Press "Enter" to skip to content

Texnologiya, 8 sinf, Tohirov О‘, 2019

GRS является компания многопрофильного предоставления услуг, которая была основана в 2007 году для обслуживания различных клиентов в море и на суше в нефтяной и газовой промышленности.

Texnologiya darslarini tashkil etishda interfaol metodlardan foydalanish

Yurtimizda ta’lim mazmuniga alohida e’tibor qaratilib, Davlat ta’lim standarti o’quv dasturlarining yangi tahrirdagi variantlari tajriba sinovdan o’tkazilmoqda, pedogogik texnologiyalar asosida o’quv jarayonining samaradorligi oshirish maqsadida pedagogik texnologiyalardan, axborot komminikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qitishda o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o’zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to’g’ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O’qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko’pgina metodlaridan foydalaniladi.

Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim davri ta’lim jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi.

Bu davrda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi.

Bolaning o‘quv faoliyatini rivojlantirishda turli o‘yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o‘yin orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo`llanadigan didaktik o‘yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o‘quvchilar faolligini, o‘qish motivlarini rivojlantiradi. O‘qish motivlari ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o‘rin tutadi.

Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan natijaga erishishda eng qulay yo‘l va usullarning tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u haqiqatdan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.

Boshlang‘ich sinf o’qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli didaktik o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi.

Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot – maktab hayotiga kirib boradi. Endi u yangi jamoaning a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi rejimga moslashishga majbur bo`lmaydi. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, endi uning maktabda oqish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni o‘rganish kabi zarur yumushlari ko‘p. Muhimi, o‘yindan maktabga, kundalik majburiy va davomli mehnatga o‘tish bola hayotida tub burilishdir. Hatto maktabgacha tarbiya muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson kechmaydi. Uydan maktabga kelgan bolalarga esa yana ham qiyin. Ayniqsa, sinfda 40-45 daqiqalik darsda o‘tirish, tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola maktabdan, o‘qishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham o‘qituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o‘z-o‘zidan hosil bolmaydi. Uni bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlar vositasida hosil qilish mumkin.

Ayniqsa boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni qiziqarli olib borish natijasida o’quvchilarni darsga jalb etish samarali bo‘ladi. Shunday darslarda bolalar diqqati to’liq jalb etiladi, xotirasi yaxshi ishlaydi. Motivlar o‘quvchilarning bilimlarini chuqur egallashlariga yordam beradi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta’lim jarayonini qiziqarli motivlar asosida tashkil etishga e’tibor qaratishlari zarur.

Hikoya usuli boshlang’ich sinflarda ko`p qo`llaniladi. Ta’lim mazmuni o`quvchiga qisman tanish bo`lsa suhbat usuli qo`llaniladi. Og`zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o`qituvchining bayon qilishi va o`quvchilarning shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o`zlashtirishlari birligiga amal qiladi.

Hikoya maktab ta’lim tizimida eng ko`p qo`llanadigan usul bo`lib, u hamma sinflarda barcha fanlarni o`qitishda, maktab ta’limining hamma bosqichlarida qo`llaniladi. Boshlang`ich sinflarda bu ancha qisqa va aniq bo`ladi, sinflarning o`rta guruhiga kеlib hikoya ancha kattaroq hajmda va davomli bo`ladi.

O`quv matеrialini og`zaki bayon qilish usuli quyidagi bir qator didaktik qoida va talablarga asosan qo`llaniladi: O’qish darslarida bayon qilinayotgan matеriallar g`oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog’lashga qaratilgan bo`lishi kеrak. Bayon qilinadigan matеriallarning tarbiyaviy ahamiyatini to`g`ri ko`rsatish orqali o`quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish mumkin. Oqish darslarini tashkil etishning qanday hollarida suhbat usuliqo`llaniladi? Uni qo`yishda qanday qoidalarga amal qilish lozim? Suhbat usuli – savol-javob usuli dеb ham yuritiladi.

O`quvchilar darsga yetarli darajada tayyor bo`lsa o`qituvchi rahbarligida muammoli savollarga javoblarni o`zlari axtarib topadigan suhbatlar maqsadga muvofiqdir. Bunday suhbatlar evritsik izlanish, ahtarib topish haraktеrida bo`ladi.

Suhbatlar, ayniqsa, o`qitishning tarbiyalovchilik haraktеrida dunyoqarash, e’tiqodni tarkib toptirishda qo`l kеladi. Suhbatlar butun sinf hamda o`quvchilarning ayrim guruhlari bilan ham o`tkaziladi.

O’qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida qurish o’quvchilar bilimini oshirish, og’zaki nutqini o’stirish maqsadida “Reklama” metodidan foydalandik. Bu metod boshlang’ich sinf o’qish darslarida qo’llanilsa o’quvchilarning kitob o’qishga bo’lgan ishtiyoqi, og’zaki nutqi shakllanadi, so’z boyligi oshadi, har bir mavzuga savol tuza olishga, erkin va mustaqil fikrlashga o’rganadilar. Ushbu metod orqali o’quvchilar ertaklarni, badiiy asarlarni reklama qiladilar. Reklama qilish jarayonida ertak, asar qahramonlariga xos sifatlarni ochib beradilar. Ya’ni asarni o’qib, asardagi voqea-jarayonlarni reklama qiladilar.

Xulosa qilib aytganda boshlang’ich sinf o’quvchilari boshqarishga moyil, qiziquvchan, ta’sirchan bo’lganliklari uchun ham o’qituvchidan o’quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo’lgan, darsni oson o’zlashtirishlarini, bilimlarni mustahkam o’rganishni kafolatlaydigan metodlarni tanlashi va foydalanishi talab etiladi.

Pedagogik texnologiyalardan foydalanishda ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchilarning bilimlarni keng egallashi va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yo`naltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi. Ta’lim, ilim berish – tarbiyani ham o’z ichiga oladi. Ta’lim ishi – Respublikamizni aql – zakovat va ilm borasidagi kuch quvvatini rivojlantirish, jamiyat, davlat va oila oldidagi o’z mas’uliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol, erkin shaxslarni shakllantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan o’qish darslari jarayonida erkin va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. Mustaqil fikrlash qobiliyatining shakllanishi natijasida, o’quvchilar atrof olamdagi, jamiyatdagi qonunlarni, shuningdеk, asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar orqali ular insoniy fazilatlarni anglash, bilimlarni chuqur o’rganish, keng fikrlash, tеgishli qarorlar qabul qilish ko’nikmalari shakllanadi. Har bir darsga ko’rgazmali qurollar tayyorlash ulardan darsda unumli foydalanish, darsni jonli, qiziqarli olib borishga zamin yaratadi. Ma’lumki boshlang’ich sinf o’quvchilari sahna ko’rinishlarini juda qiziqib tomosha qilishadi. Ayniqsa shu sahna ko’rinishlarida o’quvchilarning o’zlari rollarda ishtirok etishni sevadilar. Bu esa ularning mavzuni tez o’zlashtirishiga, og’zaki nutqni o’stirishga, kishilar bilan muomala qilishni o’rganishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov I.A. O’zbеkiston XXI asrga intilmoqda.- T.: O’zbеkiston, 2000.

2. Avliyoqulov N.X., Musaеva N. Pеdagogik tеxnologiyalar. Toshkеnt-2008.

3. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy o’qitish tеxnologiyalari – Toshkеnt, 2001.

4. Boshlang’ich ta’lim jurnallari.

5. Alpomish. O’zbеk xalq qahramonlik eposi. Akadеmiknashr. T.: “Fan”, 1999.

Texnologiya, 8 sinf, Tohirov О‘., 2019

Учебник по технологии для 8 класса на узбекском языке.

Aziz o‘quvchilar! Sizning barkamol avlod bo’lib voyaga yetishingiz, puxta bilim olishingiz, iqtidoringizni to‘la namoyon ctishingiz, barcha qobiliyatlaringizni yuzaga chiqarishingiz hamda jamiyatda o‘z o‘rningizni topishingizda boshqa fanlar qatori «Texnologiya» fani ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
«Texnologiya» fani Sizlami fikrlashga, ijodkorlikka, zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabatlariga asoslangan talablar asosida professional tayyorgarligingizni oshirishga va jismoniy mehnat turlaridan samarali foydalanishga oid bilimlarni amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay bilish malakasini egallashmgizga undaydi. Nafaqat jismoniy sog‘lom, balki manaviy jihatdan ham sog‘lom bo‘lishingizda yordam beradi.

Hunarmandchilik maktablari.
Toshkent ganchkorlik maktabi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Bu maktabga xos naqshlar nozikligi, aniq simmetrik taqsimga egaligi, jozibadorligi bilan boshqa maktab uslublaridan farq qiladi. Toslikent ganchkorlik maktabi namoyandalari saflda Usmon Ikromov, Toshpolat Arslonqulov, Malimud Usmonov, Anvar Polatov kabi qator yetuk ustalar faoliyat olib borishgan.

Buxoro ganchkorlik maktabi san’atinmg eng rivojlangan o‘chog‘i hisoblanib, o‘yma ganchlarining yirik hamda o‘ziga xos mayinligi, jozibadorligi va boshqa tomonlari bilan ajralib turadi. Buxoro ganchkorlik maktabining eng yirik namoyandalaridan biri akademik usta Shirin Murodovdir. Buxoro ganchkorlik maktabi namoyandalaridan usta Safar, usta Adis, usta Savri, usta Qurbon Yo‘ldoshev, usta Ibrolmti Hafizov va boshqalarning ishlari nafaqat bizning yurtimizda, balki jahonda ham tanilgandir.

MUNDARIJA.
Kirish.
I. TEXNOLOGIYA VА DIZAYN YO‘NALISHI.
1-BOB. XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI.
2-BOB. ISHLAB CHIQARISH VА RO‘ZG‘ORSHUNOSLIK ASOSLARI.
3-BOB. ELEKTRONIKA ASOSLARI.
4-BOB. IJODIY LOYIHA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
II. SERVIS XIZMATI YO‘NALISHI.
1-BOB. XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI.
2-BOB. ISHLAB CHIQARISH VA RO‘ZG‘ORSHUNOSLIK ASOSLARI.
3-BOB. ELEKTRONIKA ASOSLARI.
4-BOB. IJODIY LOYIHA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI.
III. TEXNOLOGIYA YA DIZAYN, SERVIS XIZMATI YO‘NALISHLARI.
5-BOB. KASB TANLASHGA YO‘LLASH.

Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу Texnologiya, 8 sinf, Tohirov О‘., 2019 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.

Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу

5-ci sinif texnologiya dersliyi — Рейтинг сайтов по тематике

Eylendirici Sosial Sebekesi – dostlarla unsiyyet, foto ve video, kinolar ve seriallar, musiqi, oyunlar, maraq uzre qruplar.

Google PageRank: 0 из 10 Яндекс ТИЦ: 0

0 / 5.0 оценка (Голосов: 0 )

top , beauty , salon , is , giving

Google PageRank: 0 из 10 Яндекс ТИЦ: 0

0 / 5.0 оценка (Голосов: 0 )

GRS является компания многопрофильного предоставления услуг, которая была основана в 2007 году для обслуживания различных клиентов в море и на суше в нефтяной и газовой промышленности.

baku , baki , баку , panting , blasting

Google PageRank: 0 из 10 Яндекс ТИЦ: 10

Похожие тематики

  • 5 ci sinif texnologiya derslik
  • 5 ci sinif texnologiya derslik pdf yukle
  • 5-ci sinif texnologiya kitabi
  • 5 ci sinif musiqi derslik
  • 5 ci sinif texnologiya e derslik
  • 5 ci sinif musiqi e derslik

Динамика популярности – 5-ci sinif texnologiya dersliyi

Google Тренды это диаграмма для отслеживания сезонности ключевых слов. Этот график позволяет лучше понять сезонное изменение полулярности запросов по определенной тематике.

Значения приведены относительно максимума, который принят за 100. Чтобы увидеть более подробную информацию о количестве запросов в определенный момент времени, наведите указатель на график.

Все товарные знаки и торговые марки являются собственностью их владельцев и используются здесь исключительно в целях идентификации.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.