Mustaqillik davri dramaturgiyasi
Roman janri haqida . 61
O’ZBEK ADABIYOTIDA DRAMATURGIYA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»
Kompozitsiya / pralog / ekspodidsiya / voqealar rivoji / konflikt / Tugun / kulminatsiya / yechim / epiolog / fabula / perepitiya / sujet. / Composition / pralog / expodition / course of events / conflict / Knot / culmination / solution / epiologist / fable / perepitiya / plot.
Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ulug’Ova, Nozima Baxtiyorovna
Dramaturgiya doim insonga murojaat qiladi, uning qalb sirlarini ochishga intiladi, insoniy o’zaro munosabatlar mohiyatini anglashga harakat qiladi, bu inson tarixiy yoki zamonaviy bo’lishining ahamiyati yo’q. Kelajakda yosh ijodkorlarimiz mohirona qalam tebratishlari uchun hozirdanoq imkon yaratmoq lozim. Har bir tuman markazlarida ijodxonalar tashkil qilinishi, musiqa maktablarida, madaniyat markazlarida yosh qalamkashlar to’garaklari doimiy ravishda fa’oliyat yuritishi, bu albatta har bir ijodkorni ilhomlantiradi, mehnatga chorlaydi va kun kelib ulardan shoh asarlar chiqishi muqarrar.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Ulug’Ova, Nozima Baxtiyorovna
“TUSHDA KECHGAN UMRLAR” ROMANINING SYUJET, OBRAZ, USLUB XUSUSIYATLARI
EKRAN ASARI G’OYAVIY YECHIMINI AKS ETTIRISHDAGI REJISSORLIK IZLANISHLAR
TELESERIALNING TARKIBIY TUZILMASIDAGI MUALLIF VA REJISSYOR HAMKORLIGI MASALASI
ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH (“UFQ” TRILOGIYASI MISOLIDA)
PREMCHAND DRAMANAVISLIGINING O‘ZIGA XOSLIGI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
DRAMATURGY IN UZBEK LITERATURE
Dramaturgy always appeals to man, seeks to reveal the secrets of his soul, tries to understand the essence of human interaction, it does not matter whether the person is historical or modern. In the future, it is necessary to create opportunities for our young artists to master the pen. The establishment of creative centers in every district center, music schools, cultural centers, young writers’ clubs are constantly active, which, of course, inspires every artist, encourages them to work, and one day they will inevitably become masterpieces.
Текст научной работы на тему «O’ZBEK ADABIYOTIDA DRAMATURGIYA»
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
O’ZBEK ADABIYOTIDA DRAMATURGIYA
Nozima Ulug’ova Baxtiyorovna
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali “Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi” 2-kurs talabasi
Dramaturgiya doim insonga murojaat qiladi, uning qalb sirlarini ochishga intiladi, insoniy o’zaro munosabatlar mohiyatini anglashga harakat qiladi, bu inson tarixiy yoki zamonaviy bo’lishining ahamiyati yo’q. Kelajakda yosh ijodkorlarimiz mohirona qalam tebratishlari uchun hozirdanoq imkon yaratmoq lozim. Har bir tuman markazlarida ijodxonalar tashkil qilinishi, musiqa maktablarida, madaniyat markazlarida yosh qalamkashlar to’garaklari doimiy ravishda fa ‘oliyat yuritishi, bu albatta har bir ijodkorni ilhomlantiradi, mehnatga chorlaydi va kun kelib ulardan shoh asarlar chiqishi muqarrar.
Kalit so’zlar: Kompozitsiya, pralog, ekspodidsiya, voqealar rivoji , konflikt, Tugun, kulminatsiya, yechim, epiolog, fabula, perepitiya, sujet.
DRAMATURGY IN UZBEK LITERATURE
Nozima Ulugova Bakhtiyorovna
Nukus branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture “Stage and Screen Art Dramaturgy” 2nd year student
Dramaturgy always appeals to man, seeks to reveal the secrets of his soul, tries to understand the essence of human interaction, it does not matter whether the person is historical or modern. In the future, it is necessary to create opportunities for our young artists to master the pen. The establishment of creative centers in every district center, music schools, cultural centers, young writers’ clubs are constantly active, which, of course, inspires every artist, encourages them to work, and one day they will inevitably become masterpieces.
Keywords: Composition, pralog, expodition, course of events, conflict, Knot, culmination, solution, epiologist, fable, perepitiya, plot.
Dramatik tur o’zbek adabiyotiga kirib kelganiga bir asr bo’ldi. Ilk dramatik asar sifatida tan olingan Behbudiyning ” Padarkush” asari 1911 yilda yozilgandi. Yuz yillik tarix va tajribaga ega bo’lgan bu o’zbek dramaturgiyasi o’tgan asrning boshi va
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ikkinchi jahon urishi davrini hisobga olmaganda har doim ham boshqa adabiy turlardan sustroq rivojlangan. Bu susayish ayniqsa o’tgan asrning “turg’unlik davri” deb atalgan 70 80 va mustaqillikning dastlabki yillarida aniq seziladi. Bunday sustkashlikning muayyan obyektiv va subyektiv sabablari ham bor. Avvalo, shuni achinish bilan ta’kidlash o’rinliki, adabiyotimizda faqat dramaturgiya bilan shug’illanadigan maxsus ijodkorlar juda kam. Borlari ham tezda shuhrat topib kashfiyot darajasidagi sahna asarlari yaratib, teatrlarning doimiy hamkoriga aylanib ketavermaydilar. Ikkinchidan, mabodo, shunday talantli drama yaratilib, sahnalashtirilsa ham unga tomoshabinni jalb etish muammosi tu g’iladi. Uchinchidan bozor iqtisodiyoti tufayli dramaturg o’z asari bilan boyib ketayotgani yo’q. Shunga qaramay so’ngi 20 yil ichida drama yaratilmay ham qolmadi, sahna bo’shab ham qolmadi, ozmi-ko’pmi tomoshabin teatrga ham kirib turdi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Eng muhimi so’ngi yillar dramaturgiyasi shakl va mazmun tomondan yangilandi, janr imkoniyatlari kengaydi. San’atkorlar jahon dramaturgiyasining barhayot tajribalaridan unumli foydalana boshladilar. Bu yillar ananalarga ko’ra ko’plab she’riy dramalar dunyoga keldi. E.Vohidovning “Istanbul fojiasi”, A. Oripovning “Sohibqiron”, U. Qo’chqorning “Rasululloh kotibi”, R. Bobojonning “Yusuf va Zulayho” kabi asarlari ana shu usulda bitilgan. Dramaturgiyaning rivojlanishi va yangilanishi mavzu ko’lamining kengayishida yaqqol ko’rinadi. Bu borada ayniqsa tarixiy mavzudagi sahna asarlarning ko’payganligini alohida takidlash lozim. Tarixga munosabatning o’zgarganligi, buyuk ajdodlarimizning badiiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosini qadrlash, tarixiy manbalarni o’rganish tufayli xalqimiz o’zligini anglash jarayonini boshidan kechirdi. Ayniqsa Amir Temur, Ahmad al-Farg’oniy, Mashrab singari murakkab tarixiy shaxslar haqida rang-barang janrlarda turli shakllardagi sahna asarlari dunyoga keldi. Bular orasida O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Fotihi Muzaffar yoxud bir parivash qissasi” nomli tarixiy dramasi muhim o’rin tutadi. Shuni alohida ta’kidlash o’rinliki, O. Yoqubov dramaturgiya borasida xiyla tajribali adib. 60 yillardayoq ” Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim”, “Yurak yonmog’i kerak”, “Chin muhabbat”, “Olma gullaganda”, “Bir koshona sirlari” deb atalgan dramalari bilan shuhrat qozongan edi. Mana shu tajriba va mahorat san’tkorning so’ngi dramasida o’zining yaxshi samarasini bergan. Bu davrda zamonaviy mavzularda ham ko’plab dramalar dunyoga keldi. Bu borada Erkin Xushvaqtov, Salohiddin Sirojiddinov, Usmon Azim, Sanjarali Imomov, Xoliq Xursandov, Nasrullo Qobil, Komil Avaz Toir Yunusovlar samarali ijod qildilar.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ulardan ba’zilarining asarlari teatrlarning doimiy repertuariga aylandi va tomoshabinlarning tashnaligini qondirib, teatrlarga qiziqishini orttirdi. Zero teatrning xalqni ma’naviy ma’rifiy ruhda tarbiyalashning eng samarali va jonli vositasi ekanligi azaldan ma’lum. Sahna real hayotning baddiy ko’zgusidir. Shu ma’noda yuqorida nomlari tilga olingan dramaturglardan E. Xushvaqtov ayniqsa, uloqda sovrinni olib ketdi. U ko’proq xalq og’zaki ijodi materiallariga, folklor-etnografik mavzularga milliy urf-odatlarimizda o’lib borayotgan udumlarga murojat qildi. E. Xushvaqtovning O’zbekiston milliy teatrida birin-ketin sahnalashtirilgan “Chimildiq”, “Qalliq o’yin”, “Qirmizi olma”, “Andishali kelinchak” kabi pesalariga iloji boricha o’zbek xalqining azaldan yashab kelgan udimlari ruhini, mohiyatini singdirishga, ularni yangicha an’analar bilan boyitishga, yosh avlodning munosabatini oshirishga urinadi.Ko’p o’rinlarda bunga erishadi ham. O’z niyatini ifodalash uchun tanlangan usul va shakllarda yutuqqa erishavermaydi. Masalan, “Chimildiq”, “Qalliq o’yin” dramalari avvalo, yengil-yelpi voqealar asosiga qurilgani, personajlar o’rtasidagi munosabatlarning o’ta sun’iyligi, urf-odatlarimizning qadrini ko’tarish o’rniga o’ziga nafrat uyg’otadi. Bu dramalarda yechim ham tomoshabinni qoniqtirmaydi. 1. (92.93.96.97b.)
Har bir ijodkor ma’lum bir narsani, mavzuni tanlab oladi. Bu huddi homila kabi uning ichida, ongida rivoj topadi, obrazlar, voqealar tizmini xayolidan o’tkazib, g’oyasini pishiradi. Muallif tomonidan bo’lajak asar uchun mavzu tanlab olinganidan so’ng uning oldida keyingi muammo ko’ndalang bo’ladi. Bu muammo asarning tuzilishini aniqlashdan ibirat. Albatta asarning qurilishi, ya’ni tarkibini belgilash ham ancha ma’suliyatli hisoblanadi. Bu o’rinda muallif asari kompozitsiyasini tuzib olish harakatiga tushib qoladi. Aslida kompozitsiya so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, u o’zbek tilida tuzilish, qurilish sifatida ma’no anglatadi. Asar kompozitsiyasi nafaqat voqealar tizimi bilan balki so’zlar qurilishi, ularning berilishi bilan ham bog’liq. Chunki “Baddiy asarlarda faqat obrazlar, til va uslubiy vositalar barchasi muallif ilgari surayotgan muayyan g’oyaga xizmat qiladi. Asar tuzilishi ham yuqoridagilar singari muallif g’oyasiga singdiriladi. Agar obrazlar, tasvir vositalari muayyan tartibda joylashtirilmas ekan, ham tasvirdagi ham qismlar aro mezon va uyg’nlikga putir yetadi. Ijodkor har qancha mahoratli so’z san’atkori bo’lmasin, o’z g’oyasi va maqsadiga to’la erishgan hisoblanmaydi. Mabodo ijodkor maqsadi, g’oyasi, nuqtayi nazari izchil va aniq bo’lmasa, uning asari tuzilish jihatidan puxta, muvofaqiyatli chiqmaydi”.2(4 b). Bu o’rinda asardagi uyg’unlikga alohida e’tibor berish lozim. Asardagi har bir detal, har bir element bir-birini talab qilsa, bir-biriga singib ketsa, ana shu uyg’unlik deyiladi. Baddiy asardagi har bir unsur, voqea, hodisa parchasi,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
vosita hamisha muayyan maqsadga xizmat qiladi, bir-biri bilan ham shaklan, ham mazmunan munosabat kasb etgan holda mantiqiy bog’liqlik, uyg’unlik kasb etadi. Shunday qilib kompozitsiya-asar mazmuni to’laqonli tarzda ayonlashuvini taminlovchi shakliy unsur hisoblanadi. Ushbu unsurdan mohirona foydalanish ya’ni uni aniq maqsadga yo’naltirish, albatta har-bir ijodkor ijodiy labaratoryasini tadqiq etishda asqotadi. Ma’lumki asar kompozitsiyasi ijod mahsulini xuddi odam organizmini qon tomirlari o’rab olgani kabi ta’sir o’tkazadi, uning har bir unsur ustidan hukimronligi, ta’sir kuchi bo’ladi. 3(65.b.)
Hayotda ziddiyatlar keskin va sokin bo’lgani singari badiiy konfliktning ham turli ko’rinishlari mavjud. Ular qahramonlar o’rtasidagi oshkora kurash tarzida ham, personajlarning o’z o’z ko’nglidagi olishuvlar tarzida ham nomoyon bo’ladi. Shuningdek badiiy konflikt har bir adabiy tur va janrda o’ziga xos tarzda ifodalangan bo’ladi. U drama (komediya, tragediya, pyesa) asarlarida tamoman boshqacha holda ko’rinadi. Umuman har bir barkamol baddiy asar konflikt, shakl va mavzu, mazmun va g’oya singari o’z unsirlarini qay tarzda namoyon etishidan qat’iy nazar, u hayotning muayyan bir ko’rinishini ta’sirchan akslantirgan, ijodkor yaratgan go’zallikdir. Baddiy asarning ichki va tashqi dunyosi esa uning tuzilishi, sujjetidagi voqealarning joylashishi, qahramonlar va ular orasidagi munosabatlar majmuidan iboratdir. Bu hodisa kompozitsia deb yuritiladi. Madomiki dramaturg ijodining qonun qoidalariga to’xtalar ekanmiz, eng avvalo sujet atamasini tilga olish lozim. Sujet fransuscha “sujet” bo’lib,”narsa, mazmun, mavzu” degan ma’noni bildiradi. Asar mazmunini tashkil etadigan, qahramonlar o’rtasidagi aloqa, munosabatlar tizimi sujjetdir. Sujetning o’zi ham bir qator qismlardan tarkib topgan: ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim. Biroq sujjetlar o’z tuzilishiga, namoyon bo’lish tarziga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Badiiy asarlar kompozitsiyasi tahlil qilingan ayrim tadqiqotlarda “fabula” termini ham uchraydi. Fabula lotincha “fabula” so’zidan olingan bo’lib masal hikoya qilish demakdir. Badiy asar fabulasi deganda asar uchun asos bo’lgan hayotiy material nazarda tutiladi. Sujet tarkibidagi unsirlar orasida dastlab ekspozitsiyaning nima ekanligini sharhlash joizdir. Ekspozitsiya lotincha “expositio” so’zidan olingan bo’lib, “tushintirish” degan ma’noni anglatadi. Voqealar kechgan joy, davrning ijtimoiy manzarasi, qahramonlar unib-o’sgan joy, muhit shart-sharoiti kabilar tasviri ekspozitsiya deb yuritiladi. Ekspozitsiya asarning istalgan o’rnida bo’lishi mumkin. Sujetning yana bir unsuri voqealar tugunidir. Tugun, ko’pincha qahramonlarning ilk bor uchrashuvi yoki biror jiddiy muammo
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
yuzasidan tortishishi tufayli paydo bo’ladi. Tugun voqealar rivojini belgilaydi, qahramonlarni fa’ol harakatlantiradi. Voqealar tuguni faqat qahramonlar o’rtasida emas, qahramonning aynan o’zining o’y-kechinmalari bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin. Bu holat ham tugun sanaladi. Voqealar tuguni yuzaga kelgach, u qandaydir tarzda o’sib rivojlanib boradi. Sujetdagi voqealarning ma’lum tugundan so’ngi rivojlanish jarayoni voqea rivoji deyiladi. Tugun to’satdan yuzaga kelganday bo’lishi mumkin. Biroq voqea rivoji uzoq davom etadigan jarayon bo’ladi. Voqealar rivoji jarayonida ham turli chigalliklar yuzaga keladi. Masalan Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar” romanida Homid Otabek bilan Kumush o’rtasidagi munosabatlarni buzish uchun turli hiyla-nayranglar qiladi. Uning yovuzliklari tufayli qahramonlar nihoyatda mushkul holatga tushadi. Sujet voqealari rivoji davomida paydo bo’lgan ana shu yangi tugunlar yoki chigalliklarga perepetiyalar deyiladi. Har qanday ziddiyat, kelishmovchilik ham bora-bora eng yuqori cho’qqisiga ko’tariladi. Hayotning ana shu haqiqati badiiy asar sujetidagi voqealar rivojiga ham mos keladi. Chunki qahramonlar orasidagi qarama-qarshilik ham o’sib, o’zining eng baland darajasiga ko’tariladi. Ular asar sujetining kulminatsion nuqtasi sanaladi.Gumanist uchun qarama- qarshiliklar ko’pligini biz matnlarda bilishimiz mumkin. Sujetlarni tahlil qilishda nizolarning kelib chiqishi sabablarini aniqlash orqali haqiqatni anglash sodir bo’ladi. Badiiy adabiyotlarda sujetlarda nizolarning, kurashlarning aks ettirilishi badiiy vositalar orqali amalga oshiriladi. Asar sujetidagi voqealarning eng yuqoriga ko’tarilib, asosiy qahramonlar xarakteri qiyofasini ko’rsatadigan epizodi, voqealar kulminatsiyasi deyilsa, sujet voqealari va qahramonlar taqdirining hal bo’lishini gavdalantiruvchi epizod yechim deb ataladi. Ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiyasi va yechimi sujetni tashkil qiluvchi, biriktiruvchi qismlar hisoblanadi. Ular birgalashib asarning ahamiyatini belgilab beradi. Asar sujetining tarkibiga kirmaydigan, biroq unga aloqador bo’lgan yana ikki unsir ham borki, ulardan biri-muqaddima, ikkinchisi xotima. Muqaddimada muallif o’quvchiga o’z maqsad muddaosini ma’lum qilib, asari haqida tushintirish, izohlar beradi. Xotima esa qahramonlarning asar sujeti voqealari tamom bo’lgandan keyingi taqdiri haqida ma’lumot beruvchi qismidir. (4. 34, 35,36.b). “Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir”.(Shavkat Mirziyoyev). Dramaturg tomonidan ma’lum bir g’oya asosida sahnalashtirish uchun asarning tug’ilishi, rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiyatlari, turlari, unga qo’yiladigan talablar dramaturg mahorati deya tushiniladi. Shunday ekan, dramaturgiyaning, jahon miqiyosida paydo bo’lish bosqichlarini o’rganish uchun, uning tarixiga teatrshunos, san’atshunos olimlar va soga
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
mutaxasislar fikrlariga murojat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.(5. 3) Mustaqillikning ikkinchi o’n yilligi orasida esa dramaturgiyamiz tez rivojlana boshladi. Dramaturgiya va rejissurada katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Yaratilgan tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarda insonni ulug’lash, Vatanga mehir va sadoqat, qadriyatlarimizga hurmat g’oyalari badiiy g’oyalarda o’z aksini topdi.(6.181).
“To’g’ri ijtimoiy mavzulardagi asarlar ham kam emas, ularda ham g’oya ustivorligi seziladi. Jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan, insonlar ongiga salbiy tasir etadigan voqealarga, hodisalarga qarshi kurash voqeasi ko’rsatilayotgan , tomoshabinga havola etilayotgani yaxshi, ammo muhokamalar ya’ni asarlarga taqrizlar juda kam e’lon qilinayotgani esa afsuski, bugungi kun muammolaridan biriga aylanib qoldi” (6.49).
Dramaturgiya doim insonga murojat qiladi, uning qalb sirlarini ochishga intiladi, insoniy o’zaro munosabatlar mohiyatini anglashga harakat qiladi, bu inson tarixiy yoki zamonaviy bo’lishining ahamiyati yo’q. Kelajakda yosh ijodkorlarimiz mohirona qalam tebratishlari uchun hozirdanoq imkon yaratmoq lozim. Har bir tuman markazlarida ijodxonalar tashkil qilinishi, musiqa maktablarida, madaniyat markazlarida yosh qalamkashlar to’garaklari doimiy ravishda fa’oliyat yuritishi, bu albatta har bir ijodkorni ilhomlantiradi, mehnatga chorlaydi va kun kelib ulardan shoh asarlar chiqishi muqarrar.
1. Y.Solijonov. “Hozirgi adabiy jarayon”. T. “Innovatsiya-Ziyo”.2020. 92 ,93.b
2. Matluba Isokova. “Dramaturg mahorati”. T. 2021. 4 b.
3. L. Tashmuxammedova. “Adabiyot tarixi va nazariyasi”
4. Hans Bertens. Literary Theory. The basics, 2001,-page 34, 35, 36.
5. Matluba Isokova. “Dramaturg mahorati”. T.2021.3 b.
6. To’laxo’jayova.M., Qozoqboev. T. “Drama nazariyasi”.T. Fan va texnologiyalar markazi.2014. 49 b.
Mustaqillik davri dramaturgiyasi
U. Azimning “Bir qadam yo’l” dramasida inson ko’ngli mayllariga e’tiborsizlik, vaqtida odamni qadrlamaslik singari illatlar bir umr mehnat qilib, halol yashagan keksa kishining murakkab taqdiri misolida aks ettirilgan. Samarqandni ko’rish, uni ziyorat etishni umr bo’yi orzu qilib yashagan, ammo vaqtida qo’lining kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovoraligi, undan so’ng farzandlarining e’tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko’rmay o’tib ketgan qariya va uning o’g’illari ruhiyati asarda katta mahorat bilan ko’rsatilgan.
Istiqlol dramaturgiyasida shakliy izlanishlar, ijodiy tajri-balar bir zum ham to’xtagan emas. Dramaturglar sanog’iga yetib bo’lmas hayotiy holatlar shu holatlarda harakat qiladigan qahramonlar tabiatida ham jiddiy evrilishlar yasashi mumkinligini nozik his etgan holda drama-versiya, drama-vaziyat singari yangi ifoda shakllarini o’ylab topganlarki, bu hoi asarlarning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlagan.
E. Samandarning “Arabmuhammad Bahodirxon” trage-diyasida insoniyat paydo bo’lgandan beri hal bo’lmay kelayotgan va bundan keyin ham to’la hal etilishi mumkin bo’lmagan yaxshilik va yovuzlik, nafs va qanoat, hokimiyat va farzandlik burchi singari qarama-qarshi qadriyatlar o’rtasidagi to’qnashuv o’tmishda yashab o’tgan bobolarimiz taqdirlari misolida ta’sirli tasvirlab berilgan. Qo’lida imkoniyati bo’lishiga qaramay, o’zining yovuz farzandlariga qarshi qo’shin 102
www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan
tortishni istamagan Arabmuhammadxon shaxsiyatidagi yuksak sifatlar va o’z otalarining ko’zlariga mil tortish darajasida yirtqichlashgan Habash va Elbars timsollaridagi tubanliklar asarda butun ko’lami bilan juda ta’sirli yo’sinda ko’rsatib berilgan.
Ayni vaqtda milliy dramaturgiyaning tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar qo’lga kiritilishi og’ir kechayotgan soha bo’lib qolayotganligini ta’kidlash kerak. Mustaqillik davri dramaturgiyasi bozor iqtisodi talablariga eng ko’p berilgan adabiy tur bo’ldi. Bu hoi sahna asarlarining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi, albatta.
Komediyalarning saviyasi kishida haqli e’tiroz va jiddiy xavotir uyg’otadi. Negaki, o’zbek komediyachiligining dastlabki qadamlariyoq juda zalvorli va esda qolarli bo’lgan. Hamza, Abdulla Qahhor, Sharof Boshbekovlarning teran ma’noli kulgi asarlarini eslashning o’zi fikrimizning nechog’liq haq ekanligini ko’rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati nochor bo’lgani uchun na ijrochilarga, na tomoshachilarga va na o’quvchilarga biror estetik ozuqa bera oladi. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish bir turiga ko’cha so’zlari, tiyiqsiz chuchmallik hamda pardasizlik katta sur’at bilan kirib kelmoqda. Mualliflar qahramonlar ruhiyatidagi to’qnashuvlar tarangligi haqida emas, so’zlarning pardasizligi haqida ko’proq bosh qotirishmoqda.
She’riyat va nasr borasida mustaqillikkacha bo’lgan yaqin o’tmishdagi estetik yuksakliklarga yetibgina qolmay, undan balandroq cho’qqilarni egallash imkoniyati yuzaga kelganligi ayon haqiqat bo’lsa, dramaturgiya bobida shu vaqtgacha eri-shilgan sahnaviy yuksaklikka yetib borilmayotganligi achi-narlidir.
Davr ahli ruhiyatidagi oshkoralik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramatizmidagi taranglik hali-hanuz pyesalarga ko’chib, sahna realligiga aylangani yo’q. Holbuki, har qanday keskin ijtimoiy o’zgarish va yangicha hayotiy vaziyat dramatik
turdagi asarlar yaratilishi uchun mo’1-ko’l material bera oladi. Biz yashayotgan davr ana shunday keskin o’zgarish-yangi-lanishlar davridir.
Ma’lumki, milliy adabiyotimiz uchun haq gapni aytish badiiy ijodning oddiy talabiga aylanib qoldi. Bugun adabiyot zarur gapni, dolzarb muammoni odamning taqdiriga bog’lab, ta’sirli yo’sinda ifodalash kerakligiga odatlanib bormoqda. Milliy dramaturgiyada esa hanuzgacha zarur gapni yalang’och yo’sinda, keskin tarzda aytish fazilat sanab kelinmoqda.
Har bir alohida odamda bo’lgani kabi har bir millatning va har bir davrning ham o’z mo’ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo’ladi. Mustaqillikka erishilganidan keyingi davr o’zbek adabiyoti uchun inson ma’naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko’z ilg’amas sezimlarni tadqiq etishga erishish ana shunday baland marradirki, milliy adabiyotimiz uni egallash sari og’ishmay borayotir.
Xullas, mustaqillik davri adabiyoti sog’lom tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Hozir yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda zamondoshlar ruhiyatini tasvirlashning eng ta’sirchan usullarini kashf etishga jiddiy e’tibor berilyapti.
Savol va topshiriqlar
1. Hozirgi adabiy jarayonga xos xususiyatlarni ko’rsating.
2. Bugungi o’zbek she’riyatining yetakchi xususiyatlariga to’xtaling.
3. Istiqlol davri o’zbek romanchiligining asosiy belgilarini ayting.
4. Zamonaviy o’zbek qissachiligidagi yetakchi yo’nalishlarni sharhlang.
5. Zamonaviy o’zbek hikoyachiligining taraqqiyot tamo- yillarini ko’rsating.
6. Bugungi o’zbek dramaturgiyasining xususiyatlarini sharhlang. 103
www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan
Cho’lpon . 3
Cho’lpon she’rlari to’g’risida . 11
Ijtimoiy va intim lirika . 11
Kecha va kunduz . 13
“Kecha va kunduz” romani to’g’risida . 33
“Qutlug’ qon” romani to’g’risida . 59
Roman janri haqida . 61
Odil Yoqubov . 63
Ulug’bek xazinasi . 65
Abdulla Oripov . 87
Abdulla Oripov she’riyati to’g’risida . 102
Link qahramon . 103
«Sohibqiron» asari to’g’risida . 113
ADABIYOT I__Vilyam_Shekspir’>JAHON ADABIYOTI
Vilyam Shekspir . 115
“Otello” fojiasi to’g’risida . 132
Tragik obrazlar va hayot haqiqati . 133
Haynrix Hayne . 135
Haynrix Haynening she’rlari haqida . 142
Aleksandr Pushkin. 143
“Yevgeniy Onegin” . 146
She’riy roman . 162
Chingiz Aytmatov . 163
“Asrga tatigulik kun” . 165
“Asrga tatigulik kun” romani to’g’risida . 181
Badiiy asar pafosi haqida . 182
Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti . 183
QOZOQBOY YO’LDOSHEV, VAL1JON QODIROV JALOLBEK YO’LDOSHBEKOV
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9- sinfi uchun darslik
(O’zbek tilida)
Ijodiy guruh rahbari — Akbar Mirzo
Muharrir Rauf Subhon
Rassom Shamsiddin Ahmedov
Texnik muharrir Ulyana Kim
Musahhiha Dilfuza Usmonova
Sahifalovchi Halima Xo’jayeva
Nashnyot litsensiyasi: Al 185. 10.05.2011. 2014-yil 24-aprelda bosish-
ga mxsat etildi. Bichimi: 60 x 90 ‘/|(, Kegli: 11. “Tayms” garniturasi.
Ofset bosma usulida bosildi. Shartli bosma tabog’i 12,5. Nashr bosma 104
www.arxiv.uz saytidan yuklab olingan
tabog’i 14,2. Adadi 56405.
Darslikning qayta ishlangan va to’ldirilgan original-maketi
‘Mitti Yulduz” MCHJ ga tegishli bo’lib, jamiyat kompyuter bazasida
nashrga tayyorlandi. Toshkent sh. Navoiy ko’chasi, 30.
O’zbekiston Matbuot va axborot agentligining “O’zbekiston” NMIUda chop etildi. 100129, Toshkent sh. Navoiy ko’chasi, 30.
Dostları ilə paylaş:
Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət
mUsTAqiLLiK dAvri drAmATUrgiYAsi
mUsTAqiLLiK dAvri drAmATUrgiYAsi
Muhtaram o‘quvchi! Siz jahon adabiyoti tarixidan joy
olgan eng nodir dramatik asarlarning sahna talqinlarini
ko‘rgan, o‘zbek milliy dramalarining ko‘p namunalaridan
boxabar bo‘lishingiz kerak. Zero, ushbu adabiy turning yuza-
ga kelishida o‘zbek mumtoz adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi-
ning ta’siri bilan bir qatorda dunyo adabiyotining yetakchi
dramatik an’analari ham katta ahamiyat kasb etdi. Ada-
biyotshunoslik fani e’tiboridan dramaga xos adabiy-nazariy
qonun-qoidalarga mos asarlarning sahnaga chiqishi XX asr
boshlaridagi o‘zbek madaniy muhiti bilan bog‘liq, albat-
ta. Jadid ma’rifatchilari dramatik asarlar o‘ynaladigan teatr
sahnasiga ibratxona sifatida qarashgan edi. Teatr sahnalari
o‘z vaqtida taraqqiyot yo‘liga chiqayotgan xalq uchun bami-
soli oyina vazifasini o‘tadi. Shunga ko‘ra, hozirgi o‘zbek
dramaturgiyasining o‘ziga xos uzoq tarix qa’ridan kelayotgan
adabiy-estetik umumiy asosi va o‘tgan asr boshlariga borib
taqaladigan yuz yillik tarixi bor. O‘zbek dramasi tarixidan
siz «Padarkush» (Mahmudxo‘ja Behbudiy), «Abulfayzxon»
(Fitrat), «Sohibqiron» (Abdulla Oripov) kabi ayrim namu-
nalarni o‘qigansiz, albatta.
Dramatik tur janrlaridan biri bo‘lgan komediyada mual-
lif o‘z g‘oyasini xarakter, kulgi va shunga mos tanlangan
voqelik
ning sahnadagi badiiy talqini vositasida ifodalaydi.
Fojia janrida esa qahramonlararo, mavjud ijtimoiy-ma’naviy
muhitlararo haddan tashqari kuchli ziddiyatlar oqibati bo‘lgan
fojia ko‘rsatiladi; bu ayanchli vaziyat tufayli o‘quvchi yoki
tomoshabin qalbida achinish tuyg‘usi paydo bo‘ladi. Yana bir
e’tiborli jihat shuki, o‘zbek dramaturgiyasi tarixida o‘zida har
ikki adabiy janrga xos xususiyatlarni jamlagan «Temir xotin»
nomli (Sharof Boshbekov) tragikomediya ham mavjud. Uni
ko‘rgan yoki o‘qigan odam asarda qatnashayotgan obrazlar
holidan ba’zan beixtiyor kuladi va ayni damda og‘ir mehnat
ostida ezilgan insonning fojiaviy holatidan qayg‘uga botadi,
chuqur o‘yga toladi.
O‘zbek dramaturgiyasi tarixida mustaqillik davri alohida
bosqich sanaladi. Bu davr o‘zbek dramalarida o‘zbekona
121
turmushning eng muhim qirralariga, milliy qadriyatlar va
urf-odatlar talqiniga alohida diqqat qaratiladi. Mustaqil mam-
lakatning har bir ongli odami o‘zligini, o‘z o‘tmishini, dunyo
ilm-fani, madaniyati, adabiyoti va san’atiga beqiyos hissa
qo‘shgan ajdodlarining ulkan mutafakkir shaxslar bo‘lganini
juda teran anglashi lozim. Insonga milliy o‘zlikni anglatishda
dramatik asarlar so‘z san’atining boshqa janrlariga qaraganda
kuchliroq ta’sir o‘tkazadi. Sahnadagi qahramonlar
ning so‘zla-
ridan ta’sirlanadi va ularning xatti-harakatlarini o‘z ko‘zlari
bilan ko‘radi; ba’zan sahna bilan tomoshabin orasidagi che-
gara yo‘qoladi. Aktyorlar sahnadan odamlar orasiga tushib
keladi; tomoshabin esa bamisoli o‘zini sahnada his etadi.
Har qanday badiiy asarda insonlarning ma’naviy kamo-
loti yoki tubanlashuvining obrazli tasviri muhim sanaladi.
Jumladan, mustaqillik davri o‘zbek dramalarida ham zamon
kishilari yoki tarixiy shaxslarning odilligi, haqgo‘yligi, xolis-
ligi, olimligi, sadoqati, mardligi hamisha shu insoniy fazi-
latlarning zidi bo‘lgan axloqiy-ma’naviy tushunchalar bilan
yonma-yon muhokama qilinadi. Tabiiyki, bunday murakkab
va ziddiyatli hayot girdobiga tushgan qahramonlar orasidan
har doim yuksak insoniy kamolot darajasiga ko‘tarilgan chin
ma’nodagi yuragi butun shaxslar g‘olib bo‘lishadi.
Sir emaski, hamma zamonlarda dramatik asarlar bevosita
sahna hayoti bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Muallif qahramon-
larining sahnada o‘zlarini tutishlarini va o‘sha asarni to-
moshabin qanday qabul qilishini ko‘z oldiga keltirishi hamda
syujet voqeligining barcha komponentlarini puxta o‘ylashi
kerak. Boshqa adabiy tur va janrlar bilan dramatik asarlar
taqqoslanganida uning poetik xususiyati va tarkibiy tuzulishi-
ni yaxshi anglab olish mumkin. Dramatik asar voqelikning
o‘ziga xos badiiy talqini bo‘lgani uchun obraz
lar tabiati ham
dialogik va monologik nutq, xatti-harakat, imo-ishora, sukut,
yig‘i yoki kulgi kabi sahnaga xos tasviriy-psixologik vositalar
yordamida ochiladi. Tabiiyki, bu omillar sahna asarining
umrboqiyligini ham belgilaydi.
Umuman, bugungi o‘zbek dramaturglari ozod yurt yosh-
larining ma’naviyati yuksak, axloqi pok, ruhiy olami mus-
tahkam bo‘lishiga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqda.
122
mUsTAqiLLiK dAvri
drAmATUrgiYAsidAN NAmUNA
TANHO QAYIQ
Orol bobodan dramatik rivoyat
QATNASHDILAR
O r o l b o b o
A m e t
J u m a b o y
T i l o v b e r g a n
G e n j a m u r o d
O ‘ t a g a n m a x s u m
Q a l i m b e t
G u l x a d i c h a
R o h a t S o b i r o v n a
Birinchi qism
1
Atrofi qamish chiy bilan o‘ralgan, dov-daraxtsiz yaydoq
hovli. Bir yonda bahaybat duradgorlik dastgohi, tegishli
asbob-anjom; yerda eski imoratlardan chiqqan uzun-qisqa
taxta-yu tunuka qirqimlari, nam latta o‘rab simga tortilgan
egma-qayishqoq tol novdalari-yu yirik-yirik mum palaxsalari
va qirindi-payraxalar aralash-quralash bo‘lib yotibdi.
Erkin A’ZAM
O‘zbekiston xalq yozuvchisi
(1950yilda tug‘ilgan)
123
Ish chala, chala ishlar.
Qarshi tarafda tayyor mahsulot – katta-kichik qayig‘-u
qayiqchalar qator qilib chetanga suyab qo‘yilgan. Biri qora-
moyga bo‘yalgan, biri qizil, biri kumushrang; chetroqdagilari
hali bo‘yoq ko‘rmagan – ajralib turibdi.
Hovlining to‘rida – ro‘parada g‘aribgina, pasqam bir
kulba. Eshigi nimochiq, derazalari lang. Zehn solib qaralsa,
eshik ham, deraza qasnoqlari ham qayiqqa mengzab ketadi,
allanechuk qayiqsimon namoyishda. Uyning chap tomonida
bo‘g‘otga tirab qo‘yilgan narvon ham shunday; aslida-ku u
eski bir qayiq bo‘lib, to‘nkarilgan-u orqasiga taxta qoqib
zina yasalgan, xolos.
Tom boshida ham bir qayiq! Ammo u xiyla haybatdor,
hashamatli, ikki uchida baliqsimon bezaklari ham bor.
Ana shu qayiqning qoq belida kontoparlar kiyadigan soya-
boni serbar allaqanday movut qalpoq cho‘qqayib ko‘rinadi.
Suvda qalqib turgan kabi u goh baralla ko‘zga tashlanadi,
goh «cho‘kib» ketadi.
Tong bo‘zara boshlagan palla. Bir maromdagi xurrak
tovushi.
Tom ustidagi qayiqqa jon kirib daf’atan chayqalib keta-
di-yu undan soch-soqoli o‘siq, yoshini bilib bo‘lmaydigan bir
qariya bosh ko‘taradi. U ko‘kragida yotgan qalpoqni haf-
salasizgina boshiga qo‘ndirib, tevarak-atrofga vazmin alang
lab
nazar soladi.
Orol bobomiz mana shu kishi.
O r o l b o b o (tashvishmand g‘udranib). Qum, qum.
yer-u osmon qum-a, tavba! (Tikila-tikila, birdan yuzi yori
sha-
di.) Yo‘-o‘q, suv bu, suv! Qara, oftobda shishaday yalt-yult
qilyapti jonivor. Orol qaytib kelibdi! Orolim! Bir kecha-
da suvga to‘libdi, yashasin, dod! Ana – mavjlari! Ana –
to‘lqinlar! Vah, qayiqlar ham suzib yuribdi. (U huvillab
qolgan ovul tomlaridagi uzoq-yaqin qayiqlarni o‘zicha sa-
nay ketadi.) Bir, ikki, uch. yetti, sakkiz, to‘qqiz. Iye,
shoshma, suv nega buncha sarg‘ish? Ana, mavjlari ham,
to‘lqinlar ham sap-sariq. Ha-a, bo‘ldi, bo‘ldi – loyqalan-
gan. Loyqalanib-loyqalanib to‘ladi-da suv! Ammo. xuddiki
qum deysan, qumning o‘zginasi-ya. Ko‘zingni yiribroq qa-
124
rasang-chi, kallavaram, qum bo‘lmay nima u axir?! Orol
suvga to‘lganmish! Suvlari mavjlanib yotganmish! Sen yasa-
gan qayiqlar suzib yurganmish. Har erta shu ahvol-a!
Tushingni ana – qumga, qumliklarga ayt! He, esini yegan
telba chol! Oroling seni tashlab ketganiga necha zamonlar
bo‘ldi-ku! Endi qaytmaydi u, ey nodon! Sen esa bir ovulda
bir o‘zing so‘ppayib o‘tiribsan. Qo‘ni-qo‘shni ovuldoshlaring
allaqachon ko‘ch-ko‘ronini ko‘targan, hovli-joylari boyo‘g‘liga
makon bo‘lib yotibdi, ana! Lekin – har birining tomida
bittadan qayiq. Sen yasagan qayiqlar, shogirdlaring yasagan
qayiq. Suvga tashna, suvga ilhaq. Suzadigan suv bo‘lmasa,
mavj-u to‘lqinlar bo‘lmasa, yasagan qayig‘ing kimga kerak?!
(Qariya ruhsiz, qayiqning ikki yonidan ushlab, eran-qaran
joyidan qo‘zg‘aladi. Yotoq-qayiq uzra ajab bir qiyofada qad
rostlab, osmonga boqadi.) Quyosh! Bugun ham chiqibdi.
Har kuni chiqadi. Charchamaydi, erinmaydi. Qarimasmikan
shu? Qariydi, qariydi. Qishga borib bu ham qariydi. Senga
o‘xshab qoladi – harsillab, qarashlari xira tortib. Ammo
ko‘klam kelganda tag‘in charaqlab ketadi-da. Yasharib. Sen-
chi, sen ham qaytib yashararmikansan? Tavba de, tavba de!
O‘zingni quyoshga teng ko‘rding-a, manglayi qora! Yoshlik
chog‘laring, Orol bo‘ylarida Oykumushning belidan quchgan-
laring yodingdan chiqibdi-da, noshukur?! Ha-a, esingni tanib,
ko‘rgan-bilganing – Orol bo‘ldi. Ko‘m-ko‘k mavjlararo otang
qayiqda eshkak eshib borayotir, sen uning qo‘ynida. Shun-
dan oting «Orolbola» bo‘lib ketdi. Keyin-keyin – Orolboy,
endilikda – Orol bobo. O‘zingning oting-chi, o‘zingning
chin oting nima edi? E, kimning esida bor deysiz! «Orol»
bo‘lsa kerak-da. Ishqilib, yoshingni yashading, oshingni
oshading endi, birodar. Uff! Nechaga kirdim o‘zi? Xuddi
ming yildan buyon borman-u yana ming yil o‘lmaydigan-
dekman-a! Yo‘-o‘q, Orolboy, hozirlikni ko‘ravering, bugun
bo‘lmasa, ertaga. Yoshligingiz ham, umringiz ham Orol
bilan ketgan, qaytmaydi endi u! Uff. (Qariya engashib,
qayiq ichida qarmoqqa ilashib yotgan kattakon baliqni du-
midan ko‘taradi, u yon-bu yon aylantirib qaraydi.) Yirikkina!
Xudoyim bu kecha ham siylabdi. Qulluq, qulluq!
Qariya bir qo‘lida qalpog‘i, bir qo‘lida baliqni osiltirib
tom qirg‘og‘iga keladi va avaylabgina qayiq-narvondan hovli-
125
ga tushadi. Yonboshdagi o‘choq taraf yurib, baliqni qozonga
soladi-da, ustunga ilig‘liq sochig‘ini yelkasiga tashlab uy
orqasiga o‘tib ketadi.
2
Duradgorlik dastgohining bir chetida tushlik dasturxon:
non bo‘laklari, uch-to‘rt dona oqqand, qora qumg‘onda
choy. Orol boboning shogirdlari – o‘spirin yigitlar Jumaboy,
Tilovbergan, Genjamurod – birovi dastgoh qirrasiga suyanib
non kavshamoqda, birovi yerga cho‘nqayib sopol kosadan
xo‘rillatib choy ichayotir, kalta-kulta taxtadan qo‘lbola kursi
yasab olgan, yana biri bekorchilikdan hushtak chalib o‘tirib-
di. Yagona buklama brezent o‘rindiqda Orol boboning o‘zi,
ensasini qashlab o‘y suradi.
O r o l b o b o (hushtakchi Genjamurodga). Ha, shaytonni
chaqiryapsanmi?
G e n j a m u r o d (anqayib). Shaytonni? Nega.
O r o l b o b o. Hushtak chalish – shaytonni chaqirish
bilan barobar. Shunday gap bor, eshitmaganmisan?
G e n j a m u r o d. Hamma chaladi-ku hushtakni.
O r o l b o b o. Bilib-bilmay chalsa kerak-da. Senga
o‘xshab.
J u m a b o y (iljayib). Ovulingizda shayton qoptimi, Orol
bobo, hammasi har yoqqa to‘zib ketgan-ku!
O r o l b o b o. Shayton degani hamma joyda bor, ham-
ma joydan topiladi. Odamzodning ichida bo‘ladi-da u.
Sezdirmaygina kirib, in qurib oladi.
T i l o v b e r g a n. Bizning-chi, bizning ham ichimizda
bormi?
O r o l b o b o (miyig‘ida kulimsirab). Qaydam deysan.
Ichida borini har kim o‘zi biladi.
G e n j a m u r o d. Masalan, mening ichimda shayton-pay-
ton. hech narsa yo‘q.
T i l o v b e r g a n (qiqirlab). Shuning uchun hushtak chalib
uni chaqirayotgandirsan-da. A, bobo?
O r o l b o b o. Sizlarda shayton nima qilsin, bolam! Bad-
niyat ko‘ngilda bo‘ladi u. Sizlarning dillaring oqchorloqning
to‘shidek beg‘ubor! Yo‘qsa, menga o‘xshagan bir devona-
126
ga qo‘shilib, bekordan-bekor qayiq yasab o‘tirarmidilaring.
Hatto qo‘l chaygali bir ko‘lmak topilmasa, Orolimiz huv
olislarga ketib qolgan bo‘lsa.
T i l o v b e r g a n. Bir kuni qaytib keladi, deysiz-ku o‘zingiz
doim?
O r o l b o b o ( jonlanib, komil ishonch bilan). Albatta
qaytadi! Men ko‘rolmasam, sizlar ko‘rasizlar o‘sha kunni,
xudo xohlasa! Bu yasagan qayiqlaring nima uchun axir.
J u m a b o y (tamshanib). Baliq yeb bunaqa totlisini ko‘r-
maganman, rosti!
O r o l b o b o. Ha-a, baliqdan baliqni ajrata bilasan, sen
bola! Qulboy qarmoqning nevarasisan-da, iliging baliq mo-
yiga to‘la. O‘sha bobong men yasagan qayiqlarni minib ov
ovlagan.
J u m a b o y. Eshitganman. Otam aytgan. Lekin siz har
kuni bunaqasini qayoqdan olasiz-a, Orol bobo?
O r o l b o b o ( ajab bir ixlos-u qanoat bilan). Xudo
beradi, bolam, xudo!
T i l o v b e r g a n (ajablanib). Xudo?! O‘z-o‘zidan beraveradi-
mi, bekordan-bekor. Bu qum sahroda qayoqdan toparkan u?
O r o l b o b o. Ollohimning karomati beadad, o‘g‘lim!
Kerak bo‘lsa, mana shu qumingni zarga aylantiradi. Kerak
bo‘lsa.
T i l o v b e r g a n. Nimaga bo‘lmasa Orolni to‘ldirmayapti?
G e n j a m u r o d. Ha, nega quritib qo‘ydi uni?
O r o l b o b o. Tavba deb gapiringlar, bolalarim. Xudo
emas, sen bilan menga o‘xshaganlar boshiga yetdi Orol-
ning. (Shogirdlarining savolchan nazariga javoban.) G‘a-
zabini qo‘zg‘adik-da. Hali aytdim-ku, shayton oraladi
ichimizga, vasvasa soldi. Ana shuni quvsang, ana shun-
dan xalos bo‘lsang, bir kun qarabsanki, Oroling suvga
limmo-lim to‘lib turibdi-da! (Bir lahza tin olib.) Qani,
yigitlar, qo‘zg‘aldik! Bekorchidan xudo bezor. Omin, Oro-
limiz suvga to‘lsin, suvlari baliqqa to‘lsin, Ollohi akbar!
(Qariya yuziga fotiha tortib, kaftini tizzalariga tiragancha,
inqillay-sinqillay o‘rnidan turadi.) Men peshinimni o‘qib
olay, sizlar. Tilov, sen bola bo‘yog‘ingni oxiriga yetkaz,
xo‘pmi? Sen, Jumaboy, anovi o‘lchab qo‘yilgan taxtalarni
arralab turasan. Genja qarashar. (Tashvishmand alanglab.)
127
Amet. Ametimizdan bugun ham darak yo‘g‘-a? Nima
bo‘ldi ekan? Keyingi vaqtda mashqi pastroq ko‘rinadi o‘zi
shu bolaning.
J u m a b o y. Kim bilsin, har erta orqalaringdan yetib
boraman, deydi-yu, keyin esa.
Xuddi shu choq chetan eshik ochilib, sheriklaridan tikroq,
dadilroq yigit – Ametning o‘zi ko‘rinadi.
O r o l b o b o (chehrasi yorishib). Xizrni yo‘qlasak bo‘lar-
kan. Kel, Ametboy, tinchlikmi?
A m e t (xomushroq). Assalomu alaykum. Uyda yumush
ko‘payib ketdi, oqsoqol.
O r o l b o b o. Mayli, bularingga bosh-qosh bo‘lib tur-chi,
gaplasharmiz.
G e n j a m u r o d. Buningizning ichiga hali siz aytgan
shayton kirib olgan bo‘lmasin tag‘in, Orol bobo!
O r o l b o b o (unga o‘qraygandek). Tilingni tiy, bola!
Alhazar!
Chol o‘choq og‘zida turgan sopol oftobasini olib, uyning
panasiga g‘oyib bo‘ladi. Shogirdlar topshirilgan yumushlar-
ga unnab ketishadi. Tilovbergan bo‘yoq chelagini ko‘tarib,
chetanga suyab qo‘yilgan qayiqlar tomon yuradi. Jumaboy
bilan Genjamurod bir chetga uyilgan taxtalarni saralamoqqa
kirishadi. Birgina Amet hovli o‘rtasida bekor qaqqayib tu-
ribdi. O‘ychan, allanechuk taraddudda.
G e n j a m u r o d (o‘girilib). Ha, shayton, sen-chi.
A m e t (unga beparvo). Bu yoqqa kelinglar-da. Gap bor!
U bolalarni girdiga yig‘ib, qo‘lida uzun bir kaltak, yerga
aji-buji shakllar chizgan bo‘lib allanimalarni uqtira boshlaydi.
J u m a b o y (axiyri jig‘ibiyron bo‘lib). Kallang joyidami,
Amet, shuncha shishani qayoqdan olasan axir?!
G e n j a m u r o d. Xomxayol, xomxayol! Uch kun uyda
o‘tirib, topib kelgan gapini qara buning! Nima, shisha
zovuting bormidiki. Egri jiydaning tagidan o‘tmaganmisan,
mabodo?
A m e t. Ana – ovulni shisha bosib yotibdi! Hech kimga
keragi yo‘q, egasiz! Asta ko‘chirib olaverasan-da.
J u m a b o y. Xo‘p, ko‘ndik, sen aytganday bo‘laqolsin,
mayli. Lekin bu bepoyon sahroni bir ovulginadan chiqqan
shisha bilan qanday to‘ldirasan, shunisidan gapir!
128
A m e t. Sidirg‘asiga shisha to‘shab chiqish shart emas,
oshna, tushunsang-chi. Har-har joyga tashlab ketilsa kifoya,
ko‘zni qamashtirib, suvday yaltirab yotaveradi. Keyin, chor
tarafni shishaga to‘ldirasan deyayotganim yo‘q-ku, axir. Faqat
Orol tomoni bo‘lsa bas.
G e n j a m u r o d. Umuman, shu masxarabozchilik kimga
kerak o‘zi?! Sho‘rlik cholni aldab, laqillatganday bo‘lib.
A m e t. Hech kim uni aldamoqchi, laqillatmoqchi emas,
jo‘ra, o‘ylab so‘zla! Ko‘ngil ovlash deydilar buni, bilsang!
Mana, senu menga shuncha hunar o‘rgatdi, ustozimiz, ko‘rib
ko‘zi bir quvnasin, armonda ketmasin degan niyatda edim-
da, xolos.
J u m a b o y. Bilamiz, bilamiz, cholning senga mehri
bo‘lakcha, shogirdlarining zo‘risan. Lekin erta-indin o‘zing
huv bir yoqlarga chog‘lanib turibsan-ku, bu yog‘i necha
puldan tushdi.
A m e t. Men hech qayoqqa bormayman! (Keyin sal
bo‘shashganroq ko‘yda.) Ketar bo‘lsam ham. Mayli, senlar
qo‘shilmasang qo‘shilma, shu ishni bir o‘zim bajarmasam,
nomard sananglar meni!
G e n j a m u r o d. Katta ketmang, katta ketmang, Amet-
boy! Yolg‘iz o‘zingiz.
A m e t. Ana ko‘rasizlar! Men sizlarni oshna, og‘ayni deb
yursam.
O r o l b o b o (namozini tugatib qaytgan, hovli boshida
to‘xtab). Yigitlar deyman. mana, Ametboyimiz kelib, saf-
laring to‘ldi. Qo‘sh-qo‘sh bo‘lib anovi ikki qayiqni tomga
qo‘ndirib kelsalaring-chi, a?
J u m a b o y. To‘g‘ri, to‘g‘ri. Qurib yotganiga necha kun
bo‘ldi!
O r o l b o b o. Shunday qilinglar, chirog‘larim.
Xuddi shu farmoyishni kutib turgandek, aslida xufya
maslahatlari chala qolganidan norozi shogirdlar darhol qa-
not chiqarib, chetanga suyab qo‘yilgan tayyor qayiqlar sari
yurishadi.
J u m a b o y (cholga o‘girilib). Kimnikiga eltamiz, bobo?
O r o l b o b o (o‘ylangan bo‘lib). Qizg‘ishini-i.
J u m a b o y (yalingannamo). Pirnazar eshkakning tomiga
qo‘yaylik shuni.
129
O r o l b o b o (shahodat barmog‘ini tahdidli o‘qtab). Pir-
nazar – tog‘a qavming-da, a? Qay go‘rga ko‘ch ko‘targan
o‘zi shu?
J u m a b o y (hamon ilinj bilan). Nukusga. Baland uylarga.
Katta o‘g‘li o‘sha yoqda-ku, amaldor!
O r o l b o b o (cho‘rt kesib). Yo‘q! Eshkakka xiyonat
qilib juftak rostlaganga qayiq yo‘q! Buni Najim muallimning
tomiga o‘rnatasan. Uqdingmi?
T i l o v b e r g a n. Qorasini-chi, qorasini? O‘zim bo‘yagan-
man. To‘qliboy polvonnikiga olib boraylik? Xiyonat qilma-
gan u!
O r o l b o b o. Ota-bobosining ovulini tashlab salqin to-
monlarga qochgan bachchag‘arni aytasanmi? Hah, mug‘om-
bir! Otaginangning oshnasi edi-da u, shundaymi?
T i l o v b e r g a n. Bir serkaning ustidan otam u bilan rosa
urushganlar, o‘zim ko‘rganman!
O r o l b o b o. Qo‘y, qo‘y. Biri u yoqqa tortadi, biri bu
yoqqa. He, g‘irromlar! G‘irrom ustaning qo‘lidan chiqqan
qayiqqa suv kiradi, bilib qo‘yinglar!
T i l o v b e r g a n (norozilangan kabi). Suv deysiz, suvning
o‘zi qani?!
O r o l b o b o (yer ostidan unga o‘tkir tikilib). Suv –
bo‘ladi! Suv – keladi. Kelmaydigan bo‘lsa nega qayiq
yasab o‘tiribsan, xo‘sh? Ol, ko‘tar! Eltib buni huv ovuldan
chiqaverishdagi Jang‘il momoning kulbasiga tiklab kelasanlar.
Gap shu!
G e n j a m u r o d. Jang‘il momo deysizmi? Uning o‘lib
ketganiga ming yil bo‘ldi-ku.
O r o l b o b o (shashtidan qaytmay). Yana ming yil bo‘lsin!
Jannati kampir edi. Boyoqishning choli Orolga cho‘kib ket-
gan. Ming yil emish! O‘zlari nechaga kirdilar, yigit?
J u m a b o y (yer suzib). Bu yil o‘n to‘qqizga to‘laman.
O r o l b o b o. Barakalla, o‘n to‘qqizga to‘ladigan azamat-
ning gapini qarang! Bo‘l! Narigi boshidan ol-chi, qani!
G e n j a m u r o d (Jumaboy bilan sheriklashib qayiqni
yelkasiga qo‘ndirarkan). Ovulingizning tomlari qayiqmozor
bo‘lib ketdi-ku, Orol bobo!
O r o l b o b o (nogahon qahrdan bo‘kirib). O‘v-o‘v! Men
senlarga necha bor aytdim, manglayi qora! Qo‘ltig‘ingga ol
130
axir, qo‘ltig‘ingga! Nima bu, Orol bobongning tobutimidiki bo –
shing
ga qo‘yib olding?! Shayton uribdi senlarni, shayton! He.
Shogirdlar qayiqni apil-tapil qo‘ltiqlab olishadi-da, chetan
eshik sari yurishadi. Hovli o‘rtasida Orol bobo yolg‘iz. Titrab
turibdi.
O r o l b o b o. Nima jin urdi-ya bularni, tavba! (So‘ng
ohista yerga cho‘kib.) To‘g‘ri-da axir, sen qariyaga-ku xudo-
yim g‘oyibdan rizq yetkazib turibdi, buginalar nima qiladi
ertaga? Nima yeb, nima ichadi? He, xudbin, noinsof chol!
3
Kechki payt. Hovli kimsasiz.
Ota-o‘g‘il – qo‘lida «diplomat» portfel, bashang kiyingan
Qalimbet, uning ortidan kundalik engil-boshda Orol bobo
kirib keladi.
O r o l b o b o (qo‘l siltab). Qo‘y, Qalimbet, qarigan
chog‘imda sarson qilib yurma odamni. O‘z uyim – o‘lan
to‘shagim debdilar.
Q a l i m b e t (o‘zini eshitmaganga solib). Hamma jihozi
muhayyo! Mehmonxona-yu oshxonalarini ko‘rdingiz. Bir
boshga yana nima kerak, to‘g‘rimi? («Diplomat»ini dastgoh
ustiga tashlab.) Kichikroq bo‘lsayam obodgina hovli. Yozlarda
karavotni qo‘yib olib.
O r o l b o b o. Kimniki o‘zi u?
Q a l i m b e t. Sizniki-da, ota, sizniki! Sizga deb olindi.
O r o l b o b o (hang-mang). Meniki?! Sotib oldingmi?
Kim dan, qanchaga?
Q a l i m b e t. Uzumini yeng-u, bog‘ini so‘ramang. Huku-
mat bobo qurgan uni! Puli to‘lansa bas, qurib beraveradi.
Qarigan chog‘ingizda bir suyuntiraylik dedik-da sizni. O‘ti-
ring bunday, o‘tiring. (U mehribonlik bilan kiftidan tutib
otasini hovli o‘rtasidagi buklama o‘rindiqqa o‘tqizadi, o‘zi
shunga yondosh qo‘lbola kursidan joy oladi.) Yurasizmi endi
bu cho‘lu biyobonda! El-ulus bizni ayb qilyapti-ku, shundoq
o‘g‘il-qizlari shaharlarda davron surib yuribdi-yu, otalari huv
bir ovloqda qarovsiz qolib ketgan, deb.
O r o l b o b o (hasratomuz). Cho‘l-u yobon deysan.
Onang mana shu yerda yotibdi, bobo-momolaring shu yer-
131
da. Ularni tashlab men qayoqqa ketardim, o‘g‘lim, o‘ylab
gapiryapsanmi? Onangning mozorini ziyorat qilmagan kunim
dunyo ko‘zimga qorong‘i. Bu yoqda qayiqlarim, Orol.
Q a l i m b e t. Eski ashula! Orol, Orol! O‘zingiz bilasiz-ku,
ota, u endi hech qachon o‘zaniga qaytmaydi, to‘lmaydi.
Qayiqlaringiz ham birovga keraksiz.
O r o l b o b o ( shasht bilan bosh ko‘tarib, jo‘shib).
Nima?! Qaytmaydi, to‘lmaydi. Siz qayoqdan bilibsiz, xu-
domisiz?! Ha, to‘lmaydi! To‘ldirolmaysan uni! Hech bi-
ring! Olim-u ulamong ham, boshqang ham! Chunki baring
foydani ko‘zlaysan! Orol g‘irrom emas, senlar g‘irrom, ha!
Xudo senlarga insof bergan kuni u o‘z-o‘zidan suvga to‘ladi!
Xudoyim to‘ldiradi uni, bilib qo‘y! (Og‘ir xo‘rsinib.) O‘sha
kunni ko‘rib o‘lsam armonim qolmasdi.
Q a l i m b e t. Mayli, mayli, otajon, qattiqroq ketibman,
tavba qildim. Lekin gapning bori ham shu-da, axir. Odam
ertasini o‘ylab ish tutgani yaxshi. Xudo ko‘rsatmasin-u, erta-
ga bir kun. Biz sharmanda bo‘lib qolmaylik deyman-da.
O r o l b o b o. Gap bu yoqda degin? Sharmanda bo‘lmay-
san, qo‘rqma. (Bir zum o‘yga tolib.) Mana, o‘zing bosh-
lading, o‘g‘lim. Mabodo bir kun ajalim yetib, suv kelganini
ko‘rmay ketar bo‘lsam, aytib qo‘yay, jasadimni qayiqqa solib,
Orolga eltib tashlaysan! Mayli, baliqlarga yem bo‘lay! Mayli.
Q a l i m b e t (sapchib tushgudek). Iye-iye, ota, bu nima
deganingiz?! Axir, musulmonchiligimiz qayoqda qoladi unda?
O r o l b o b o (boyagi shashtidan tushmay, birmuncha
muloyim, ammo qat’iy yo‘sinda). Bir musulmon bo‘lsa men-
chalik bo‘lar, Qalimbet! O‘g‘limmisan, mana shu aytganimni
bajarasan, gap tamom! Vasiyat bu, xudoyim ham kechirar.
Q a l i m b e t (yasama bir ko‘tarinkilik bilan). E, otaboy,
qo‘ying halitdan shu sovuq gaplarni! Siz hali ko‘p yashaysiz,
ko‘p! Yangi uylarda davron qilib, a. Qalay, ma’qul keldimi
o‘zi sizga?
O r o l b o b o (bo‘shashibroq, sovuqqina). Yaxshi, yaxshi.
Lekin. (Qo‘l siltab.) Hay, o‘zingdan gapir. Ishlar jilyaptimi
axir?
Q a l i m b e t (jiddiy tortib). Ishlarim yomonmas, ota.
Yomonmas-u, shu keyingi vaqtda unchalik yaxshiyam emas.
132
Orqaga ketgandayroq. Bir xizrsifat odam maslahat berib qoldi
deng. Borib otangizning ko‘nglini obdon ovlab, duosini olib
kelsangiz, bari yurishib ketadi, deydi.
O r o l b o b o. Shunday dedimi o‘sha xizrsifating? Bo‘pti,
mana, duosi bizdan: iloyim, ishlaring birdan yurishib ketsin!
(U yuziga fotiha tortib qo‘yadi.) Shunga keldim de?
Q a l i m b e t (norozilanib). Bunaqa duo emas-da, ota!
O r o l b o b o. Qanaqasidan bo‘lsin, ayt. Qulog‘ingga
quyib olgin, bola: chinakam g‘ayrat bilan, toza ko‘ngil bilan
qilingan ish hyech qachon orqaga ketmaydi – duosi o‘zi
bilan bo‘ladi uning!
Bir damlik sukut.
Q a l i m b e t. Ha, aytganday, eshitdingizmi – Gulxadi-
chamiz deputat bo‘lmoqchi!
O r o l b o b o. Deputat? Qanday deputat?
Q a l i m b e t. Jo‘qorg‘i Kengesga!
O r o l b o b o. Uniyam duo qilib qo‘yish kerakmi? Nima
deb? Jo‘qorg‘i Kengesga o‘tsin debmi, undan narigami.
Q a l i m b e t. O‘zimizdan chiqqani yaxshi-da, ota. Foydasi
tegib turadi: sizga ham, menga ham, o‘ziga ham.
O r o l b o b o. Menga?! Nima, Orolni to‘ldirib beradimi?
Q a l i m b e t. To‘ldirib berar. (kulib) gap bilan! Qizingiz
mahmadona-ku, shuning uchun saylanyapti-da.
O r o l b o b o. Navzanbilloh, navzanbilloh. (Daf’atan
yumshab.) Qo‘zi-qo‘chqorlaring yaxshi yuribdimi? Bir olib
ham kelmaysan, nevaralarimni ko‘rmaganimga necha zamon
bo‘ldi.
Q a l i m b e t. Hozir, hozir. (U shosha-pisha turib, dast-
goh ustida yotgan «diplomat»idan allanarsa – planshetini
oladi-da, tugmachalarini bosa-bosa otasining boshiga keladi.)
Mana, ko‘ring. Qani, toping-chi, manavi kim?
O r o l b o b o (sinchiklab-suqlanib). Kamolingmi? Voy-
bo‘-o‘, arslondek bo‘lib ketibdi-ku! (Yuzini chetga olib.) Tuf-
tuf, yomon ko‘zlardan asragaysan iloyim! (So‘ng jur’atsizgina
engashib, planshetga lab tegizib qo‘yadi – o‘pgan bo‘la-
di.) Shuginani qavatimga qo‘yib ketmading-da, Qalimbet.
To‘ng‘ich nevara – bobosiniki degan udumlar bo‘lgich edi.
Q a l i m b e t. Nima, ovulma-ovul tezak terib yursinmidi.
133
O r o l b o b o (orzumandona). Qayiqsoz qilardim. Zo‘r
qayiqsoz usta!
Q a l i m b e t (eshitmaganga olib). Bunisini taniyapsizmi?
Kim. (Chol tikila-tikila topolmagach.) Gulzira-ku, Gulzira!
Yaxshilab qarang.
O r o l b o b o. Qiz maxluqning shaytoni bo‘larmish, qu-
log‘idan tortib o‘stiraverarmish. Cho‘zilib qolibdi qizing.
Omon bo‘lsin, omon bo‘lsin.
Q a l i m b e t. Mana bunisi-chi.
O r o l b o b o (qaray-qaray, bo‘yniga oladi). Buningni
taniyolmadim, rosti. Ko‘rmagan ekanman. Kenjatoying bo‘lsa
kerag-a?
Q a l i m b e t. Ha, oti ham Kenjabek.
O r o l b o b o. Umrini bersin iloyim.
Q a l i m b e t. Keling, endi dunyoga sayohat qilamiz! (U
«mo‘jiza»sining tugmachalarini bir-bir bosib, izoh bera
boshlaydi.) Mana bu yer Arabiston, Saudiya Arabisto-
ni. Ka’bamiz shu yerda, qarang. Bunisi – Hindiston,
bunisi – Pokiston. Mana – O‘zbekistonimiz! Orolni
toping-chi, qani, ko‘raylik. (Chol hadeb tikilavergach.)
Mana, mana!
O r o l b o b o (hafsalasi pir bo‘lib). Shuginami? Orol
shu
mi? E-e, ko‘tar! (U qo‘lining orqasi bilan planshetni
na ri suradi.)
Q a l i m b e t (kulib). Shugina. Sizga qolsa, butun dunyo
Oroldan iborat bo‘lsin-da, a? O‘-o‘rtasida bitta qayiq – yak-
ka, tanho qayiq, unda – siz.
O r o l b o b o ( kufri qo‘zib). Tur, jo‘na, uy-puying kerak
emas menga!
Qalimbet mulzam o‘tira-o‘tira, dastgoh ustidan «diplo-
mat»ini yulqib olib planshetni joylaydiyu otasi tomon bir
o‘qrayib, hovlini tark etadi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.