Press "Enter" to skip to content

Tətbiqi biznes statistikası

Data ilə Biznes Analitikasını qısa müddətdə öyrən və daha peşəkar qərarlar ver! .

19-mavzu. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi

Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasining asoschisi deb haqli ravishda belgiyalik olim Adolьf Ketleni (1796-1874) hisoblash mumkin. Chunki u birinchilardan bo‘lib to‘plangan statistik ma’lumotlarga statistik usullar yordamida ishlov berishni qo‘lladi. U, shuningdek, ilk bor Belьgiyada Markaziy statistik komissiyani tashkil qilishda taniqli matematik olimlar bilan hamkorlik qildi. A. Ketleni matematik bo‘lgani uchun u o‘z tahlillarida matematik tamoyillariga suyanadi. Ushbu holat statistika vujudga kelishida, boshqa mamlakatlarda statistik tashkilotlarning shakllanishida o‘z ifodasini topdi. Chet el mamlakatlarida hozirgi kunda TIF statistikasi matematikaning alohida qismi sifatida tashkil topdi.

XX asr boshiga qadar chet el mamlakatlarida statistik tashkilotlarning yagona va shakllangan muassasa shakli mavjud emas edi. Statistika aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotlarida nisbatan rivoj topgan. Ular o‘z ish faoliyatlarida mijozlarning sug‘urta stavkalarini aniqlashda, asosan vafot etish jadvallaridan keng foydalanishgan. Turli davlat va xususiy tashkilotlar iqtisodiy, hududiy, demografik, boshqaruv, tijorat to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plash uchun statistik kuzatishlar o‘tkazib turganlar. Bunday ishlarni amalga oshirish markazlashtirilmagan edi. Statistik tahlillar olib boriluvchi ob’ektlar, ko‘rsatkichlar, to‘plash usullari va ma’lumotlarga ishlov berish ham bir yagona reja asosida amalga oshirilmasdi. Shu sababli, muayyan vaziyatda qulay va oson bo‘lgan statistika usullaridan foydalanish keng quloch yozgan edi. Natijada to‘plangan ma’lumotlarga ishlov berish, ularni o‘zaro taqqoslashda bir qancha muammolar paydo bo‘lar edi.

TIF statistikasi sohasida ayrim olimlar olib borgan ishlari tahsinga va e’tiborga loyiq. Masalan, Buyuk Britaniyalik Florens Naytingeyl (1820-1910) o‘zining tibbiyot sohasidagi ishlarida statistika usullaridan keng ko‘lamda foydalandi va ulardan foydalanishni siyosatchilar, huquqshunoslar va ishbilarmonlar o‘rtasida targ‘ib qilishga e’tibor berdi.

Statistika rivojiga ingliz olimi Karl Pirson (1857-1936) ham ma’lum darajada hissasini qo‘shdi. Uni biz «Pirson mezoni» bo‘yicha yaxshi bilamiz.

Statistikada korrelyatsion usulning ravnaqida ingliz Frensis Galьtonning (1822-1911) xizmatlari kattadir.

Keyinchalik statistika rivojiga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shgan olimlardan biri Ronalьd Fisher (1890-1962) bo‘ldi.

TIF statistikasi faqat fan bo‘lib qolmasdan, shuningdek amaliy faoliyatning muhim sohasi hamdir.

TIF statistikasi doim ommaviy mashg‘ulotlarga asoslanadi. Kerakli paytda u o‘zining boshlang‘ich kuzatishini ham tashkil etadi. Ommaviy boshlang‘ich ma’lumotlarni umumlashtirayotganda statistika maxsus usullardan foydalanadi va pirovard natijada umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlab, hodisa va voqealar to‘plamiga umumiy baho beradi. Statistika har xil o‘lchov birliklaridan foydalanadi. Jumladan, ko‘rsatkichlarni pulda, naturada, shartli natura va mehnat birliklarida ifodalaydi.

TIF statistikasi iqtisodiy hodisalarning vaqt va fazoda taqqoslamasligini ta’minlash uchun ularni joriy baholardan tashqari o‘zgarmas (taqqoslama) baholarda ham ifodalaydi. Shunday qilib, TIF statistikasi vazifalari va mazmuni jihatdan buxgalteriya va operativ uchyotdan hamda boshqa tarmoq statistikalaridan farq qiladi. Uning qo‘llanish joyi keng va murakkabdir.

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni, boshqarishni va keng jamoatchilikni haqqoniy statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash.
  2. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xalqaro iqtisodiy aloqalarni har tomonlama keng qamrovli ifodalovchi yangi statistik ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.
  3. Mamlakatimiz turli tarmoqlari iqtisodiy faoliyatini chet el mamlakatlari iqtisodiyoti bilan muvofiqlashtirish yordamida yuzaga keladigan iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash va tahlil qilish.
  4. Chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalar samaradorligini oshirish manbalarini va omillarini aniqlash.

2. To’lov balansi va uning tarkibi.

O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng asosiy vazifalaridan biri o‘z iqtisodiyotini ma’muriy boshqarishdan bozor munosabatlariga asoslangan boshqaruvga o‘tkazishdan iborat bo‘lib qoldi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv zaruriyat sifatida davr taqozoga aylandi. Faqat bozor munosabatlarigina mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining ulkan imkoniyatlaridan biri-xalq baxt-saodati yo‘lida, uning turmush darajasini oshirish maqsadida samarali foydalanishni ta’minlashi mumkin.

O‘zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishda davlat statistikasi organlarining roli katta.

Bozor munosabatlari sharoitida statistika sohasidagi yangi muammolarni hal etishni, uning nazariy asosini qaytadan ko‘rib chiqishni, mavjud statistika amaliyotida keskin o‘zgarishlar amalga oshirilishini taqozo etadi.

Shu maqsadda makroiqtisodiy statistik rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarida tub o‘zgarishlar hosil qilish uchun xalq xo‘jaligi Balansini (XXB) saqlab qolgan holda, mahalliy sharoitlariga moslashgan milliy hisoblar tizimini (MHT) xalqaro standartini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish zarur.

Milliy hisoblash tizimida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning barcha jarayonlari ikki yoqlama operatsiyalar to‘plami sifatida talqin etiladi va bu operatsiyalar tomonlar hisobida qiymat ko‘rinishida, daromad yoki harajat sifatida ko‘rsatiladi.

MHT – avvalombor makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining har tomonlama rivojlanishi natijasida yuzaga keldi.

1934 yili etakchi iqtisodchi olim S.Kuznes mamlakat bo‘yicha 1929-1934 yillar uchun milliy daromad hajmini hisoblagan. 1929-1933 yillarda g‘arb davlatlari uchun murakkab iqtisodiy inqiroz davri boshlandi va bu mamlakatlar iqtisodchilari kapitalistik jamiyat rivojlanishining «ayrim nazariyalari»ni qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldilar. Kapitalistik mamlakatlarda balans tizulmalari zarurligi ob’ektiv omillar va, avvalo, davlat-monopolistik kapitalizmning rivojlanishi hamda kapitalistik davlatlar iqtisodiyotini tartibga solishning amaliy ehtiyoji bilan vujudga keldi. Ikkinchi jahon urishi tugagandan so‘ng kapitalistik mamlakatlar davlatni boshqarish tizimida MHT qo‘llanilishning zarurligini yanada chuqurroq tushinib etdilar.

1951 yilda Parijda Evropa Iqtisodiy hamjamiyatining milliy hisoblar bo‘yicha konfrensiyasi bo‘lib, unda Evropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar uchun MHTning standarti loyihasi qabul qilindi. Bu loyiha R.Stoun rahbarligidagi bir guruh iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqildi.

1952 yilda bir guruh iqtisodchi-statistiklar BMTning Statistika byurosi topshirig‘iga binoan, «Milliy hisoblar va o‘tish jadvallari» deb nomlangan metadologiyani tayyorladilar. Bunda Angliya va AQSH ning milliy hisoblar bo‘yicha asosiy ishlari asos qilib olindi.

1968 yili BMTning Statistika komissiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda uning a’zolari tomonidan «Yashil Kitob» nomini olgan yana bir yangi standart ishlab chiqildi. 1968 yilda tatbiq etilgan MHT 25 yil mobaynida 1993 yilning fevraliga qadar xizmat qildi.

1993 yil fevral oyida BMTning Nyu-Yorkdagi statistika komissiyasining navbatdagi sessiyasida MHTning yangi standarti qabul qilindi.

Ushbu yangi standartda hamda MHTning eski 1968 yildagi standartda uining asosiy yutuqlaridan foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda eng asosiy xususiyatlaridan biri makroiqtisodiy statistika ko‘rsatkichlaridan keng ko‘lamda foydalanish hisoblanadi.

Yangi MHT xalqaro iqtisodiy hamkorlikda muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro taqqoslashni yanada yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

MHTda iqtisodiyot sektorlari orasidagi munosabatlarni o‘rganish maqsadida asosiy hisoblardan keng foydalaniladi.

Bu hisoblar ikki guruhga ajratiladi:

1. Mamlakat ichki iqtisodiyotini ta’riflovchi ichki iqtisodiy hisoblar. Ularga quyidagi hisoblarni kritamiz:

– tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish hisobi;

– ishlab chiqarish hisobi;

– daromadlarning tashkil topish hisobi;

– daromadlarni ayirboshlash hisobi;

– kapital harajatlar hisobi.

2. Mamlakatni boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlarini o‘rganishda tashqi iqtisodiy aloqalar (tashqi dunyo) hisobidan foydalaniladi.

Bu hisob quyidagi 3 hisobda ifodalanadi:

– joriy operatsiyalar hisobi;

– kapital harajatlar hisobi;

«Tashqi dunyo» sektori – shu chegarada chet el iqtisodiy birliklar (uy xo‘jaligi, birlashmalar, korxonalar)ni qamrab oladi va shu chegarada mamlakat rezidentlari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar (transport va sug‘urtalash sohasi xizmatlari, ya’ni import tovarlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar, turli xil sektorlarga tegishli chet el aktivlari bilan rezidentlar o‘rtasida bajariladigan operatsiyalar, turli xil mintaqalarga tegishli davlat majburiyatlari bilan rezidentlar o‘rtasida bajariladigan operatsiyalar, kapital qo‘yilmalar, joriy operatsiyalar, moliyaviy operatsiyalarni tasvirlaydi).

Bu sektorning asosan uchta hisobi:

Ular yordamida milliy iqtisodiyot bilan «Tashqi dunyo» o‘rtasidagi munosabatlarni umumlashgan holda ko‘rish mumkin.

Joriy operatsiyalar hisobi O‘zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlarni tovar va xizmatlar oldi-sotdisida bo‘ladigan o‘zaro daromadlar harakati aloqalarini tasvirlaydi, bunda xalqaro amaliyotda qabul qilingan shartnomalarning bajarilishi, to‘lovlar va taqdim qilingan yoki tovarsiz ta’minlash vositasida jalb etilgan ko‘chirish foizlarini, dividentlarni va boshqa investisiyadagi daromadlarni, nafaqalarni, mehnat haqini, aliment va boshqa shunga o‘xshash operatsiyalarni qo‘shgan holda kechiktirmasdan shartnoma asosida hisoblashlar o‘tkazishni ifodalaydi.

«Joriy operatsiyalar hisobi» resurslar hamda foydalanish qismidan iborat bo‘ladi.

Resurslar qismida – quyidagi barcha turdagi operatsiyalar ko‘rsatiladi: boshqa davlatlar bilan qilingan tovar va xizmatlar importidan olingan joriy daromadlar natijalari; rezident uy-xo‘jaliklarning «Tashqi dunyo»dagi priovard iste’moli, rezident yollovchilar tomonidan norezident ishchilarning mehnatiga haq to‘lashlar; ishlab-chiqarish va import bilan bog‘liq soliqlar; mulkchilikdan kelgan daromadlar; tadbirkorlik faoliyati daromadi va joriy transfertlar; bundan tashqari, «Tashqi dunyo» bilan amalga oshirilgan joriy operatsiyalar hisobining kirim-chiqim moddasining qoldig‘i tasvirlanadi.

Foydalanish qismida esa – boshqa davlatlarning tovar va xizmatlar eksporti natijasida olingan joriy daromadlarni O‘zbekiston Respublikasiga topshirilgan qismi; norezident uy-xo‘jaliklarining O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy hududidagi pirovard iste’moli; norezident yollovchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezident ishchilarining mehnatiga haq to‘lashlar; boshqa davlat rezident xo‘jalik birliklari tomonidan tushgan, mulkchilikdan kelgan daromadlar; tadbirkorlikdan kelgan daromadlar hamda joriy transfertlar tasvirlanadi.

Joriy operatsiyalar hisobida (JOX) statistik ko‘rsatkichlar yordamida umumlashtirilib: tovarlar, xizmatlar, daromadlar, transfert operatsiyalari o‘tkaziladi.

«Ko‘zga ko‘rinarli» tovarlar bu tovarlarni chetdan olib kirish yoki chiqarish natijasida mamlakatning moddiy resurslarining oshirish yoki kamayishini bildiradigan tovarlardir.

«Joriy operatsiyalar» hisobini tajribaviy hisob-kitobi

(mln. AQSh dollari)

340 230

QSS Analytics Tədqiqat və İnkişaf Mərkəzi, 15 saatlıq “Biznes Statistikası” təlim proqramını elan edir!

Təlim haqqında

Təlimimiz Biznes Statistikasını öyrənmək istəyən və bu sahədə heç bir bilik və tərcübəsi olmayan biznes mütəxəssisləri və tədqiqatçılar üçün zəruri bilikləri əhatə edir. Hal-hazırda idarəetmə pozisiyasında olan insanlar kütləvi informasiya ilə üz-üzədirlər və məlumatlar əsasında düzgün qərarlar qəbul etmək biznesi idarə edənlər üçün vacibdir. Təlim statistik təhlillərin biznes dünyasında tətbiqini istifadə etməklə iştirakçıların daha rasional düşünüb hərəkət etmələrinə imkan verir. Bu təlimdə siz biznes işində uğurlu olmaq üçün lazım olan bilikləri praktiki olaraq öyrənəcək və eyni zamanda, real keyzlər və layihələr üzərində işlər aparacaqsınız. Əgər bu sahəyə həvəslisinizsə, təlim zamanında qazandığınız biliklərlə uğurlu karyera qura biləcəksiniz. Biznes Statistikası təlim proqramı özündə Model qurma + Data analizi sahələrini birləşdirir.

T ə lim proqram ı kiml ə r üçü n n ə z ə rd ə tutulmu ş dur ?

– Analiz bacarıqlarını praktiki olaraq inkişaf etdirmək, dəqiq nəticələri sürətli şəkildə əldə etmək istəyənlər;

– Gələcəkdə bu sahədə çalışmağı planlaşdıran tələbələr və digər şəxslər;

– Biznes və Statistika ilə maraqlananlar;

– Tədqiqata marağı olanlar.

Təlim üçün tələblər nələrdir?

Təlimdə iştirak etmək üçün heç bir ön bilik tələb edilmir. Sadəcə sizi tədqiqatınızda və karyeranızda 1 addım önə atacaq bu bilikləri öyrənməniz üçün həvəsli olmalısınız!

Təlim proqramında nələri öyrənəcəksiniz?

  • Statistikaya giriş;
  • Təsviri Statistika (SPSS+Excel);
  • Qualtrics ilə tədqiqat üsulları;
  • SPSS və R proqramları;
  • Normal və Nümunə Paylanması;
  • Tableau bilikləri;
  • Əminlik İntervalının ölçülməsi;
  • Ehtimal Nəzəriyyəsi;
  • Binomial və Puasson Paylanma;
  • Ümumi Xətti Modellər;
  • Adi xətti Reqressiya.

Təlim müddətində mentorluq xidməti

Təlim müddətində və təlimi bitirdikdən sonra siz mentorlarınızla birəbir işləmək imkanı əldə edəcəksiniz. Mentorlar online olaraq suallarınızı cavablandıracaq, tapşırıq və keyzlərdə sizə kömək edəcəklər. Həmçinin təlimi bitirdikdən sonra siz, Capstone Layihələrində iştirak edəcək və nəticəniz mentorunuz tərəfindən qiymətləndiriləcəkdir.

Təlimin ünvanı, müddəti və qiyməti:

Ünvan : Aşıq Alı 2A ( Odlar Yurdu Universiteti ilə üzbəüz)
Müddət: 15 saat (5 həftə, hər həftə 3 saat )

Qiymət: 340 23 0 AZN (Tələbələr üçün 180 AZN )

*Təlimlərin sonunda iştirakçılar iştirakçı sertifikatı, fərqlənən iştirakçılar isə fərqlənmə sertifikatı ilə təltif ediləcək.

İştirak etmək üçün qeyd:

* Təlimdə iştirakınızı qeydiyyatdan keçməklə təsdiqləyirsiniz.

* Yalnız qeydiyyatdan keçən şəxslər təlimdə iştirak edə bilərlər.

* Qeydiyyat haqqında daha ətraflı məlumat üçün aşağıdakı əlaqə vasitələrinə müraciət edə bilərsiniz.

Məlumat üçün əlaqə vasitələri:

E-mail : info@qss.az

Mob. : (+99451) 341 4340

Digər təlimlər :

Data ilə Biznes Analitikası

Data ilə Biznes Analitikasını qısa müddətdə öyrən və daha peşəkar qərarlar ver! .

SPSS ilə Data Analitikası

SPSS ilə tədqiqat bacarıqlarınızı praktiki olaraq inkişaf etdirin! .

Python ilə Data Science

Data Science-də Python-un gücü ilə tanış olun! .

Data Analitikası (+Süni Zəka) R ilə

Dataya əsaslanaraq daha ağıllı qərarlar verin. Bunun üçün R proqramı optimal seçimdir. .

Səhiyyə Analitikası Təlimi

Bu kurs həkimlərin elmi əsaslı nəticələr əldə etmələri üçün Səhiyyə Statistikasını daha rahat başa düşmələri və tətbiq etmələrinə kömək edir. .

Excel ilə Data Analitikası

Excel ilə data analitikasına addımla! .

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.