldin sodir bo’lgan voqealarni tushunishda muammolarga duch keladi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, tarixni bugungi kun bilan bog’lamasdan o’qitishga harakat qilinganligi sababli, ba’zi o’quvchilar nazarida tarix darsi zerikarli, tushunarsiz qator sonlar, raqamlar va buyumlardan iboratdir.[7] O’tmishimizni hozirgi kunga etkazishda foydalanadigan eng muhim elementlardan biri bu tarixiy muhit. Tarixiy muhitda binolar, yo’llar, qasrlar, tarixiy voqealar va tarixiy ob’yektlar bo’lgan ochiq joylar kabi ko’plab elementlar mavjud. Bundan tashqari, xotiralar, xatlar, xaritalar, gazetalar, rejalar, otkritkalar, shtamplar, tangalar, rasmlar, kitoblar va tarixiy narsalar tarixni o’qitishga hissa qo’shadigan elementlardir. Tarix darslarida tarixiy muhit va narsalardan unumli foydalanish orqali tarix darslarini yanada aniqroq va samaraliroq qilish mumkin.Tarix darslarida tarixni hozirgi kunga yetkazish va bu darslarni yanada tushunarli va qiziqarli qilishning usullaridan biri bu dars mazmuniga materiallar tayyorlash va tegishli o’quv texnologiyalaridan foydalanishdir.
1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2016. – B.27
2. С. Тошев. Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни // Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкикщлари методлари ва методологиясининг долзарб
масалалари. Республика XII илмий-амалий конференция материаллари. Тошкент.: 2020 -8.121-127
3. S.I.Doniyev., F. A. Ibrakhimov., I.S. Joldasov, Trends int the development of primary education (an example of the finnish system of primary education). Journal of innovatsions in pedagogy and psychology, 2020, special issue 2, pp. 387-393
4. Toshtemirova S.A., Joldasov I. Biлiмдi адамгершшкке баулу идеясыньщ кажетлп // “Актуалный проблемы общества, образования, науки и технологий: состояние и перспективы развития» сборник статей и международной научно-практической конференции Казахстан. 27 декабря 2019. 17-23 c
5. A. Harris, Teaching and Learning in the Effective School. Aldershot: Ashgate, 1999. -P.401.
6. Toshtemirova Saodat Abdurashidovna. Ta’lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida //Uzluksiz ta’lim.-2020.- № 1 (86). — S.5
7. Шадриков В.Д. Философия образования и образовательные политики. -М.: Издательская фирма «Логос», 1993. – 181 с
1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2016. – B.27
2. С. Тошев. Узбекистоннинг совет мустамлакачилиги даври тарихини урганишда турк тилидаги манбаларни урни // Тарихий манбашунослик, тарихнавислик, тарих тадкикотлари методлари ва методологиясининг долзарб масалалари. Республика XII илмий-амалий конференция материаллари. Тошкент.: 2020 -Б.121-127
3. S.I.Doniyev., F. A. Ibrakhimov., I.S. Joldasov, Trends int the development of primary education (an example of the finnish system of primary education). Journal of innovatsions in pedagogy and psychology, 2020, special issue 2, pp. 387-393
4. Toshtemirova S.A., Joldasov I. Biлiмдi адамгершшкке баулу идеясыныц кажетлп // “Актуалный проблемы общества, образования, науки и технологий: состояние и перспективы развития» сборник статей и международной научно-практической конференции Казахстан. 27 декабря 2019. 17-23 c
5. A. Harris, Teaching and Learning in the Effective School. Aldershot: Ashgate, 1999. -P.401.
6. Toshtemirova Saodat Abdurashidovna. Ta’lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo sifatida //Uzluksiz ta’lim.-2020.- № 1 (86). — S.5
7. Шадриков В.Д. Философия образования и образовательные политики. -М.: Издательская фирма «Логос», 1993. – 181 с
Tarix fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 5-11-sinf
O’zbekiston tarixi va jahon tarixi fanlaridan 2021-2022 o’quv yiliga mo’ljallangan yillik taqvim-mavzu rejalarni qabul qiling.
Tarix fanidan yillik ish rejalar yuklab olish
5-sinflar uchun tarix fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
6-sinflar uchun tarix fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
7-sinflar uchun jahon tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
7-sinflar uchun O’zbekiston tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
8-sinflar uchun jahon tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
8-sinflar uchun O’zbekiston tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
9-sinflar uchun jahon tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
9-sinflar uchun O’zbekiston tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
10-sinflar uchun jahon tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
10-sinflar uchun O’zbekiston tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
11-sinflar uchun jahon tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
11-sinflar uchun O’zbekiston tarixi fanidan yillik ish reja — yuklab olish;
Tarix fanidan variativ taqvim-mavzu rejalar
Tarix fanidan variativ ish rejalarni ushbu sahifada yuklab olishingiz mumkin: 2021-2022 tarix fanidan variativ ish rejalar to’plami
Принять ежегодные календарно-тематические планы на 2021-2022 учебный год по истории Узбекистана и всемирной истории.
Скачать годовые планы работы в истории
Годовой план работы по истории для 5 класса — скачать;
Годовой план работы по истории для 6 класса — скачать;
Годовой план работы по всемирной истории для 7 класса — скачать;
Годовой план работы по истории Узбекистана для 7 класса — скачать;
Годовой план работы по всемирной истории для 8 класса — скачать;
Годовой план работы по предмету история Узбекистана для 8 класса — скачать;
Годовой план работы по всемирной истории для 9 класса — скачать;
Годовой план работы по истории Узбекистана для 9 класса — скачать;
Годовой план работы по всемирной истории для 10 класса — скачать;
Годовой план работы по истории Узбекистана для 10 класса — скачать;
Годовой план работы по всемирной истории для 11 класса — скачать;
Годовой план работы по истории Узбекистана для 11 класса — скачать;
Переменные календарно-тематические планы в истории
Вы можете скачать планы переменных работ по истории на этой странице: Сборник планов работы переменных по истории 2021-2022
Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:
- Ona tili fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 1-11-sinf
- Geografiya fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 1-11-sinf
- Biologiya fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 5-11-sinf
- Fizika fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 6-11-sinf
- Adabiyot fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 3-11-sinf
- 2021-2022 tarix fanidan variativ ish rejalar to’plami
- Tarbiya fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 1-9-sinf
- Musiqa fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 1-7-sinf
- Tasviriy sanat fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 1-9-sinf
- Jismoniy tarbiya fanidan 2021-2022 ish rejalar to’plami 1-11-sinf
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.