Press "Enter" to skip to content

Yas ve pedoqoji psixologiya

Biz shu narsaga erishishimiz kerakki, keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga doyir psixologik bilimlardan bahramand bo’lsin. Ana shundagina biz yoshlarga haqiqiy ta’lim-tarbiya bera olamiz va uni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz. Pedagogik psixologiya o’z predmetining mazmuniga qarab umumiy psixologiyada amal qiladigan ko’pgina metodlardan foydalanadi. Chunki zarur bo’lgan dalillarni qidirish, ularni sodir bo’lish sabablarini aniqlash va isbotlash turli xil metodlar vositasida bajariladi. Qaysi metoddan foydalanishdan qa’ti nazar, bu metodlar faqat xususiy ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki amaliy ta’limtarbiya maqsadlarida bolani chuqurroq o’rganishni tashkil qilish uchun muhimdir. Ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri tashkil etish uchun pedagogik psixologiyada qo’llanadigan tadqiqot metodlari o’quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda maqsadga muvofiq va eng samarali metodlarni tanlashga asos bo’ladigan o’quvchilar shaxsining o’ziga xosligini yaxshi bilish lozim. Pedagogik psixologiyada qo’llanadigan metodlar ham psixologiya fanining tamoyillari va usullariga qo’yilgan talablarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING PEDAGOGIKA BILAN UZVIY BOG’LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Baxtigul Baxodirovna Ergasheva

Ushbu maqola Pedagogik psixologiya nima ekanligi, qaysi davrda tashkil topganligi, Pedagogika va psixologiyaning qay yo’sinda bog’liqligi va bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — Baxtigul Baxodirovna Ergasheva

O’QUVCHILARNING SHAXSLILIK XUSUSIYATLARI BILAN SOTSIAL INTELEKTI O’ZARO BOG’LIQLIGI
O‘QUVCHILAR TAFAKKUR XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O‘RNI
O’QUVCHILARNING BILISH FAOLIYATINI KENGAYISHIDA TA’LIM JARAYONLARINING O’RNI

MOSLASHISH JARAYONI SEKIN KECHAYOTGAN OLTI YOSHLI BOLALAR BILAN ALOHIDA MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETISH BO‘YICHA TAVSIYALAR

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini aqliy faoliyat usullariga o’rgatish texnologiyasi
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING PEDAGOGIKA BILAN UZVIY BOG’LIQLIGI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022

ZAMONAVIY PSIXOLOGIYANING PEDAGOGIKA BILAN UZVIY

Baxtigul Baxodirovna Ergasheva

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti

Ushbu maqola Pedagogik psixologiya nima ekanligi, qaysi davrda tashkil topganligi, Pedagogika va psixologiyaning qay yo’sinda bog’liqligi va bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida yoritilgan.

Kalit so’zlar: psixologik yo’nalishlar; ta’lim jarayoni; psixologik asoslar; Pedagogik bilimlar; Pedagogik psixologiya.

Pedagogik psixologiya – ta’lim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini o’rganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda o’qitishning oqilona rivojlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish. Pedagogik psixologiya 19-asrning 2yarmida vujudga kelgan. Eksperimental psixologiya tadqiqotchilari Pedagogik psixologiya rivojiga katta hissa qo’shganlar. Pedagogik psixologiyaning fan sifatida taraqqiy etishida o’sha davrda yuzaga kelgan psixologik yo’nalishlar ham turtki berdi. Bixevioristik (qarang Bixeviorizm) psixologiya yo’nalishi tarbiyachi va o’quvchiga tashqi muhitning ta’sirini Pedagogik psixologiya uchun asos qilib oladi. Pedagogik psixologiya umumiy va bolalar psixologiyasi, shuningdek, pedagogika bilan uz-viy bog’liq. Pedagogik psixologiya, asosan, ta’lim psi-xologiyasi va tarbiya psixologiyasiga bo’linadi. Ta’lim psixologiyasida o’quv jarayonida xotira, tafakkur, nutq, xayol, irodaning roli, shuningdek, o’quvchilarning individual xususiyatlari (temperamenti, harakte-ri, qiziqishlari), o’quv predmetlarining o’ziga xos’tomonlari, ta’lim jarayonini boshqarishning psixologik tamoyillari va boshqa o’rganiladi. Hozirgi zamon ta’lim psixologiyasida o’quvchilarga doimiy yangilanib turadigan axborotlarni mustaqil o’zlashtirish imko-niyatini beradigan, ilmiy-texnika yangiliklaridan orqada qolmaslikni ta’minlaydigan tafakkur sifatlarini o’rganish muhim masaladir. Tarbiya psixol o giyasining asosiy vazifasi — maktabdagi tarbiyaviy ishlar jarayonida

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 7 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya tadqiqotlari o’quv materiali mazmunini tanlash, o’quv dasturlari, darsliklar tuzish, ta’limning har xil bosqichlarida o’qitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta’lim-tarbiyaning shaxsni kamol toptirish ishiga bog’liqligi milliy g’oyani shakllantiruvchi, takomillashtiruvchi va uni ommaga yetkazuvchi kuchlarga bog’liqdir. Pedagogik – psixologiya fani ham jahon fani taraqqiyoti hamda va uning takomillashib borish jarayonini, fanga kirib kelishi kutilgan yangiliklarni yanada aks ettiradi, albatta. Bu asosiy vazifa sifatida ilk bor qonuniy asoslarga ega bo’lmoqda va pedagogik psixologiya fani oldiga muhim nazariy vazifalarni hal qilish qo’yilmoqda:

1) pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, faollashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqish;

2) ta’lim – tarbiya jarayonida turli yoshdagi bolalarning aql-idrokiga, irodasiga, uni shaxs sifatida shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish;

3) o’quvchilar shaxsni tarkib topishi jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarni, turli tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganish;

4) ta’lim va tarbiya jarayoni bir-biriga bog’liqdir, bu jarayonda aqliy qobiliyatlarni, axloqiy sifatlarni, shaxsni hissiy va irodaviy sifatlarini shakllantirishning maksimal rivojlanishi shart-sharoitlarini aniqlash;

5) mustaqil bilim olish, materialni chuqur yoki yetkazishning psixologik masalalarini ishlab chiqish;

6) bilish faoliyatini o’zaro tashkil qila bilish shart-sharoitlarini aniqlash;

7) o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarni aniqlash;

8) o’qituvchi shaxsni va o’qituvchi shaxsini xususiyatlarini, milliy o’qituvchining sifatlarini aniqlash;

9) pedagogik bilimlar, ko’nikma va malaka, qobiliyatlarning tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlarini aniqlash;

10) o’z-o’zini tarbiyalash, milliy g’urur va vatanparvarlik jarayoni uning psixologik muammolarini nazariy jihatdan asoslab berishdan iboratdir;

11) shuningdek jahon tajribalari bilan birga, milliy xususiyatlarimiz, undagi eng ilg’or tomonlar, muhimi, pedagogik tarbiyalanuvchilar, o’quvchilar, talabalar bilan imkoni boricha ko’proq muloqotda bo’lish, o’quvchi shaxsining barcha xususiyatlarini hisobga olib,

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 7 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

bilim va tarbiya berish, ya’ni yagona pedagogik jarayonni ta’minlash, masalalari ham nazarda tutiladi;

12) pedagogik psixologiyaning eng asosiy vazifalaridan biri o’zlashtirishning sifat darajasini aniqlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Pedagogik psixologiyaning amaliy vazifasi esa yoshlarni o’zlashtirishning psixologik shart-sharoitlari, tarbiyaning psixologik masalalari, bolaga ta’lim-tarbiya berishda ularni yoshlik va individual xususiyatlarini hisobga olish, yoshlarda bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanishi, mustaqil fikrlashga o’rgatish, ilmiy tushun-chalar hosil qilish, o’z ustida ishlash, o’z-o’zini tarbiyalash, yosh o’qituvchilarni psixologik faoliyatga mehr-muhabbatini shakllantirish psixologiya fanining yutuqlarini, psixologik bilimlarni keng jamoat-chilik e’tiboriga havola qilinishi, ota-onalar, tarbiyachi va o’qituv-chilarni bulardan bahramand qilishdan iboratdir. Amaliy vazifalar radio va tele ko’rsatuvlarda, jurnallarda, ma’ruza va maxsus ko’rsatuvlar orqali chiqish, mahalla, maktab va ota – onalar bilan suhbatlashish orqali amalga oshiriladi.

Biz shu narsaga erishishimiz kerakki, keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga doyir psixologik bilimlardan bahramand bo’lsin. Ana shundagina biz yoshlarga haqiqiy ta’lim-tarbiya bera olamiz va uni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz. Pedagogik psixologiya o’z predmetining mazmuniga qarab umumiy psixologiyada amal qiladigan ko’pgina metodlardan foydalanadi. Chunki zarur bo’lgan dalillarni qidirish, ularni sodir bo’lish sabablarini aniqlash va isbotlash turli xil metodlar vositasida bajariladi. Qaysi metoddan foydalanishdan qa’ti nazar, bu metodlar faqat xususiy ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki amaliy ta’limtarbiya maqsadlarida bolani chuqurroq o’rganishni tashkil qilish uchun muhimdir. Ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri tashkil etish uchun pedagogik psixologiyada qo’llanadigan tadqiqot metodlari o’quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishda maqsadga muvofiq va eng samarali metodlarni tanlashga asos bo’ladigan o’quvchilar shaxsining o’ziga xosligini yaxshi bilish lozim. Pedagogik psixologiyada qo’llanadigan metodlar ham psixologiya fanining tamoyillari va usullariga qo’yilgan talablarga rioya qilishi maqsadga muvofiqdir.

1. O’rganish lozim bo’lgan har bir jarayon, holat va xususiyatlarni bir- biriga bog’lab tekshirish lozim. Har bir o’rganiladigan psixik hodisalarni nevrofiziologik asoslardan yoki xotirani diqqatdan, idrokni tafakkurdan ajratib o’rganish yaramaydi.

2. Tekshirilayotgan psixik hodisalarni rivojlanish qonuniyatlarini bilmasdan turib uni har tomonlama o’rganish mumkin emas. Shuningdek,

turli yoshsagi bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlarini

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 7 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

bilmasdan turib o’rganilayotgan yosh davrning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirish va tavsifnoma berish mumkin emas.

Tekshirish jarayonida kishining butun psixikasida, ongida aks etadigan jamiyatning moddiy nigizi undagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan birgalikda o’rganiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida psixik hodisalarning miqdor o’zgarishlarini sifat o’zgarishlarga o’tishi va bir sifat holatining ikkinchi sifat holatiga o’tishini kuzatib borish lozim . Masalan: o’quvchi psixikasining taraqqiy etishini o’rganib «ko’rib, bilim olish, tajribalar to’plash jarayonida o’quvchining bilish qobiliyatini, ya’ni xotira, tafakkur, fikr yuritishdagi sifat o’zgarishini bilib olsa bo’ladi.

1. M.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik. T.: O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Hoshimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi. Darslik. – T.: “A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi 2001.

3. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. O’quv qo’ll. – T.: O’qituvchi 1996.

4. Hoshimov K., C.Ochil. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. O’quv qo’ll. I-jild. -T.: O’qituvchi, 2010.

5. . Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. Darslik. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

6. Xasanboyev J., To„raqulov X., Xaydarov M., Xasanboyeva O. Pedagogika fanidan izoxli lug’at. – T., 2008.

7. Egamberdiyeva N.M. “Ijtimoiy pedagogika” – T.: A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, A.Navoiy, 2009.

8. Mavlonova R. va boshqalar “Ijtimoiy pedagogika” – T.: Istiqlol, 2009.

9. Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y.

10. G’oziyev E. G’. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent. 2002.

11. Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.:O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008.

12. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil

1-mavzu: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari Reja

1.Yosh davrlari va pedagogik psixologiya fanining predmeti va vazifalari
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta umumiy jarayonni – ulg’ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. Biroq, shunday bo’lsa-da, bu ikki fan psixologiya ilmining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o’z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir.

Ontogenez ~ (yunoncha optos-mavjud, jon,zot; genezis- kelib chiqish, paydo bo’lish) – individning paydo bo’lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni.

Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o’rganadi.

Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar – yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti qisoblanadi. Ma’lumki, shaxs tarkib topish jarayonining psixologik qonuniyatlarini, uning ilmiy asoslarini mukammal bilmay turib, ta’lim va tarbiyaning nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal etib bo’lmaydi. Yosh davrlari psixologiyasi fani bu borada ham o’z-o’ziga tegishli masalalarni tor eksperimental ravishda o’rganish bilangina cheklanib qolmay, balki o’z muammolarini inson hayoti va faoliyatining tabiiy sharoitlarida, bolaga beriladigan ta’lim va tarbiyaning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda o’rgansa, yanada muvaffaqiyatli rivojlanishi, tabiiydir.

Tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan inson shaxsi rivojlanishining ham o’ziga xos qonunlari mavjud. Bu qonunlar yosh davrlari psixologiyasi fanining turli tarmoqlarida o’rganiladi, chunonchi: bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar psixologiyasi, o’smirlar psixologiyasi, o’spirinlar psixologiyasi, katta yoshdagi kishilar psixologiyasi va qariyalar (gerontopsixologiya) psixologiyasi kabi sohalardir. Yosh davrlari psixologiyasi fanining nazariy vazifalari shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo’ladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarining o’zaro ta’siri xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.

Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo’lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o’rganishda qo’lga kiritilgan ilmiy dalillarini ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq etishni tashkil etadi.

Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so’nggi yillarda qo’lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo’la oladi. Ma’lumki keyingi o’n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o’zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda.

Pedagogik psixologiya – psixologiya ilmining tarmog’i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o’rganuvchi fandir.

Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o’rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Shuningdek, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiyaning ta’siri oqibatida o’quvchilar psixikasida sodir bo’ladigan o’zgarishlarni, o’quv materiallarining o’quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklar, o’quv qurollari, asbob-uskunalar va maktab ishlarining tartibiga nisbatan bo’lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham pedagogik psixologiya o’rganadi. Hozirgi vaqtda pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri – maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo’lib, bu hol yangi ta’lim dasturiga o’tish munosabati bilan bog’liqdir.Pedagogik psixologiya shu bilan birga o’quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini turli tarbiyaviy tadbirlarning o’quvchilarga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganadi hamda o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalashning psixologik asoslarini tadqiq etadi.

Shuningdek, “Pedagogik-psixologiya” ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo’lgan – o’qituvchi shaxsini, uning pedagogik faoliyat xususiyatlarini ham o’rganadi. Bunda o’qituvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlariga urg’u berish bilan birga, uning bilim, ko’nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlari aniqlanadi.

Yosh davrlari psixologiyasi ham pedagogik psixologiya singari umumiy psixologik qonuniyatlarni yoritib beradigan, psixik jarayonlarni, holatlarni va shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o’rganadigan umumiy psixologiyaga asoslanadi.

Shu bois, yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanini o’rganish qam nazariy, qam amaliy aqamiyatga ega bo’lib, u boshqa fanlar singari taraqqiyotning umumiy tamoyillariga: oliy nerv faoliyati va psixofiziologiya qonunlariga, bu soqada to’plangan ilmiy ma’lumotlarga tayanib, inson psixikasining kechishi, rivojlanishi, o’zgarishi yuzasidan bahs yuritadi.

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.