Turkiy halqlarning kelib chiqishi va makoniga doir ba’zi mulohazalar
16. Ахтамов, И. И. У. (2021). МАКСОМ АНЪАНАВИЙ КАСБИЙ МУСИКА НАМУНАЛАРИНИ УРГАНИШДА ОВОЗ ХУСУСИЯТЛАРИ. Scientific progress, 1(5).
“Gʻarbiy turk xoqonligi: tarix va tanga-pul tizimi” nomli monografiya nashr etildi
Oʻzbekistonda Yevrosiyo xalqlari shu jumladan turkiy xalqlar tarixi, numizmatikasi, etnologiya va lingvistikasi uchun yordamchi material sifatida yangi asar nashr etildi.
13.01.2022 ~ 13.03.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tomonidan “Gʻarbiy turk xoqonligi: tarix va tanga-pul tizimi” nomli monografiya nashr etildi. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ushbu ma’lumotga koʻra yuqorida nomi tilga olingan monografiya oʻzbek davlatchiligi tarixida yuksak oʻrin tutadigan Gʻarbiy Turk xoqonligi (568-740-yy.) tarixi va tanga-pul tizimining dolzarb masalalariga bagʻishlangan.
Qayd etilishicha monografiya ijtimoiy-gumanitar fanlar, shu jumladan tarix, arxeologiya, etnologiya va lingvistika sohalari uchun birlamchi yoki yordamchi qo‘llanmalardan biri sifatida xizmat qiladi. Unda O‘zbekiston hududidagi arxeologik qadimiy shahar qoldiqlaridan topilayotgan materiallar o‘rin olgan bo‘lib, bunday materiallar O‘rta Osiyoning boshqa mamlakatlarida deyarli uchramaydi.
Monografiyadan Yevrosiyo xalqlari shu jumladan turkiy xalqlar tarixi, numizmatikasi, etnologiya va lingvistikasi uchun yordamchi material sifatida foydalanish mumkin.
Turkiy halqlarning kelib chiqishi va makoniga doir ba’zi mulohazalar
Turkiy xalqlarning etnogenezi tushunchasi xronologik, hududiy va ayrim etnoslarga bo‘linish dinamikasi nuqtai nazaridan bugun yaxlit ilmiy muammo holatidan kengroq ma’no kasb etmoqda. Binobarin, turkiy xalqlar tarixiy ildizlari tutash o‘nlab etnik tarmoqlardan tashkil topganki, ularning har biri alohida etnogenetik masalani tashkil qiladi. Lekin shunga qaramay muammoning qadimiy asoslari haqida gap ketganda, ilk mushtarak davrni chuqurroq tadqiq etish zarurati dolzarbligicha qolmoqda.
Avvalo, biror xalqning kelib chiqishi haqida fikr yuritganda fanda o‘rnashib qolgan umumturkiy, umumeroniy, umumslavyan, umumariy, xind-yevropa umumiyligi, oltoy xalqlari umumiyligi (общетюркский, обще-иранский, алтайская общность) singari farazlar yashashga qanchalik haqli ekanini o‘ylab ko‘rish lozim. Bordi-yu, shu kabi umumlashma tasavvurlar fanda amal qilar ekan, genezis masalasida aniq xulosalar uchun yetarli asos yo‘qligi tufayli shartli ravishdagina ulardan foydalanish mumkindir. Zero, bizningcha, etnik jarayonlarda qachonlardir birdan bir, yagona yadro, umum birlik hech qachon bo‘lgan emas. Etnik birlik tuyg‘usi ko‘p ming yillik jarayon oqibatidir. Qadimiy negizning o‘zidayoq urug‘ va qabilalarning o‘zaro muloqoti, iqtisodiy-ijtimoiy manfaatlari, hududiy vosita orqali yaqinlasha borgan. Bu esa etnik mansublik tuyg‘usining bosh omilidir. Shu jarayon ko‘p hollarda yetakchi (dominant) etnik birlik, ya’ni iqtisodiy-ijtimoiy etnik guruh atrofiga unga tobe guruhlarni yig‘ish salohiyatiga ega bo‘lgan. Natijada etnik umumiylikning ijtimoiy asosi vujudga kela boshlagan.
Turkiy xalqlar etnogenezini yuqoridagi kabi Oltoy birligi davriga bog‘lash Xitoy manbalarida turk-turkyut-tukyu kabi atalgan etnik konsolidatsiya xodisasining makonini Xitoyga nisbatan shimoli-g‘arbda joylashgan Oltoy tog‘lari etagi bilan aloqador ko‘rsatilishidan tug‘ilgan. Bunday qarash turkiy xalqlarning qadimiy asl makonlari haqidagi tasavvurni juda tor qilib ko‘rsatadi. Gap shundaki, qadimgi Xitoy Oltoydagi tarixiy vaziyatlar bilan yaqinroq tanish bo‘lgan. Shu bilan barobar miloddan avvalgi I ming yillikdayoq O‘rta Osiyo, Volga bo‘yi, Don Kuban, havzalari, Shimoliy Kavkaz, Janubiy rus cho‘llari – to Dunaygacha ulkan xududlarda kechgan etnik jarayonlardan bexabar edi. Xatto turklar – turkyutlar, tu-kyu atamalari bilan Xitoy milodiy V asrdagina tanishgan va va ularni o‘zi uchun shimoldan havf solib turuvchi kuch sifatida qaragan.
Shunday qilib, Xitoy manbalari Ashina urug‘ining Oltoy etaklarida paydo bo‘lishi bilan bog‘liq holda turk-tukyu atamasini birinchi marta V asrda tilga oladi. Bu haqda A.Malikov Ashina urug‘i Oltoyga kelmasidan burun o‘zini turk deb atamas edi, deb ta’kidlaydi. Shundan xulosa qilib, turk atamasi Ashina paydo bo‘lishidan avvalroq Oltoyda mavjud bo‘lgan, deyish mumkin. Bu atama Ashina urug‘i tomonidan o‘zlashtirilgan. Demak, Oltoy mintaqasida V asrdan avval turkiy muhit hukmron bo‘lgan.
Turkiy etnik jarayonlarni Ashinaning yuksalishi bilan bog‘liq tasavvur etish noto‘g‘ri xulosalarga sabab bo‘ladi. Bunday qarash minglab chaqirim g‘arbga tomon davomiy turkiy etnik jarayonlarni, shu jumladan, O‘rta Osiyodagi qadimiy turkiy substratni e’tiborga olmaslikka olib keladi. Natijada, turkiy xalqlarni yashab turgan o‘z makoniga sharqdan kirib kelgan qilib ko‘rsatish uchun asos yaratishga urinib kelingan.
Turk atamasining ma’nosiga doir turli farazlar, talqinlar, etimologik izlanishlar ma’lum. Ular orasida turk atamasini Avestaninig «tur» lari bilan bog‘liq – K qo‘shimchasini ko‘plik qo‘shimchasi deb tushuntirish alohida ajralib turadi. Masalan, D.Ye. Yeremeyev, A.N. Kononovning fikrini rivojlantirib, turk so‘zini tyur-k deb ikkiga bo‘ladi. –K qo‘shimchasini esa –g‘un, -kun qo‘shimchalaridan qisqargan, deydi. Ammo bu fikrga qo‘shilish qiyin. Chunki –g‘un, -kun shakllaridan – k –ga qisqarishni tarixiy-fonetik tushuntirish qiyin. Bizningcha turk so‘zini chindan ham tur+k qismlariga ajratish mumkin. Lekin morfematik jihatdan tur= o‘zak qismi aslida negiz bo‘lib tu= o‘zagidan – r+k qo‘shilib hosil bo‘lgan sifatdosh shaklidir. Bu so‘z lug‘aviy ma’noda «turuvchi» bo‘lib, o‘ziga ishonchli, kuchli, qudratli kabi talqiniy ma’nolar yoyilmasiga asosdir. Fikrimizni tu- o‘zagidan fe’l negizlari yasalish qatori – tu-t, tu-z, tu-y, tu-g‘ so‘zlari bilan izohlash mumkin.
Shu munosabat bilan turk so‘zini izohlash uchun keltirilgan boshqa fikrlarga ham to‘xtab o‘tish joizdir. Masalan, A.N.Kononov turk so‘zini to‘r so‘zi bilan bog‘lab «hurmatga sazovorlar uchun yuqoridagi o‘rin», «o‘choq oldidagi hurmatga loyiq joy», «qonun, qoida, odat» kabi talqin qiladi. Bu fikrni D.Aytmuratov qo‘llab quvvatlagan. I.V.Rak esa, turk so‘zini xind-yevropa til umumiyligi bilan bog‘lab yovvoyi «xo‘kiz-tur» orqali izohlaydi. V.P. Yaylenko Yenisey ketlari tilida turk so‘zi «toza, pokiza» deb tushuntiradi. Bu kabi talqinlarda ilmiy asoslanganlikdan ko‘ra faraziy yondashuv ta’siri ko‘proq ko‘rinadi.
M. Ishoqov (Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti)
«O‘ZBEK XALQINING KELIB CHIQISHI: ILMIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR, ETNOGENETIK VA ETNIK TARIX» MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-NAZARIY SEMINAR MATERIALLARI
Toshkent shahri 2004 yil 19-20 noyabr
SHARQ XALQLARI SAN’ATI TARIXI, MUSIQA MEROSI VA MAQOM IJROCHILIGI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»
Sharq xalqlari / ijrochilik maktabi / Misr san’ati / Old Osiyo / Kichik Osiyo / Hindiston / Qobusnoma / o‘n ikki maqom / Panjgoh. / Oriental Peoples / School of Performing Arts / Egyptian Art / Old Asia / Asia Minor / India / Kobusnoma / Twelve makam’s / Panjgoh.
Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tulkinjon Djurayevich Muxamedov
Ushbu maqolada Sharq xalqlari badiiy san’atining shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamda musiqa merosi hamda an’analari haqida fikr yuritilgan. Maqom va uning o’ziga xos xususiyatlari, Sharq mutafakkirlari, musiqashunos olimlari va atoqli sozandalarining maqom ijrochiligiga oid qarashlari keng yoritilgan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по искусствоведению , автор научной работы — Tulkinjon Djurayevich Muxamedov
ANSAMBL IJROCHILIGI FAOLIYATING TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Musiqa darslarini fanlararo aloqadorligida tashkil etish imkoniyatlari
O’QUVCHI-YOSHLARNI MUMTOZ MUSIQA ASARLARI VA XALQ OG’ZAKI IJODI NAMUNALARI BILAN TANISHTIRISHNING AHAMIYATI
Buyuk ipak yo’lining musiqiy madaniyatimiz rivojida ahamiyati
O‘zbek milliy musiqa merosining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
ABOUT THE HISTORY OF ART OF THE EASTERN PEOPLE, MUSIC HERITAGE AND PERFORMANCE
This article discusses the history of the formation and development of the arts of the peoples of the East, as well as the musical heritage and traditions. The makam and its peculiarities, the views of Eastern thinkers, musicologists and famous musicians on the performance of the status are widely covered.
Текст научной работы на тему «SHARQ XALQLARI SAN’ATI TARIXI, MUSIQA MEROSI VA MAQOM IJROCHILIGI HAQIDA»
SHARQ XALQLARI SAN’ATI TARIXI, MUSIQA MEROSI VA MAQOM
Tulkinjon Djurayevich Muxamedov
Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi
Ushbu maqolada Sharq xalqlari badiiy san’atining shakllanishi va rivojlanishi tarixi hamda musiqa merosi hamda an’analari haqida fikr yuritilgan. Maqom va uning o’ziga xos xususiyatlari, Sharq mutafakkirlari, musiqashunos olimlari va atoqli sozandalarining maqom ijrochiligiga oid qarashlari keng yoritilgan.
Kalit so’zlar: Sharq xalqlari, ijrochilik maktabi, Misr san’ati, Old Osiyo, Kichik Osiyo, Hindiston, Qobusnoma, o’n ikki maqom, Panjgoh.
ABOUT THE HISTORY OF ART OF THE EASTERN PEOPLE, MUSIC
HERITAGE AND PERFORMANCE
Tulkinjon Djurayevich Mukhamedov
Bukhara State University, Faculty of Art History Lecturer at the Department of Music
This article discusses the history of the formation and development of the arts of the peoples of the East, as well as the musical heritage and traditions. The makam and its peculiarities, the views of Eastern thinkers, musicologists and famous musicians on the performance of the status are widely covered.
Keywords: Oriental Peoples, School of Performing Arts, Egyptian Art, Old Asia, Asia Minor, India, Kobusnoma, Twelve makam’s, Panjgoh.
Tarixdan ma’lumki, yer yuzida yashovchi barcha xalqlarning o’z madaniyati va san’ati, shuningdek, musiqiy madaniyati mavjud bulib, ularning ma’naviy boyligi xisoblangan. Ayniqsa, Sharq xalqlarining musiqiy madaniyati xar bir xalq milliy musiqasining asosini tashkil etgan, nazariy va amaliy ijrochilik maktabiga ega bo’lgan. Sharq xalqlarining musiqiy boyligi bulgan maqom, mug’om, navba, raga, kyui singari
musiqiy ijrochilikning aniq turkumlari turli davrlarda turli ko’rinish va yo’nalishlar bilan ijro etilib kelingan va rivojlangan.
Maqom turkumlari, “Shashmaqom” ham o’zbek va tojik xalqlarining ulkan musiqiy boyligi hisoblanib, xalq bastakorlari ijodi natijasida shakllangan va boyib borgan. Hozirga kelib, bu turkum ijrolarining aniq shakliga, xarakteriga va an’anaviy ijro uslublariga to’liq egamiz deb ayta olamiz. Albatta, buning boisi, o’tgan maqomdon va bastakor ustozlarning bu borada qilgan ulkan ijodiy mehnatlarining natijasidir. Maqom ijrolari musiqiy madaniyatimizning asosini tashkil etganligi sababli bu mavzuga ko’proq to’xtalish maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Sharq xalqlari mumtoz musiqa san’ati va madaniyati tarixi katta davrni o’z ichiga oladi. Qadimgi sharqda mavjud bo’lgan qadimgi Misr podsholigi, old Osiyodagi Shumer, Akkad, Bobil (Vaviloniya), Ossuriya, Urartu, Xett davlatlari, Eron imperiyasi, O’rta Osiyo, Xindiston, Xitoy, va Janubiy Sharqiy Osiyodagi davlat va podsholiklar jahon madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirdilar. Sharq xalqlari yashaydigan hududda quyosh nurining mo’lligi, suvi, toshqin daryolari, serunum yerlari odamlarni erta dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanishga o’rgatdi. Qadimgi Sharqda san’at uzoq vaqt xunarmandchilikni bir qismi sifatida qoldi. Eramizdan avvalgi 5000-4000 yillardayoq bu yerlarda sinfiy jamiyat – quldorlik jamiyati shakllana boshladi va bu jamiyat yangi eraning boshlarigacha davom etdi. Quldorlik jamiyati san’atining vazifasi esa ko’pchilikni boshqaruvchi sinfga, ekspluatatorlar g’oyasini omma ichida targ’ib qilish bo’lib qoldi. Sharq xalqlarining realizmi ham o’ziga xos xususiyatga ega. U ko’pincha voqelik, kishilar va tushunchalarni fantastik obrazlarda, ramziy va shartli belgilarda tantanali, ulug’vor qilib ifodalaydi. Biz Sharq san’atini o’rganganda alohida yirik san’atkorlar ijodi to’g’risida to’xtalmaymiz. Chunki san’at namunalari omma ichidan chiqqan noma’lum iste’dod egalari tomonidan yaratilgan.
Qadimgi sharq san’atida qadimgi Misr san’ati alohida o’rin tutadi. Qadimgi Misr san’ati deyarli 4000 yilni o’z ichiga olgan davrda tasviriy va amaliy san’at, me’morchilikning nodir durdonalari dunyoga keldiki bugungi kunda ham o’zining mahobati, badiiyligi bilan barchani hayratga soladi. Bu yerda birinchi marta inson va uning mehnati san’atkor asarida o’z ifodasini topdi. Qadimgi Misr san’atining yana bir o’ziga xos xususiyati shundaki, u din bilan aloqada va unga tobe bo’lgan. Misr ehromlari qatoridan joy olgan uch dinastiya firavni Joser maqbarasi, IV dinastiya fíravnlari Xufu, Xafra va Minkiura piramidalari Fifadagi Karnak va Luksor ibodatxonalari gigant me’morchilik san’atining nodir namunalaridir. Qadimgi Misr tasviriy san’ati me’morchilik bilan bog’liq holda rivoj topdi. Misr san’ati umumjahon san’ati taraqqiyotida o’ziga xos qaytarilmas o’rinni egallaydi.
Old Osiyo san’ati deganda o’rta yer dengizi, havzasining sharqiy qismi sohillari, Kichik Osiyoning tog’li tumanlari chegaralarida eramizdan avvalgi Shumer, Akkad, Ossuriya, Urartu, Bobil kabi qator davlatlar mavjud bo’lib, ular jahon san’ati tarixiga o’z hissalarini qo’shganlar. Bu yerda haykaltaroshliknining go’zal asarlari yaratildi, devoriy suratlar, nozik amaliy-dekorativ buyumlar ishlandi. Akkad podsholigi davrida Old Osiyo yagona davlatga birlashtirildi. Shu davrda tasviriy san’at realizmi ortdi. Ayni shu davrda Shumer dostoni “Gilgamish» yaratildi. “Sargon haykali”, “Semit portreti”, “Narasmin stellasi” o’sha davrning mashhur asarlaridandir. Old Osiyo san’atida nodir me’morchilik va tasviriy san’at yodgorliklari yuzaga keldi.
Qadimgi Sharqda o’ziga xos hisoblangan Hindiston san’ati ham qator taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tdi. Bu taraqqiyot jarayonida hind san’atiga goh Shumer, goh Grek san’atining ta’siri bo’lgan. Lekin shunga qaramay, uning san’atida o’ziga xoslik mavjud bo’lib, u asosan xalq san’ati, ayniqsa hunarmandchilik ta’sirida bo’lgan. Hindiston san’ati qadimdan har-xil dinlar ta’sirida rivoj topgan. Qadimgi Hindiston san’atining gullagan davri Mauriya sulolasi (e.av. 272-232 y)da sodir bo’ldi. Ashoka hukmronligi davrida buddizm keng tarqaldi. Ibodatxonalar qurilishiga, tasviriy san’at asarlariga keng e’tibor berildi. Adjantadagi g’or ichidagi ibodatxona va shunga o’xshash qator san’at asarlari qadimgi hind madaniyatining nodir namunalaridir.
Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san’atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib ketadi. Buyuk Sharq allomalari Muhammad Al- Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug’ bobokalonlarimiz o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg’u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun – qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar «Qobusnoma»da ham hofizlik va san’atkorlikning qoidalariga bag’ishlangan alohida bob o’rin olgan.
Zaminimizda o’tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutor, surnay, qonun, nayga o’xshash sozlar, toshlarga o’yib bitilgan sozandalarning soz chalib turganidagi tasvirlari, miniatura asarlaridagi sozanda va hofizlarning rasmlari o’lkamizda ijrochilik san’ati qadimdan rivojlanib kelganligidan dalolat beradi. Sharq xalqlarining musiqiy merosi bo’lmish Maqom, Mug’om, Dastgoh, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan – avlodga og’zaki ravishda o’tib kelgan. Tarixiy manbalar, bilimdon ustoz san’atkorlarning fikri hamda ilmiy
tadqiqotlarga qaraganda, XIII-XVII asrlarda O’rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari musiqasida quyidagi o’n ikki (davozdax) maqom mavjud bo’lgan. Bular «Ushshoq», «Navo», «Buzalik», «Rost», «Husayniy», «Hijoz», «Rohaviy», «Zangula», «Iroq», «Isfahon», «Zirofqand», «Buzurg»dir.
Yana bir tarixiy manbaga murojaat qiladigan bo’lsak, ulug’ olim Mirzo Ulug’bek Tarag’ayning «Risola dar ilmi musiqa» (Musiqa ilmi haqida risola) kitobining «Dar bayoni duvozdah maqom» (o’n ikki maqom zikrida) bobida shunday fikrlar keltiriladi: Xoja Abdulqodir ibn Adurahmon Marog’iy, Xoja Sayfidin Abdulmo’min, Sulton Uvays Jaloiriylarning so’zlariga qaraganda, avvalda maqomlar yettita bo’lgan : «Maqomi rost», «Maqomi Ushshoq», «Maqomi Navo», «Maqomi Roho», «Maqomi Hijoz», «Maqomi Iroq», «Maqomi Husayniy». Yana ushbu risolada ulug’ bobomiz Ulug’bekning o’zi tanbur va nog’orani juda yaxshi chalganligini, «Bulujiy», «Shodiyona», «Axloqiy», «Tabriziy», «Usuli ravon», «Usuliy otlig’» singari kuylarni ixtiro qilganligini ta’kidlab o’tadi.
Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitda yangi ijro yo’llari sayqallangan ko’rinishlari bilan jilolanib kelgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo’llari ham o’z o’rnini topganligi ehtimoldan holi emas.
Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning «Shashmaqom» (Olti maqom)i: «Buzruk», «Rost», «Navo», «Dugoh», «Segoh», «Iroq» maqomlari o’zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo’lsa, Farg’onaning «Chor maqom»i (To’rt maqom), «Dugoh Husayniy»ning yettita yo’li, «Chorgoh»ning oltita ijrochilik yo’li, «Shahnozi Gulyor»ning oltita ijrochilik yo’li hamda «Bayot» yo’llarining savti va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan.
Xorazm maqomlarida ham yuqorida ta’kidlangan olti maqom ijrosini alohida uslubiy va o’ziga xos yo’nalishini kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi maqom sifatida chertim yo’lidagi «Panjgoh» maqomi kiritilgan. Shuning uchun avloddan-avlodga o’tib kelgan bebaho musiqiy boyligi sanalmish Buxoro, Xorazm, Farg’ona, Toshkent maqomlari, betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan ulug’ ne’mat sifatida ardoqlanadi.
1. SH. M. Mirziyoev, Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent “O’zbekiston” – 2017 y.
2. I. A. Akbarov, Musiqa lug’ati. Toshkent G’. G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti – 1987 y.
3. F. M. Karamatov, “O’zbek xalq musiqa merosi”. Toshkent G’. G’ulom nomidagi nashriyot – 1978 y.
4. Madrimov, B. X. (2018). O’zbek musiqa tarixi. O ‘quv qo ‘llanma, 120.
5. Madrimov, B. X. (2020). Representation of teachers of music culture and pedagogical creativity and pedagogical technology. Bulletin of science and education, (21-2), 99.
6. Мадримов, Б. Х. (2020). Бухарский шашмаком-феномен в культуре Центральной Азии. Наука, техника и образование, (10 (74)).
7. Ярашев, Ж. Т. (2021). МУЗЫКАЛЬНАЯ ТЕРАПИЯ. Scientific progress, 7(5).
8. Yarashev, J. Т. (2013). “Bukhorcha” and “Mavrigi” song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114.
9. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).
10. Мухамедов, Т. Д. (2020). Способы направления студентов на информационные технологии. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
11. Мухамедов, Т. Д. (2021). СПОСОБЫ И СРЕДСТВА РАЗВИТИЯ МУЗЫКАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ МУЗЫКИ. Проблемы науки, 43.
12. К, Ш. (2019). Ахлокий поклик рухий камолот асоси. “Жауон маданий цивилизацияси контекстида хожагон,нацшбандия тасаввуфий таълимотлари илмий-маънавий меросининг умумбашарий ауамияти”, 1 бет.
13. К, Ш. (2019). Мусика таълими жараёнида мустакил ишларнинг самарадорлигини ошириш. “Бухоро шашмацоми: тарихий-назарий ва амалий масалалари “, 2 бет.
14. Камолов, Ш. (2018). Касб-хунар коллежларида муаммоли таълимдан фойдаланиш. Международный сборник научных статей по теме: “Перспективы развития психологии на современном этапе”, 2 бет.
15. Хасанов, Х. Р. (2020). Культура и искусство в эпоху Амира Темура и темуридов. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).
16. Ахтамов, И. И. У. (2021). МАКСОМ АНЪАНАВИЙ КАСБИЙ МУСИКА НАМУНАЛАРИНИ УРГАНИШДА ОВОЗ ХУСУСИЯТЛАРИ. Scientific progress, 1(5).
17. Кушаев, И. А., & Ахтамов, И. И. (2020). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ТРАДИЦИОННОЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ МУЗЫКИ (НА ПРИМЕРЕ ИСКУССТВА ДАСТАНА). Academy, (11 (62)).
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.