Press "Enter" to skip to content

TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR

II. AS armatura kesim yuzasini aniqlash

TEMIR-BETON KONSTRUKSIYALARI KOMBINATI LTD.

Contact information of the organization/company TEMIR-BETON KONSTRUKSIYALARI KOMBINATI LTD. – Samarkand (phone numbers, location, working hours, activities and other useful information). If this data helped you to contact this organization, please let them know that you found their contacts on the website of the business directory of Uzbekistan: Golden Pages – Uzbekistan

The company has not yet posted products/services on the website www.goldenpages.uz. If you want to place your products/services, follow the link

  • Concrete and concrete products in Samarkand and Samarkand region – sale, production
  • Concrete and concrete products in Uzbekistan – sale, production
  • Ferroconcrete products, constructions in Samarkand and Samarkand region – sale, production
  • Ferroconcrete products, constructions in Uzbekistan – sale, production
  • Ready-mix concrete, liquid concrete in Samarqand – sale, production

TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR

TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-a. oxiri, 20-a. boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-a. oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar siz tasavvur etib boʻlmaydi.

Monolit Temirbeton konstruksiyalar poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi.

Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalarning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi.

Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va b. ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va b. ishlab chiqariladi.

Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; q. x. qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va b. ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20 — V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), T. b. k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va b.) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; T. b. k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalarning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 y. larda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalar larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi.

Rivojlanishning uchinchi davrida (1955-y. dan) yangi usul — chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hoz. kunda ham qoʻllaniladi va davr talabiga moye ravishda yil sayin takomillashib boradi. Zamonaviy qurilish texnologiyasining muhim vazifalaridan biri temirbeton, shu jumladan, yengil Temirbeton konstruksiyalar yaratish va amalda joriy etishdan iborat.

Ad.: Asqarov B. A., Nizomov Sh. R., Hobilov B. A. Temirbeton va tosh-gʻisht konstruksiyalari, Temirbeton konstruksiyalar, 1997; Baykov V. N., Sigalov E. Ye., Jelezobetonnыye konstruksii, M., 1985.

Related Posts:

  • TEMIRBETON
  • OSMA KONSTRUKSIYALAR
  • ARMATURALI SEMENT KONSTRUKSIYALAR
  • SHISHA-BETON KONSTRUKSIYALAR
  • ASBEST-SEMENT KONSTRUKSIYALAR

Учебник по проектированию строительных конструкций. Книга с QR-кодом.

«Korxonalarda qurilish konstruksiyalarini tayyorlashni loyihalash» fanidan amaliy ish topshiriqlarini bajarish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Urganch, UrDU, 2021-yil.

H.M.Bekchanov Urganch Davlat Universiteti Texnika fakulteti “Qurilish” kafedrasi stajer o’qituvchisi.

S.I.Sultanova Urganch Davlat Universiteti Texnika fakulteti “Qurilish” kafedrasi o’qituvchisi.

Q.K.Ahmedov Urganch Davlat Universiteti Texnika fakulteti “Qurilish” kafedrasi mudiri.

Tojiyev.Y “Ma’mun qurilish ta’mirlash” korxonasi direktori.

Zaripov.Q.M “Region beton” korxonasi direktori.

Ushbu uslubiy qo‘llanma “Qurilish” kafedrasi yig‘ilishida muhokama qilingan va texnika fakulteti kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya etilgan. Bayonnoma № __ «__»________ 2021 yil.

Kafedra mudiri: t.f.n, Q.K.Ahmedov

Ushbu uslubiy qo‘llanma Texnika fakulteti kengashida ko‘rib chiqilgan, ma’qullangan va Urganch Davlat Universiteti o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan. Bayonnoma № __ «__»________2021 yil.

Fakultet dekani: t.f.n, dots M.Q.Qurbonov

Ushbu uslubiy qo‘llanma Urganch Davlat Universiteti o‘quv–uslubiy kengashida muhokama qilingan, ma’qullangan va chop qilishga tavsiya etilgan. Bayonnoma № __ «__»_________ 2021 yil.

Urganch Davlat Universiteti

ilmiy-uslubiy kengash raisi: ______________________

Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiyotining ajralmas qismi bo’lgan qurilish sohasi yildan yilga jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Buning asosiy sababi ushbu sohaga davlatimiz tomonidan qaratilayotgan e’tiborning yuksak darajada ekanligi, soha rivojiga xizmat qiluvchi yangidan yangi qarorlar, amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar ushbu so’zimizning yaqqol isboti bo’la oladi.

Bu jabhada rivojlanishni barqarorligini ta’minlash va tobora jadallashtirish uchun ishlab chiqarish jarayonini ilm-fan bilan teng hamkorlikda olib borish, qurilishni yuqori texnologik jarayon bilan uzviy ta’minlash talab etiladi.

Zamonaviy qurilish sanoatini temirbetonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Temirbeton keng ko‘lamda qo‘llaniladigan poydevorlar, to‘sin, ustun va to‘siq va shu kabi boshqa konstruksiyalarini tayyorlashda ishlatiladi.

Bugungi kunga kelib qurilish konstruksiyalarini jadal suratda rivojlantirish uchun ularni hisoblash va loyihalash usullarini raqamlashtirish, innovatsion texnalogiyalarni jalb etish talab etilmoqda.

Zavod sharoitida tayyorlanadigan qurilish konstruksiyalarini loyihalashda zamonaviy grafikalarga tayanadigan hisoblash dasturlaridan foydalanish, konstruksiyalarning chizmala­rini tayyorlashda zamonaviy dasturlardan foydalanish injener–texnik xodimlarning ishini birmuncha yengillashtiradi.

Qurilish materiallari kursidan ma’lumki beton siqilishga yaxshi, cho‘zilishga esa sifatsiz qarshilik ko‘rsatadigan sun’iy tosh materiali hisoblanadi. Betonning siqilishga bo‘lgan mustahkamligi cho‘zilishga nisbatan 15–20 marotaba ko‘pdir. Betonning cho‘zilishdagi qarshiligi kam bo‘lganligi sababli betondan tayyorlangan konstruksiyalar egilishga ko‘p yuk ko‘tara olmaydi. Egiladigan beton elementning cho‘zilish zonasiga armatura joylashtirilsa, elementning mustahkamligi egilishga keskin oshadi. Armatura siqilishga ham cho‘zilishga ham yaxshi qarshilik ko‘rsatganligi tufayli cho‘ziladigan, siqiladigan hamda egiladigan elementlarning yuk ko‘tara olish qobiliyatini oshiradi.

1-Amaliy mashg‘ulot

Mavzu: Korxonada tayyorlangan konstruksiyalar klassifikatsiyasi va nomlanishi.

Amaliy mashg’ulotdan kutuvlar:

  1. Yangi ma’lumotlar;
  2. Interfaol uslublar;
  3. Erkin fikr;
  4. Munozara;
  5. Vaqtga rioya qilish;
  1. Temir-beton nima?
  2. Temir-betonning turlari va ishlatilishi?
  3. Temir-betonning xususiyatlari?
  • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
  • Har kim zarur xolda yordam so‘rashi lozim.
  • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
  • Har kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

2- Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Murakkab konfiguratsiyali temir beton elementlarini og‘irligi va hajmini hisoblash. 1- jadval Temir-beton mahsulotlar nomenklaturasi

a№ Mahsulot Ishlab chiqarish hajmi, umumiy ishlab chiqarishning yig‘ma temir-beton %i
1 Poydevorlar 4,2
2 Qoziqlar, shpuntlar 4,2
3 Poydevor bloklari 1
4 Kolonnalar 3,9
5 Rigellar 2,4
6 To‘sin va yopish fermalari 5,4
7 Yopish plitalari 7,8
8 Qavatlar aro yopma plitalari 26
9 Devor panellari 16,5
10 Ventilyasiya bloklari va sanitar-texnik kabinalari 3,2
11 Zinapoya marshi, supachasi balkon plitalari 1,6
12 Deraza yoki eshik o‘rinlari ustudagi to‘sin 1,7
13 Yer osti yo‘llari va kanallar elementlari 4,1
14 Rezervuar, silos, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlari uchun konstruksiyalar 2,6
15 Trubalar 1,4
16 LEP-tayanchi, aloqa tizimi 1,8
17 Ko‘prik elementlari, estakadalar 1,2
18 Boshqalar 10
Jami: 100
  • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
  • Har kim zarur xolda yordam so‘rashi lozim.
  • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
  • Har kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

Almashtirish: = = 5.2. ta
Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali tarmoqli poydevorni qanday qilib to’g’ri armaturalsh mavzusi bilan bog’liq qiziqarli ma’lumotlarni video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin.

5 – Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Temir beton konstruksiyasidagi joylashtirilgan armaturalar hisobini chiqarish. Konstruksiyada armaturaning qo‘llanilishi. Taranglashtirilmaydigan armatura sifatida – At –III, A–III sinfli sterjenli armaturalar va Vr–I sinfli oddiy simlar ishlatiladi. Montaj armatura sifatida hamda to‘qilgan sinchlarning xomutlari sifatida A–I, Vr –I sinfli armaturalar qo‘llaniladi. Taranglashtiriladigan armatura sifatida qizdirish yo‘li bilan (termik usul) mustahkamlangan – At–IVS, At–V, At–VI sinfli armaturalar hamda A–IV, A–V va A–VI sinfli armaturalarni qo‘llash tavsiya etiladi; 12 m dan uzun bo‘lgan elementlar uchun arqon armaturalar, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan simlar Vr–II hamda – A–IV, A–V, A–VI sinfli sterjenli armaturalarni qo‘llash tavsiya etiladi. Konstruksiyalarda qo‘llash uchun po‘latli armaturani tanlashda uning payvand­lanish xususiyati hisobga olinadi. A–I, A–II, A–III, A–IV, A–V, A–VI, At–IIIC va At–IVC sinfli sterjenli armaturalar va oddiy simlar to‘rlarni tayyorlashda kontak–payvand usulida yaxshi payvandlanadi. Mustahkamligi termik usulda oshirilgan At–V, At–VI sinfli sterjenli armaturalarni va yuqori mustahkamli simlarni payvandlash mum­kin emas, chunki mustahkamlash samaradorligi yo‘qoladi. Oldindan zo‘riqtiriladigan konstruksiyalarning armaturalari alohida ster­jenlardan yoki simlarni birlashtirib tayyorlangan arqonlar va sim tutamlari sifa­tida tayyorlanadi. Arqon armatura eng samarali taranglashtiriladigan armatura hisoblanadi. Arqon armatura simlar to‘plamidan tashkil topgan bo‘lib, yechilib ketmaydigan qilib eshiladi. Arqon armaturaning sirtig‘adir–budir bo‘lganligi uchun beton bilan yaxshi bog‘lanadi. Arqon armaturaning uzunligi chegaralanmaganligi uchun yirik o‘lchamdagi konstruksiyalarni ishlab chiqarish imkonini beradi. Arqon armaturalar taranglashtiriladigan armatura sifatida yirik inshootlarda qo‘llaniladi.

Masala -1 Orayopma plita

C-1 C-2 Alohida sterjen K-2 K-1

Berilgan: l= 6000mm; h=220mm;b= 1200mm.

Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali konstruksiyani mustahkamlash uchun armaturani qanday qilib to’g’ri tanlash kerakligi bilan bog’liq ma’lumotlarni video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin. 6 – Amaliy mashg’ulot Mavzu: Armatura qarshiliklarini chegaraviy va xisobiy qiymatlarini hisoblash.
Berilgan: l= 6000mm; h=220mm;b= 1200mm.

7 – Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Egiluvchi elementlar mustahkamligini hisoblash.
Egiluvchi elementlarning normal kesimi bo‘yicha kuchlanganlik deformatsiyalanish bosqichlari. Tashqi yuk miqdorining oshishi bilan egiladigan temirbeton element normal kesimida kuchlanishlarning o‘zgarishi keltirilgan. Element kuchlanish holati uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqich betonning elastik ishlashi bilan xarakterlanadi. Betonning siqilgan va cho‘zilgan zonalaridagi normal kuchlanish epyuralari uchburchak shaklida bo‘ladi. Cho‘zilgan betonda yuk miqdorining ortishi bilan noelastik deformatsiya rivojlanadi. Bosqich oxirida cho‘zilgan kuchlanish epyurasi egri chiziqli bo‘la boshlaydi va cho‘zilgan betondagi kuchlanish miqdori betonning chegaraviy mustahkamligiga teng bo‘ladi (bosqich I, a). Ikkinchi bosqich element cho‘zilgan zonasida yoriqlarning hosil bo‘lishidan keyin boshlanadi. Yoriqlar hosil bo‘lgan kesimlarda beton qarshilik ko‘rsatmaydi va ishdan chiqadi, Bu kesimlarda ichki cho‘zuvchi zo‘riqishlarni armatura qabul qiladi. YOriqlar oralig‘ida esa cho‘zuvchi zo‘riqishlar cho‘zilgan beton va armatura bilan birgalikda qabul qiladi.. Element siqilgan zonasidagi betonda plastik deformatsiyalar rivojlana boshlanadi va normal kuchlanish epyurasi egri chiziqli bo‘ladi. Uchinchi bosqich – bu elementni buzilish holatidagi bosqichdir. Element cho‘zilgan zonasida joylashtirilgan armaturaning miqdoriga ko‘ra buzilishning ikki xoli uchraydi. Birinchi hol normal armaturalangan to‘sinlar uchun xarakterlidir. Buzilish cho‘zilgan armaturadan boshlanadi va siqilgan zonadagi betonning buzilishi bilan tugaydi. Ikkinchi hol kesim ortiqcha armaturalangan elementlarda ko‘zatiladi. Bunda element siqilgan zonasidagi beton buzilishi boshlanadi, cho‘zilgan armaturadagi kuchlanish esa, chegaraviy qiymatiga etmaydi. Ortiqcha armaturalangan elementlarda buzilish siqilgan zonadagi betondan boshlanadi. Bunda armaturadagi kuchlanish oqish chegarasiga etmaydi va armaturaning mustahkamligidan to‘liq foydalanilmaydi. Bunday holatlarda ham hisoblash formulasi muvozanat shartidan olinadi. Kesim mustahkamligini hisoblashda siqilgan zonaning balandligi x va kesim ishchi balandligi h0 muhim rol o‘ynaydi. Siqilgan zona balandligi x ning kesim ishchi balandligi h0 ga nisbati ξ =x/h0 siqilish zonasi nisbiy balandligi deb aytiladi. Buzilishning birinchi va ikkinchi hollari orasidagi farq ξr –siqilish zonasaning chegaraviy nisbiy balandligi bilan belgilanadi. Agar ξ≤ξr shart bajarilsa element birinchi hol bo‘yicha buziladi. Aks hoda, ya’ni ξξr bo‘lganda, element ikkinchi hol bo‘yicha buziladi. Siqilish zonasining chegaraviy nisbiy balandligi ξrquyidagi empirik formula yordamida aniqlanadi: bu erda: σsR – armaturagi kuchlanish, taranglashtirilmaydigan armatura uchun σsR = Rs qabul qilinadi; σscu– siqilgan armaturadagi kuchlanish. b2 scu =500 MPa ga teng, γb21 bo‘lganda σscu =500 MPa deb qabul qilinadi. =a – 0,008Rb, bu erda; og‘ir beton uchun a = 0,85, engil beton uchun a = 0,8. Egiladigan temirbeton elementlarni ξ ≤ ξr shart asosida loyihalash tavsiya etiladi. Chunki bu holda elementlarning buzilishi plastik xarakterga ega bo‘lib, element kesimi­ni armaturalashda samaradorlikka erishiladi.

Masala-1 Egiluvchi elementning armatura yuzasi topilsin Berilgan: M=150 kNm, b=25 sm, h=50 sm, beton V 20, Rv=11,5 MPa, armatura A-III, Rs=365 MPa, =3 sm. Yechim. ho ni aniqlaymiz ho=50-3=47 sm. So‘ng Ao ni topamiz. Ao= Jadvaldan ni olamiz va armatura yuzasi As-topamiz. As= Sortamentdan armatura 4 18 A-III, As=10,18 sm 2 olamiz. Masala 2. To‘sinda bo‘ylama ishchi armaturaning kesim yuzasi aniqlansin Berilgan: beton sinfi armatura sinfi A-III.

  1. Egiluvchi elementlarining turlarini ayting?
  2. Egiluvchi elementlarining talablarini sanab o‘ting?
  3. Egiluvchi elementlariningkonstruksiyalarga konstruksiyalashdagi talablari?
  • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
  • Har kim faol, berilgan topshiriqga mas’uliyat bilan masalalarni ishlashi kerak.
  • Har kim zarur xolda yordam so‘rashi lozim.
  • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
  • Har kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

Kichik guruhlar uchun topshiriqlar: 1-guruh uchun topshiriq Egiluvchi elementlarining turlarinihaqida ma’lumot bering. To‘sinda ko‘ndalang armaturani qo‘llanilishi to‘g‘risida ma’lumot bering.

2-guruh uchun topshiriq Plitada armatura setkalarini joylashishi prinseplarini aytib bering. Egiluvchi elementlarining talablarini sanab bering. Egiluvchi elementlariningkonstruksiyalarga konstruksiyalashdagi talablarini aytib bering.

Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali temir beton plitaga tushadigan yuklanishni SOLIDWORKS Simulation dasturi orqali hisob-kitob qilishni video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin.

8 – Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Yakka armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash
I. As armatura kesim yuzasini aniqlash

II. Beton kesimi o‘lchamlari b , h va AS armatura kesimi yuzasini aniqlash

2–rasm. Kesimi to‘g‘ri burchakli bir tomonlama armaturalangan egiluvchan elementlar normal kesimini hisoblash blok–sxemasi. III. Elementlarni yuk ko‘tarish qobiliyatini tekshirish

  • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
  • Har kim faol, berilgan topshiriqga mas’uliyat bilan masalalarni ishlashi kerak.
  • Har kim zarur xolda yordam so‘rashi lozim.
  • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
  • Har kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali temir beton monolit plitani hisoblashning eng asosiy tamoyillari orqali hisob-kitob qilishni video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin.

Yakka armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash amaliy mashg’uloti bo’yicha SWOT tahlil olib boramiz.

9 – Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ikki yoqlama armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash.
Armaturalar element ko‘ndalang kesimining cho‘ziladigan va siqiladigan zonalariga joylashtiriladigan bo‘lsa, bunday kesimlar ikki tomonlama armaturalangan kesimlar deb ataladi. Odatda siqiladigan zonadagi betonning mustahkamligi etarli bo‘lmagan holatlarda siqiladigan beton kesimga armatura joylashtiriladi. Kesim siqilish zonasiga armaturalar konstruktiv talablar bo‘yicha yoki hisob orqali qo‘yilishi mumkin. Ikki tomonlama armaturalangan kesimlar iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi. Siqiladigan zonada joylashtiriladigan bo‘ylama armaturalar siqilish natijasida qobarib ketmasligi uchun ular siqiladigan elementlardagidek ko‘ndalang armaturalar bilan jihozlanadi. Ikki tomonlama armaturalangan kesimda holil bo‘ladigan zo‘riqishlar sxemasi 3.3 rasmda keltirilgan. 4–rasm. Ko‘ndalang kesimi to‘g‘ri burchak bo‘lgan ikki yoqlama
armaturalangan normal kesim kuchlanishi
Ko‘ndalang kesimi ikki tomonlama armaturalangan element uchun muvozanat tenglamalari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: RsAs= Rbbx+RscA’s; M ≤ Rbbx(h0–0,5x)+Rsc A’s(h0a′); M ≤ αmbh0Rb+RscA’s (h0a′); Ikki tomonlama armaturalangan to‘g‘riburchak kesimli elementlarni loyihalashda ikki turdagi masalalar uchraydi. Birinchi masala. Berilgan: element kesimi o‘lchamlari bvah, tashqi yuklar ta’siri momentiM. Talab etiladi: armatura kesim yuzalari As va A ni aniqlash. Bunda beton va armatura sinflari mustaqil qabul qilinadi va ularni o‘zgartirish mumkin. Echish tartibi: 1. Siqiladigan zona betonining mustahkamligidan to‘liq foydalanilganligi sababli siqilish zonasi nisbiy balandligi  nisbiy chegaraviy balandlikka R teng qilib olinadi, ya’ni =R. 2. Quyidagi formuladan chegaraviy moment aniqlanadi ; 3. Quyidagi formuladan talab qilinadigan bo‘ylama siqiladigan armatura kesim yuzasi hisoblanadi: . 4. Bo‘ylama cho‘ziladigan armaturaning ko‘ndalang kesim yuzasi quyidagi formuladan aniqlanadi: 5. Sortament bo‘yicha siqilgan va cho‘zilgan armaturalar uchun sterjenlar soni va diametri tanlanadi. Agar nolga teng yoki manfiy chiqsa siqilgan armatura hisob bo‘yicha talab qilinmaydi va kesim siqilgan zonasi armatura bilan konstruktiv talablar bo‘yicha armaturalanadi. Ikkinchi masala. Berilgan: element kesimi o‘lchamlari b va h, tashqi yuklar ta’siri momenti M, siqiladigan bo‘ylama armatura kesim yuzasi (konstruktiv talab bo‘yicha) va beton hamda armatura sinflari. Talab etiladi: armatura kesim yuzasi As ni aniqlash . 1. Quyidagi formuladan nisbiy moment aniqlanadi: . 2. Quyidagi shart tekshiriladi: αmR =R (1– 0,5R). 3. Shart bajarilgan taqdirda 8 jadvaldan αm ga mos bo‘lgan ξ qiymati topiladi va quyidagi formuladan cho‘ziladigan armatura kesim yuzasi hisoblanadi: . 4. Shart bajarilmasa, ya’ni αmR bo‘lganda hisoblash formulasida =ξR qabul qilinadi.

I. AS va AS armaturalar kesim yuzalarini aniqlash

II. AS armatura kesim yuzasini aniqlash

  • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
  • Har kim faol, berilgan topshiriqga mas’uliyat bilan masalalarni ishlashi kerak.
  • Har kim zarur xolda yordam so‘rashi lozim.
  • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
  • Har kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

Kichik guruhlar uchun topshiriqlar: 1-guruh uchun topshiriq Qo‘sh armatura bilan egiluvchan to‘g‘riburchakli hisoblash usullari haqida ma’lumot bering. AS va AS ’ armaturalar kesim yuzalarini aniqlashni tushuntirib bering? 2-guruh uchun topshiriq AS va AS ’ armaturalar kesim yuzalarini aniqlashni aniqlanishini aytib bering. AS armatura kesim yuzasini aniqlashni aytib bering.

Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali ikki yoqlama armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash mavzusiga oid shu va boshqa ma’lumotlarni video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin.

  • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
  • Har kim faol, berilgan topshiriqga mas’uliyat bilan masalalarni ishlashi kerak.
  • Har kim zarur xolda yordam so‘rashi lozim.
  • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
  • Har kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali tavr kesimini hisoblash mavzusiga oid shu va boshqa hisob-kitob ma’lumotlarini video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin.

11 – Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ko‘p bo‘shliqli plitalarni hisolash metodikasi.
Loyihalash uchun topshiriq. Naminal uzunligi 6,0 m va eni 1,2 m bo‘lgan aylana shaklidagi bo‘shliqlarga ega bo‘lgan ko‘p bo‘shliqli panelni hisoblash hamda loyihalash talab etiladi (8–rasm). Panelga ta’sir qiladigan yuklar 3–jadvalda keltirilgan. 3-jadval. Qavatlararo yig‘ma tom yopma paneliga tushadigan yuk ta’siri

Yuklarning turlari Me’yoriy yuklar, N/m 2 Yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti Hisobiy yuk, N/m 2
Doimiy:
qalinligi t =20 mm parketli pol xususiy og‘irligidan yuk, kg/m 3 160 1,1 176
shlakbetonli qatlami og‘irligidan tushadigan yuk, qalinligi t = 30 mm, kg/m 3 480 1,2 576
penobetonli tovush izolyasiyalovchi plitalar og‘irligidan dan tushadigan yuk, qalinligi t = 60 mm, kg/m 3 300 1,2 360
temirbeton panel og‘irligidan tusha­digan yuk, katalog bo‘yicha keltirilgan qalinligi t = 120 mm, kg/m 3 3000 1,1 3300
Jami doimiy yuk gn=3940 g=4412
Vaqtinchalik:
qisqa muddatli 2600 1,2 3120
uzoq muddatli 1400 1,2 1680
Jami 1,2
To‘liq yuk ta’siri:
qisqa muddatli 2600 3120
doimiy va uzoq muddatli 5340 6092
Jami

Yechish. Yuklar va zo‘riqishlarni aniqlash. Eni 120 sm bo‘lgan panelning 1 m uzunligiga quyidagi yuklar ta’sir ko‘rsatadi, N/m: qisqa muddatli normativ (me’yoriy) , qisqa muddatli hisobiy ; doimiy va uzoq muddatli normativ (me’yoriy) ; doimiy va uzoq muddatli hisobiy ; jami normativ (me’yoriy) ; jami hisobiy . To‘liq yuk ta’siridan hosil bo‘ladigan eguvchi momentning hisobiy qiymati Nm bu erda m; – bino vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsienti.

8–rasm. Olti bo‘shliqli tom panelini hisoblashga doir: a– panelning plpnda joylashishi; b– qirqim A–A;
v – panelning polanda ko‘rinishi; g– panelning ko‘ndalang kesimi; d– panelning hisobiy ko‘ndalang kesimi To‘liq normativ (me’yoriy) yuk ta’siridan hosil bo‘ladigan eguvchi momentning hisobiy qiymati (salqilikka va yoriqbardoshlikka qarshi mustahkamligini hisoblash uchun) bunda Nm; huddi shunday, normativ (me’yoriy) doimiy va uzoq muddatli vaqtinchalik yuk ta’siridan Nm; huddi shunday, qisqa muddatli normativ (me’yoriy) yuk ta’siridan Nm. Hisoblangan yuk ta’siridan tayanchda hosil bo‘ladigan qirquvchi (ko‘ndalang) kuchning maksimal qiymati: N; huddi shunday, normativ (me’yoriy) yukdan N; N. Kesim tanlash. Yig‘ma panelni tayyorlash uchun quyidagi materiallar ishlatiladi: sinfi B25 bo‘lgan beton ( MPa, MPa, MPa), bo‘ylama armatura uchun diametri 10 mmdan kata bo‘lgan A400 (A–III) sinfli po‘latdan tayyorlangan sterjenlar ( MPa), ko‘ndalang armatura uchun A240 (A–I) sinfli po‘lat tayyorlangan sterjenlar ( MPa). Panel pastki va ustki tomonidan payvandlangan to‘rlar bilan armaturalanadi. Armaturali to‘rlar Vr–I sinfli diametri 4–5 mm bo‘lgan simlardan payvandlanib tayrlanadi ( mm bo‘lganda MPa, mm bo‘lganda MPa). Panelga ta’sir qiladigan yuklarning asosiy qismini doimiy va davomli yuklar tashkil etgani uchun qabul qilinadi. Panel ko‘ndalang kesimining balandligini mustahkamlik va bikrlikni ta’minlash shartidan qo‘yidagi formula [2] bo‘yicha aniqlaymiz: sm, bu erda, s – panel ko‘ndalang kesmi shaklini e’tiborga oladigan koeffitsient: bo‘shliqli panellar uchun s =18–20 ga teng; tokchasi siqilgan zonada joylashgan qovurg‘ali panellar uchun 30–34 ga teng. – yuklarning doimiy va davomli ta’sir etishidan salqilining oshishini inobatga oluvchi koeffitsient: bo‘shliqli panellar uchun ; tokchasi siqilgan zonada joylashgan qovurg‘ali panellar uchun ; N/m 2 – panelning 1 m 2 yuzasiga ta’sir qiladigan davomli yuklarning me’yoriy qiymati; = N/m 2 panelning 1 m 2 yuzasiga qisqa muddat ta’sir qiladigan yuklarning me’yoriy qiymati; qn = gn+pn + 3000 =2600 + 1400 + 3000 = 7000N/m 2 – panel xususiy og‘irligini (3000 N/m 2 ) e’tiborga olgan holdagi me’yoriy yuklar yig‘indisi. Mustahkamlik va bikrlikni ta’minlash shartidan aniqlangan panel ko‘ndalang kesimining balandligi h=14,1 sm tipik panel kesimi balandligi h=22 sm dan kichik bo‘lganligi uchun hisoblarda panel kesimi balandligini h=22 sm qabul qilamiz. Panel ko‘ndalang kesimi yuzasida aylana shaklidagi oltitda bo‘shliq mavjud. Aylana shaklidagi bo‘shliklar diametri 159 mm. Panelni hisoblashda uning bo‘shliqli ko‘ndalang kesimi muqobil bo‘lgan qo‘shtavr shaklidagi ko‘ndalang kesimga keltiriladi. Bunda yuzalari bir–biriga teng bo‘lgan aylana shaklidagi bo‘shliqlar kvadrat shaklidagi bo‘shliqlar bilan almashtiriladi, ya’ni A=A. Bu erda A=D 2 /4 – aylana shaklidagi bo‘shlik yuzasi; A0=h1 2 –tomoni h1 bo‘lgan kvadrat yuzasi. Quyidagi tenglikdan D 2 /4 = h1 2 kvadrat shaklidagi bo‘shliq tomonini aniqlay­miz: mm. Qushtavrga keltirilgan kesim tokchasining qalinligi mm 4,0 sm Qushtavrga keltirilgan kesim qovurg‘asining eni mm =32,4 sm. Qushtavrga keltirilgan kesim eni mm =117 sm. Panel mustahkamligininormal kesim bo‘ycha hisoblash Qabul qilingan qo‘shtavr kesim uchun quyidagilarni hisoblaymiz: Nisbat 0,1 bo‘lganligi uchun hisoblarda panelning enini sm qabul qilamiz. Quyidagilarni hisoblaymiz: , sm. , . Siqilgan zonaning balandligi sm sm bo‘lganligi uchun neytral o‘q siqilgan tokchada joylashadi. Bo‘ylama armatura ko‘ndalang kesimining yuzasi: sm 2 . Panelni armaturalash uchun 4Ø16A–III sterjen qabul qilamiz ( sm 2 ). Panel mustahkamligini qiya kesimlar bo‘yicha hisoblash. Ko‘p bo‘shliqli panelni ko‘ndalang armatura bilan jihozlash zarurligini quyidagi shartdan tekshiramiz , (1) bu erda: Q =30717,4 H – tashqi yuklardan hosil bo‘ladigan kesuvchi kuch; Qb – armaturalan­magan panel kesim qabul qiladigan kesuvchi kuch, quyidagi formuladan aniqlanadi: . (2) Bu formuladan ekanligini e’tiborga olib, qiya kesimning gorizontal o‘qqa proeksiyasini hisoblaymiz sm, bu erda og‘ir beton uchun; – siqilgan tokchalarning qiya kesim mustahkamligiga ta’sirini e’tiborga oluvchi koeffitsient; etti qovurg‘ali ko‘p bo‘shliqli plitada Bo‘ylama zo‘riqish N=0 bo‘lganligi tufayli Hisoblangan qiya kesimda sm sm bo‘lganligi uchun sm qabul qilamiz. U vaqtda armaturalanmagan panel kesimi qabul qiladigan kesuvchi kuch miqdori N=90 kN kN. Ko‘ndalang armatura hisob bo‘yicha talab qilinmaydi. Ko‘ndalang armaturalarni konstruktiv shartlardan kelib chiqqan holda qabul qilamiz. Ko‘ndalang sterjenlarning qadamini sm, hamda sm shartlardan s=100 mm qabul qilamiz. Panel uzunligining tyanchlardan l/4 ga teng bo‘lgan qismlarida ko‘ndalang armatura sifatida diametri 6 mm ga teng bo‘lgan A240 (A–I) sinfi po‘lat sterjenlar qabul qilamiz. Ko‘ndalang sterjenlarning qadamini esa s=100 mm qabul qilamiz. Panelning o‘rta, ya’ni l/2 qismida sinchlardagi bo‘ylama sterjen (armatura)larni bog‘lash maqsadida ko‘ndalang armaturalar (sterjenlar)ning qadamini s=500 mm qabul qilamiz.
Masala 1. Ora yopma plita tokchasining yuk ko‘tarish qobiliyati tekshirilsin? Berilgan: hisobiy tasmaning eni beton sinfi armatura sinfi Vr-I; plita quyidagicha armaturalangan:
Yechim. Quyidagi qiymatlarni aniqlaymiz: Jadval bo‘yicha koeffitsient ni olamiz. Plita tokchasining mustaxkamligi aniqlaymiz. plitaning mustaxkamligi ta’minlangan. Masala 2. Plita tokchasining mustaxkamligi ta’minlangan. Plitaning mustahkamligi tekshirilsin? Berilgan: kesimning 1 m uzunligida; Vr-I sinfli armatura sim to‘ri olingan 150/250/6/4 markali; beton sinfli V20;
Yechim. ni topamiz Bo‘ylama yo‘nalishdagi armaturalash protsentini.

  1. Qavatlararo yig‘ma tom yopma paneliga tushadigan yuk ta’siri haqida qisqacha gapirib bering?
  2. Yuklar va zo‘riqishlarni aniqlash haqida to’xtalib o’ting?
  3. Kesim tanlash deganda nimani tushinasiz?
  • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
  • Har kim faol, berilgan topshiriqga mas’uliyat bilan masalalarni ishlashi kerak.
  • Har kim zarur xolda yordam so‘rashi lozim.
  • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
  • Har kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali ko‘p bo‘shliqli plitalarni hisolash mavzusiga oid shu va boshqa hisob-kitob ma’lumotlarini video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin.

Rasm. 4. Orayopma qovurg‘ali panelni misol 3 bo‘yicha hisoblash. a – hisoblash sxemasi; b, v –panelning va ekvivalent keltirilgan ko‘ndalang kesimi
Hisobli eguvchi momentni aniqlaymiz: to‘liq hisobli yukdan Nm=71,5 kNm to‘liq normativ yukdan Nm doimiy va uzoq muddatli normativ yukdan Nm qisqa muddatli normativ yukdan Nm Maksimal hisobli ko‘ndalang kuch kN bu erda, N/m=17,26 kN Panel kesimini oldindan aniqlash. Panel kesimi balandligini mustahkamlik va qattiqlikni ta’minlash shartidan empirik formula bilan topamiz sm bu erda N/m 2 ; -siqilgan mintaqada qovurg‘ali tokchali panel uchun; c=30 – A-III sinf po‘lati armaturani qo‘llash uchun. Qabul qilamiz sm qisqa5 sm. Namunaviy zavod formasida qo‘llash uchun oldindan kesimning boshqa o‘lchovlari belgilanadi. (rasm. 4, b): bo‘ylama qovurg‘a yo‘g‘onligi 80 va 100 mm (o‘rtacha yo‘g‘onligi mm), plita yo‘g‘onligi mm, ko‘ndalang qovurg‘a balandligi 200 mm, pastki kesim yo‘g‘onligi 60 mm, yuqorigi 110 mm. Armaturani hisoblash uchun panelning qovurg‘ali kesimini siqilgan mintaqaga tavrli tokchaga keltiramiz (rasm. 4, v): siqilgan tokcha enini sm, shuningdek, 0,1 va ko‘ndalang qovurg‘alarga ega; sm yo‘g‘onlik, keltirilgan qovurg‘aning eni yig‘indisi sm. Oldindan kesimning ishchi balandligi sm. Shartga rioya qilinishini tekshiramiz (2.48) (A.P. Mandrikov « Примеры расчета железобетонных конструксий »), koeffitsient : 48300 N bu erda ; Qabul qilingan kesim qiya tizimda pishiqlikni etarli ta’minlash uchun shartga amal qilinadi. Normal kesimni pishiqligini hisoblash. Tavrli kesim uchun hisobli tasodif keltiramiz, sharoitini tekshirib Nsm Nsm Shartga amal qilinib, neytral o‘q tokchadan o‘tadi : Jadval 2 bo‘yicha va topamiz. Shartni tekshiramiz ; qiymatini aniqlaymiz: bu erda ; MPa. , shartga amal qilinadi (2.32) (A.P. Mandrikov « Примеры расчета железобетонных конструксий »); sm sm. Qovurg‘ali armatura bo‘ylama kesimi yuzasi sm 2 4 Ø 14 A-III, sm 2 deb qabul qilingan, qovurg‘aga ikkitadan sterjen joylab (xuddi shunday 2 Ø 20 A-III, sm 2 , har bir qovurg‘ada bittadan bo‘ylama sterjen). Berilgan misolda 2 Ø 14 A-IIIhar bir qovurg‘ada qabul qilingan, chunki orayopmaga mos epyuradagi eguvchi momentning bo‘ylama sterjen qismidagi uzilishni ko‘rsatish uchun; bu bilan armatura sarfini qisqartirish mumkin. Armaturani ikki qator joylashtirilganda sm sm (bu erda sm va sm – betonningmuhofaza qatlamiga va sterjenlar orasidagi masofaga mos, sm). Qiya kesimning mustahkamligini hisoblash. kN. Qiya kesimning bo‘ylama o‘q ga proeksiyasini hisoblaymiz. Siqilgan tokchalarda chiqiqlarning ta’siri (ikki qovurg‘ali): Koeffitsient , ko‘rinishidan oldindan siqish yo‘q. Koeffitsientlar yig‘indisini hisoblaymiz . Parametr Nsm. Ustun kesimi hisobda , shuning uchun qiya kesim sm sm; sm qabul qilamiz. Unda ko‘ndalang kuchlanish , betonning qabul qiluvchanligi bilan N=75,7 kN bo‘ladi, kN katta, bundan chiqadiki, ko‘ndalang armatura hisob bo‘yicha talab qilinmaydi. Konstruktiv ko‘ndalang sterjenni Ø 6 A-I, sm 2 qabul qilamiz. Ko‘ndalang sterjen qadamini konstruktiv talabdan o‘rnatiladi sm va undan ortiq emas sm. T ayanch oldi uchastkada 1/4 uzunlikdagi orayopma (600/4=150 sm) ko‘ndalang sterjen qadami sm, panelning orayopma o‘rta qismini loyihada joylashda konstruktiv talablarga ko‘ra sm va sm dan ortiq emas. Karkas uzunligining o‘rta qisqimida bo‘ylama qovurg‘aning ko‘ndalang sterjen qadamini qabul qilamiz sm (rasm. 10, a).

Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali qovurg’ali plitalarni hisolash mavzusiga oid shu va boshqa hisob-kitob ma’lumotlarini video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin.

Rasm. 5. Orayopma bo‘ylama qovurg‘ada sterjenning uzilish joyini aniqlash a – armirlash sxemasi; b – moment epyuri; v –ko‘ndalang kuch epyuralari; 1 – hisoblash epyuri; 2 –shunday, fakt bo‘yicha armirlash
Plita panelini hisoblash. Tokcha paneli uchorayopma kesilmagan, ko‘ndalang va bo‘ylama qovurg‘a konturi bo‘yicha tiralgandir (rasm. 5). Uzun tomonlari kalta tomoni qovurg‘alararo oralig‘i: Yuk va kuchlanishni aniqlash.Pol konstruksiyasining o‘z og‘irligi jadval 3 bo‘yicha: normativ 300+1000+400=1700 N/m 2 ; hisob bo‘yicha 330+1200+520=2050 N/m 2 . Plitaning o‘z og‘irligi: normativ N/m 2 ; hisob bo‘yicha N/m 2 . Teng taqsimlangan yuk yig‘indisi: to‘liq normativ 1700+1500+8000=11200 N/m 2 ; to‘liq hisob bo‘yicha N/m 2 ; doimiy normativ va uzoq muddatli vaqtinchalik N/m 2 . Eguvchi momentni chegarali muvozanat usuli bilan hisoblaymiz (plita hisobi metodi, konturiga tayanganligi haqida to‘liq tushuncha § 14 A.P. Mandrikov « Примеры расчета железобетонных конструксий »). Kesilmagan plitaning o‘rta polidagi momentlarni deb qabul qilish mumkin (rasm. 5, a): ; Asosiy tenglamadan plitalar muvozanati , koeffitsientni deb qabul qilib, havon ta’sirini qattiqlikka nisbatan hoshiyalangan qovurg‘aga va , nisbatan qabul qilingan momentlar munosabatini e’tiborga olib, moment M1 ni eni 1 m tizimni qisqa tomonga yo‘nalishda ( ) topamiz: Nm xuddi shunday, uzun tomonga yo‘nalishda: Nm Nm Kesilmagan plitalar chetki xoshiyasi xuddi qovurg‘aning har tomonlama xoshiyalangandek, qaralganda, o‘rta xoshiya kabi, chunki ular oralig‘i deyarli teng o‘rta xoshiyadek, eguvchi momentni o‘rta xoshiyasida qabul qilinadi.

Rasm.5. Konturga tayangan plita va panelning ko‘ndalang qovurg‘asini misol 3 bo‘yicha hisoblash a – plani; b, v – yuklash va ko‘ndalang qovurg‘a epyuri M
Armatura kesimi maydonini 1 m plitada qisqa tomonga yo‘nalishda sm aniqlaymiz: sm 2 bu erda MPa – sinf Vr-I diametri 3 mm armatura uchun. Rulon to‘rni 5 simdan sinf Vr-I diametri3 mm eni 1100 mmko‘ndalang ishchi armatura sm 2 qadami mm da; to‘r uzun tomon bo‘yicha yuqori mintaqaga tiralib ochiladi (kesim2-2, rasm. 12) qabul qilamiz. Uzun tomon yo‘nalishida sm 2 ; konstruktiv nuqtai nazardan sm 2 . Tayanish momentini qabul qilish uchun va (uzun tomon bo‘yicha), kattaligi ga teng, to‘r 3 eni500 mmdan Ø 3 Vr-I bo‘ylama qovurg‘aga qayrilgan joyi bilan konstruktiv joylashtiramiz. 3 to‘rning ko‘ndalang sterjenini plitaga mm uzunlikda qo‘yiladi (qar. kesimga 2-2 i 3-3, rasm. 6). Panelning ko‘ndalang qovurg‘asini hisoblash. Yuk va kuchni aniqlash. Ko‘ndalang qovurg‘aning o‘rtasidagi maksimal yuk uchburchak og‘irlik maydoniga beriladi (qar. rasm. 4, b). Ko‘ndalang qovurg‘aning hisoblash sxemasi qisilgan tayanch to‘sinlarni, uchburchakli maksimal ordinatli yuk va o‘z og‘irligi ni ifodalaydi (qar. rasm. 5, v). Uchburchak yukni ekvivalent formula bilan teng taqsimlanganda almashtirishga ruhsat beriladi: Y/v bu erda cm – ko‘ndalang qovurg‘aning o‘rtacha yo‘g‘onligi: N/m Teng taqsimlangan yuk yig‘indisi N/m Orayopmada plastik deformatsiyaning eguvchan momentining rivojlanishini hisobga olib, va tayanchda teng momentli sxema bilan ( ) aniqlash mumkin: Nm
Bo‘ylama armaturani hisoblash. Orayopmada ko‘ndalang qovurg‘aga tokchali siqilgan mintaqada tavrli kesimga ega. Tokchaning hisobdagi eni sm va sm; kam miqdorini qabul qilamiz sm; qovurg‘a balandligi sm va ishchi balandligi sm minimal miqdordan kam jadval 1 bo‘yicha; qabul qilamiz : sm 2 konstruktiv tushunchadan qabul qilamiz Ø 6 A-I, sm 2 ; yuqori mintaqada armatura va ko‘ndalang sterjenni Ø 6 mm armaturadan qabul qilamiz; ko‘ndalang sterjen qadami150 mm (karkas 4; 3-3 kesimda, rasm. 12). Armatura Ø 6 A-Idan karkas 2chetki qovurg‘a tayyorlanadi (kesim 4-4, rasm. 5)

Rasm.6. Payvandlash tarmoqlari va karkaslari bilan o’ralgan paneli mustahkamlash 1-5-ramka tarmoqlari; 6-petlya; 7-burchak 125x80x. 13 – Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Binolarda foydalaniladigan temir beton kolonnalarni hisoblash Ustunni loyihalash. Tasodifiy ekssentrisitetda (e0=ea) yassi tomli uch oraliqli besh qavatli ishlab chiqarish binosining o‘rta qator ustunini loyihalash va hisoblash talab etiladi. Qavat balandligi N=4,2 m. Ustunlar joylashish to‘ri 6×6 m. Poydevorning ustki qismi pol sathidan 0,6 m pastda joylashgan. Qurilish tumani qor qoplamining og‘irligi bo‘yicha II rayonga mansub. Qavatlararo orayopmasiga tushadigan foydali (vaqtinchalik) yuk 6 kN/m 2 ni tashkil etadi, shu jumladan, uzoq muddatli yuk 2 kN/m 2 . Bino konstruktiv echimi to‘liqsiz sinchdan iborat. Binoga ta’sir qiladigan gorizontal yuklarni tashqi devorlar va ichki ko‘ndalang devorlar qabul qiladi. Ustun uchun betonning siqilishidagi mustahkamlik bo‘yicha sinfi V30 qabul qilingan. Ustunni armaturalash uchun bo‘ylama armaturalarning sinfi A–III, ko‘ndalang armaturaning sinfi esa A–I qabul qilingan. Bino tayinlanishi bo‘yicha ikkinchi sinfga mansub (γn =0,95). Hisoblash. Yuk va zo‘riqish yuklarini aniqlash. Ustunlar joylashish to‘rining o‘lchamlari 66 m bo‘lganligi uchun ustunga yuklar Ayuk=66=36 m 2 yuzadan yig‘iladi. Yuklarni hisobsh 5–jadvalda keltirilgan. Rigel ko‘ndalang kesimi balandligi va eni qo‘yidagi o‘lchamlarda qabul qilingan: hr0,1l= 0,1600 = 60 sm; br0,5h= 0,560 =30 cm. Bunday o‘lchamlarda rigel 1 m uzunli­gining vazni: gr = brhrt.b. =0,30,62500=450 kg/m. 7-rasm
5–jadval. Normativ (me’yoriy) va hisobiy yuklar

Yuk turi Normativ (me’yoriy) yuk, N/m 2 yuk bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti,f Hisobiy yuk, N/m 2
A. Tomdan tushadigan doimiy yuklar:
1) (metall profnastil, yog‘och panjara va stropil og‘irligidan ); 180 1,2 216
2) qalinligi t=20 mm; zichligi  = 2000 kg/m 3 bo‘lgan sementli tekislovchi qatlam og‘irli­gidan; 400 1,3 520
3) qalinligi b=120 mm;  = 400 kg/m 3 bo‘lgan issiq saqlovchi – ko‘pikbeton plitalardan; 480 1,2 576
4) bir qatlamli bug‘ izolyasiyasi og‘ir­ligidan; 40 1,2 48
5) keltirilgan qalinligi hred = 100 mm bo‘lgan yig‘ma qovurg‘ali panellar og‘irli­gidan; 2500 1,1 2750
6) rigellar og‘irligidan (oldindan hisob­lash bo‘yicha) gr (lr–h)/Ayuk; 700 1,1 770
7) ventilyasiya korobkalari va quvur o‘tkaz­gichlar og‘irligidan 500 1,1 550
Jami 4800 5430
Vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatadigan qor­ning og‘irligidan 700 1,4 980
Jami tomdan tushadigan yuklar 5500 6410
B. Orayopmadan tushadigan yuklar
1) qalinligi t=15 mm; =2000 kg/m 3 bo‘lgan plitkali poldan; 300 1,1 330
2)qalinligi t=20 mm; zichligi =2000 kg/m 3 bo‘lgan sementli qorishmadan; 400 1,3 520
3) qalinligi t=60 mm, zichligi =1000 kg/m 3 bo‘lgan keramzitobeton og‘irligidan; 600 1,3 780
4) qalinligi hred = 100 mm bo‘lgan qovurg‘ali panel og‘irligidan ; 2500 1,1 2750
5) rigellar og‘irligidan 700 1,1 770
Jami 4500 5150
Vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatadigan yuklar:
uzoq muddatli 5000 1,2 6000
qisqa muddatli 2000 1,2 2400
Jami tom yopmasidan tushadigan yuk 11500 13550

Ustun ko‘ndalang kesimining o‘lchamlarini oldindan bc hc=40 40 sm ga teng qabul qilamiz. Birinchi qavat ustuni balandligi poydevor yuqorisidan pol sathigacha bo‘lgan masofa 600 mm ga teng ekanligini hisobga olib aniqlanadi: N1=N+0,6=4,2+0,6=4,8 m ga teng bo‘ladi. U vaqtda ustunning hisobiy uzunligi quyidagi formuladan aniqlanadi: l0 =0,7H=0,7 4,8 =3,36 m. Ikkinchi – beshinchi qavatlar ustunlarining hisobiy uzunlikla­ri qavat balandligiga teng qilib olinadi, ya’ni l0 =H=4,2 m. Bitta ustunning xususiy vaznidan vujudga keladigan hisobiy yuk: birinchi qavat ustuni uchun: Gs,1 = bc hc N1t.bf =0,4 0,4 4,8 2500 1,1=2112 kg =21,12 kN; ikkinchi — beshinchi qavatlar ustunlari uchun: Gs,2–5 = bc hc Nt.b.γf =0,4 0,4 4,2 2500 1,1=1848 kg = 18,48 kN. Ustunga tushadigan yuklar hisobi 2–jadvalda keltirilgan. Tom va qavatlararo orayopmasidan bitta ustunga tushadigan yuklar hisobi 1–jadvalda keltirilgan. YUklar quyidagi Nc= (g+p)Ac formula bo‘yicha hisoblanadi. Bu erda As=36 m 2 – yuklanish yuzasi. 6–jadvalda qavatlar bo‘yicha barcha yuklar yuqoridan pastga qarab ketma–ket qo‘shish orqali oshib borish tartibida keltirilgan. Bunda UzRST 2.01.07–85 3.9 punktida ko‘zda tutilgan ikki qavatdan yuqori bo‘lgan binolarda vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatadigan yuklarning kamaytirilishi bajarilmagan. CHunki ishlab chiqarish (sanoat) binolari uchun buni tegishli instruksiyalardagi ko‘rsatmalar bo‘yicha bajarish mumkin, bu ko‘rsatmalar loyihalash topshiriqnomasida beriladi.
6–jadval. Ustunga tushadigan hisobiy yuklarni hisoblash

Qavat Tom va qavatlararo yopmadan tushadigan yuk, kN Ustunning o‘z og‘irligi, kN Jamlanma hisobiy yuk, kN
uzoq muddatli qisqa muddatli uzoq muddatli Nld qisqa muddatli Ncd To‘liq Yuk
4 195,48 35,28 18,48 213,96 35,28 249,24
3 596,88 121,68 36,96 633,84 121,68 846,52
2 998,28 208,08 55,40 1053,68 208,08 1261,76
1 1399,68 294,48 73,92 1473,60 294,48 1768,08
  • Har kim o‘z o‘rtoqlarini tinglashi, hurmat bildirishi kerak.
  • Har kim faol, berilgan topshiriqga mas’uliyat bilan masalalarni ishlashi kerak.
  • Har kim zarur xolda yordam so‘rashi lozim.
  • Har kim undan yordam so‘ralganda albatta yordam berishi kerak.
  • Har kim guruh ishi natijasini baxolashda ishtirok etishi shart.

Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz You tube tarmog’i orqali temir beton kolonnalarni hisoblash mavzusiga oid shu va boshqa hisob-kitob ma’lumotlarini video dars ko’rinishida tomosha qilishingiz mumkin.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati: Asosiy adabiyotlar 1. Акрамов Х.А., Корнакова Т.М. “Строителные конструксии заводского изготовления”. O‘quv qo‘llanma. Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. T., 2012. 2. Akramov X. A., Tursunov. B.A.” Korxonalarda qurilish konstruksiyalarini tayyorlashni loyihalash” fanidan amaliy mashg’ulot ishlarini bajarish bo’yicha o’quv qo’llanma. 3. Akramov X.A. “Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari”. Darslik Axitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. T., 2013. 4. Akramov X.A. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari. O‘quv qo‘llanma. Lotin imlosida. Arxitektura, qurilish innovatsiya va integratsiya markazi. T., 2014. 5. Akramov X.A. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari fani bo‘yicha kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo‘llanma. TAQI. T., 2014. 6. Asqarov B.A., Nizomov SH.R. Temir-beton va tosh g‘isht konstruksiyalari. Toshkent. 2003. 7. Asqarov B.A., Nizomov SH.R. Darslik. Temir-beton va tosh g‘isht konstruksiyalari. O‘zbekiston. T., 2008.. 8. Baykov V.N., Sigalov E.E. “JelezobetonnыekonstruksiiObщiy kurs” darslik. Mockva 1991. 9. Ikramov S.I., Mailyan R.L.Raschet i proektirovanie statichkeski ne opredelyamыx balok. T. O‘qituvchi 1993. 10. Mandrikov A.P. Primerы rascheta jelezobetonnыx konstruksiy. Moskva. Stroyizdat, 1989. 11.Baykov V.N. Jelezobetonnыe konstruksii. Moskva. Stroyizdat,1989 12. QMK 2.03.01-96. Beton va temir-beton konstruksiyalarini loyihalash. 13. QMK 2.01.07-96. Yuk va ta’sirlar. 14. QMK 3.03.04-98. Yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini ishlab chiqarish.
Diqqat! Ushbu QR kod orqali siz qo’lingizda turgan o’quv-uslubiy qo’llanmamizni yozish davomida foydalanilgan asosiy adabiyotlar ro’yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha adabiyotlar 15. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.”O‘zbekiston”.2016y. 16. Askarov B.A. Darslik. Qurilish konstruksiyalari Fan. T., 1995. 17. Akramov X.A. Korxonalarda tayyorlangan qurilish konstruksiyalari fani bo‘yicha kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo‘llanma. TAQI. T., 2014. 18. GOST25192-2012 BetonыKlassifikatsiyaiobщietexnicheskietrebovaniya. 19. Design of Reinforced Masonry Structures. Second edition. Narendra Taly, Ph.D., P.E., F.ASCE – 2010, USA. Copyright © 2010 by The McGraw-Hill Companies, Inc.ISBN: 978-0-07-159367-0. MHID: 0-07-159367-5. 20. Concrete Construction Engineering. Second edition. Handbook. Editor-in-Chief Dr. Edward G. Nawy, P.E., C.Eng.–2008. CRC Press, Taylor & Francis Group 6000 Broken Sound Parkway NW, Suite 300, Boca Raton, FL 33487-2742, USA. ISBN 978-0-8493-7492-0 21. Design of Reinforced Concrete (ACI 318-05 Code edition). Seventh edition. Jack C. McCormac, James K. Nelson. Copyright Clearance Center, 222 Rosewood Drive, Danvers, MA 01923, (978) 750-4470, USA. ISBN 0-471-76132-X 22. Building construction: Principles, Materials and Systems. Second edition. Madan Mehta, Walter Scarborough, Diane Ampriest. – 2009. Pearson Education, Inc., publishing as Pearson Prentice Hall, Upper Saddle River, New Jersey 07458, USA. ISBN-13: 978-0-13-506476-4. ISBN-10: 0-13-506476-7
Internet saytlar 23.http://www.ibeton.uz/ 24.http://gb-stroy.uz/sushhnost-zhelezobetona/94-prednapryazhennyj-zhele5zobeton-ego-sushhnost-i.html 25. http://www.bibliotekar.uz/spravochnik-104-stroymaterialy/2.htm

MUNDARIJA Kirish. 3 Korxonada tayyorlangan konstruksiyalar klassifikatsiyasi va nomlanishi. 4 Murakkab konfiguratsiyali temir beton elementlarini og‘irligi va hajmini hisoblash. 6 Beton qarshiliklarini chegaraviy va hisobiy qiymatlarini hisoblash. 8 Temir beton konstruksiyasidagi berilgan armaturani boshqa armatura bilan almashtirish. 12 Temir beton konstruksiyasidagi joylashtirilgan armaturalar hisobini chiqarish. 16 Armatura qarshiliklarini chegaraviy va xisobiy qiymatlarini hisobla. 19 Egiluvchi elementlar mustahkamligini hisoblash. 21 Yakka armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash. 26 Ikki yoqlama armaturali to‘g‘riburchakli kesimni hisoblash. ……31
Tavrli kesimni hisoblash ………………………………………………………..36 Ko‘p bo‘shliqli plitalarni hisolash metodikasi . 41 Qovurg‘ali plitalarni hisolash metodikasi. 49 Binolarda foydalaniladigan temir beton kolonnalarni hisoblash. 56 Foydalanilgan adabiyotlar. 68

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.