Press "Enter" to skip to content

CHINGIZ AYTMATOV “QIYOMAT” ROMANIDA OBRAZLAR TIPOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Ключевые слова: Роман, образ, воскресение, литература, Конрад, вера, трагедия, герой, сравнительно-типологический анализ, судьба, авторский замысел.

Çingiz Aytmatova həsr olunmuş kitab çıxdı – Foto

Çingiz Aytmatov yaradıcılığının tədqiqatçısı, filologiya üzrə fəlsəfə doktoru Mehman Həsənlinin “Çingiz Aytmatov fenomeni və Azərbaycan” monoqrafiyası nəşr olunub. Kitab Azərbaycan Milli Elmlər Akademiyası Nizami Gəncəvi adına Ədəbiyyat İnstitutunun Elmi Şurasının qərarı ilə İnstitutun “Sənətkarın elmi pasportu” seriyasından işıq üzü görüb. Monoqrafiya AMEA-nın birinci vitse-prezidenti, Nizami Gəncəvi adına Ədəbiyyat İnstitutunun direktoru akademik İsa Həbibbəylinin elmi redaktorluğu və “Əbədi mogikan” adlı əhatəli ön sözü ilə çap olunub.

Nizami Gəncəvi adına Ədəbiyyat İnstitutundan Teleqraf.com -a verilən məlumata görə, monoqrafiyada dünya şöhrətli qırğız yazıçısı Çingiz Aytmatovun həyatı, bədii yaradıcılığı (hekayələri, povestləri, romanları, dramaturgiyası və poeziyası) tam şəkildə araşdırmaya cəlb edilib.

Tədqiqat işində eyni zamanda Çingiz Aytmatovun yaradıcılığı kontekstində repressiya, dünya müharibəsi kimi mövzuların Azərbaycan-qırğız nəsrində inikası, yazıçının Azərbaycanla ədəbi-mədəni əlaqələri, əsərlərinin ölkəmizdə öyrənilməsi, tərcüməsi və nəşri məsələləri araşdırılıb.

406 səhifədən ibarət kitabın sonunda tədqiqatın qısa mahiyyətini ifadə edən üç dildə xülasə, ədəbiyyat siyahısı və foto salnamə oxuculara təqdim edilib.

Kitabın rəyçiləri Qırğızıstan Elmlər Akademiyasının Çingiz Aytmatov adına Dil və Ədəbiyyat İnstitutunun direktoru, tanınmış aytmatovşünas alim, akademik Abdıldajan Akmataliyev və İnstitutun Türk xalqları ədəbiyyatı şöbəsinin müdiri, professor Məmməd Əliyevdir. Məsul redaktorlar türk xalqları ədəbbiyyatının tədqiqatçıları, filologiya üzrə fəlsəfə doktoru Töhfə Talıbova və Maya Həsənlidir.

Kitab “Elm və təhsil” nəşriyyatında çap olunub.

CHINGIZ AYTMATOV “QIYOMAT” ROMANIDA OBRAZLAR TIPOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdugapparova Shodiyona Adashali Qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Chingiz Aytmatovning “ Qiyomat ” romanidagi bir qator obrazlar qiyosiy-tipologik jihatdan tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Abdugapparova Shodiyona Adashali Qizi

Charlz Dikkensning “Buyuk umidlar” va Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” asarlarida portret va peyzaj tasvirining mushtarak elementlari

Литература, педагогика и дидактика
“PERIFRAZA” ATAMASI VA UNING NOMLASHDAGI O‘RNI
BADIIY TARJIMA UCHUN TARJIMA USULLARI TAHLILI (IAN TUHOVISKIY ASARLARI MISOLIDA)
“ISYON VA ITOAT” ASARIDA QAHRAMONLAR PSIXOLOGIYASI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHINGIZ AYTMATOV “QIYOMAT” ROMANIDA OBRAZLAR TIPOLOGIYASI»

CHINGIZ AYTMATOV “QIYOMAT” ROMANIDA OBRAZLAR

Abdugapparova Shodiyona Adashali qizi

ToshDO’TAU tayanch doktoranti shodiyona1993@inbox. ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanidagi bir qator obrazlar qiyosiy-tipologik jihatdan tahlilga tortilgan.

Annotation: In this article, a number of images in Chingiz Aitmatov’s novel “Doomsday” are analyzed from a comparative-typological point of view.

Аннотация: В данной статье со сравнительно -типологической точки зрения анализируется ряд образов в романе Чингиза Айтматова “Плаха”.

Kalit so’zlar: Roman, obraz, qiyomat, adabiyotshunoslik, Konrad, iymon, fojia, qahramon, qiyosiy-tipologik tahlil, qismat, muallif niyati.

Keywords: Novel, image, resurrection, literature, Conrad, faith, tragedy, hero, comparative-typological analysis, fate, author’s intention.

Ключевые слова: Роман, образ, воскресение, литература, Конрад, вера, трагедия, герой, сравнительно-типологический анализ, судьба, авторский замысел.

Jahon adabiyoti yangi asrga qadam qo’yishi bilan badiiyat olamida inson ruhiyatini anglash, ma’naviy dunyosini ochib berish, bashariyat uchun umumiy bo’lgan dolzarb muammolarni qaysidir yo’sinda yechimini topishga bo’lgan intilishlar kuchaydi. Ayni shu intilishlarning in’ikosi sifatida adabiyot namoyandalari tomonidan qator adabiy-badiiy asarlar yaratildi. Ana shunday badiiy yaratiqlar sirasiga Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanini kiritishimiz mumkin.

Roman bugungi kunda tabiat-jamiyat-inson-iymon o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning keskinlashuvi oqibatida iymon-e’tiqod sustligi, ma’naviy manqurtlik, giyohvandlik, tabiatga bo’lgan mislsiz shafqatsizlik kabi yechimi kishini chuqur o’yga toldiruvchi umumbashariy muammolarga bag’ ishlangan.

Asar voqealari bir qarashda bir- biriga bog’liq bo’lmagan turli syujet chiziqlaridan tarkib topgandek tuyilsada, o’rtaga qo’yilgan muammolar qiyosiy-tipologik planda bir-birini taqozo etib, biri-ikkinchisini to’ldirib boradi.

Yozuvchining o’ziga xos novatorligi, uning asarlarning keng omma tomonidan quyuq kutib olinishining yana bir ahamiyatli jihati shundaki, asar qiyosiy adabiyotshunoslik sohasidagi tadqiqotlarga yana bir yangilik yasalishiga sabab bo’lganidadir. Odatda qiyosiy adabiyotshunoslikda olib borilgan ilmiy izlanishlarni kuzatar ekanmiz, adabiyotshunos olim N.I.Konradning qiyosiy adabiyotshunoslikning obyekti deya sanab o’tgan besh jihatni alohida e’tirof etamiz. Ya’ni, “birinchi jihat, tarixiy umumiylikka ega bo’lgan xalqlar adabiyoti qiyosi, ikkinchi jihat, turli xalqlar adabiyotida tipologik xususiyatlar qiyosi, uchinchi jihat, turli makon va zamondagi xalqlar adabiyoti qiyosi, to’rtinchi jihat, bir-biriga bog’ liq bo’lmagan holda tipologik xususiyatlarga ega ega bo’lgan adabiyotlar qiyosi, beshinchi jihat, adabiy aloqalar qiyosi”125. Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanida esa asar syujeti, qahramonlari, ularning taqdir yo’llari, xarakteri, qismatlari bir-biriga juda yaqin, mushtarak jihatlarga boy. Adib har bir syujet chizig’ini boshqa bir syujet yo’nalishiga, har bir obraz hayotini boshqa bir obraz qismatiga muqoyasa qiladi. Bu orqali asardan ko’zlagan yozuvchi niyati, asar g’oyasi o’quvchi ko’z oldida yanada yorqin gavdalanadi.

Birinchi mushtaraklik: Avdiy Kallistratov va Iso alayhissalom.

Yozuvchi asar bosh qahramoni kufrona qarashlari uchun diniy seminariyadan haydalganiga qaramay “Xudo va inson haqidagi jadidona fikrlari hamda tasavvurlarini eski diniy ta’limotning qotib qolgan aqidalariga zid qo’yib ifodalab bermoqlikni ko’ngliga tugib”126 iymon masalasini taftish qilishga intilgan Avdiy Kallistratov hamda bundan ikki ming yil muqaddam butun umrini jamiyatdagi kishilarning yagona Ollohga bo’lgan iymon-e’tiqodlarini mustahkamlashga intilgan, “Adolat saltanati”ga birlashishlari uchun umrini qurbon qilgan Isoni parallel ravishda qiyoslaydi. Yozuvchining o’ziga xos novatorligi qismatlari bir-biriga juda yaqin ikki qahramonning umri davomida haqiqatparvarligi, iymoni butunligi, e’tiqodi mustahkamligi bilan o’zgalarga o’rnak bo’la olishini ko’rsatish bilan chegaralanib qolmay, zamonlar osha ular o’rtasidagi tafovutning shunchalar yiroqlashib ketganligi, butun bir jamiyat, tabiat, inson fojiasi qiyomat darajasiga ko’tarilganligini ko’rsatib berganligida yaqqol namoyon bo’ladi.

125 Конрад Н.И. Избранные труды. Литература и театр. -М.:Наука, 1978. – С. 32-33

126 Ch.Aytmatov. Qiyomat. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2015. 48-b

Iymon uchun kurashda ming yillik boshida bir necha ruhoniylar qarshiligiga uchrab Iso chormihga tortilgan bo’lsa, oradan ikki ming yil o’tib Avdiy butun bir jamiyat qarshiligiga uchraganligini adib bir necha o’rinlarda, xususan, diniy seminariyadan quvg’ inga uchrashi, asr vabosiga aylangan giyohvandlikning o’zi tenggi yuzlab, minglab yoshlarni girdobiga quyundek tortib ketishiga qarshilik ko’rsatgani, to’g’ri yo’lga chorlagani sababli poyezd vagonlaridan uloqtirilgani va bu haqidagi qarashlarini matbuot tomonidan rad qilingani, qolaversa, Mo’yinqum dashtida hayotda iymonining noqisligi sababli to’g’ri yo’lidan adashgan va ichkilikka mukkasidan ketgan, qorin qurso g’ idan boshqa bilan ishi yo’q kishilar tomonidan chormihga tortilgandek daraxtga bo g’ lanib yosh, soddadil, iymoni butun, irodasi mustahkam bo’lishiga qaramay qismati fojiali yakun topganini o’quvchiga chuqur anglatishga harakat qiladiki, qiyomat-qoyim darajasiga ko’tarilgan iymonsizlik Avdiynigina emas, nechalab Grishan, Petruxa, Lyonkalarni, necha-nechalab Ober, Mishash, Kepalarni hayotini yakson qilganligini guvohi bo’lamiz.

Ikkinchi mushtaraklik: Akbara va Bo’ston O’rkunchayev.

Yozuvchi bu ikki obraz hayotini mushtarak jihatlarini badiiy ifodalar ekan, yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi azaliy kurashda aksariyat hollarda yaxshilarning jabr ko’rib qolishlarini ikki obraz hayotidagi ketma-ket yo’qotishlar bilan ifodalab beradi.

Akbara va Toshchaynar butun umri davomida o’zlarining kuch-qudratlari va aql-zakovatlari bilan yashashga intilgan cho’l jonivorlari bo’lib, ular hayotidagi birinchi ko’ngilsizlik Mo’yinqum sahrolaridagi qirg’ in sababli ro’y beradi. Bo’rilarnmg birinchi zurriyotlari viloyatning go’sht topshirish rejasini bajarishdagi shafqatsiz qirg’in oqibatida halok bo’ladi. Oradan oz fursat o’tib, Aldashbo’yi qamishzorlariga o’t ketishi oqibatida yana besh farzandidan judo bo’lishadi. Nasl qoldirish uchun so’nggi urinish bilan farzand ko’rgan bo’rilar qissasi Issiqko’lda insonning nafs balosi oqibatida bo’ri bolachalarining o’z uyasidan olib qochilgandan so’ng fojia bilan yakun topadi.

O’zining mehnatsevarligi, haqiqatgo’yligi, insonparvarligi bilan jamiyatda alohida o’rin topgan Bo’ston O’rkunchayev hayotida ham xuddi bo’rining hayotidagi singari fojia yuz beradi:

” – Bo’ri! Bo’ri bolani olib qochdi! Tezroq, tezroq!

Bo’ston es-hushini yo’qotib, devordan miltiqni yulqib oldi va Gulimxonning orqasidan uydan chopib chiqdi.

. Akbara qochdi. Bo’ston uning izidan miltiq ko’targancha chopar va g’ayritabiiy tovush bilan o’kirardi:

– To’xta, Akbara! O’g’limga tegma! Senga hech qachon yomonlik qilmayman! Bolani qo’y, tegma unga! Akbara! Quloq solsang-chi, Akbara!”127

Asarda tasvirlangan har ikki obraz hayotidagi bunday bir-biriga juda yaqin fojiali qismat – farzand judoligiga yuz tutishlariga, yaxshilarning hayoti izdan chiqishiga, sof tuyg’ularning poymol bo’lishiga asosiy sabab tabiat va jamiyatda sodir etilayotgan mudhish hodisalar, insonlarning ma’naviy inqirozi, loqaydligi, yovuzligi, insonning insoniyligidan chiqishi oqibatida yuz berayotganligini yozuvchi o’quvchiga takror-takror anglatishga intiladi.

Umuman olganda, Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” romanidagi bu va boshqa bir qator obrazlarni qiyosiy jihatdan tahlil qilar ekanmiz, yozuvchining maqsadini, badiiy niyatini, asardan ko’zlagan asosiy g’oyasini to’g’ri va teran tushunish uchun, chuqur anglash uchun har bir obraz, har bir qahramonning o’rniga o’zimizni qo’yib ko’rishimiz, ular hayotida sodir etilayotgan mudhish voqealardan ongli xulosa chiqarishimiz, ular qilgan xatolarni takrorlamasligimiz, qolaversa, jamiyatda sodir etilayotgan g’ayriinsoniy yovuzliklarga qarshi birdamlikda kurashishimiz, iymon yo’lidan og’ishmasligimiz darkorligiga guvoh bo’ldik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. Ch.Aytmatov. Qiyomat. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2015;

2. A.Rashidov. Chingiz Aytmatov olami. – T.: “O’qituvchi” HMIU, 2011

3. Конрад Н.И. Избранные труды. Литература и театр. -М.:Наука, 1978;

4. G. Xalliyeva. Qiyosiy adabiyotshunoslik. – T.: Akademnashr, 2020;

127 Ch.Aytmatov. Qiyomat. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2015. 424-b

Çingiz aytmatovun qiyamt sri

“Birinchi muallim“ qissasi ilk bor 1962-yil chop etilgan. Qissada ‘taʼlim-tarbiyaning Qirgʻizistonning olis qishloqlariga yetib borishi haqida soʻz yuritiladi.

.pdf “Oxirzamon nishonalari” (Kassandra tamg’asi) PDF 22 Jan 2020

Aytmatov roman orqali kitobxonga badiiy tafakkurning yangi bir qirralarini ochadi, uni o’yga toldiradi va hatto idrok etish qiyin bo’lgan hodisalar girdobiga tashlaydi. Yozuvchi fantastik usuldan foydalangan bo‘lsada, roman teran realistik asar sifatida qabul qilinadi. Asarning badiiy tuzilishi, hayotni tasvirlash prinsipi yozuvchining boshqa asarlarinikidan tubdan farq .

.pdf “Oq kema” (qissa) PDF 22 Jan 2020

“Oq kema” asarida hayotdagi o‘ta muhim masalar qatorida Inson va Tabiat munosabatlari mavzusi ham yusak badiiy mahorat bilan qalamga olingan bo‘lib, tabiatga nisbatan jinoyat pirovard-natijada insoniyat uchun halokatli bo‘lishi mumkinligi tasvirlanadi. Qissaning bosh qahramoni Bolakay yovuzlikni aslo qabul qila olmaydi. Adib toki insonlarda bolalarga xos .

.pdf “Chingizxonning oq buluti” (qissa) PDF 17 Jan 2020

“Chingizxoning oq buluti” – Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romaniga ilova qilingan qissa. Qissada afsona misolida shoʻro siyosati zoʻrlikka asoslanganiga ishora qilingan. Chingizxon toʻgʻrisidagi afsona roman syujetida alohida tarmoq boʻlsa-da, lekin asar umumiy ruhiga singishib ketgan. Adibning olam va odam toʻgʻrisidagi falsafiy mushohadalari roman syujetidagi .

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.