Press "Enter" to skip to content

FIZIKA FANI RIVOJLANISH TARIXINI O‘RGANISHNING DIDAKTIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Физика»

Fizika fani rivojlanish tarixini quyidagi davrlari uning rivojlanishiga qarab o’rganib boriladi.

Fizika

Reja: Qattiq jism mexanikasi *Inersiya markazi, massa markazi. *Massa markazi harakati teoremasi. *Qattik jism aylanma harakati dinamikasi. *Kuch momenti, aylanish o‘qiga nisbatan impul’s momenti. *Aylanma xarakat dinamikasining asosiy qonuni. *Impul’s momentining.

Jismga ta’sir qiluvchi kuchlar

1. Elastiklik kuchi. Guk qonuni; 2. Kuchlanishning deformatsiyaga bog’liqligi; 3. Ishalanish kuchlari; 4. Ilgarilanma harakat dinamikasining asosiy tenglamasi; 5. Markazga intilma kuch. Yuklab olish

Jismning og’irligi kuchi

Jismning og’irligi kuchi —Butun olam tortishish qonuniga ko`ra tabiatdagi barchа jismlar bir-birini tortishish xususiyatiga egadirlar. Bu qonunga binoan yer atrofidagi barcha jismlar yerning tortish kuchi.

Moddiy nuqtaning inersiya momenti. Shteyner teoremasi. Impuls momenti.

Moddiy nuqtaning inersiya momenti. Shteyner teoremasi. Impuls momenti. Sodda mexanizmlarning ishlash prinsipi. Mexanikaning «Oltin qoidasi». Yuklab olish

Kuch haqida malumot, birligi

Kuch Biz xar doim jism birdan xarakatga kelsa yoki chuzilsa unga kuch ta’sir etishini sezamiz. Tinch turgan avtomobilni itarsak,aravani itarsak, bolfa mixni urgandagi kuch paydo buladi. Biz buni.

Aylanma harakatning kinematikasi.

Aylanma harakatning kinematikasi. Ayalnma harakatni ifodalashda R va Δφ qutb koordinatalaridan foydalanish qulaydir.Bu yerda R-radius –qutbdan moddiy nuqtagacha bo’lgan masofadir, φ –qutb burchagi(burilish burchagi). Yuklab olish

Energiyaning saqlanish qonuni

Energiyaning saqlanish qonuni. Tizimning to’la mexanik energiyasi -mexanik harakat va o’zaro ta’sir energiyasi -kinetik va potensional energiyalari yig’indisiga teng. Faqat, konservativ kuchlar tasir etuvchi,jismlar tizimida to’la mexanik.

Isaak nyuton hayoti va ijodi

Isaak nyuton hayoti va ijodi Butun olam tortishish qonunini maktabda o‘qigansiz. Ana shu qonunning kashf etilishiga tasodifan daraxtdan uzilgan olma sabab bo‘lganligi ham sizga ma’lum.

Saqlanish qonunlari, Impulsning saqlanish qonuni,

Saqlanish qonunlari, Impulsning saqlanish qonuni, Reaktiv harakat. Markaziy absolyut elastik urilish. Yuklab olish

Nyutonning butun olam tortishish qonuni

Nyutonning butun olam tortishish qonuni. Koinotdagi har bir zarra boshqa bir zarrani ularning massalari ko‘paytmasiga to‘g‘ri proporsional va ularning orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional kuch.

FIZIKA FANI RIVOJLANISH TARIXINI O‘RGANISHNING DIDAKTIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Физика»

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Muydinova Madina Alisherovna, Abdunabiyeva Maftunaxon Solijon Qizi, Qosimjonova Xamidaxon Botirjon Qizi

Ushbu maqolada fizika fanini rivojlanish tarixi o‘rganish bosqichlari, vazifalari, rivojlanishidagi fanlar bilan bogʻliqligi va rivojlanish tarixining davrlari haqida keng yoritilgan. Bundan tashqari, o‘quv darslarida fizika fani tarixini o‘qitishning ahamiyati va samaradorligi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по физике , автор научной работы — Muydinova Madina Alisherovna, Abdunabiyeva Maftunaxon Solijon Qizi, Qosimjonova Xamidaxon Botirjon Qizi

AXBOROT VA BILIM JADALLASHUVINING SHART-SHAROITLARI VA OMILLARI
O‘ZBEKISTONDA FIZIKA FANI VA UNING AGRAR SOHA MUTAXASSISLARINI TAYYORLASHDAGI MUHIM O‘RNI
Zamonaviy ilm-fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
FIZIKA FANINI О‘QITISHDA TA’LIM PRINSIPLARINING AHAMIYATI
O’quvchilarga fizika fanini o’qitish metodikasi
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FIZIKA FANI RIVOJLANISH TARIXINI O‘RGANISHNING DIDAKTIK JIHATLARI»

“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7 FIZIKA FANI RIVOJLANISH TARIXINI O’RGANISHNING DIDAKTIK

Muydinova Madina Alisherovna

Andijon davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi Abdunabiyeva Maftunaxon Solijon qizi Andijon davlat pedagogika instituti Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi magistranti Qosimjonova Xamidaxon Botirjon qizi Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti talabasi

Andijon davlat universiteti rizika-inaieinauka iakuneli talauasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada iîzika fanini rivojlanish tarixi o’rganish bosqichlari, vazifalari, rivojlanishidagi fanlar bilan bog’liqligi va rivojlanish

+nn vi tr\ttr\ rv hnirrlnn 11 n m ri n van rr iran+1 i rrnti dnnnnti +nrnnnt*i a’niui hornlnrino ti t\ ls~rt

tarixining davrlari haqida keng yoritilgan. Bundan tashqari, o’quv darslarida iîzika

fani tarixini o’qitishning ahamiyati va samaradorligi tahlil etilgan.

Kalit so’zlar: rivojlanish tarixi, analitik ma’lumot, tarixiy fakt, tabiatshunoslik,

jamiyat qonunlari, astornomiya, ishlab chiqarish, ilmiy kashfiyot. y |:>Sw ~

1 >i>- > Insoniyat o’zi yashayotgan olam to’g’risidagi bilimlarni to’satdan va tayyor

tugallangan holda ololmaydi. Oddiy, misol: Nyutonning qonunlari degan nom bilan

ataluvchi hozirgi maktab o’quvchisiga ham tanish bo’lgan harakat qonunlarini

tushunish minglab yillarni talab qilgan. Yana ko’p yuz yillar davomida bu

qonunlarning har doim ham har qanday holatlar uchun ham qo’llab bo’lmasliginii

tushunildi[1]. Ya’ni juda katta tezlikdagi va juda kichik o’lchamdagi zarrachalar

harakatiga bu qonunlarni qo’llab bo’lmasligi aniqlandi.

Insoniyat bilmaslikdan bilishga bo’lgan uzoq va mashaqqatli masofani bosib

o’tdi. Bunda u unchalik aniq va to’liq bo’lmagan bilimlarni aniq va to’liq

tushunchalar bilan almashtirib bordi.

Hech bir ish yo’q joydan boshlanmaydi, balki har bir yangi avlod o’zidan

avvalgi o’tganlar to’xtagan joydan ishni boshlaydi va o’zi amalga oshirgan ishlarni J-jt . ■„. ,.„.

keyingi keluvchilarga topshiradi.

Bu yerda I. Nyutonning quyidagi so’zlarini eslash muxum ahamiyat kasb etadi. “Agar men boshqalarga nisbatan uzoqni ko’ra olgan bo’lsam, buning sababi, men buyuk kishilarning yelkalarida turganligim uchundir”[2]. Yevklid va Arximedlarsiz

Nyuton, Nyutonsiz Eynshteyn yoki Bor, Xorazmiy va Forobiysiz Beruniy yoki Ibn Sino, Umar Xayyom va Umar Chag’moniysiz Ulug’bek, bularsiz Qozizoda Rumiy (zamonasining Aflotuni) yoki Ali Qushchi bo’lmas edi. Ya’ni, har bir avlod o’zidan

“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

avval o’tganlar merosini o’rganib, ular qoldirgan ishlar zaminida fan va texnikaning

kelgusi rivojini amalga oshiradi.

Har qanday bilimning rivojlanish jarayonini o’rganish alohida bir fan – tarix fanining asosiy masalasini belgilaydi. Shu jumladan fizika fani rivojlanish tarixi, fan tarixining bir bo’lagini tashkil qilib, u fizika fanining rivojlanishi jarayonini o’rganadi. Har qanday fanning asosiy vazifasi shu fan shug’ullanayotgan sohada amalda bo’lgan qonunlarni ochishdan iborat bo’lganligi kabi fizika tarixi fanining ham vazifasi fan rivojlanishini boshqaruvchi qonunlarni yaratishdan iborat. Yuzaki

qaraganda bunday qonunlarning bo’lishi mumkin emasdek ko’rinadi. Oldindan Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Arximed, Nyutonlarning dunyoga kelishini bilib bo’lmaydi, olimlar fikri va tafakkurini boshqarib bo’lmaydi. Tashqaridan bir ko’rishda fan tarixi buyuk daholarning nazorat qilib bo’lmaydigan faoliyatlari natijasiga o’xshab ketadi. Albatta ular faoliyatini tabiatda yuz beruvchi biror harakat qonunlariga o’xshash qolipdagi qonunlarga o’xshatib bo’lmaydi[3].

Mubolag’asiz aytish mumkinki, fan bu insoning murakkab tafakurri va ijodiy faloiyat mahsulidir. Biroq fan rivoji muhum o’rin tutuvchi ma’lum bir tarixiy sharoitlarda amalga oshadi. Bu narsani esa, albatta, ilmiy tahlil qilish mumkin. Tarixan ma’lumki ilm-fan rivoji iqtisodiy rivojlanish bosqichlariga bog’liq. Qaysi

joyda ishlab chiqarish, sanoat, madaniyat rivojlanishi yuqori bo’lsa o’sha joyda fan rivojlanishi ham yuqori darajada bo’ladi. Hozirgi kunda bu yanada yaqqol namayon bo’lib bormoqda.Chunki, ilm fan hozirgi davr rivojida juda katta ijtimoiy mablag’ni

Fizika fanini rivojlanish tarixi o’rganish bir qator bosqichlarda amalga oshiriladi:

-ma lumotlar yig ish

-analitik ma’lumotlar orasidagi bog’lanish va sabablar – analitik natijalarni umumlashtirish va fandagi asosiy qonunlarni ochish.

Fanning rivojlanish tarixi bu umumiy fizikaviy bilimlarning ajralmas bir qismdir, chunki fizika fanning o’rganish bilan uning tarixi ham o’rganib boriladi, bu fanning qonun qoidalarning ochilishi, ushbu qonun ochishda olimlarning tutgan o’rnidir[4]. Fizika tarixini bilish uchun asosan shu qonunlarning yozilishini, asl J-jt

nusxasini o’rganish uchun asil ma’nosini o’rganishda muhim o’rin egallaydi.

Har qanday fanning tarixini o’rganishda, bu fan aslida qanaqangi fan, bu fan o’z taraqqiyotida umumbashariy rivojlanishda jamiyat taraqqiyotida qanaqangi o’rin tutadi va qanday metodlar bilan o’rganilishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaragan

fizika tarixi o’rganish, jamiyat taqqiyotining bosqichini o’rganishda tabiatshunoslik fanning yetakchilari bilan bir qatorda tutgan o’rni muhimdir. Chunki fizika atrofimizni o’rab olgan tabiat qonunlarni o’rganish bilan bog’liqlikligi tufayli, uni

“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

o’rganish tarixi ham juda qadimiy bo’lib, hozirgi kungacha 2000 yildan ortiq vaqtni

o’z ichiga oladi[5].

Fizika fani o’tgan XX asr davomida shunchalik o’zgarib ketdiki, fizika fani

o’rganishda uning oddiy fizik xodisalardan boshlab uning hozirga kundagi murakkab

taraqqiyotda davom etayogan taraqqiyotini inson ongiga singdirib borish uchun ham fizikani fan tarixi bilan biog’lab o’rganish muximdir. Fizika tarixi fani fizikaviy bilimlarning ajralmas bir qismdir.

Shu sababli fizika fanini o’rganish fizika o’qituvchilaridan fizikani chuqur o’rganish, uni analiz qilish, qonunlarining bir biriga bog’liqligini ochib berish, o’quvchilarga uni bir-biri bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatib berish, qonunlarni moxiyatini tushuntirish, fanning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rnini ochib berilishidan iboratdir.

Fizikaning rivojlanish tarixini o’rganishda quyidagi vazifalarni amalga oshiriladi:

– Tarixiy faktlarni topish va oydinlashtirish;

– Tarixiy faktik materiallarni analiz qilish, uning moxiyatini ochish;

– Fizikaviy umumiy qonunlarni o’zaro bog’liqligini ochish.

Dunyo taraqqiyotidagi barcha fanlar tarixi asosiy imkoniyat yo’nalishidagi

vazifani hal qiladi:

1. Tabiat qonunlari tarixi;

2. Jamiyat qonunlari tarixi.

Tarixiy fanlar shuni ko’rsatadiki, fizika fani o’z rivojlanishida boshqa fanlar

V\i1an V\innr>lii nawV\a+Ha +aV\ia+e1’ninr»e1iV fani tarivi V\i1an ii7\/nr V\r»rr’1iiTiHir fï^iVa fani

bilan birinchi navbatda tabiatshunoslik fani tarixi bilan uzviy bog’liqdir, fizika fani esa bu fanlarning rivojlanishida o’zining munosib xissasini qo’shadi. Shuning uchun ham ko’pgina fanlar rivojlantirgan olimlarni ham ko’p qirrali deb qarashimiz mumkin. Bular fizika, astronomiya, ximiya, biologiya, matematika va h.k. fanlarning rivojlanishiga kattagina hissa qo’shgan olimlar Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Ibn Sino, R. Boel, E. Mariott, G.Kavendesh va boshqalar shular jumlasidandir. Fanlar tarixini o’rganar ekanmiz qadimda bu fanlarning barchasi falsafiy qarashlardan kelib chiqqanini ko’rishimiz mumkin. Qadimda olimlarning “Donolik ishqibozlari” deyilgan[6]. So’ngra fanlar o’rganilib qonuniyatlarning

л w f \ ЛИ1 11-thl r> + 1 1 Г» П1 /~1 П 1л nf/Л 1ллп1 П I Г» 1л1/-1л Г П 11 П Л ТП + Ï /~1 п п Un Irl I г» П /Л f /~\ л

ochilishi natijasida barchasi alohida fan sifatida shakllana bordi.

Fizika fani ham o’z rivojlanishida ko’pgina fanlar bilan bog’liqdir. Masalan fizika fani o’z rivojlanish tarixida matematika fani bilan uzviy bog’liqdir, chunki matematikasiz fizik qonunlari tushuntirish mumkin emas.

Matematikani ilmiy metod sifatidagi ahamiyati fizikani o’qitishda juda keng va yaxshi o’z aksini topdi. Ular matematika formulalarida ifodalanadi, bular esa

qonunlardan xulosaalar chiqarishda ayrim holatlarni isbotlashda va fizik masalalarni echishda ishlatiladi. Fan tarixida minglab yillar davomida astronomlar osmon

“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

xodisalari to’g’risida faqat ko’zga ko’rinadigan yorug’lik vostasida olinadigan

informastiya bilan cheklanib keladilar. Ular bu xodisalarni elektromagnit nurlanishlarning keng spektridagi torgina tirqishi orqali o’rganar edilar deb aytish mumkin. 1965- yillar radiofizikasining rivojlanishi tufayli radioastronomiya vujudga keldi va bizning koinot haqidagi tasavvurlarimiz xaddan tashqari kengayib ketdi. So’ngi yillarda muxim o’zgarishlar bo’ldi. Astronomiyadagi astrofizika ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi va ishlab chiqarishni rivojlantirishda, ishlab chiqarish

jamiyatning moddiy farovonligining o’sishiga olib keladi[7]. Demak, fanning rivojlanishi ishlab chiqarishni boshqarar ekan, ishshlab chiqarish fizikaning yangi qonunlar ochishiga har doim ta’zyiq o’tkazib turadi. Masalan, Gyugensning mayatnik nazariyasi – mexanik soatning ixtiro qilishga olib keldi. Termodinamikadan S.Karno stikli bug’ mashinsining ixtiro etinlishiga asos bo’ldi. A.S.Popov tomonidan radioning kashf etilishi radiofizikaning rivojlanishiga olib keldi va hakozolar.

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shuningdek fizika fanining rivojlanish tarixi nazar solsak, fanning taraqqiyoti

K ai iAoifn ifinlnK pnmn n nnm n x I nn+1 n n n inrivi Ki I on KArt’linlimni ro m 1 -7 n i in! r- 1

bevosita ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixi bilan bog’liqligini ko’ramiz. Chunki

fizik fanining yutuqlari bevosita texnika va texnalogiyalarda qo’llanib, u esa o’z navbatida ishlab chiqarish kularini rivojlantirishda muxim o’rni egallaydi. Fizika fanining rivojlanishi jamiyatning ijtimoiy tuzilishiga ham bog’liqdir. Chunki fanning

rivojlanishida jamiyatning iqtisodiy siyosiy tuzilishi ham muhim rol o’ynaydi. Masalan: Quldorlik tuzumi davridan keyingi ilk feodalizm davrida fan taassurotlar bilan rivojlanmadi, chunki o’sha davrdagi quldor ham, feodal ham ishlab chiqarishni rivojlantirishi bilan qiziqmas edi.

Fizika faqat ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’libgina qolmay, u barcha tabiiy fanlar bilan ham bog’liqdir. Buni qanning tarixi o’rganishimizda ko’rib boramiz.

Fizika fani rivojlanish tarixini quyidagi davrlari uning rivojlanishiga qarab o’rganib boriladi.

1. Qadimgi zamon fizikasi(fizik tushunchalarning shakillanish davri)

a) antik davr fizikasi (eramizdan oldingi III asrga qadar bo’lgan davr)

b) O’rta asr fizikasi (III-X asr)

v) Geliostentrik sistema uchun kurash(X-XVI asr )

2. Klassik fizikaning asosiy yo’nalishlar shakllanisi davri

t,^ jlw îln^u: /v\7ttt ^

a) Ilmiy inqilobning tugallanishi (XVIII asr).

b) Fizikaning asosiy yo’nalishlarining rivojlanishi (XIX asr). 3. Fizikada ilmiy inqilobning asosiy yo’nalishlari (zamonaviy fizika shakllanisl davri)

a) Elektron nazariya va elektrodinamikaning rivojlanishi.

b) Eynshteyning nisbiylik nazariyasi v) Atam va yadro fizikasining rivojlanishi.

“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №7

g) Fizikaviy inqilobning birinchi bosqichi Rezerford-Bor nazariyalar, kvant

d) yadro fizikasining rivojlanishi 1918 – 1938 yillar.

Fizika fani mazmuni fizikaning rivojlanish bosqichlari bo’yicha tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi[8]. Chunki fizika fanining rivojlanishi jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi bilan birgalikda qaralishi lozim. Ma’lumki, har qanday fanning rivojlanishi jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan uzviy bog’liqdir.

Shunday qilib fizika fani rivojlanish tarixini o’rganish o’quv jarayoni va tarbiyaning ko’pgina muammolarini hal etish bilan birgalikda, fizika fanini o’qitish uslubining ham rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Tarixiy hujjatlardan dars jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish tavsiya etiladi:

– tarixiy voqyea va hujjatlar asosida kirish so’zi bilan muammoli vaziyatni yuzaga keltirish orqali darsning samaradorligini oshirish;

– o’tilgan mavzuni yakunlashda o’quvchilar bilimini bir tizimga keltirish maqsadida tarixiy hujjatlardan foydalanish;

– o’quvchilar bilimining ishonarli bo’lishiga erishish uchun buyuk kashfiyotlar, fundamental tajribalar tarixini bayon etish;

– o’quvchilar shaxsini takomillashtirish, milliy mafkura va tarbiyani amalga oshirish maqsadida buyuk olimlar hayoti va ilmiy faoliyatidan ayrim lavhalarni keltirish;

– tarixiy mazmundagi masalalardan dars jaryonida foydalanish. Tarixiy hujjatlarni ushbu shaklda bayon etish shartli bo’lib, ba’zan, bir necha usullar birgalikda qo’llanilishi mumkin[9]. O’tilayotgan mavzu ishonarli bo’lishi uchun tarixiy tajribalar, kashfiyotlar, chizmalar, grafiklar, rasmlar, modellar orqali tushuntiriladi. Xuddi shuningdek, moddiy va abstrakt modellar, kinofilmlardan foydalanish ham mumkin.

O’rta maktab fizika kursida 100 dan ortiq fizik olimlar nomi qayd etiladi. Ushbu olimlarning hayoti va ilmiy kashfiyotlari qanchalik darajada va qanday tartibda berilishi kerak. Albatta, o’quv rejasida keltirilgan vaqt davomida barcha olimlarning hayoti va ilmiy faoliyatini to’la yoritishning imkoniyati yo’q. Shu sababli ba’

olimlar hayotidan ayrim lavhalarni, jumladan, dars mavzusiga mos kelganlarini tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Ba’zan olimlar tomonidan aytilgan hikmatli so’zlar, masalan,T.Yung aytganidek, «Odam qilgan ishni boshqa odam ham bajara oladi» yoki olimlar tomonidan aytilgan hazil-mutoyibalar darsning qiziqarli o’tishiga

Buyuk olimlar hayotidan lavhalar keltirish orqali yoshlarda mehnatsevarlik, halollik, vatanparvarlik kabi tuyg’ularni shakllantirishga erishiladi. Masalan:

alXorazmiy, Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Ulug’bek, Qori Niyoziy, R.Bekjonov, A.K.

«Assalom fizika» tadbir ssenariysi. Fizika fani oyligi uchun

Tadbir o’tkazilayotgan maktab faollar zali bayramona bezatilgan. Devorlarda fizika fanini ulug’lovchi shiorlar, stentlar, lavhalar aks etgan. Xonada turli fizik asboblar, texnika vositalari joylashtirilgan. Monitor orqali slayt lavhalar aks etib turibdi. Tadbirni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarni fizika faniga qiziqishini orttirish, bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

1-boshlovchi:

Bugun baxtdan, hur hayotdan, Entikadi bu dillar. Mustaqillikni madh aylab, Shodon yayrar ko’ngillar. Aziz do’stlar, vatandoshlar, Sizga bo’lsin ehtirom. Fizikaga oshnolarga, Bo’lsin salom-assalom! 2-boshlovchi:

Assalomu alaykum, aziz do’stlar. Fizika olamiga xush kelibsizlar! 1-boshlovchi: Fizika fan oyligiga bag’ishlangan “Assalom, fizika!” deb nomlangan kechamizni ochiq deb e’lon qilamiz.(Davraga o’quvchilar kirib kelishadi. Qo’llarida fizika faniga tegishli bo’lgan plakatlar.)

Koinot mavjuddir, tabiat mavjud,

Fizika fani ham taraqqiy etgan.

Olis o’tmishdagi bobolarimiz,

Bu fanning sirlarin anglatib ketgan.

Assalom fizika, ulug’ fizika,

Lahzamiz sen bilan bog’liq fizika.

Oddiylikdan toki murakkabgacha,

Ulkan kashfiyotlar zamini shunda.

Texnika, kompyuter, fazo, koinot,

Ixtirolar bori mujassam bunda.

Assalom fizika, ulug’ fizika,

Har lahza sen bilan bog’liq fizika. Atrofimiz fizika (Qo’shiq)

Televizor bo’lmasa, “kunim o’tmaydi”,

Telefon bo’lmasa, ishim bitmaydi.

Bilsang atrofimiz o’zi fizika, Fizikadan paydo bo’lar texnika.

Radioni tenglab dil orom oladi,

Musiqa asbobin kuyga soladi.

Bilsang atrofimiz o’zi fizika, Fizikadan paydo bo’lar texnika

Yorug’lik bo’lmasa qanday qilamiz,

Hech kimda huzur yo’q, buni bilamiz.

Demak, atrofimiz o’zi fizika,

Fizikadan paydo bo’lar texnika

Davraga fizika va astranomiya fanlariga, jahon madaniyatiga hissa qo’shgan O’rta Osiyolik allomalarning siymolari kirib keladi. 1- boshlovchi:

Alohida mustaqil fan deb atagan,

Fizika fanini Forobiy bobom.

Qancha bilimlarni bizga qoldirgan,

Ilmda tengi yo’q nuroniy bobom.

Forobiy:

Menga qadar bu fan tabiat haqidagi fan deb qaralgan edi. Men esa fizikani mustaqil fan sifatida shakllanishiga zamin yaratdim.

2-boshlovchi: Qadim Buxoroda dunyoga kelgan, Ibn Sino bobom, bilimdon bobom.

Fizika faniga ko’p hissa qo’shgan,

Ilmda sohibu, ham sulton bobom. Ibn Sino:

Yerdan ko’tarilgan suv bug’lari sovuqlik tufayli bulutlarga aylanadi. Tog’ tepalarida yanada quyuqlashadi. Qor, yomg’ir va do’lning paydo bo’lishi esa haroratning yuqori va pastlik darajasiga bog’liq. Do’l ko’proq bahor va kuz fasllarida bo’ladi. 1- boshlovchi: Xorazm poytaxti Qiyot shahrida,

Tug’ildi Beruniy, qomusiy olim.

Ko’plab fanlar kabi fizikaning ham,

Rivojini tilab, tashladi odim.

Qahrabolanish va ohangraboni, O’rgandi, o’rgatdi ahli ilmga. Ikki yuzdan ortiq risola yozib, Falakiyot ilmin qo’shdi bo’limga. Beruniy: Yer shar shaklida bo’lgani uchun, jismlarning og’irligi hamma tomondan Yerning markaziga tomon tortiladi. Yerning ichki harakati, ya’ni moddalarning o’z tabiiy o’rniga intilishi zilzilalarni yuzaga chiqaradi. 2-boshlovchi: Abdurahmon Hozin Hayyom shogirdi,

O’n ikkinchi asrda Marvda tug’ilgan.

Jism solishtirma og’irligini,

Maxsus tarozida u isbot qilgan. Abdurahmon Hozin:

Men Beruniyga o’zimning behad hurmat va ehtiromimni bildiraman. Beruniy tomonidan aniqlangan moddalarning solishtirma og’irliklarini to’laligicha “Donolik tarozusi” kitobimga kiritib, tarozi va tarozi toshlari massasini aniqlashda qo’lladim.

1- boshlovchi:

O’rta Osiyoda yashab, ijod qilgan buyuk allomalarimiz va ularning jahonshumul kashfiyotlarini sanab, adog’iga yetib bo’lmaydi. 6-sinf o’quvchilari davraga kirib kelishadi. 1-o’quvchi:

Muso Al – Xorazmiy — Tabobat ilmining sultoni, Matematika fanining asoschisi, tarix va astranomiya fanlarining rivojiga katta hissa qoshgan olim. 2-oquvchi: Qomusiy olim — Muhammad Al- Farg’oniy “Astranomiyaning boshlanishi” deb nomlangan kitobi bilan Butun dunyoga tanildi. 3-oquvchi:

Ulug’ donishmand Abu Bakr Ar- Roziy;

4-o’quvchi:

Buyuk matematik, fizik va astranom Umar Hayyom;

5- o’quvchi:

Falsafa, fizika, astranomiya, fanlari rivojiga hissa qo’shib, ob – havo haqidagi bilimlari bilan mashhur bo’lgan Umar Chag’maniy

6- o’quvchi:

Quyosh va oy tutilishini oldindan aniqlash usullarini, 1018 ta yulduzni joylashgan o’rnini aniqlab, dunyoga mashhur “Zijji ko’ragoniy” kitobini yozgan Mirzo Ulug’bek

7- o’quvchi:

Ulug’bek rasadxonasining mashhur o’limlaridan biri bo’lib, zamonasining Aflotuni deb nom olgan Qozizoda Rumiy.

8- o’quvchi:

Ulug’bekning astranomik jadvalini yakunlash nasib etgan, suyukli shogirdi Ali Qushchilar, (hamma)

BUYUK KASHFIYOTLARI BILAN ASRLAR OSHA MANGU YASHAYDI!

Fizika faniga qiziquvchi o’quvchilardan 6 nafari sahnaga chiqib, ikki guruhga bo’linib, krassvord ishlashadi: Bosh harfi quyidagi harflar bilan boshlanuvchi, fizika fanida ishlatiladigan so’zlar yoziladi

O’ZAK S
Z O
B G’ALTAK
ELEKTR LINZA
K O
I M
S A
T V
O L
N O
D

Keling do’stlar fizikani o’rganing. (Qo’shiq)

Fizikani iqtidorli kishilar yaratgandir,

Yangi- yangi kashfiyotni olamga tanitgandir.

Keling do’stlar, keling do’stlar fizikani o’rganing.

Ushbu fanda Al- Beruniy, Xorazmiylar yodi bor,

Puxta bilim egallasak, tole bo’lar bizga yor.

Keling do’stlar, keling do’stlar fizikani o’rganing.

Mustaqillik berdi bizga har sohada ko’p imkon,

Ustozlardan bilim olib, bolaylik komil inson.

Keling do’stlar, keling do’stlar fizikani o’rganing.

O’qituvchilar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib, tadbir ssenariysini turli, qiziqarli bellashuvlar, savol- javoblar, she’r va raqslar bilan boyitishi mumkin.

Tadbir so’ngida faol ishtirok etgan o’quvchilarga sovg’alar topshiriladi.

Nafisa Sagdullayeva

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi

34- maktabning o’qituvchisi

Oxshash xabarlar:

  • Matematika fani oyligi doirasidagi tadbirlar uchun ssenariy
  • Fizika fanidan tadbir ssenariysi
  • Rus tili fan oyligi tadbir senariysi
  • Geografiya fan oyligi tadbir senariysi
  • KIMYO fani oyligini o`tkazish uchun tuzgan ish REJASI
  • “ Sizga ta’zim, ustozu muallim!” tadbir ssenariysi
  • Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
  • SOHIBQIRON BOBOMIZ tadbir ssenariysi
  • 8-mart xotin-qizlar tadbir ssenariysi
  • “Navro’z” bayrami tadbir ssenariysi
  • Biologiya fanidan tadbir ssenariysi
  • 5 ta muhim tashabbus (Tadbir ssenariysi)
  • “Kitob mening do‘stimsan” tadbir ssenariysi
  • “Al-Xorazmiy buyuk matematik” tadbir ssenariysi
  • ”Vatan himoyasi muqaddas burch” nomli tadbir ssenariysi

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.