XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS GEOGRAFIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»
O„zbekiston hududidagi sayr-sayohatlar bayon qilingan juda ko„p manbaalarni uchratish mumkin. YA‟ni qadimgi ajdodlarimiz ijtimoiy turmush kechirish davomida ko„chmanchi sifatida ham har tomonga o„tib hayot kechirganlar. Oilaviy va urug„-qabila bo„lib, butun bor mol-mulkini turli ulovlarga
Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi.
Turizm (sayohat) ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlarga ega bo„lgan nazariy va amaliy fan sifatida o„qitiladi. U o„zining ijtimoiy tuzumlar (formatsiya) bilan bog„liq bo„lgan o„z tarixi hamda rivojlanish jarayonlariga ega.
Turizm umumiy ma‟noda sayr-sayohatlar, sarguzashtlarni ifoda etadi. SHu sababdan ular ijtimoiy-turmush va mehnat jarayonlaridan tarkib topadi.
Turizm haqida ilmiy-ommabop risolalar, o„quv va uslubiy qo„llanmalar juda ko„p. Ularning mazmunida turli yoshdagi kishilar va aholining talablariga qarab sayr-sayohatlarni tashkil qilish yo„llari bayon etilgan.
Turizmning vujudga kelish omillari va davrlari ijtimoiy turmush, madaniy hayot va mehnat jarayonlari bilan bevosita bog„liqdir.
Eng qadimgi insonlar yashash uchun ov va mehnat qurollarini yaratishga harakat qilganlar. SHu tarzda tog„lar, daryo va ko„llarning sohillarida yashab, yovvoyi hayvonlarni ov qilganlar, ularni qo„lga o„rgatib o„z mehnatlarida foydalanganlar. Ov manzillari va dam olishga qulay bo„lgan joylarda ma‟lum bir belgilarni (tur) qo„yishgan va zarur bo„lgan paytlarda ana shu joylarga kelib hordiq chiqarishgan, turli o„yinlar tashkil qilib musobaqalashishgan.
Ishlab chiqarish va mehnat jarayonlarining takomillashuvi, ov va jang qurollarini yaratishining yangi usullari odamlarning uzoq joylarga borib ov va mehnat qilishi, shu asosda eng qulay va yaxshi joylarni tanlab dam olish, hatto o„troqlashib qolishlariga olib kelgan. SHu tariqa daryolar, ko„llar, dengizlarda ov qilish, sayr o„tkazish, izlanish uchun kemalar yasab, ulardan maqsadli foydalanganlar. Bu sohada Xristofor Kolumbning Amerika qit‟asiga borib qolishi (kashfiyot), turli sayohatchilarning Hindiston, Afrika, Avstraliya va boshqa qit‟alar, mamlakatlarga borganligi tarixdan ma‟lum.
XIX asrning ikkinchi yarmida bir qator rus sayyohlari, mutaxassis olimlari (asosan harbiylar) Markaziy Osiyoning iqlimi, tabiiy boyliklari, aholining madaniyati va boshqa jihatlarini o„rganish uchun tashrif buyurishgan. Ular orasida P.P.Semyonov Tyanshanskiy, Prejevalskiy kabilar tog„ sharoitlarini chuqur o„rganib, maxsus xaritalar tayyorlagan.
O„zbekistonda turizmning dastlabki rivojlanish davri asosan o„tgan asrning birinchi choragiga to„g„ri keladi. 1925–1930 yillarda Markaziy Kasaba uyushmalari kengashi qoshida maxsus turistik jamiyat, ya‟ni ishchi-dehqonlar turizm tashkilotini ta‟sis etgan. Bu jamiyat asosan mehnatkashlarning turli shaharlarga sayohatini (ekskursiya) uyushtirish, o„quvchi-yoshlarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish, o„lkani o„rganish kabi tadbirlar bilan shug„ullangan. SHuningdek, dam olish kunlari ommaviy ravishda shahar atroflariga piyoda chiqish, chang„ida yurish, velosipedda sayr qilish kabi amaliy faoliyatlarni tashkil qilgan. Ularning asosiy maqsadi jismonan chiniqish, mehnat faoliyatini oshirish va mudofaa ishlariga tayyorgarlik ko„rishdan iborat edi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941–1945) harbiy tayyorgarlik jarayonlarida o„quvchi-yoshlar va mehnatkashlarning topografik bilimlarini oshirishga alohida e‟tibor berildi.
Atroflarni chamalab (orentirovanie) topish, xaritani o„qish, mo„ljalga tez etib borish (jismoniy harakat) kabi turistik faoliyatlar keng rivojlandi. Bu jarayonlar o„sha davrlarda va hatto keyinchalik ham “mehnat va mudofaga tayyor” majmuyidan o„rin oldi.
Urushdan keyingi yillarda (1950-1960) Markaziy Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan barcha viloyatlarda va ularning quyi tarmoqlarida turistik klublar tashkil etildi. Klublar turizm bo„yicha (piyoda yurish, tog„ turizmi, velosiped turizm va hokazolarni uyushtirish) seksiyalar, to„garaklar, jamoalar tashkil etib, musobaqalar tashkil etishga kirishdi. Keyingi 30-40 yil davomida (1955-1990)
Respublikalar, hududlar (Markaziy osiyo, Kavkaz, Boltiq bo„yi, Ural-Sibir va hokazo) miqyosida slyotlar (musobaqalar) tashkil etildi. Ularning dastur mazmunida kategoriyali (darajali) piyoda yurish, tog„ so„qmoqlari va dovonlaridan oshish, daryolardan kechib o„tish, arqonlarga osilib daryo, jarlarning ustidan o„tish hamda belgilangan joylarni kompas orqali va chamalab topish, gulxan yoqish, chodirlarni tez (vaqtga) o„rnatish, jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish, jamoaning ish faoliyatlarini ifoda etuvchi albomlarni namoyish etish, qo„shiq-raqs bo„yicha ko„rik-tanlov o„tkazish kabi ko„p qirrali ijtimoiy–tarbiyaviy jihatlar o„rin egallagan edi. Bunday nufuzli turistik tadbirlar boshlang„ich jamoalarda (ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va hokazoga) ham u yoki bu darajada o„tkazilishi odatga aylandi.
Ommaviy piyoda yurish, shahar va tarixiy yodgorliklarni tomosha qilish sayr-sayohatlari asosan quyi jamoalarda yaxshi yo„lga qo„yildi. Markaziy shaharlar, viloyatlarda tashkil qilingan seksiyalardagi terma jamoalar tog„ turizmi, velosiped turizmi kabilar bilan shug„ullanib, ularda chamalab topish (orientirovanie) bo„yicha maxsus mashg„ulotlar tashkil qilindi. SHu asosda yuqorida zikr etilgan turlar maxsus sportga aylandi. Ularning qoidalari (nizomlar) ishlab chiqilib, sport razryadlari (1-2-3 darajalar, sport ustaligiga nomzod, sport ustasi, xizmat ko„rsatgan sport ustasi va hokazo unvonlar) tasdiqlandi.
Belorussiya, Boltiqbo„yi, Ural, Sibir o„lkasida o„z hududlariga mos, asosan turizmning tog„ turizmi,chamalab topish, suv turizmi kabi turlari amalga oshirildi. Kavkaz, Qirg„iziston va shu kabi boshqa tog„li hududlarda esa tog„ turizmi (g„orlarni topish, qoyalarni zabt etish) ko„proq rivojlanadi. Boshqa hududlarda ommaviy piyoda yurish turizmi keng rivojlandi.
Jamiyatdagi qayta qurish (1980–1990 y) tadbirlari boshqa sohalar kabi turizm ishlariga, ayniqsa jamoalarda ommaviy sog„lomlashtirish sayohatlarini tashkil qilishga salbiy ta‟sir ko„rsatdi, ya‟ni:
– shug„ullanuvchilarning erk va istaklarini chegaralash, moddiy-texnik ta‟minotni bekor qilish, faollarning sa‟y harakatlarini to„xtatish kabi tadbirlar rasmiy ravishda amalga oshirildi. Buning oqibatlari hozirgacha turizmning rivojlanish jarayonida seziladi.
2. O„zbekistonda turizmning rivojlanishi.
O„zbekiston hududidagi sayr-sayohatlar bayon qilingan juda ko„p manbaalarni uchratish mumkin. YA‟ni qadimgi ajdodlarimiz ijtimoiy turmush kechirish davomida ko„chmanchi sifatida ham har tomonga o„tib hayot kechirganlar. Oilaviy va urug„-qabila bo„lib, butun bor mol-mulkini turli ulovlarga
(tuya, ot, eshak, xachir, ho„kiz va hokazo) ortib yaylovlar, cho„llar, tog„li joylarda qo„nib, ko„chib yurganlar.
Bunday yurish-turish albatta ularga oson bo„lmagan. Lekin tabiiy sharoitlarda, yaylovlarda mol boqish, hayot kechirish, zilol suvlardan miriqib ichish, oftob nurlarida toblanish, sut-qatiq, go„sht va mevalarni iste‟mol qilishning o„ziga xos lazzatlarini tatiganlar.
Ajdodlarimizning sayr-sayohatlarini ko„z oldimizga keltirish uchun
“Avesto”, “Alpomish”, “Go„ro„g„li”, “Qirq qiz”, “Tohir va Zuhra” kabi o„nlab dostonlar, “Temur tuzuklari”, “Boburnoma” kabi badiiy, ilmiy, geografik asarlar misol bo„la oladi. Ayniqsa, buyuk sarkarda, Sohibqiron Amir Temurning jahonni kezishi, Boburning Hindiston tomon sarguzashtlari va u erda kechirgan hayotiy tafsilotlari sayr-sayohatning mazmunini yanada to„ldiradi.
Inson kamolotini ta‟minlash, sihat-salomatligini doimiy ravishda yaxshilab borishda sayohatlarning (ko„l yoqalarida tunash, kemalarda yurish, tog„larga chiqish va hokazo) amaliy mohiyatlarini sharq tabobatining sultoni Abu Ali ibn
Sino ilmiy jihatdan o„rganib, ularni meros qilib qoldirganligi bugungi kunda muhim ahamiyatga egadir.
YUrtimizning geografik tuzilishi juda xilma-xildir. YA‟ni sharqda Tyanshan tog„larining shohobchalari (davomi), janubda Turkiston, Hisor tog„lari o„rtada esa
Zarafshon, Nurota tizma tog„larining suvli hamda ko„kalamzor maydonlarida aholi ko„proq yashaydi. SHu sabab u erlarda dam olish, hordiq chiqarish, sog„lomlashtirish maskanlari ko„plab qurilgan. Respublikaning g„arb va shimol tomonlari cho„l-sahrolar bilan tutashgan bo„lsada past, yassi tog„lar bilan o„ralib, CHimqo„rg„on, Arnasoy, Kattaqo„rg„on kabi suv omborlari, katta-kichik sun‟iy ko„llarning nam havosi ekologik jihatdan tabiiy muvozanatni saqlab turadi. Orol dengizi muammolari ham asta-sekin hal qilinish arafasidadir.
Respublikada turizmning shakllanishi va rivojlanishi haqida bir qator ilmiyommabop kitoblar, o„quv-uslubiy qo„llanmalar yaratilgan. Ular orasida mutaxassis olimlar R.Abdumalikov, T.X.Xoldarov va boshqalar tomonidan tayyorlangan dasturlar, o„quv-qo„llanmalar muhim ahamiyatga ega. Respublika turizmi tarixida
I.G„.Xolmurodov, V.I.Kucheryavix (Samarqand), V.Ratsek, A.V.Kolbinsev (Toshkent) kabi iqtidorli mutaxassislarning o„rni e‟tiborga loyiqdir.
O„zbekistonda turizmni rivojlanishi yuqoridan berilgan ko„rsatmalar asosida faoliyat ko„rsatib keldi. Endilikda davr talablariga mos ravishda tarixiy shaharlarga sayr (ekskursiya) uyushtirishga katta e‟tibor berilmoqda. Bu yo„lda katta–katta shaharlar va chet ellardan tashrif buyurgan sayohatchilarni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarda qabul qilish, ularga madaniy xizmat ko„rsatish borasida yuqori tajribalarga erishildi.
Mahalliy sharoitda o„quvchi-yoshlar talabalar va mehnatkashlarning sayrsayohatlarini uyushtirish ham yuqori saviyada amalga oshirildi. Ayniqsa yoshlarni markaziy shaharlardagi (Moskva, Leningrad, Kiev va hokazo) tarixiy-madaniy joylar bilan tanishtirishda katta faoliyatlar ko„rsatildi.
O„tgan bo„limda bayon etilganidek, respublikadagi turistik faoliyatlarga asosan kasaba uyushmalari kengashlari rahnamolik qildi. Turizm ishlari asosan jamoatchilik asosida boshqarildi. YA‟ni yirik shaharlar va viloyat markazlarida tashkil etilgan turistik klublar, seksiyalar turizm harakatining asosini tashkil etdi.
Ilg„or tajriba va imkoniyatlarga ega bo„lgan ishlab chiqarish korxonalari, oliy va o„rta maxsus ta‟lim muassasalari hamda ba‟zi bir umumta‟lim maktablarda turistik klub (seksiya) tashkil etildi. Ularning faoliyatida ommaviy piyoda yurish sayohati va turizm bo„yicha musobaqalar (slyot) tashkil etish, viloyat hamda respublika musobaqalarida ishtirok etish ustuvor turar edi. Bunday jamoalarda turistik faollarni (aktiv) tayyorlashga ham alohida e‟tibor berildi.
Respublika turizmining rivojlanish tarixida Samarqand sayohatchi tashkilotchilarining o„ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu to„g„rida R.Abdumalikov va T.X.Xoldarovlarning ba‟zi bir ma‟lumotlari bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.
Samarqand eng qadimiy shahar sifatida tarixiy obidalarga boy bo„lishi bilan jahonga mashhurdir. SHu sababdan bu erga eramizdan oldingi 327 yilda bosqinchilik maqsadida kelgan Aleksandr Makedonskiy talon tarojlik bilan shug„ullangan bo„lsada, 1865-1870 yillarda rus bosqinchilari, sobiq ittifoq davrida esa markaz rahbarlari ham shaharni va baland minoralarni ko„rib lol qolishgan.
Umuman olganda Samarqand o„zining qadimiy arxitektura qurilishi va tarixiy madaniy obidalari orqali yurtimizning shon-shuhrati hisoblanadi. SHu sababdan o„tgan davrda ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil etilgan sayr (ekskursiya) va piyoda yurish turizmi mazmun va mohiyat jihatdan e‟tiborga loyiq edi.
Ikkinchi jahon urushidan avvalgi davrlarda (1930–1940 y) o„quvchi yoshlarning piyoda yurish sayohatlari asosan Ohalik (shahardan 20–25 km janubda), Omonqo„ton (40km.janubda) va Zarafshon daryosi yoqasidagi Cho„ponota (shaharning g„arb tomonida 6–8 km) ziyoratgohiga ko„p tashkil etilgan. Ularning maqsadi atrof-muhitni o„rganish, jismonan chiniqish, o„simliklardan gerbariylar tayyorlashdan iborat edi. Urushdan keyingi dastlabki davrlarda (1950–1960) Ohalik, Mironko„l, CHo„ponota, Omonqo„ton va boshqa manzarali joylarga guruh-guruh (o„quvchi-yoshlar) bo„lib sayohat qilish odat tusiga aylandi. Ayniqsa Omonqo„ton g„ori (1946 yilda topilgan) mehnatkashlar va o„quvchi yoshlarning diqqatini ko„proq jalb etgan. CHunki mazkur g„orda bundan 40 ming yil avval yashagan odamlarning suyaklari topilib, uning tarixi ancha shovshuvlarga sabab bo„lgan.
1951 yil pedagogika bilim yurti negizida jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtining tashkil etilishi (direktori Y.Y.Yusupov uzoq yillar rahbarlik qildi) katta voqelik bo„ldi. Bilim yurti o„quv rejasi asosida turizm maxsus fan sifatida o„qitila boshlandi. Uni geografiya o„qituvchisi Ibrohim G„aybullaevich Xolmurodov boshqardi. Xolmurodov bilim yurtidagi 50 yildan ortiq xizmati davomida juda ko„p tajribali sayohatchilarni etishtirish hamda ko„p mingli mutaxassis kadrlarni tayyorlashda faol xizmat qildi. E‟tirof etish lozimki R.Abdumalikov (1951–1955 yil) va T.X.Xoldarov (1965–1968 yillar) I.G„.Xolmurodovning ilk, qaldirg„och shogirdlari hisoblanadilar.
Jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurti o„quvchilari bilan “bir kunlik” (dam olish kunlari) va “ko„p kunlik” (yozgi imtihon sessiyasi oldidan) sayohatlarni o„tkazishning asosiy manzili CHo„ponota va Omonqo„ton, keyinchalik esa
Ohalikda tashkil etilgan (1962 yil) sog„lomlashtirish oromgohi hisoblandi.
“Piyoda yurish” sayohatlari jarayonida nazariy bilimlar (yurish, dam olish, tunash, ovqatlanish, tabiatni kuzatish va hokazo) va amaliy ko„nikmalar chuqur o„rgatila boshlandi. SHahar va viloyat miqyosida tashkil etilgan musobaqalarda (slyot) barcha o„quvchi-yoshlarni (500–600 kishi) jalb etish yo„lga qo„yildi. Iqtidorli yoshlar va havasmand turistlarni jamlab (15–20 kishi) 13–15 kun davomida
Ko„likalon, Iskandarko„l, Morg„uzar ko„llariga sayohat uyushtirish ishlari yaxshi natijalar bera boshladi. Natijada shahar turistlar klubi tashkil etilib (N.Boykoni rahbar) turizmni targ„ibot qilishda muhim burilish bo„ldi. Uning faollari V.I.Kucheryavыx, B.Klimov, A.P.Avanesov kabilar ta‟lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida turistik to„garaklar tashkil etishdi.
Samarqandda turizmning ravnaq topishi 1960–1970 yillarga to„g„ri keladi. Jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurti tajribalari va turizmni targ„ibot qilishdagi ko„pgina faoliyatlar shahardagi xotin-qizlar pedagogika bilim yurti (R.Abdumalikov), oziq-ovqat texnikumi (J.Faxritdinov), tikuv fabrikasi (R.P.Suxareva) va boshqa jamoalarda turizmning ommalashuviga sabab bo„ldi.
SHu sababdan xam viloyat “Spartak” sport jamiyati tarkibida turizm seksiyasi (boshqaruvchi) tashkil etilib, unga A.P.Avanesov rahbarlik qildi.
Samarqand turizmining rivojlanishida xotin-qizlar pedagogika bilim yurtining faoliyati salmoqli o„ringa ega. 1955–1960 yillarda jismoniy tarbiya o„qituvchilari A.Sirojov, V.Tsintoe va rasm o„qituvchisi S.S.Xegay boshchiligida Zarafshon daryosi sohillari, Afrosiyob qazilmalari va shahar ichida dam olish kunlari sayr-sayohatlar tashkil etilib, o„quvchi qizlarning bilim doiralarini kengaytirishga xizmat qilishgan. Hatto ular Ko„likalonga (Tojikiston) sayohat uyushtirishga muvaffaq bo„lishgan.
1960 yil sentyabrda bilim yurtiga tajribali mutaxassis R.Abdumalikov taklif etildi. Abdumalikov avvalo bilim yurtining shart sharoitini o„rganib chiqdi.
So„ngra Xegay va boshqa o„qituvchilar bilan maslahatlashib birinchi marta 30 ga yaqin o„quvchi qizlar bilan Omonqo„tonga sayohat uyushtirildi.
Chunki, R.Abdumalikovning xotirasida (1951–1956) Omonqo„ton chuqur iz qoldirgan edi. Sayohat mazmunli, qiziqarli bo„lib o„tdi. Sayohat yakunida bunday sayohatlarni har bahor va har kuzda tashkil qilish, yozgi ta‟tilda esa Iskandar ko„lga sayohat uyushtirishga kelishib olishdi. SHu tufayli bilim yurti o„quvchi qizlari “Spartak” jamiyati turizm seksiyasi va shahar turistik klub tomonidan uyushtirilgan qishki, bahorgi va yozgi ommaviy sayohatlarining eng faol, eng ommaviy jamoasiga aylandi. Qizlar har bir sayohatda 100-150 goho 300 dan ham ortiq tarkibda qatnashib, ko„rik sinovlarning g„olibligini qo„lga kirita boshladi. Ayniqsa Cho„ponota, Xishrov GES, Ohalik, Mironko„l kabi tog„li hamda xushmanzarali joylarda o„tkazilgan slyot (musobaqalar) dastur g„oliblarini (ommaviylik, albomlar namoyishi, qo„shiq-raqs, chodir o„rnatish, noma‟lum joyni topish, choy qaynatish va hokazo) Abdumalikov rag„batlantirib bordi. Bu haqda bilim yurti jismoniy tarbiya o„qituvchisi R.Abdumalikovning o„quv qo„llanmalari, gazetalardagi maqolalari guvohlik beradi.
Eng muhimi va e‟tiborli tomoni shundaki, R.Abdumalikov, S.S.Xegay, B.G„aniev rahbarligi va ishtirokida 1962–1967 yillar davomida xotin qizlar bilim yurti o„quvchi qizlari bilan Ko„likalon, Iskandarko„l, Morg„uzar (Tojikiston), SHohimardon (Farg„ona) va boshqa ko„p joylarga “ko„p kunlik” sayohatlar uyushtirildi. Shuningdek, Navoiy shahri, Moskva, Leningrad shaharlariga sayr
(ekskursiyalar) tashkil etilib, o„quvchi qizlarning bilim doiralarini kengaytirish, ularning jismoniy barkamolligini oshirishga o„z hissasini qo„shdi.
1967 yil Samarqandda pedagogika instituti tashkil etilib, unda jismoniy tarbiya fakulteti ham faoliyat ko„rsata boshladi. Bunda tajribali mutaxassis sifatida R.Abdumalikovning xizmatlari kattadir. Mutaxassis kadrlarni tayyorlashda turizm fan sifatida o„z o„rniga ega edi. SHu boisdan o„quv-amaliy mashg„ulotlarini o„tkazish uchun eng avvalo Ohalikda turistlar bazasi, keyinchalik esa institut yozi oromgohi tashkil etildi. Omonqo„tondagi sport-sog„lomlashtirish maskanida ham oromgoh tashkil etildi. Bunda sayohatlar jarayonida tog„ oraliqlari va cho„qqilarida turli xil texnik mashqlar o„rgatildi. O„quv dasturi asosida bir haftalik amaliy mashg„ulotlarni o„tkazish va sayohatlarning ahamiyatini targ„ibot qilish maqsadida 1970 yil yozgi ta‟tilda talabalar sayohatini o„tkazish Issiq ko„lda (Qirg„iziston) amalga oshirildi, sayohat jarayonida Issiqko„l atrofi, uning sharqida joylashgan Prijevalsk shahri bilan tanishildi. 10 kundan oshiq davom etgan bu sayohat talabalar xotirasida chuqur iz qoldirdi. Keyingi davrlarda talabalarning “ko„p kunlik” sayohatlari yana Iskandarko„l, Morg„uzor ko„llari sohillari, baland qorli tog„ cho„qqilarida mazmunli davom ettirildi.
O„zbekiston turizmi turnalar kabi baland uchdi. Yuqorida ta‟kidlanganidek Markaziy “Spartak” jamiyatining turizm seksiyasi tomonidan turli hududlarda turistik slyotlar o„tkazish davom etdi. Keyinchalik Kavkaz, Boltiq bo„yi va Markaziy Osiyo birinchiliklari tashkil etildi. Markaziy Osiyo hududidagi slyot Issiqko„lda bo„lib o„tdi.
Respublika terma jamoasi (rahbar, F.Tuxvatullin) tarkibida Samarqandlik turistlar R. Abdumalikov, J.Faxritdinov, R.Suxarevalar ishtirok etishdi. Slyot avgust oyining birinchi yarmida boshlandi. Slyot dasturida turistik texnika va taktika mashqlari bilan tanishtirish, jismoniy chiniqtirish, oziq-ovqatlarni jamg„arish, topografik bilimlar va shu kabi zarur tadbirlar haqida nazariy mashg„ulotlar o„tkazildi. Amaliy mashg„ulotlar Ananeva (Issiqko„lning sharqiy qismi) Oqsuv darasi va dovoni, kichik Olma ota ko„li Olmaota shahri – Medeo– Gorelnik marshruti (yo„nalishi) bo„yicha 180 km. Tog„li masofani 4 kunda piyoda o„tish amalga oshirildi. Gorelnik turistlar bazasida dam olib, hordiqlar chiqarilgach dasturning asosiy qismiga o„tildi. YA‟ni 10 dan ortiq jamoa (Moskva, Turkmaniston, O„zbekiston, Dog„iston, Omsk, Leningrad va hokazo) o„rtasida tehnik musobaqalar boshlandi. Bunda 50 m uzunlikdagi sim arqonda jarlik ustidan siypanib o„tish, tortilib o„tish, qiyaliklar va jarliklarda yugurib, belgilangan narsani chamalab topish (800 m), pastlikka tushib “jarohatlangan” kishiga tibbiy yordam ko„rsatish, chodirni tez o„rnatish va boshqa turlarda O„zbekistonlik 8 kishi (14 tadan) muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Musobaqalar tugagach, barcha jamoalar baland qorli tog„ dovonlardan oshib, tez oqar daryolarni kechib yana Issiqko„l sohiliga (Ananeva shahri) qaytib kelishdi. Mazkur slyotda ishtirok etgan qatnashchilar xotirasida bir umr saqlanib qolishi bilan birgalikda mamlakatda turizmni yanada ommalashtirishga katta xizmat qildi.
Respublikaning iqtisodiy, madaniy va siyosiy salohiyatining o„sa borishi bilan yangi viloyatlarni tashkil qilish yuzaga keldi. 1974 yil yangi Jizzax viloyati tashkil etilib, unda Pedagogika instituti ham ochildi. Odatdagidek fakultetning o„quv rejasida turizm mustaqil fan sifatida o„qitila boshladi. Fakultetni tashkil etish va uning faoliyatini boshqarish uchun R.Abdumalikov taklif etildi. SHu bilan birgalikda T.Xoldarov, R.Bozorov, M.Pardaqulov, A.G„ulomov kabi yosh mutaxassislar ham jalb etildi.
Avvaldan faoliyat ko„rsatayotgan o„qituvchilar X.Komilov, H.Meliev, Sh.Hasanov, P.Rajabov kabi yoshlar yangidan kelgan hamkasblari bilan jam bo„lishib fakultet faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga kirishdilar. Qishki imtihon sessiyasi tugagach (1977 yil fevral) talabalarning bir haftalik turistik mashg„ulotini o„tkazish uchun institutning Uchma qishlog„ida (Forish tumani) joylashgan sport sog„lomlashtirish maskaniga (oromgoh) yo„l olishdi. Maskan baland tog„ oralig„idagi soy yaqinida joylashgan bo„lib 20 dan ortiq talabalar hamda o„qituvchilar R.Abdumalikov va P.Rajabovlar boshchiligida
mashg„ulotlarda ishtirok etishdi. Ular nazariy tushunchalarga ega bo„lgach, amaliy mashg„ulotlarni bajarishdi. Bunda tog„ sharoitidagi 10 km masofani yurish va yugurish bilan o„tish, 6 ta nazorat belgisini (punkt) avvaldan qo„yilgan narsani (yozma xat quti ichida) topib kelish vazifa qilib qo„yildi. Ikki jamoaga bo„lingan talabalar masofalarni belgilangan muddatda o„tib kelishdi. Qirrali toshlar, qoyalarga chiqish, jarliklardan o„tish, qiyaliklardan yiqilmay tushish kabi murakkab texnik mashqlar talabalarning mahoratini oshirish, tog„ turizmi bilan shug„ullanish kabi faoliyatlarini uyg„otishga katta hissa qo„shdi.
Shu tariqa Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirishning yangi qirralariga asos solindi.
Respublikada turistik kadrlarni tayyorlashda O„zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining (O„zDJTI) hissasi beqiyos kattadir. Institut tashkil topgan davrdan boshlab (1955 yil) qishki (1965 yilgacha) va yozgi ko„p kunlik turizm o„quv dasturida turizmning jismoniy tarbiya tizimidagi o„rni, turizmni tashkil qilish, sayohatchilarni topografik bilimlar, ilmiy qidiruv ishlari, birinchi tibbiy yordam kabi mavzularda nazariy mashg„ulotlar va amaliy tadbirlar mazmun topgan. Shu asosda bo„lajak o„qituvchilar va murabbiylarning turistik faoliyatlari takomillashtiriladi. Bu o„z navbatida barcha turdagi ta‟lim muassasalari, ishlab chiqarish, mehnat jamoalari va turli muassasalarda sayr (ekskursiya) va sayohatlarni (turizm) tashkil qilish yo„llarini belgilab beradi. Institutdan ko„p kunlik sayohatlar Toshkent-Xo„jakent yo„nalishida poezdda va undan keyin Xo„jakent-Chimyon yo„nalishida piyoda borish va qaytib kelish (130 km) sharti bilan o„tkazilib kelindi. So„nggi 8–10 yil davomida esa Toshkent-Kumushkon yo„nalishida avtobusda, keyin esa u erdagi institutning sog„lomlashtirish sport maskani atrofida piyoda yurish bilan dastur talablari bajariladi. Bu o„quv-amaliy mashg„ulotda 3-bosqich talabalari ishtirok etib, avvalo hisob (zachyot) va keyin esa 3-razryad (“Turist” inshoni) normativini bajarishdi. SHu tariqa mutaxassislar turistik bilim va malakaga ega bo„ldi.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, “mehnat va mudofaaga tayyor” majmui talablari asosida deyarli barcha turdagi ta‟lim muassasalarida yil davomida 1–2 marotaba ommaviy sayohatlar uyushtirilar edi. Shu sababdan o„quvchi-yoshlar va talabalarning 80-90 % sayohatlarda ishtirok etar, bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari talablarida ham o„z ifodasiga ega edi. Lekin ommaviy sayr-sayohatlarni o„tkazish talab darajasida emas. Buning u yoki bu sabablari bor. Qanday sabab bo„lmasin o„quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy barkamollikka erishish va kelajakda mehnat jamoasida sayohatlarni tashkil etish, ularda ishtirok etish va shu bilan bog„liq faoliyatlarni boshqarish uchun turistik malakaga ega bo„lishlari lozim.
Xulosa qilib aytganda O„zbekistonning mustaqilligi va istiqlol yo„lidagi taraqqiyotida sog„lom avlod Davlat dasturi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O„quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkash ommaning sihat salomatligini yaxshilash, ularning jismoniy barkamolligini oshirishda jismoniy tarbiyaning muhim vositasi sifatida turizm o„ziga xos tarbiyaviy ahamiyatga egadir. SHu sababdan barcha aholi turizmning u yoki bu turi bilan shug„ullanishlari maqsadga muvofiqdir.
3. O„zbekiston mustaqilligi davrida turizmning yangi yo„nalishlari va ularning istiqbollari.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Jamiyatni ma‟naviy yangilashdan ko„zlangan bosh maqsad–yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag„rikenglik kabi ko„p-ko„p muhim masalalardan iborat”,- deb mustaqillik jarayoni haqida fikr bildirgan. Bunda turizm, ayniqsa xalqaro turizmning o„ziga xos xususiyatlari va katta ahamiyati mavjuddir. Ma‟lumki, ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlari davlat tasarrufidagi ko„p sohalar, boshqaruv organlari faoliyati bilan bevosita bog„liq bo„ladi. Ayniqsa iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlar uning asosini tashkil etadi. Fan, sog„liqni saqlash, ta‟lim, jismoniy madaniyat va sport kabi eng muhim sohalar insoniyat uchun eng zarur hayotiy tadbirlar sirasiga kiradi.
O„zbekiston mustaqilligi yangi yo„nalishdagi va o„z istiqbolidagi ijtimoiymadaniy hayotga yo„l ochdi. Shu asosda deyarli barcha sohalarda tub islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Ta‟lim, kadrlar tayyorlash, sog„liqni saqlash tizimi, madaniyat va boshqa sohalardagi islohotlar o„zining ijobiy va samarali natijalarini bermoqda.
O„zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to„g„risida” gi Qonunida (12–modda) belgilanganidek, “Sanatoriy-kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya sog„lomlashtirish ishlari” muhim ahamiyatga ega bo„lgan tadbirlardan biridir. Shu sababdan “Barcha sanatoriy– kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya moddiy bazasi hamda yakka tartibda va guruh bo„lib o„tkaziladigan jismoniy tarbiya-sog„lomlashtirish mashg„ulotlari uchun shart-sharoit yaratiladi”, – deb alohida ta‟kidlangan. Buning boisi shundaki, sayohatlar sog„lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalarining muhim tarkibiy qismidir.
Aholining barcha qatlamlarida sog„lomlashtirish, hordiq chiqarish va ko„ngil ochish tadbirlarini yanada keng yoyish, bunda sayr-sayohatlarni (turizm) maqsadli tashkil qilishga katta e‟tibor berilmoqda.
Buyuk kelajak avlodlarini tarbiyalab etishtirish, ularning ma‟naviy va jismoniy kamolotini oshirishda sayohatlarning barcha turlari hamda shakllaridan keng foydalanish ko„zda tutilmoqda.
O„zbekistonning mustaqilligi xalqaro madaniy-ma‟rifiy aloqalarni kuchaytirish hamda ularning ko„lamini kengaytirishni taqozo etmoqda. Xalqaro madaniy aloqalar mazmunida tarixiy shaharlar, ajdod-avlodlardan meros bo„lib qolgan turli xil obidalar, zamonaviy koshonalar, muzey, teatr, sport inshootlari, aholi istiqomat qiluvchi joylari muhim o„rinlarni egallaydi. SHu sababdan bu sohalarni yangilash, ta‟mirlash, sayqal va zeb berish, ayniqsa sayohatchilar va mehmonlarga turistik xizmatlarni yaxshilash talab darajasida bo„lmog„i zarur.
Ana shunday keng qamrovli ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarni tashkil qilish va uyushtirish maqsadida Respublikada “O„zbekturizm” kompaniyasi tashkil etildi (1995).
Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilganligini eslatish lozim:
1.Aholining madaniy dam olishlari va sayohat qilishlarini ta‟minlash.
2.Qadimiy buyuk ipak yo„li o„tgan shaharlarga aholining sayr-sayohatlar qilishiga shart-sharoitlar yaratish.
3.Ulug„ allomalar xotirasiga bag„ishlab qurilgan maqbaralar, yodgorlik maskanlari va hokazolarga ziyorat qilish uchun sayohatlar uyushtirish.
4.O„quvchi-yoshlarning tarixiy yodgorliklarni sayohatlar orqali o„rganishi va sayr qilib, dam olishlarini ta‟minlash.
5. Xalqaro turizmni rivojlantirish, chet mamlakatlarga sayohat qilish, chet eldan keladigan sayohatlar guruhini ko„paytirishga alohida e‟tibor berish.
6.Tijorat, o„zaro hamkorlik va boshqa maqsadlarda sayohat tadbirlaridan keng foydalanishni yo„lga qo„yish.
7.Turizm bo„yicha madaniy xizmatlarni kengaytirish, ularga yoshlarni jalb etish va mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlarini jadallashtirish va hokazolar.
Ta‟kidlash zarurki, mustaqillik sharoitida sayohatlarga bo„lgan talablar avvalgi davrlardagi turizmdan keskin farq qilmoqda. Bular o„z navbatida Respublikada turizmni rivojlantirishning yangi yo„nalishlari hamda shakllarini ochib bermoqda. Bunday jarayonlarni yanada rivojlantirish masalalari Respublika hukumatining diqqat-markazida turibdi. Buni O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 y. 15 apreldagi “2005y.gacha bo„lgan davrda O„zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to„g„risida” va 1999 y. 30 iyundagi “O„zbekistonda turizm uchun malakali kadrlar tayyorlash to„g„risida”gi
Farmonlari, shuningdek, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O„zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risidagi” 1999 y. 2 iyuldagi 324 sonli Qarori va boshqalarda ko„rish mumkin. 1999 y. 2 iyuldagi qaror asosan mamlakatda turizm bo„yicha zamon talablari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus ta‟lim muassasalarini yaratish hamda shu asosda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish maqsad qilib qo„yilgan. SHunga ko„ra:
1.O„zbekiston Respublikasi Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi “O„zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda 1999 yil 1 avgustga qadar tuzilgan rejalari amalga oshirilib, ya‟ni:
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tarkibida xalqaro turizm fakulteti faoliyat ko„rsatib turibdi.
Toshkent shahar mehmonxona xo„jaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar kolleji tashkil qilindi.
2.Toshkent Madaniyat institutidagi turizm fakultetiga rejalashtirilgan qabul
(80 ta) Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetiga o„tkazilsin, degan ko„rsatmalar amalga oshirildi.
3.Termiz, SHahrisabz, Samarqand shaharlarida turizm kasb-hunar kollejlari tashkil etildi.
Ushbu qaror (5-band)da ko„rsatilishicha O„zbekiston Respublikasi Oliy va O„rta maxsus ta‟lim vazirligi, “O„zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O„zbekiston havo yo„llari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi turizm sohasidagi ta‟lim muassasalariga har tomonlama yordam berishlari ta‟kidlangan. Bunday ma‟muriy va tashkiliy ishlarni bajarishdan maqsad shundaki, Respublikada turizm xizmatlari hamda ular bilan bevosita bog„liq bo„lgan amaliy faoliyatlarni yuqori darajaga ko„tarishdan iboratdir. Bu bilan yurtimiz shon-shuhratini jahonga tanitishdagi faoliyatlarda turizm muhim omillardan biri bo„lib xizmat qilishi ko„zda tutilganligini bilish va anglash qiyin emas, albatta. Respublikaning barcha ijtimoiy-madaniy salohiyatlarini yuqori darajaga o„tarish, ayniqsa aholi o„rtasida turizmni ommalashtirish asosiy tadbirlardan biriga aylanmoqda. Shu jihatdan uni huquqiy kafolatlash davri etib keldi. Buni esa O„zbekiston Respublikasining “Turizm to„g„risida”gi Qonuni (1999 y. 20 avgust) misolida ko„rish mumkin. Bu qonun 22 moddadan iboratdir. Ularning ba‟zi bir o„ta muhim jihatlarini namuna tariqasida keltirish lozimdir:
1–modda. Ushbu qonunning maqsadi turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat sub‟ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
3–modda. Asosiy tushunchalar. Turizm – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog„lomlashtirish, ma‟rifiy, kasbiy-amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to„lanadigan faoliyat bilan shug„ullanmagan holda uzog„i bilan bir yil muddatga jo„nab ketish (sayohat qilish): turist O„zbekiston Respublikasi hududi bo„ylab yoki boshqa mamlakatga sayohat qiluvchi (doimiy istiqomat joyidan turizm maqsadida jo„nab ketgan) jismoniy shaxs;
Ekskursiya faoliyati-turistik faoliyatning tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar va boshqa ob‟ektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo„nalishlar bo„yicha ekskursiya etakchisi hamrohligidagi 24 soatdan oshmaydigan ekskursiyalarni tashkil etishga doir qismi;
11-modda. Turistik sayohat va turistik xizmatlar majmuyi. Turistik sayohat yakka tartibda yoki turistik guruh tarkibida amalga oshiriladi. Turistik xizmatlar majmuyi transport xizmati ko„rsatishni, yashash, ovqatlantirish, ekskursiya xizmati ko„rsatish, madaniy, sport dasturlarini tashkil etish va boshqa xizmatlarni o„z ichiga oladi.
Qonunning boshqa moddalarida turistlar va turistik tashkilotlarning huquqlari, vazifalari, turli xil shartnomalar va ular bilan bog„liq bo„lgan faoliyatlar o„z ifodasini topgan.
Mazkur qarorlar va qonun asosida uyushtiriladigan turizm asosan davlat ahamiyatiga molik bo„lgan tadbirlardir. Bular asosan yo„llanma (putyovka) va ruxsatnomalar (litsenziya) orqaligina amalga oshiriladi va turli xil ulovlarda (samolyot, poezd, avtobus, engil mashinalar va hakozolar.) yurish orqali amalga oshiriladi.
E‟tirof etish lozimki, jahondagi juda ko„p mamlakatlarda, ayniqsa Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligida (MDH) turizmning bu shakllari bilan bir qatorda havaskorlik turizmi (piyoda yurish, toqqa chiqish, transportlarda yurish, daryo, ko„llar va hakozolarda sayr qilish) ham asosiy hisoblanadi. O„zbekistonda havaskorlik turizmining shakllanishi va uning rivojlanishida kasaba uyushmalari tashkilotlari g„amxo„rlik qilib kelganligi yuqorida bayon etildi. Lekin mustaqillik davrida havaskorlik turizmi shaklan va mazmunan o„z kuchini qisman pasaytirdi.
Buning ob‟ektiv va sub‟ektiv sabablari bor, albatta. Ya‟ni moddiy ta‟minot, transport, jihozlar, xavfsizlikni saqlash, tashkiliy va xo„jalik ishlari hamda boshqa ko„p muammolar vujudga keldi. Shunga qaramasdan aholining salomatligini yaxshilash, o„quvchi-yoshlarning jismoniy kamolotini ta‟minlash yo„lida turizmning o„rni va mohiyati yo„qolgan emas. Bular davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan e‟tirof etilmoqda. Bunday ijtimoiy-madaniy va tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirish maqsadida “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuyi ishlab chiqilib, u 2000 y. 1 martdan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. E‟tiborli tomoni shundaki, bu majmuyida barcha yoshdagi (6 yoshdan 60 yoshgacha) kishilar uchun mo„ljallangan sinov me‟yorlar tarkibida sayr-sayohatlar (piyoda yurish) o„rin egallagan. Ularni namuna qilib ko„rsatish maqsadga muvofiqdir:
1. Boshlang„ich sinf (1-4) o„quvchilari uchun dam olish kunlarida 2-5 km masofalarga sayr (ekskursiya) tashkil qilish, piyoda yurish bilan atrof muhitni kuzatish, tanishish.
2.5-8 sinf o„quvchilari bilan ta‟til paytlarida 10-12 km masofalik joylarga sayohat tashkil qilish yoki o„quv yili davomida kamida 2-3 marotaba 3-5 km masofaga sayohat qilish. Bunda turistik sharoitlar, jihozlar, chodir o„rnatish malakalarini oshirish.
3.9-11 sinflarda dam olish kuni sayohatlarini (yil davomida 2-3 marotaba) o„tkazish va 20-25 km uzoq masofalarga piyoda yurish. CHodir o„rnatish, kompas va boshqa vositalar orqali chamalab topish, madaniy dam olish va hakozolarni o„rganish.
4. Akademik-litseylar (yuqori sinflar), kasb-hunar kollejlari o„quvchiyoshlari hamda Oliy ta‟lim muassasalarining talabalari tunab kelish sayohatida qatnashishlari, turistik texnika bo„yicha musobaqalarda ishtirok etish va boshqa talablarni bajarishlari ko„zda tutilgan.
5. O„rta va katta yoshdagi kishilar ham dam olish kunlari hamda tunab kelish sayohatlarida faol qatnashishlari tavsiya etilgan.
Maxsus testlardagi turistik talablar va sinov me‟yorlari shug„ullanuvchi yoki qatnashchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, jinsi hamda sayohatlarga qiziqishlarini e‟tiborga oladi. O„z navbatida ularning jismoniy jihatdan rivojlanishi, salomatlikni yaxshilash, chiniqish kabi sifatlar hamda o„zaro hamkorlik, do„stlik, o„lkani o„rganish bilan Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat, ekologik muhitni saqlashga ko„maklashadigan nazariy bilim hamda amaliy ko„nikmalarni yanada mustahkamlash, ularni boyitish fazilatlari ham mujassamlashtirilgan.
1-МАЪРУЗА МАШҒУЛОТИНИНГ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ
XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS GEOGRAFIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»
xalqaro turizm tarix / “Buyuk Ipak yo’li” / yurtimizning buyuk olim / Buyuk geografik kashfiyotlar / maktab o’quvchilarining sayohati / Tomas Kukning sayohat / sobiq Ittifoqda turizmi. / history of international tourism / the Great Silk Road / the great scientist of our country / great geographical discoveries / the journey of schoolchildren / the journey of Thomas Cook / tourism in the post-Soviet space.
Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — I. Ochilov
Ushbu maqolada xalqaro turizm tarixi va rivojlanishi, Buyuk Ipak yo’lining dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi o’rni, yurtimizning buyuk olim va mutafakkirlarining Buyuk geografik kashfiyotlarga qo’shgan hissasi, turizm tarixini, maktab o’quvchilarining Yevropa davlatlari bo’ylab piyoda sayohati, Tomas Kukning sayohat marshruti va XX asrning ikkinchi yarmida sobiq Ittifoqda turizmga e’tibor qaratilishiga oid ma’lumotlar berib o’tilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — I. Ochilov
MINTAQADA TURIZM SOHASI SALOHIYATIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
O„ZBEKISTONDA TURIZM SOHASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI FARG„ONA VODIYSI MISOLIDA (1991-2021-YILLAR)
O’ZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISH TARIXIGA NAZAR
OʻZBEKISTONDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI MUAMMO VA ISTIQBOLLAR
OʻZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHINING MUHIMLIGI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
SPECIFIC GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE HISTORY AND DEVELOPMENT OF INTERNATIONAL TOURISM
This article discusses the history and development of international tourism, the role of the Great Silk Road in the development of world civilization, the contribution of great scientists and thinkers of our country to the Great geographical discoveries , the history of tourism, school trips to Europe, Thomas Cook Route and attention to tourism in the former Soviet Union in the second half of the twentieth century.
Текст научной работы на тему «XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS GEOGRAFIK JIHATLARI»
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
XALQARO TURIZM TARIXI VA RIVOJLANISHINING O’ZIGA XOS GEOGRAFIK
JIHATLARI Ochilov Iskandar
Guliston davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Tarix yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7186085 Annotatsiya. Ushbu maqolada xalqaro turizm tarixi va rivojlanishi, Buyuk Ipak yo’lining dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishidagi o’rni, yurtimizning buyuk olim va mutafakkirlarining Buyuk geografik kashfiyotlarga qo’shgan hissasi, turizm tarixini, maktab o’quvchilarining Yevropa davlatlari bo’ylab piyoda sayohati, Tomas Kukning sayohat marshruti va XX – asrning ikkinchi yarmida sobiqIttifoqda turizmga e ‘tibor qaratilishiga oidma’lumotlar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar: xalqaro turizm tarix, “Buyuk Ipakyo’li”, yurtimizning buyuk olim, Buyuk geografik kashfyotlar, maktab o’quvchilarining sayohati, Tomas Kukning sayohat, sobiq Ittifoqda turizmi.
ОСОБЕННОСТИ ГЕОГРАФИЧЕСКИХ АСПЕКТОВ ИСТОРИИ И РАЗВИТИЯ
МЕЖДУНАРОДНОГО ТУРИЗМА Аннотация. В данной статье рассматриваются история и развитие международного туризма, роль Великого шелкового пути в развитии мировой цивилизации, вклад великих ученых и мыслителей нашей страны в Великие географические открытия, история туризма, школьные поездки в Европу, Томас Кук Маршрут и внимание к туризму в бывшем Советском Союзе во второй половине ХХ века.
Ключевые слова: история международного туризма, Великий шелковый путь, великий ученый нашей страны, великие географические открытия, путешествие школьников, путешествие Томаса Кука, туризм на постсоветском пространстве.
SPECIFIC GEOGRAPHICAL ASPECTS OF THE HISTORY AND DEVELOPMENT
OF INTERNATIONAL TOURISM Abstract. This article discusses the history and development of international tourism, the role of the Great Silk Road in the development of world civilization, the contribution of great scientists and thinkers of our country to the Great geographical discoveries, the history of tourism, school trips to Europe, Thomas Cook Route and attention to tourism in the former Soviet Union in the second half of the twentieth century.
Keywords: history of international tourism, the Great Silk Road, the great scientist of our country, great geographical discoveries, the journey of schoolchildren, the journey of Thomas Cook, tourism in the post-Soviet space.
Bugungi kunda turizm dunyo mamlakatlarida milliy iqtisodiyotning salmoqli daromad keltiruvchi sohalaridan biriga aylanib olgani ko’pchiligimizga malum. So’nggi yillarda Ozbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyati jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoda. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2016 yil 2 dekabrdagi “Ozbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” gi qabul qilgan farmonida “. turizm tarmogi uchun, ayniqsa menejment va marketing sohasida malakali kadrlarni sifatli tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, gidlar (ekskursiya yetakchilari) tayyorlash, turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
tayyorlash va malakasinioshirish” masalasi orta muddatli istiqbolda turizm sohasidagi davlat siyosatining maqsadli vazifalari va ustuvor yo’nalishlari etib belgilandi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Bugungi kunda mamlakat milliy itisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo lgan turizmni rivojlantirish bo yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoda, bu esa mazkur sohaning tez rivojlanishi, yangi ish orinlarini yaratish, soxadan kelayotgan daromadlarni oshirish, aholi turmush darajasi va yashash sifatini yaxshilash, shuningdek, investitsion jozibadorlikni yanada oshirishga qaratilgan.
Turizm qadimdan xalqlar o’rtasidagi (iqtisodiy, savdo sotiq, fan, madaniyat, san’at, hunarmandchilik va h.k.) aloqa manbai sifatida muhim ahamiyatga ega. Jumladan, eramizdan avvalgi 3-2 ming yillar davomida kishilarning yangi geografik joylarni ochish, o’zlari uchun qulay hududlarni egallab olish, boylik orttirish va boshqa maqsadlarda dunyoni o’rgana boshlangan.”Buyuk Ipak yo’li’ ning ochilishi va undagi xalqaro munosabatlarning rivojlanishi bevosita turizm geografiyasining tarixiga borib taqaladi. Bundan tashqari, Buyuk geografik kashfiyotlar davrida dunyo okeani bo’ylab sayyohatlar olamni bilish va yangi yerlarni ochish maqsadidagi turli geografik sayohatlar turizmning shakllanishida muhim omil bo’ldi. Bu o’rinda yurtimizning buyuk olim va mutafakkirlari Al Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Farobiy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur va boshqalarning ham xizmatlari kattadir.
Mazkur fanning paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini ba’zi ilmiy adabiyotlarda (Unitsiker, Mariotti va h.k.) o’ziga xos tarixiy bosqichlarga ajratgan. Jumladan, M.V. Sokolova turizm tarixini keng ko’lamli tadqiq etib, uni 4 bosqichga (Qadimgi sayohat, O’rta asr yuri shlari va sayohatlar, Yangi davr turizmi rivojlanishi va XX asr turizmi) ajratgan (Sokolova, 2002). Ushbu mulohazalardan kelib chiqqan holda turizm tarixini 3 qismga ajratish maqsadga muvofiqdir:
1. Qadimgi hamda o’rta asr va uyg’onish davri turizmi;
2. Ikkinchi jahon urushigacha bo’lgan davr turizmi;
3. Hozirgi zamon turizmi
Ma’lumki, dastlabki turistik sayohatlar savdo sotiq maqsadlarida vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi, bundan 14 ming yil avvalgi qadimgi Misrda o’ziga xos tusga kirgan Misr shohi Xatshepsut dengiz ekspeditsiyasida sayohat uyushtiradi (Shapoval, 1998). Eramizdan avvalgi VI – asrda Misr firauni Nexao uch yillik sayohatni Afrika bo’ylab tashkil etadi. Keyinchalik esa misr zodagonlari ko’plab shaharlarga (Gretsiya, Rim va h.k.) sayohatga chi qa boshladi. Bu davrda turizm boylik topish uchun uyushtirilardi. Shuning uchun ular o’zlari uchun qulay yo’llar va dam olish joylari barpo etadi. Boylik orttirish maqsadida bundan 2300 yil avval Ksenofont grek portini qurish, savdo rastalari va davlat uylari barpo etishni buyuradi. Bu unga katta daromad olib keladi. Ayni paytda mehmonxona xo’jaligi xizmatlari shakllantiriladi. Ba’zi yunon va rimliklar o’zi yashab turgan shahardan uncha uzoq bo’lmagan tog’ va tog’ oldi hududlarida dam olish, davolanish va ov qilish uchun maxsus joylarni barpo etishgan.
Turizm ayniqsa Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin tez o’sib bordi. K. Liberening ta’rificha, “Yevropada XVIII – asrda turizm yangi ko’rinish oldi vasayyohlar tanishuv, davolanish va dam olish maqsadida hamda savdo-sotiq ahamiyatidagi sayohatlar tez o’sdi” -deb aytadi (Erdavletov, 2000, s.81-84).XVII-XVin asrda maktab o’quvchilarining Yevropa davlatlari bo’ylab piyoda sayohati tarixga “Buyuk turistik sayohat” bo’lib kirdi. Ular Londondan
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
boshlablspaniya, Frantsiya, Italiya va Gretsiya davlatlarida bo’lishib, sayohat davomida har birdavlatning hayoti, turmush tarzi, urf odati, madaniyati va sanhati bilan tanishdilar.
Birinchi bo’lib ommaviy turistik sayohat Angliyada 1841 yili Tomas Kuk uyushtirgan turistik marshrut bo’ldi. U 600 kishilik sayyohni temir yo’l transportida Leysterdan Lafboroga sayohat tashkil qildi. Kuk 1845 yil Liverpulga, 1865 yil Shveytsariyaga sayohat uyushtirdi va 1882 yil dunyoda birinchi bo’lib jahon bo’ylab turistik sayohat qildi. Tomas Kuk o’z sayohat marshrutida temir yo’l, kema, mehmonxona va boshqa ob’ektlar bilan shartnoma asosida sayohatni tashkil etdi (Yerdavletov, 2000, s.85).
XIX – asrning ikkinchi yarmidan keyin G’arbiy Yevropa va Amerika davlatlarida turizm alohida boshqaruv va uyushtirilgan turistik guruhlar asosida rivojlana boshladi. Birinchi jahon urushigacha chet el turizmida aksariyat yuqoritabaqali boy aholi qatnashdi. Bu davrda turistik sayohatlar asosan dengiz va dengiz bo’ylari qirg’oqlari hamda dam olish uylariga uyushtirildi. Bunda asosan Frantsiya, Italiya, Shveytsariya va boshqa davlatlarda turistik faoliyat rivojlandi.
Birinchi va Ikkinchi jahon urushi yillari oralig’ida turistik sayohatlar o’ziga xos yangi mazmun kasb etdi. Endilikda turistlar tomosha va dam olish bilan birgalikda tanishuv maqsadlari, qadimiy yodgorliklar, arxitektura, san’at, madaniy yodgorliklarni o’rganishni ham o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar.Biroq, Ikkinchi jahon urushi yillarida dunyo miqyosda xalqaro turizmning o’sish sur’ati nihoyatda pasayib ketdi. Birinchi jahon urushi davrida yiliga xalqaro turizmda 18-19 mln. kishi mashg’ul bo’lgan bo’lsa, 1947 yilda ushbu faoliyatda 16,6 mln, 1949 yilda esa 20 mln. kishi qatnashdi. G’arbiy Yevropada XX – asrninig ikkinchi yarmidan keyin “ichki Yevropa xarakteri”ga xos turizm rivojlandi (Zachinyaev, Falg’kovich,1972). Turistik sayohatlar Skandinaviya, Avstriya, GFR, Ispaniya, Italiya, Frantsiya va boshqa qo’shni davlatlar o’rtasida keng miqyosda uyushtirildi. Amerika qithasida ham AQSH, Kanada, Meksika, Panama kabi davlatlarda u tez o’sdi. Amerika sayyohlarining Yevropaga va, aksincha, Yevropa sayyohlarining Amerika va boshqa qit’a mamlakatlariga sayohati kengaydi.
XX – asrning ikkinchi yarmidan keyin sobiq Ittifoqda ham turizmga e’tibor qaratildi. Ushbu turistik sayohatlarni asosan sobiq sotsialistik davlatlarga uyushtirishni ko’zda tutdi. Bu hukumat 1969 yil 26 iyun ittifoqdosh respublikalarda turizmni rivojlantirish to’g’risida farmon chiqardi. Shundan keyingi yillar davomida Hamdo’stlik davlatlarida turizm shakllana boshladi. Biroq, ta’kidlash joizki, uzoq mustabit tizim davrida qadimdan shakllanib kelgan sayyohlikning o’ziga xos xususiyatlari ancha yo’qolib ketgan edi.
Binobarin, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi natijasida tashkil topgan mustaqil davlatlarda turizmning yangi yo’nalishlari vujudga kela boshladi. Afsus bilan aytish lozimki, 70 – yillik qatog’onlik deb atalmish sovetlar davrida jahon turizmining nihoyatda rivojlanishi, xo’jalikning muhim tarmog’i sifatida shakllanishi asosan G’arbiy Yevropa, Amerika va Sharqiy Osiyo davlatlarida ko’zga tashlandi, bizda esa, aksincha, u unchalik taraqqiy etmadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1. O’zbekiston Respublikasiнинг “Turizm, sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi PF-6199-farmoni 2021 yil 6-aprel. //www.lex.uz
2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 939-son qarori. 23.11.2017 yil// https://www.norma.uz
3. Ван Циншен, Историко-культурный туризм и развитие туристических городов Культура народов Причерноморья. 2002. №35. С.11-15
4. Дмитриевский Ю.Д. Туристские районы мира. Смоленск, 2000. 224 с
Mavzu: Turizm tarixi
Reja:
1. Sayohatning paydo boʻlishi va rivojlanishining tarixiy dastlabki shartlari
2. Antik davrdan to hozirgi zamongacha turizm rivojlanish bosqichlari
Ayrim xalqlar uchun sayohat bu asrlar davomida yashash joyining tabiiy iqlim sharoitlari ta’sirida shakllangan turmush tarzidir. Bunday xalqlarga misol qilib ko’chmanchilar — belujlar, badaviylar, lo’lilar, shuningdek, qochoqlar va majburiy ko’chuvchilarni ko’rsatish mumkin. Ko’chmanchilar poda-poda mollar bilan turli xil yaylovlar bo’ylab ko’chib yuradilar va mamlakatlar chegaralarini pisand qilmaydilar. Masalan, belujlar muntazam ravishda Pokistondan Afg’onistonga o’tib yuradilar. Ko’plab kishilar ish qidirib sayohat qiladilar. Mavsumiy qishloq xo’jaligi tufayli ishchilar har yili bir joydan boshqa joyga ko’chib boradilar, AQSHning shimoliy qismiga Meksikadan ko’plab odamlar daladan hosil yig’ishga boradilar.
Ko’p asrlik tarix guvohki, insonga savdoni rivojlantirish, yangi yerlarni ochish va o’zlashtirish, resurslar va yangi transport yo’llarini izlab topish maqsadida jahon bo’ylab sayohat qilish xos bo’lgan. Sivilizatsiyamizning rivojlanish davri unchalik katta bo’lmay, besh ming yilga yaqin hisoblanadi, biroq faqat yaqin o’tmishdagi sayohatlar haqidagi hikoya va tasvirlargina saqlanib qolingan. Tarixdan yangi qit’a va yerlarni, xalqlar va tabiiy hodisalarni ochgan, o’ziga xos geografik tizimlarni asoslab bergan buyuk sayohatchilarning nomlari bizga ma’lum.
Sayohatchilikning rivojlanishiga ziyoratchilar ham munosib hissa qo’shganlar. Turli din vakillari bo’lgan ziyoratchilar o’z dinlarini yoyish va muqaddas joylarga borib ziyorat qilish maqsadida uzoq va mashaqqatli sayohatlarni amalga oshirganlar. Salb yurishlari o’rta asrlarning mashhur hodisalari sifatida qayd etiladi. Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning asosini tashkil qilib, o’z faoliyatida keng miqyosga ega hisoblanadi. Bunga misol tariqasida islom dini vakillarining muqaddas Makkai mukarrama shahriga hajga borishi yoki xristianlarning Quddus shahriga ziyorat qilishlarini keltirib o’tish kifoya. Sayohatlarning katta qismi yangi savdo yo’llarini, yangi yer va mamlakatlarni ochish maqsadida amalga oshirilgan. Buyuk arab olimi va sayohatchi Ibn Battuta (Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh al-Lavati at-Tanji) (1304—1368) 21 yoshidan sayohat qilishni boshlagan va sharqning barcha mamlakatlarini (70 ming chaqirimdan ortiq) piyoda bosib o’tgan, SHimoliy Afrika mamlakatlari, Xitoy va Hindistonda bo’lgan. U o’zining mashhur «Rixle» deb nomlangan asarida ko’plab mamlakat va savdo yo’llarining geografik nomlarini, xalqlarning urf-odatlarini batafsil tasvirlab bergan. Italiyalik savdogar Marko Polo (1254-1324) 1271 —1295 yillarda Xitoyga safar uyushtirib, u erda 17 yil istiqomat qilgan va bu mamlakat haqidagi kamyob ma’lumotlarni to’plab, o’zining kitobida aks ettirgan.
Ko’plab sayohatlar yangi hududlarni egallab olish yoki bo’lib olish maqsadida harbiy yurishlar bilan amalga oshirilgan. Ko’p sonli qo’shin bilan yurish qilgan makedoniyalik Aleksandr (eramizdan avvalgi 356— 233 yillar) 32 ming chaqirim yo’lni bosib o’tib, o’z davri uchun ajoyib ko’rsatkichga ega bo’lgan. O’rta asrlarda salb yurishlari minglab chaqirim masofadan Muqaddas yer va Vizantiyaga etib kelgan yuz minglab dindorlarni birlashtirgan.
Buyuk sayohatchi va kashfiyotchi olimlarga misol qilib Fernan Magellan (1480-1521), Vasko da Gama (1469-1524), Xristofor Kolumbni (1451 — 1506) ko’rsatish mumkin bo’lib, ulardan oxirgisi 1492—1493 yillarda uchta karavellada Atlantika okeanini bosib o’tgan va Amerika qit’asini ochgan.
Turizm insonning tabiatni o’rganish maqsadida qilgan sayohatidan boshlangan bo’lib, bu jarayon industriyaga aylandi va ko’pchilik davlatlarning asosiy daromadi bo’lib qoldi.
Kuk 1846 yili qo’shni davlat bo’lgan SHotlandiyaga poezd va paroxodda sayohatlar uyushtirdi. endi bunday sayohat Dasturlarini ishlab chiqib, pul topish Tomas Kuk va uning o’g’li uchun biznes faoliyati bo’lib qoldi. Kuk 1860 yilda Londonda o’zining birinchi turistik korxonasini ochdi va bu korxona Thomas Sook travel nomini oldi. Hozirgi kunda ham bu turfirma o’z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kukning firmasi 20 yil ichida faoliyatini kengaytirib, SHimoliy Amerikaga ham sayohat uyushtirishni boshlab ancha tajribalar orttirdi. Kuk SHimoliy Amerikaga olib borgan turistlar guruhini Nyu York, Vashington, Richmond, Mammouth Cave, Cincinati, Niagara sharsharasi va Monreal bo’ylab sayohat qildirdi. Kuk tomonidan dunyoning barcha hududlariga sayohat marshrutlarini uyushtirishi natijasida bir shior paydo bo’ldi . Bu shior quyidagicha: «Sayohat qilmoqchi bo’lsangiz, Kukka murojaat qiling».
Jahon bo’ylab sayohatlar 75 ming mill va undan ko’proqni tashkil qilgan. Ularda ilmiy yo’nalishlar va bilimlar tizimiga asos solgan qimmatli ilmiy ma’lumotlar olingan. Qit’alarning geografik chegaralarini aniq ko’rsatuvchi qadim dunyo xaritalari saqlanib qolgan bo’lib, ularni yaratish usullari o’z izohini topmagan. Bizga ekstremal sharoitlarda eng baland tog’ cho’qqilarini, cho’l va g’orlarni, SHimoliy va Janubiy qutbni zabt etish uchun safar uyushtiruvchi sayohatchilar, suv osti dunyosi tadqiqotchilarining nomlari ham ma’lum. Mamlakatimizda YUriy Senkevich, Artur CHilingarov, Dmitriy SHparo va boshqalarning nomi tanish.
Qadimgi Rim tarixi va urf-odatlariga murojaat qiladigan bo’lsak, badavlat aristokratlar imperatorning ruxsati bilan dam olish maqsadida boshqa mamlakatlarga, masalan, Misrga sayohat qilganini bilib olishimiz mumkin.
YAngi erlarning ochilishi uzoq o’tmishda dengiz orqali mashaqqatli sayohatlar uyushtirishni talab qilgan. Hozirgi kunda barchaga ma’lumki, Amerika Kolumbdan ancha avval kashf etilgan, Grenlandiyada esa (uning nomi «yashil er» deb nomlanib, hozirgi kunda qalin muzlik bilan qoplangan) yevropadan kelib chiqqanlar istiqomat qilgan. Agar ushbu ulkan orolning muzlash tarixiga e’tibor qaratsak, birinchi ko’chib kelganlarning eramizdan avvalgi 700—600 yillarda kelganligi ma’lum bo’ladi. Janubiy Amerikadan Polineziyaga ommaviy ravishda sollarda bir necha oyda suzib o’tishga aql bovar qilmasada, buni amalga oshirish mumkinligini Tur Xeyerdal Tinch okeanini oddiy bir solda kechib o’tgan holda isbotlab bergan .
Tomas Kuk turizm faoliyatlariga quyidagi yangiliklarni olib keldi:
– transport, mehmonxona va boshqa xarajatlarni o’z ichiga olgan
holda ommaviy sayohat qilish;
– kreditga sayohat qilish;
– yoshlar uchun ma’rifiy sayohatlar;
– ishchilar uchun maxsus sayohatlar uyushtirish;
– dengiz orti mamlakatlariga sayohatlar;
– valyuta almashtirish operatsiyalari.
Sayohat industriyasining rivojlanishi bilan bir qatorda, rivojlangan turagentlar faoliyati ham Birinchi jahon urushi davrida to’xtadi. 1919 yildan boshlab harbiy samolyotlarning fuqaro aviatsiyasida ekspluatatsiya qilinishi natijasida birinchi marta London-Parij marshruti amalga oshirildi. Ikkinchi jahon urushi davrigacha sayohat agentliklari tomonidan tayyorlangan sayohatlar asosan temir yo’llari va dengiz yo’llari orqali amalga oshirilar edi. Bu sayohatlarning aksariyati SHveytsariyaga va Janubiy Frantsiyaga qilinardi. Keyinchalik avtobus bilan sayohat qilish ommalashdi. Urushdan keyin turizmda yangi rivojlanish paydo bo’ldi. Birinchi marta «CHARTER» reyslari amalga oshirildi. 1955 yilda SHveytsariya va Ispaniyaga charter reyslari bilan maxsus turlar uyushtirildi. Natijada vositachi sifatida faoliyat ko’rsatib kelgan turagentlar bilan bir qatorda, pekidj turini tayyorlagan, transport vositalari, mehmonxona nomerlarini ulgurji savdo yo’li bilan sotib oladigan turoperatorlar vujudga kela boshladi.
Turistik faoliyatning boshlang’ich turlari qadimdayoq paydo bo’lgan. Tarixda qadimgi rimliklar ilk sayohatchilar hisoblanadi. Ularning sayohatlari imperiya sarhadlaridan chetga chiqmagan bo’lsada, Rim imperiyasi hududi juda katta bo’lganligi sababli turizmning rivojlanishiga sababchi bo’lgan. O’rta asrda davlatning inqirozga uchrashi, mehmonxona va qovoqxonalarning kasodga uchrashi aholining qashshoqlashishiga olib keldi.
O’rta asrlarning oxiriga kelib savdoning rivojlanishi bilangina sayohatlar qayta tiklana boshladi. Uyg’onish davri turizmning rivojlanishiga yanada katta ta’sir ko’rsatdi. Bu paytga kelib iqtisodiyot jadal rivojlandi, yangi hunar turlari paydo bo’ldi hamda mamlakatlar o’rtasida savdo rivojlandi. Sayohatning asosiy motivlari savdo, ta’lim olish, ziyorat qilish va davolanish hisoblangan. Qadimgi Gretsiyada sportga oid sayohatlar paydo bo’lgan, chunki Olimpiada o’yinlariga ishtirokchi va tomoshabinlar butun dunyodan kelar edi. 1815 yilda Angliyadan Frantsiyaga maxsus tashkil qilingan turlar mavjud bo’lgan. YOzuvchi va sayohatchi D. Galinyani keng omma uchun Parijdan Londonga uyushtiriluvchi bunday turlarning tashabbuskori bo’lgan. 1829 yilga kelib sayohatchilar uchun maxsus tayyorlangan dastlabki yo’lko’rsatkich K. Baedeker tomonidan tayyorlangan va nashr qilingan bo’lib, u hozirda ham ma’lumdir. Bu yo’lko’rsatkich hozirgi kunda ham chop etilib, yevropa bo’ylab sayohat qiluvchi turistlar o’rtasida keng tarqalgan.
Tomas Kuk — turizm asoschisi hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti ommaviy turizmning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. 1830 yilda jahonda birinchi temir yo’l Manchester va Liverpul o’rtasida ishga tushib, u amalda sayohat uyushtirishning vaqt chegaralarini o’zgartirib yubordi. Ilgari haftalab davom etgan sayohatlarni endilikda muayyan haq to’lab amalga oshirish har bir kishining qo’lidan keladi. Temir yo’llar barcha mamlakatlarda misli ko’rilmagan sur’atlarda qurila boshladi. 1833 yilda Rossiyada CHerepanovning birinchi parovozi qurildi. 1842 yilga kelib Angliyada temir yo’l orqali yo’lovchi tashish ko’rsatkichi 23 million kishiga etdi. AQSHda 1850 yilga kelib 15 ming chaqirim masofali temir yullar qurib bitkazilgan .
Bugungi kunda zamonaviy turizm asoschisi deya tan olingan pastor Tomas Kuk birinchilardan bo’lib sayohatchilarning ommaviy safar uyushtirishining mohiyati va foydaliligini anglab etdi hamda 1843 yilda o’z qavmi uchun dastlabki temir yo’l orqali turni tashkillashtirdi va muvaffaqiyatga erishdi. 1851 yilda u mamlakatning barcha burchagidan kelgan inglizlarning Parijdagi ko’rgazmada ishtirok etishini tashkillashtirdi. U ko’rgazmaga 165 ming kishini olib kelishga musharraf bo’ldi. Ko’rgazma turlari katta foyda keltirganligi sababli, Kuk angliyalik turistlarning 1865 yilda Parijga Butunjahon ko’rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif buyurishi tashkilotchisi bo’ldi. 1856 yildan boshlab yevropa bo’ylab turlar odatiy holga aylandi, Kukning turistik agentligi va uning filiallari ochildi. Turistik kompaniyaning misli ko’rilmagan muvaffaqiyatga erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq mehmonxonalarning o’rin olganligi ham tasdiqlaydi. 1870 yilda «Tomas Kuk» turistik firmasi mijozlari soni 500 ming kishiga etdi.
Evropa va Amerika qit’alari o’rtasida muntazam kema qatnovi 1832 yilda yo’lga qo’yilgan bo’lib, 1866 yilda Kuk AQSHga turistlarning dastlabki ikki guruhini jo’natadi. Turlar uzoq muddatli, besh oygacha davom etgan. Tomas Kukning xizmatlaridan foydalangan amerikalik taniqli turistlardan biri Mark Tven oltmish kishidan iborat guruh tarkibida ishtirok etgan va keyinchalik bu sayohatni qalamga olgan. Tomas Kuk 1872 yilda birinchi bo’lib sanoat asosida jahon bo’ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Dastlabki 20 sayohatchi butun jahonni 220 kun davomida sayohat qilganlar. Tomas Kuk 1892 yilda vafot etib, uning ishini o’g’illari va sheriklari davom ettirishgan. Kompaniya o’z faoliyatini kengaytirib, yirik moliyaviy institutga aylangan va sayohatchilar uchun yo’l cheklari chiqara boshlagan. Bu esa o’z mohiyatiga ko’ra asr ixtirosi — xavfsiz pullar edi. Bugungi kunda Tomas Kuk kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistik agentliklarga ega bo’lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat ko’rsatadi.
Zamonaviy samolyotlar tezligi yer kurrasining bir nuqtasidan boshqa nuqtasiga yer aylanishi tezligidan tezroq etib borish imkonini berib, sayohatchilar mintaqalarga tashrif buyura oladilar. yevropadan SHarqqa qarab yo’l olib, xalqaro vaqt o’zgarishi chiziqlarini kesib o’tib, east bound travellers AQSHga borib tushish mumkin. Teskari yo’nalishda sayr qilishda vest bound travellers ro’y beradi. Har hafta uikendda ovozdan tez uchuvchi Konkord samolyotlarida butun dunyo bo’ylab 2—3 kunlik sayohatga chiquvchi badavlat turistlar klubi mavjud. Kosmik sayohatlarda vaqt samarasi yanada yaqqol ko’zga tashlanadi.
Sayohatlardan hayot faoliyatining alohida jozibador usuli sifatida yangi shakl – turizm ajralib chiqqan bo’lib, u o’ziga xos xususiyatlar va xislatlari bilan tavsiflanadi. Turizmni sayohatlardan ajratib turuvchi asosiy jihati bu maqsadli va ommaviyligidir. Prosper Merime 1840 yilda «Kolombo» asarida qayd etganidek, «Sayyohlarning doimiy xursandchiligi o’rniga loqaydlik yuzaga kelib, hozirgi turistlarning ko’pchiligi o’ziga xos bo’lib ajralib turish uchun o’zlariga Nil Admirare (hech narsaga hayron bo’lmaslik) shiorini tanlab olganlar». Aytish kerakki, bu «sayohatchi» va «turist» tushunchalari o’rtasidagi birinchi farq bo’ldi
Boshqa odamlar orasidan alohida ajralib turish, birinchi bo’lish istagi sayohatchilar orasida yaqqol ajralib turadi. Inson faoliyatining boshqa sohalariga qaraganda bu erda o’zini ko’rsatish imkoniyati ko’proq. Kim eng yuqori chiqadi, kim uzoqroqqa boradi, kim ko’proq temir yo’l stantsiyalarida yoki chegara punktlarida bo’ladi rekordchi-sayohatchilarning fantaziyasi chegaralanmagan bo’lib, Ginnesning rekordlar kitobida bunday yutuqlarga alohida bo’lim ajratilgan.
Djessi Rosdayl ismli bir shaxs dunyoda eng ko’p mamlakatlarda bo’lish va o’z hujjatlariga barcha mamlakatlar chegara xizmatlari shtampini qo’ydirishni maqsad qilib olgan. Buning uchun u 2627766 km masofani bosib o’tgan va 215 ta mamlakat chegarasini kesib o’tib Ginnes diplomiga sazovor bo’lgan. Biroq buning uchun unga Illinoys (AQSH) maktabidagi o’qituvchilikni tashlashga to’g’ri kelgan. Missioner Alfred Uoldern (AQSH) olda sayohat qilishni maqsad qilib qo’ygan va 424850 km masofani (bitta yoki bir nechta ekanligi noma’lum) otda bosib o’tgan. Bunda u 16 mingdan ortiq ma’ruza o’qigan. Piyoda, chang’ida, velosipedda, avtomobilda, temiryo’l, avia va dengiz transportlarida sayohat qilish bo’yicha ham rekordlar o’rnatilgan. Biroq ularning aksar qismi insonning mukammalligini isbotlash va uning qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida barcha qiyinchiliklarni engib o’tish uchun og’ir mehnatlardan iboratdir. Hattoki zamon va makonda ilmiy sayohat uyushtiruvchi, Oyga uchuvchi, yer orbitasi atrofida parvoz qiluvchi kosmonavtlar (ularni ham sayyohlar qatoriga kiritish mumkin) ham rekord o’rnatishga intiladilar. Kosmosga birinchi bo’lib parvoz qilgan odam, birinchi kosmonavt ayol, parvoz uzunligi, balandligi va uzoqligi, Oy sathida sayr qilish uzunligi va boshqa bir qator faktlar rekord qayd etishga asos bo’ladi. Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko’rib chiqishda ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy ta’minotiga to’xtalib o’tish joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning aksar qismi ma’lum bir maqsadlar (savdo, fan, yangi erlarni ochish, mahsulot reklamasi va hokazo)ga xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va xususiy jamg’armalar tomonidan moliyalashtiriladi. Sayohatchining shaxsiy xislatlari katta rol o’ynasada, biroq uning muvaffaqiyatga erishishi ko’p jihatdan jamiyatni sayohatni uyushtirish va amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moddiy resurslarni ajratishga ko’ndira olish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Afrikani zabt etib, Zambezi daryosidagi Viktoriya sharsharasini ochgan buyuk David Livingston missionerlik jamg’armalari hisobiga sayohat qilib, asosan mahalliy aholini xristian diniga jalb qilish bilan shug’ullangan va geografik kashfiyotlar qilgan.
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.