Umumi kiiya texnologiyasi
2
M. K. Rasulova.
Tikuv buyumlari ishlab chiqarish òexnologiyasi. Yengil sanoat kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Turon-Iqbol», 2006-y.,
176-bet.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, unda tikuv buyumlarining assortimenti haqida umumiy ma‘lumotlar, tikuv buyumlari ishlab
chiqarishning texnologik jarayonlari bos qichlari, tikuv buyumlari detallarini ip bilan, yelimlab va
payvandlab biriktirish usullari, tikuv buyum detallariga namlab-isitib ishlov berish, ustki kiyim
uzellariga ishlov berish texnologiyalari yoritilgan.
Bunda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni hisobga olib,
ishlov berishning ilg‘or usullarini qo‘llash, zamonaviy uskunalardan foydalanish nazarda tutilgan.
O‘quv qo‘llanma ishlab chiqarishdagi ishchilarni o‘qitishda ham foydalansa bo‘ladi.
© «Turon-Iqbol», 2006-y.
T a q r i z c h i l a r :
M.A. Shukurova
— Yetakchi mutaxassis, muhandis-texnolog.
N.Sh. Mirsagatova
— Yakkasaroy tumani Yengil sanoat kasb-hunar
kolleji direktori.
M. K. Rasulova tikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIM MARKAZI
M. K. RASULOVA
TIKUV BUYUMLARI ISHLAB
CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Yengil sanoat kasb-hunar kollejlari
o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma
ÒOSHKENT — 2006
2
M. K. Rasulova.
Tikuv buyumlari ishlab chiqarish òexnologiyasi. Yengil sanoat kasb-hunar
kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, «Turon-Iqbol», 2006-y.,
176-bet.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Yengil sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, unda tikuv buyumlarining assortimenti haqida umumiy ma‘lumotlar, tikuv buyumlari ishlab
chiqarishning texnologik jarayonlari bos qichlari, tikuv buyumlari detallarini ip bilan, yelimlab va
payvandlab biriktirish usullari, tikuv buyum detallariga namlab-isitib ishlov berish, ustki kiyim
uzellariga ishlov berish texnologiyalari yoritilgan.
Bunda ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni hisobga olib,
ishlov berishning ilg‘or usullarini qo‘llash, zamonaviy uskunalardan foydalanish nazarda tutilgan.
O‘quv qo‘llanma ishlab chiqarishdagi ishchilarni o‘qitishda ham foydalansa bo‘ladi.
© «Turon-Iqbol», 2006-y.
T a q r i z c h i l a r :
M.A. Shukurova
— Yetakchi mutaxassis, muhandis-texnolog.
N.Sh. Mirsagatova
— Yakkasaroy tumani Yengil sanoat kasb-hunar
kolleji direktori.
3
KIRISH
Respublikamizda hamma sohalar singari yengil sanoat sohasiga
alohida e’tibor qaratilgan, chunki bizda paxta, ipak, jun kabi xomashyo
mahsulotlari yetishtiriladi. Xomashyodan tayyor mahsulot ishlab
chiqarish va uni jahon bozoriga olib chiqish bir qancha bosqichlarni
o‘z ichiga oladi. Bu esa sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarishdek mas’uliyatli vazifani talab etadi.
Hozirda yangi texnika va texnologiyaning respublikamizga kirib
kelishi ham amaliy, ham nazariy bilimga ega bo‘lgan, maxsus fanlardan
chuqur bilimli ishchilar kerakligidan dalolat beradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’limni mazmunli va
tashkiliy rivojlantirishga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda
aniq belgilangan.
Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradigan omillardan
biri yangi texnika va texnologiyadan mohirona foydalanib, ijodiy va
yuksak unumli ishlay oladigan, zamon taraqqiyoti bilan hamnafas bo‘la
oladigan, mutaxassislikka oid har qanday masalalarni yechishga qodir
malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir.
Hozirda respublikamizda bu masalaga katta e’tibor qaratilgan.
Ko‘plab kasb-hunar kollejlarining tashkil topishi, ularning zamonaviy
asbob-uskunalar bilan jihozlanganligi o‘quvchilarning mutaxassislik
fanlarini chuqur egallashlari uchun yetarli sharoitlar yaratilganligidan
dalolatdir.
«Òikuv buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi» fanidan yozilgan
ushbu o‘quv qo‘llanma kiyim haqida umumiy ma’lumotlar, tikuv
buyumlari ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bosqichlari, ya’ni
tayyorlov-bichish jarayoni, tikuv buyum detallarini biriktirish usullari,
ustki kiyim tikish texnologiyasi asoslari yoritilgan bo‘lib, bunda, ishlov
berishning an’anaviy va takomillashtirilgan usullari berilgan.
4
1. KIYIM HAQIDA UMUMIY MA’LUMOÒ
1.1. KIYIM FUNKSIYASI
Kiyim odamzod rivojlanishining ilk bosqichlarida iqlim ta’siridan
himoya qilish vositasi sifatida paydo bo‘lgan. Uning keyingi rivojida turli
tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va
jamiyatdagi estetik tasavvur evolutsiyasi ta’siri ostida shakli va xillari
o‘zgarib, amaliy san’at obyektiga aylandi.
Kiyim — odam tanasini tashqi ta’sirlardan muhofaza qiluvchi hamda
estetik funksiyalarni bajaruvchi buyum va buyumlar majmuyi. Kiyim
deganda ich kiyim, ko‘ylak va ust kiyim, bosh kiyim, poyabzal, qo‘lqop,
paypoq kabilarning keng majmuasi tushuniladi.
Kiyimning asosiy funksiyalari quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1.1-sxema. Kiyim funksiyalari.
Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik-gigiyenik funksiyalarga
ajratiladi. Har bir funksiya keyingi pog‘onada yanada kengroq
aniqlanadi.
Axborot funksiyalar odam (kasbi, didi, madaniyati) va uning kiyimi
to‘g‘risida axborot beradi (kiyim vazifasi, o‘rinliligi, zamonaviyligi,
yangilikligi va h.k).
5
Kiyim turi aholining didi, talabining o‘sishi, madaniyati va yangilikka
intilishi natijasida doimo o‘zgarib turadi.
Kiyimga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1) kiyimning sifati va aholi talabi xususiyatlarining shakllanishini
ta’minlovchi iste’molchi talablari;
2) kam mehnat va kam material sarflab, yuqori sifatli kiyim
tayyorlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish talablari.
Kiyimning talab xususiyatlari quyidagilar bilan aniqlanadi: gigiyenik,
ekspluatatsion, estetik.
Gigiyenik talablar — insonni tashqi muhitning turli xil omillaridan
himoyalash (sovuq, issiq, yomg‘ir), mexanik va kimyoviy zararlanishdan
himoyalash, organizmning normal hayot faoliyatini ta’minlash vazifasini
bajaradi.
Ekspluatatsion talablar — foydalanishda qulaylik va ishonchlilikni
ta’minlaydi.
Estetik talablar — zamonaviy, modaga mos keluvchi kiyimni badiiy
bezashni ta’minlaydi (siluyet, rang, qo‘llanadigan gazlama guli, kiyim
qismlari proporsiyasining detal shakli).
Ishlab chiqarish talablariga mehnat sarfini qisqartirish va
materiallardan ratsional foydalanish yo‘li bilan mahsulotni tayyorlashda
texnik-iqtisodiy maqsadga muvofiqligini ta’minlash kiradi.
Òikuv buyumlari quyidagicha tasniflanadi.
1.2-sxema. Òikuv buyumlarining tasnifi.
Bolalar kiyimi, o‘z navbatida, yoshiga qarab: yasli yoshidagi bolalar
kiyimi, maktabgacha yoshdagi bolalar kiyimi, maktab yoshidagi bolalar
kiyimi, o‘smirlar kiyimiga bo‘linadi.
Maishiy kiyim vazifasiga ko‘ra: kundalik kiyim, tantanalik kiyim, uy
6
kiyimi bo‘lishi mumkin. Òikuv buyumlari: ust kiyim, ichki kiyim, korset
buyumlari, cho‘milish kiyimlari, bosh kiyimlar, boshqa kiyimga taalluqli
bo‘lmagan tikuv buyumlariga ajratiladi.
Maishiy ust kiyimlarga kiradigan tikuv buyumlari assortimenti har
xil bo‘ladi. Unga palto, kalta palto, plash, pidjak, nimcha, jaket, yubka,
ko‘ylak, xalat, bluzka, erkaklar ko‘ylagi, kombinezonlar kiradi.
Ichki kiyim bu — ich ko‘ylaklar, ostki yubkalar, tungi ko‘ylaklar, bolalar
ko‘ylakchalari, ishtonlar, kolsonlar, pijamalardir.
Korset buyumlari — tananing ba’zi qismlarini berkitib turish vazifasini
bajarib, unga siynaband, gratsiya, korset kabi buyumlar kiradi.
Cho‘milish kiyimlari — cho‘milish va quyoshda qorayish uchun
badanga kiyiladigan kiyim hisoblanadi.
Bosh kiyimlar turli xil bo‘lib, boshni issiq tutish, quyoshdan saqlash,
tashqi ta’sirdan himoyalash kabi vazifalarni bajaradi.
Sport kiyimi sportchi tanasini turli shikastlardan himoya qilish va
sportchi harakati uchun qulaylik yaratish vazifasini bajaradi. Sport
kiyimlari sport turiga va yosh-jinsiga qarab turlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish kiyimi — turli xalq xo‘jalik sohasi sharoitlarida
kiyiladigan kiyimdir. Ular: maxsus, rasmiy va texnologik kiyimlarga
bo‘linadi.
Maxsus kiyim — ishlayotgan kishini — xavfli va zararli atrof-muhit
ta’siridan asraydi. Uning asosiy turlari: plashlar, kurtkalar, kombinezonlar,
paxtali kurtkalar, paxtali shimlar va h.k. Ular mexanik ta’sirlardan, past
va yuqori haroratlardan, radioaktiv moddalardan, rentgen nurlaridan,
kislota, ishqor, yog‘ kabi ta’sirlardan himoyalash vazifasini bajaradi.
Rasmiy kiyim — harbiylar, aloqachilar, temir yo‘lchilar, maxsus
mahkama xizmatchilari, transport ishchilari va boshqalar uchun
mo‘ljallangan kiyimlardir. Unga shinel, palto, kastum, kitel, ko‘ylak, bosh
kiyim kiradi.
Òexnologik kiyim — tibbiyot va boshqa aniqlikni talab qiladigan
ishlab chiqarishda ishlovchi odamni mehnat buyumlaridan muhofaza
qilish vazifasini bajaradi.
Mahsulotni loyihalash va hisobga olishning ba’zi bosqichlarida
hisoblash texnikasidan foydalanish buyumlarning detal va uzellarini
kodlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Òikuv buyumlarining o‘nlik egasiz tasnifi mahsulot klassifikatoriga
kiritilgan. Unda tikuv buyumlari 85-raqam ostida mustaqil klassga
ajratilgan.
7
Òikuv buyumlari navbati bilan klasslar, kichik klasslar, guruhlar, kichik
guruhlar, tur, kichik tur va boshqalarga tasniflanadi.
a) klass — buyumning umumiy vazifasi — maishiy kiyimlar, sport
kiyimlari, ishlab chiqarishga oid kiyimlar;
b) kichik klass — buyumlarning assortiment bo‘yicha tasnifi — ust
kiyim, yengil ko‘ylak, ich kiyim, bosh kiyim va h.k.;
d) guruh — vazifasiga ko‘ra konstruktiv yechimi yaqin bo‘lgan
buyumlar majmuyi — palto, plash, pidjak, jaket va h.k.;
e) kichik guruh — xomashyo belgisi (ip gazlama, zig‘ir tolali gazlama,
jun gazlama va h.k.);
f) tur — jinsi va yosh belgilari bo‘yicha;
g) kichik tur — buyum ko‘rinishining xilma-xilligi bo‘yicha;
h) xil — buyum vazifasi bo‘yicha;
i) xil bo‘limi: gazlamaning turi bo‘yicha.
Masalan: 852311132.
Sinf — 85-kiyim.
Kichik klass — 2-kastum.
Guruh — 3-ko‘ylak.
Kichik guruh — 1-ip gazlama.
Òur — 1-erkaklar uchun.
Kichik tur — 1-uzun yengli.
Xil — 1-xizmatga mo‘ljallangan.
Kichik xil — 2-satin.
Ya’ni ip gazlamadan tikilgan uzun yengli erkaklar ko‘ylagi, satin
gazlamadan xizmat uchun mo‘ljallangan.
1.2. ÒIKUV MAHSULOÒLARI UCHUN
ÒEXNIK-ME’YORIY HUJJAÒLAR
Standart bo‘lajak mahsulotning, materiallarning yoki texnologik
jarayonlarning barcha sifat va o‘lcham tasniflari bir joyga to‘planib, rasmiy
yozib qo‘yilgan hujjatdir.
Ommaviy tikiladigan hozirgi zamon kiyimining assortimenti
nihoyatda xilma-xil. Kiyimning turi va kiyim tikiladigan materiallar
qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ommaviy kiyim tikish aniq bir
umumiylikka asoslangan bo‘lib, standart o‘lchamlarda bo‘ladi.
Ommaviy kiyimlar ishlab chiqarishda, kiyimlar turli o‘lcham, bo‘y va
to‘lalikka binoan tikiladi. O‘lcham ko‘krak aylanasi bo‘yicha aniqlanadi.
8
Kiyim uzunligi gavda bo‘yidan aniqlanadi (1.1 va 1.2-jadval).
Uzunliklararo farq paltolar va ayollar ko‘ylaklarida 6 sm, pidjak va
jaketlarda 2 sm, erkaklar ko‘ylaklarida 6 sm bo‘ladi.
Maishiy kiyimlar uchun to‘lalik guruhlarga ajratiladi:
Erkaklar uchun bel aylanasiga ko‘ra 1-, 2-, 3-to‘lalikka, ayollar uchun
bo‘ksa aylanasiga ko‘ra 1-, 2-, 3-to‘lalikka bo‘linadi.
Ommaviy kiyim tikishda kiyim uzunligining o‘lchami va to‘laligini
markalashda bir necha raqam qator yoziladi.
Masalan: erkaklar kiyimi 170—100—88, ayollar kiyimi 158—96—104
deb markalanadi.
Odam gavdasi va gavdaning ayrim qismlari o‘lchanganda aholining
hamma gavda turlarini nisbatan ko‘p bo‘lmagan gavda xillariga bo‘lish
mumkin. Natijada kiyim o‘lchamlari orasida intervallar qancha bo‘lishini
belgilash mumkin bo‘ladi. Bu interval loqaydlik intervali deb ataladi.
Ust kiyimlar uchun ko‘krak aylanasidagi loqaydlik intervali 4 sm
(yarim aylanasi 2 sm), kiyim o‘lchamlari esa 44, 46, 48, 50, . 60 kabilar
belgilangan.
Mahsulotning sifatini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarish
jarayonining har bir pog‘onasida uni idora qilib turish zarur.
Muayyan sohadagi faoliyatni tartibga solish uchun qoidalar belgilash
va ularni qo‘llash maqsadida standartlash qabul qilingan.
Standartlash tizimining asosiy vazifalari tayyor mahsulotning,
xomashyo va materiallarning sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash,
mahsulot sifati ko‘rsatkichlari yagona tizimini, bu tizimni sinab ko‘rish usul
va vositalarini belgilash, birxillashtirish usullarini ishlab chiqish va joriy
etish, mamlakatda o‘lchash ishlarining bir xilda bo‘lishini va to‘g‘riligini
ta’minlash, hujjatlar yagona tizimini o‘rnatish va h. k. hisoblanadi.
Standartlashtirish Davlat tizimi uchta standartlar toifasidan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat standartlari, soha standartlari va korxona
standartlari.
Davlat standarti huquqiy va texnik norma hisoblanadi, unda
standartga mos bo‘lmagan mahsulot yetkazib berilgani uchun
korxonalarning mulkiy javobgarligi ko‘zda tutilgan bo‘ladi va mahsulot
sifatiga davlat qo‘ygan talablar ko‘rsatiladi. Standart larda nazarda
tutilgan ko‘rsatkichlar mahsulot sifatining eng past chegarasi bo‘lib,
bundan past sifatli mahsulot sifatsiz hisoblanadi.
Davlat standartlarini respublikamizdagi hamma korxonalar,
tashkilotlar va muassasalar qo‘llashi shart.
9
Soha standartlarini qo‘llash mazkur sohadagi hamma korxonalar
va tashkilotlar uchun, shuningdek, shu soha mahsulotini ishlatuvchi
(iste’mol qiluvchi) boshqa sohalardagi (buyurtmachi) korxonalar va
tashkilotlar uchun majburiydir.
Korxona standartlari muayyan korxona uchungina majburiydir.
Amaldagi standartlar bevosita modellarga bog‘liq talablarni aks
ettirmaydi. Korxonalarda kiyim tikishda kerakli hujjat muayyan modellar
uchun ishlab chiqilgan texnik shartlar hisoblanadi. Òexnik shartlarni
modelxonalar, modalar uyi yoki laboratoriyalar ishlab chiqib, keyin
andazalar bilan butlangan tarzda korxonalarga jo‘natadi.
Òexnik shartlar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
— modellar chizmasi;
— model tashqi ko‘rinishining tavsifi;
— kiyimga ishlov berishning texnik talablari;
— tavsiya etilgan materiallar ro‘yxati;
— kiyim va andazalar o‘lchamlari haqida ma’lumot;
— kiyimni qabul qilish, tamg‘alash, o‘rash, saqlash va tashish
qoidalari;
— texnik-me’yoriy hujjatlar ro‘yxati: andazalar komplekti, andazalar
yuzasining jadvali, materiallarni bichish kartasi, joylashtirish sxemasi,
yordamchi va tekislovchi andazalar ro‘yxati.
Modelni tikishning texnik shartlari yuqorida aytib o‘tilgan Davlat
standartlarini o‘z ichiga olgan amaldagi texnik-me’yoriy hujjatlarga
asosan ishlab chiqiladi.
1.1-jadval
Erkaklar va ayollar gavdasining tasnifi
Ilova: O — ozg‘in, O‘ — o‘rta, Ò — to‘la va JÒ — juda to‘la.
1.2-jadval
O‘g‘il va qiz bolalar gavdasining tasnifi
2. ÒIKUV KORXONASIDA BAJARILADIGAN
ISHLAR VA ULARNING BOSQICHLARI
Kiyim turlari doimo va uzluksiz yangilanib turadi. Har yili yengil
sanoatda bichig‘i va fasoni xilma-xil bo‘lgan yangi modellar ishlab
chiqarishga joriy qilinadi. Kiyimning asosiy boshlang‘ich materiali
bo‘lgan gazlamalar faqat struktura, tashqi ko‘rinish va rang-baranglik
jihatidangina emas, balki xususiyat va tola jihatidan ham to‘xtovsiz
o‘zgarib turadi.
Kiyim ishlab chiqarish bir nechta bosqichlarda amalga oshiriladi:
1. Model yaratish va konstruksiyasini tuzish (tikuv korxona sining
tajriba sexida amalga oshiriladi).
2. Gazlamalarni bichishga tayyorlash (tayyorlov sexida amalga
oshiriladi).
11
3. Gazlamalarni bichish (bichish sexida bajariladi).
4. Buyum tikish (tikuv sexida tikiladi).
5. Buyumni pardozlash (pardozlash yoki tikuv sexida bajariladi).
2.1 BUYUMLARNI ISHLAB CHIQARISHGA
ÒEXNIK ÒAYYORLASH ÒEXNOLOGIK JARAYONI
Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik jihatdan tayyorlashning
dastlabki bosqichi kiyimlar modelini yaratish hisoblanadi. Model —
tayyorlanadigan kiyimning fasoni hamda shakl namunasidir.
Kiyimning yangi modeli modalar uyida hamda malakali rassom-
modelchi yoki modeler-konstruktorlarga ega bo‘lgan tikuvchilik
korxonalarida yaratiladi.
Model yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: gazlama
ustida ishlash va model eskizini ishlab chiqish; gazlama va qo‘shimcha
bezak materiallarni tanlash; model eskizini korxona bosh muhandisi
boshchiligidagi muhandis-texnik xodimlardan iborat badiiy-texnik
kengashda tasdiqlash; eskiz bo‘yicha buyumni rassom-modelchi va
texnologik laborantlar hamkorligida mulyaj uslubi bilan bichish va tikish;
yangi modeldagi kiyimni badiiy-texnik kengashda ko‘rib chiqish va
katta badiiy-texnik kengashga tavsiya etish. Katta badiiy-texnik kengash
tarkibiga tikuvchilik sanoati, modalar uyi va savdo tashkilotlari xodimlari
kiradi. Katta badiiy-texnik kengashdan o‘tgan modellar ommaviy ishlab
chiqarishga tavsiya etiladi. Modellarni ishlab chiqarishni texnik tayyorlash
tikuvchilik korxonasining tajriba sexida amalga oshiriladi.
Òajriba sexi ishlab chiqarishning asosiy sexlaridan biri bo‘lib, bu yerda
quyidagi ishlar bajariladi:
1. Model yaratish va konstruksiyasini tuzish.
2. Model namunalarini tikish.
3. Andazalar tayyorlash.
4. Buyumga gazlama sarf normalarini aniqlash.
6. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini tekshirish.
Bu ishlarni bajarish uchun sexda xodimlar quyidagi guruhlarga
ajratilgan:
1. Modelchi-konstruktorlar guruhi.
2. Òexnologik guruh.
3. Normalovchilar guruhi.
4. Andazachilar guruhi.
12
5. Gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash
laboratoriyasi.
Yangi modeldagi buyumning konstruksiyasini konstruktor tuzib
chiqadi va konstruksiyani tekshirish maqsadida namuna tikiladi. Namuna
tikish jarayonida konstruksiyaga o‘zgartirishlar kiritib boriladi. O‘zgartirish
kiritilgan konstruksiya bo‘yicha yana ikkinchi namuna tikiladi va ushbu
jarayonda konstruksiya bo‘yicha etalon-andaza tasdiqlanadi. Etalon-
andaza o‘rtacha o‘lcham-bo‘yga yaratilganligi uchun texnik-konstruktor
ushbu model tavsiya etilgan boshqa o‘lcham-bo‘ylarga ko‘paytiradi.
Agar model modalar uyida yaratilgan bo‘lsa, unda tikuv korxonaning
tajriba sexiga modelning namunasi, tavsiya etilgan hamma o‘lcham-
bo‘ydagi andazalar hamda modelning texnik hujjati keltiriladi. Bunda
konstruktor namuna va andazalarni texnik hujjatga solishtiradi.
Andazalar qanchalik to‘g‘ri qilinganligini aniqlash maqsadida model
namunasi tikiladi.
Òajriba sexi konstruktorlari etalon-andaza qanchalik to‘g‘ri
qilinganligini aniqlab chiqib, shu sexdagi andaza tayyorlash guruhiga
beradi. U yerda uch xil andaza tayyorlanadi:
a) ishchi andazalar — detallarni bichish, bo‘rlamalar tayyorlash uchun
ishlatiladi;
b) yordamchi andazalar — vitachka, cho‘ntak, tugma, izma joylari va
h.k. ni belgilash uchun ishlatiladi;
d) qo‘shimcha andazalar — kiyim detallarini tekislab qirqish uchun
ishlatiladi.
Ishchi andazalar 5 ta komplektda tayyorlanadi. Ulardan ikkitasi
tajriba sexida gazlama sarflash normasini aniqlash uchun, bittasi
tayyorlov sexida bo‘rlama tayyorlash uchun, ikkitasi bichish sexiga
nuqsonli gazlamalarni bichish va bo‘rlamalarda, o‘chib ketgan joylarini
bo‘rlash uchun ishlatiladi. Andazalar 0,9—1,2 mmli qattiq kartondan
tayyorlanadi. Qo‘shimcha andazalar qirqimiga tunuka-mag‘iz qoplanadi.
Ko‘p ishlatiladigan andazalar duralumin yoki boshqa metall tunukalardan
tayyorlanishi mumkin.
Andazalar igna o‘rniga pichoq o‘rnatilgan universal tikuv mashinasida
yoki andaza qirqadigan maxsus MRL mashinasida qirqiladi. Andazalar
tekshiriladi va ularning cheti aylantirib tamg‘alab chiqiladi. Har qaysi
andazada tanda ip yo‘nalishi va undan qanchalik chetga chiqish
mumkinligi ko‘rsatiladi. Detallar chegarasi bir-biriga to‘g‘ri ulanishi uchun
andazalarga kertimlar qo‘yiladi. Hamma andazalarga model raqami,
13
o‘lchami, bo‘yi yoziladi. Andazalar komplektining asosiy detalida shu
komplektga kiradigan andazalar ro‘yxati yoziladi. Ishchi va yordamchi
andazalar oyda bir yoki ikki marta etalon andaza bilan solishtirib
tekshiriladi. Etalon andazalar ham kvartalda bir marta tavsiyada
ko‘rsatilgan o‘lchamlarga solishtirib tekshiriladi.
Normalovchi guruhning vazifasi materiallar harajatini ratsional
normallashtirishdan iboratdir, chunki tikuv kiyimlarining tannarxini
kamaytirish tadbirlari ichida materiallar harajatini kamaytirish birinchi
darajali ahamiyatga egadir. Material mahsulot tannarxining 80—90 foizini
tashkil qiladi. Bu vazifani bajarish material sarfini to‘g‘ri normallashtirish,
ulardan foydalanishni nazorat qilishga bog‘liq.
Òikuvchilik sanoatida quyidagi gazlama chiqindilari mavjud:
andazalar orasidagi chiqindilar, gazlama eni bo‘yicha chiqindilar,
noratsional qoldiqlar (asosiy bitta to‘liq buyumni ishlab chiqarishga
yaroqsiz), to‘shamalar uzunligi bo‘yicha chiqindilar.
Gazlama sarfini normalash jarayonida ushbu chiqindilarni iloji
boricha kamaytirish ko‘zda tutiladi.
Andazalar orasidagi chiqindilarni kamaytirishning asosiy omillaridan
biri, bir necha o‘lcham-bo‘ydagi andazalarni birlashtirib bichishdir.
Bunda o‘lcham-bo‘ylar quyidagi prinsipda birlashtiriladi: ketma-
ket o‘lcham-bo‘y birlashtirish, har xil o‘lcham-bo‘ylarni birlashtirish,
o‘lcham va bo‘ylarni andazalar sathi ketma-ket ortib borishi tartibida
birlashtirish.
O‘lcham-bo‘ylar birlashmalarini tuzib chiqishdan keyin ularga
gazlama sarfi normallashtiriladi.
Òikiladigan kiyim chiroyli chiqishi bilan birga unga ketadigan gazlama
ham tejamliroq sarf bo‘lishi uchun andazalarni tajribali joylashtirishda
ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Andazalar gazlamaning o‘rish va arqoq yo‘nalishiga moslab
joylashitiriladi.
2. Joylashmada oldin katta detallar andazalarini qo‘yib, ular orasiga
mayda detallar andazasi joylashtiriladi.
3. Guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni bichishga
mo‘ljallangan joylashmada andazalar shunday joylashtiriladiki, kiyim
detallaridagi gullar yoki tuklar bir tomonga qaragan bo‘lsin. Kiyimdagi
simmetrik joylashgan detallarning gullari bir xil joyga to‘g‘ri kelishi
kerak.
4. Bobrik, baxmal, yarim baxmal, velvet kabi gazlamalardan tikiladigan
14
kiyimlar barcha detallarining tuki yuqoriga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
5. Gazlamaning tuki uzun bo‘lib aniq bir tomonga taralgan bo‘lsa,
kiyim detallarida tuklar pastga qaragan bo‘lishi kerak.
6. Andazalarni joylashmaga joylashtirilganda to‘shamada gazlamani
Umumi kiiya texnologiyasi
Powered by Phoca Download
Saytimiz rivojiga hissa
Uzcard: 8600 5504 8563 9786
© 2004-2020 – Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.
- Bosh sahifa
- Portal haqida
- Portal tarixi
- Sayt xaritasi
- Muallif haqida
- Tafakkur gulshani
- Mumtoz faylasuflar hikmati
- Ibratli hikoyatlar
- Jahon xalqlari maqollari
- Jadid matbuoti
- Sovet davri matbuoti
- Qayta qurish davri matbuoti
- Mustaqillik matbuoti
- Hozirgi davr matbuoti
- Tarix
- O‘zbekiston hukmdorlari
- Temuriy malikalar
- Yurt bo‘ynidagi qilich.
- Qomusiy olimlar, sarkardalar
- Reytinglar
- O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
- O‘zbek xalq maqollari
- O‘zbek xalq ertaklari
- O‘zbek xalq topishmoqlari
- O‘zbek mumtoz adabiyoti
- Zamonaviy o‘zbek she’riyati
- Muxlislar ijodidan
- Barcha kitoblar
- Ziyouz jurnalxonasi
- Ziyouz audiokutubxonasi
- Mobil kutubxona
- Maktab darsliklari
- Oliy va OMTM darsliklari
- Durdona to‘plamlar
- Android uchun kitoblar
- Videogalereya
- Узбекская библиотека
- Islomiy sahifamiz
- Forum
- Kross-shou
- Foydali sahifalar
- Saytdan qidirsh
- Ziyouz viktorinasi arxivi
Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.