Press "Enter" to skip to content

8-dekabr tadbir ssenariy

Adolatning qo’yib tamal toshini,
Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.

8-dekabr. Konstitutsiya kuniga she’rlar va senariylar to’plami.

O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi 1992 yil 8-dekbar kuni qabul qilingan. Ushbu konstitutsiya kuni uchun ajoyib sherlar to’plamini taqdim etmoqdamiz.

Konstitutsiya – eng oily hakam

Yaxshilar tufayli ozod diyorim,
Ozodlik tufayli obod diyorim,
Eng Oliy Qomusga chekkanda imzo.
Yaxshilarni ko’rdi o’zidan rizo.
Ne qissa. Hurriyat qomusidir u.

Ulusning oriyu nomusidir u .
Istiqlol bir yoshdan oshgan chog’ida.
U tug’ildi yaxshilikning bog’ida.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu,
O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu.
Konstitutsiyamiz nodir chinakam
U biz uchun eng oliy hakam!

Konstitutsiya inson xizmatida

Adolatning qo’yib tamal toshini,
Yo’lboshchi ko’tardi xalqning boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon.
Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni,
Inson sharafiga baxsh etdi jonni.
Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat.
Qonun emas, dedi undayin qonun,
Qonunda Insondir zori Humoyun.
Davlatning sharafi, shoni insondir,
Tanasi, yuragi, joni insondir.

Nodir qomusimiz

Adolatli jamiyatga berganda baxo
Qomusimiz nodir, tengsiz va a’lo!
Vatan posbonimiz bo’laylik hushyor,
Nifoq urug’ini sochmasin ag’yor,
Fidoyi bo’laylik Mustaqillikka,
Bizni chorlamoqda haq ahillikka.

Oddiylik – adolatdir

Baxtiyorman hur elimning
Adolatli shioridan,
Xalqim dildan ulug’lagan,
Tafakkuri, qaroridan.
Qoyil qolsin ro’yi zamin,
Odillikdan, adolatdan.
Mana, ko’ring, havas qiling,
Unib o’sgan hidoyatdan.
Saodatli elga baxt yor,
Iymonu e’tiqodim bor.
Munisgina onam kabi,
Istiqlolim baxtimga yor.

Konstitutsiya bayramiga she’rlar: Qomusimni kuylayman

Hamma: Zavol ko’rmas iqbolim bor!

Zilola – Havas qilsa arzigulik, baxtim bor,
Nurli yo’lga boshlaguvchi ahdim bor.
Fidodirman toki tanda qonim bor,
Men elimning Qomusini kuylayman!
Adolatdan, ezgulikdan kuylayman.

Bosh qomusim

Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!

Har bir bola huquqi

Ulg`ayaman qo`lda kitob ,
Yo`l olaman maktabga
Har bolaning huquqi bor,
Maktabda o`qimoqqa .

Elimning qomusi

– Jahonda eng baxtlilarning biriman.
Men elimning qomusini kuylayman
Go’zal yurtim, iftixorim – Vatanim.
Baxt iqbolin, saodatin kuylayman!
Hur elimning dovrug’i bor tillarda,
O’zbekiston madhiyasi dillarda.
Ozod bayroq hilpiraydi qo’llarda,
Doston bo’lgan baxtimizni kuylayman

8-dekabr tadbir ssenariy

2 – boshlovchi: Chunki 8 – dekabr kuni hammamiz uchun sevimli bo’lgan “Konstitutsiya kuni”ni nishonlaymiz. Shu munosabat bilan biz bugun sizlarga O’zbekiston Respublikasi haqida hikoya qilib bermoqchimiz

Qomusimni bugun bilmoq istadim

Har moddasin dilga solmoq istadim

Qomus erur qonunlarning to’plami

Qonunlarni dildan tuymoq istadim

Qomus berdi huquqimni burchimni

Shon – shuhrati oshsin doim yurtimni

Qonunlarni agar yaxshi o’rgansam

Albat yetar, qayga cho’zsam qo’limni

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasini Oliy Kengashining 12 – chaqiriq 11 – sessiyasida qabul qilingan

Konstitutsiyamiz 6 ta bo’lim 26 bob 128 ta moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va burchlari aniq belgilab berilgan

2003 yil 24 apreldagi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qo’shimchalar kiritilgan

Konstitutsiyaning 41 – moddasida “Har kim bilim olish huquqiga egadir. Bepul umumiy ta’lim davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari nazoratdadir”, deb yozib qo’yilgan

65 – moddada onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi, deya belgilab qo’yilgan

Yashna yuksak diyorim

Yashna yuksak diyorim

Sensen baxtim bahorim

Madhing qo’shib kuylamoq

Ko’nglimdagi shiorim

Go’zal gulshan bog’laring

Go’zal ulkan tog’laring

Dilga orom beruvchi

Nurafshon har yoqlaring

Sen tandagi jonimsan

Tomirdagi qonimsan

Mehring yashar qalbimda

G’ururim ham shonimsan

1 – boshlovchi: Endi navbat sahna ko’rinishiga

(Sahnaga Dono bobo va 6 nafar qiz chiqadi)

Dono bobo: Assalomu alaykum bolajonlarim. Men kelayotib sizlarning Vatan haqidagi chiroyli she’r o’qiyotganingizni eshitib qoldim. Bugun sizlarga davlat ramzlari haqida so’zlab beramiz (BAYROQ)

Moviy libos kiygan qiz: Men moviy rang bo’laman – yurt osmonim bir parchasi. Bu olamda tinchlik bo’lsin deganidir

Qizil libos kiygan qiz: Men qizil rangdirman. Bamisoli tanimdagi oqqan toza qondirman. Hamma – hammani Vatan bayrog’i ostida yashashga, mehnat qilishga va kurashga chaqiraman.

Oq libos kiygan qiz: Men oqrangdirman. Yasharish, yashnatish, ertangi kunga ishonish degani. Orzularim buyuk, yuragim doim yashnab tursin.

Boshida oymomo kiygan qiz: Oymomoman, oymomo.

Ko’rinishim 3 yoki 4 kunlidir.

Niyatlarim odamlarda to’linlikdir.

O’y sursalar, o’ylariga sirdoshman,

Yo’l yursalar, yo’llariga izdoshman

Boshiga 12 yulduz taqqan qiz:

12 yulduz – 12 oymiz, jamlasangiz bir yilga joymiz.

Kim qanday yashaydi, yaxshimi yomon

Hech ikkilanmay baholaymiz.

Biz aks etgan yurt bayrog’i ham o’zi ham dunyo turguncha tursin deymiz

O’zbekiston bayrog’i

Havo rang oq va yashil

Bordir qizil belbog’i

Shuning uchun chiroyli

O’zbekiston bayrog’i

O’n ikki baxt yulduzi

O’ziga xo’p yarashar

Unga dunyo xaqlari

Havas bilan qarashar

Mustaqil yurt deb atar

Yer yuzining har yog’i

Bizga juda mo’tabar

O’zbekiston bayrog’i

8-dekabr konstitutsiya kuni uchun senariylar to’plami

8-dekabr konsitutsiya qabul qilingan kun bayramiga bag’ishlangan 10 dan ortiq eng yaxshi tadbir senariylarini qabul qiling.

Konstitutsiya bayrami barcha ta’lim muassalarida keng nishonlanib keladi. O’qituvchilar uchun ham qulay bo’lish maqsadida konstitutsiya kuniga bag’ishlangan bir necha senariylar to’plamini jamladim. Barcha senariylar PDF formatida joylangan bo’lib oson yuklab olishingiz va foydalanishingiz mumkin.
Eslatib o’taman, konstitutsiya bayrami uchun she’rlar izlayotgan bo’lsangiz, ushbu sahifaga o’ting
Kerakli faylni yuklab olish uchun uning nomiga bosing. Quyidagi senariylarning barchasini yaxlit holda telegramdagi kanalimizning mana bu manzilidan yuklab olishingiz ham mumkin.
8-dekabr Konstitutsiya kuniga bayram senariy
8-dekabr Konstitutsiya qabul qilingan kun mavzusida 1 soatlik dars ishlanma
8-dekabr Konstitutsiya tadbiriga senariy
Konstitutsiya — baxtimiz qomusi tadbir senariysi
Konstitutsiya — eng oliy hakam tadbir senariysi
Konstitutsiya — huquqlarimiz kafolati ishlanmasi
Konstitutsiya baxtimiz poydevori dars ishlanmasi
Konstitutsiya baxtimiz poydevori tadbiri
Konstitutsiya baxtimiz qomusi nomli senariy
Konstitutsiya bolalar nigohida senariysi
Konstitutsiya bosh qomusimiz mavzusida dars ishlanma
Konstitutsiya oliy qomusim bayram tadbiri senariysi
Konstitutsiya tadbir dasturi
Принять более 10 лучших сценариев мероприятий, посвященных празднованию дня принятия Конституции 8 декабря.

День Конституции широко отмечается во всех учебных заведениях. Также для удобства педагогов я собрал сборник сценариев, посвященных Дню Конституции. Все сценарии представлены в формате PDF, их легко загрузить и использовать.
Напомню, что если вы ищете стихи ко Дню Конституции, заходите на эту страницу
Нажмите на его название, чтобы скачать нужный файл. Также вы можете скачать все нижеперечисленные сценарии целиком с этого адреса нашего канала в телеграме.
Сценарий праздника 8 декабря День Конституции
8 декабря 1-часовой курс ко дню принятия Конституции
Сценарий Конституционного мероприятия 8 декабря
Конституция – энциклопедия счастья
Конституция — высший арбитр сценария событий
Конституция – гарантия наших прав
Основа нашего конституционного счастья — развитие урока
Мероприятие – основа нашего конституционного счастья
Сценарий под названием «Энциклопедия конституционного счастья».
Сценарий Конституции глазами детей
Развитие урока по теме нашей главной энциклопедии Конституции
Сценарий празднования Конституции
Конституционный план действий

Sizni ushbu maqolalar ham qiziqtirishi mumkin:

  1. 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni uchun senariylar to’plami
  2. Yangi yil bayrami uchun senariylar to’plami
  3. 14-yanvar vatan himoyachilari kuni senariylar to’plami
  4. o’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan senariylar to’plami
  5. Alifbe va savodxonlik bayrami uchun senariylar to’plami
  6. 9-may Xotira va qadrlash kuni senariylar to’plami
  7. 25-may so’nggi qo’ng’iroq kuni uchun senariylar to’plami
  8. 18-noyabr bayroq qabul qilingan kun uchun senariylar to’plami
  9. Konstitutsiya bayramiga qo’shiq
  10. 21-oktabr til bayrami uchun senariylar to’plami

Comments are closed, but trackbacks and pingbacks are open.