Huquqiy munosabatlar va huquq tizimi
1.Huquqiy munosabat va uning turlari.
Beynlxalq huquq derslik
Adliya vazirligi tashabbusi bilan huquq sohasiga ixtisoslashmagan litsey va kollej o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdonlari” quvnoqlar va zukkolar respublika bellashuvining navbatdagi hududlararo bosqichi Navoiy shahridagi “Farhod” nomli san’at saroyida Navoiy viloyatining “Liderado” hamda Buxoro viloyatining “Iqbol” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvni o‘tkazishdan maqsad mamlakatimizdagi litsey hamda kollej o‘quvchilarining huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi borasidagi bilimlarini mustahkamlash, yoshlarning erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o‘stirish, shuningdek, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda eng zukko talabalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirishdan iborat.
Bellashuv uch shart asosida o‘tkazilib, birinchi shartda guruhlar jamiyatda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirishga qaratilgan badiiy chiqishlarini namoyish etishdi, ikkinchi shart bo‘yicha har bir guruhga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan maxsus tayyorlangan savollar berildi. Uchinchi shartda esa guruhlar tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish borasida taklif va tavsiyalar ko‘rgazmali hamda sahnaviy ko‘rinishlar orqali namoyish etildi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra, Navoiy viloyatining “Liderado” guruhi g‘olib topilib, final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 16 aprel kuni Samarqand shahridagi Hamid Olimjon nomli viloyat musiqali va drama teatri binosida Samarqand viloyatining “Adolat”, Sirdaryo viloyatining “Yosh huquqshunoslar” hamda Jizzax viloyatining “Yuristlar” guruhlari o‘zaro bellashdilar. Hududlararo bosqichda ishtirok etgan ushbu guruh a’zolari o‘rtasidagi sinovda Samarqand viloyatining “Adolat” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shunday qilib, Navoiy viloyatining “Liderado” hamda Samarqand viloyatining “Adolat” jamoasi bellashuvning final bosqichida uchrashadigan bo‘ldi.
Bellashuvning keyingi hududlararo bosqichi 19 aprelda Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyatining “Adolat” va Qashqadaryo viloyatining “Musavvad” jamoalari qatnashdi. G‘oliblik “Musavvad”ga nasib etdi.
G‘olib va ishtirokchilarga Adliya vazirligining I va II darajali diplomlari hamda qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, bellashuv hamkorlarining esdalik sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari, g‘oliblarga “O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi” va boshqa huquqiy adabiyotlar tarqatildi.
Bellashuvning navbatdagi bosqichi 21 aprel kuni Toshkent shahrida hamda 23 aprel kuni Farg‘ona shahrida o‘tkaziladi. Final bosqichi esa 30 aprel kuni Buxoro shahrida bo‘ladi.
Huquqiy munosabatlar va huquq tizimi
Darsning maqsadi: Talabalarga huquqiy munosabatlar, turlari, tuzilishi, mazmuni, ob’yektlari to’g’risida tushinchalar berish. Talabalarda huquqiy munosabatlarga kirishish va ushbu jarayonda huquq va burchlarni ongli ravishda da bajarish tuyg’larini shakillantirish.
Darsning ko’rgazmasi: Huquqiy munosabatlar, huquqiy munosabat belgi lari, turlari, tuzilishi, mazmuni chizmalari.
Asosiy so’z va tayanch tushunchalar: Huquqiy munosabatlar, turlari, mazmuni, ob’yektlari, nisbiy, mutlaq, moddiy huquqiy,protsessual, yuridik faktlar. : tizim, huquq institutlari, huquq sohasi, umumiy va mahsus qism, sub’ektiv huquq va majburiyatlar, hokimiyat buyrugi usuli, yoki avtoritar usul, dispozitiv yoki avtonomiya usuli.
1.Huquqiy munosabat va uning turlari.
2.Huquqiy munosabatlarning tuzilishi.
3.Huquq tizimi tushunchasi, uning tuzilishi va tamoiylari.
5.Huquq tizimi va huquqshunoslik fanlar tizimi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.