Müasir jurnalistikanın inkişaf strategiyasını formalaşdıracağıq” – Əli Həsənov
jurnalistika
Jurnalistikaga janr kerak (mi?)
Axborot uzatish vositalarining ko‘payishi va rivojlanishi jurnalistik asarning kontenti (shakl va mazmuni)ga ham ta’sir etmasdan qolmadi. Endilikda asosiy e’tibor voqelik haqidagi axborotga emas, ko‘proq voqelikning o‘ziga qaratilmoqda. Bu ayniqsa, elektron OAVda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Natijada jurnalistika nazariyasida janr tushunchasiga bo‘lgan munosabat o‘zgarib, axborot uzatishning turli shakllari rivojlanishi bora-bora janr tushunchasiga bo‘lgan ehtiyojni yo‘qotadi, degan qarash paydo bo‘ldi. Ayniqsa, jahon jurnalistikasi ilmida (o‘arb nazariyachilari ko‘proq urg‘u berishadi) jurnalistikaning asosiy vazifasi faqat axborot yetkazishdan iborat, “janr” tushunchasi vaziyatni chigallashtiradi va uni o‘zgartirib yuboradi, shuning uchun u bosh qotirishga arzimaydigan masala, degan qarashlar ham ustuvorlik qilmoqda.
“Hurriyat” gazetasining 2007 yil 21-mart sonida jurnalist Ibrohim Normatov “Jurnalistikada mahorat kerakmi yoxud unutilayotgan janrlar xususida” sarlavhali maqolasida matbuotda janr tushunchasining yo‘qolayotganligi, jurnallarda, ayniqsa, gazetalarda janrlarning qashshoqlashishi oqibatida bir xillik yuzaga kelayotganligi haqida so‘z yuritgan edi. Shuningdek, muallif eng ta’sirchan va hozirjavob janr reportaj, ocherk, feletonlar kamayib ketayotganligini, hattoki, ayrimlar pamflet nimaligini bilmasligini, qolaversa, nashrlarning ko‘pligi ham saviya jihatdan gazetalar mazmunini no‘noqlashishiga — bir xil qolipga tushib qolayotganiga sabab bo‘lishini ta’kidlagan.
Janr tushunchasi barcha davrlarda ham odamlarning axborotga qiziqishlari, uni qabul qilishga bo‘lgan ehtiyoj, munosabatlariga qarab yuzaga keldi va rivojlandi. U jurnalistika paydo bo‘lgandan beri o‘z davriga qarab rivojlanadigan, ijtimoiy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib boradigan tarixiy kategoriyadir. Buni Sankt-Peterburg universiteti professori G.Korkonosenko shunday izohlaydi: “Ishbilarmonlarning o‘zaro munosabatlari gazeta sahifalarida “hisobot” janrini paydo qildi. Sir tutishga bo‘lgan ehtiyoj tufayli xat janri yuzaga keldi. 1800 yilda “Jurnal de Debi” deb nomlangan frantsuz gazetasi inqilobdan keyin odamlarni o‘ziga ko‘proq jalb etish va demokratik matbuotning ko‘rinishi sifatida taassurot uyg‘otish uchun feletonni o‘ylab topdi. Shu tariqa barcha janrlar tarixan oddiylikdan murakkablikka, oddiy xabardan tortib tahliliy maqolagacha rivojlana bordi.”
Ta’kidlash o‘rinliki, har qanday jurnalistik asarni yaratish tegishli ma’lumotlarni yig‘ishdan boshlanadi. Ma’lumot olishning keng tarqalgan usullaridan biri esa muloqotdir. Garchand muloqot kommunikatsiya turi sifatida axborot almashishning eng qadimiy usuli bo‘lsa-da, u bilan shaklan bir xil bo‘lgan intervyu janri boshqa janrlarga nisbatan ancha kech paydo bo‘lgan. Bu haqda tadqiqotchi L.Shibaeva shunday yozadi: “Vaholanki, jurnalistikada paydo bo‘lgan janrlarning ichida intervyu eng birinchilardan bo‘lishi kerak edi. Axir savol berish har bir insonga bolaligidan odat. Qolaversa, dunyo adabiyotida, antik faylasuflardan tortib dramaturglargacha juda katta dialoglar zaxirasini qoldirgan. Shunga qaramay, bu janr XIX asrning ikkinchi yarmida shakllandi. Buning ham o‘ziga yarasha sababi, talabi va mezoni bor”.
Shu paytgacha jurnalistikaning rivojlanishi jarayonida rus tadqiqotchilari janrning o‘rni, kompozitsion tuzilishi, tipologik, gneseologik, morfologik, aksiologik kategoriyalari mavjudligini aniqlab, janrlarni shular asosida tasniflaganlar. Ammo bugunga kelib, sohaning rivojlanishi bu tasniflarning eskirganligini ko‘rsatmoqda. Endilikda zamonaviy jurnalistika nazariyasida “yangiliklar jurnalistikasi”, “mualliflik jurnalistikasi”, “tahliliy jurnalistika”, “sharhlash jurnalistikasi”, “reportyorlik jurnalistikasi”, “yangi jurnalistika” “fuqarolik jurnalistikasi”, “gonzo jurnalistika”, “sifatli jurnalistika” kabi boshqa tasniflar ham paydo bo‘ldi. Bunga javoban professor G.Korkonasenko shunday yozadi: “ushbu tasniflar qanday shaklda taklif etilmasin, publitsistik matn uchta muhim komponentni: a) yangilik yoki mavjud muammo haqida xabar berish; b) vaziyat yoki shart-sharoitni tahlil qilish orqali tushuntirish, fikrlashga undash; v) auditoriyaga emotsional ta’sir etish usullarini o‘z ichiga oladi”.
O‘zbek jurnalistikasida janrlar qanday tasniflanadi? Umuman, ularning o‘rni va ahamiyati qanday? Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgunga qadar sovet jurnalistikasi nazariyasi va amaliyoti ta’siri ostida bo‘lgani uchun sho‘ro matbuotida qanday janrlar qo‘llanilgan bo‘lsa, o‘zbek matbuotiga ularni shu holicha olish ko‘zga tashlanadi. Ammo mamlakat mustaqil bo‘lgandan keyin jurnalistika nazariyasi va amaliyotida ham o‘zgarishlar yuz berdi. Natijada publitsistika janrlari guruhlarini belgilashda jahon jurnalistikasi tajribalaridan kelib chiqib yondashish qaror topdi. Shu asnoda o‘zbek milliy jurnalistikasi xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ilk marta publitsistika janrlari guruhlarini belgilashda nisbatan yangicha yo‘l tutildi. Jurnalistika turlarini tasnif etishda yangiliklar jurnalistikasi, tahliliy jurnalistika, sharhlash jurnalistikasi, badiiy-publitsistik mahorat, jurnalist surishtiruvi, degan atamalar yuzaga keldi. Ilgari xorijiy matbuotda keng qo‘llanilgan esse janri ham O‘zbekiston jurnalistikasidan joy oldi. Endi jahon jurnalistikasi nazariyasi va amaliyoti tajribalaridan ham foydalanila boshlandi. Pirovardida O‘zbekistonda milliy va xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyotiga xos ilmiy qarashlar yuzaga keldi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti o‘quv rejasida jurnalistning ijod mahorati bilan bog‘liq bilimlar uchta fan — yangiliklar jurnalistikasi, tahliliy jurnalistika hamda publitsistika tarkibida o‘rgatiladigan bo‘ldi. Endi ushbu fanlar tarkibida qanday janrlar o‘rganilishiga e’tibor qaratamiz.
Yangiliklar jurnalistikasi tarkibiga axborot, xabar, yangilik, hisobot, intervyu, reportaj singari janrlar kiradi. Bu janrlar asosan, jamiyatda sodir bo‘lgan va bo‘lishi taxmin etilgan hayotiy voqealar, hodisalar, jarayonlar haqida xabar berishga qaratiladi. Ularning spetsifik imkoniyati voqelikni aks ettirish va zarur hollarda mavjud faktlarni qismlarga ajratib yetkazish bilan belgilanadi. Agar axborot yoki yangilik janri orqali voqea sodir bo‘lganligi haqida xabar berilsa, reportajda voqeani sodir bo‘lish jarayoni o‘sha joyning o‘zida jurnalist ishtirokida yoritiladi. Intervyu sodir bo‘lgan voqea kimningdir qarashi yoki fikri orqali ifoda etiladi.
Ammo ba’zan voqeaning qachon, qaerda, kim tomonidan sodir etilgani haqidagi xabarning o‘zi o‘quvchiga, tomoshabin yoki tinglovchiga kamlik qiladi. U voqeani keltirib chiqargan sabablar va uning oqibatlari haqida ko‘proq bilishni xohlaydi. Bu tabiiyki, tahliliy janrlarga ehtiyojni paydo qiladi.
Tahliliy jurnalistika axborot yetkazish bilan uni tahlil orqali jamoatchilikka tushuntirishni maqsad qiladi. Masalan, korrespondentsiyaning asosiy axboriy vazifasi “tushuntirish” bo‘lib, o‘tgan voqelikni atroflicha yoritish ustuvorlik qiladi. Uning vazifasi “nimaga?”, “nima sababdan?” degan savollarga javob berishdir. Maqola voqelikning biror bir jihatini, qismini, u bilan bog‘liq muammo, masalaning yechimini ochib berishga qaratilib, “nima qilish kerak?” degan savolga javob berishni ko‘zda tutadi. Taqriz aynan voqelikning o‘zini emas, balki voqelik jarayonida mavjud ob’ektni tahlil qilish orqali unga baho beradi. Jurnalist surishtiruvi esa muayyan voqelik yuzasidan haqiqat sir tutgan holatlarda adolatni qaror toptirish uchun olib boriladi. Sharh janrida muayyan voqea, vaziyat, jarayon yuzasidan olib borilgan tahlilning hayotiy realliklarga qanchalik mos kelishi, mantiqiy qarashlarning asosliligi ko‘rsatib beriladi. Mazkur janrlarni birlashtiruvchi asos esa bu – tahlil va tadqiqotning mavjudligi bilan belgilanadi.
Publitsistika janrlariga ocherk, esse, feleton, pamflet, xat, kichik hajviy janrlar kirib, unda ijtimoiy hayotni obraz va obrazlilik, xarakterlar yaratish, tipiklashtirish, shuningdek, fabula, kompozitsion qurilish, konflikt va yechim singari unsurlaridan foydalangan holda jurnalistik asar yozish maqsad qilinadi. Bu janrlar orqali axborot iste’molchilariga emotsional ta’sir ko‘rsatish ko‘zda tutiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad publitsistikaning mazkur janrlarida jamoatchilikka yetkazmoqchi bo‘lgan fikr shunchaki axborot tarzida berilmasdan, kishilarning tuyg‘ulari, hislariga ta’sir ko‘rsatish orqali uning samaradorligini oshirishdir.
Janr tushunchasi doimo o‘zgarib va rivojlanib borganligi bois uning tugal nazariyasi ishlab chiqilgani yo‘q. Ayniqsa, internetning OAV sifatida tan olinishi, bu masalani birmuncha chigallashtirdi. Boisi, internetdagi foydalanuvchilar faqat axborot iste’molchilari emas, balki axborot manbalari, axborotni yetkazuvchilar ham hisoblanadi. Shuning uchun butunjahon “o‘rgimchak to‘ri”da janrning ahamiyati birmuncha pasayadi. Ammo bu butunlay yo‘qoldi, degani emas. Ijtimoiy tarmoqlarda, rasmiy saytlarda ham jurnalistikaning boshqa turlarida uchraydigan janrlar mavjud. Faqat ularda axboriy janrlar yetakchilik qiladi. Sharh, intervyu va maqolalar keyingi o‘rinlarni egallaydi. Bundan tashqari, internet OAVda janrlar integratsiyasi, ya’ni o‘zaro ta’siri, aralashuvini ko‘proq kuzatish mumkin.
Shunday qilib jurnalistikada janrning o‘rni muhim va uni soha mutaxassislari tomonidan o‘rganishga ehtiyoj mavjud. Bu nimalarda ko‘rinadi? Birinchidan, har bir asarning aniq tavsifi, tarkibiy qismlari bor. U gohida nisbatan erkin tarzda gohida muallifning maxsus ijodiy intilishi tufayli paydo bo‘ladi. Lekin har qanday vaziyatda ham o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lgan matnlar alohida guruhlarni o‘zida birlashtiradi. Ikkinchidan, janr haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish jurnalistlarning kasbiy muomalasiga, o‘zaro bir-birlarini tushunishga ham yordam beradi. Masalan, muharrirning «Tibbiyot haqida yaxshi material yozing» deyishi bilan «Yurak xastaligi bo‘yicha jarrohlikda yangilik qilgan shifokor haqida ocherk yozing» degan topshirig‘i bizningcha, jurnalist aynan qanday material tayyorlashini aniq ko‘rsatib beradi. Uchinchidan, OAVda faoliyat olib boradigan mutaxassislarning hammasi ham jurnalistika ta’limiga ega emas. Matn bilan ishlaganda, uning shakl-shamoyili haqidagi bilimlarga ega bo‘lish sohani yaxshi tushunishga, jurnalist sifatida vaqtdan, ega bo‘lgan ma’lumotidan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishga yordam beradi.
Jahon jurnalistikasida janr xususida hozir ham yangi-yangi fikrlar, yo‘nalishlar, atamalar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, internet jurnalistikada paydo bo‘lgan infografika, sleninglar, ma’lumotlar jurnalistikasi (date journalizm) ana shular jumlasidandir. Yangiliklar, uning atrofidagi bahs-munozaralarning bo‘lishi tabiiy jarayondir. Chunki yangi fikrlar nazariyalarning qotib qolmaganini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan jurnalistikaning davr bilan, texnologiyalar bilan tengma-teng rivojlanishi barobarida janrga bo‘lgan munosabat, uning tadriji, o‘zgarishlari, o‘zaro ta’siri masalalariga ham e’tiborsizlik qilib bo‘lmaydi.
Nazira TOSHPO‘LATOVA,
O‘zDJTU xalqaro
jurnalistika
nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri,
filologiya fanlari nomzodi
“Müasir jurnalistikanın inkişaf strategiyasını formalaşdıracağıq” – Əli Həsənov
“Prezident İllham Əliyevin sərəncamı ilə bağlı bölgələrdə, Bakda, Bakı Dövlət Universitetində milli mətbuatın yaranmasının 140 illiyi qeyd edilir. Bu tədbirlərdə mətbuatın inkişaf tarixini təkrar-təkrar şərh edəcəyik, tarixi şəxsiyyətləri yada salacağıq. Eyni zamanda keçmiş ənənələrdən istifadə edərək müasir jurnalistikanın inkişaf strategiyasını formalaşdıracağıq”.
APA-nın məlumatına görə, bunu bu gün “Azərbaycan milli mətbuatı – 140: “Əkinçi” ənənələri və müasir jurnalistika” mövzusunda Bakı Dövlət Universitetində keçirilən elmi-praktik konfransdakı çıxışında Azərbaycan prezidentinin ictimai-siyasi məsələlər üzrə köməkçisi, Prezident Administrasiyası ictimai-siyasi məsələlər şöbəsinin müdiri Əli Həsənov deyib.
Ə. Həsənov bildirib ki, Heydər Əliyev 1998-ci il 6 avqust fərmanı ilə Azərbaycanda senzuranı ləğv edib: “Azərbaycan milli mediasının banisi Həsən bəy Zərdabidir. Həsən bəy Zərdabidən başlayan ənənələr Xalq Cümhuriyyəti dövründə də davam etdirilib. Cümhuriyyət dövründə Əli bəy Hüseynzadə, Üzeyir Hacıbəyov kimi xadimlər var idi. Həsən bəy Zərdabidən Xalq Cümhuriyyətinə qədər medianın inkişafı bir mərhələ, Xalq Cümhuriyyəti dövründə bir mərhələ, sovet dövründə isə bir mərhələdir. Müstəqillik dövründə mətbuatın inkişafı da sovet dövründən qaynaqlanıb. Müstəqillik dövründə yaradılan mətbu orqanları təəssüf ki, ayrı-ayrı siyasi qüvvələrin təsirinə düşdü, anti-Azərbaycan mövqedən çıxış etməyə başladı, pis ənənələr formalaşdı. Ancaq müstəqillik dövründə azad jurnalistikanın prinsipləri də formalaşmağa başladı”.
Media sahəsində qanunvericilikdən danışan Ə. Həsənov Konstitusiyada söz və fikir azadlığı, KİV üzərində senzuranın yolverilməzliyinin əksini tapdığını xatırladıb, Mətbuat Şurasının əhəmiyyətini qeyd edib: “Ancaq medianın inkişafına dövlət dəstəyi olmasaydı, ictimai mühit yaradılmasaydı, mətbuatımız bu uğurları əldə edə bilməzdi. Media vergilərdən azad olunub, güzəştli kreditlər verilib, 2008-ci ildə isə prezident İlham Əliyev ilk dəfə dövlətin mediaya yardımını şəffaflaşdırdı. O vaxta qədər də müxtəlif media orqanlarına dövlət dəstəyi verilirdi, ancaq şəffaf və sistemli deyildi. Kütləvi İnformasiya Vasitələrinə Dövlət Dəstəyi Fondu yaradıldı və bütün KİV bu dəstəkdən istfiadə edir. Bunun nəticəsidir ki, media orqanlarımız xalqın informasiya tələbatını tam ödəyir, həm də vətəndaşların arzu və istəklərini əks etdirərək idarə edilənlərlə hakimiyyət arasında əlaqə yaradır” .
mesume İslamı olduğu kimi tanıyaq
Avrasiya universitetində Avrasiya Maarifçi Gənclər klubu növbəti tədbirini təqdim etdi.Bu dəfəki mövzu “Müasir jurnalistikanın problemləri”nə həsr edilib.Dəvət olunmuş qonaqlar Nəsir Əhmədli,Lalə Dilənova və Mütəllim Rəhimli idi.
Nəsir Əhmətli” Mətbuat dili” haqqında çıxış etdi.Çox maraqlı faktlarla bildirdi ki,mətbuatda yazılan bir çox coğrafi adlar yanlışlıqla verilir.(Atlantik okean,Dehli,Hind okeanı,Münhen və s.)Buna səbəb isə alınma sözlərin olmasıdır ki,başqa dillərdən tərcümədə yanlışlıqlara yol verilir.Nəsir müəllim jurnalistika fakultəsinin tələbələrinə səsləndi ki,gələcəkdə bu səhvləri təkrarlamasınlar.
Azərbaycan Universitetinin jurnalistika fakultəsində dərs tədris edən istedadlı jurnalist Lalə Dilənova öz çıxışında yeni “Media mühiti” mövzusunda geniş danışdı. Ənənəvi jurnalistikayla müasir medianın müsbət və mənfi tərəflərindən söhbət açdı və verilən sualları aydın şəkildə cavablandırdı.Diskusiya zamanı müzakirə olunan məsələlərdən biri də,bu günki medianın işıqlandırdığı mövzularin cəmiyyətə etdiyi mənfi təsirləri oldu. Kriminal,maqazin,əyləndirici missiyalı mövzuların maariflındirici verlişləri üstələdiyi müzakirə edildi.Bəzi kriminal xəbərləri belə açıq-aydın şəkildə işıqlandırması gənclərə,uşaqlara təsirsiz ötüşmədiyi aşgar edildi.
“Siyasi jurnalistika” mövzusunda isə Mütəllim Rəhimli çıxış etdi.Onun söylədiyi fikirlər çox gözəl qarşılandı və diqqətlə dinlənildi.Seminarın sonunda qonaqlar tələbələrin suallarını cavablandırdılar və beş aktiv iştirakçıya “Çətin olsa da,Həyat davam edir”kitabı,”İmtahan həyəcanına yox”kitabçası hədiyyə edildi.Sonda hamılıqla xatirə şəkili çəkdirildi.
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.