Mavzu Tenglamalar yechish metodikasi Boshlangich sinf dasturida 7×10
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan dasturiy vositalar
Elektron axborot ta‘lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o’tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta‘minotidan foydalaniladi.
Majitov Sherzod Akramovich, Nasirova Shaira Narmuradovna
Содержимое разработки
3-MAVZU. TA’LIM JARAYONIDA QO‘LLANILADIGAN DASTURIY VOSITALAR
- Ta’limda qo‘llaniladigan elektron o‘quv vositalari turlari va tavsifi.
- Hot Potatoes, iSpring dasturlari va uning imkoniyatlari.
- iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik, videoma’ruzalar, elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar, tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni va onlayn-perezentatsiyalarni yaratish.
- Prezi onlayn-perezentatsiyalarni yaratish dasturi. CoursLab dasturi va uning imkoniyatlari. Mytest – test yaratish va o‘tqazish dasturlari.
- O‘zlashtirishni nazorat qilishda AKTning o‘rnini izohlang.
- iSpring dasturi va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlarni keltiring.
- iSpring Free dasturi.
- SCORM va TinCan tizimlari haqida tushuncha.
- iSpring Suite asbob uskunalari orqali elektron darslik va videoma’ruzalar yaratish qanday amalga oshiriladi?
- QuizMaker orqali elektron nazorat testlari, so‘rovnomalar yaratish qanday ketma-ketlikda bajariladi?
- iSpring DialogTrainer – tarmoqlangan dialogli elektron kurslarni yaratish ketma-ketligini keltiring.
- iSpring DialogTrainer – tarmoqlangan dialogli elektron onlayn-perezentatsiyalarni yaratish qanday ketma-ketlikda bajariladi?
- Elektron on-line kurslarini LMS, iSpring-server yoki virtual server yordamida mobil aloqa vositalaridan foylalangan holda tashkil etish ketma-ketligini keltiring.
- Mustaqil ta’lim va til o‘rganuvchilarning o‘z-o‘zini baholash usullarini keltiring.
- Ta’limda baholash turlari va bu jarayonda AKTning o‘rnini baholang, hamda misollar bilan tushuntiring.
- Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan online kompyuter dasturlari haqida ma’lumot bering.
- Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan offline kompyuter dasturlari haqida ma’lumot bering.
- Chet tilini o‘zlashtirishni nazorat qilishda qo‘llash mumkin bo‘lgan Internet saytlari haqida nimalarni bilasiz?
Курсы профессиональной переподготовке
Mavzu Tenglamalar yechish metodikasi Boshlangich sinf dasturida 7×10
Boshlang’ich sinf dasturida 7+x=10, x-3=10, x*(7 -10)=70, x: 2=15 kabi bir darajali bir nomalumli tenglamalar qaraladi �Tayyorlov bosqichida 10 ichida qo’shish va ayrishdagi nomalum komponentni topishga doir.
Boshlang’ich sinfda tenglamaning ta’rifi, yechimi, yechish kabi ta’rif va tushunchalar berilmaydi, faqat tenglamani o’qish, yozish, noma’lum komponentlarini topish tushunchalari bilan tanishadilar � 2 – sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir x*3=12, 5*x=10, x: 2=4, 6: x=3 ko’rinishdagi tenglamalarni yechish o’qitiladi. � 3 – sinfdan boshlab 4 amalga doir misollar yechiladi. � 4 – sinfda ko’p xonali sonlar bilan birgalikda 4 amalga doir tenglamalar yechishga ham o’rgatiladi. �Boshlang’ich sinfda x+x=10, n*n=16, a+a=a+6, 7*a=7, 8*k=0, n+n=2 n kabi misollar bajarilmaydi. �Tenglamani o’qitishni birinchi qadamidayoq nomalumning o’rniga qo’yish bilan tenglikni tekshirishga o’rgatib boriladi
Tenglama yordamida masalalar yechish �Misollar bilan birgalikda, matinli masalalarni tenglamalar yordamida yechish ham katta o’rinni egallaydi. � Ekiskursiyaga 28 ta o’g’il bola va bir qancha qiz bola jo’natildi. Ular 2 ta avtobusga 25 tadan joylashdi. Ekiskursiyaga nechta qiz bola bordi? �Shaxmat to’garagida 24 ta o’g’il bola va bir nechta qiz bolalar bor edi, yana 5 ta qiz qo’shib olingandan keyin qiz bolalar soni o’g’il bolalar sonidan 8 ta kam bo’ldi. Shaxmat to’garagida qiz bolalar soni qancha bo’lgan. �Vazada 11 ta olma bor edi. Tushlikda bir nechta olma yeyilgandan keyin vazada ta olma qoldi. Nechta olma yeyilgan?
Savollar � 1. O’ylangan son 12 dan 3 marta katta. Qanday son o’ylangan? � 2. Noma’lum son 42 dan 9 ga kichik. Noma’lum son nechi? � 3. O’ylangan sonni 3 marta va 15 marta ortirilsa 75 hosil bo’ladi. Qanday son o’ylangan? � 4. Bola 3 ta qalam va 28 so’m turadigan kitobga 40 so’m to’ladi. 1 ta qalam necha so’m turadi? � 5. Karim o’zidagi quyonlarning 25 tasini sotgandan keyin o’zida 40 ta quyon qoldi. Karimning quyonlari nechta bolgan?
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»
Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Gulirano Ilhomjon Qizi Akramjonova
Ta’lim metodlarida o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazafalar ko’rib chiqiladi.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по истории и археологии , автор научной работы — Gulirano Ilhomjon Qizi Akramjonova
TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI UNUMLI FOYDALANISH YO’LLARI
TA’LIM METODLARI VA VAZIFALARI
PEDAGOGIKA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI (5-SINFLAR MISOLIDA)
O’QUVCHILARDA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA
ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO XORAZMIYNING DIDAKTIK G’OYALARI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Текст научной работы на тему «TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI»
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI
Gulira’no Ilhomjon qizi Akramjonova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O’zbek tili va adabiyoti universiteti, 2-kurs
Ta’lim metodlarida o’rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazafalar ko’rib chiqiladi.
Kalit so’zlar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi.
Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda.
Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi.
Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydala^b harakatni amalga oshirishda har turli metodlarni qo’llaniladi.
Masalan, savod o’rgatish maqsadida yuqorida aytilgan yo’llardan istalgani tanlangandan keyin, shu har bir yo’l uchun maqsadga muvofiq deb hisoblangan metodlarni qo’llaniladi. Bular, oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda savod o’rgatishni amalga oshirishda o’qituvchinnng, tarbiyachining qo’llaydigan ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim- tarbiya vositalarini belgilangan maqsadga muvofiq qo’llash metodlarini o’z ichiga oladi. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatish yuzasidan ham tanlangan har bir yo’l o’ziga xos metodlarni
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
qo’llashni nazarda tutadi. Demak har bir harakat ma’lum yo’lda va shunga muvofiq metodda amalga oshiriladi.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi. Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi.
Yo’l (ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat
Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Hikoya – o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga
bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining nuqt mahorati, so’zlarni o’z o’rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o’quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog’liq. Shu bois hikoya mazmuni o’quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga
xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir
darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg’u berishga
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo’lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto
undan o’z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko’p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshq a sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o’quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o’qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi. Suhbat – faoliyatni endigina boshlagan o’qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi,
binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko’p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o’quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o’quvchilarga ular yuzasidan batafsil o’ylash
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
uchun vaqt ajratishi, o’quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o’rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga
Suhbat ko’proq o’quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va
mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o’zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko’rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil etiladi.
Metodlar va usullarni tanlash o’qituvchi darsda hal qilishi mo’ljallangan masalaga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, yangi materialni bayon etishda bir xil metodlar qo’llansa, uni mustahkamlashda ikkinchi va mavzuni umumlashtirishda yana boshqa xil metodlar qo’llanadi. Darsning turli bosqichlarida puxta o’ylash va samarali usullar hamda metodlarni tanlash juda muhimdir. O’qituvchi darsning eng boshida 4-5 daqiqa umumiy so’rashni amalga oshiradi va o’quvchilarning qaysi guruhi o’tgan dars bo’yicha yetarli darajada o’zlashtirmaganini aniqlaydi va keyingi so’rashda sinfning diqqat-e’tiborini eng avval ana shu masalaga qaratadi. Dastlab savollarga batafsil javob bera oladigan o’quvchilardan so’raydi. Natijada sinfning bir qismi uchun murakkablik qilgan material tushunarli bo’ladi. Bu usul o’quvchilarning mashg’ulotlardagi nuqsonlarini payqash va shu zaxoti bartaraf etishda yordam beradi. Mazkur usulning samaradorligi ham xuddi ana shundadir.
Garchi har bir o’qituvchining ishida anchagina usul va metodlar mavjud bo’lsa-da, ularni qo’llashdan ko’zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta’limiy ishlarini faollashtirishdir. Bu tadbir juda muhim bo’lib, birinchidan, o’quvchilarni ularning e’tiqodiga, e’tiqodni esa amaliy faoliyatga, xatti-harakatga aylantiradi, ikkinchidan, o’qitish jarayonining ishini osonlashtiradi. Zotan, o’qish-o’rganish diqqat-e’tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir va unda o’tkir aql, mustahkam iroda, tiniq tasavvur, kuchli xotira zarur.
O’qituvchining vazifasi samarali usul va metodlardan foydalanib, o’quvchilarda ana shu sifatlarni tarkib toptirish va ularga qiyinchiliklarni yengishni o’rgatishdir.
Hozirgi o’qitish jarayonida qo’yiladigan talablar nima va o’quvchilarda darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun nima qilish kerak? Hozirgi zamon ta’limi faqat insoniyat erishgan bilimlarni o’zlashtirishni emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o’quvchilar qatnashishi lozim bo’lgan
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
masalalar bilan tanishishni ham talab qiladi. Bunday masalalar kosmosni o’zlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, cho’llarni hosildor yerlarga va bog’-rog’larga aylantirish, qishloq xo’jaligini intensivlashtirish va xokazolardan iborat bo’lishi mumkin.
Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo’nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo’lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o’zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi»1.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to’laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.
Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o’qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.
Xulosa: Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.
1. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).
2. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
3. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 7(6).
4. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.
5. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO’JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.
6. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
7. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O’RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).
8. Do’Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O’RGANISH. Scientific progress, 1(6).
9. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O’RNI. Scientific progress, 1(6).
10. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG’DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).
11. Ro’Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O’RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O’RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
12. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O’RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O’RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).
13. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.