Tag: morfologiya
Turkiy tillardan hisoblanuvchi o‘zbek tilida, somiy tillardan bo‘lgan arab tilida son kategoriyasi olmosh va fe’llarda ham ifodalanishi mumkin. Arab tilida son kategoriyasi sifat so‘z turkumiga ham birdek taalluqlidir. O‘zbek tilida sifat so‘z turkumida son kategoriyasi yo‘q, faqatgina sifat bo‘lib otlashgan so‘zlardagina ko‘plik son kategoriyasini kuzatish mumkin. Masalan: Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat. Ayrim tadqiqotlarda grammatik son kategoriyasi tildagi bir necha so‘z turkumida o‘z aksini topishi, uning nutqdagi vazifasi bir xil bo‘lmasligi hamda turkiy tillardagi sifat so‘z turkumida son kategoriyasi yo‘qligi ta’kidlanadi[3].
Morfologiya
O‘zbek tilshunosligida ham, arab tilshunosligida ham otning son kategoriyasini tashkil etuvchi grammatik shakllarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida qator tadqiqotlar yaratilgan. Ammo ushbu tillardagi birlik, ikkilik va ko‘plikdagi otlarning shakllari qiyosiy tadqiq etilmagan. Bu kategoriyani o‘rganishga doir aksariyat ishlarda ot turkumi morfologik jihatdan o‘rganilgan. Jumladan, doktor Josim Ali Josim “Arab ilmiy merosida qiyosiy tilshunoslik nazariyasi” nomli tadqiqotida son kategoriyasidagi ikkilik ko‘p tillardan arab tilining farqli jihati ekanligini aytadi[1]. Arab tilshunoslari o‘rtasida son kategoriyasi bo‘yicha yakdillik bo‘lib, hech bir tilshunos ikkilik alohida son kategoriyasi bo‘lishiga e’tiroz bildirmagan. O‘zbek tilshunosligida otning son kategoriyasiga oid fikr-mulohazalarda ham yakdillik bor. Taniqli arab tilshunosi Mustafa G‘alayiniy otlardagi son kategoriyasini 3 guruhga ajratadi: birlikdagi otlar (مفرد) , ikkilikdagi otlar (مُثني) va ko‘plikdagi otlar (جمع). Tilshunos birlik, ikkilik va ko‘plikdagi otlardan tashqari to‘la ma’nosini bildiruvchi جَيْشٌ (qo‘shin), قَبِيلَةٌ (qabila) kabi so‘zlar jamlik otlari sanalishini, birlik muannas affiksini olgan, ammo muannaslik affiksiga ekvivalentlik sifatida birlikni, umumiylikdan bittalikni ko‘rsatish ma’nosini bildiruvchi otlar esa dona otlar ekanligini ko‘rsatadi.
جَاءَ العَرَبُ وَ الأزبك إِلَي المُؤْتَمَرِ الدُّوَلِيِّ.
Arab va o‘zbeklar xalqaro konferensiyaga kelishdi.
فاطمة رجعت إلي بيتها بالتُّفَّاحَة.
Fotima uyiga bir dona olma bilan qaytdi.
Dona otlarni morfologik ikki usul bilan arab tilida hosil qilish mumkin. Jamlovchi ot oxiriga يٌّ yoki ةٌ qo‘shimchalarini qo‘shish orqali. Masalan: تفاح ← تفاحة، سفرجل ← سفرجلة، بطيخ ← بطيخة، تمر← تمرة.
Ammo xalq vakillaridan birini ifodalashda ةٌ bilan yasalmaydi, balki يٌّ bilan hosil qilinadi. عرب← عربي، أزبك ← أزبكي، رومٌ← رُومِيٌّ
ة bilan dona otlar yasash mevalar, daraxtlar, gullar va boshqa predmetlarni ifodalovchi otlardan yasalishi bilan xarakterlidir.[2] Sanalmaydigan otlardan dona otlar yasalmaydi. Masalan: ماءٌ- suv, لبَنٌ-sut, عَسَلٌ-asal.
Turkiy tillardan hisoblanuvchi o‘zbek tilida, somiy tillardan bo‘lgan arab tilida son kategoriyasi olmosh va fe’llarda ham ifodalanishi mumkin. Arab tilida son kategoriyasi sifat so‘z turkumiga ham birdek taalluqlidir. O‘zbek tilida sifat so‘z turkumida son kategoriyasi yo‘q, faqatgina sifat bo‘lib otlashgan so‘zlardagina ko‘plik son kategoriyasini kuzatish mumkin. Masalan: Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat. Ayrim tadqiqotlarda grammatik son kategoriyasi tildagi bir necha so‘z turkumida o‘z aksini topishi, uning nutqdagi vazifasi bir xil bo‘lmasligi hamda turkiy tillardagi sifat so‘z turkumida son kategoriyasi yo‘qligi ta’kidlanadi[3].
Qadimiy va zamonaviy arab tilshunoslari arab tilidagi so‘zlarni 3 turkumga bo‘lishadi. Muhammad Tantaviyning “Nahv paydo bo‘lishi va eng mashhur nahvshunoslar” kitobida dastlabki so‘z turkumlari bo‘linishlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni keltiradi [4]. Abul Asvad ad-Dualiy aytadi: Ali ibn Abu Tolib: Gap ism, fe’l, harfdan iborat. Ism – ataladigan narsa haqida xabar beradi. Fe’l – atab kelingan narsadan xabar beradi (shaxs yoki predmetning harakatini ifodalaydi). Harf – ma’no ifodalamaydi (o‘zi yakka holda), deb aytadilar. Zamonaviy olimlarning hammasi an’anaviylikka sodiq holda shu 3 bo‘linish asosida kengaytirib, to‘ldirib bordilar. Abul Asvad ad-Dualiy sifat, so‘roq olmoshlari, taajjub, egaga ta’sir qiluvchi yuklamalarni qo‘shdi.
Mashhur arab tilshunoslaridan Abdurahmon ibn Muhammad al-Anbariy o‘zining “Arab tili sirlari”[5] kitobida so‘z turkumlari 3 ta ekanligini aytib, otning quyidagi belgilarini o‘z kitobida keltiradi:
- a) ال ni qabul qilishi
- b) so‘z oxiri tanvinli bo‘lishi
- old ko‘makchilarni qabul qilishi من كتابٍ، لِرجلٍ
- ikkilik son kategoriyasining qo‘shimchasini olishi كتابان، رجلان
- ko‘plik qo‘shimchasini olishi معلمون، مهندسون
- undalma bo‘lib kelishi يا رحلُ
- so‘zning oxirgi harfi qisqarishi (asli يا مالكُ) يا مالِ
- kichraytirma shakl hosil qilish رُجَيْلٌ
- nisbiylik qo‘shimchasi olishi نمنغانيٌّ
- aniqlanmish bo‘lib kelishi الرجل الحسن
- gapda ega va to‘ldiruvchi bo‘lib kela olishi ضربتُ زيدًا (Zaydni)
ضربت فاطمة ولدها (Fotima bolasini urdi.)
Tadqiqotimizga asosiy manba qilib olgan Mustafa G‘alayiniyning “Arab tili darslari to‘plami” kitobida ham tilshunos otlarni umumiy holda “ismlar”, deb ko‘rsatadi. Ya’ni ot ism turkumi ichidagi so‘z turkumlaridan biri. Bu turkumga ot, sifat, son, olmosh, harakat nomi, sifatdosh kabi fe’ldan boshqa, yordamchi so‘z turkumlaridan boshqa so‘zlar bari ism, deb yuritiladi. Qiyosiyolgan kategoriyalarimiz: egalik, kelishik, son – hammasi ismlarga birdek oiddir. Ishimizni ixchamlagan holda, ismlardan faqat otni yoritishga urindik.
O‘rganilayotgan tillarda birlik son shaklida birlamchilik va jamlash ma’nosi mavjudligi masalasi borligi ham alohida zikr etishga arziydi. Ko‘plikda ham oddiy ko‘plik ma’nosi tarzida ajratilgan, tarkibli va boshqa ko‘plik semalari mavjud. Birlik va ko‘plik shakllari anglatadigan jamlash va ko‘plik ma’nolari o‘rtasida muayyan tafovut bor: jamlash bir butun bo‘laklar ichidagi farqni nazarda tutmaydi, balki ularga xos bo‘lgan bu belgini qayd etadi. Ko‘plik son shakli esa shu birliklardagi umumiylikni nazarda tutadi va ayni chog‘da ular o‘rtasidagi farqni ham ko‘rsatadi.[6]
Birlik son narsa-predmetning o‘z-o‘ziga yoki bir xil predmetlarga jamlash ma’nosini ko‘rsatsa, ko‘plik son shakli shu ko‘plikni ifodalovchi birliklar o‘rtasidagi farqlarni ifodalaydi. Umumiy tilshunoslik nuqtai nazaridan birlik va ko‘plikda ishlatiladigan so‘zlar alohida farqlanganligi holda birklikdagi so‘zlar “singularia tantum”, ko‘plikdagilar esa “pluralia tantum”, deb nomlanadi.[7] Arab tilida bunday nomlanish bo‘lib, birlik مفرد, ko‘plik جمع. Arab tilining xosliklaridan biri, bu ikkilik son kategoriyasi mavjudligi bo‘lib, u مثني, deb nomlanadi. Ot birlikda qo‘llanganda yakka, ajratilmaydigan predmetni bevosita, ya’ni hech qanday grammatik shaklsiz ifodalaydi. Bunda so‘z ma’nosi umumlashtirilgan bo‘lib, predmet qancha va qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, bir so‘z bilan ifoda etilaveradi. Birlik son shaklidagi birlamchilik ma’nosi ko‘plik ko‘rsatkichi (-lar, ُونَ, َاتُ )ga qarama-qarshi qo‘yilgan holda namoyon bo‘la oladi. Ko‘plik son shaklidagi ko‘plik ma’nosi esa shu shaklning boshqa ma’nolari bilan, masalan, ajratilganlik semasi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ifodalanadi. “O‘zbek tili grammatikasi”da: “Son kategoriyasining ikki shakli: -lar va shunga zidlab belgilanadigan nol ko‘rsatkichli shakli mavjudligi ko‘rsatilgan”[8].
O‘zbek va arab tillarida birlik son shaklining ifodalanishi xususiyatlarini qiyoslash xos xususiyatlarni ochib beradi. Bu tillarda otlarning birlik sonda ifodalanishiga xos xususiyatlar quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
- o‘zbek va arab tillarida atoqli otlar o‘z tabiatiga ko‘ra to‘liq birlikni ifodalaydi. Masalan:
Muhammad – bir shaxsning oti.
Qohira – bir shaharning nomi.
- o‘zbek tilida turdosh otlar birlikni ifodalash bilan birga, ma’lum turdagi predmetning jamini, to‘dasini ham ifodalaydi. Masalan “meva” so‘zi olma, nok, anor kabilarni o‘z ichiga oladi.
Arab tilida turdosh otlarning odam tomonidan yasalganlaridan boshqa otlar birlikni ifodalash bilan birga o‘zbek tili kabi jamini, to‘dasini ifodalaydi:
Inson zaif holda yaratilgan (barcha insonlar). خُلِقَ الإنسان ضعيفًا
Biznikiga bir kishi keldi. جاء الإنسانُ إلي بيتنا
- donalab sanalmaydigan predmetlar birlikda keladi. (suv, sut, asal, un).
Sut har bir go‘dak uchun foydalidir. اللبن مفيد لكل مولود
- muayyan narsanning biron materialdan ishlanganligi ma’nosini bildiruvchi otlar ham odatda birlikda ishlatiladi:
Sirg‘a oltin va kumushdan ishlangan.
Oltindan ishlangan soat o‘g‘irlanganida odamlar o‘g‘rini ushlashdi. أمسك الناس اللصَّ عند ما سرقت الساعة من الذهب.
- Kasb-hunar, fan-texnikaga oid sohani bildiruvchi otlar doimo birlik sonda bo‘ladi:
Grammatik son kategoriyasining birlik ma’nosi va shakli qiyoslanayotgan tillarda “bir” soni bilan uzviy bog‘liq.
- “bir” ko‘rsatkichi bilan kelgan so‘z predmetning noaniq, ya’ni aniq bir predmet bilin qiyoslanmaganini ko‘rsatadi. Masalan:
رجع إلي إزدحام السيارات أحد من الشوارع العريضة الواقعة في وسط االمدينة المعاصرة.
Zamonaviy shahar o‘rtasida joylashgan keng ko‘chalardan bir kishi mashinalarga to‘la tomonga qaytdi.
- “bir” so‘zi qo‘llanmagan holda predmet aniq ko‘zga tashlanadi.
Ayol uvvos solib yig‘ladi, shu sabab tor ko‘chadan o‘tayotgan odamlar to‘xtashdi. بكت المرأة بكاءًا شديدا بهذا السبب وقف الناس المشاة من الشارع الضيق
Ko‘rinib turibdiki, bu ikki ma’no birinchi misolda birlikning noaniq ifodasi (qandaydir kishi qaytdi), ikkinchisida esa aniq ifoda sifatida (aniq ayol kishi) shakllangan.
O‘zbek tilshunosligida “bir” so‘zi o‘zining lug‘aviy ma’nosi va sintaktik vazifasiga ko‘ra son turkumiga mansub hisoblanadi.
Birlik ma’nosi “bir” so‘zi vositasida leksik usulda ifodalanar ekan, bu ma’no ot so‘z bilan sintaktik aloqaga kirishgan holatda reallashadi.
Kitobning bir betini yodlashdan ko‘ra bir gapiga amal qilgan yaxshi.
Shoir she’rlarining birini bir soatda yozdi. كتب الشاعر أحدا من الأشعار في ساعةٍ
“Bir” so‘zi qadimgi davrdayoq asosiy ma’nosidan tashqari gumon-noaniqlik ma’nosi bilan qo‘llanilgan.[9]
Kechaning zim-ziyosida bir kishi kelib eshik taqillatdi. جاء أحد إلي بيتنا في ظلام الليل فطرق الباب
Hozirgi o‘zbek tilida bir so‘zning xarakterli xususiyatlaridan biri uning noaniq artikl funksiyasida qo‘llanishidir. Ya’ni “bir” so‘zi ham noaniqlik, ham aniqlik semalariga ega. Bunday birikmalar aniq ot bilan ifodalanganda birlik ma’nosi yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan:
U so‘z xazinasidan ma’noli, mazmunli bir so‘zni topib aytdi.
Xullas, “bir” so‘zi va uning arabcha muqobili bo‘lgan أحَدٌ so‘zi nutqda yagonalik, yakdillik, ya’ni birlik ma’nolarini bildiruvchi ko‘rsatkich sifatida qo‘llaniladi.
Arab tilinig xos jihatlaridan yana biri o‘zbek tilidagi “bir” so‘zining arab tilida واحدة – واحد، إحدَي – أحَدٌ ekvivalentlari mavjud bo‘lib, uslubiy, sintaktik jihatdan, bir-biridan qo‘llanish jihatdan farq qiladi. Yuqoridagi “bir” degan semani arab tilida ifodalash uchun o‘sha predmetni birlik shaklida yozib, ma’noni ifodalash mumkin.
Sen bu sohada bir narsa bilasanmi? أ تعلم شَيْئًا في هذا المجال؟
Umumkiylikdan donalikni ifodalashda esa, faqatgina أحَدٌ va إحدَي so‘zlari qo‘llanadi. أحَدٌ va إحدَي so‘zlari o‘rtasida ham farq bo‘lib, muannas jinsga oid so‘zlardan birida إحدَي, aksincha kelganda أحَدٌ ishlatiladi.
Bu konsertda otamning do‘stlaridan biri va onamning dugonalaridan biri raqsga tushdi. رقص أحَدٌ من اصدقاء أبي و إحدَي من صديقات أمي في هذه الحفلة
Ot kesimli gapda kesim vazifasida إحدَي emas, faqat أحَدٌ keladi.
Aniqlovchi vazifasida واحدٌ va واحدةٌ bo‘lib, birlikdagi so‘zni ta’kidlash maqsadida qo‘llaniladi.
Bu majlisga bir soat oldin yetib keldim. وصلت إلي هذا المجلس قبل ساعةٍ واحدةٍ.
أحَدٌ so‘zi gumon va inkor-bo‘lishsizlik ma’nosida ham qo‘llaniladi.
Bu darsda muhim ma’ruzani hech kim yozmadi.الدرس ما كتب أحَدٌ في هذا المحاضرة المهمة.
Tushimda kimdir menga nur taratuvchi kitob berdi. أعطي إليَّ الكتاب المنير أحَدٌ في حلمي.
Shunday qilib, genetik jihatdan bir-biridan uzoq tillar hisoblanuvchi ikki tilda birlik son aniq birlik va noaniq birlik ma’nolarini ifodalashini ko‘rish mumkin. Shuningdek, o‘zbek tilidagi “bir” so‘zining muqobillari arab tilida ko‘p ekanligi ham arab tilining xos jihatlaridan ekanligini ko‘rsatib berdi.
[1]بدمشق. 2001. 45 ص .نظرية علـم اللغة التقابلي فـي الـتراث العـربي د. جاسم علي جاسم
[2] مصطفي الغلاييني. جامع الدروس العربية. – دمشق.: ناشرون. 2010. – 250 ص
[3] Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. – Т., 1992. – Б.74.
[4] محمد الطنطاوي. نشأة النحو و تأريخ أشهر النحاء. القاهرة.: دار المعارف .1995.-32 ص
[5] ص 12 عبد الرحمان بن محمد الانبري. اسرار العربية. (بتحقيق محمد البيطار)- دمشق. 1958. –
[6] Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. – Т.: Ўқитувчи, 1992. – Б.75.
[8] Ўзбек тили грамматикаси I (Морфология). -Т.: Фан, 1975. – Б.125.
[9] Фозилов Э. Ўзбек тилининг тарихий морфологияси. – Т., 1965. – Б. 69.
Tag: morfologiya
Bəzi ikihecalı isimlərdə ikinci saitin düşməsi
Azərbaycan dilində isimlərin bəzilərinə saitlə başlayan şəkilçilər artırdıqda həmin sözün ikinci saiti düşür. Bir qrup sözlər vardır ki, onlarda həm hal, həm də mənsubiyyət şəkilçisi artırıldıqda düşür. Bunlar aşağıdakılardır: isim,…
elvin • 23.07.2018 • bölmə Azərbaycan dili
İsmin mənsubiyyətə görə dəyişməsi
İsimlər şəkilçilərin köməyi ilə mənsubiyyətə görə dəyişə bilir. Məsələn: (mənim) qələmim, (sənin) qələmin, (onun) qələmi, (bizim) qələmimiz, (sizin) qələminiz, (onların) qələmi. Əşyanın hansı şəxsə mənsub olduğunu bildirən qrammatik şəkilçilər mənsubiyyət…
elvin • 21.07.2018 • bölmə Azərbaycan dili
Mürəkkəb adlar
Mürəkkəb adlara idarə və təşkilatların, bayramların, dövlət təltiflərinin adları və coğrafi adlar aiddir. Mürəkkəb adlar xüsusi isimlərdən onunla fərqlənir ki, xüsusi isimlər ayrı-ayrı sözlərdən, mürəkkəb adlar isə söz birləşmələrindən ibarət…
elvin • 20.07.2018 • bölmə Azərbaycan dili
Ümumi və xüsusi isimlər
İsimlər iki qrupa bölünür: ümumi isimlər, xüsusi isimlər. Ümumi isimlər eynicinsli əşyaların adını bildirir. Məsələn, kitab, ağac, ot, adam, ulduz, planet, balıq və s. Xüsusi isimlər tək olan varlıqların adını…
elvin • 19.07.2018 • bölmə Azərbaycan dili
İsim nitq hissəsi
Əşyanın adını bildirən, kim? nə? və bəzən hara? suallarından birinə cavab olan nitq hissəsi isim adlanır. Burada əşya dedikdə bütün konkret (kitab, torpaq, daş, qaşıq, duz, avtomobil, silah, kağız və…
elvin • 18.07.2018 • bölmə Azərbaycan dili
Azərbaycan dilinin morofologiyası
Dil haqqında elmin bölmələrindən biri qranımatikadır. Qrammatikada (yunanca qranıma – hərf, işarə deməkdir) sözlərin dəyişməsi və cümlədə birləşməsi qaydaları öyrənilir. Qrammatika iki hissədən ibarətdir: morfolorfya, sintaksis. Morfologiyada (yunanca morfe —forma, loqos…
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.