Press "Enter" to skip to content

Ekologiya bo yicha slayd

Atmosferani ekologiya tomonidan ifloslanishi

Ekologiyadan vvlki ekologiya

Reja:

1. Kirish. Ekologiya fanining predmeti va vazifalari.

2. Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi.

3. O’rta Osiyolik mutafakkirlarning tabiat muhofazasiga oid qarashlari.

4. Ekologiyaning bo’limlari va fanlararo aloqadorlik.

Kirish. Ekologiya fanining predmeti va vazifalari. Bizni o’rab turgan barcha o’rmonlar, muzliklar, tog’u-dashtlar, havo-yu suvlar, xullas tabiatning har bir shahobchasi odamning a’zolari kabi bir-biri bilan uzviy tarzda bog’langandir. Tabiatning biror-bir jabhasida sodir bo’ladigan o’zgarish o’z navbatida, uning muvozanatiga qandaydir ta’sir ko’rsatmay qolmaydi.

Fan-texnika taraqqiyoti jadallashgan sari insonning atrof muhitga bo’lgan munosabatlari ham faollashib, u tabiat boyliklaridan ko’proq olishi va ularni insoniyat ehtiyojiga sarf qilishi kuchaygan sari, ming yillar davomida barqaror bo’lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, inson va tabiat o’rtasidagi munosabat murakkablashib, tabiiy muhit falokat yoqasiga kelib qoldi. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari ortiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o’zgarib bormoqda.

Ekologiya – tirik organizimlarning o’zaro va ular yashaydigan tabiiy muhit bilan bo’lgan munosabatlarini, ularning ta’sirini va yashash shart-sharoitlarini o’rganadi.

Ekologiya so’zi (grekcha tildan olingan bo’lib, oykos-uy, yashash joyi va logos-fan, ta’limot) degan ma’noni anglatadi. Bu atamani 1866 yilda nemis olimi biolog, darvinist Ernst Gekkel (1831-1919) fanga kiritgan. U o’zining “Organizmlarning umumiy morfologiyasi” nomli asarida birinchi marta ekologiya atamasini qo’lladi. Atamaning mazmuni ushbu fanning asl mohiyatini to’la tushunish imkonini bermaydi. Ekologiya hayot jarayonlarini o’ziga xos uslublarda tadqiq qiladigan mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya aslida biologiya fanlari turkumiga kiradi va hozirgi kunda bu fanning ijtimoiy hayot bilan bevosita bog’langan tarmoqlari ham rivojlangan.

Ekologiyaning juda ko’p ta’riflari mavjud. Ulardan birida shunday deyiladi: “Ekologiya organizmlarning hayot faoliyati qonuniyatlarini ular hayoti kechadigan tabiiy muhitda inson omilining ta’sirini hisobga olgan holda o’rganadigan fandir.

Demak tirik organizmlarning yashash sharoiti va shu organizmlarning yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda tug’iladigan qonuniyatlarni o’rganadi. Ya’ni, tirik mavjudot va uning ma’lum hudud va ekvatoriyalarga to’g’ri keladigan muhitlaridan iborat tizimlari tabiatini tadqiq etadi. Bu esa ekologik tizimlar yoki ekotizimlar deb aytiladi.

Tirik tabiat qanday tuzilgan, qaysi qonunlar asosida mavjud va rivojlanadi, inson ta’siriga qanday javob beradi. Bularning barchasi ekologiyaning predmeti hisoblanadi.

Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari qo’yidagilardir :

– Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta’sirini hisobga olgan holda o’rganish;

– Biosferadagi jarayonlarni o’rganish, boshqarish, bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash;

– Biologiya resurslaridan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir.

Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi. Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd qilingan. O’rta asrlarda O’rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, inson hayotining atrof muhit bilan bog’liqligi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.

XIX asrga kelib ekologiya ilmiy asosda A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritildi. Lekin, ekologiyaning fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab, o’simliklar va hayvonlar ekologiyasi, XX asrning 20-yillaridan ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi rivojlandi. 30-yillarda ekologiyaning yangi tarmog’i hisoblangan populyasion ekologiya vujudga keldi. Uning asoschisi Ch.Elton hisoblanadi.

Evolyusion va ekologik masalalarni o’z ichiga qamrab olgan ekologiya, ya’ni tabiatda turning yashashi uchun zarur bo’lgan muhitning barcha omillari yig’indisi haqidagi tushunchalar g’arb olimlari J.Grinnell, Ch.Elton, R.Makartur, D.Xatchinson, G.F.Gauzelarning xizmati tufayli fanga kiritildi. 40-yillarning boshlarida tabiiy sistemalari o’rganish jarayonida yangi yo’nalish kelib chiqdi, 1935 yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942 yilda esa V.N.Sukachev biogeosenozlar haqidagi ta’limotni ilgari surdilar.

20 – 30 yillarda o’rta Osiyo Davlat universitetida D.N.Kashkarov va YE.N.Korovinlarning ekologiya – gesgrafiya maktabi tashkil etilib, o’lkamiz tabiatini ekologik tadqiq qilish boshlanadi.

Ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida o’simliklar ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. O.H.Hasanov, R.S.Vernik va boshqalar tomonidan ko’pchilik o’simliklarning ekologik – biologik xususiyatlari o’rganildi.

Zoologiya tadqiqotlari O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya va parazitologiya instituti faoliyati bilan bog’liqdir. D.N.Kashkarovdan so’ng O’zbekistonda ekologik yo’nalish uning davomchilari V.A.Selevin, T.Z.Zohidov, I.I.Kolesnikov, A.M.Muhammadiev, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov va boshqalarning ishlarida rivojlandi.

Qarshi cho’lini o’rganish natijasida D.Kashkarov, A.Zokirov, A.Petrovalar birgalikda. “Qarshi cho’lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi”ni yaratdilar. Bu asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan foydalanish yo’llari ishlab chiqilgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, respublikamizdagi iqtisodiy tanglikdan chiqish ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimdan ma’lum bo’lgan ekologik madaniyatni tiklashimiz, undan hozirgi sharoitda foydalanish imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak.

1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik bilimlarning rivojlanishi susayib qoldi. Atrof muhit holati tez o’zgara boshlagan XX asrning 60-yillariga kelib ekologiya jadal rivojlandi, turli yangi yo’nalishlari vujudga keldi.

Ekologiyaning bo’limlari.

Ekologiya to’rt bo’limga bo’lib o’rganiladi.

1. Autekologiya (“autos”-yunoncha so’z bo’lib, “o’zi” degan ma’noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan munosabatlarini, turlarning qanday muhitga ko’proq va uzviy moslashganligini yoritadi.

2. Populyasion ekologiya (“populyatsion” fransuzcha so’z bo’lib “aholi” degan ma’noni bildiradi) populyasiyalarning tuzilishi va dinamikasini o’rganadi, ma’lum sharoitlarda turli organizmlar sonini o’zgarishi sabablarini tekshiradi.

3. Sinekologiya (“sin”-yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi birgalikda demakdir). Biogeosenozlarning tuzilishi va xossalarini ayrim o’simlik va hayvon turlarining o’zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatlarini o’rganadi.

4. Ekosistemalarni tadqiq qilishning rivojlanishi ekologiyaning yangi bir bo’limi, ya’ni biosfera (yunoncha “bio”- hayot, “sfera” shar) haqidagi ta’limotni vujudga keltiradi. Ushbu ta’limotning asoschisi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. Sayyoramizda tarqalgan organizmlar va ularning ta’sirida o’zgargan hayot qobig’i “biosfera” deb aytiladi. Biosfera atmosferaning qo’yi troposfera qismini, butun gidrosferani va litosferaning ustki qismi bo’lgan nurash qobig’ini o’z ichiga oladi. Organizmlar hosil qilgan yoki o’zgartirgan barcha jonsiz jinslarni ham hisobga olganda biosferaning qalinligi taxminan 40 km dan ortadi.

Biosferadagi barcha tirik organizmlar yig’indisini V.I.Vernadskiy “jonli modda” deb ataydi va uning tarkibiga insoniyatni ham kiritadi. Biosferaning o’zgarishida inson ongi butunlay yangi, qudratli omil ekanligini ta’kidlaydi. Aqlli inson paydo bo’lganidan beri biosferani o’zgartirib keladi. Biosferaning o’z taraqqiyotida inson tomonidan boshqariladigan yangi sifat holati – noosfera (aql, tafakkur qobig’i)ga o’tishi muqarrardir. V.I.Vernadskiyning fikricha noosfera bizning sayyoramizdagi yangi geologik xodisadir. Inson noosferada birinchi bor yirik geologik kuchga aylanadi. U o’z aqli va mehnati bilan yashash makonini o’zgartiradi va qaytib bunyod qiladi.

Ekologiyani o’rganish uslublari va fanlararo aloqadorlik. Ekologik ilmiy – tadqiqot ishlarida ko’pincha tasviriy, taqqoslash va tajriba hamda ekosistemalarning modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. Tasviriy, taqqoslash va tajriba uslublari deyarli barcha biologik fanlar foydalanadigan uslublardir. Ammo, modellashtirish uslubi biologiya va ekologiyaga endi kirib kelayotgan uslublardan hisoblanadi. Biologiyada modellashtirish tuzilishlarini, fiziologik funksiyalarni hamda evolyusion va ekologik jarayonlarni va shunga o’xshashlarni soddalashtirish yo’li bilan o’xshatish ma’nosida umumlashtirish, dinamik yoki statistik holatlarda namoyish etuvchi yoki tasavvur hosil qiluvchi tadqiqot uslubidir. Hozirgi kunda ekologiyaning ijtimoiy va tabiiy rivojlanayotgan ko’p tarmoqlari mavjud. Jumladan, fiziologik ekologiya, bioximik ekologiya, evolyusion ekologiya, morfologik ekologiya, paleoekologiya, landshaftlar ekologiyasi, ijtimoiy ekologiya va odam ekologiyasi, koinot ekologiyasi kabi qator tarmoqlar vujudga keldi.

Ekologiya tabiatdagi muvozanatni, tabiiy xodisalarni o’rganuvchi istiqboli keng fan hisoblanadi. Tabiat va uning mahsulotlari inson uchun ekan, ulardan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga, hayvonlar va o’simliklarga bo’lgan munosabatimizni tiklashimiz orqaligina Ona tabiatimizni asrab qolishimiz mumkin.

Endilikda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan fan-texnika va uning yutuqlari ekologik nuqtai nazardan ko’rib chiqilishi lozim. Atrof muxitni muhofaza etish va tabiat ehsonlaridan tadbirkorlik bilan foydalanish har bir insonga ta’lluqlidir.

ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraaqqiyot kafolatlari. -T.: O’zbekiston, 1997.

2. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish. -T.: O’qituvchi, 1991.

3. Novikov Yu.I. Oxrana okrujayuey sredi. –M.: Vishaya shkola, 19987.

4. Egamberdiev R. Ekologiya. –T.: O’zbekiston, 1993.

5. Tursunov X.T. Ekoloiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Saodat RIA, 1997.

6. Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: Yangi asr avlodi, 2005.

7. To’xtaev A., Xamidov A. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. –T.: O’qituvchi, 1995.

8. Otaboev Sh., Nabiev M. Inson va biosfera.-T.: O’qituvchi, 1995.

9. Tilovov T. Ekologiyaning dolzarb muammolari. –Qarshi: Nasaf, 2003.

10. To’xtaev A. Ekologiya.-T.: O’qituvchi, 1998.

Ekologiya bo’yicha slayd

Tarixiy taraqqiyot davomida insonlar yerning moddiy jihatdan eng boy, qulay hududlariga ko’chib o’tganva shu hududda mavjud bo’lgan tabiiy biogeotsenozni tubdan o’zgartirgan, shaharlar barpo etgan, sanoat obyektlarini va qishloq xo’jaligi maydonlarini yaratgan. Bu bilanular ekotizimning qashshoqlanishi, yuzaga kelgan tabiiy majmualarning buzilishi va tirik organizmlar yashaydigan muhitlarning o’zgarishiga sabab bo’lgan. Inson faoliyati natijasida suv, havo, tuproq, ishlab chiqarish chiqindilari qirilib ketmoqda , tabiiy biogeotsenozlar buzilmoqda

Insonning biosferaga ta’siri

Xozirgi zamondagi ekologik muammolar quyidagi xolatlarda namoyon bo’ladi

Tabiat resurslari tasnifi

Tabiatning tugaydigan resurslari

Tabiatning tuganmas resurslari

O’rnini to’ldirish mumkin bo’lgan resurslar

O’rnini to’ldiridirish mumkin bo’lmagan resurslar

Dengiz to’lqinlari energiyasi

Kimyoviy – organik moddalar, polietilen, plastmassa buyumlar ;

Fizikaviy – Radioktiv yog’inlar, gazsimon chiqindilar ;

Mexanik –chang va chiqindi ;

Biologik – zamburug’ va bakteriyalar .

Axborotlar – yolg’on xabarlar, soxta faktlar

Atmosfera ifloslanishiga asosiy sababchilar

Atmosferani ekologiya tomonidan ifloslanishi

Atmosferaning ifloslanishi natijasida :

Gidrosfera ifloslanishiga asosiy sababchilar

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.